ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Historical and national approach to the organization of the subject “education” in primary school

Gaipnazarov Rahmatilla Rahimboyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

HISTORICAL AND NATIONAL APPROACH TO THE ORGANIZATION OF
THE SUBJECT “EDUCATION” IN PRIMARY SCHOOL

Gaipnazarov Rahmatilla Rahimboyevich
International Islamic Academy of Uzbekistan
Head of the Department of Youth Work, Spirituality and Enlightenment,
Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Associate Professor

Tel.: +998 99 815-49-62
e-mail: RahmatullaGaipnazarov@gmail.com

Annotation. In this article, historical-national approaches and experiences of
ancestors related to the improvement of the mechanisms of formation of the science of
"Education" in the minds of primary school students are analyzed from a scientific and
theoretical point of view. In this regard, the opinions and manuals written by our
ancestors such as Abu Nasr Farabi, Abu Rayhan Beruni, Abu Ali Ibn Sina, Ahmad
Yugnaki, Kaikovus, Amir Temur, Ulughbek, Abdurahman Jami, Alisher Navoi,
Abdullah Avloni, and others in terms of aspects that how they paid attention to the
upbringing of young people are studied and the reasons for their achievements are
discussed. The moral qualities glorified in the scientific heritage of our thinkers,
including learning, loyalty to friends, tolerance, kindness, humanity, goodness,
humility, courage, purity, loyalty, friendship, bravery, hospitality and others are
discussed and the ways of the development of these qualities are analyzed.

Key words: experience of ancestors, teacher, student, education, upbringing,
material and spiritual factors.

MAKTABLARDA “TARBIYA” FANINI TASHKILLASHTIRISHGA OID
TARIXIY-MILLIY YONDASHUV VA AJDODLAR TAJRIBASI

Gaipnazarov Rahmatilla Rahimboyevich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i,
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Tel.: +998 99 815-49-62
e-mail: RahmatullaGaipnazarov@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida “Tarbiya”
fanini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tarixiy-milliy
yondashuvlar va ajdodlar tajribalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Bu borada
Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Yugnakiy,
Kaykovus, Amir Temur, Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla
Avloniy kabi ajdodlarimiz tomonidan tarbiyaga oid aytilgan fikrlar va yozilgan

qo‘llanmalar bugungi zamon nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Yoshlar tarbiyasida ular
e’tibor bergan jihatlar o‘rganiladi va erishgan yutuqlari sabablari xususida fikr
yuritiladi. Mutafakkirlarimiz ilmiy merosida ulug‘langan axloqiy xislatlarni, jumladan,
bilimlilik, do‘stga sadoqat, bag‘rikenglik, xushxulqlik, insoniylik, ezgulik, yaxshilik,
kamtarlik, jasorat, shirinsuxanlik, poklik, vafodorlik, do‘stlik, mardlik mehmondo‘stlik
va boshqa sifatlarni rivojlantirish borasida tutgan yo‘llari bo‘yicha muhokama va
tahlillar amalga oshiriladi.

Kalit so‘zlar: ajdodlar tajribasi, o‘qituvchi, o‘quvchi, taʼlim, tarbiya, moddiy va
maʼnaviy omillar.

ИСТОРИКО-НАЦИОНАЛЬНЫЙ ПОДХОД К ОРГАНИЗАЦИИ
ПРЕДМЕТА «ВОСПИТАНИЕ» В ШКОЛЕ

Гаипназаров Рахматилла Рахимбоевич
Международная исламская академия Узбекистана
заведующий отделом по работе с молодежью, духовности и просвещения,
Доктор философии (PhD) педагогических наук, доцент

