ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

The period of the Sultan Husain Baykara in the researches of the tsarist Russian and Soviet period

Sherzod Jo‘rayev Norovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

THE PERIOD OF THE SULTAN HUSAIN BAYKARA IN THE
RESEARCHES OF THE TSARIST RUSSIAN AND SOVIET PERIOD

Sherzod Jo‘rayev Norovich
Oriental University,

Senior teacher of the Department History
Tel.: +998 90 986-75-39

e-mail: norovbilol71@gmail.com

Annotation. This study analyzes the historiography of the period of Sultan
Husain Mirza, one of the most prominent representatives of the Temurid dynasty,
during the Russian Empire and Soviet Union periods. The two periods are compared,
highlighting both achievements and shortcomings in historiography. Through a
comparative analysis with studies on other Temurids, such as Amir Temur and Ulugh
Beg, the reasons for the relatively lesser focus on Sultan Husain Mirza are explored.
Different approaches were applied at various times in the history of studies on the life
and era of Sultan Husain Mirza, shaped by varying factors of each period. In studies
on Sultan Husain Mirza, the emphasis is placed primarily on cultural and scientific
achievements rather than political governance, as science and culture reached their
peak during his reign. Scholars focusing on this area have generally concentrated on
these aspects.

Keywords: Temurids, Ulugh Beg, Amir Temur, Alisher Navoi, Herat,
Samarkand.

ROSSIYA IMPERIYASI VA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDAGI
TADQIQOTLARDA SULTON HUSAYN BOYQARO DAVRI

Sherzod Jo‘rayev Norovich
Oriental universiteti,

Tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 90 986-75-39

e-mail: norovbilol71@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda Temuriylar sulolasining eng mashhur
vakillaridan biri Sulton Husayn Mirzo davrining Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi
davridagi tarixshunosligi tahlil qilinadi. Har ikki davr o‘zaro taqqoslanib,
tarixshunoslikning yutuq va kamchiliklari o‘rganilgan. Amir Temur, Ulug‘bek kabi
boshqa temuriylar haqidagi tadqiqotlar bilan solishtirma tahlil o‘tkazilib, Sulton
Husayn Mirzoga nisbatan e’tiborning kam bo‘lishiga sabablar keltiriladi. Sulton
Husayn Mirzo va uning davri haqidagi tadqiqotlar tarixida turli davrlarda ba’zi omillar
ta’sirida turfa xil yondashuvlar bo‘lgan. Sulton Husayn Mirzoning hayoti haqidagi

tadqiqotlarda asosiy urg‘u siyosiy boshqaruvga emas, madaniy va ilmiy yutuqlarga
qaratiladi. Sababi, uning hukmronligi davrida ilm-fan va madaniyat o‘zining
cho‘qqisiga chiqadi. Bu mavzuda tadqiqot olib borgan olimlar ham asosan, shu
yo‘nalishga e’tibor qaratishgan.

Kalit so‘zlar. Temuriylar, Ulug‘bek, Amir Temur, Alisher Navoiy, Hirot,
Samarqand.

ПЕРИОД СУЛТАНА ХУСАЙНА БАЙКАРА В ИССЛЕДОВАНИЯХ
ЦАРСКОЙ РОССИИ И СОВЕТСКОГО ПЕРИОДА

Шерзод Джораев Норович
Университет Ориентал,

Старший преподаватель кафедры истории
Тел.: +998 90 986-75-39

e-mail: norovbilol71@gmail.com

Аннотация. В данном исследовании анализируется историография периода
правления одного из самых известных представителей династии Темуридов –
Султана Хусейна Мирзы, в Российской империи и Советском Союзе. Проведено
сравнение обоих периодов с выявлением достижений и недостатков
историографии. Путем сравнительного анализа исследований о других
представителях династии Темуридов, таких как Амир Темур и Улугбек,
объясняются причины недостаточного внимания к Султану Хусейну Мирзе. В
истории исследований о жизни и времени правления Султана Хусейна Мирзы
использовались разные подходы, которые зависели от влияния различных
факторов в разные исторические периоды. В исследованиях, посвященных
жизни Султана Хусейна Мирзы, основной акцент сделан не на политическом
управлении, а на культурных и научных достижениях, поскольку именно в
период его правления наука и культура достигли своего пика. Поэтому ученые,
проводившие исследования в этой области, в основном уделяли внимание
именно этим аспектам.

