ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Phytomorphic units expressing human image in Turkish and Uzbek and their lexical-semantic analysis

Salimova Zebo Rustam qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

PHYTOMORPHIC UNITS EXPRESSING HUMAN IMAGE IN TURKISH
AND UZBEK AND THEIR LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS

Salimova Zebo Rustam qizi
Higher School of Turkic Studies,
Tashkent State University of Oriental Studies

Senior teacher, PhD
Tel.: +998 90 936-83-63
e-mail: zebosalimova1990@gmail.com

Annotation. This scientific article is devoted to the use of phytomorphic units in
the Turkish and Uzbek language to describe human appearance and character traits.
The breadth of language possibilities in expressing the human image through
phytonyms is analyzed. Phytonyms in Turkish and their Uzbek equivalents are
observed. The use of phytonyms in the language serves for an artistic image, to show
their importance in the creation of literary arts, and to enrich the phytonymy of the
Turkish and Uzbek languages. Emphasis is placed on the vocabulary of the language
in reflecting the human image and revealing their characters through the names of fruits
and plants. In the article, the use of phytonyms for artistic images, their importance in
the creation of artistic works (fruit, pomegranate, flower, cypress, orange, violet,
narcissus, tulip, shamshad, wheat, barley), simile, allusion, etc. It is shown that it
performed the function of an important lexical tool in the creation of artistic arts.

Keywords: Language, human image, character, phytonym, image, portrait,
positive, negative, appearance, simile, image, alternative, equivalent, language circle,
meaning transfer.

TURK VA O‘ZBEK TILLARIDA INSON OBRAZINI IFODALOVCHI
FITOMORF BIRLIKLAR VA ULARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI

Salimova Zebo Rustam qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Turkshunoslik oliy maktabi katta o‘qituvchisi, PhD

Tel.: +998 90 936-83-63
e-mail: zebosalimova1990@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola turk va o‘zbek tillarida inson qiyofasi va
xarakter xususiyatlarini berishda fitomorf birliklardan foydalanish masalalariga
bag‘ishlanadi. Fitonimlar orqali inson qiyofasini ifodalashda til imkoniyatlarining
kengligi ko‘rib chiqiladi. Turk tilida fitonimlar va ularning o‘zbek tilidagi muqobili
ko‘rib chiqiladi va tahlil etiladi. Tilda fitonimlarning badiiy tasvir uchun xizmat qilishi,
ularning badiiy san’atlarni hosil qilishdagi ahamiyatini koʻrsatish, turk va oʻzbek tili

fitonimiyasini boyitish uchun xizmat qiladi. Meva va o‘simlik nomlari orqali inson
qiyofasini aks ettirish, ularning xarakterlarini ochib berishda tilning so‘z boyligiga
e’tibor qaratiladi. Maqolada fitonimlarning badiiy tasvir uchun xizmat qilishi, ularning
badiiy san’atlarni hosil qilishdagi ahamiyati (meva, anor, gul, sumbul, sarv, noranji,
binafsha, nargis, lola, shamshod, bugʻdoy, arpalar) oʻxshatish, tashbeh, tashxis kabi
she’riy san’atlarni yaratishda muhim leksik vosita vazifasini bajarganligi koʻrsatilgan.

Kalit so‘zlar: Til, inson qiyofasi, xarakter, fitonim, obraz, portret, ijobiy, salbiy,
tashqi ko‘rinish, o‘xshatish, obraz, muqobil, ekvivalent, til doirasi, ma’no ko‘chishi.

ФИТОМОРФНЫЕ ЕДИНИЦЫ, ВЫРАЖАЮЩИЕ ОБРАЗ ЧЕЛОВЕКА В
ТЮРКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ И ИХ ЛЕКСИКО-
СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ

Салимова Зебо Рустамовна
Ташкентский государственный университет востоковедения

Старший преподаватель Высшей школы тюркологии, к.ф.н.
Тел.: +998 90 936-83-63

e-mail: zebosalimova1990@gmail.com

Аннотация. Данная научная статья посвящена использованию
фитоморфных единиц в турецком языке для описания внешности и черт
характера человека. Рассмотрена широта языковых возможностей в выражении
образа человека посредством фитонимов. Рассмотрены и проанализированы
фитонимы на турецком языке и их узбекские эквиваленты. Использование
фитонимов в языке служит художественному образу, показывает их значение в
создании художественных искусств, обогащает фитонимию турецкого и
узбекского языков. Особое внимание уделяется лексике языка, отражающей
образ человека и раскрывающей его характер через названия фруктов и
растений. В статье рассматривается использование фитонимов художественных
образов, их значение в создании художественных произведений (фрукт, гранат,
цветок, кипарис, апельсин, фиалка, нарцисс, тюльпан, шамшад, пшеница,
ячмень), сравнения, аллюзия и др. Показано, что оно выполняло функцию
важного лексического средства в творчестве художественных произведений.