Тел.: +998 99 815-49-62
e-mail: RahmatullaGaipnazarov@gmail.com

Аннотация. В данной статье с научной и теоретической точки зрения
анализируются историко-национальные подходы и опыт предков, связанные с
совершенствованием механизмов формирования науки «Образование» в
сознании учащихся начальной школы. В этой связи изучаются мнения и
наставления наших предков, таких как Абу Наср Фараби, Абу Райхан Беруни,
Абу Али ибн Сина, Ахмад Югнаки, Кайковус, Амир Темур, Улугбек,
Абдурахман Джами, Алишер Навои, Абдулла Авлони и других с точки зрения
аспектов того, как они уделяли внимание воспитанию молодежи, обсуждаются
причины их достижений. Обсуждаются моральные качества, воспетые в научном
наследии наших мыслителей, в том числе ученость, верность друзьям,
терпимость, доброта, гуманность, благость, смирение, мужество, чистота,
верность, дружба, храбрость, гостеприимство и другие, и анализируются пути
развития этих качеств.

Ключевые слова: опыт предков, учитель, ученик, образование,
воспитание, материальные и духовные факторы.

KIRISH
Taʼlim sifatini yaxshilash va tarbiyaviy jarayon samaradorligini taʼminlashda
moddiy omillar bilan bir qatorda o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va
maʼnaviyatli o‘quvchi yoshlarni tarbiyalash darajasi, salohiyati ham muhim
ahamiyatga ega. Aytish o‘rinliki, “Yangilanayotgan O‘zbekistonda” kamol topayotgan

hozirgi o‘quvchi-yoshlar har qanday salbiy taʼsirchan g‘oyalardan, ong, tafakkur
qaramligidan ozod, intellektual kuchga ega, tirishqoq, bilimli, jasur va odobli
bo‘lmog‘i kerak (Davronov D., 2016). Buning uchun taʼlim-tarbiya jarayonida
o‘quvchilarni o‘zgaruvchan hayotiy vaziyatlarga o‘rgatish, boshlang‘ich sinfdan
o‘quvchilar ongida “Tarbiya” fanining mazmun-mohiyatini teran anglab yetishga va
asosiy fanlar qatorida o‘zlashtirishlariga erishish pedagogikaning muhim vazifalaridan
biridir.

Fikrimizcha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida “Tarbiya” fanini shakllantirish
masalalari hukumatimizning o‘quvchilarni maʼnaviy sog‘lomlashtirish (turli xil
oqimlarga qo‘shilib ketmaslik), ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan
yangi bosqichga ko‘tarish borasida olib borayotgan quyidagi ustuvor yo‘nalishlarida
o‘z aksini topgan: umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini
ishlab chiqishda buyuk ajdodlarimiz asarlaridan foydalanish, hamda 1-9-sinflar uchun
yaratilgan “Tarbiya” fani darsligini davriylik asosida qayta nashr etishda buyuk
bobolarimiz asarlaridan keng foydalangan holda to‘ldirib borish masalalariga alohida
eʼtibor qaratilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Sharq tarbiyashunosligini takomillashtirish masalasi, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari ongida “Tarbiya” fanini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish
negizida tarixiy-milliy yondashuvlarga asoslangan ajdodlar tajribalari (Abu Nasr
Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Kaykovus, Amir Temur, Ulug‘bek,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, kabi mutafakkirlarning
asarlari) poydevor vazifasini o‘taydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi (Зуннунов А.,
Тўхлиев Б., Маъсудов Х., 2002)
Pedagogik merosimizda ajdodlarimiz tomonidan yosh avlod tarbiyasi
masalalariga, o‘quvchilarda “xulq-atvor meʼyorlari rivojlantirilishi” masalalariga
jiddiy eʼtibor berilgan. Aytish o‘rinliki, ajdodlarimiz merosining zamonaviy taʼlimtarbiyadagi o‘rni, tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratganligi, avloddan
avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos
anʼanalarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganligi, axloq-odobga oid qarashlari,
tarbiya nazariyasi bo‘yicha taʼlimoti butun jahonga o‘rnak bo‘larli maʼno va mazmun
kasb etgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda tarixiy-milliy yondashuv asosida “Tarbiya” fanining
maktablarda tashkil etilishi o‘rganildi. Metodologik asos sifatida sifatli tadqiqot
metodlari qo‘llanildi. Tarixiy hujjatlar, o‘quv dasturlari va pedagogik tajribalar tahlil
qilindi. Shuningdek, o‘qituvchilar va aksar tarixiy shaxslarning fikrlari to‘plangan

