CULTURAL CAPITALS OF THE TURKIC WORLD
(ON THE EXAMPLE OF CITIES IN TURKIYE AND AZERBAIJAN)
Tojiyev Dostonjon Beknazar ogli
Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
Institute of Oriental Studies named after Abu Rayhon Beruni
doctoral student of the department of
“Modern Problems of Foreign Eastern Countries”
Tel.: +998 94 656-50-31
e-mail: dostonjontojiyev26@gmail.com
ORCID: 0009-0009-1614-802X
Annotation. The following article provides information about the status of the
“Cultural Capital of the Turkic World” and the cities of Turkiye and Azerbaijan that
have won this title, which is a unique project of the Organization of Turkic States and
the International Organization of Turkic Culture – TURKSOY. To date, 13 cities of
the Turkic world have won this title, 5 of them are Turkish and Azerbaijani cities. The
article talks about how these cities won this title, various events, forums, festivals and
conferences held in their territories as the capital of culture for a year, and their
importance. The role of these cities in the unity and mutual cooperation of the Turkic
world, mainly the reasons for this status are given.
Keywords: Turkiye, Azerbaijan, Shavkat Mirziyoyev, Organization of Turkic
States, TURKSOY, “Cultural capital of the Turkic world”, cultural capitals,
Eskishehir, Kastamonu, Bursa, Sheki, Shusha.
TURKIY DUNYONING MADANIYAT POYTAXTLARI
(TURKIYA VA OZARBAYJON SHAHARLARI MISOLIDA)
Tojiyev Dostonjon Beknazar o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
“Xorijiy sharq mamlakatlarining zamonaviy muammolari”
bo‘limi tayanch doktoranti,
Tel.: +998 94 656-50-31
e-mail: dostonjontojiyev26@gmail.com
ORCID: 0009-0009-1614-802X
Annotatsiya. Quyidagi maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti va Xalqaro turkiy
madaniyat tashkiloti – TURKSOYning o‘ziga xos loyihasi bo‘lgan “Turkiy dunyoning
madaniyat poytaxti” maqomi hamda ushbu unvonni qo‘lga kiritgan Turkiya bilan
Ozarbayjonning shaharlari haqida ma’lumotlar beriladi. Bugunga qadar jami turkiy
dunyoning 13 shahri ushbu unvonni qo‘lga kiritgan bo‘lib, ulardan 5 nafari Turkiya
hamda Ozarbayjon shaharlari hisoblanadi. Maqola davomida ushbu shaharlarning bu
unvonni qo‘lga kiritishlari, bir yil davomida madaniyat poytaxti sifatida hududlarida
o‘tkazilgan turli tadbir, forum, festival va konferensiyalar hamda ularning ahamiyati
borasida so‘z boradi. Turkiy dunyoning birligi va o‘zaro hamkorligi ushbu
shaharlarning tutayotgan o‘rni, asosan, ushbu maqomning berilish sabablariga oid
tafsilotlar keltirib o‘tiladi.
Kalit so‘zlar: Turkiya, Ozarbayjon, Shavkat Mirziyoyev, Turkiy davlatlar
tashkiloti, TURKSOY, “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti”, madaniy poytaxtlar,
Eskisheher, Kastamonu, Bursa, Sheki, Shusha.
КУЛЬТУРНЫЕ СТОЛИЦЫ ТЮРКСКОГО МИРА
(НА ПРИМЕРЕ ГОРОДОВ ТУРЦИИ И АЗЕРБАЙДЖАНА)
Таджиев Достонжон Бекназарович
Академия наук Республики Узбекистан
Институт востоковедения имени Абу Райхана Беруни
основной докторант кафедры
«Современные проблемы зарубежных восточных стран»
Тел.: +998 94 656-50-31
e-mail: dostonjontojiiev26@gmail.com
ORCID: 0009-0009-1614-802X
Аннотация. В следующей статье представлена информация о статусе
«Культурной столицы тюркского мира» и городах Турции и Азербайджана,
завоевавших это звание, что является уникальным проектом Организации
тюркских государств и Международная тюркская культурная организация –
ТЮРКСОЙ. На сегодняшний день это звание завоевали 13 городов тюркского
мира, из них 5 – турецкие и азербайджанские города. В статье рассказывается о
том, как эти города завоевали это звание, о различных мероприятиях, форумах,
фестивалях и конференциях, проводимых на их территориях как культурных
столицах в течение года, и их значении. Приведена роль этих городов в единстве
и взаимном сотрудничестве тюркского мира, главным образом причины такого
статуса.
Ключевые слова: Турция, Азербайджан, Шавкат Мирзиёев, Организация
тюркских государств, ТЮРКСОЙ, «Культурная столица тюркского мира»,
культурные столицы, Эскишехир, Кастамону, Бурса, Шеки, Шуша.
KIRISH
XXI asr Turkiy dunyoni, o‘tmishda bo‘lganidek, yana bir bora jiddiy
integratsiyalashish bosqichiga olib chiqdi. Bugungi kunning dunyo hamjamiyati tan
olgan mustaqil turkiy mamlakatlari ham o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan tarixiy
yo‘li va orttirgan tajribasini xolisona baholash, mustaqillik yillarida erishilgan
yutuqlarini tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda demokratik
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning
muhim ustuvorliklarini, aniq marralarini belgilash, ilmiy-madaniy va siyosiy-iqtisodiy
sohalardagi har tomonlama vazifalarni bajarish ustida ish olib borishmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “Jahon miqyosida raqobat tobora
kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr barchamizda yangicha ishlash va
fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab etmoqda22”, deya ta’kidlashida ham
ulkan ma’no bor. Shu sababdan ham Turkiy dunyoning madaniy hamkorligi asliyatan
olganda mintaqa kelajagi uchun to‘liq xizmat qiluvchi qadamdir.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti –
TURKSOY tomonidan har yili tuzilmaga a’zo (kuzatuvchi maqomida bo‘lsa ham)
davlatlarning mashhur hamda tarixiy shaharlarini “Turkiy dunyoning madaniyat
poytaxti” deb e’lon qilish loyihasi mavjud.
