THE EMERGENCE OF THE KHOJAGON-NAKSHBANDIYA TEACHING,
AND ITS SPREAD TO THE FOREIGN COUNTRIES
Rahimov Komiljon Rahmatovich
Leading researcher of the Institute of Oriental Studies
after the name of Abu Rayhan Beruni,
Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan,
Tashkent State University of Oriental Studies
Associate Professor of the Department of
"Eastern Philosophy and Hermeneutics",
Doctor of History (DSc)
Tel.: +998 90 941-95-59
e-mail: kom_rah@mail.ru
Annotation. In the 12th century, originally established by the name of
“khojagoniya" by Abdulkhaliq Gijduvani (approximately 496 /1103 – 575/1179) and
was widely known the Khojagon-Nakshbandiya after Bahauddin Nakshband
(718/1318 – 791/1389), this teaching has gone through several stages of its
development. During the two centuries from Gijduvani to Naqshband, the foundations
of this doctrine were established. Later after Nakshband’s death, it spread throughout
Central Asia. From the 15th century, it began to spread to foreign countries such as
Turkiye, Iran, Arab countries, India, Malaysia, Indonesia, and China. This article will
provide a general overview of the emergence of the Khojagon-Naqshbandi order, its
spread to Central Asia, and the history of its spread to foreign countries, as well as the
activities of the followers who served in the spread of this tariqat.
Keywords: Sufism, Khojagonia, Nakshbandiya, Khojagon-Nakshbandiya
teaching, Rashha, Zikri Khafi, Central Asia, foreign countries.
XOJAGON-NAQSHBANDIYA TARIQATINING VUJUDGA KELISHI,
YOYILISHI VA XORIJIY O‘LKALARGA TARQALISHI
Rahimov Komiljon Rahmatovich
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
“Sharq falsafasi va germenevtikasi” kafedrasi dotsenti,
tarix fanlari doktori (DSc)
Tel.: +998 90 941-95-59
e-mail: kom_rah@mail.ru
Annotatsiya. XII asrda Abdulxoliq G‘ijduvoniy (taxminan 496/1103-575/1179)
tomonidan dastlab “xojagoniya” nomi bilan asos solingan, Bahouddin Naqshbanddan
(718/1318-791/1389) keyin esa “naqshbandiya” nomi bilan keng tanilgan xojagonnaqshbandiya tariqati o‘z taraqqiyotining bir necha bosqichini bosib o‘tdi.
G‘ijduvoniydan Naqshbandgacha o‘tgan ikki asr davomida ushbu tariqat asoslari
qo‘yilgan bo‘lsa, mazkur tariqat Naqshband vafotidan keyin butun Markaziy Osiyoga
yoyilib, iqtisodiy va siyosiy nufuz kasb etdi. XV asrdan boshlab esa Turkiya, Eron,
arab davlatlari, Hindiston, Malayziya, Indoneziya va Xitoy kabi xorijiy o‘lkalarga ham
tarqala boshladi. Ushbu maqolada xojagon-naqshbandiya tariqatining paydo bo‘lishi,
Markaziy Osiyoga yoyilishi va xorijiy mamlakatlarga tarqalishi tarixi, hamda ushbu
tariqatning yoyilishida xizmat qilgan shogirdlar faoliyati umumiy tarzda ko‘rib
o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: tasavvuf, so‘fiylik, xojagoniya, naqshbandiya, xojagonnaqshbandiya tariqati, rashha, zikri xafiy, Markaziy Osiyo, xorijiy o‘lkalar.
ВОЗНИКНОВЕНИЕ ТАРИКАТА ХОДЖАГОН-НАКШБАНДИЯ, ЕГО
РАСШИРЕНИЕ И РАСПРОСТРАНЕНИЕ В ДРУГИХ РЕГИОНАХ
Рахимов Комилжон Рахматович
Ведущий научный сотрудник Института востоковедения
им. Абу Райхана Беруни, Академии наук Республики Узбекистан,
Доцент кафедры «Восточная философия и герменевтика»
Ташкентского государственного университета востоковедения,
Доктор исторических наук (DSc)
Teл.: +998 90 941-95-59
e-mail: kom_rah@mail.ru
Аннотация. Заложенный в XII веке Абд ал-Халиком Гидждувани
(примерно 496/1103-575/1179) тарикат под названием «Ходжагания» позже стал
ассоциироваться с именем Бахауддина Накшбанда (718/1318-791/1389) и
называться «Накшбандия» и затем прошел несколько этапов эволюции. Если в
течении двух веков от Абд ал-Халика Гидждувани и до Бахауддина Накшбанда
были заложены основы этого тариката, то после смерти Бахауддина тарикат был
рапространен на всю Центральную Азию, обрел весомый экономический и
политический вес. С XV века он начал распространяться в зарубежных странах,
таких как Турция, Иран, арабские страны, Индия, Малайзия, Индонезия и Китай.