Ключевые слова: Темуриды, Улугбек, Амир Темур, Алишер Навои, Герат,
Самарканд.

KIRISH
Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo qilinishi va bu mustamlaka
davrida Amir Temur va uning avlodlari haqidagi tadqiqotlar, jumladan, Sulton Husayn
Mirzo shaxsiga nisbatan cheklovlar, Rossiya ilmiy-tadqiqot institutlari va
tarixchilarining tarixiy shaxslarga bo‘lgan qiziqishiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu
davrning asosiy xususiyati – Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiyning tarixiy
taqdiri bir-biriga chambarchas bog‘liqligi hamda ularning o‘zaro munosabatlari orqali

tarixni chuqurroq tahlil qilish imkoniyatini beradi. Alisher Navoiyning ijodiy faoliyati
va ma’naviy qadriyatlari, ayniqsa, o‘zbek milliy ma’naviyatini shakllantirishda alohida
o‘rin tutgan. Sharqshunoslar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlarda ham Sulton
Husayn Mirzoning hayoti va faoliyati haqida muhim manbalar mavjudligi, ayniqsa,
uning davrida ilm-fan va madaniyatning qanday rivojlangani aniq tasvirlangan. Bu
davr tarixini o‘rganish nafaqat adabiyot va madaniyat uchun, balki butun bir davlatning
siyosiy va ijtimoiy rivojlanishini tushunishda ham muhim rol o‘ynaydi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Sulton Husayn Mirzoning tarixiy shaxs sifatidagi o‘rni va uning hukmronlik
davrining tarixiy ahamiyati shubhasizdir. Biroq, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr
boshlarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va keyingi
mustamlaka davrida uning shaxsi va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy tadqiqotlarning
nihoyatda kam va cheklanganligi kuzatiladi. Ushbu holatning asosiy sababi Sulton
Husayn Mirzo hukmronlik qilgan Hirot va Xuroson viloyatlarining katta qismi Rossiya
imperiyasining Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kirmaganidadir. Bu esa
Rossiya imperiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari va tarixchilari uchun ushbu
hududlarda arxeologik qazilmalar olib borish va manbalarni o‘rganish imkoniyatini
cheklagan. Bundan tashqari, Rossiya imperiyasining mustamlaka siyosati mahalliy
hukmdorlarning tarixiy rolini kamaytirish va ularning davrlarini “qoloqlik” davri
sifatida talqin qilishga qaratilgan edi. Bu esa Sulton Husayn Mirzo kabi shaxslarga
bag‘ishlangan tadqiqotlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan.
Biroq Amir Temur, Ulug‘bek Mirzo kabi hukmdorlar tarixiga oid bir nechta ilmiy
tadqiqotlar olib borilgan. Umumiy “Temuriylar davri” tarixi o‘rganilishi jarayonida
Sulton Husayn Mirzoga oid ma’lumotlar ham tahlil qilingan. Bu haqida Feruz
Shomukarramova (Шамукарамова Ф., 2007) o‘z maqolasida batafsil ma’lumot berib
o‘tgan. Temuriylar davlati va uning hukmdorlari haqida ilk fikrlarni Moskva
universiteti professori T.N. Granovskiy (Грановский T., 1866) bildirib o‘tgan. Undan
tashqari, S.M. Solovyov (Соловьёв C., 1909) ham temuriylar davlati tarixini qisman
tadqiq qiladi. 1890-yilda Toshkentda fransuz sharqshunosi L. Langlening “Temur
hayoti” (Ланглэ Л., 1890) nomli tadqiqoti rus tilida nashrdan chiqadi. 1894-yilda
sharqshunos N. Likoshin (Лыкошин Н., 1894) tomonidan Amir Temurning
avtobiografiyasi tarjima qilinib, taqdim etiladi. Amir Temurning harbiy mahorati
haqida Rossiya imperiyasi general-leytenanti M.I. Ivanin (Иванин М., 1875) ham asar
yozadi. Unda asosan siyosiy va harbiy tarixga oid ma’lumotlar keltirilgan edi.
Yuqorida keltirilgan Rossiya imperiyasidagi tadqiqotlar Temuriylar davriga oid ilk
izlanishlar bo‘lib, unda asosan saltanat asoschisi Amir Temur haqida ko‘proq
ma’lumotlar taqdim etilgan. Temuriylarning boshqa vakillari, shu jumladan Sulton