Bu loyiha asosida har yili a’zo mamlakatlarning biror bir madaniy jihatdan taraqqiy
topgan, qadimiy va tarixan boy bo‘lgan shahri poytaxt sifatida tanlanadi. Shu asosda
turkiy dunyo shaharlarining o‘zaro integratsiyasini yuksaltirish va turizm borasidagi
hamkorligini oshirishga e’tibor qaratiladi. Ushbu tashabbus doirasida madaniy poytaxt
deya e’lon qilingan shaharda bir yil davomida turli darajadagi madaniy tadbirlar,
ko‘rgazmalar, forum va festivallar hamda yuqori darajali uchrashuvlar o‘tkaziladi.
TURKSOY xalqaro tashkiloti har bir “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb
tanlangan shaharda tashkilotga a’zo davlatlarning san’ati va madaniyatini ochib beruvchi
fotoko‘rgazma tashkil etish an’anasini ham yo‘lga qo‘ygan.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mazkur maqolada tadqiqot ishini batafsilroq yoritish maqsadida doktor Firat
Yaldizning umumiy tahriri ostida 2020-yili Anqarada chop etilgan “Turkiy dunyoning
madaniyat poytaxtlari” nomli kitobidan foydalanildi. Ushbu kitob to‘plam shaklida
bo‘lib, unda kitob nashr etilgan yilgacha madaniy poytaxt maqomini olgan 8 shahar
haqida bir nechta mutaxassislar tomonidan yozilgan ilmiy maqolalar o‘rin egallagan.
Jumladan, kitobning 127–174-betlaridagi Mehmet Topalning “2013-yilda Turkiy
dunyoning madaniyat poytaxti: Eskishehir”, 249–290-betlaridagi Elsan Izzetgilning
“2016-yilda Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti: Sheki”, 345–392-betlaridagi Firat
Yaldizning “2018-yilda Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti: Kastamonu”
maqolalaridan foydalanildi. Bursa va Shusha shaharlari 2022 va 2023-yillarda ketmaket madaniyat poytaxti bo‘lishdi. Ushbu shaharlarga oid ma’lumotlar TURKSOY
saytidan va turli ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan maqolalar asosida
tayyorlandi.
22 2017 йил – Шиддатли ислоҳотлар йили (Йил сарҳисоби). – Тошкент: Адолат, 2018. – Б. 92.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mavzuga oid tadqiqotni amalga oshirishda asosan bir nechta bosma nashrlarga
hamda TURKSOY tashkilotining rasmiy saytidagi ma’lumotlarga asoslanib ilmiy
izlanish amalga oshirildi. Maqolalar va internet manbalari orasidan mavzuga doir
kerakli ishlar tanlandi va o‘rganish olib borildi. Jamlangan ma’lumotlar qiyosiymantiqiy, davriylik va analiz-sintez usullarida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida
ko‘proq bosma ommaviy axborot nashrlariga tayanilgani uchun jurnalistikaga xos
faktcheking usulidan ham foydalanib maqola tayyorlandi.
TAHLIL VA NATIJALAR
“Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” – bu Turkiy davlatlar tashkiloti (sobiq
Turkiy Tilli Davlatlar Hamkorlik Kengashi) tashabbusi bilan tashkil etilgan madaniy
dasturdir. Dasturning asl maqsadi turkiy xalqlarning boy madaniy merosini
rivojlantirish va keng targ‘ib qilishdan iborat hisoblanadi. Bu tashabbus orqali Turkiy
davlatlar tashkiloti turkiy dunyodagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va ularni
dunyo miqyosida targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Madaniy poytaxtlar loyihasi
tanlangan shaharlarning kuchiga-kuch, sifatiga-sifat qo‘shadigan, ularning har
taraflama rivoj topishida muhim va ajoyib loyiha ekanligiga bugun shubha yo‘q.
Bugungi kunga qadar turkiy dunyoning 13 ta shahri madaniy poytaxt sifatida
e’tirof etilgan. Jumladan, Qozog‘istondan 3 ta (Ostona, Turkiston va Oqtov),
Turkiyadan 3 ta (Eskisheher, Kastamonu va Bursa), Tataristondan 1 ta (Qozon),
Turkmanistondan 2 ta (Marv va Annau), Ozarbayjondan 2 ta (Sheki va Shusha),
Qirg‘izistondan 1 ta (O‘sh) va O‘zbekistondan 1 ta (Xiva)23 shaharlari madaniy poytaxt
bo‘lish baxtiga erishganlar.
2013-yilda Turkiy dunyoning ikkinchi madaniy poytaxti sifatida Turkiyaning
Eskishehir shahri tanlandi24 va bir kalendar yili uchun “Turkiy dunyoning madaniyat
poytaxti” deb e’lon qilindi. Eskishehir bu unvonni olgan keyingi yillardagi
shaharlardan o‘zining boy madaniyati, tarixi va turli madaniy tadbirlari bilan e’tiborni
tortgan edi. Eskishehir “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” unvonini olganidan
so‘ng odatdagidek kalendar yili davomida turli madaniy tadbirlar, festival va
ko‘rgazmalarga mezbonlik qildi. Bu tadbirlar turkiy xalqlarning umumiy madaniy
merosini nishonlash, madaniy hamkorlikni rivojlantirish va xalqlar o‘rtasida do‘stlik
aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgandir.