Ключевые слова: Язык, образ человека, характер, фитоним, образ,
портрет, позитив, негатив, облик, сравнение, образ, альтернатива, эквивалент,
языковой круг, передача значения.

KIRISH
Nutqda inson obrazining yaratilishida fitonimlar muhim rol o‘ynaydi. Zero, inson
hayoti flora bilan uzviy bog‘liqdir. Tilshunos olimlarning o‘simlik dunyosiga alohida
e’tibor qaratishining birinchi sababi shu bo‘lsa, ikkinchidan, o‘simliklar bilan aloqador

til birliklari xalqning olam lisoniy manzarasida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Fitonimlar xalq tafakkurida mifologik, diniy va adabiy an’analar bilan chambarchas
bog‘langan bo‘ladi. Fitomorfizmlar fikrlashning dastlabki shakli bilan ham aloqador
bo‘lib, unga xos tushunchalar tilga ham ko‘chgan. Fitonimlar qator tadqiqotchilarning
e’tiborini jalb qilishda, turli diskurslarda (adabiy, sheʼriy, ilmiy) ko‘rib chiqilishda
davom etmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tilshunoslikda fitonimlarning lingvistik tabiati, ko‘chimni shakllantirishdagi
o‘rni, lison va nutqda qo‘llanish darajasi kabilar o‘rganilgan. Chunonchi, ingliz tili
fitonimlarining tahlili J. Rasa, D. Huk, U. Krishke, D. Herman kabilarning ishlarida
amalga oshirilgan. Mazkur ishlarda fitonimlarning strukturasi, semantikasi, tasnifi,
so‘z yasashdagi o‘rni kabilar diaxron va sinxron aspektda o‘rganilgan (Raţă G.,
Samfira I., Sala F., 1991:25). Rus tili fitonimlarining etnobotanik, terminologik,
strukturaviy, semantik xususiyatlari va leksikografik talqini O. Ryabko, T. Soy, S.
Dubrovina, A. Letova kabilarning tadqiqotlarida tahlilga tortilgan. O‘zbek
tilshunosligida fitonimlarning strukturaviy-funksional, leksik-semantik, tarixiyetimologik tahlili X. Jamolxonov, Y. Eshonqulov, G. Nigmatova kabi olimlar
tomonidan qisman o‘rganilgan. M. Xoshimxo‘jayevaning “Olamning lisoniy
tasvirida fitonimlar (ingliz, rus va o‘zbek tillari misolida)” nomli tadqiqotida shakl,
rang, vaqt, ta’m, miqdor, hid tushunchalari asosida ingliz, rus va o‘zbek tillari
fitonimik leksikasida motivatsiyaning tipologiyasi, fitokomponentli
frazeologizmlarning inson tafakkuri va madaniyati bilan bog‘liq konseptualideografik hamda konnotatsion xususiyatlari kabilar tadqiq etilgan. Yuqoridagilardan
anglashiladiki, fitonimlar asosida shakllangan metaforalarning lug‘aviy-badiiy va
lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berish, taraqqiyot qonuniyatlarini aniqlash,
yaxlit ilmiy tizimga solish, tavsiflash, tasniflash, leksikografik talqinini amalga
oshirish, ulardan ijodkorlarning foydalanish mahoratini namoyish etish kabilar o‘zbek
tilshunosligida hozirgi kunga qadar maxsus tadqiqot obyekti bo‘lgan emas.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqola mavzusini yoritishda tavsiflash, tasniflash, qiyoslash hamda
lingvomadaniy tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqotda turk va o‘zbek tillaridagi
turli lug‘atlar va filologiyaga oid manbalardan foydalangan holda fitomorf birliklar
leksik va semantik jihatdan tahlil etildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbek va turk tillarining kelib chiqishi bir ildizga borib taqalishiga qaramasdan,
o‘xshatishli qurilmalardan foydalanishida o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarning
borligi har ikki til egalarining yashash tarzi, dunyoqarashi, istiqomat hududi turlicha

ekanligi bilan izohlanadi. Bizning tahlillarimiz mevasiz daraxt nomlari, asosan,
insonlarning qaddi-qomatini aks ettirish uchun keng foydalanilishini ko‘rsatmoqda.

