ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Study of the system of kinship terms in Turkish and Uzbek as a linguistic category

Sabirova Zuxra Shakirovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

STUDY OF THE SYSTEM OF KINSHIP TERMS IN TURKISH AND UZBEK
AS A LINGUISTIC CATEGORY

Sabirova Zuhra Shakirovna
Tashkent State University of Oriental Studies
Teacher of the Higher School of Turkic Studies

Tel.: +998 99 886-60-40
e-mail: kasimova.z@gmail.com

Annotation. This scientific article is devoted to issues of kinship terms in Turkish
and Uzbek languages, lexical-semantic features of these terms. Terminology is one of
the most important parts of linguistics. Therefore, it can be said that there is a lot of
research to be done in the field of terminology. In this article, through the set of terms
of kinship and proximity, the expression plan of the kinship logical-linguistic category
and features of each language are analyzed. The significance and uniqueness of the
maternal side in the matter of birth and consanguinity in Turks has not lost its
importance in linguistics. The reason for its linguistic value lies in the continuous
process of self-realization of a person with his relatives and friends. On the one hand,
it covers all new layers of vocabulary, on the other hand, it penetrates to different levels
of language. The use of kinship terms in expressions is a sign of the breadth of the
vocabulary of the language.

Keywords: language, human view, lexical category, phrase, ethnic-relative,
kinship names, image, house, generation, ancestor, character.

TURK VA O‘ZBEK TILLARIDA QARINDOSHLIK ATAMALARI
TIZIMINING LISONIY KATEGORIYA SIFATIDA O‘RGANILISHI

Sabirova Zuxra Shakirovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Turkshunoslik oliy maktabi o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 886-60-40

e-mail: kasimova.z@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola turk va o‘zbek tillarida qarindoshlik
atamalari, mazkur terminlarning leksik-semantik xususiyatlari masalalariga
bag‘ishlanadi. Termin yoki atamalar tilshunoslikning eng asosiy bo‘g‘inlaridan
hisoblanadi. Shu boisdan ham atamashunoslik sohasida qilinishi kerak bo‘lgan
tadqiqotlar talaygina deyish mumkin. Ushbu maqolada qarindoshlik va yaqinlik
terminlari majmui orqali har bir tilning qarindoshlik mantiqiy-lisoniy kategoriyasi va
xususiyatlarining ifoda plani tahlil qilingan. Turklarda tug‘ishganlik va qondoshlik

masalasida ona tomonning ahamiyati va o‘ziga xosligi tilshunoslikda o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan. Uning lingvistik qiymatining sababi insonning yaqinlari, qavmqarindoshlari bilan o‘zini anglashning uzluksiz jarayonida yotadi. Bir tomondan, u
so‘z boyligining barcha yangi qatlamlarini qamrab oladi, boshqa tomondan, turli
darajadagi til darajalariga kirib boradi. Qarindoshlik atamalarining iboralarda
qo‘llanilishi esa tilning lug‘at boyligi ko‘lamining kengligidan dalolatdir. Mazkur
maqolada turk va o‘zbek tillarida qarindoshlik atamalari tizimining lisoniy kategoriya
sifatida o‘rganilishini tahlil qilish vazifasi qo‘yilgan.

Kalit so‘zlar: til, inson qiyofasi, leksik kategoriya, ibora, qavm-qarindosh,
aqrabolik nomlari, obraz, uy, avlod, ajdod, xarakter.

ИЗУЧЕНИЕ СИСТЕМЫ ТЕРМИНОВ РОДСТВА В ТУРЕЦКОМ И
УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ КАК ЯЗЫКОВОЙ КАТЕГОРИИ

Сабирова Зухра Шакировна
Ташкентский государственный университет востоковедения

Преподаватель Высшей школы тюркологии
Тел.: +998 99 886-60-40

e-mail: kasimova.z@gmail.com

Аннотация. Данная научная статья посвящена вопросам терминов родства
в турецком и узбекском языках, лексико-семантическим особенностям этих
терминов. Терминология является одной из важнейших частей языкознания.
Таким образом, можно сказать, что в области терминологии предстоит провести
много исследований. В данной статье через совокупность терминов родства и
близости анализируется план выражения логико-лингвистической категории
родства и особенности каждого языка. Значение и своеобразие материнской
стороны в вопросе рождения и кровного родства у тюрков не утратило своего
значения и в лингвистике. Причина его языковой ценности откроется в
непрерывном процессе самореализации человека со своими родственниками и
друзьями. С одной стороны, оно охватывает все новые пласты лексики, с другой
– проникает на разные уровни языка. Употребление в выражениях терминов
родства является признаком широты словарного запаса языка.