Eskishehir Turkiyaning markaziy qismida joylashgan shahar bo‘lib, qadimiy
tarixga ega. U hozirgi kunda ham madaniy va ilmiy markazlardan biri sifatida taniqli
sanaladi. Eskishehir o‘zining universitetlari, zamonaviy muzeylari va turli madaniy
tadbirlari bilan mashhur. Eskishehirning “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb
23 Kültür başkentleri. https://www.turksoy.org/kultur-baskentleri
24 2013 Türk Dünyası Kültür Başkenti Kapanışı – Eskişehir. 24.03.2014. https://www.turksoy.org/haberler/2014-03-24-
2013_turk_dunyasi_kultur_baskenti_kapanisi
e’lon qilinishi shahar uchun katta voqea bo‘lib, u shaharni nafaqat Turkiyada, balki
butun turkiy dunyoda yanada tanitilishiga sabab bo‘ldi.
2016-yilda Ozarbayjonning Sheki shahri “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti”
sifatida tanlandi va bu unvonga erishgan beshinchi shaharga aylandi25. TURKSOY
madaniyat vazirlarining 33-yig‘ilishida Sheki shahriga ushbu maqomni berish taklifi
qabul qilindi. Bu maqom shaharning boy tarixi, muhim markaz bo‘lganligi va madaniy
merosini tan olish hamda Ozarbayjonning turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni
mustahkamlashi maqsadida berilgan. Sheki shahri bu nom orqali o‘zining tarixiy,
madaniy va san’atga oid merosini kengroq namoyish etish, tarixiy va me’moriy
yodgorliklarini keng jamoatchilikka tanitish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu unvon Sheki
shahrining xalqaro madaniy markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga, shuningdek,
turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kuchaytirishga xizmat qildi.
Sheki shahri Ozarbayjonning shimoli-g‘arbiy qismida, Kichik Kavkaz
tog‘larining etagida joylashgan. Shahar tabiiy go‘zalligi, yashil tog‘lari va tarixiy
obidalari bilan mashhur. Sheki Ozarbayjonning qadimiy shaharlari orasida o‘z o‘rniga
ega bo‘lib, bu yerda ming yillik tarix va madaniyat o‘z aksini topgan.
Sheki shahri Ozarbayjonning eng qadimiy va tarixiy shaharlaridan biri
hisoblanadi. Shaharning tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. Sheki uzoq
vaqt davomida Kavkaz mintaqasining savdo va madaniy markazi bo‘lgan. Bu yerda
ipakchilik rivojlangan bo‘lib, Sheki shahrini ko‘pincha “Ipak yo‘li marvaridi” deb
atashgan. Shahar, shuningdek, o‘zining boy madaniyati, me’morchiligi va an’anaviy
qo‘l san’ati bilan ham mashhur.
Kalendar yili davomida Sheki shahrida turli xalqaro madaniy tadbirlar, festivallar,
konsertlar, va ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar turkiy dunyo xalqlarining
madaniy aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, turli davlatlardan
san’atkorlar, yozuvchilar va olimlar ishtirok etdi. Ushbu tadbirlar turkiy xalqlar
o‘rtasida madaniy almashinuvni kuchaytirdi. Sheki bu unvonni olgach, xalqaro
madaniy sahnada keng e’tirof etildi. Shahar turli davlatlar o‘rtasidagi madaniy
aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi va turkiy dunyo xalqlari o‘rtasidagi
do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Turkiyaning Kastamonu shahri 2018-yilda “Turk dunyosining madaniyat
poytaxti” deya e’lon qilinib, bu unvoni bor yettinchi shahar bo‘ldi26. Kastamonu
Turkiyaning Qora dengiz sohillariga yaqin yerda joylashgan qadimiy shahar bo‘lib,
boy tarixiy merosi, tabiiy go‘zalliklari, qadimiy arxitekturasi va madaniyati bilan
mashhur hamda miloddan avvalgi davrlardan bugunga qadar turli madaniy
25 Türk Dünyası Kültür Başkentleri. İzzetgil E. “2016 Yılı Türk Dünyası Kültür Başkenti: Şeki”. Ankara: Nobel Yayınları,
2020. S. 249
26 Türk Dünyası Kültür Başkentleri. Yaldız F. “2018 Yılı Türk Dünyası Kültür Başkenti: Kastamonu”. Ankara: Nobel
Yayınları, 2020. S. 345-392.
sivilizatsiyalarning markazi bo‘lib kelgan. Turkiston shahrida uyushtirilgan
TURKSOY Doimiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida TURKSOY tarkibidagi a’zo
davlatlarning Madaniyat vazirlari tomonidan Kastamonu nomzodi bir ovozdan qo‘llabquvvatlandi27. 2018-yil davomida qator tadbirlar o‘tkazilishi belgilandi va yil
boshidayoq shaharni madaniy poytaxt sifatidagi targ‘ibot rejalari tuzilmaga a’zo
mamlakat vakillari ishtirokida tanishtirildi. Kastamonuda 2030 ta tarixiy obida mavjud,
ham dengizda ta’til qilish, ham qishki sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyati
bo‘lgan dunyoning kam sonli go‘shalaridan biri, 800 dan ziyod mahalliy taom turlari,
hududining deyarli yarmi o‘rmonlar bilan qoplangani ham shaharning bu maqom
orqali boy madaniy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilishiga ulkan sharoit
yaratdi.
2018-yilda Kastamonuda “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” sifatida turli
xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirildi. Aynan 2018-yilning 21-martida
Kastamonu shahrida madaniy poytaxt maqomidagi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi28.