intervyular yordamida ma’lumotlar yig‘ildi. Yondashuvlar va metodlarning individual
holatlari misolida milliy tarbiya tizimining rivojlanishi o‘rganildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Tajriba va kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
ongida “Tarbiya” fanini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishda diniy
qadriyatlardan foydalanish muhim vosita hisoblanadi.
Chunki qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar
majmuasida, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksida, tarbiya insonning
aqliy kamoloti va tafakkurini rivojlantirishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirishga
xizmat qiladigan, faoliyat va muloqotni yuqori axloqiy va estetik jihatdan
yuksaltiradigan, insonning axloqiy kamolga yetishida ilm-fan taraqqiyotiga
asoslangan, shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy qiymatga egaligi hamda hamkorlik
faoliyatining shaxsiy mazmuni bilan ajralib turadigan rivojlanishning yuqori
darajadagi normasi, deya taʼkidlanadi.
Shuning uchun o‘quvchilarni halollik, poklik, vatan manfaatlari yo‘lida fidoyilik
ko‘rsatish ruhida tarbiyalashda, ularga o‘zliklarini anglatish va jamoada ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishda milliy va diniy qadriyatlar muhim o‘rin egallaydi.
Shundan kelib chiqib biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida “Tarbiya” fanini
shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishda ajdodlar tajribalarini qo‘llashni
quyidagi bosqichlarda o‘rganib chiqishni lozim topdik.

1-rasm. “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida ajdodlar tajribalarini qo‘llash bosqichlari

Darhaqiqat xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy anʼana va
qadriyatlari asosida “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida ajdodlar tajribalarini qo‘llash
muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi (Зуннунов А., Тўхлиев Б., Маъсудов Х.,
2002).

Pedagogika tarixidan bilamizki, xalqimizning taʼlim-tarbiyaga oid qarashlari,
xulq-atvoriga oid xislatlari eng qadimgi epik yodgorliklar - “Avesto”, “Shohnoma”
kabi asarlar, mif va afsonalar orqali bizgacha yetib kelgan.

Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi
xislatlarni qadrlaganlar. Bu xislatlar insonda o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va
jamiyat hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik davrida qaror topgan
turmush tarzi insonda ana shunday xislatlarning shakllanishini taqozo etgan. Biz tarixiy
yondashuv tamoyiliga asoslanib, “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida ajdodlar
tajribalarini qo‘llashning tarixiy-taraqqiyot bosqichlarini asoslashga harakat qildik.

Nasriddin Tusiy qarashlarida o‘qituvchi o‘quvchilarning mehrini qozonishi uchun
ularning qalbidan joy olish mas’uliyatini his qilishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu
xususiyat, ayniqsa, boshlang‘ich sinf taʼlim jarayonini tashkil etishda muhim ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi.

Farobiy fikriga ko‘ra, o‘qituvchilik kasbi o‘quvchilarning axloq normalari, tartibintizom masalalari, adolatparvarlik g‘oyalarini o‘zida singdirganligi bilan muhim
tarbiyaviy vazifasini bajarishga qaratilgan bo‘lishi lozim. “Tarbiya” fanini o‘qitish
jarayonida Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridan namuna qo‘llash ham muhim
pedagogik ahamiyat kasb etadi. Mazkur asarda “ezgulik, bilimdonlik, mehnatsevarlik,
adolatparvarlik, bilimdonlik” kabi fazilatlar ulug‘lansa “yovuzlik, nodonlik,
bilimsizlik kabi jaholat illatlaridan asrash” masalalari chuqur tahlil qilinadi.
Farobiyning fikricha, “insonlar tarbiya natijasida fozil (yetuk) yoki johil kimsalarga
aylanadilar” (Абу Наср Форобий, 1993). Mulohaza qilib ko‘rilganda, mutafakkir fozil
odamlar yashayotgan jamiyatni biz yashayotgan hozirgi “fuqarolik jamiyati”
tushunchasining muqobili bo‘lgan “Fozil jamiyat” deb ataydi.

