ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

From the history of Arabic linguistics: about the form ‫ أ فع ل‬(af’ala) expressing surprise

Nasirova Malika Anvarovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

FROM THE HISTORY OF ARABIC LINGUISTICS: ABOUT THE FORM
َ‫ أ َْفع ََل‬(af’ala) EXPRESSING SURPRISE

Nasirova Malika Anvarovna
Oriental University

Vice-rector for scientific affairs and innovations,
Associate professor, doctor of philosophy (PhD)

Tel.: +998 99 333-21-29
e-mail: m.nasirova@orientaluniversity.uz

Annotation. It is known from the history of Arabic linguistics that the linguistic
schools of Basra and Kufa played an important role in the creation, development and
rapid perfection of this science. It should be recognized that Arabic linguistics
originated in Basra and the most prominent scholars demonstrated their talents in this
city. However, it is also true that the role of the Kufa school, which emerged about a
hundred years after the Basra school, in the development and improvement of Arabic
linguistics is also incomparable. In the article the attempts of several grammarians to
substantiate their opinions by citing intellectual and religious evidence are analyzed,
and their examples are considered one by one. In carrying out this study, opinions on
the “vazn” of the verb are presented, referring to the works of medieval Arabic
linguists, as well as to the works of Russian and Western scholars.

Keywords: Arabic language, linguistics, Basra, Kufa, scholars, vazn, surprise,
grammar, verb, noun.

ARAB TILSHUNOSLIGI MASALALARI TARIXIDAN: TAAJJUBNI
ANGLATUVCHI َ‫ أ َْفع ََل‬(af’ala) VAZNI HAQIDA

Nasirova Malika Anvarovna
Oriental Universiteti

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori,
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Tel.: +998 99 333-21-29

e-mail: m.nasirova@orientaluniversity.uz

Annotatsiya. Arab tilshunosligi tarixidan ma’lumki, bu fanning yaratilishi,
rivojlanishi va tez fursatda mukammal darajaga yetishishida Basra va Kufa tilshunoslik
maktablari muhim ahamiyat kasb etgan. Tan olish kerakki, arab tilshunosligi Basrada
vujudga kelgan va eng ko‘zga ko‘ringan olimlar ham aynan shu shaharda o‘z
iqtidorlarini namoyon qilgan. Biroq, arab tilshunosligining rivoji va takomilida Basra
maktabidan taxminan yuz yildan keyin vujudga kelgan Kufa maktabining roli ham
beqiyos ekanligi ayni haqiqatdir. Maqolada bir qancha nahvchi olimlarning aqliy va

naqliy dalillar keltirib fikrlarini asoslashga harakat qilganlari tahlil etiladi hamda
ularning keltirgan misollari birma-bir ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqotni amalga
oshirishda o‘rta asr arab tilshunoslari bilan birga, rus va g‘arb olimlarining asarlariga
ham murojaat etilgan holda, af’ala vazniga oid fikr-mulohazalar taqdim etilgan.

Kalitَso‘zlar: Arab tili, tilshunoslik, Basra, Kufa, olimlar, vazn, taajjub, nahv,
fe’l, ism.

ИЗَИСТОРИИَАРАБИСТИКИ:َОَФОРМЕََ‫ أ َْفع ََل‬(АФЪАЛА),َ
ВЫРАЖАЮЩЕЙَУДИВЛЕНИЕ

НасироваَМаликаَАнваровна
Университет Ориентал

Проректор по научной работе и инновациям,
Кандидат филологических наук, доцент
Тел.: +998 99 333-21-29
e-mail: m.nasirova@orientaluniversity.uz

Аннотация. Из истории арабского языкознания известно, что
лингвистические школы Басры и Куфы сыграли важную роль в создании,
развитии и быстром совершенствовании этой науки. Следует признать, что
арабское языкознание зародилось в Басре и наиболее выдающиеся ученые
продемонстрировали свои таланты в этом городе. Однако верно и то, что роль
Куфийской школы, возникшей примерно через сто лет после басрийской, в
развитии и совершенствовании арабского языкознания также несравнима. В
статье анализируются попытки нескольких грамматистов обосновать свои
мнения, ссылаясь на интеллектуальные и религиозные свидетельства, и их
примеры рассматриваются один за другим. При проведении данного
исследования приводятся мнения о «вазне» глагола со ссылками на труды
средневековых арабских лингвистов, а также на труды русских и западных
ученых.

Ключевыеَслова: арабский язык, лингвистика, Басра, Куфа, учёные, вазн,
неожиданность, произношение, глагол, существительное.