Keyingi tadbirlar ham shunga ulanib ketdi. Bu tadbirlarda turli davlatlardan kelgan
san’atkorlar, adabiyotshunoslar va olimlar ishtirok etdi. San’at ko‘rgazmalari, musiqiy
konsertlar, adabiy anjumanlar va folklor festivallari kabi tadbirlar shaharning madaniy
hayotini boyitdi. Ochilish tadbirlariga 13 ta davlat va 18 ta turli mintaqalardan
delegatsiyalar rasmiy tashrifni amalga oshirdilar. Shahar madaniyati, an’analari va
tarixiy yodgorliklari haqida ko‘plab ilmiy maqolalar, kitoblar va hujjatli filmlar
yaratildi. “Turk dunyosining madaniyat poytaxti” maqomi Kastamonu shahriga
turizmni rivojlantirishda katta turtki berdi. 2018-yilda shaharda sayyohlar soni sezilarli
darajada oshgan va bu shaharning iqtisodiy rivojlanishiga o‘ziga yarasha hissa qo‘sha
olgan edi.
2022-yilda Turkiyaning Bursa shahri “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” deb
e’lon qilindi va bu maqomga erishgan o‘ninchi shahar bo‘ldi29. 2021-yilning
sentyabrida Xiva shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari
chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi doirasida turli darajadagi uchrashuvlar,
madaniy tadbirlar va ko‘rgazmalar qatorida TURKSOY xalqaro tashkiloti doimiy
kengashining 38-majlisi ham bo‘ldi hamda Turkiy dunyo mamlakatlarining 2022-
yildagi madaniyat poytaxti Turkiyaning Bursa shahri sifatida kelishildi. Bu maqom
orqali Bursa shahrining boy madaniy va tarixiy merosini yanada namoyon qilish, turkiy
xalqlar o‘rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan do‘stlik-qardoshlik aloqalarining
27 Turkiyaning yana bir shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi. 09.08.2024.
https://www.trt.net.tr/uzbek/madaniyat-va-san-at/2017/12/06/turkiyaning-yana-bir-shahri-turk-dunyosining-madaniypoytaxti-deb-e-lon-qilindi-861919
28 Opening ceremony of “Kastamonu – 2018 Cultural Capital of Turkic World”. 21.03.2018. https://turkpa.org/news/632-
opening-ceremony-of-kastamonu---2018-cultural-capital-of-turkic-world
29 Bursa-2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti. 14.02.2022. https://www.turksoy.org/haberler/2022-02-13-bursa-2022-
turk-dunyasi-kultur-baskenti
ahamiyatini oshirish maqsad qilingan. Ochilish tadbirida 20 davlatdan 700 nafar
san’atkor, 20 yakkaxon va 50 san’at guruhi ishtirok etdi30.
Bursa shahri Turkiyaning eng qadimiy va boy tarixiy shaharlaridan bo‘lib, u
qadim Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan. Shahar XIV asrda Usmoniylar davlatining
birinchi poytaxti bo‘lgan. Shu sababli Usmoniylar madaniyati va merosining muhim
markazi sifatida tanilgan. Shaharda ko‘plab tarixiy yodgorliklar, masjidlar, madrasalar,
karvonsaroylar va hammomlar mavjud bo‘lib, Bursa shahri 2014-yilda UNESCOning
Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Bursa shahri 2022-yil davomida turli madaniy tadbirlarga mezbonlik qildi. Ushbu
tadbirlar orasida san’at festivallari, an’anaviy musiqa va raqs kechalari, adabiy
anjumanlar, ko‘rgazmalar va turli xil xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar ham
o‘tkazildi. Yil boshida Belgrad shahrida “Bursa kunlari” tadbiri tashkil qilindi31.
“Korkut ota” turkiy dunyo filmlari festivali ham tashkil etilib, mukofotlar o‘z egalarini
topdi. Sentyabrda “XXIII TURKSOY opera kunlari” tadbiri keng miqyosda bo‘lib
o‘tdi. Eng asosiy tadbir – “Jahon ko‘chmanchi o‘yinlari”ning 2022-yilgi mavsumi
Bursada yuqori saviyada tashkil etilgani bo‘ldi. Bungacha “Jahon ko‘chmanchi
o‘yinlari” 3 marotaba Qirg‘izistonda o‘tkazilgan va to‘rtinchi safar Turkiyada tashkil
etildi. “TURKSOY” xalqaro tashkiloti an’anaga aylantirgan, “Turkiy dunyoning
madaniyat poytaxti” sifatida tanlangan shaharda, tashkilotga aʼzo davlatlarning sanʼati
va madaniyatini ochib beruvchi fotoko‘rgazmasi Bursada ham tashkil etildi32. Bursada
17–19-may kunlari Turk dunyosi strategik tadqiqotlari bo‘yicha Xalqaro kongressi
o‘tkazildi va kongress doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida”
loyihasining taqdimoti ham o‘tkazildi33. Bu va boshqa tadbirlar turkiy madaniyatning
turli yo‘nalishlarini ommalashtirish va kelajak avlodlar uchun saqlashga xizmat qildi.
“Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” unvoni avvalgi madaniy poytaxtlar kabi
Bursa shahrining ham turizm salohiyati oshishiga turtki berdi, yil davomida millionlab
sayyohlar shaharning turli tarixiy obidalarini ziyorat etdilar. Bursa, shuningdek,
an’anaviy hunarmandchilik va savdo markazi sifatida o‘zining qadimiy o‘rnini
mustahkamladi, deyish ham o‘rinli bo‘ladi.
