ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Artistic-aesthetic functions of language units

Erkinova Nigora Esanovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTIONS OF LANGUAGE UNITS

Erkinova Nigora Esanovna
Oriental University,

Acting associate professor of
the Eastern languages department
e-mail: nigoraerkinova68@gmail.com

Abstract. The article highlights that, since the last quarter of the 20th century, a
new direction in world linguistics, called anthropocentrism, has emerged. This field
studies language in connection with the people who use it. It notes that this approach
has introduced a fresh perspective, treating language not merely as a structure but as
something that manifests in speech, particularly in the form of text. Modern linguistics
now views language as a mental and spiritual phenomenon that influences various
aspects of a person’s identity, including their psyche, culture, social status, gender, age,
and profession. Specifically, in evaluating poetic texts from a linguapoetic perspective,
the relationship between the author and the text plays a crucial role. The article explains
that linguapoetic elements, such as doubled or repeated vowels and consonants,
figurative language, and other stylistic devices, are skillfully employed in poetry to
create aesthetic enjoyment for the reader.

Keywords: linguapoetics, anthropocentrism, mental-spiritual phenomenon,
poetic texts, context.

TIL BIRLIKLARINING BADIIY-ESTETIK VAZIFALARI

Erkinova Nigora Esanovna
Oriental universiteti,

O‘zbek va sharq tillari kafedrasi dotsenti v.b.
e-mail: nigoraerkinova68@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada o‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab dunyo
tilshunosligida tilni undan foydalanuvchi inson bilan aloqadorlikda o‘rganuvchi yangi
oqim – antropotsentrik yo‘nalish yuzaga kelganligi, mazkur tilshunoslik yo‘nalishi
tilni nutqda matn ko‘rinishida voqelanuvchi hodisa sifatida chegaralab o‘rganuvchi
yondashuvlarga yangicha vazifa qo‘yganligi, ya’ni zamonaviy tilshunoslikda
kommunikatsiya jarayonida tilni inson ruhiyati, madaniyati, uning ijtimoiy mavqeyi,
jinsi, yoshi, kasb-kori kabilarda o‘z izini qoldiruvchi mental-ruhiy hodisa sifatida
o‘rganilish yuzaga kelganligi haqida fikr yuritiladi. Xususan, she’riy matnlarni
lingvopoetik aspektda baholashda muallif-matn omili muhim o‘rin tutishi ijodkorlar
asarlari misolida asoslanib, ularning milliy tilimiz imkoniyatlaridan to‘laqonli
foydalanganligi ochib berilgan. She’rlarda ikkilantirilgan, takror qo‘llangan, so‘zdagi
o‘rni almashtirilgan unli va undosh tovushlar, ko‘chma ma’noli so‘zlar kabi

lingvopoetik ahamiyatli birliklarning o‘quvchiga estetik zavq berishda samarali
qo‘llanganligi izohlangan.

Kalitَ so‘zlar:َ lingvopoetika, antropotsentrizm, mental-ruhiy hodisa, she’riy
matnlar, kontekst.

ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКИЕَЗАДАЧИَЯЗЫКОВЫХَЕДИНИЦ

ЭркиноваَНигораَЭсановна
Университет Ориентал,
И.о. доцента

кафедры Восточных языков
e-mail: nigoraerkinova68@gmail.com

Аннотация. В статье констатируется, что с последней четверти прошлого
века в мировой лингвистике возникло новое направление антропоцентризм,
изучающей язык в отношению к человеку, пользующий им, что это направление
языкознания поставило новую задачу перед подходами, ограничивающими язык
как явление, возникающее в речи в форме текста, то есть в современном
языкознании считается, что в процессе общения язык усваивается как психическидуховное явление, накладывающее свой отпечаток на психику, культуру,
социальный статус человека, пол, возраст, профессию и т. д. В частности, при
оценке поэтических текстов с лингвопоэтического аспекта важную роль играет
авторско-текстовый фактор. Поясняется, что в стихотворениях эффективно
используются единицы лингвопоэтического значения, такие как удвоенные,
повторяющиеся, замененные гласные и согласные, слова с переносным
значением, доставляющие читателю эстетическое удовольствие.

Ключевыеَслова:َлингвопоэтика, антропоцентризм, ментально-духовный
феномен, поэтические тексты, контекст.