Abu Rayhon Beruniy tarbiya jarayonini koinot va butun borliq bilan bog‘liq holda
tavsiflaydi. U axloqiy kategoriyalarni insonning feʼl-atvori bilan bog‘laydi, boshqaruv
va siyosat ishlarida bilimdonlik, tadbirkorlikni ulug‘laydi (Зуннунов А., Тўхлиев Б.,
Маъсудов Х., 2002). Abu Rayhon Beruniyning inson to‘g‘risidagi g‘oyalarini
o‘rganish, baxt-saodat yo‘lida olib borgan ishlarini, hikmatlarini o‘quvchilarga yod
oldirish shaxsning shakllanishi va individuallikning rivojlanishini taʼminlaydigan
bolalar muhitida ijtimoiy munosabatlarni, faoliyat va muloqotning yuqori axloqiy va
estetik jihatlarini tarbiyalaydigan bolalar jamoasini shakllantirishga zamin hozirlaydi.

Abu Ali ibn Sino “Tibbiy o‘gitlar” tarkibiga kiruvchi “Shifo” asarida 9-10
yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi, ularning “jismoniy, axloqiy, estetik, aqliy
tarbiyalanishi” bunda “jismoniy sog‘lomlik, aqliy o‘sish va axloqiy rivojlanish” kichik
yoshdagi o‘quvchilar tarbiya komponentlarini o‘zlashtirishlari negizi hisoblanadi. Ibn
Sino o‘quvchilar jamoasini tarbiyalash masalalarida maktabning va pedagogning
mahoratini alohida eʼtirof etadi. Har bir odam aqliy, axloqiy, g‘oyaviy jihatdan kuchli
va yetuk bo‘lishi lozim. Inson shunday xislatlarga ega bo‘lsagina, jamiyatga foyda

keltirishi mumkin. Ibn Sino komil inson tarbiyasi masalalariga alohida urg‘u berib,
yaxshi farzandni jamiyatning bir bo‘lagi deb hisoblab, yaxshi tarbiyani jamiyat
farovonligi deb aytadi.

Alisher Navoiyning besh tomlik “Xamsa” asaridagi bir qator obrazlar kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarda jismoniy yetuklik, hayot ehtiyojlariga moslik,
bilimdonlik va axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Birgina “Farhod va
Shirin” asaridagi Farhod obrazi uning ustoz qo‘lida besh yoshigacha jismoniy o‘sishi
(ot minishi, kamon otishi), bilim va axloq sirlarini o‘rganishi, do‘stga sadoqati,
mehnatsevarligi, bilimdonligi, axloqiy fazilatlarni o‘ziga singdirganligini alohida
ko‘rsatib o‘tish lozim (Зуннунов А., Тўхлиев Б., Маъсудов Х., 2002).

XI asrda yashab ijod qilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga
boshlovchi bilim”) dostonida insonning butun hayot va faoliyatining birlamchi asosi -
insoniy kamolot cho‘qqisini taʼlim-tarbiya, ilm-fan va maʼrifat bilan sog‘lomlashtirish
muhimligini taʼkidlaydi. Fikr tarbiyasi jamoa ruhiyatini sog‘lomlashtirishning muhim
mezonlaridan biri sanalib, Yusuf Xos Hojib fikricha, jamoa fikri aqliy, hissiy va
irodaviy jihatlarni uzviy birlikda ifodalaydi va turli tarzda namoyon bo‘ladi (Зуннунов
А., Тўхлиев Б., Маъсудов Х., 2002). Yuqorida bildirilgan fikrlardan anglanadiki,
Ahmad Yugnakiy asari tarbiya, maʼnaviy kamolotning yo‘l-yo‘riqlari, usullari, choratadbirlarini o‘zida mujassamlashtirganligi bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida
axloqiy sifat va fazilatlarini tarbiyalashda maʼnaviy manbadir.