Nutqda inson obrazining yaratilishida fitonimlar muhim rol o‘ynaydi. Zero, inson
hayoti flora bilan uzviy bog‘liqdir. Tilshunos olimlar o‘simlik dunyosiga alohida
e’tibor qaratishining birinchi sababi shu bo‘lsa, boshqa sababi o‘simliklar bilan bog‘liq
til birliklari xalq tilidagi olam manzarasida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.
Fitonimlar xalq tafakkurida mifologik, diniy va adabiy an’analar bilan chambarchas
bog‘langan bo‘ladi. Fitomorfizmlar fikrlashning dastlabki shakli bilan ham aloqador
bo‘lib, fikrlashning bu shaklidan kelib chiqqan tushunchalar tilga ham ko‘chgan.

Turk lingvomadaniyatida armut - nok (murut) so‘zi inson tabiatini aks ettirishda
keng qo‘llanadi. Xususan, “armut gibi” o‘xshatishli birikmasi yordamida “gap
tushunmaydigan, anqov kishi”ga nisbatan ishlatiladi. Armut gibi ne demek?
Çok anlayışsız, bön. Armut mevasi yordamida ko‘pincha salbiy xarakterli kishilar
obrazi yaratiladi. Dangasa, biror ish qilmasdan foyda kutadigan, rizqni osmondan
tushadi deb o‘tiradigan odamlarga nisbatan turk badiiyatining olam manzarasida
“armut piş, ağzıma düş” iborasi ham ishlatiladi. Bu o‘zbek lingvomadaniyatidagi
“olma pish og‘zimga tush” iborasining aynan o‘zidir. Bu esa turklar tafakkurida armut
- nok (murut) bilan bir xil ma’no kasb etuvchi hech bir mehnat sarflamasdan bir nima
kutadigan odamlarga nisbatan ishlatiluvchi tekinxo‘r obrazini ifodalashini ta’kidlash
joizdir.

O‘zbek va turk tillarida meva nomlarining o‘xshatish etaloni sifatida qo‘llanishi
ham ko‘p uchraydi. Bunday o‘xshatish etalonlariga “gilos”, “olma”, “yong‘oq” kabi
meva nomlarini misol sifatida keltirish mumkin.

Turk tilida “ayva göbekli” metaforasi orqali qorni pastga osilgan kishining tasviri
ifodalanadi. Ayva bu behi, behi fitonimining shakli turk tilida qorni osilgan odam
obrazi uchun qo‘llanadi.

Mevalar ˗ inson hayotining ajralmas qismi. Dunyo tillarida inson tashqi
ko‘rinishini ifodalashda meva nomlari ham faol ishtirok etadi. Mevalar bilan bog‘liq
qiyoslar har bir xalqning yashash tarzidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turk
xalqida nok, zaytun, xurmo, tog‘ pista, qovun, anor kabi mevalar inson tashqi
qiyofasini aks ettirishda keng qo‘llansa, o‘zbek millati uchun esa olma, jiyda, yong‘oq,
bodom, tarvuz kabilar ahamiyatlidir.

Har ikki tilda kiraz – gilos fitonimi keng tarqalgan. Uning yordamida qip-qizil
lablar gilosga qiyoslangan. Masalan, kiraz dudaklı – gilos dudoqli, ya’ni lablari
gilosday qiyosi orqali lablari qizil va qalin bo‘lgan ayollar ta’rifi uchun qo‘llangan.
Dildor gilosday qizil, chiroyli lablariga yoyilgan tabassum bilan boshini silkidi.
Oltinrang sochlari yelkalari uzra sochilib ketgan, qayrilma kiprikli ko‘zlarini ochibyumganda gilosday qizil lablari o‘z-o‘zidan jilmayib qo‘yadigan qo‘g‘irchoqqa,
ochig‘i, hammamizning havasimiz keldi (Маҳмудов Н., Худойберганова Д.,