Husayn Mirzo haqida bevosita asarlar yozilmagan bo‘lsa-da, umumiy mavzuga oid
tadqiqotlarda uning davri haqida ham qisqacha ma’lumotlar keltirib o‘tiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotni olib borishda asosan, XIX va XX asrda ijod qilgan olimlarning
asarlari va maqolalaridan foydalanilgan. Imperiya va Sovet davridagi tadqiqotlar
o‘zaro taqqoslanib, o‘xshash va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Jumladan, V. Bartold, S.
Solovyov, A. Fitrat, Suyima G‘aniyeva kabi mashhur olimlarning ishlari tadqiqotga
jalb qilingan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Sulton Husayn Mirzo hukmronligi davri tarixi o‘zining boyligi va ko‘p qirraliligi
bilan ajralib turadi. Ushbu davrning o‘ziga xos jihati shundaki, u Alisher Navoiyning
hayot va ijod davri bilan chambarchas bog‘liq. Bu ikki buyuk shaxsning tarixiy taqdiri
bir-biriga shunchalik uzviy bog‘langanki, ularning har biri haqidagi tadqiqotlar
muqarrar ravishda ikkinchisining ham tarixini o‘rganishni taqozo etadi. Alisher Navoiy
hayoti va ijodini o‘rganuvchi har qanday tadqiqotchi bevosita Sulton Husayn Mirzo
davri tarixiga murojaat qilishi shart. Zero, Navoiyning ijodiy kamoloti va faoliyati
aynan shu davrda yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan. Uning hukmdor bilan bo‘lgan yaqin
munosabatlari, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, adabiy salohiyatining kashf etilishi –
bularning barchasi – Sulton Husayn Mirzo hukmronligi davrining tarixiy voqeliklari
bir vaqtda kechgan. Shuningdek, Sulton Husayn Mirzo davrini o‘rganuvchi tarixchilar
ham bu davrning madaniy-ma’rifiy yuksalishida Alisher Navoiyning tutgan o‘rnini
e’tirof etishlari lozim. Navoiyning adabiy merosi nafaqat o‘z davrining, balki butun bir
millatning ma’naviy qiyofasini belgilab bergan. Uning asarlarida o‘z aksini topgan
g‘oyalar, qadriyatlar va ideallar keyingi asrlar mobaynida ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmadi. Sulton Husayn Mirzo va Alisher Navoiy shaxsiyati va tarixiy merosi birbiri bilan shunchalik uzviy bog‘langanki, ularni alohida-alohida o‘rganish to‘liq
manzarani bermaydi. Har ikki tarixiy shaxsning hayoti va faoliyatini o‘zaro
munosabatlar va ta’sirlar nuqtai nazaridan tahlil qilishgina ushbu davr tarixini har
tomonlama va chuqur anglash imkonini beradi.
O‘zbek adabiyoti va tarixining keyingi davrlardagi tadqiqida Abdurauf Fitratning
“O‘zbek adabiyoti namunalari” (Fitrat A., 1927) to‘plami muhim o‘rin tutadi. Fitrat
ushbu asarda Sulton Husayn Mirzoning ijodiy faoliyatiga doir qimmatli ma’lumotlarni
keltirib o‘tadi. Bu esa o‘sha davr adabiy muhitini va hukmdorning shaxsiy iste’dodini
o‘rganishda beqiyos manba bo‘lib xizmat qiladi. Fitratning ilmiy yondashuvi Sulton
Husayn Mirzoning adabiy merosini keng qamrovli tahlil qilishga qaratilgan. Uning
to‘plamida hukmdorning she’rlaridan namunalar keltirilishi bilan birga, ularning
uslubiy xususiyatlari, mazmun-mohiyati va tarixiy-madaniy ahamiyati ham atroflicha
yoritib beriladi. Fitratning tadqiqoti shuni ko‘rsatadiki, Sulton Husayn Mirzo nafaqat