В данной статье в общих чертах рассматривается история появления тариката
Ходжаган-Накшбандия, ее распространение в Среднюю Азию и зарубежные
страны, а также деятельность учеников, служивших распространению этого
тариката.
Ключевые слова: Тасаввуф, суфизм, Ходжагон, Накшбандия, Ходжагон-
Накшбандия, рашха), тихий зикр (хафи), Центральная Азия.
KIRISH
Xojagon-naqshbandiya tariqati uzoq tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo tasavvuf
maktabi anʼanalari davomchisi sifatida mahalliy ildizlarga ega bo‘lib, jumladan,
Hakim Termiziy (205/820–320/932), Abu Bakr Kalobodiy (305/917–385/995),
Mustamliy Buxoriy (vaf. 434/1043) kabi so‘fiylar va tasavvuf nazariyotchilari
g‘oyalaridan taʼsir olgan. Shunday bo‘lsa-da, xojagon-naqshbandiya tariqatining
bevosita muayyan tashkilot sifatida vujudga kelishi Xoja Yusuf Hamadoniyning
(440/1048–535/1140) o‘z taʼlimotini yoyish va shogirdlar tarbiyalash maqsadida O‘rta
Osiyoga kelishi, Buxoro shahrida xonaqoh ochib, bu yerda o‘z so‘fiylik maktabiga asos
solishi bilan bog‘liqdir (Кошифий, 1977:13-15; Хисматулин А., 1996:19; Ариф
Усман, 1999:7-10; Ориф Усмон, 2003:8-16). Garchi Hamadoniy ko‘plab muridlar
tarbiyalagan, jumladan, ulardan to‘rttasi – mazkur silsilaga ketma-ket rahbarlik qilgan
Xoja Hasan Andaqiy (vaf. 552/1157), Xoja Abdulloh Barraqiy (vaf. VI/XII a.), Xoja
Ahmad Yassaviy (vaf. 562/1166) va Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (taxm. 496/1103–
575/1179) uning asosiy shogirdlari hisoblangan bo‘lsalar-da, ilk ikki shogirddan keyin
silsila rahbarligini o‘z zimmasiga olgan Yassaviy va G‘ijduvoniylargina xojagon
taʼlimotini rivojlantirib, mazkur silsilani so‘fiylik tariqatiga aylantirishga, yaʼni o‘z
mustaqil tariqatlariga – xojagoniya hamda asli xojagon silsilasidan ildiz olgan
yassaviya tariqatlariga asos solishga muvaffaq bo‘ldilar. Xojagon-naqshbandiya
manbalari ham aynan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ushbu tariqat asoschisi
ekanligini taʼkidlaydilar. Jumladan, “Rashahot ayn al-hayot” muallifi G‘ijduvoniyni
“xojagon zanjirining bosh halqasi”, “xojagon tabaqasining asoschisi va azizon
silsilasining boshlovchisi” deb tanishtirar ekan, uning hayot tarzi barchaga o‘rnak va
barcha guruhlar uchun maqbul ekanligini maʼlum qiladi (Кошифий, 1977:11, 34-35).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqola mavzusiga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadi-ki, Naqshbandiya
tariqatining o‘ziga xosligi va rivojlanishi haqida ko‘plab manbalar mavjud. Abul
Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali asarida Xoja Bahouddin Naqshband
hayoti va faoliyati tasvirlangan. Shuningdek, Abduholiq G‘ijduvoniyning chop etilgan
asarlari orqali tariqatning axloqiy va ma’naviy tamoyillari o‘rganiladi. Alisher
Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari esa so‘fiy adabiyotining estetik jihatlarini
ochib beradi. E. Zoirovning tadqiqoti Naqshbandiya tariqatining siyosiy va ijtimoiy
konteksdagi o‘rnini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu asarlar, Naqshbandiya tariqatining
o‘ziga xos falsafiy va amaliy jihatlari haqida muhim ma’lumotlarni beradi, va ularni
o‘rganish, bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur mavzuni tadqiq qilishda tarixiy, analitik va taqqoslash metodlaridan
foydalanildi. Tarixiy metod orqali Xojagon-Naqshbandiya tariqatining paydo bo‘lishi
va rivojlanishi jarayonlari o‘rganildi. Analitik metod yordamida tariqatning asosiy
prinsip va tamoyillari, shuningdek, uning boshqa so‘fiylik ta’limotlari bilan o‘zaro
aloqalari ko‘rib chiqildi. Taqqoslash metodida esa tariqatning turli hududlarda qanday
tarqalganligi, mahalliy madaniyatlar bilan o‘zaro munosabatlari tahlil qilindi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, umuman, xojagon-naqshbandiya tariqati,
jumladan, uning xojagoniya bosqichi asoschisi sifatida ushbu tariqatning shariat va
sunnatga qattiq rioya qilish, tavba va irodat bilan boshlanuvchi sayr-u suluk
maqomlarini bosib o‘tish, zikri xafiy hamda sakkiz rashha (hush dar dam, nazar bar
qadam, safar dar vatan, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht,
yoddosht)dan iborat bo‘lgan ilk asoslarini shakllantirib berdi (Ғиждувоний, 2003:97-
98; Кошифий, 1977:11, 38). Undan keyin tariqat rahbarligini o‘z zimmasiga olgan
Xoja Muhammad Orif Revgariy (taxm. 560/1165-660/1262), Xoja Mahmud Anjir
Fag‘naviy (taxm. VII/XIII asr boshlari - 685/1286), Xoja Ali Romitaniy (taxm.