Buyuk sarkarda Amir Temurning “Biror ishni qilmoqchi bo‘lsam, azm-u jamshid
bilan ish tutdim. Biron ishni qilishga qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan
bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim” kabi o‘gitlari o‘quvchilarda
fikr erkinligini kafolatlab berish, o‘ziga ishonch, o‘zgalar fikrini tinglash, eshitish va
aytishga imkoniyat yaratadi (Davronov D., 2016).

Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bekning “Suluk ul-muluk” (Podshohlarga
qo‘llanma) kitobi umumbashariy qadriyatlarga qo‘shgan beqiyos hissasi bo‘lib, u
bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda.

Mirzo Ulug‘bek davrida, Yan Amos Komenskiydan ancha ilgari, o‘qitishning sinf
tizimlari, bolalarni yoshi bo‘yicha tabaqalashtirib o‘qitish, o‘quv-tarbiya ishlarining
aniq bir muddatini belgilab qo‘yish, taʼlimning bosqichma-bosqich (boshlang‘ich,
o‘rta, oliy) amalga oshirish usullari yo‘lga qo‘yildi.

“Oila” asari bilan mashhur bo‘lgan Abdurauf Fitrat inson kamolotida oila, jamoa
muhim o‘rin egallashi va aqlning komil bo‘lishi, axloqiy poklik, donishmandlik,
shijoatlilik, adolatlilik kabi insoniy fazilatlarni ulug‘ladi, inson aqliy quvvatining
natijasisiz, aqlning rahbarligisiz saodatga erisha olmasliklarini ta’kidladi.

Abdulqodir Shakuriy o‘quvchilarda kasb-hunarlarni egallashga, mehnatga
qiziqishni oshirishga eʼtibor qaratdi. Shu maqsadda maktab o‘quv rejasiga mehnat
darsini ham kiritdi, o‘quvchilarni dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilikning ilg‘or

usullari bilan tanishtirdi. Maxmudxo‘ja Behbudiy maktab, maorifni inson ongini
shakllantirish va rivojlantirish, odamlararo do‘stlikni mustahkamlash vositasi
hisobladi, ochilgan yangi usul maktablarida o‘quvchilarni shaxs sifatida kamol
toptirishga, ularda insoniy fazilatlarni shakllantirishga eʼtibor berdi.

Munavvar qori Abdurashidxonov bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas, balki
muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan bolalarni axloqli qilib
tarbiyalashni talab etdi. U yoshlarni bilimlarni puxta egallashga, mehnat qilishga,
umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishga chorladi, ota-onalarni farzandlarida
maʼnaviyat, nafosat, go‘zallik tuyg‘usini rivojlantirishga daʼvat qildi.

Abdulla Avloniy “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy Guliston
yoxud axloq», “Maktab gulistoni” asarlari, “Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar”
to‘plamlarida so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadigan
tarozisidur. Aql sohiblari kishining fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini
so‘zlagan so‘zidan bilurlar, deydi. Yuqoridagi, ota-bobolarimiz taʼlimotidan maʼlumki,
qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u maʼrifat, taʼlim va tarbiyani inson kamoloti
va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi deb bilgan. Buyuk mutafakkir Abdulla
Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat
- yo falokat masalasidur” degan purmaʼno fikrlari hozirgi davrga qadar dolzarbligini
saqlab kelmoqda (Авлоний A., 2006). Avloniyning uqtirishicha, odamlar umr bo‘yi
bir-birlari bilan aloqada, o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik
insonlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham Avloniy rostgo‘ylik va
to‘g‘ri so‘zlikni eng go‘zal insoniy fazilat deb biladi.