mohir davlat arbobi, balki iste’dodli shoir ham bo‘lgan. Uning she’rlarida yuksak
badiiy did, chuqur falsafiy qarashlar va o‘tkir kuzatuvchanlik mujassamlashgan.
Hukmdorning ijodi o‘z davrining adabiy an’analarini o‘zida mujassam etgan holda,
o‘ziga xos uslub va mazmunga ega bo‘lgan. Abdurauf Fitratning “O‘zbek adabiyoti
namunalari” asari Sulton Husayn Mirzoning adabiy merosini o‘rganishda muhim
bosqich bo‘ldi. Fitratning tadqiqoti hukmdorning ijodiy qirrasini keng jamoatchilikka
tanitish va uning adabiyot tarixidagi o‘rnini belgilab berishga xizmat qildi. Bu esa o‘z
navbatida, o‘sha davr adabiy muhitini va hukmdor shaxsiyatini chuqurroq anglash
imkonini berdi.

O‘zbek adabiyotshunosligi va Navoiyshunoslik sohasida Suyima G‘aniyevaning
olib borgan ilmiy izlanishlari beqiyos hissa qo‘shgan. Uning 1968-yilda nashr etilgan
“Husayn Boyqaro devoni” nomli asari (G‘aniyeva S., Abdullayeva Sh., 1968) Sulton
Husayn Mirzoning ijodiy faoliyatiga qaratilgan bo‘lsa-da, undagi tarixiy ma’lumotlar
ham katta ahamiyatga ega. G‘aniyevaning ushbu asari Husayn Boyqaro ijodini chuqur
tahlil qilish bilan birga, uning davri haqida ham muhim ma’lumotlar beradi. Bu esa
Sulton Husayn Mirzo hukmronligi davrini har tomonlama o‘rganish, uning siyosiy,
ijtimoiy va madaniy jihatlarini yoritishda qo‘l keladi. “Husayn Boyqaro devoni”da
keltirilgan tarixiy ma’lumotlar orqali o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy muhiti, saroy
hayoti, adabiy jarayonlar va boshqa ko‘plab qirralarni o‘rganish mumkin. Bu
ma’lumotlarning ilmiy qiymati shundaki, ular birlamchi manbalarga asoslangan va
tadqiqotchilarga o‘sha davrni yanada aniqroq va haqqoniyroq tasavvur qilish imkonini
beradi. Suyima G‘aniyevaning “Husayn Boyqaro devoni” asari nafaqat
adabiyotshunoslik, balki tarixshunoslik sohasi uchun ham muhim manba hisoblanadi.