2013:56). O‘zbek xalq lingvomadaniyatida, shuningdek, “labing gilosga o‘xshar,
ko‘zing charosga o‘xshar” deb aytiluvchi qo‘shiq misralari bor. Bu yerda lab gilosga
o‘xshatilish asnosida ko‘z charosga, ya’ni uzumning qora rangli naviga
qiyoslanmoqda. Turklarda esa qorachadan kelgan odam ta’rifida üzüm gibi o‘xshatishi
qo‘llanadi va bunda qora rangli uzum ma’nosi faollashtirilgan. Shuningdek, ‘çöpsüz
üzüm’ yakın akrabaları hayatta olmayan kişi, üzüntü verici bir şeymiş gibi dursa da
özellikle zengin koca arayan hanımlar için çift katlı ekmek kadayıfı durumudur.
Cho‘psiz uzum birikmasi hech kimi yo‘q yolg‘iz ayolni ifoda etadi6. Üzüm gibi
turklarda qorachadan kelgan ma’nosida keluvchi bu metafora turk tilida asosan
qorachadan kelgan qariya kishini bildirsa, o‘zbek tilida bu ko‘rinish uzumning
quritilgani - mayizday ifodasi yordamida beriladi.

Elma – olma har ikki til egalari tafakkurida deyarli bir xil komparativ ma’noda
keladi. Masalan, elma yanaklı – olma yuzli “yuzlari qip-qizil olmaga o‘xshagan
kishilar”ga nisbatan turk tilida ham o‘zbek tilida ham ishlatiladi. O‘zbek folkloridan
joy olgan yor-yorlarda ham, aytishuvlarda ham qizlarning yuzini olmaga o‘xshatish
keng tarqalgan. Ayniqsa, “Eronning olmasidek qip-qizil yuzlari” o‘xshatishli birikmasi
xalq orasida mashhur.

Turklarda ko‘proq ayollarning go‘zalligi anor guliga o‘xshatiladi: “Nar çiçeği”
nomli she’rlari ham bor.

Canım kurban yoluna
Takıver yar koluna
Nar Çiçeğim, Yar Çiçeğim7.
O‘zbek tilida “anordek yuzi” birikmasi ham mavjud bo‘lib, bu bilan sog‘lom
insonlarning yal-yal yonib turgan yuzlari gavdalantiriladi. Qip-qizil, qon rangida,
qizarmoq, qizil tusini olmoq kabi o‘xshatishlarda anorday etalonidan foydalaniladi.
“Miryusuf Xilvatiy banoras to‘nining keng etaklari orasida oyoqlari chalishib, o‘rnidan
turdi, qo‘ltig‘idan ipak matoga o‘ralgan bir kitobchani olib ochdi va anorday qip-qizil,
yum-yumaloq yuzi ilhomdan lov-lov yonib, ovozi hayajondan titrab, o‘qiy ketdi” (O.
Yoqubov. Ulug‘bek xazinasi). “Uning ham qizlik havaslari uyg‘onadi, yuraklari
muloyim va yoqimli bir talvasa bilan duk-duk ura boshlaydi: ikki yuzi dasturxon
ustidagi anor singari qip-qizil bo‘ladi” (А. Cho‘lpon. Kecha va kunduz). “Jaloliddin
Xorazmshohmi? - yuzlari anorday qizarib ketdi Robiyaxonimning” (E. Samandar.
Sulton Jaloliddin). “Raqs va sharob ta’sirida yonoqlari anor yanglig‘ qizargan,
ko‘kraklari qo‘sh kaptarday patirlab turgan qizni bag‘riga bosib erkalagan bo‘ldi-da,
maqsadga ko‘chdi Hojib” (E. Samandar. Sulton Jaloliddin). “Hamma gapni o‘zlaring
aytyapsizlar-u, yana cho‘zish shartmikan? - qimtinib, yuzlari anordek qizarib arang

6 https://www.hurriyet.com.tr/mahmure/ruyada-uzum-gormek-ne-anlama-gelir-ruyada-uzum-yemek-tabiri-41400491
7 https://onedio.com/haber/serdar-ortac-nar-cicegim-sarki-sozleri-845650

so‘zladi Sabo” (U. Hamdam. “Sabo va Samandar”) (Маҳмудов Н., Худойберганова
Д., 2013:27).