591/1195-721/1321), Xoja Muhammad Bobo Samosiy (taxm. VII/XIII asr o‘rtalari -
736/1335) va Sayyid Amir Kulollar (taxm. 680/1281-772/1370) ham G‘ijduvoniy
taʼlimotining asosiy qismini davom ettirgan bo‘lsalar-da, Xoja Mahmud Anjir
Fag‘naviy davridan boshlab zikri xafiy o‘rnini zikri jahriy egalladi. Xojagonnaqshbandiya tariqatidagi bu amaliyot Xoja Bahouddin Naqshband davriga qadar
davom etdi (Муҳаммад Боқир, 1993:54). Naqshband faoliyati bilan xojagonnaqshbandiya tariqatining xojagoniya bosqichi poyoniga yetib, naqshbandiya bosqichi
boshlandi.
Xoja Bahouddin Naqshband birinchi navbatda zikri xafiyni qaytadan joriy etdi
(Муҳаммад Боқир, 1993:54; Кошифий, 1977:97-98), Yusuf Hamadoniy va
Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan ishlab chiqilgan sakkiz rashhaga uchta yangi
rashha (vuqufi zamoniy, vuqufi adadiy, vuqufi qalbiy) qo‘shib, ularning sonini o‘n
bittaga yetkazdi (Муҳаммад Боқир, 1993:84-86; Кошифий, 1977:47-50). Bahouddin
Naqshband tarkidunyochilik va go‘shanishinlikni inkor etarkan, odamlar bilan faol
munosabatda bo‘lish va kasb-kor bilan shug‘ullanish, shu bilan bir paytda bir lahza
bo‘lsa-da xudoni esdan chiqarmaslikni targ‘ib etdi (Муҳаммад Боқир, 1993:77).
Xoja Bahouddin Naqshband vafotidan keyin uning xalifalari Xoja Alouddin Attor
(vaf. 802/1400) va Xoja Muhammad Porso (749/1348–822/1420) xojagonnaqshbandiya tariqatining jipslashuvi, tashkiliy tuzilmasining mustahkamlanishi
hamda ushbu tariqat taʼsirining keng yoyilishida katta rol o‘ynashdi. Ular davrida
Movarounnahrning deyarli barcha yirik va o‘rtacha shaharlarida xojagon-
naqshbandiya tariqatining xonaqohlari paydo bo‘ldi. Xoja Ubaydulloh Ahror
(806/1404–895/1490) rahbarligi davrida esa ushbu tariqat katta iqtisodiy va siyosiy
nufuzga ega bo‘ldi. Ubaydulloh Ahrorning temuriy hukmdorlar bilan yaqin
munosabatlari xojagon-naqshbandiya tariqatining keyingi ijtimoiy-siyosiy faolligini
belgilab berdi (Акимушкин О., 1991:187).
Temuriylar sulolasi inqirozidan so‘ng birmuncha sustlashib qolgan xojagonnaqshbandiya tariqatining faoliyati X/XVI asrning birinchi yarmida Maxdumi Aʼzam
nomi bilan mashhur bo‘lgan Sayyid Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy (868/1464–
956/1549), X/XVI asrning ikkinchi yarmi – XI/XVII asrda esa Buxorodagi Jo‘ybor
xojalari tomonidan davom ettirildi (Акимушкин О., 1991:187). XI/XVII asrning
oxirlaridan xojagon-naqshbandiya tariqatining xorijiy mamlakatlarda keng yoyilgan
naqshbandiya-mujaddidiya tarmog‘i O‘rta Osiyoga kirib keldi va XII/XVIII asrning
ikkinchi yarmida – Buxoro amirligining 1785-1800-yillari hukmronlik qilgan
hukmdori, ushbu tariqat aʼzosi Amir Shohmurod (1785-1800) zamonida chuqur ildiz
otdi (Кюгельген, 2001:277).
