ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Analysis of six prepositions in Arabic based on the works of Abdulqahir Jurjani and Mustafa Ghalayni

Talipov Nodir Batirovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

ANALYSIS OF SIX PREPOSITIONS IN ARABIC BASED ON THE WORKS
OF ABDULQAHIR JURJANI AND MUSTAFA GHALAYNI

Talipov Nodir Batirovich
Senior lecturer of the

Department of Oriental Languages,
Oriental University

Tel.: +998 97 739-99-20
e-mail: ntalipov@gmail.com

Annotation. Arabic prepositions possess unique characteristics that set them
apart from those in other languages. Proper comprehension of their meanings and
accurate application in sentences are essential for mastering the language. This article
presents a comparative analysis of six specific prepositions. The primary source for
this study is the 11th-century work «Al-Awamil Al-Mi’a» by the renowned Arab
linguist Abd al-Qahir al-Jurjani. A manuscript copy of this work, transcribed in 1271
Hijri by the scribe Sayyid Nafs, has been preserved under catalog number 5213 IV in
the collection of the Abu Rayhan Beruni Institute of Oriental Studies. For comparative
analysis, the work «Jami’ al-Durus al-Arabiyya» by the distinguished 20th-century
Arabist Mustafa al-Ghalayni, published in 2000, was also utilized. Examples of
Qur’anic verses cited in these works were translated using Sheikh Muhammad Sadiq
Muhammad Yusuf’s «Tafsiri Hilal», published in 2023. This study aims to provide
insights into the nuanced meanings and functions of Arabic prepositions by drawing
from both classical and modern sources.

Keywords: Preposition, Al-Awamil Al-Mi’a, Abd al-Qahir al-Jurjani, Mustafa
Ghalayni, syntax, Arabic grammar, Qur’anic studies, comparative analysis.

ABDULQOHIRَJURJONIYَVAَMUSTAFOَG‘ALAYNIY ASARLARI
ASOSIDA ARAB TILIDAGI OLTI PREDLOGNING TAHLILI

Talipov Nodir Batirovich
Oriental Universiteti,

Sharq tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 97 739-99-20

e-mail: ntalipov@gmail.com

Annotatsiya. Maʼlumki, arab tilida old ko‘makchilar o‘ziga xosligi bilan boshqa
tillardan ajralib turadi. Ularning maʼnolarini to‘g‘ri tushunish, jumlalarda ularni to‘g‘ri
ishlatish muhim hisoblanadi. Shu sababli ushbu maqolamizda oltita old ko‘makchi
qiyosiy tahlil qilingan. Asos sifatida XI asrning mashhur tilshunos olimi Abdulqohir
Jurjoniy qalamiga mansub «Al-Avomil al-mi’a» asarining Abu Rayhon Beruniy

nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida 5213 IV raqami ostida saqlanayotgan 1271-
yil hijriy yilda xattot Sayyid Nafs tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasidan
foydalanilgan. Maʼnolarni qiyosiy tahlil qilish uchun XX asrning taniqli arabshunos
olimi Mustafo G‘alayniyning 2000-yilda nashr qilingan «Jamiʼ ad-durus al-aʼrabiya»
asari tahlil doirasiga kiritilgan. Mazkur asarlarda Qurʼoni Karim oyatlaridan keltirilgan
misollar tarjimasi Shayx Muhammad Sodiq Muhuammad Yusufning 2023-yilda nashr
qilingan «Tafsiri Hilol» kitobidan olingan.

Kalitَso‘zlar: Old ko‘makchi, Al-Avomil al-mi’a, Abdulqohir Jurjoniy, Mustafo
G‘alayniy, sintaksis, arab grammatikasi, qurʼoniy tadqiqotlar, qiyosiy tahlil.