Ключевые слова: язык, человеческий облик, лексическая категория,
словосочетание, этнически-родственные, родственные имена, образ, дом,
поколение, предок, характер.

KIRISH
Qarindoshlik atamalari bu – o‘zi bilan qarindosh bo‘lgan kishini nazarda
tutadigan atamadir. Turk qarindosh-urug‘chilik atamalarining nomlanish tizimi juda
murakkab bo‘lib, nafaqat turli xil qarindoshlik munosabatlari yuzasidan nomlanishi,

balki bir xil qarindoshlik munosabatiga tegishli bo‘lib, ko‘pincha mahalliy lahjalar
orasida katta farqlarga ega. Qarindoshlik atamalari odamlarning kundalik hayoti bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lganligi sababli, odamlar ularni juda erta o‘rganishni
boshladilar. Ammo hozirgi kunga qadar ularning mantiqiy asoslari bo‘yicha
tadqiqotlar, ayniqsa qarindoshlarning munosabatlari asosidagi tadqiqotlar hali ham
sust. Qarindoshlik atamalarining shakllanishi va ularning lahjalardagi varianti uning
yozuvi, shuningdek madaniy masalalar bilan bog‘liq holda juda murakkabdir. Til
shakllanishi, talaffuz, semantika va yozuv kabilar til va uning o‘zgarishiga ta’sir qilishi
mumkin. Madaniy tizimlar nuqtai nazaridan o‘z millatiga hurmat, keksalarni hurmat
qilish, erkaklarning ustunligi, rashk, patriarxal fikr, nikoh tizimi, yashash tizimi va chet
elliklar bilan madaniy aloqalar kabilar uning shakllanishiga ta’sir qilishi mumkin.

Bugungi kungacha turkiy qarindoshlik atamalari ustida rus olimlari va o‘zbek
tilshunoslari bir qancha ishlar olib borgan bo‘lib, masalaga doir tadqiqotlarni quyidagi
yo‘nalishlarda ko‘rishimiz mumkin: umumturkiy tillar doirasida, ularning leksikgrammatik, morfologik, etnolingvistik, qiyosiy-tarixiy aspektida o‘tkazilgan
tadqiqotlar. Masalaga doir tadqiqotlar tilshunoslar tomonidan olib borilgan bo‘lsa-da,
ularning ko‘pchiligi umumturkologiyaga bag‘ishlangan yoki bir taraflama yondashilib,
qisman ma’nolari ochib berilgan holda, umumturkiy tildagi qarindoshlik atamalarining
qiyosi to‘g‘risida ishlar olib borilgan. Turkologiyada olib borilgan ishlarning
ko‘pchiligi turkiy tillardagi atamalarni bir-biriga qiyos qilish yo‘li bilan tekshirib
chiqilgan. O‘zbek tilida ham qarindoshlik atamalari xususida bir qancha ishlar olib
borilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Bugungi kungacha o‘zbek tilida qavm-qarindoshlik atamalari keng ko‘lamda
o‘rganib kelinmoqda (Саидова М., 1995). O‘zbek tilidagi qarindoshlik
terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini tavsif qilishga bag‘ishlangan
I.Ismoilovning monografiyasida ham, avvalgi ishlardagidek qarindoshlik
atamalarining tavsifi va leksik-semantik xususiyatlari, kontekstda anglatgan
ma’nolari tahlil qilingan, xolos. Aslida turkiy tilda qarindoshlik rishtalari va
qarindoshlarning nomlanishi qadimdan shakllangan aniq tamoyillar asosida
belgilanadi. Bu borada tilshunos olimlar o‘nlab tadqiqotlar olib borganlar. L.P.
Patapovning ishida Qo‘ng‘irot o‘zbeklari o‘rtasidagi oilaviy munosabatlarga oid
materiallar faqat tor doirada ishlab chiqilgan. Narziyeva ham o‘z monografiyasida
qon-qarindoshlik nomlarining faqatgina komponent tahlili ustida ish olib borgan.
O‘zbek tilshunosligida ham bu masala qisman ochib berilgan bo‘lib, qavmqarindoshlikni anglatuvchi ota, ona, bola, o‘g‘il, qiz, nabira kabi qon-qarindoshlik
atamalarigina leksikologiya tarixi bilan bog‘lab tekshiriladi va misol tariqasida
ko‘rsatib o‘tiladi yoki o‘zbek tili va uning shevalaridagi qavm-qarindoshlik