Xojagon-naqshbandiya tariqati nafaqat islom dunyosida vujudga kelgan ilk
so‘fiylik taʼlimotlaridan biri, balki paydo bo‘lgan vatani – O‘rta Osiyodan boshqa
ko‘pgina o‘lkalarga ham tarqalib, mazkur o‘lkalar xalqlari madaniyatiga katta taʼsir
o‘tkazgan eng nufuzli tasavvuf tariqatlaridan biri ham hisoblanadi. Xoja Bahouddin
Naqshbandning xalifalari, jumladan, Xoja Alouddin Attor (vaf. 802/1400), Xoja
Muhammad Porso (749/1348–822/1420) va Xoja Yaʼqub Charxiy (vaf. 851/1447)
davrida butun Markaziy Osiyoga yoyilib ulgurgan, navbatdagi avlod pirlaridan Xoja
Ubaydulloh Ahror davrida esa sezilarli iqtisodiy va siyosiy qudratga erishgan xojagonnaqshbandiya tariqati shu davrdan boshlab boshqa yurtlarga ham tarqala boshladi.
Movarounnahrda vujudga kelib, taraqqiy topgan mazkur tariqat xorijiy
o‘lkalardan birinchi bo‘lib o‘sha paytlar Temuriylar davlati tarkibiga kirganligi sababli
Markaziy Osiyo bilan yagona madaniy makonda joylashgan Xuroson o‘lkasiga kirib
bordi. Buxoroga kelib, Xoja Alouddin Attorning xalifalaridan bo‘lmish Mavlono
Nizomiddin Xomush (vaf. 860/1456) huzurida so‘fiylik taʼlimini olib ketgan Saʼdiddin
Koshg‘ariy (vaf. 860/1456) xojagon-naqshbandiya tariqatining Xurosonning Hirot va
boshqa shaharlarida keng tarqalib, mustahkam o‘rin egallashida katta rol o‘ynadi.
Uning xalifasi Abdurahmon Jomiy (817/1414–898/1492) davrida esa nafaqat
Xurosonning diniy, ilmiy va madaniy doiralari vakillari, balki davlat amaldorlari ham
ushbu tariqatga kirishdi (Кошифий, 1977:205-286).
Xojagon-naqshbandiya tariqati kirib borgan ikkinchi xorijiy mamlakat Turkiya
bo‘ldi. Mullo Abdulloh Ilohiy Simaviy (vaf. 896/1491) Istanbul madrasasidagi tahsilini
tugatgach, Samarqandga borib, Xoja Ubaydulloh Ahrorga murid tushadi va uning
huzurida bir yil taʼlim olgach, uning xalifasi sifatida o‘z yurtiga qaytadi. Dastlab Sima
shahrida xojagon-naqshbandiya taʼlimotini targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi, keyinroq
Istanbulda ushbu tariqatning takyasini ochadi. Buxorodan kelgan boshqa bir shayx –
Amir Ahmad Buxoriy (vaf. 922/1516) uning ishini davom ettiradi (Акимушкин О.,
1991:187). IX/XV asrning ikkinchi yarmida xojagon-naqshbandiya jamoalari
Eronning Isfahon, Qazvin va Tabriz shaharlarida paydo bo‘ldi. Qazvinda Xoja
Ubaydulloh Ahror xalifasi Ali Kurd (IX/XV a.) alohida faollik ko‘rsatib, ko‘pgina
mahalliy ulamolarni shu tariqatga kirgizadi. X/XVI–XI/XVIII asrlarda Eronda
xojagon-naqshbandiya tariqati faoliyat ko‘rsatmaydi. Faqatgina XIII/XIX asr
oxirlarida Eron sharqida xojagon-naqshbandiyaning shialikka asoslangan guruhlari
paydo bo‘ladi (Акимушкин О., 1991:188).
Xojagon-naqshbandiya tariqatining Hindistondagi birinchi jamoasi X/XVI asr
o‘rtalarida Kashmirda Shayx Bobo Valiy (X/XVI a.) tomonidan asos solingan bo‘lsada, bu yurtda ushbu tariqat taʼlimotini uyushgan tarzda targ‘ib qila boshlash Xoja
Boqibilloh (971/1564–1012/1603) chekiga tushdi. Movarounnahrga borib, xojagonnaqshbandiya tariqati pirlaridan bo‘lmish Xoja Imkanagiy Samarqandiy (vaf.