V.V. Bartold o‘zining ko‘plab tadqiqotlarida Sulton Husayn haqida tarixiy
ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Jumladan, “O‘rta Osiyo tarixiga oid to‘rt tadqiqot” nomli
kitobining uchinchi qismi Alisher Navoiyga bag‘ishlanib, unda bevosita Sulton
Husayn davri tarixi ham bayon etilgan (Barthold V., 1962). Unda XV asr oxirlarida
Hirotda hukmronlik qilgan Temuriylar sulolasi vakili Sulton Husayn va uning bosh
vaziri Mir Alisher o‘rtasidagi murakkab munosabatlarning dastlabki davri (1469-1487)
tahlil qilinadi. Ushbu davrda ular o‘rtasidagi munosabatlar nisbatan barqaror bo‘lib,
hokimiyatni mustahkamlash va mamlakatni boshqarishda hamkorlik qilishgan, ammo
keyinchalik bu munosabatlar murakkablashib, o‘zaro ishonchsizlik va raqobatga olib
kelgan. Muallif Sulton Husaynning dastlab shialik ta’limotiga moyilligini, ammo
keyinchalik sunniylikka qaytganini ta’kidlaydi. Bu esa, o‘sha davrda hukmdorlar
uchun diniy hokimiyat vakillarining qo‘llab-quvvatlashi naqadar muhim bo‘lganini
ko‘rsatadi. Sulton Husayn va Mir Alisherning Hirotning nufuzli shayxi va
Naqshbandiya tariqatining yetakchisi Jomiy bilan bo‘lgan yaqin aloqalari bu
strategiyani tasdiqlaydi. Jomiy nafaqat taniqli shoir va mutafakkir, balki mohir
diplomat ham edi. Uning Sulton Husayn va Mir Alisher bilan bo‘lgan yaxshi

munosabatlari hukumat va diniy arboblar o‘rtasidagi muvozanatni saqlashda muhim
rol o‘ynagan. Jomiyning bag‘rikengligi va diniy nizolarda betaraflikni saqlashi Hirotda
tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qildi. Tadqiqotda, shuningdek, saroy
ichidagi hokimiyat uchun kurash va siyosiy fitnalar ham yoritilgan. Majdiddinning
moliyaviy qobiliyati tufayli Sulton Husaynning unga bo‘lgan ishonchi ortishi va bu
Mir Alisherning noroziligiga sabab bo‘lgani qayd etiladi. Majdiddinning keyinchalik
lavozimidan chetlatilishi va quvg‘un qilinishi esa saroydagi siyosiy kurashlarning
keskinlashganidan dalolat beradi. Muallif Mir Alisherni nafaqat mohir sarkarda va
davlat arbobi, balki ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida ham tasvirlaydi. Uning
tashabbusi bilan qurilgan ko‘plab madrasa, xonaqoh, shifoxona va boshqa inshootlar
Hirotning obod bo‘lishiga va shaharning ilm-fan markazi sifatida shuhrat qozonishiga
hissa qo‘shgan.

Asarda Husayn Boyqaro davrida Hirot shahrining nafaqat Temuriylar davlatining
poytaxti, balki butun musulmon sharqining ilm-fan va madaniyat markaziga aylangani
alohida ta’kidlanadi. Bu davrda Hirotga dunyoning turli burchaklaridan olimlar,
shoirlar, san’atkorlar va sayyohlar tashrif buyurishgan. Bu esa shaharda turli
madaniyatlar va g‘oyalarning uyg‘unlashuviga, yangi ilmiy va badiiy maktablarning
shakllanishiga olib kelgan (Barthold V., 1962). Keltirilgan tarixiy voqealar va shaxslar
tahlili orqali Husayn Boyqaro va Mir Alisher o‘rtasidagi munosabatlarning
murakkabligi va o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Bu davrda yuz bergan siyosiy fitnalar,
hokimiyat uchun kurash va diniy masalalar bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, ilmfan va madaniyatning yuksalishi kabi jarayonlar Temuriylar davlatining keyingi taqdiriga
katta ta’sir ko‘rsatgan. Asarda keltirilgan tarixiy faktlar va tahlillar Husayn Boyqaro davri
tarixini o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu davrda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy
va madaniy jarayonlarni chuqur tahlil qilish orqali biz o‘sha davr jamiyatining murakkab
tuzilishi, hukmdorlarning siyosati va ularning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, ilm-fan
va madaniyatning rivojlanish omillarini tushunib olamiz.