Sadriddin Ayniy xalqning aql-zakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehroqibatda ko‘rdi, bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirishga daʼvat etdi.
Ayniy axloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini, hamkorlik
faoliyatida paydo bo‘ladigan insonparvarlik munosabatlarida hamma vaqt chin so‘zli,
sof vijdonli bo‘lishini aytadi va saxiylik, xayrixohlik, kamtarlikni axloqiy fazilat
hisoblaydi va jamoa tarbiyasida bolalarda bu sifatlarni rivojlantirishni uqtiradi
(Зуннунов А., Тўхлиев Б., Маъсудов Х., 2002). Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib
turibdiki, ikki katta kuch – yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi ayovsiz kurash insonning
aqliy va axloqiy jihatdan shakllanib borishiga taʼsir etgan, tafakkur yurita olish
qobiliyatiga ega bo‘lgan inson kamoloti rivojiga xizmat etgan.

Shundan kelib chiqib biz tadqiqotlarimiz jarayonida boshlang‘ich sinflarda
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida O‘rta Osiyo mutafakkirlari ilmiy merosida
ulug‘langan tarbiya komponentlarida o‘z aksini topgan quyidagi axloqiy xislatlarni
rivojlantirish muhim deb hisoblaymiz: bilimlilik, do‘stga sadoqat, tolerantlik,
xushxulqlik, insoniylik, ezgulik, yaxshilik, kamtarlik, jasorat, shirinsuxanlik, poklik,
vafodorlik, do‘stlik, mardlik mehmondo‘stlik va boshqalar.

Demak, eng qadimgi maʼrifiy yodgorliklarda ifoda etilgan va qadrlangan xislatlar
- jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalikdan iborat bo‘lgan.
Tabiiyki, ushbu xislatlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘z-o‘zidan shakllanmaydi.
Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida ajdodlar tajribalari negizida o‘quvchilarga odobaxloq normalarini singdirish imkoniyatlarini quyidagicha izohlash mumkin:

- islom va uning asosiy taʼlimoti mujassamlashgan Qurʼoni Karim va hadislar
yordamida o‘quvchilarda aqliy, axloqiy hamda jismoniy xislatlarni shakllantirish;

- komil inson tarbiyasida yosh xususiyatlarini hisobga olish;
- diniy va dunyoviy bilimlarni egallash;
- oliyjanob bo‘lish, pokiza yurish, oila va vatan oldidagi burch va vazifalarning
ustunligiga erishish, ezgulikka xizmat qilish.
Tadqiqot muammosi yuzasidan olib borgan izlanishlarimiz ajdodlarimizning
o‘lmas tarixiy merosi, mehnati zamirida vujudga kelgan urf-odatlar, anʼanalar jamiyat
rivojiga, insonlar maʼnaviy rivojiga ijobiy taʼsir ko‘rsatishi borasidagi fikrlari
“Tarbiya” fanini o‘qitishda uzluksizlik va uzviylik tamoyiliga amal qilgan holda har
bir tarixiy davrda bosqichma-bosqich takomillashib borish zaruriyatini ko‘rsatdi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida “Tarbiya” fanini
shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish masalasiga tarixiylik va milliy
yondashuvlar nuqtai nazaridan qaraganda o‘zbek xalqining buyuk mutafakkirlari,
ajdodlar tajribalari muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Tarbiya fanining asoslari
uzoq o‘tmishdayoq mutafakkirlarimiz ilmiy merosi, o‘gitlari orqali o‘quvchilarni
odobli, mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ijtimoiy pedagogik
ahamiyat kasb etadi. Aynan 1-4 sinf “Tarbiya” darsligida berilgan “Inson hayotida
qoidalarning o‘rni”, “Yaxshi va yomon odamlar”, “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, “Tartib
va intizom”, “Hurmat qozonish”, “Insonparvarlik, do‘stlik oliy fazilat” kabi mavzular
mohiyatini yoritishda mutafakkirlar merosi dasturulamal vazifasini bajaradi. Sharq
allomalarining asarlarida o‘quvchi-yoshlarning o‘qishi, odob-axloqi, kasbga
yo‘naltirish, do‘stga sadoqat va tarbiya masalalarida o‘qituvchi muallimning roli,
vazifalariga alohida urg‘u berib o‘tilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги ПҚ-
4884-сон “Таълим-тарбия тизимини янада такомиллаштиришга оид қўшимча
чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий
базаси (www.lex.uz), 2020 йил 6 ноябр.
2. Абу Наср Форобий. (1993) Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: Абдулла
Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. – 224 б.
3. Амир Темур ўгитлари. – Тошкент: “Наврўз”, 1992.