atamalarini tekshirish, jiddiy ilmiy ish olib borish kerakligi, uning tilshunoslikdagi
ahamiyati to‘g‘risida to‘xtab o‘tiladi (Ишаев А., 1971). O‘zbek tilshunosligida
keyingi yillarda yaratilgan ilmiy ishlarda ham faqat bir tomonlama yondashilgan.
Mazkur maqolada aqrabolik terminlari o‘zbek va turk tillari miqyosida qiyosiy
o‘rganiladi, tahlil etiladi va o‘xshash hamda farqli tomonlari ko‘rsatib beriladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqola mavzusini yoritishda tavsiflash, tasniflash, qiyoslash, lingvomadaniy
tahlil usullaridan foydalanildi. Mazkur maqolada qarindoshlik atamalari murojaat
shakllari bilan bog‘liq ismlarning turk va o‘zbek tillari lisoniy manzarasini
ifodalovchi vosita ekanligini dalillash maqsadida o‘zbek va turk tilidagi aqrabolik
atamalarining qo‘llanilishini tahlil qilish vazifasi qo‘yilgan. Tadqiqot doirasida ham
o‘zbek tilidagi, ham turk tilidagi qarindoshlik terminlariga murojaat qilinar ekan,
asosan, qiyoslash va lingvomadaniy tahlil usuli yordamida o‘rganildi va bu kelgusi
tadqiqotchilar uchun asosiy manba sifatida tadqiqot obyekti bo‘la olishi ko‘zda
tutilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ilmiy ma’nodagi atamalar kishilarning kasbiy-mehnat ehtiyojlariga xizmat
qiluvchi ilmiy tushunchaga ega bo‘lgan so‘zlardir. Atamaning ma’nosi
umumiste’moldagi so‘zlarning ma’nolariga nisbatan qat’iy tushunchadir. Ya’ni,
tushuncha haqida ma’lumot beradi, uni ifodalaydi va shakllantirishda ishtirok etadi.
Termin leksik ma’nosining sof tushunchasi uni umumiste’mol so‘zlariga xos ayrim
sintagmatik va so‘z yasovchi xususiyatlardan mahrum etadi. Masalan, terminlarda
bunday bog‘lanishlar istisno qilinmasa-da, obrazli, xususan, metaforik ma’nolar
yaratuvchi sintagmatik bog‘lanishlarga erkin kirisha olmaydi. Odatda, atamalar
subyektiv baho qo‘shimchalarini o‘z ichiga olmaydi hamda ekspressivlik va modallik
ma’nosidagi yasama so‘zlar hosil qilishda ishtirok etmaydi. Shu bilan bir qatorda,
terminlar ilmiy nuqtai nazardan “adabiy leksikaning maxsus qatlamini tashkil etadi va
tor ixtisoslik so‘zlari terminlarga emas, balki umumiste’mol so‘zlariga qarshi
qo‘yiladi”. Ta’kidlash kerakki, qarindoshlik terminlari jonli xalq tilining maxsus leksik
qatlamini tashkil qiladi, ular ilmiy tushunchada terminlarga nisbatan badiiy shaklda
ifodalanmaydi. Turkiy tillarning qarindoshlik terminlarini o‘rganishda I.Ismoilovning
“Turkiy tillarda qarindoshlik terminlari” nomli monografiyasi muhim rol o‘ynaydi
(Ismoilov I., 1966). Tadqiqot ishi uch qismdan iborat: Bugungi kungacha turkiy
qarindoshlik atamalari ustida rus olimlari va o‘zbek tilshunoslari bir qancha ishlar olib
borgan bo‘lib, masalaga doir tadqiqotlarni quyidagi yo‘nalishlarda ko‘rishimiz
mumkin: umumturkiy tillar doirasida, ularning leksik-grammatik, morfologik,
etnolingvistik, qiyosiy-tarixiy aspektida o‘tkazilgan tadqiqotlar. Masalaga doir
tadqiqotlar tilshunoslar tomonidan olib borilgan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi

umumturkologiyaga bag‘ishlangan yoki bir taraflama yondashilib, qisman ma’nolari
ochib berilgan bo‘lib, umumturkiy tildagi qarindoshlik atamalarining qiyosi to‘g‘risida
ishlar olib borilgan.