O‘zbek tilida yong‘oq, danak, bodom birliklaridan ham kishi tashqi qiyofasini
tasvirlashda foydalaniladi. Bo‘yi past, do‘mboq kishilarga ko‘ra yong‘oqday bo‘yi bor
o‘xshatishli birikmasi keng qo‘llanadi. O‘zbek tilida yong‘oq fitonimi yordamida kishi
xarakterini ifodalash turk tiliga qaraganda faolligi ma’lum bo‘ldi. Yong‘oq ham bo‘yi
pakana dumaloq kishini tavsiflashda ishlatilishi bilan birga, kutilmaganda pand berib
qo‘yadigan, tili boshqa dili boshqa odam obrazi uchun ham ishlatiladi. Puch yong‘oq
metaforasi ana shu fikrning isbotidir. Quyidagi sheʼriy parchada buni ko‘rish mumkin:

Bilmaysiz, do‘stdan ham goh -
Sinovda qalb qaqshaydi.
U ichin etmas ogoh -
Puch yong‘oqqa o‘xshaydi8.
Bundan tashqari o‘zbek tilida bir qop yong‘oq o‘xshatishi ham bor. Bu o‘xshatish
ichida gap turmaydigan, hamma bilan til topishadigan kishilarga nisbatan qo‘llanadi.
Turk tilida ayva göbekli metaforasi orqali qorni pastga osilgan kishining tasviri
ifodalanadi. Ayva ˗ bu behi, behi fitonimining shakli turk tilida qorni osilgan odam
obrazi uchun qo‘llanadi. O‘zbek tilida esa behi orqali inson tasvirlanmaydi, qorni
qopday yoki tarvuz yutib olganday o‘xshatishli birikmalaridan foydalaniladi. Bunga
qardosh tillar orasidagi farq sifatida qarash mumkin.
Turk xalqi lingvomadaniyatida zaytun fitonimi ham katta o‘rin tutadi. Zaytun qora
bo‘lishi bilan birga, foydali va mazali bo‘lgani uchun zeytin gibi o‘xshatishli birikmasi
qorachadan kelgan, istarali qizlarni ta’riflashda ishlatiladi.
Shuningdek, quruq meva nomlari har ikki xalq lingvomadaniyatida keng
foydalaniladigan inson obrazini ifodalovchi fitomorf birliklar hisoblanadi. Fıstık
yong‘og‘i kishilar orasida sevgilisini yoxud yosh bolani erkalab chaqirishda fıstığım
shaklida qo‘llanadi, shirinligiga qiyoslanadi. Xalq orasida çekirdekten yetişme iborasi
ham keng tarqalgan bo‘lib, tug‘ma iste’dodli insonga ko‘ra nisbatlanadi. Bu fitonim
çekirdek˗pista bo‘lib, turk xalqi yashash tarzida ajralmas o‘ringa egadir.
Umuman olganda, meva nomlari orqali shaxsning u yoki bu xususiyatini
tasvirlash yaratish til imkoniyatlarining qanchalik kengligini ko‘rsatib beradi,
ta’sirchanlikni oshiradi hamda tinglovchida shaxs haqida aniq taassurot qoldiradi va
idrok qilinishini osonlashtiradi.
Insonni xarakterlash uchun meva nomlaridan foydalanish jarayoni qadimiy
hisoblanadi. Inson mavjud bo‘lgan paytdan boshlab tabiat bilan chambarchas birlikda
yashab, atrofdagi daraxt va o‘simliklarga turli xil munosabatda bo‘lgan. Tabiat va
inson uyg‘unligi dunyoning barcha lisoniy manzaralarida universaldir.

8 http://www.uzbekshe‘rlari.uz

Har ikki til tafakkuridagi daraxt va mevalar bilan bog‘liq fitonimlar tahlili shuni
ko‘rsatdiki, inson ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda ko‘proq mevali daraxtlarga
qiyoslanilsa, kishining salbiy qiyofasini ifodalashda esa asosan, daraxtning kesilgan
tanasi, o‘tin yoki to‘nka bilan bog‘liq birliklar orqali ta’riflanadi.

Ushbu turdagi qiyosiy tadqiqotlar taqqoslangan tillarning milliy-madaniy
xususiyatlarini, shuningdek ma’lum bir tilda so‘zlashuvchilarning milliy mentaliteti va
dunyoqarashining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

Shunday qilib, fitonimik nominatsiyalar o‘zbek va turk tillarida insonning ichki
dunyosi va tashqi ko‘rinishini belgilashda keng qo‘llanadi va ba’zi hollarda insonning
har qanday xususiyatlariga (tashqi qiyofasi, aqliy qobiliyatlari, ichki hissiy holati,
yoshi, kasbi, ijtimoiy holati) o‘ziga xos standart bo‘lib xizmat qiladi.