1008/1600) huzurida so‘fiylik taʼlimini olgan Xoja Boqibilloh Dehlida xojagonnaqshbandiya xonaqohini ochadi. Uning huzurida xojagon-naqshbandiya tariqatiga
kirib, irshod ijozatini olgan boshqa bir hind so‘fiysi Shayx Ahmad Foruqiy Sirhindiy
(971/1564–1034/1624) esa ushbu tariqatning Hindistonda keng tarqalishiga katta hissa
qo‘shdi. Sunniylikning hanafiy mazhabini qattiq turib himoya qilgan Sirhindiy
Akbarning (1556–1605) diniy sinkretizmi va Jahongirning (1605–1627) shiaparastlik
kayfiyatlariga faol qarshi chiqdi. Shariatni qattiq turib himoya qilgani sababli
“mujaddidi alfi soniy” (“ikkinchi ming yillik yangilovchisi”) laqabini oldi. U Ibn
Arabiyning (560/1165–638/1240) “vahdat al-vujud”9 g‘oyasini inkor qilgan
Alouddavla Simnoniy (659/1261–736/1336) tomonidan o‘rtaga tashlangan “vahdat
ash-shuhud”10 g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va takomillashtirdi. Xojagonnaqshbandiya tariqatining Ahmad Sirhindiy tomonidan asos solingan tarmog‘i
naqshbandiya-mujaddidiya deb nom oldi (Акимушкин О., 1991:187; Шиммель А.,
2012:284-285; Йылмаз K., 2007:226).
X/XVI asrda xojagon-naqshbandiya tariqati Sayyid Ahmad ibn Jaloliddin
Kosoniy (868/1464–956/1549) vositasida Sharqiy Turkistonning Koshg‘ar, Yorkent,
Xo‘tan, Oqsuv va Ko‘cha diyorlariga, u yerdan esa Xitoyning Guansi, Sinxay, Minxia
va Shensi viloyatlarining turli shaharlariga ham kirib bordi va ushbu o‘lkalarda
yashovchi musulmonlar tomonidan turli tarmoqlarga asos solinishiga sabab bo‘ldi. Bu
tariqat Xitoyda eshonlik nomi bilan mashhur bo‘lib, uning xafiya va jahriya deb
nomlanadigan ikki tarmog‘i ham vujudga kelgan (Умидворниё М., 1994:27-30).
9 vahdat al-vujud [arabchа وحدت الوجودborliqning bir butunligi] – borliq olamda abadiy yagona Allohgina mavjud,
moddiy olam va narsalar dunyosi esa aslida mavjud bo‘lmasdan, Xudoning tajalliysidir, deb hisoblovchi taʼlimot.
10 vahdat ash-shuhud [arabchа وحدت الشهودguvohlikning bir butunligi] – inson Allohga qorishib yo‘q bo‘lib ketmaydi,
balki uning borligini his etib, uning yagonaligining guvohi bo‘ladi, deb hisoblovchi taʼlimot.
X/XVI asrdan keyin Movarounnahr shaharlari, xususan Buxoroga kelib tahsil
olgan Volga bo‘yi musulmonlari vakillari o‘z yurtlariga xojagon-naqshbandiya
taʼlimotini ham olib borishadi. Bu o‘lkada XI/XVII–XII/XVIII asrlarda, umuman,
xojagon-naqshbandiya tariqati, XII/XVIII–XIII/XIX asrlarda esa uning naqshbandiyamujaddidiya tarmog‘i keng yoyiladi.
XI/XVII asr boshlarida naqshbandiya-mujaddidiya Yaman va Hijozga kirib
boradi va u yerdan Misrga yoyiladi. Xoja Muhammad Maʼsum (1007/1599-
1079/1668) va Muhammad Murod Buxoriy (vaf. 1729) naqshbandiya-mujaddidiya
g‘oyalarini Hijoz, Misr, Suriya va Turkiyada yoyishadi. Uning vafotidan so‘ng
Istanbulda murodiya takyasiga asos solinadi va u naqshbandiya-mujaddidiya
markaziga aylanadi. U yerdan Husayn Bobo Zukich (XII/XVIII asr) saʼy-harakatlari
bilan bu tarmoq Bosniyagacha yetib boradi (Акимушкин О., 1991:187-188).
Keyinchalik xojagon-naqshbandiya taʼlimoti Makedoniyaga ham yoyiladi (Нафисий
С., 1964:225).