Tilimizdagi qarindoshlik atamalari birdan paydo bo‘lib qolgan emas, albatta. U
o‘ziga xos tarixiy bosqichlarni bosib o‘tib, hozirgi ko‘rinishga kelgan. Hozirgi
tilimizda qo‘llanilib kelinayotgan har bir atama paydo bo‘lgan vaqti jihatidan ham,
to‘g‘ri funksiyalarda qo‘llanilishi va har xil o‘zgarish hamda yangiliklarni qabul qilish
jihatidan ham o‘ziga xos tarixga egadir. O‘zbek tilidagi qarindoshlik atamalari hozirgi
ahvolga kelguncha ko‘p davrlarni va turli bosqichlarni boshidan kechirdi. Vaqtning
o‘tishi, o‘zbek xalqi hayotida yuz bergan zo‘r iqtisodiy, siyosiy, madaniy o‘zgarishlar
tilimizning lug‘at tuzilishini ham o‘zgartirdi, ko‘pgina qon-qarindoshlik atamalari
eskirdi, iste’mol doirasidan chiqdi, bir turkum atamalarning ma’no doiralari kengaydi
va o‘zgarishga uchradi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi o‘zining tarixiy taraqqiyot jarayonida
turli sistemadagi tillarda gapiruvchi ko‘pgina xalqlar bilan birga hayot kechirdi, ularga
aralashib ketdi. Shu sababli, tilimiz murakkab sharoitda shakllandi va uning lug‘at
tuzilishi, shu jumladan, qon-qarindoshlik atamalari ham boshqa tillarning leksik
elementlari atamalarini o‘z ichiga olgan holda rivojlandi va taraqqiy etdi. Lekin,
shunga qaramay, tilimizning asosiy qon-qarindoshlik atamalari saqlanib qoldi va
ma’no qamrovi yanada kengaydi.

Turkiy qarindoshlik atamalarining asosan uchta ildizi qarindoshlik atamalarining
kelib chiqishini ko‘rsatadi: Qarindosh (ota tomondan), Tai-tog‘iy (ona tomondan),
Quda yoki ayollarga nisbatan qudag‘ay (nikoh orqali bog‘langan).

Turkiy qarindoshlik terminologiyalari antropologlar va tilshunoslar tomonidan
avvalgi tadqiqotlarda turk-mo‘g‘ul, sibir avlodi, omaxa va boshqalar deb, har xil
tasniflangan. Shubhasiz, barcha turkiy tillarni qamrab oladigan o‘zgarmas qarindoshlik
tizimini da’vo qilish qiyin, chunki zamonaviy turkiy qarindosh tizimlar nafaqat
prototurk yoki qadimgi turkiy tizimdan, balki vaqt o‘tishi bilan ham o‘zlaridan farq
qilgan. Ushbu hujjat yaxshi tasdiqlangan qarindosh-urug‘larning omon qolishlariga
asoslanib, prototurk tilidan hozirgi kungacha bo‘lgan qarindoshlik tizimidagi
o‘zgarishlarni kuzatishga bo‘lgan urinishlarni ko‘rsatadi. Qarindoshlik terminologiyasi
lug‘atning keng qo‘llanuvchi qatlamlaridan biri bo‘lib qolishi tan olingan. Barcha tillar
qarindoshlik terminologiyasiga ega bo‘lganligi sababli, lug‘at tarkibiy qismi universal
deb hisoblanadi. Ammo u turli jamiyatlarda farq qiladi.