KIRISH
O‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab dunyo tilshunosligida tilni undan
foydalanuvchi inson bilan aloqadorlikda o‘rganuvchi yangi oqim – atropotsentrik
yo‘nalish yuzaga keldi. Antropotsentrik tilshunoslik tilni nutqda matn ko‘rinishida
voqelanuvchi hodisa sifatida chegaralab o‘rganuvchi yondashuvlarga chek qo‘ydi.
Zamonaviy tilshunoslikda kommunikatsiya jarayonida til inson ruhiyati, madaniyati,
uning ijtimoiy mavqeyi, jinsi, yoshi, kasb-kori kabilarda o‘z izini qoldiruvchi mentalruhiy hodisa sifatida o‘rganila boshlandi. Natijada tilni inson omili bilan bog‘liq holda
o‘rganuvchi antroposentrik tilshunoslikning sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik,
psixolingvistika, pragmalingvistika, lingvomadaniyatshunoslik, etnolingvistika,
assotsiativ tilshunoslik kabi zamonaviy yo‘nalishlari ajralib chiqdi. Mazkur
yo‘nalishlar inson tildan foydalanishida unga ta’sir ko‘rsatishi va, o‘z navbatida,

tilning insonga ta’siri masalasini o‘rganishga bo‘lgan yondashuviga ko‘ra bir-biridan
farq qiladi. Jumladan, psixolingvistika inson ruhiyatining nutqida namoyon bo‘lishi,
sotsiolingvistika jamiyat, insonga xos ijtimoiy xususiyatlarning til egalari nutqida aks
etishi, kognitiv tilshunoslik inson bilimlarining tilga ko‘chishi, assotsiativ tilshunoslik
inson tasavvurlari va u asosida hosil bo‘lgan assotsiatsiyalarining tilda voqelanishi
masalasini o‘rganishiga ko‘ra ajralib turadi. Antropotsentrik tilshunoslikning mana
shunday yangi yo‘nalishlaridan yana biri lingvopoetikadir. Lingvopoetika tilshunoslik
va adabiyotshunoslik sohalarini birlashtiruvchi antropotsentrik tilshunoslikning yangi
yo‘nalishi bo‘lib, tilning badiiy-estetik vazifalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Dunyo tilshunosligida lingvopoetik aspektda qator ishlar amalga oshirilgan.
Ushbu sohaning nazariy asoslari, tahlil tamoyillari V.V. Vinogradov, B.A. Larin,
V.P..Grigoryev, N.M. Shanskiy, M.E. Konurbayev va boshqalarning ishlarida turli
yo‘nalishlardagi matnlar misolida ishlab chiqildi. O‘zbek tilshunosligida
birinchilardan bo‘lib tilshunos olim N. Mahmudovning maqolalarida lingvopoetikaning nazariy masalalari o‘rtaga tashlandi (Маҳмудов Н., 1985: 48-51).
N..Mahmudov lingvopoetikani kontekstda til birliklari orqali namoyon bo‘ladigan
estetik xususiyatlarni o‘rganuvchi filologiyaning alohida bo‘limi sifatida ta’riflaydi.
Uning ta’kidlashicha, “Til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki estetik ta’sir ko‘rsatish
quroli hamdir” (Маҳмудов Н., 2016: 27).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada o‘zbek shoirlari she’rlari tahlili misolida tildagi ayrim fonetik,
leksik va grammatik birliklarning estetik vazifalari yoritildi.
Ma’lumki, o‘zbek adiblari badiiy asar yozishda tilning barcha birliklaridan
lingvopoetik maqsadlarda unumli foydalanishgan. M..Yo‘ldoshev to‘g‘ri
ta’kidlaganidek, “Tildagi estetik vazifani ishga solish uchun ijodkor o‘z badiiy niyatiga
muvofiq ravishda tildagi bitmas-tuganmas ifoda imkoniyatlaridan istaganini tanlaydi.
Bunday imkoniyat esa tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik sathlarning
barchasida mavjud. Har bir sath va sathlararo birliklarning turli kombinatsiyalari
asosida badiiy-estetik butunlik sari boradi. Ijodkor hech qachon muayyan bir sathga
oid estetik imkoniyat bilan chegaralanib qolmaydi” (Йўлдошев М., 2008: 102).