Suriyadan esa Muhammad Murod Buxoriy izdoshlari naqshbandiya-mujaddidiya
g‘oyalarini Falastinga olib kirishadi. U yerda bir necha zoviya, jumladan Quddusda
1973-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan zoviyat al-uzbakiya (o‘zbeklar zoviyasi)ga asos
solinadi. XIII/XIX asr boshlarida Iroq, Suriya va Kurdistonda xojagonnaqshbandiyaning keng tarqalishi Sulaymoniya kurdlaridan bo‘lgan Mavlono Xolid al-
Bag‘dodiy (1193/1779–1242/1827) faoliyati bilan bog‘liqdir. U 1809-yili Hindistonga
borib, Dehlida Shayx Abdulloh G‘ulom Alishoh Sohib Dehlaviyga (1158/1745–
1240/1824) murid tushadi, 1811-yili vataniga qaytib, o‘zining xolidiya deb ataluvchi
mustaqil tarmog‘iga asos soladi. Naqshbandiya-xolidiya XIII/XIX asrda Turkiya,
Kurdiston va arab mamlakatlariga keng tarqaladi. Xuddi shu davrda ushbu tarmoq
Hijoz orqali Indoneziya, Malayziya, Seylon, Filippin va Mozambikka, shimoliy
Turkiya orqali esa Kavkazga kirib boradi (Акимушкин О., 1991:187-188).
Bundan tashqari ushbu tariqatning tarmoqlaridan biri Afrika qitʼasidagi Kongo
mamlakati musulmonlari orasida ham mavjud (Нафисий С., 1964:225).
Bugungi kunda xojagon-naqshbandiya tariqatining naqshbandiya-mujaddidiya
tarmog‘i vakillari Hindiston va Pokiston mamlakatlarida ko‘plab topiladi (Ориё Ғ.,
1986:68).
XII asrda Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan Buxoroda asos solingan xojagonnaqshbandiya tariqatining oradan ikki asrdan ko‘proq vaqt o‘tib – Xoja Bahouddin
Naqshband vafotidan keyin butun Markaziy Osiyoga yoyilishi hamda bu o‘lkada
sezilarli iqtisodiy va siyosiy qudratga erishishi, XV asrdan boshlab esa xorijiy
o‘lkalarga ham tarqala boshlashi mazkur tariqat taʼlimotining maʼlum darajada o‘zi
yoyilgan o‘lkalar xalqlarining orzu-armonlari va maʼnaviy ehtiyojlariga javob
berganligini ko‘rsatadi. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tarqalgan ushbu
tariqatning bizning davrimizgacha saqlanib qolganligi va o‘z hayotida davom
etayotganligi esa uning taʼlimotida maʼlum davr bilan chegaralanib qolmaydigan
abadiy va o‘lmas g‘oyalar targ‘ib etilishidan dalolat beradi.
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR:
1. Абул Муҳсин Муҳаммад Боқир ибн Муҳаммад Али. Баҳоуддин
Балогардон (Мақомоти Хожа Баҳоуддин Нақшбанд) / Таҳрир ҳайъати: А. Рустам
ва бошқалар; Форсийдан таржима, сўзбоши ва луғат муаллифи Маҳмудхон
Махдум Ҳасанхон Махдум ўғли. – Тошкент: «Ёзувчи», 1993. – 208 б.
2. Аз гуфтори Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний (асар бобларидан парчалар) /
Форс тилидан Маҳмуд Ҳасаний ва Г. Музаффар қизи таржимаси // Хожа
Абдулхолиқ Ғиждувоний [Сўзбоши, таржима, луғат ва изоҳлар муаллифи:
Маҳмуд Ҳасаний]. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2003. – 128 б. – Б. 112-121.
3. Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. Мукаммал асарлар тўплами.
Йигирма томлик. Ўн еттинчи том / Нашрга тайёрловчилар: С. Ғаниева, М.
Мирзааҳмедова. Арабча ва форсча матнларни таржима қилиб, нашрга
тайёрловчи ва масъул муҳаррир: С. Рафиддинов. – Тошкент: «Фан», 2001. – 520 б.
4. Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний. Одоби тариқат / Форс тилидан Маҳмуд
Ҳасаний ва Г. Музаффар қизи таржимаси [Сўзбоши, таржима, луғат ва изоҳлар
муаллифи: Маҳмуд Ҳасаний]. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2003. – 128 б. – Б. 97-101.
5. Зоиров Э. Х. Махдуми Аъзамнинг ижтимоий-сиёсий қарашлари // Жамият
ва бошқарув. 2003. №1. – Б. 34-35.
6. Зоиров Э. Х. Махдуми Аъзамнинг фалсафий ва ижтимоий-сиёсий
қарашлари: Фалсафа фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун
тайёрланган диссертациянинг автореферати. – Тошкент, 2007.
7. Ориф Усмон. Бухорои шарифнинг етти пири. – Тошкент: ТошДШИ
нашриёти, 2003. – 172 б.