Turkologiyada olib borilgan ishlarning ko‘pchiligi turkiy tillardagi atamalarni birbiriga qiyos qilish yo‘li bilan tekshirib chiqilgan. O‘zbek tilida ham qarindoshlik
atamalari xususida bir qancha ishlar olib borilgan bo‘lib, ular o‘zbek tilidagi
qarindoshlik terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini tavsif qilishga
bag‘ishlangan I.Ismoilovning monografiyasida ham, avvalgi ishlardagidek
qarindoshlik atamalarining tavsifi va leksik-semantik xususiyatlari, kontekstda

anglatgan ma’nolari tahlil qilingan, xolos. Shuningdek, M.Saidovaning nomzodlik
dissertatsiyasida o‘zbek tili va uning shevalarida mavjud rang-barang va juda qadimiy
tarixga ega bo‘lgan, ammo hali sof lingvistik jihatdan tadqiq qilinmagan qarindoshlik
terminologiyasining qiyosiy-tarixiy genezisi Namangan shevalarida o‘rganilgan
(Saidova M., 1995: 156). Ushbu ishda qarindoshlik nomlariga faqat atama sifatida
qaraladi.

Yuqorida aytilganidek, turkiy qarindoshlik atamalarining asosan uchta ildizi
qarindoshlik atamalarning kelib chiqishini ko‘rsatadi: Qarindosh (ota tomondan), Taitog‘iy (ona tomondan), Quda yoki ayollarga nisbatan qudag‘ay (nikoh orqali
bog‘langan). Keyinchalik bu tasnif o‘zgarib, ularning etimologiyasi quyidagicha
bo‘ladi:

1. Ota urug‘i – qarindosh (suyak sӧӧk)
2. Ona urug‘i – tag‘i
3. Nikoh orqali bog‘langan urug‘ – qain (Mirzayeva A., 2022).
Qadimda barcha turkiylarda ota urug‘i odam vujudining negizi bo‘lgan “suyak”ka
nisbat berilgan va bu urug‘ning barcha vakillari bir-biriga nisbatan og‘a-ini sanalgan,
ularning qoni bir bo‘lib, qarindosh hisoblangan. Bir-birlari bilan ota tomondan yaqin
bo‘lgan kishilar o‘zaro yoshi kattasini og‘a, kichigini esa ini deb chaqirgan. Ota
turkiyzabonlarda, xususan o‘zbeklarda ham ulug‘ nom sanalib kelinadi. Suyak (sӧӧk,
syook) so‘zi esa qadimda familiya tushunchasini bergan. O‘zbek tilidagi qarindoshlik
atamalari nomlarining kelib chiqishi va ma’nosiga ko‘ra asosan uchta katta guruhga
bo‘linadi:
I. Qon-qarindoshlik atamalari;
II. Nikohdan keyin paydo bo‘lgan qarindoshlik atamalari;
III. Yaqinlik nomlari.
I. Qon-qarindoshlik nomlariga quyidagilar: ona, ota, opa, aka, uka, singil, xola,
tog‘a, amma, amaki, buvi, buva, nabira kabi atamalar;
II. Nikohdan keyin paydo bo‘ladigan atamalarga esa: er, xotin, kuyov, kelin, boja,
pochcha, ovsin, qayin ona (qaynona), qayin ota (qaynota), qayin singil, qayin og‘a,
quda, quda xola, quda buva, o‘gay ota, o‘gay ona, o‘gay bola kabilar;
III. Yaqinlik nomlariga: yuqoridagi ikki guruhdan butunlay farq qiladi. Bular
tutingan so‘zi bilan kelib, tutingan ota+m, tutingan ona+m, tutingan o‘g‘li+m kabi
atamalardir. Atamalarning birinchi guruhiga mansublari o‘z guruhidagi atamalar bilan
birgalikda juftlashgan holda ko‘plik, jamlik ma’nolarini ifodalaydi: ota-bola, opasingil, aka-uka, ota-ona, ota-bobo, amma-xola, tog‘a-jiyan kabi. Bular o‘ziga
affikslarni qabul qilib, yangi ma’noli so‘zlarni hosil qiladi.