KIRISH
Kufa maktabi paydo bo‘lgan dastlabki kundan boshlab ikki maktab o‘rtasida ilmiy
tortishuvlar, bahs va munozaralar boshlandi. O‘rta asr filologlari har ikki maktab
o‘rtasidagi ixtilofli masalalarni o‘rganib chiqib, bu masalalar borasida bir qancha
asarlar bitishgan. Ayniqsa Bag‘dod maktabi vakillari tomonidan yozilgan asarlar juda
mashhur. Ulardan Abul Hasan Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim ibn Kaysonning
"‫“ – "المسائلَعلىَمذهبَالنحويينَمماَاختلفَفيهَالبصريينَوالكوفيين‬Basra va Kufa grammatika
maktabi nahvchilari ixtilof qilgan masalalar” va Kamoliddin Abu-l-Barakot

Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Abi Sayyid Anboriyning (513/1119-577/1181)
"‫“– "الإنصافَفيَمسائلَالخلافَبينَالنحويينَالبصريينَوالكوفيين‬Basra va Kufa nahvshunoslari
o‘rtasidagi ixtilofli masalalarga insof bilan yondashish” nomli asarlari shular
jumlasidandir.

Anboriyning mazkur asari ikki maktab o‘rtasidagi 121 ta munozarali masalani
o‘zida jamlagan bo‘lib, bu masalalarning yettitasida (10, 18, 26, 70, 97, 101, 106-chi
masalalar) Kufa grammatika maktabining keltirgan dalillari asosli deb topiladi. Qolgan
114 ta masalada Al-Anboriy basraliklarga yon bosadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mavzuni yoritishda asosan Kamoliddin Al-Anbariyning ‫بين الخلاف مسائل في الإنصاف‬
‫ والكوفيين البصريين النحويين‬asari va unda bayon etilgan ikki maktab – Basra va Kufa
tilshunoslarining fikrlari tahlil etilgan. Shuningdek, Mustafo G‘alayiyniy,
A..Abdujabborov, B. Grade, N. Ibrohimov, M. Yusupov, A. Kovalev, G. Sharbatov,
S..Kuzmin, hamda boshqa bir qator olimlarning mavzuga aloqador asarlariga murojaat
etildi. Ta’kidlash o‘rinliki, ularning asarlari arab tilining umumiy grammatikasini
yoritishi bilan xususiyatlanadi. Maqolada e’tibor qaratilayotgan masala esa fa’ala
vazniga oid fikr-mulohazalarni yetkazishdan iboratdir. Ushbu vazn haqida o‘rta
asrlarda turli tilshunoslar tomonidan fikr bildirilganiga qaramay, alohida tadqiqot
obyekti sifatida o‘rganilmaganini aytib o‘tish joiz.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur maqolada ilk o‘rta asrlarda arab tilining nazariy asoslari yaratilgan,
takomillashtirilgan va rivojlantirilgan arab tilshunoslik maktablari - Basra va Kufa
o‘rtasidagi ixtilofli masalalar taqqoslash, analiz, sintez metodlari asosida tahlil
qilingan.

TAHLIL VA NATIJALAR
“Taajjubni anglatuvchi َ‫ أ َْفع ََل‬(af’ala) vazni haqidagi masala” haqidagi munozara
“Al-insof” kitobining 1-juz’ida 15-raqam ostidagi masala bo‘lib, u asarda quyidagicha
nomlanadi:
"‫ "القولَفيَ"أفعلَ"َفيَالتعجب،َاسمَهوَأوَفعل‬(Taajjubdagi “af’ala” [vazni] borasidagi
so‘z, u ismmi yoki fe’lmi?) Masalaning nomidan ham ma’lumki, ikki maktab “af’ala”
vaznining fe’l yoki ism ekanligi borasida tortishishadi.
Kufaliklar taajjubni ifodalovchi “af’ala” vaznidagi so‘z – “ism” degan fikrni
ilgari surishgan. Basraliklar esa bu so‘z xususida o‘tgan zamondagi fe’l degan fikrni
keltirib o‘tishadi. Bu fikrga kufaliklardan Abu-l-Hasan Ali ibn Hamza Al-Kisoiy ham
qo‘shilgan. (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005: 120)
Shu o‘rinda taajjubni anglatuvchi “af’ala” vaznining hozirda biz darslik sifatida
iste’foda qilib kelayotgan N. Ibrohimov va M. Yusupovlarning “Arab tili
grammatikasi” kitobida qanday ifodalanishini ko‘rib chiqsak. Mazkur darslikning 169-

paragrafi – “Taajjubning ifodalanishi” mavzusida “af’ala” vazni haqida shunday
keltiriladi:

“Arab tilida taajjub yoki hayratni ifodalovchi ma’lum fe’l shakllari mavjud bo‘lib,
ular ‫ أفعالَالتعجب‬deyiladi. Bu fe’llar ikki shaklda ishlatiladi:

1. ‫ ما‬yuklamasi va IV bob fe’li o‘tgan zamonning III shaxs birlik muzakkar
shaklida –ََ ‫ .ماَأ َْفعَل‬Masalan,

‫ –جميل‬chiroyli ََ‫ - ماَأجمل‬Qanday chiroyli!
‫ –َطيِّب‬yaxshi ََ‫ - ماَأطيب‬Qanday yaxshi!
َ‫ –َب َِّغيض‬xunuk  ‫ - ماَأبغض‬Qanday xunuk!” (Ibrohimov N., Yusupov M. 1997: 377)

Mazkur qoidaning ikkinchi qismini keltirib o‘tmadik. Sababi, ikkinchi qoida َْ‫أ َْفعِّل‬
َ‫ ِّب‬vaznidagi taajjubni ifodalovchi fe’l bo‘lib, u biz o‘rganayotgan mavzuga tegishli
emas. Zero har ikki maktab ham bu vaznning fe’l ekanligiga ittifoq qilishgan.