8. Тўраев Ҳ. Нақшбандия ва Жўйбор шайхлари // Жаҳон мулкининг
нигоҳбони. – Бухоро: «Бухоро», 1993.
9. Акимушкин О. Накшбандия // Ислам. Энциклопедический словарь. –
Москва: Наука, 1991. – 315 с. – С. 187-188.
10. Анке фон Кюгельген. Расцвет Накшбандия-Муджаддидия в Средней
Трансоксании с XVIII — до начала XIX вв.: опыт детективного расследования
[Перевод с немецкого языка: Скородума] // Суфизм в Центральной Азии
(зарубежные исследования): Сб. ст. памяти Фрица Майера (1912—1998) / Сост.
и отв. редактор А. А. Хисматуллин. – СПб.: Филологический факультет СПбГУ,
2001. – 394 с. – С. 275-330.
11. Ариф Усман. Крупнейшие суфийские братства Центральной Азии. –
Самарканд: «Саратон-Хамар», 1999. – 115 с.
12. Тураев Х. Роль Джуйбарских ходжей в общественно-политической и
духовно-культурной жизни Бухарского ханства XVI-XVII веков: Афтореферат
диссертации на соискание ученой степени доктора исторических наук. –
Ташкент – 2007.
13. Хасан Камиль Йылмаз. Тасаввуф и тарикаты. Перевод с турецкого А.
Урманова. – Москва: ООО «Издательская группа «САД», 2007. – 300 с.
14. Хисматулин А. Суфийская ритуальная практика: (На примере братства
Накшбандия). – СПб.: Центр «Петербургское Востоковедение», 1996. – 208 с.
15. Шиммель, Аннемари. Мир исламского мистицизма / Пер. с англ. Н. И.
Пригариной, А. С. Раппопорт. 2-е изд., испр. и доп. – Москва: ООО «Садра»,
2012. – 536 с.
16. Necdet Tosun, Bahâeddin Nakşbend: Hayatı, Görüşleri, Tarikatı. – İstanbul:
İnsan Yayınları, 2007, 3. baskı.
17. Мавлоно Фахриддин Али бин Ҳусайн Воиз Кошифий. Рашаҳоту айн алҳаёт [Муқаддима, таҳрир, изоҳлар ва иловалар муаллифи доктор Али Асғар
Маъиниён]. 2 жилдлик.1-жилд. – Теҳрон: «Нуроний» хайрия жамғармаси
нашриёти, 2536/1977. – 361 б. (Fors tilida)
18. Жомий, Нуриддин Абдурраҳмон ибн Аҳмад. Нафаҳот ул-унс мин
ҳазарот ул-қудс [Таҳрир ва сўзбоши муаллифи Маҳмуд Обидий]. Тўртинчи
нашр. – Теҳрон: «Эттелоот», 1382/2003. – 1215 б. (Fors tilida)
19. Ориё, Ғуломали. Ҳиндистон ва Покистонда чиштия тариқати. – Теҳрон:
«Зуввор», 1365/1986. (Fors tilida)
20. Умидворниё, Муҳаммаджавод. Нақшбандийлик ва унинг Марказий
Осиё ва Хитойдаги таъсири // «Марказий Осиё ва Кавказ тадқиқотлари»
журнали. – Теҳрон. 1373/1994 й. кузи, №6. – Б. 27-52. (Fors tilida)
21. Нафисий, Саид. Эронда тасаввуф илдизлари. – Теҳрон: Фуруғий,
1343/1964. – 275 б. (Fors tilida)
REFERENCES:
1. Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Bahouddin Balogardon
(Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband) / Tahrir hayʼati: A. Rustam va boshqalar;
Forsiydan tarjima, so‘zboshi va lug‘at muallifi Mahmudxon Maxdum Hasanxon
Maxdum o‘g‘li. – Toshkent: “Yozuvchi”, 1993. – 208 b. (In Uzbek)
2. Az guftori Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (asar boblaridan parchalar) / Fors
tilidan Mahmud Hasaniy va G. Muzaffar qizi tarjimasi // Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy
[So‘zboshi, tarjima, lug‘at va izohlar muallifi: Mahmud Hasaniy]. – Toshkent:
“O‘zbekiston”, 2003. – 128 b. – B. 112-121. (In Uzbek)
3. Navoiy, Alisher. Nasoyim ul-muhabbat. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma
tomlik. O‘n yettinchi tom / Nashrga tayyorlovchilar: S. G‘aniyeva, M.