Bursa shahri 2022-yil davomida turkiy dunyo o‘rtasidagi madaniy almashinuvni
kuchaytirishga katta hissa qo‘shdi. Bu unvon Bursa va boshqa turkiy shaharlar
o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi. Bursa shahrining
madaniy poytaxtga aylanishi turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni
30 Bursa shahrida "Turk Dunyosi Madaniyat poytaxti 2022" rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi. 03.04.2022.
https://www.trtavaz.com.tr/haber/uzb/avrasyadan/bursa-shahrida-turk-dunyosi-madaniyat-poytaxti-2022-rasmiyochilish-marosimi/6245560d01a30a1ea060c4fe
31 Belgrad’ta Bursa Günleri. 13.01.2022. https://bursa2022.org/TR/haber/2022/1/102/belgradta-bursa-gunleri-
32 Bursa – Turk dunyosining madaniyat poytaxti. 30.03.2022. https://zamon.uz/detail/bursa---turk-dunyosiningmadaniyat-poytaxti-dunyo
33 Bursa shahrida O‘zbekiston madaniy merosi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 20.05.2022. https://legacy.uz/uz/bursashahrida-ozbekiston-madaniy-merosi-loyihalari-taqdimoti-otkazildi/
mustahkamlashda va shaharning jahon miqyosidagi mavqeyini avvalgidan-da
oshirishda muhim rol o‘ynadi. 2022-yilning oxirida Bursada o‘tkazilgan yirik
konsertdan so‘ng rasman madaniy poytaxt unvoni Ozarbayjonning Shusha shahriga
o‘tdi. Bundan bir necha kun oldin Bursada yangi madaniy poytaxtga bag‘ishlangan
“Shusha kunlari”34 tadbiri ham tashkil qilingandi.
2023-yilda Ozarbayjonning yana bir shahri – Shusha “Turkiy dunyoning
madaniyat poytaxti” deb e’lon qilindi35 va bu unvonni qo‘lga kiritgan o‘n birinchi
shaharga aylandi. Shusha shahrini tabriklash maqsadida O‘zbekiston pochtasi
tomonidan maxsus pochta markalari ham muomalaga chiqarildi. Shusha shahri
o‘zining boy madaniy merosi, tarixiy ahamiyati va turkiy dunyo uchun muhim
markazlardan biri bo‘lganligi sababli ushbu maqomga loyiq ko‘rildi. 2020-yilda
Shusha shahri sal kam 30 yil deganda yana Ozarbayjon tarkibiga qaytarildi. 2022-yil
Ozarbayjonda “Shusha shahri yili” deya e’lon qilingan edi36. Shu munosabat bilan
madaniy hayotni jonlantirish maqsadida musiqa bayramlari, she’riyat kunlari, ko‘plab
mahalliy va xalqaro madaniy tadbirlar ham o‘tkazildi. 2023-yilda yana bir quvonchli
voqea yuz berdi. Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Islom olami madaniyat vazirlarining 12-
konferensiyasida Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyatidagi Shusha shahri 2024-yil uchun
Islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi. Shusha shahri Ozarbayjon tarixiy,
madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biriga, jumladan, islom
sivilizatsiyasi ramziga aylandi. 2024-yilning iyulida Turkiy davlatlar tashkilotining
“Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish”
nomli navbatdagi norasmiy sammiti37 qayta tiklanayotgan Shusha shahrida o‘tkazildi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu sammitdagi nutqida Haydar
Aliyevdan quyidagi: “Shushasiz – Qorabog‘, Qorabog‘siz Ozarbayjon bo‘lmaydi”38,
deyilgan mashhur fikrni keltirib o‘tdi. Shu bilan birga, ushbu anjuman turkiy
dunyoning madaniy poytaxtida o‘tayotgani ham ta’kidlandi. TURKSOY rahbari Sultan
Rayev ta’kidlaganidek: “Shusha ozodligimiz, mustaqilligimiz va birodarligimiz
maskanidir”39. So‘nggi yillar Shusha uchun anchayin muhim voqe’liklarga boy
bo‘lgani bilan esda qoldi.
34 Bursa’da Şuşa Günleri. 07.12.2022. https://bursa2022.org/TR/haber/2022/12/1184/bursada-susa-gunleri-
35 2023 Türk Dünyası Kültür Başkenti: Şuşa. 02.04.2022. https://www.turksoy.org/haberler/2022-04-02-2023-turkdunyasi-kultur-baskenti-susa
36 2022-yil Ozarbayjonda «Shusha shahri yili» deb e’lon qilindi. 05.01.2022. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/2022-yilozarbayjonda-shusha-shahri-yili-deb-elon-qilindi
37 Shushada Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining noformal sammiti bo‘lib o‘tmoqda. 06.07.2024.
https://m.kun.uz/news/2024/07/06/shushada-turkiy-davlatlar-tashkiloti-davlat-rahbarlarining-noformal-sammiti-bolibotmoqda
38 Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. 06.07.2024.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/shusha/
39 Genel Sekreter Raev: “Şuşa Özgürlüğümüzün, Bağımsızlığımızın ve Kardeşliğimizin Mekânıdır.” 14.05.2023.
https://www.turksoy.org/haberler/genel-sekreter-raev-susa-ozgurlugumuzun-bagimsizligimizin-ve-kardesligimizinmekanidir
Shusha shahri Ozarbayjonning tog‘li Qorabog‘ mintaqasida joylashgan bo‘lib, u
mamlakatning madaniy va intellektual markazlaridan biri sifatida tanilgan. Shusha
uzoq yillar davomida Kavkazning madaniy, ilmiy va diniy markazlaridan biri bo‘lgan.
Shahar o‘zining qadimiy qal’alari, masjidlari va madaniy obidalari bilan ham mashhur.