XULOSA
O‘zbek va turk tillari leksikasida qarindoshlik terminlari sifatida nutqda
qo‘llanuvchi alohida so‘zlar ham bor. Bu so‘zlarning o‘ziga xosligi ularning
umumlashgan qardoshlik tushunchasiga – “qarindosh” ma’nosiga ega ekanligi bilan
xarakterlanadi. Qarindoshlik darajasi xususiyatiga ko‘ra, ularni ikki guruhga ajratish
mumkin: yaqin qarindoshlik hamda uzoq qarindoshlik. Qarindoshlikning birinchi
guruhiga quyidagilar kiradi: zot, urug‘. Ikkinchi guruhga tomir, taraf, yaqin, negiz,
arqonning bir uchi singari iboralashgan birikmalar kiradi. Bu leksemalar (va
frazemalar) shunisi bilan o‘ziga xoski, ular unutilish bosqichida bo‘lgan aloqalarga
nisbatan ishlatiladi. Bu so‘zlarni obyekt – adresatga nisbatan ishlatib, gapiruvchi
subyekt – adresant uning suhbatdoshi – adresatning ota yoki ona tomondan qarindoshi
ekanligini bilmaydi. Muloqotdagi ko‘pchilik qarindoshlik terminlari murojaat sifatida
ishlatiladi va suhbatdosh – adresatning so‘zlovchi – adresantga nisbatan qarindosh yoki
qarindosh emasligidan qat’i nazar shu tartibda chaqiradi: “Amaki, qayerga
borayapsiz?” O‘zbek tilidagi singil so‘zi murojaatda 1-shaxs 1-son qo‘shimchasini
oladi – singlim: “Singlim, qayerda o‘qiysan?” O‘zbek tilida o‘g‘il, qiz, bola va boshqa
qarindoshlik atamalari 1-shaxsdagi egalik qo‘shimchasini qabul qiladi: qizim, o‘g‘lim,
bolam va hokazo. Ayrim qarindoshlik atamalari leksemalari, masalan, bolakay
(bola+kay), qizaloq (qiz-aloq) murojaat funksiyasini bajarishi mumkin. Ulardan
foydalanish ijtimoiy jihatdan cheklangan, chunki bu faqat bolalarga murojaat qilish
shakli. Kattalarning bir-biriga bolakay, qizaloq so‘zlari bilan murojaat qilishi
betakalluflik yoki kinoya bo‘yog‘ini kasb etadi. Bu jihat singlim – erkak kishining
qizlarga singlim ma’nosidagi murojaati, qizim – keksa odamning yosh ayolga nisbatan
murojaati, onasi – erning o‘z xotiniga murojaati, otasi, dadasi – xotinning eriga
murojaati, bobosi – buvining o‘z eriga, nevaralariga nisbatan bobosiga murojaati,
buvisi – boboning o‘z xotiniga, nevaralarga nisbatan buvisiga murojaati va boshqa
so‘z-atamalari uchun ham xos.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ismoilov I. (1966) Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari. – Toshkent:
“Fan” nashriyoti.
2. Engels F. (1956) Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi. – Toshkent.
3. Mahmud Koshg‘ariy. Devoni lug‘ati turk, I-III tom. – Toshkent, 1960-1963.
4. Shoabdurahmonov Sh. (1962) O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari. –
Toshkent.
5. Покровская Л. (1961) Термины родства в тюркских языках /
Историческое развитие лексики тюркиских языков. – Москва.
6. Саидова М. (1995) Наманган шеваларидаги қариндошлик
терминларининг лексик-семантик таҳлили. – Тошкент.

7. Ишаев А. (1971) Ўзбек шеваларидаги қариндошлик терминлари / Ўзбек
халқ шевалари луғати. – Тошкент: Фан.

REFERENCES:
1. Ismoilov I. (1966) Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari. – Toshkent:
“Fan” nashriyoti. (In Uzbek)
2. Engels F. (1956) Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi. – Toshkent.
(In Uzbek)
3. Mahmud Koshg‘ariy. Devoni lug‘ati turk, I-III tom. – Toshkent, 1960-1963.
(In Uzbek)
4. Shoabdurahmonov Sh. (1962) O‘zbek adabiy tili va o‘zbek xalq shevalari. –
Toshkent. (In Uzbek)
5. Pokrovskaya L. (1961) Termini rodstva v tyurkskix yazikax / Istoricheskoye
razvitiye leksiki tyurkiskix yazikov. – Moskva. (In Russian)
6. Saidova M. (1995) Namangan shevalaridagi qarindoshlik terminlarining
leksik-semantik tahlili. – Toshkent. (In Uzbek)
7. Ishayev A. (1971) O‘zbek shevalaridagi qarindoshlik terminlari / O‘zbek xalq
shevalari lug‘ati. – Toshkent: Fan. (In Uzbek)

Internet saytlar:
1. www.wikipedia.org
2. https://blog.ciceksepeti.com/kiz-bebekler-icin-cicek-isimleri/
3. https://m.sabah.com.tr
4. https://lotusmagus.com