АНАЛИЗَШЕСТИَПРЕДЛОГОВَВَАРАБСКОМَЯЗЫКЕَНАَОСНОВЕَ
РАБОТَАБДУЛКАХИРАَДЖУРДЖАНИَИَМУСТАФЫَГАЛАЙНИЙ

ТалиповَНодирَБатирович
Старший преподаватель

кафедры Восточных языков
университета Ориентал
Teл.: +998 97 739-99-20

e-mail: ntalipov@gmail.com

Аннотация. Арабские предлоги обладают уникальными характеристиками,
которые выделяют их среди предлогов других языков. Глубокое понимание их
значений и правильное использование в предложениях имеют ключевое
значение для овладения арабским языком. В статье представлен сравнительный
анализ шести предлогов. Основным источником исследования послужил труд XI
века «Аль-Авамиль аль-миъа» выдающегося арабского лингвиста Абдулкахира
Джурджани. Рукописная копия этой работы, выполненная в 1271 году хиджры
писцом Саййидом Нафсом, хранится под номером 5213 IV в фонде Института
востоковедения имени Абу Райхана Беруни. Для сравнительного анализа также
был использован труд «Джами ад-дурус аль-арабийя» известного арабиста XX
века Мустафы Галайний, опубликованный в 2000 году. Переводы цитируемых
аятов Корана взяты из книги шейха Мухаммада Садыка Мухаммада Юсуфа
«Тафсири Хилал», изданной в 2023 году. Исследование направлено на выявление
тонкостей значений и функций арабских предлогов, основываясь на
классических и современных источниках.

Ключевыеَслова: Предлог, Аль-Авамиль аль-миъа, Абдукахир Джурджани,
Мустафа Галайний, синтаксис, арабская грамматика, коранические
исследования, сравнительный анализ.

KIRISH
VIII-XIII asrlarda qaror topgan ilmiy va ijodiy muhit tufayli islom dini tarqalgan
o‘lkalarda, xususan, Movarounnahr va Xurosonda uyg‘onish davri bo‘lib o‘tdi. O‘sha
davrdagi madrasalarda ham diniy, ham dunyoviy ilmlar o‘rgatildi. Katta shaharlarda
olimlar birgalikda faoliyat ko‘rsatadigan mashhur akademiyalar ochildi. Natijada,
Qurʼoni Karim va hadisi sharifni, shariat qonun-qoidalarini o‘rganish bilan bir qatorda
adabiyot, tilshunoslik, tarix, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, kimyo, maʼdanshunoslik va
boshqa dunyoviy fanlar ham taraqqiy topdi. Deyarli barcha fanlar bo‘yicha yuksak
kashfiyotlar qilindi. Qadim diyorimizdan yetishib chiqqan ulug‘ allomalar tomonidan
insoniyat tarixida muhim o‘rin tutuvchi bebaho asarlar ko‘plab yaratildi. Ushbu
asarlarning aksariyati davrimizgacha yetib kelgan. Bu asarlarning nodir nusxalari
yurtimiz xazinalarida saqlanmoqda. Qo‘lyozma fondlarimizda Ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Farobiy, Farg‘oniy, Marg‘inoniy, Zamaxshariy, Xorazmiy, Imom Buxoriy,
Imom Termiziy va boshqa buyuk vatandosh olimlarimizning asarlari bilan bir qatorda
islom olamida mashhur bo‘lgan olimlarning ham noyob asarlari saqlanmoqda.
Shulardan biri xurosonlik iste’dodli olim, mashhur tilshunos Imom Abdulqohir
ibn Abdurahmon Jurjoniydir. Abdulqohir Jurjoniy o‘z ijodining ko‘p qismini arab
tilshunosligiga bag‘ishlab, shu mavzuda noyob meros qoldirgan. Ushbu ilmiy merosi
ichida uni mashhur qilgan asari «Al-Avomil al-mi’a»dir. O‘sha davrlarda mazkur asar
Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj”, Ibn Molikning “Alfiya”, Ibn Xojibning
“Kofiya” asarlari kabi ilmi toliblar uchun arab nahvini o‘rganishdagi asosiy qo‘llanma
vazifasini o‘tagan. Ushbu asarda arab tili grammatikasi tolibi ilmlarga “omil”lar orqali
tushuntirilgan. «Al-Avomil al-mi’a» asari qisqa va lo‘nda yozilganligi sababli
yurtimizda XX asr boshlariga qadar arab tilini o‘qitishda madrasalarda asosiy
darsliklardan biri bo‘lgan va hozirga qadar o‘zining ilmiy va uslubiy dolzarbligini
yo‘qotmagan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu tadqiqot qo‘llanilgan manbalarning xilma-xilligi va tahliliy usullarning
mukammalligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotda manbalarni tanlashda ularning tarixi,
ilmiy qiymati va arab tilshunosligidagi ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Quyida
har bir manba va ulardan qanday foydalanilgani haqida batafsil maʼlumot beriladi:
1. «Al-Avomil al-mi’a» asariningَqo‘lyozmasi
1271-hijriyda yozilgan ushbu asar Abdulqohir Jurjoniyning klassik tilshunoslik
yo‘nalishidagi muhim merosi hisoblanadi. Qo‘lyozma Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda (inventar raqami 5213 IV).
Asarda arab tilining asosiy grammatik predloglari va ularning qo‘llanilishi
tushuntirilgan. Tadqiqot doirasida mazkur manbadan arab tili predloglarining tarixiy
rivojlanishiga oid ma’lumotlar tahlil qilindi.