B.M. Grande ham taajjubni ifodalovchi َ‫ أ َْفع ََل‬vaznidagi so‘z fe’l ekanligiga ishora
qiladi. U o‘z asarining 6-bobida “Taajjub fe’li” paragrafida bu mavzuga to‘xtalib,
taajjubni ifodalovchi َ‫ ما َأ َْفع ََل‬vazni ‫“– ما‬narsa”, hamda IV bob 3-shaxs birlikdagi
fe’lining birikuvidan tuzilgan, degan fikrni bildiradi va َ‫ ما َأحسنَ َزيدا‬(Zayd qanday
yaxshi!) jumlasini misol sifatida keltiradi. (Grande, B. 1998: 249)

Shuningdek, xuddi o‘sha asarning boshqa sahifasida َ‫ ما َأ َْفع ََل‬vaznidagi taajjub
fe’lidan keyin kelayotgan taajjublanayotgan shaxs yoki narsa doim tushum kelishigida
qo‘yiladi, degan qoidani ham keltiradi. (Grande, B. 1998: 343)

N. Ibrohimov va M. Yusupovlarning “Arab tili grammatikasi” darsligi hamda
B..Grandening “Курс арабской грамматики в сравнително-историческом
освещении” asarida keltirilgan yuqoridagi fikrlarni tahlil qilib shunga amin bo‘ldikki,
bu mavzuni yoritishda mualliflarning fikrlari basraliklarning qarashlaridan kelib
chiqqan desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Ya’ni ular taajjubni ifodalovchi َ‫ أ َْفع ََل‬vaznidagi
so‘zni fe’l deb e’tirof etmoqdalar. Nafaqat mazkur darsliklarda, balki rus va o‘zbek
tillaridagi boshqa ko‘pgina darsliklarda ham bu mavzuga xuddi shunday
yondashilganligini ko‘rishimiz mumkin (Ковалев А., Шарбатов Г. 1998).

Arab tilida hayrat, ya’ni taajjubni ifodalash uchun ikki fe’l ishlatiladi. Bu
fe’llarni, Movarounnahr arab tilshunosligi maktabining asoschisi buyuk tilshunos
Mahmud Zamaxshariy shunday ta’riflaydi: َ‫هما:َماَأفعلَزيداَوأفعلَبه.َولاَيبنيانَإلاَمنَالثلاثي‬

-َ‫المجردَليسَبمعنى‬
َ-"Ular ‫ماَأفعلَزيدا‬va "َ‫"أفعل"َو"افعال".َويتوصلَإلىَالتعجبَفيماَوراءَذلكَب"أشد"َو"أبلغ‬
- Ular uch o‘zakli (birinchi ‫أفعل‬hamda .‫و"أقبح".َو"ما"َفيَ"ماَأفعل"َمبتدأَو"أفعل"َخبره‬
‫َأفعلَبه‬bob) fe’llardan va

‫ إفعال‬vaznida bo‘lmagan fe’llardan yasaladi. Qolganlaridan (ulardan boshqa) esa
‫ أشد،َأبلغ،َأقبح‬kabi (yordamchi) so‘zlarni qo‘shish bilan yasaladi. "‫ ماَأفعل‬(birikmasi)da
‫ – ما‬ega, ‫ – أفعل‬kesimdir". (Nasirova, Malika. 2005: 138)

Abbos Hasan shunday deydi: “Arab tilida taajjubni ikki usulda ifodalash
mumkin:

1. Fe’l ‫ ماَأفعل‬vaznida turib taajjubga sabab bo‘lgan predmetni tushum kelishigida
boshqaradi, masalan: ‫“ – ماَأجملَالوردةَالناضرة‬(Gulning) g‘unchasi qanday go‘zal”.

2. Fe’l ‫ أفعل ب‬vaznida turib, taajjubga sabab bo‘lgan ismni qaratqich kelishigida
boshqaradi, masalan: ‫“ - أضخم بهرم الجيزة‬Giza ehromi naqadar bahaybat” (Abbos,
Hasan. 2004: 330-335).

Kufalik tilshunoslar َ‫ أ َْفع ََل‬vaznini ism deb e’tirof etib, o‘z fikrlarini quyidagicha
isbotlashadi:

–ََ ‫ أ َْفعَل‬vaznining tuslanmasligi uning ismligiga dalildir. Agar u fe’l bo‘lganida edi,
albatta tuslanishi mumkin bo‘lardi. Chunki tuslanish fe’lning xususiyatlaridandir.
Modomiki, u tuslanmas va o‘zgarmas so‘z ekan, demak uni ism turkumiga kiritish
kerak.