Mirzaahmedova. Arabcha va forscha matnlarni tarjima qilib, nashrga tayyorlovchi va
masʼul muharrir: S. Rafiddinov. – Toshkent: “Fan”, 2001. – 520 b. (In Uzbek)
4. Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy. Odobi tariqat / Fors tilidan Mahmud Hasaniy va
G. Muzaffar qizi tarjimasi [So‘zboshi, tarjima, lug‘at va izohlar muallifi: Mahmud
Hasaniy]. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2003. – 128 b. – B. 97-101. (In Uzbek)
5. Zoirov E. X. Maxdumi Aʼzamning ijtimoiy-siyosiy qarashlari // Jamiyat va
boshqaruv. 2003. №1. – B. 34-35. (In Uzbek)
6. Zoirov E. X. Maxdumi Aʼzamning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari:
Falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyaning
avtoreferati. – Toshkent, 2007. (In Uzbek)
7. Orif Usmon. Buxoroi sharifning yetti piri. – Toshkent: ToshDSHI nashriyoti,
2003. – 172 b. (In Uzbek)
8. To‘rayev H. Naqshbandiya va Jo‘ybor shayxlari // Jahon mulkining nigohboni.
– Buxoro: “Buxoro”, 1993. (In Uzbek)
9. Akimushkin O. Nakshbandiya // Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. – Moskva:
Nauka, 1991. – 315 s. – S. 187-188. (In Russian)
10. Anke fon Kyugelgen. Rassvet Nakshbandiya-Mudjaddidiya v Sredney
Transoksanii s XVIII — do nachala XIX vv.: opit detektivnogo rassledovaniya
[Perevod s nemeskogo yazika: Skoroduma] // Sufizm v Sentralnoy Azii (zarubejniye
issledovaniya): Sb. st. pamyati Fritsa Mayera (1912—1998) / Sost. i otv. redaktor A.
A. Xismatullin. – SPb.: Filologicheskiy fakultet SPbGU, 2001. – 394 s. – S. 275-330.
(In Russian)
11. Arif Usman. Krupneyshiye sufiyskiye bratstva Sentralnoy Azii. – Samarkand:
“Saraton-Xamar”, 1999. – 115 s. (In Russian)
12. Turayev X. Rol Djuybarskix xodjey v obshyestvenno-politicheskoy i
duxovno-kulturnoy jizni Buxarskogo xanstva XVI-XVII vekov: Aftoreferat dissertatsii
na soiskaniye uchenoy stepeni doktora istoricheskix nauk. – Tashkent – 2007. (In
Russian)
13. Xasan Kamil Yilmaz. Tasavvuf i tarikati. Perevod s tureskogo A. Urmanova.
– Moskva: OOO «Izdatelskaya gruppa “SAD”, 2007. – 300 s. (In Russian)
14. Xismatulin A. Sufiyskaya ritualnaya praktika: (Na primere bratstva
Nakshbandiya). – SPb.: Sentr «Peterburgskoye Vostokovedeniye», 1996. – 208 s. (In
Russian)
15. Shimmel, Annemari. Mir islamskogo mistitsizma / Per. s angl. N. I.
Prigarinoy, A. S. Rappoport. 2-ye izd., ispr. i dop. – Moskva: OOO “Sadra”, 2012. –
536 s. (In Russian)
16. Necdet Tosun, Bahâeddin Nakşbend: Hayatı, Görüşleri, Tarikatı. – İstanbul:
İnsan Yayınları, 2007, 3. baskı. (In Turkish)
17. Mavlono Faxriddin Ali bin Husayn Voiz Koshifiy. Rashahotu ayn al-hayot
[Muqaddima, tahrir, izohlar va ilovalar muallifi doktor Ali Asg‘ar Maʼiniyon]. 2
jildlik.1-jild. – Tehron: “Nuroniy” xayriya jamg‘armasi nashriyoti, 2536/1977. – 361
b. (In Iranian)
18. Jomiy, Nuriddin Abdurrahmon ibn Ahmad. Nafahot ul-uns min hazarot ulquds [Tahrir va so‘zboshi muallifi Mahmud Obidiy]. To‘rtinchi nashr. – Tehron:
“Etteloot”, 1382/2003. – 1215 b. (In Iranian)
19. Oriyo, G‘ulomali. Hindiston va Pokistonda chishtiya tariqati. – Tehron:
“Zuvvor”, 1365/1986. (In Iranian)
20. Umidvorniyo, Muhammadjavod. Naqshbandiylik va uning Markaziy Osiyo
va Xitoydagi taʼsiri // «Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari» jurnali. – Tehron.
1373/1994 y. kuzi, №6. – B. 27-52. (In Iranian)
21. Nafisiy, Said. Eronda tasavvuf ildizlari. – Tehron: Furug‘iy, 1343/1964. – 275
b. (In Iranian)