TAHLIL VA NATIJALAR
Lingvopoetika insonning, aniqrog‘i, so‘z san’atkorlarining badiiy asarda til
vositalaridan qanday maqsadda foydalanishi, asar yaratishda til birliklariga estetik
vazifa yuklashi va shu orqali o‘z ijod mahsulining badiiyligi, ta’sir quvvati,
estetikligini oshirishi masalasini tahlil qiladi. Mazkur tilshunoslik sohasi, asosan,
quyidagi muammolarni o‘rganadi:

1) badiiy asar, ya’ni poetik va nasriy asarlarda qo‘llangan til vositalarining
estetiklik xususiyati, ularning badiiylikni ta’minlashi, ta’sirchanlikni yuzaga keltirishi;

2) til vositalari (fonetik, leksik, grammatik, intonatsion vositalar)ning
konnotativlikni hosil qilishdagi roli;

3) til birliklarining (leksik, grammatik) obrazlilikni hosil qilishdagi o‘rni;
4) til birliklarining badiiy san’atlarni hosil qilishi va bundan ko‘zlangan
lingvopoetik maqsad.
She’riyatda, ayniqsa, undosh va unli tovushlar takroridan foydalanish poetik
matnning estetik qiymatini oshiradi. Shoirlarimiz undosh va unli tovushlar takroriga
asoslangan alliteratsiya, assonans kabi badiiy tasvir usullaridan unumli foydalanib,
go‘zal she’rlar yaratishgan:
E. Vohidov qalamiga mansub “Qaro qoshing” she’rida q tovushiga asoslangan
alliteratsiya hodisasi kuzatiladi. She’rda q tovushi bilan boshlanuvchi so‘zlar ketmaketlikda kelib, undosh tovushlar uyg‘unligini hosil qilgan.

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz
Qilur qatlima qasd qayrab –
Qilich qotil qaroshing, qiz…
Bilamizki, ba’zi ilmiy manbalarda alliteratsiyaning bir xil tovushlar takrori
asosida hosil qilinishi qayd etiladi. Bunday holatda tovushlarga konnotativ ma’no
yuklatiladi va badiiy matnning estetikligi yuzaga chiqishiga erishiladi. Masalan:
Sen ham shundaymiding, ayt-chi azizim,
Sevganmiding meni ko‘rmasdan turib?
Suvlar yoqasida xayol surib jim,
Izlarmiding meni bog‘larda yurib?
Taniqli shoira S. Zunnunovaning “Sen ham shundaymiding…” she’ridan olingan
mazkur parchada s undoshining takrorida duch kelamiz. Ushbu she’riy parchada s
tovushining so‘z boshida takror kelishi o‘ziga xos konsonans alliteratsiyani hosil
qilgan. Assonans she’riy matnlarda bir xil yoki o‘xshash unli tovushlarning takrori
asosida musiqiylik va emotsional ta’sir yaratishga qaratilgan badiiy tasvir usulidir.
Shoirlar assonans yordamida she’rlarida ohangdorlikni hosil qilib, uning ta’sir kuchini
oshirishga erishadilar. T. Butunbayeva “… assonans bir xil yoki o‘xshash unlilarning
takrorlanishi natijasida ohangdoshlikni yuzaga keltiruvchi stilistik figuralardan biri
bo‘lib, badiiy nutqqa ohangdorlik va emotsional-ekspressivlik bag‘ishlaydigan fonetik
usul sifatida she’riyatda keng qo‘llanishi haqida fikr bildiradi (Бутунбаева Т., 2021:
15). Masalan:
Chaqqon odim tashlab mehnat qilmasang,
Kun ko‘rish qiyinroq bo‘ldi bu zamon.
Maqsadingga o‘ylab-o‘ylab yetmasang,

Qiyin bo‘ldi kun ko‘rmaklik bu zamon.
Berdaq qalamiga mansub “Bu zamon” she’ridan olingan ushbu she’riy
misralarda a, o unli tovushlarining takrori kuzatiladi, bu esa assonansni hosil qilib,
matnda ohangdorlikni yuzaga keltirgan.
Poetik matnda leksik birliklar ham lingvopoetik vazifa bajaradi. Ijodkor
tomonidan amalga oshirilgan so‘zlar tanlovi va ularning badiiy matndagi estetik
vazifasini leksik tahlillar orqali ko‘rsatish mumkin. Nodiraning quyida keltirilgan
“Nigorimdin ayirding, ey ajal, faryod dastingdin…” deb boshlanuvchi g‘azalida matn
ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qilgan dastingdin so‘zining 15 marta
takrorlanganligi kuzatiladi. Mazkur g‘azaldagi dastingdin so‘zining faryod, dod,
barbod, obod, noshod, hurizod so‘zlari bilan birikib kelishi dramatik holatni
kuchaytiradi va ijodkorning qalbidagi og‘riqli his-tuyg‘ularini namoyon qiladi. Bu
holatda dod (fig‘on) taqdirga qarshi alam va fig‘onni, chuqur ruhiy azobni ifodalash
uchun qo‘llangan:

Nigorimdin ayirding, ey ajal, faryod dastingdin,
Ajab ermas gar etsam dam-badam yuz dod dastingdin,
Ki bo‘ldi sabr-u toqat xirmani barbod dastingdin,
Ulusni xonumoni bo‘lmadi obod dastingdin,
Parishonhol erurman xotirim noshod dastingdin,
Qilurman, ey sipehri bemuruvvat, dod dastingdin,
Asiri xokdur ul sarvi hurizod dastingdin…
Badiiy asarlarda morfologik va sintaktik birliklarga ham lingvopoetik vazifa
yuklatiladi. Ko‘pincha bu birliklarning matn tarkibida takror ishlatilishi (morfologik
va sintaktik parallelizm) kuzatiladi. Bunday vaqtda matnda ta’kidni hosil qilish,
tasvirni bo‘rttirish, uning ta’sirchanligini oshirishga erishiladi. S. Umirova qayd
etganidek, “… parallelizm va uning sintaktik, leksik, grammatik turlari va epifora,
anafora kabi hodisalar tilning qaysi sathiga daxldor bo‘lishidan qat’i nazar, muhim bir
poetik vazifaga – ekspressivlikka xizmat qiladi” (Умирова С., 2019: 17).
E..Vohidov qalamiga mansub quyidagi she’riy parchada shoirning
parallelizmdan oqilona foydalanganiga guvohi bo‘lamiz:
Fikr-u zikrim o‘sha she’rda,
O‘sha she’rda butun xayolim. (“Yo‘qolgan she’r”)
Yoki:
Mayli edi, bir bora ko‘rsam,
Bir bor ko‘rib fido qilsam jon. (“Yo‘qolgan she’r”)
Har ikki she’riy parchada sintaktik parallelizm kuzatiladi. Shoir sintaktik takror
orqali ta’kid, qat’iyatlilik kabi konnotativ ma’nolarni hosil qilgan. Bu esa muhim bir
poetik vazifa – ekspressivlikka xizmat qilgan.

She’riy matnlarda metaforik ma’noda qo‘llangan so‘z va so‘z birikmalari juda ko‘p
uchraydi. Masalan, Zulfiyaning “Men o‘tgan umrga” she’ridan keltirilgan parchada
ko‘chma ma’noda qo‘llangan hayot kitobi birikmasi she’r davomida ijodkorning
yuragidagi iztirob va qayg‘uni, sog‘inch hamda alamni ifodalashga zamin yaratgan.

Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab.
Suyish kerak bo‘lsa – telbacha suydim.
Har bir ijodkor muayyan so‘zni ko‘chma ma’noda qo‘llash orqali uning matniypoetik imkoniyatlarini ochib beradi. O‘z navbatida, badiiy nutqda to‘g‘ri va o‘rinli
tanlangan ko‘chma ma’noli so‘zlar ijodkorning lisoniy mahoratini namoyon qiladi.
So‘zning ma’no yukini oshirish, ramz va obraz yaratishda ko‘chma ma’noli
birliklardan foydalanish stilistik rang-baranglikni ta’minlashga xizmat qiladi.

XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, bugungi kunda dunyo tilshunosligida
lingvopoetika til birliklarining estetik vazifasini ochib beruvchi, tilning inson qalbi va
ongiga qanday ta’sir qilishini yoritishga xizmat qiluvchi tilshunoslikning yangi
yo‘nalishi sifatida tadqiqotchilar e’tiborini tortib kelmoqda.