– Kufaliklarning ba’zilari: “Bu so‘zning ismligiga dalil shuki, bu so‘zlardan
kichraytma ot yasaladi. Kichraytirish esa ismgagina xos xususiyatlardandir” - degan
fikrni mahkam tutishadi va shoirning quyidagi baytini misol qilib keltiradilar:

َ ‫يَاَ َماَأ َُميْلِّحََ ِّغزْلاَناَ َشدَنََّلَنَاَ*َ*َ*َ ِّمنَْ َهاؤُلَيَّائِّك َُّنَالضَّالََِّ َوالسَّمْر‬
Misradagi e’tiborga olinayotgan ََ‫ أ َُميْلِّح‬so‘zi taajjubni ifodalovchi َ‫ أ َْمل ََح‬(Qanday
yaxshi, ajoyib!)dan yasalgan kichraytma otdir. Bu so‘z arablarning nutqi va she’rlarda
ko‘p uchraydi. (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005: 120)
Mazkur baytni ko‘pgina arab nahvshunoslari va lug‘atshunoslari asarlarida
o‘zlarining fikrlariga misol sifatida qo‘llashgan. Jumladan, Ibn Manzurning “Lisonul-arab” izohli lug‘atida, Ibn Ya’iyshning “Al-Mufassal”ga yozgan sharhida,
Ashmuniyning “Sharhu-l-Ashmuniy” asarida, Ibn Hishomning “Mug‘ni-l-labib”

asarida, Ibn Hojibning “Kofiya” asariga Roziyyuddinning yozgan sharhida va boshqa
bir qancha nahv va lug‘at kitoblarida misol tariqasida keltirib o‘tilgan. (Al-Anbariy,
Kamoliddin. 2005: 120)

Muhammad Muhyiddin Abdulhamid “Al-insof”ga yozgan “Al-intisof mina-linsof” nomli sharhida yuqorida kelgan ََ‫ أ َُميْلِّح‬so‘zini sharhlab, shunday deydi: “Bu
baytdagi ََ‫ أ َُميْلِّح‬so‘zi َ‫ أ َْمل ََح‬dan yasalgan kichraytma otdir. So‘zlardan kichraytma hosil
qilinishi faqat ismlarga xosdir. Shuning uchun ham kufaliklar taajjubni ifodalovchi َ‫أ َْفع ََل‬
vaznidagi so‘z ismdir, deydilar va mazkur baytdagi ََ‫ أ َُميْلِّح‬kichraytma otini dalil sifatida
keltirganlar. Basraliklar bu dalildan qoniqish hosil qilmay aytadilarki, “Bu baytdagi
َ‫ أ َْمل ََح‬so‘zidan kichraytma shaklning hosil qilinishi juda kam uchraydigan holatdir. Axir
ko‘rmaysizlarmi, shoir bu baytdagi ‫ هؤلاء‬so‘zidan ham kichraytma shakl hosil qilgan.
Vaholanki, kichraytma hosil qilish mu’rob ismlarning1 xususiyatlaridan ekanligiga biz

1 Mu’rob ismlar – soʻzning oxirgi harakatlari, ya’ni kelishiklari oʻzgaradigan, turlanadigan ismlar.

ittifoq qilganmiz. ‫ هؤلاء‬olmoshi esa mabniy2 ismdir”. (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005:
120)

Darhaqiqat, basraliklarning qiyosga qanchalik darajada qattiq tayanganlarini
mazkur fikrlardan ham anglab olsa bo‘ladi. Ular arablar ichida kamdan-kam
qo‘llaniladigan so‘zlar va unchalik fasohatli bo‘lmagan shoirlarning she’rlarini dalil
qilib keltirishdan o‘zlarini chetga olganlar va ularni rad qilganlar.