Bu yerda muqaddas joylar, tarixiy yodgorliklar va madaniy markazlar joylashgan
bo‘lib, ular turli davrlarda yaratilgan hamda saqlanib qolgan. Shusha shahri
Ozarbayjonning eng taniqli shoirlari, musiqachilari va san’atkorlarining vatani
hisoblanadi. Shusha shuningdek, Ozarbayjon musiqasining poytaxti sifatida ham
tanilgan. Tahlilchilar Shushani Ozarbayjon she’riyati va musiqasining beshigi hamda
ibodatxonasi, “Kavkaz konservatoriyasi” deb atashadi. Aynan shu shaharda
Ozarbayjon musiqa san’atining durdonasi bo‘lmish “mug‘om” (maqom) tug‘ilgan.
Shahar o‘zida 248 ta tarixiy yodgorlikni jamlagan holda XX asr so‘nggi choragida
“Qo‘riqxona-shahar” nomiga ham sazovor bo‘lgan edi.
Shusha bilan turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy almashinuv jarayoni
kuchaytirilmoqda. Ushbu maqom Shusha va boshqa turkiy shaharlar o‘rtasidagi
madaniy hamkorlik dasturlarini rivojlantirishga, bu bilan esa turkiy xalqlar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga yo‘l hozirlamoqda. 30 yillik mustamlaka
asoratlarini tugatish davomida shahardagi qator tarixiy-me’moriy inshootlarda
restavratsiya va tiklash ishlari amalga oshirilmoqda. Shaharning tarixiy obyektlarini
yanada jonlantirish barobarida turkiy mamlakatlar tomonidan ham yangi, zamonaviy
va shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shuvchi binolar qad rostlamoqda. Shusha shahrining
tarixiy yodgorliklarini saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish uchun muhim qadamlar
tashlandi.
2023-yil davomida Shusha shahri turli madaniy tadbirlarni qabul qildi. Ushbu
tadbirlarga xalqaro san’at ko‘rgazmalari, musiqiy festivallar, teatr tomoshalari va
adabiy anjumanlar kiradi. Aprel oyida Belgraddagi Madlena san’at markazida bo‘lib
o‘tgan “Shusha targ‘ibot kunlari” tadbirlarida TURKSOY tomonidan tayyorlangan
“Shusha – 2023-yil Turkiy dunyoning madaniy poytaxti” fotoko‘rgazmasi, Qorabog‘
mintaqasi ayollar milliy kiyimlari kolleksiyasi ko‘rgazmasi, Ozarbayjon va “Qorabog‘
gilamlari” ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Oktyabrda Haydar Aliyev tavalludining 100
yilligiga bag‘ishlangan anjumanlar doirasida “1-Turkiy dunyo madaniyat forumi” ham
o‘tkazildi40. Ushbu forum bilan birga “17-TURKSOY fotosuratchilar uchrashuvi” ham
ochildi. Unda tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning 12 ta fotosuratchisiga
tegishli rasmlar ko‘rgazma qilindi. “2-Turkiy dunyo muzeylari uchrashuvi” ham
Shusha shahrida bo‘lib o‘tdi. Noyabrda TURKSOY Bosh kotibiyatida Shusha
madaniyat kunlari doirasida tashkil etilgan “Shusha rassomlari koʻrgazmasi”ning
ochilishi boʻlib oʻtdi. Bu tadbirlar Shushaning boy madaniy merosini keng ommaga
40 Şuşa’da 1. Türk Dünyası Kültür Forumu düzenlendi. 13.10.2023. https://www.turksoy.org/haberler/susada-1-turkdunyasi-kultur-forumu-duzenlendi
namoyish qilish va turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga
qaratilgan edi. Shusha shahrida turizm sezilarli darajada oshib, shaharni ziyorat
qiluvchi sayyohlar soni ko‘paymoqda. Shusha o‘zining tarixiy va madaniy boyliklari
bilan xalqaro turizm markaziga aylanishi kutilmoqda. TURKSOY doimiy
kengashining 40-majlisi Shusha shahrida bo‘lib o‘tdi hamda qator masalalar
muhokama qilindi. Asosiy e’tibor, 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar natijasiga
qaratildi.
Shusha shahri “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” sifatida boy madaniy
merosi va tarixiy ahamiyatini xalqaro miqyosda kengroq tanishtirishda davom
etmoqda. Ushbu maqom Shusha shahrini turkiy dunyo uchun muhim madaniy markaz
sifatida mustahkamlab, uning boy merosini yanada rivojlantirishga katta turtki bo‘ldi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi
zamonda o‘z xalqi va kelajagi uchun qayg‘uradigan har bir davlat yuksak mas’uliyat
hamda javobgarlikni anglagan holatda o‘z taraqqiyot yo‘lini qat’iy belgilab olmoqda.
Shu tufayli madaniy sohalardagi hamkorlik jahon hamjamiyatini tez va oson tarzda
birlashishga undamoqda.
“Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” dasturiga doir qaror 2010-yilda bo‘lib
o‘tgan TURKSOYning 10-yig‘ilishida qabul qilingan edi. Bu loyiha doimiy ravishda
faoliyatini takomillashtirish ortidan yangilikka intiluvchi TURKSOYning turkiy dunyo
madaniy hayotiga olib kirgan yangiliklaridan biri sanaladi. Bu dastur turkiy dunyo
shaharlarining san’at va madaniy hayotiga o‘zgacha rang olib kirganiga hech bir
shubha yo‘qdir. Asl maqsadi turkiy xalqlarning boy madaniy merosini rivojlantirish va
keng targ‘ib qilishdan iborat hisoblangan bu tashabbus orqali turkiy davlatlar tashkiloti
turkiy dunyodagi madaniy aloqalarni mustahkamlab, dunyo miqyosida targ‘ib qilishga
erishdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. 2017 йил – Шиддатли ислоҳотлар йили (Йил сарҳисоби). – Тошкент: Адо
лат, 2018. – Б. 92.