Har ikki til tafakkuridagi daraxt va mevalar bilan bog‘liq fitonimlar tahlili shuni
ko‘rsatdiki, inson ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda ko‘proq mevali daraxtlarga
qiyoslanilsa, uning tashqi ko‘rinishi manzarali daraxt nomlariga qiyoslanadi.
Insonning ijobiy yoki salbiy xarakterlari esa shirin va achchiq meva nomlari yordamida
ham aks ettiriladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, gul, o‘t-o‘lan, sabzavot va poliz mahsulotlari bilan bog‘liq
nomlar orqali kishining ijobiy xarakter-xususiyatlarini ham, salbiy xarakterxususiyatlarini ham ifodalash mumkin. O‘simliklarning ushbu turlari bilan inson har
kuni to‘qnash keladi va u inson ongida oson saqlanadi. Shu bois biror kishini
ta’riflashda ulardan foydalanish juda qo‘l keladi. Insonlar muloqotida biror kishini
ta’riflashda uning nozik jihatlarini gavdalantirish va yaqqolroq namoyon etishda gul,
o‘t-o‘lan, sabzavot va poliz ekini nomlari alohida o‘rin tutadi.
Har ikki tilda inson ijobiy xususiyatlarini aks ettirishda ko‘proq gullardan
foydalanilsa, kishining salbiy qiyofasini ifodalashda esa, asosan, o‘t-o‘lan va poliz
ekinlari nomi bilan bog‘liq fitonimlarga murojaat qilingan.
O‘zbek tilida esa behi orqali inson tasvirlanmaydi, “qorni qopday” yoki “tarvuz
yutib olganday” o‘xshatishli birikmalaridan foydalaniladi. Bunga qardosh tillar
orasidagi farq sifatida qarash mumkin.
Turk xalqi lingvomadaniyatida zaytun fitonimi katta o‘rin tutadi. Zaytun qora
bo‘lishi bilan birga, ham foydali ham mazali bo‘lgani uchun “zeytin gibi” o‘xshatishli
birikmasi qorachadan kelgan, istarali qizlarni ta’riflashda ishlatiladi.
Shuningdek, quruq meva nomlari har ikki xalq lingvomadaniyatida keng
foydalaniladigan inson obrazini ifodalovchi fitomorf birliklar hisoblanadi. Fıstık
yong‘og‘i kishilar orasida sevgilisini yoxud yosh bolani erkalab chaqirishda “fıstığım”
shaklida qo‘llanadi, shirinligiga qiyoslanadi. Xalq orasida “çekirdekten yetişme”

iborasi ham keng tarqalgan bo‘lib, tug‘ma iste’dodli insonga ko‘ra nisbatlanadi. Bu
fitonim çekirdek˗pista bo‘lib, turk xalqi yashash tarzining ajralmas qismidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Deyimler Sözlüğü. – İstanbul: İnkilap Kitabevi, 1995. – S. 1205.
2. Esendal M. (2010) Türkçe Sözlük. – Ankara.
3. Kemal Y. (2010) Türkçe Sözlük. – Ankara. – S. 1088.
4. Ortaç Y. (1999) Türkçe Sözlük – Ankara. – S. 206.
5. Türkçe Sözlük. I-II. – Ankara: Türk Tarih Kurumu Basım Evi, 1988. – S. 745
6. Usmanova Sh. (2019) Lingvokulturologiya. – Toshkent. – B. 153.
7. Ахметова Э. (2012) Названия овощей и фруктов в татарском языке.
Автореф. канд. филол. наук. – Казань. – C. 229.
8. Бурганова Н. (1976) О татарских народных названиях растений.
Вопросы лексикологии и лексикографии. – Казань. – C. 141.

REFERENCES:
1. Deyimler Sözlüğü. – İstanbul: İnkilap Kitabevi, 1995. – S. 1205. (In Turkish)
2. Esendal M. (2010) Türkçe Sözlük. – Ankara. (In Turkish)
3. Kemal Y. (2010) Türkçe Sözlük. – Ankara. – S. 1088. (In Turkish)
4. Ortaç Y. (1999) Türkçe Sözlük – Ankara. – S. 206. (In Turkish)
5. Türkçe Sözlük. I-II. – Ankara: Türk Tarih Kurumu Basım Evi, 1988. – S. 745.
(In Turkish)
6. Usmanova Sh. (2019) Lingvokulturologiya. – Toshkent. – B. 153. (In Uzbek)
7. Axmetova E. (2012) Nazvaniya ovoshey i fruktov v tatarskom yazike. Avtoref.
kand. filol. nauk. – Kazan. – C. 229. (In Russian)
8. Burganova N. (1976) O tatarskix narodnix nazvaniyax rasteniy. Voprosi
leksikologii i leksikografii. – Kazan. – C. 141. (In Russian)