MUHOKAMA
Ta’kidlash joiz, dastlabki bibliografik ko‘rsatkich mustaqillikka qadar bo‘lgan
davrda tarixshunos olim B. Lunin tomonidan tuzilib, adabiyotlar sohalar bo‘yicha o‘n
ikki qismga ajratib tasniflangan edi (Лунин Б., 1969:100–145). Shu bilan birga, ushbu
bibliografik ko‘rsatkichda mustabid sovet davridagi mafkuraviy tazyiq ta’sirida Amir
Temur hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar “Umumiy tarix” qismiga kiritilgan. Ammo
bu holat tadqiqotning ilmiy ahamiyatini pasaytirmaydi, aksincha, olimning falsafiy
mushohadasining nechog‘lik teran ekanligidan dalolat beradi. Ushbu bibliografik
ko‘rsatkich tasnifi mustaqillik yillarida B. Lunin tomonidan ancha rivojlantirilib, bir
necha fundamental nashrlarda nafaqat keltirildi, balki olim tomonidan Amir Temur
davri asosiy manbalari hamda ilmiy adabiyotlarining tarixshunoslik nuqtai nazaridan

tahlili ham amalga oshirildi20. Shuningdek, xorij tarixshunoslari, rus sharqshunos
olimlari hamda sovet davrida tadqiqot olib borgan tarixchilarning ilmiy ishlari tadrijiy
ravishda o‘rganilib, ilk bor mavzuga oid tarixiy adabiyotlar tarixshunoslikning
yangicha talqinida o‘z bahosini oldi. Ushbu tayyorlangan bibliografiya to‘plami
hozirga qadar tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda21.

XULOSA
Xulosa qilinadigan bo‘lsa, Rossiya imperiyasi va sovet davrida Sulton Husayn
Mirzo shaxsi va uning davrini o‘rganishga yetarlicha va xolisona yondashilmagan.
Ushbu davrlarda tadqiqotlar siyosiy va mafkuraviy ta’sirlar ostida bo‘lganligi, shunga
qaramay, ayrim olimlarning sa’y-harakatlari bilan bu sohada muayyan yutuqlarga
erishilganligi hamda mavjud bo‘lgan kamchiliklar eslab o‘tilishi mumkin:
Tadqiqotlarning cheklanganligi: Rossiya imperiyasi davrida Sulton Husayn
Mirzo hukmronlik qilgan hududlarning asosiy qismi imperiya tarkibiga kirmagani
sababli, uning shaxsi va faoliyati haqida kam tadqiqotlar olib borilgan. Bundan
tashqari, mustamlakachilik siyosati mahalliy hukmdorlarning tarixiy rolini qoralashga
qaratilgan edi.
Boshqa temuriylarga e’tibor: Sulton Husayn Mirzoga nisbatan kam e’tibor
qaratilgan bir paytda, Amir Temur va Ulug‘bek Mirzo kabi hukmdorlarga oid
tadqiqotlar ko‘proq olib borilgan. Biroq, bu tadqiqotlarda ham Sulton Husayn Mirzo
haqida yetarli ma’lumot berilmagan.
Sovet mafkurasi ta’siri: Sovet davrida ham mafkuraviy bosim tufayli Sulton
Husayn Mirzo va uning davri tarixi obyektiv o‘rganilmagan.
Alisher Navoiyning roli: Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish Sulton
Husayn Mirzo davrini tushunishda muhim ahamiyat kasb etdi. Abdurauf Fitrat va
Suyima G‘aniyeva kabi olimlarning ishlari bu borada alohida qayd etiladi.
V.V. Bartoldning hissasi: V.V. Bartoldning tadqiqotlari Sulton Husayn Mirzo va
uning davri haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Uning asarlarida siyosiy vaziyat,
hokimiyat uchun kurash, diniy masalalar va madaniy yuksalish kabi jihatlar tahlil
qilinadi.
Dastlabki tadqiqotlar asosan siyosiy va harbiy tarixga qaratilgan bo‘lsa,
keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va adabiy jarayonlar ham o‘rganila boshlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Грановский Т.Н. (1866) Сочинения. Часть I. – 337 c.
2. Соловьёв С.М. (1909) Истoрия России. Книга 1. Т. I-V. Издания-2, СПб. –
879 с.