Kufalik tilshunoslar o‘z fikrlarini asoslashda davom etib shunday deyishadi:
“Basraliklar aytganidek, taajjubni anglatuvchi َ‫ أ َْفع ََل‬vaznidagi so‘z ismga o‘xshash
fe’l bo‘lib, u doim bir xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni oxirgi harakatlari o‘zgarmaydi va
undan kichraytma hosil qilinadi, deyishlik to‘g‘ri emas. Chunki arab nahvida faqat ‫ليس‬
va ‫ عسى‬fe’llarigina doim bir xil ko‘rinishni saqlaydi va o‘zgarmaydi. Shuning bilan bir
qatorda bu ikki fe’lning birortasidan ham kichraytma yasalmaydi.”
Kufalik tilshunoslarning ichida o‘z fikrlarini quyidagicha isbotlaganlar ham bor:
“َ‫ أ َْفع ََل‬vaznining ismligiga dalil shuki, agar bu vaznda ikkinchi o‘zagi illatli harfdan
iborat bo‘lgan so‘z uchrasa, u solim (sog‘lom) harf kabi o‘qiladi. Bunga َ‫"هذاَأقومَمنك‬
"‫ وأبيعَمنك‬(Bu sendan ko‘ra kuchli va qudratli) bo‘lgani kabi, taajjubni anglatuvchi َ‫أ َْفعََ َل‬
vaznidagi "‫ "ما َأقومه َوما َأبيعه‬(U qanchalar kuchli va qudratli!) so‘zlari yaqqol misol
bo‘la oladi. Agar sizlar (ya’ni basraliklar) aytayotganlaringizdek, َ‫ أ َْفع ََل‬vaznidagi so‘z
fe’l bo‘lganida edi, undagi illatli harf xuddi ‫ قام،َباع،َأقام،َأباع‬fe’llari kabi “alif” harfiga
o‘zgarishi kerak edi.” (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005: 120)
Yuqoridagi dalillarni mulohaza qilib ko‘radigan bo‘lsak, shunga amin bo‘lamizki,
haqiqatan ham arab tilidagi uch o‘zakli so‘zlarning ikkinchi o‘zak harfi illatli bo‘lsa,
undan ism hosil qilinganda undagi illatli harf hazf qilinmasdan (tushirilmasdan) to‘liq
o‘qiladi, xuddi "‫ "قوم‬o‘zagidan َُ‫ أ َْقوَم‬orttirma darajadagi sifat yasalgani kabi. Agar
mazkur uch o‘zakdan ‫ قام‬yoki ‫ أقام‬shaklidagi fe’l hosil qilinsa, undagi illatli o‘zak
bo‘lmish “vov” harfi hazf qilinib, uning o‘rnini “alif” harfi egallaydi.
Hozirgi zamonaviy arab nahviga oid asl arab manbalarining deyarli barchasida
taajjubni anglatuvchi َ‫ أفْع ََل‬vazni fe’l deb talqin qilinadi. َ‫ أفْع ََل‬vaznidan keyin keladigan
ism tushum kelishigida bo‘lishini e’tiborga olib, uni fe’l tushum kelishigida kelishini
talab qilgan, degan fikrni keltirishadi va َ‫ أفْع ََل‬vaznining taqdiri (asli)da yashirin egasi
bor, u –َ‫ شيء‬(narsa) so‘zidir, deyiladi. Masalan, َ‫ ماَأحسنََزيدا‬(Zayd qanday ham yaxshi!)
jumlasining asli َ‫ شيء َأحسنَ َزيدا‬deb tushuniladi. Bu ham basralik tilshunoslarning
qarashlaridan biridir.
Kufaliklar bu fikrni ham inkor qilishib, deydilarki: “‫ زيدا أحسن ما‬iborasidagi ‫أحسن‬
so‘zi fe’l emas, shuningdek, “bu iboradagi ‫ شيء‬so‘zi tushirilib qoldirilgan, aslida ‫شيء‬
‫ زيدا أحسن‬shaklida bo‘ladi”, deyishlik ham noto‘g‘ridir. Agar buni to‘g‘ri deydigan
bo‘lsak, ‫ الل أعظم ما‬(Alloh qanchalar buyuk zot!) iborasini olaylik. Agar bu iborada sizlar

2 Mabniy ismlar – soʻzning oxirgi harakatlari oʻzgarmaydigan, kelishikda turlanmaydigan ismlar

aytayotgandek ‫ شيء‬so‘zi tushib qolgan bo‘lsa, uning asli ‫ الل أعظم شيء‬(Allohni buyuk
qilgan narsa) tarzida bo‘lishi taqozo etiladi. Vaholanki, Alloh hech qanday zotning
yordami, madadisiz O‘zi buyukdir. Uni hech kimsa va hech narsa buyuk qilmagan.
Misol tariqasida shoirning quyidagi she’rini olib qaraylik:

َ‫َماَأ َْقدَرََاللَََأ َْنَي ُْدنِّيَ َعلَىَ َشحَطََ*َ*َ*َ َمنَْ َدارُهَُالْحَزْنَُ ِّممَّنَْ َدارُهَُ ُصول‬
Agar holat sizlar aytayotgandek bo‘lsa, unda bu iboraning asliَ َ‫ شيءَأ َْقدَرََالل‬(Allohni
qodir qilgan narsa) shaklida bo‘lishi kerak bo‘ladi. Ammo Alloh hech bir kimsa yoki
narsaning madadi, yordamisiz O‘zi qodir zotdir” (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005: 121)
Yuqoridagi bayt Handaj ibn Handaj al-Mariyning tilidan so‘zlangan Hamosa ibn
Tammomning she’ri bo‘lib, unda uzun tunlar va bu tunlarni mahbubasining firoqiga
bardosh berish bilan o‘tkazgani vasf qilinadi. Mazkur baytda keltirilgan dalilَ َ‫َماَأ َْقدَرََالل‬
(Alloh naqadar qodir zot!) iborasidir. Ba’zi kufaliklarning so‘zlariga ko‘ra, mana
shunga o‘xshash iboralar َ‫ أفْع ََل‬vaznining fe’l emasligini isbotlaydi. Agar u fe’l bo‘lsa
edi, albatta bu fe’lning yashirin egasi bo‘lishi va “Alloh” lafzi mazkur fe’l ta’sirida
tushum kelishigida o‘qilayotgan bo‘lishi kerak edi. O‘shanda fe’lning yashirin egasi
“Allohni qodir qilgan” degan ma’no chiqadi. Kufaliklar ham aqliy va ham naqliy
dalillarni keltirishib, Alloh taolo biror zotning yordamisiz o‘zi qodirdir, degan fikrni
aytishib, yuqorida kelgan ma’nolarni botil deb hisoblaydilar. (Al-Anbariy,
Kamoliddin. 2005:121)
Kufaliklarning keltirgan dalillari bilan tanishib chiqdik. Darhaqiqat, ular kishini
ancha mulohaza qilishga majbur qiladigan aqliy va naqliy dalillar keltirib fikrlarini
asoslashga harakat qiladilar. Endi esa basraliklarning bu boradagi dalillarini birma-bir
ko‘rib chiqamiz.
Basraliklar o‘z fikrlariga quyidagini hujjat qilib keltiradilar:
“َ‫ أفْع ََل‬vaznining fe’l ekanligiga dalil shuki, unga birinchi shaxs birlikdagi birikma
olmoshi – "‫ "-ِّي‬qo‘shilganda, u fe’llarga qo‘shilgani kabi "‫ "- ِّني‬shaklida birikadi.
Masalan, ََ‫ ماَأحسنَنِّيَعندك‬(Men sening nazdingda qandayin yaxshiman!), َ‫ماَأظفرَنِّيَفيَعين َِّك‬
(Sening nazdingda men qanchalar g‘olib, muzaffarman!), َ‫ ما َأعلمَنِّي َفي َظن َِّك‬(Sening
nazaringda men naqadar ilmliman!).
Birinchi shaxs birikma olmoshi "‫ "ـِّي‬fe’lga qo‘shilganida “nun” harfi bilan "‫"نِّي‬
tarzida birikadi, fe’lga bu shaklda qo‘shilmaydi. Axir ko‘rmaysizlarmi (ey kufaliklar),
mazkur birikma olmoshi fe’lga qo‘shilganda ‫ أرْشَدَنَي‬(menga yo‘l ko‘rsatdi), ‫أسعدَنِّي‬
(meni xursand qildi), ‫ أبعدَنِّي‬(meni uzoqlashtirdi) kabi aytasizlar. Bu birikma olmoshini
ismlarga qo‘shib ‫ ُمرْشَِّ ُدنِّي،َ ُمسعِّدُنِّي‬deb aytmaysizlarku”. (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005:
123)
Basraliklarning ba’zilari taajjubni anglatuvchi َ‫ أ َْفع ََل‬vazni fe’ldir, degan fikrni
qattiq tutib aytadilarki, “Taajjubni anglatuvchi َ‫ أ َْفع ََل‬vaznining fe’lligiga dalil shuki, u
o‘zidan keyin kelayotgan aniq holatdagi ismni ham, noaniq holatdagi ismni ham
tushum kelishigida o‘qilishiga majbur qiladi. Sifatning orttirma darajasini ifodalovchi

َ‫ أ َْفع َُل‬vaznidagi ismni oladigan bo‘lsak, u ismlarni faqatgina noaniq holatda tushum
kelishigida o‘qitadi, xususan, tamyiz, ya’ni cheklovda. Masalan, َ‫ زيدَأكبرَُمنكََ ِّسنا‬(Zayd
sendan yosh jihatdan kattadir), َ‫ وأكثر َمنك َعلما‬(va sendan ilmliroqdir) kabi. Biroq bu
jumlalardagi ‫ أ َْفعَل‬vaznidan keyin kelayotgan ismlarni aniq holatda ََّ‫ زيدَأكبرَُمنكَََالسِّن‬yoki
ََ‫ وأكثرَمنكَالعلم‬shaklida o‘qish joiz bo‘lmaydi.

Taajjubni anglatuvchi َ‫ أ َْفع ََل‬vaznidan keyin kelayotgan ism aniq holatda kelishi
mumkin ekan, demak u fe’llikka dalolat qiladi. Masalan, ‫ ماَأكبرََالسنََّله‬(u naqadar katta
yoshli!) yoki ‫ ماَأكثرََالعلمََله‬(u qanchalar ilmli!)” (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005: 124)