2. Kültür başkentleri. https://www.turksoy.org/kultur-baskentleri
3. 2013 Türk Dünyası Kültür Başkenti Kapanışı – Eskişehir. 24.03.2014. https://
www.turksoy.org/haberler/2014-03-24-2013_turk_dunyasi_kultur_baskenti_kapanisi
4. Türk Dünyası Kültür Başkentleri. Topal M. “2013 Yılı Türk Dünyası Kültür B
aşkenti: Eskişehir”. – Ankara: Nobel Yayınları, 2020. – S. 127-174.
5. Türk Dünyası Kültür Başkentleri. İzzetgil E. “2016 Yılı Türk Dünyası Kültür
Başkenti: Şeki”. – Ankara: Nobel Yayınları, 2020. – S. 249-290.
6. 2016 Türk Dünyası Kültür Başkenti: Şeki. 26.11.2015. https://www.turksoy.or
g/haberler/2015-11-26-2016-turk-dunyasi-kultur-baskenti-seki
7. 2018 Türk Dünyası Kültür Başkenti Kastamonu. 06.12.2017. https://www.turk
soy.org/haberler/2017-12-05-2018-turk-dunyasi-kultur-baskenti-kastamonu
8. Türk Dünyası Kültür Başkentleri. Yaldız F. “2018 Yılı Türk Dünyası Kültür B
aşkenti: Kastamonu”. – Ankara: Nobel Yayınları, 2020. – S. 345-392.
9. Turkiyaning yana bir shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi.
09.08.2024. https://www.trt.net.tr/uzbek/madaniyat-va-san-at/2017/12/06/turkiyaning-yan
a-bir-shahri-turk-dunyosining-madaniy-poytaxti-deb-e-lon-qilindi-861919
10. Opening ceremony of “Kastamonu – 2018 Cultural Capital of Turkic World”.
21.03.2018. https://turkpa.org/news/632-opening-ceremony-of-kastamonu---2018-cul
tural-capital-of-turkic-world
11. Bursa-2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti. 14.02.2022. https://www.turksoy.
org/haberler/2022-02-13-bursa-2022-turk-dunyasi-kultur-baskenti
12. Belgrad’ta Bursa Günleri. 13.01.2022.
https://bursa2022.org/TR/haber/2022/1/102/belgradta-bursa-gunleri-
13. Bursa — Turk dunyosining madaniyat poytaxti. 30.03.2022.
https://zamon.uz/detail/bursa---turk-dunyosining-madaniyat-poytaxti-dunyo
14. Bursa shahrida "Turk Dunyosi Madaniyat poytaxti 2022" rasmiy ochilish ma
rosimi tashkil etildi. 03.04.2022.
https://www.trtavaz.com.tr/haber/uzb/avrasyadan/bursa-shahrida-turk-dunyosimadaniyat-poytaxti-2022-rasmiy-ochilish-marosimi/6245560d01a30a1ea060c4fe
15. Bursa shahrida O‘zbekiston madaniy merosi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 2
0.05.2022. https://legacy.uz/uz/bursa-shahrida-ozbekiston-madaniy-merosi-loyihalaritaqdimoti-otkazildi/
16. Bursa’da Şuşa Günleri. 07.12.2022.
https://bursa2022.org/TR/haber/2022/12/1184/bursada-susa-gunleri-
17. Bursa-2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti. 14.02.2022.
https://www.turksoy.org/haberler/2022-02-13-bursa-2022-turk-dunyasi-kulturbaskenti
18. 2023 Türk Dünyası Kültür Başkenti: Şuşa. 02.04.2022.
https://www.turksoy.org/haberler/2022-04-02-2023-turk-dunyasi-kultur-baskentisusa
19. 2022 yil Ozarbayjonda «Shusha shahri yili» deb e’lon qilindi. 05.01.2022. ht
tps://aniq.uz/uz/yangiliklar/2022-yil-ozarbayjonda-shusha-shahri-yili-deb-elon-qilindi
20. Ozarboyjonning Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilin
di. 26.09.2023. https://m.kun.uz/news/2023/09/26/ozarboyjonning-shusha-shahri-islo
m-olami-madaniy-poytaxti-deb-elon-qilindi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F09%2
F26%2Fozarboyjonning-shusha-shahri-islom-olami-madaniy-poytaxti-deb-elon-qilin
di
21. Shushada Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining noformal sammiti
bo‘lib o‘tmoqda. 06.07.2024. https://m.kun.uz/news/2024/07/06/shushada-turkiy-davl
atlar-tashkiloti-davlat-rahbarlarining-noformal-sammiti-bolib-otmoqda
22. Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmi
y sammitida ishtirok etdi. 06.07.2024.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/shusha/
23. Genel Sekreter Raev: “Şuşa Özgürlüğümüzün, Bağımsızlığımızın ve Kardeşl
iğimizin Mekânıdır.” 14.05.2023. https://www.turksoy.org/haberler/genel-sekreter-rae
v-susa-ozgurlugumuzun-bagimsizligimizin-ve-kardesligimizin-mekanidir
24. Şuşa’da 1. Türk Dünyası Kültür Forumu düzenlendi. 13.10.2023. https://ww
w.turksoy.org/haberler/susada-1-turk-dunyasi-kultur-forumu-duzenlendi
REFERENCES:
1. 2017 йил – Шиддатли ислоҳотлар йили (Йил сарҳисоби). – Тошкент: Адо
лат, 2018. – Б. 92. (In Uzbek)
2. Kültür başkentleri. https://www.turksoy.org/kultur-baskentleri (In Turkish)
3. 2013 Türk Dünyası Kültür Başkenti Kapanışı – Eskişehir. 24.03.2014. https://
www.turksoy.org/haberler/2014-03-24-2013_turk_dunyasi_kultur_baskenti_kapanisi
4. Türk Dünyası Kültür Başkentleri. Topal M. “2013 Yılı Türk Dünyası Kültür B
aşkenti: Eskişehir”. – Ankara: Nobel Yayınları, 2020. – S. 127-174. (In Turkish)
5. Türk Dünyası Kültür Başkentleri. İzzetgil E. “2016 Yılı Türk Dünyası Kültür
Başkenti: Şeki”. – Ankara: Nobel Yayınları, 2020. – S. 249-290. (In Turkish)
6. 2016 Türk Dünyası Kültür Başkenti: Şeki. 26.11.2015. (In Turkish) https://ww
w.turksoy.org/haberler/2015-11-26-2016-turk-dunyasi-kultur-baskenti-seki
7. 2018 Türk Dünyası Kültür Başkenti Kastamonu. 06.12.2017. https://www.turk
soy.org/haberler/2017-12-05-2018-turk-dunyasi-kultur-baskenti-kastamonu (In Turkis
h)
8. Türk Dünyası Kültür Başkentleri. Yaldız F. “2018 Yılı Türk Dünyası Kültür B
aşkenti: Kastamonu”. – Ankara: Nobel Yayınları, 2020. – S. 345-392. (In Turkish)