4. Авлоний, Абдулла. (2006) Танланган асарлар: 2-жилд. – Тошкент:
Маънавият. – 304 б.

5. Абу Али ибн Сино. (1980) Таржимаи ҳол. – Тошкент: “Фан”.
6. Зуннунов А., Тўхлиев Б., Маъсудов Х. (2002) Педагогика тарихи.
Дарслик. – Тошкент: “Шарқ” нашриёти.
7. Қуронов М. Ўзбекистон умумий ўрта таълим мактабларида миллий
тарбиянинг педагогик асослари: Пед. фан. д-ри. дис. – Тошкент, 1998. – 316 б.
8. Мусурмонова О. Бадиий адабиёт – маънавий тарбия воситаси //
Узлуксиз таълим, 2003. № 3. – Б. 71-75
9. Мухитдинова Ф.А. Шарқ уйғониш даври мутафаккирларининг сиёсийҳуқуқий таълимотлари. (А.Н. Форобий, А.Р. Беруний, Абу Али ибн Сино сиёсийҳуқуқий қарашлари асосида) Юрид. фан. д-ри.... дисс. – Тошкент: 2010.
10. Davronova D. (2016) Preparing Young People to Social Relations on the
Basis of Formation ideological and Political Culture in the Family // Eastern European
Scientific Journal, V. 3.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son
“Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2020-
yil 6-noyabr. (In Uzbek)
2. Abu Nasr Forobiy. (1993) Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Abdulla Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti. – 224 b. (In Uzbek)
3. Amir Temur o‘gitlari. – Toshkent: “Navro‘z”, 1992. (In Uzbek)
4. Avloniy, Abdulla. (2006) Tanlangan asarlar: 2-jild. – Toshkent: Maʼnaviyat.
– 304 b. (In Uzbek)
5. Abu Ali ibn Sino. (1980) Tarjimai hol. – Toshkent: “Fan”. (In Uzbek)
6. Zunnunov A., To‘xliyev B., Maʼsudov X. (2002) Pedagogika tarixi. Darslik. –
Toshkent: “Sharq” nashriyoti. (In Uzbek)
7. Quronov M. O‘zbekiston umumiy o‘rta taʼlim maktablarida milliy tarbiyaning
pedagogik asoslari: Ped. fan. d-ri. dis. – Toshkent, 1998. – 316 b. (In Uzbek)
8. Musurmonova O. Badiiy adabiyot – maʼnaviy tarbiya vositasi // Uzluksiz
taʼlim, 2003. № 3. – B. 71-75. (In Uzbek)
9. Muxitdinova F. Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlarining siyosiy-huquqiy
taʼlimotlari. (A.N. Forobiy, A.R. Beruniy, Abu Ali ibn Sino siyosiy-huquqiy qarashlari
asosida) Yurid. fan. dok.... diss. – Toshkent: 2010. (In Uzbek)
10. Davronova D. (2016) Preparing Young People to Social Relations on the Basis
of Formation ideological and Political Culture in the Family // Eastern European
Scientific Journal, V. 3.