Kufaliklar bu dalillarni ham inkor qilishib, o‘z maktablarining xususiyatlariga

mos ravishda jumla tarkibida kelgan cheklovning aniq holatda qo‘llanilgan ba’zi

arablardan eshitgan ishonchsiz baytlarni misol qilib keltirishadi. Basraliklar esa bu

baytlarning aniq muallifini topishib, uning aslida cheklov aniq holatda emasligini

aytishib kufaliklarni mot qiladilar. (Al-Anbariy, Kamoliddin. 2005: 124-126)
Basraliklar yana, taajjubni anglatuvchi ََ‫ أ َْفعَل‬vaznining fe’lligiga dalil qilib bu

vazndagi so‘zning oxirgi harakati fatha bilan tugallanishini, bu esa o‘tgan zamonga

dalolat qilishini aytadilar. Ularning fikrlaricha, agar bu vazndagi so‘z fe’l bo‘lmaganda

edi, u fathaga mabniy qilinmas edi (ya’ni doimo o‘zgarmasdan fatha harakatida muqim
bo‘lmas edi). Chunki u agar ism bo‘lsa edi, "‫ " َما‬yuklamasining xabari3 sifatida bosh
kelishikda bo‘lar edi. Agar u bosh kelishikda bo‘lmas va uning oxirgi harakati doimiy

o‘zgarmasdan fathaga mabniy qilingan ekan, demak u fe’ldir.

XULOSA

Basra va Kufa, arab tili grammatikasining ikki buyuk maktabi o‘rtasidagi
grammatik farqlarni o‘rganish nafaqat lingvistik, balki arab tilining madaniy va falsafiy
asoslarini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ushbu maktablar vakillari o‘rtasidagi
munozaralar, masalan, «‫ »أفْعل‬(af‘ala) shaklida hayratni ifodalashdagi qo‘llanilishi
masalasidagi bahslar, arab grammatikasining nafaqat boyligini, balki uning ko‘p
ma’noliligini ham aniq ko‘rsatadi. Turli nazariyalarni tahlil qilish jarayonida,
«af’ala»ni tushunishning turli yondashuvlari arab tilining talqinidagi chuqur farqlarni
ochib beradi. Kufa maktabi bu shakldagi so‘zni ism deb qarasa, Basra maktabi uni fe’l
deb hisoblaydi. Ushbu tushunchalarni muhokama qilish, klassik arab matnlarida hamda
zamonaviy grammatik manbalarda keltirilgan misollar, arab tilining tuzilishini
chuqurroq tushunish uchun ularning to‘g‘ri talqin qilinishi muhimligini ta’kidlaydi.

Oxir-oqibat, ba’zi grammatik konstruksiyalarni talqin qilishda mavjud bo‘lgan
farqlarga qaramay, har ikki maktab arab filologiyasining rivojiga beqiyos hissa
qo‘shgan va ularning tadqiqotlari hozirgi kunda ham arabshunoslik uchun dolzarb
bo‘lib qolmoqda. Bunday tushunchalarni chuqur tahlil qilish nafaqat arab
grammatikasining murakkab jihatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi, balki
tilning evolyutsiyasi, uning moslashuvi va turli tarixiy davrlarda qanday qabul
qilinishini ko‘rishimizga ham yordam beradi. Taajjubni anglatuvchi َ‫ أ َْفع ََل‬vaznining fe’l

3 "‫ " َما‬yuklamasining xabari”ni shartli ravishda "‫ " َما‬yuklamasining kesimi, deb atash mumkin.

yoki ism ekanligi shu tariqa davom etadi. Buni yaxshilab o‘rganib chiqqan “Al-insof”
asarining muallifi basraliklarning keltirgan dalillariga yon bosib, ularning fikrlarini
qo‘llab-quvvatlaydi va ularning fikrlarini asosli deb topadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLARَRO‘YXATI:
1. Abdujabborov, Abduxafiz (2007) Arab tili. – Toshkent.
2. Гранде Б.М. (1998) Курс арабской грамматики в сравнителноисторическом освящении. – Москва.
3. Ibroximov N., Yusupov M. (1997) Arab tili grammatikasi. – Toshkent.
4. Ковалев А.А., Шарбатов Г.Ш. (1998) Учебник арабского языка. – Москва.
5. Кузмин С.А. (2001) Учебник арабского языка. – Москва.
6. Nasirova, Malika (2019) Scientific heritage of Makhmud Zamakhshari
and actual questions of the studies of Mavarennakhr’s linguistic school // The Light of
Islam: Vol. 2019: Iss.َ1,َArticle 15.
7. Nasirova, Malika (2019) Incomplete conjunction of words in the arabic
grammar // The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 4, Article 15.
8. Nasirova, Malika (2020) Semantic classification of auxiliary verbs in arabic
language // The Light of Islam: Vol. 2020: Iss. 1. Article 16.
9. Nosirova, Malika (2005) Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj fi-n-nahv”
risolasi. Monografiya. – Toshkent.
10. Nasirova, Malika (2020) Arab tili grammatikasining nazariy masalalariga oid
qarashlar. Monografiya. – Toshkent.
11. Talabov, Eminjon. (1993) Arab tili. – Toshkent.
12. Шагал. (1981) Учебник арабского языка. – Москва.
13. َ‫كمالَالدينَأبيَالبركاتَعبدَالرحمنَابنَمحمدَبنَأبيَسعيدَالأنباريَالنحويَ.َالإنصافَفي‬
َ.2005–‫مسائلَالخلافَبينَالنحويينَالبصريينَوالكوفيين..دارَالطلائعَللنشرَوالتوزيعَوالتصدير.َالقاهرة‬
–‫الصفحة‬
14. َ‫ص‬.240 َ2002–‫أبوَبكرَعلىَعبدَالعليمَ.َدروسَفيَالاعراب.َ.القاهرة‬
15. 2014.َ.‫.أبوَبكرَعلىَعبدَالعليم.َمكتبةَالأسرةَفيَالنحو.َالقاهرة‬
16. 1992َ,‫أنطونَالدحدحَ.معجمَالقواعدَالعربيةَالعالمية.َ–لبنان‬
17. 147- ‫ .ص‬2004 – ‫النحوَالوافي.َحسنَعباس .مصر‬
18. 408َ.‫م.َص‬1987/.‫َه‬1323َ،َ‫محمودَالزمخشري.المفصلَفىَصنعةَالأعراب.َمصر‬
19. ‫ .بيروت .جامعَالدروسَالعربية .مصطفىَغلاييني‬2002.- ‫ .ص‬331
20. َ‫ .مصر -.ملخصَقواعدَاللغةَالعربية .فؤادَنعمة‬1987- ‫ص‬.214
21. ‫ .بيروت .النحوية وَدراياته بنَالأنباري أبوَالبركات فاضلَصالحَالسامرائي‬2016 –‫ .ص‬325