20 Temur va Ulug‘bek davri tarixi. – Toshkent: Qomuslar Bosh tahririyati, 1996. – B. 28–42
21 Шарипов Азизжон. Ўзбекистон ва хорижда Амир Темур тарихининг ўрганилишига доир тадқиқотлар.
Манба: https://oyina.uz/kiril/article/151

3. Ланглэ Л. (1890) Жизнь Тимура. Сочинение перевел с французского Н.
Суворов. – Ташкент.

4. Лыкошин Н. (1894) Предисловие // Автобиография Тамерлана. Перевод с
тюркского Н. Лыкошина.

5. Иванин М.И. (1875) О военном искусстве и завоеваниях монголо-татар и
среднеазиатских народов при Чингизхане и Тамерлане. СПб.: Типография
товарищества «Общественная польза», по Мойке, № 5. – 255 с.

6. Abdurauf Fitrat. (1927) O‘zbek adabiyoti namunalari. 1-jild. – Toshkent.
7. Husayn Boyqaro. Devon. Risola. Nashrga tayyorlovchilar: S. G‘aniyeva va Sh.
Abdullayeva. – Toshkent, 1968.
8. Barthold V.V. (1962) Four studies on the history of Central Asia. – Leiden.
9. Шамукарамова Ф. Жизнь и творчество Мирзо Улугбека в историографии
ХХ века дис. канд. ист. ... наук. – Ташкент, 2007.
10. Лунин Б. (1969) История, культура и искусство времени тимуридов в
советской литературе (библиографический указатель) // Общественные науки в
Узбекистане. – Ташкент. № 8-9. – С. 100–145.

REFERENCES:
1. Granovskiy T.N. (1866) Sochineniya. Chast I. – 337 c. (In Russian)
2. Solovyov S.M. (1909) Istoriya Rossii. Kniga 1. T. I-V. Izdaniya-2, SPb. – 879
s. (In Russian)
3. Langle L. (1890) Jizn Timura. Sochineniye perevel s fransuzskogo N. Suvorov.
– Tashkent. (In Russian)
4. Likoshin N. (1894) Predisloviye // Avtobiografiya Tamerlana. Perevod s
tyurkskogo N. Likoshina. (In Russian)
5. Ivanin M.I. (1875) O voyennom iskusstve i zavoyevaniyax mongolo-tatar i
sredneaziatskix narodov pri Chingizxane i Tamerlane. SPb.: Tipografiya tovarishestva
«Obshestvennaya polza», po Moyke, № 5. – 255 s. (In Russian)
6. Abdurauf Fitrat. (1927) O‘zbek adabiyoti namunalari. 1-jild. – Toshkent. (In
Uzbek)
7. Husayn Boyqaro. Devon. Risola. Nashrga tayyorlovchilar: S. G‘aniyeva va Sh.
Abdullayeva. – Toshkent, 1968. (In Uzbek)
8. Barthold V.V. (1962) Four studies on the history of Central Asia. – Leiden.
9. Shamukaramova F. Jizn i tvorchestvo Mirzo Ulugbeka v istoriografii XX veka
dis. kand. ist. ... nauk. – Tashkent, 2007. (In Russian)
10. Lunin B. (1969) Istoriya, kultura i iskusstvo vremeni timuridov v sovetskoy
literature (bibliograficheskiy ukazatel) // Obshestvenniye nauki v Uzbekistane. –
Tashkent. № 8-9. – S. 100–145. (In Russian)