9. Turkiyaning yana bir shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi.
09.08.2024. https://www.trt.net.tr/uzbek/madaniyat-va-san-at/2017/12/06/turkiyaning-yan
a-bir-shahri-turk-dunyosining-madaniy-poytaxti-deb-e-lon-qilindi-861919 (In Uzbek)
10. Opening ceremony of “Kastamonu – 2018 Cultural Capital of Turkic World”.
21.03.2018. https://turkpa.org/news/632-opening-ceremony-of-kastamonu---2018-cul
tural-capital-of-turkic-world
11. Bursa-2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti. 14.02.2022. https://www.turksoy.
org/haberler/2022-02-13-bursa-2022-turk-dunyasi-kultur-baskenti (In Turkish)
12. Belgrad’ta Bursa Günleri. 13.01.2022. (In Turkish)
https://bursa2022.org/TR/haber/2022/1/102/belgradta-bursa-gunleri-
13. Bursa – Turk dunyosining madaniyat poytaxti. 30.03.2022. (In Uzbek)
https://zamon.uz/detail/bursa---turk-dunyosining-madaniyat-poytaxti-dunyo
14. Bursa shahrida "Turk Dunyosi Madaniyat poytaxti 2022" rasmiy ochilish ma
rosimi tashkil etildi. 03.04.2022. (In Uzbek)
https://www.trtavaz.com.tr/haber/uzb/avrasyadan/bursa-shahrida-turk-dunyosimadaniyat-poytaxti-2022-rasmiy-ochilish-marosimi/6245560d01a30a1ea060c4fe
15. Bursa shahrida O‘zbekiston madaniy merosi loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 2
0.05.2022. https://legacy.uz/uz/bursa-shahrida-ozbekiston-madaniy-merosi-loyihalaritaqdimoti-otkazildi/ (In Uzbek)
16. Bursa’da Şuşa Günleri. 07.12.2022. (In Turkish)
https://bursa2022.org/TR/haber/2022/12/1184/bursada-susa-gunleri-
17. Bursa-2022 Türk Dünyası Kültür Başkenti. 14.02.2022. (In Turkish)
https://www.turksoy.org/haberler/2022-02-13-bursa-2022-turk-dunyasi-kulturbaskenti
18. 2023 Türk Dünyası Kültür Başkenti: Şuşa. 02.04.2022. (In Turkish)
https://www.turksoy.org/haberler/2022-04-02-2023-turk-dunyasi-kultur-baskentisusa
19. 2022 yil Ozarbayjonda «Shusha shahri yili» deb e’lon qilindi. 05.01.2022. ht
tps://aniq.uz/uz/yangiliklar/2022-yil-ozarbayjonda-shusha-shahri-yili-deb-elon-qilindi
(In Uzbek)
20. Ozarboyjonning Shusha shahri Islom olami madaniy poytaxti deb e’lon qilin
di. 26.09.2023. https://m.kun.uz/news/2023/09/26/ozarboyjonning-shusha-shahri-islo
m-olami-madaniy-poytaxti-deb-elon-qilindi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2023%2F09%2
F26%2Fozarboyjonning-shusha-shahri-islom-olami-madaniy-poytaxti-deb-elon-qilin
di (In Uzbek)
21. Shushada Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining noformal sammiti
bo‘lib o‘tmoqda. 06.07.2024. https://m.kun.uz/news/2024/07/06/shushada-turkiy-davla
tlar-tashkiloti-davlat-rahbarlarining-noformal-sammiti-bolib-otmoqda (In Uzbek)
22. Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmi
y sammitida ishtirok etdi. 06.07.2024. (In Uzbek)
https://www.gazeta.uz/oz/2024/07/06/shusha/
23. Genel Sekreter Raev: “Şuşa Özgürlüğümüzün, Bağımsızlığımızın ve Kardeşl
iğimizin Mekânıdır.” 14.05.2023. https://www.turksoy.org/haberler/genel-sekreter-rae
v-susa-ozgurlugumuzun-bagimsizligimizin-ve-kardesligimizin-mekanidir
24. Şuşa’da 1. Türk Dünyası Kültür Forumu düzenlendi. 13.10.2023. https://ww
w.turksoy.org/haberler/susada-1-turk-dunyasi-kultur-forumu-duzenlendi