Internet saytlar:
1. www.arabdict.com
2. www.drmosad.com
3. www.al-ahram.org
4. www.al-axbar.org

REFERENCES:
1. Abdujabborov, Abduxafiz (2007) Arab tili. – Toshkent. (In Uzbek)
2. Grade B.M. (1963) Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelno-istoricheskom
osvyashenii. – Moskva. (In Russian)
3. Ibroximov N., Yusupov M. (1997) Arab tili grammatikasi. – Toshkent. (In
Uzbek)
4. Kovalev A.A., Sharbatov G. Sh. (1998) Uchebnik arabskogo yazika. – Moskva.
(In Russian)
5. Kuzmin S.A. (2001) Uchebnik arabskogo yazika. – Moskva. (In Russian)
6. Nasirova, Malika (2019) Scientific heritage of Makhmud Zamakhshari and
actual questions of the studies of Mavarennakhr’s linguistic school // The Light of
Islam: Vol. 2019: Iss.َ1,َArticle 15.
7. Nasirova, Malika (2019) Incomplete conjunction of words in the arabic
grammar // The Light of Islam: Vol. 2019: Iss. 4, Article 15.
8. Nasirova, Malika (2020) Semantic classification of auxiliary verbs in arabic
language // The Light of Islam: Vol. 2020: Iss. 1. Article 16.
9. Nosirova, Malika (2005) Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj fi-n-nahv”
risolasi. Monografiya. – Toshkent. (In Uzbek)
10. Nasirova, Malika (2020) Arab tili grammatikasining nazariy masalalariga oid
qarashlar. Monografiya. – Toshkent. (In Uzbek)
11. Talabov, Eminjon. (1993) Arab tili. – Toshkent. (In Uzbek)
12. Shagal. (1981) Uchebnik arabskogo yazika. – Moskva (In Russian)
13. َ‫كمالَالدينَأبيَالبركاتَعبدَالرحمنَابنَمحمدَبنَأبيَسعيدَالأنباريَالنحويَ.َالإنصافَفي‬
َ.2005–‫مسائلَالخلافَبينَالنحويينَالبصريينَوالكوفيين..دارَالطلائعَللنشرَوالتوزيعَوالتصدير.َالقاهرة‬
–‫الصفحة‬
14. َ‫ص‬.240 َ2002–‫أبوَبكرَعلىَعبدَالعليمَ.َدروسَفيَالاعراب.َ.القاهرة‬
15. 2014.َ.‫.أبوَبكرَعلىَعبدَالعليم.َمكتبةَالأسرةَفيَالنحو.َالقاهرة‬
16. 1992َ,‫أنطونَالدحدحَ.معجمَالقواعدَالعربيةَالعالمية.َ–لبنان‬
17. 147- ‫ .ص‬2004 – ‫النحوَالوافي.َحسنَعباس .مصر‬
18. 408َ.‫م.َص‬1987/.‫َه‬1323َ،َ‫محمودَالزمخشري.المفصلَفىَصنعةَالأعراب.َمصر‬
19. ‫ .بيروت .جامعَالدروسَالعربية .مصطفىَغلاييني‬2002.- ‫ .ص‬331
20. َ‫ .مصر -.ملخصَقواعدَاللغةَالعربية .فؤادَنعمة‬1987- ‫ص‬.214
21. ‫ .بيروت .النحوية وَدراياته بنَالأنباري أبوَالبركات فاضلَصالحَالسامرائي‬2016 –‫ .ص‬325

Internet saytlar:

1. www.arabdict.com
2. www.drmosad.com
3. www.al-ahram.org
4. www.al-axbar.org