FOYDALANILGANَADABIYOTLARَRO‘YXATI:
1. Виноградов В.В. (1969) Стилистика, теория поэтической речи. Поэтика.
– Москва. – 256 с.
2. Виноградов В.В. (1981) Проблемы русской стилистики. – Москва:
Высшая школа. – 320 с.
3. Ларин Б.А. (1974) Эстетика слова и язык писателя. – Ленинград:
Художественная литература. – 288 с.
4. Григорьев В.П. (1979) Поэтика слова. – Москва: Наука. – 343 с.
5. Кожин И. и др. (1985) Структура и функционирование поэтического
текста. Очерки лингвистической поэтики. – Москва: Наука. – 221 с.
6. Шанский Н.М. (1990) Лингвистический анализ художественного текста.
– Ленинград: Просвещение. – 425 с.
7. Маҳмудов Н. (1985) Ойбек шеъриятидаги ўхшатишларнинг
лингвопоэтикаси // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент. – №6. – Б. 48-51
8. Маҳмудов Н. (1987) А. Қаҳҳор ҳикояларининг лингвопоэтикасига доир
// Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент. – № 4. – Б. 34-36.
9. Маҳмудов Н. (2016) Тил сиёсати ва сиёсат тили // Ўзбек тили ва
адабиёти. – Тошкент. – № 4. – Б. 27.
10. “Нодира шеъриятидан”. Ўзбекистон фанлар академияси қўлёзмалар
институти. Ўзбекистон КП Марказий Комитетининг нашриёти. – Тошкент, 1979.

11. Умирова С. Ўзбек шеъриятида лингвистик воситалар ва поэтик
индивидуаллик (Усмон Азим шеърияти мисолида) Филол. фан. бўйича фал. д-ри
(PhD) … дисс. автореф. – Самарқанд – 2019.

12. Йўлдошев М. (2008) Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Тошкент: Фан. –
Б. 102.

13. Бутунбаева Т.А. (2021) Замонавий назмий дискурсда индивидуалликни
таъминловчи лисоний воситалар (Аъзам Ўктам ва Минҳожиддин Мирзо
шеърияти мисолида): Филол. фан. бўйича фал. д-ри. (PhD) ... дисс. – Самарқанд.

REFERENCES:

1. Vinogradov V.V. (1969) Stilistika, teoriya poeticheskoy rechi. Poetika. –
Moskva. – 256 s. (In Russian)

2. Vinogradov V.V. (1981) Problemi russkoy stilistiki. – Moskva: Visshaya
shkola. – 320 s. (In Russian)

3. Larin B.A. (1974) Estetika slova i yazik pisatelya. – Leningrad:
Xudojestvennaya literatura. – 288 s. (In Russian)

4. Grigoryev V.P. (1979) Poetika slova. – Moskva: Nauka. – 343 s. (In Russian)
5. Kojin I. i dr. (1985) Struktura i funksionirovaniye poeticheskogo teksta.
Ocherki lingvisticheskoy poetiki. – Moskva: Nauka. – 221 s. (In Russian)
6. Shanskiy N.M. (1990) Lingvisticheskiy analiz xudojestvennogo teksta. –
Leningrad: Prosvesheniye. – 425 s. (In Russian)
7. Mahmudov N. (1985) Oybek sheʼriyatidagi o‘xshatishlarning lingvopoetikasi
// O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent. – №6. – B. 48-51. (In Uzbek)
8. Mahmudov N. (1987) A. Qahhor hikoyalarining lingvopoetikasiga doir //
O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent. – № 4. – B. 34-36. (In Uzbek)
9. Mahmudov N. (2016) Til siyosati va siyosat tili // O‘zbek tili va adabiyoti. –
Toshkent. – № 4. – B. 27. (In Uzbek)
10. “Nodira sheʼriyatidan”. O‘zbekiston fanlar akademiyasi qo‘lyozmalar
instituti. O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining nashriyoti. – Toshkent, 1979. (In
Uzbek)
11. Umirova S. O‘zbek sheʼriyatida lingvistik vositalar va poetik individuallik
(Usmon Azim sheʼriyati misolida) Filol. fan. bo‘yicha fal. d-ri (PhD) … diss. avtoref.
– Samarqand – 2019. (In Uzbek)
12. Yo‘ldoshev M. (2008) Badiiy matn lingvopoetikasi. – Toshkent: Fan. – B.
102. (In Uzbek)
13. Butunbayeva T.A. (2021) Zamonaviy nazmiy diskursda individuallikni
taʼminlovchi lisoniy vositalar (Aʼzam O‘ktam va Minhojiddin Mirzo sheʼriyati
misolida): Filol. fan. bo‘yicha fal. d-ri. (PhD) ... diss. – Samarqand. (In Uzbek)