2. MustafoَG‘alayniyningَ«Jomi’َad-durus al-arabiya» asari
2000-yilda Bayrutda chop etilgan ushbu asar zamonaviy arab tili
grammatikasining mukammal manbai hisoblanadi. Unda arab tilining morfologiyasi va
sintaksisiga oid tushunchalar bayon etilgan.
Asar tadqiqotda zamonaviy grammatik nazariyalarning asosiy tushunchalarini
tahlil qilish uchun qo‘llanildi. «Al-Avomil al-mi’a» qo‘lyozmasi bilan qiyosiy tahlil
qilish orqali klassik va zamonaviy grammatik tushunchalar o‘rtasidagi aloqalar
o‘rganildi.
3. Shayx Muhammad Sodiq Muhuammad Yusufning «Tafsiri Hilol» kitobi
(2023)
Ushbu tafsir zamonaviy va klassik arab tilidagi matnlarni mazmuniy va
grammatik jihatdan tushunishga yordam beradi. Qur’on oyatlarida qo‘llanilgan
predloglar tahlil qilinib, ularning semantik xususiyatlari va qo‘llanilishi o‘rganildi.
Tadqiqotda predloglarning arab tilidagi diniy matnlarda qanday rol o‘ynashi
haqida maxsus o‘rganishlar olib borildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqola quyidagi metodlardan foydalanilgan holda tayyorlandi:
1. Qiyosiy tahlil
«Al-Avomil al-mi’a» qo‘lyozmasi va «Jomi’ ad-durus al-arabiya» asarlari asosida
arab tili predloglari va ularning qo‘llanilishi o‘zaro solishtirildi. Bunda har bir
manbadagi tushunchalarning umumiy va farqli jihatlari aniqlandi.
2. Tarkibiy tahlil
Qur’on va boshqa manbalardan olingan misollar orqali predloglarning grammatik
va semantik vazifalari o‘rganildi. Bunda maxsus tizimlashtirish usulidan foydalanib,
predloglar tasniflandi va ularning nutq jarayonidagi roli aniqlandi.
3. Tarixiy-dasturiy tahlil
Klassik va zamonaviy manbalar orqali predloglarning rivojlanishi va o‘zgarish
jarayonlari o‘rganildi. Bunda arab tilining tarixiy va etnolingvistik xususiyatlari
hisobga olindi.
4. Mantiqiy tahlil va umumlashtirish
Har bir manbadagi ma’lumotlar umumiy kontekstda tahlil qilinib, grammatik
qoidalarning umumiyliklari va ularning amaliy ahamiyati yoritildi.
Tadqiqotda ushbu usullarning qo‘llanilishi orqali arab tili predloglarining nazariy
va amaliy ahamiyatini har tomonlama yoritish imkoni yaratildi. Bunday yondashuv
faqat grammatik tushunchalarni tushunish bilan cheklanib qolmasdan, ularning falsafiy
va madaniy ahamiyatini ham ochib berishga yordam berdi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Arab tilida so‘zlar oxiridagi unlilarni o‘zgartirib, ularga boshqa ma’no beruvchi
unsurlar «omil»lar deyiladi. Abdulqohir Jurjoniy o‘z asarida omillarni roppa-rosa
yuztasini ajratib ko‘rsatgan va ulardan bir ismni qaratqich kelishigida turishini talab
etuvchi old ko‘makchilarning sonini o‘n yettita qilib ajratgan. Biz maqolamizda ushbu
omillarga kiruvchi oltitasini, ya’ni «‫ »اللام« ,»حتى« ,»فى« ,»إلى« ,»من« ,»الباء‬old
ko‘makchilarining ma’nolarini tahlil qilib chiqamiz.
I. «‫َ»الباء‬(bilan) old ko‘makchisi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi.

َ »...‫«...الباءَوهىَللإلصاقَنحو:َمررتَبزيد‬
 «birikib», «yopishib» kelish ma’nosida, masalan: Zaydning oldidan o‘tdim.
(ya’ni, tegay-tegmay Zaydning oldidan o‘tdim);
Mustafo G‘alayiniy «‫ »الإلصاق‬(birikib, yopishib kelish) ma’nosini ikki xil
ishlatilishga ishora qiladi:
َ‫« وَالإلصاقَإماَحقيقيَنحو:َأمسكتَُبيدك.َوَمسحتَُرأسيَبيديَوَإماَمجازي،َنحو: مررتَُبدارك،َأو‬

(126َ:2000َ،‫بك،َأي:َبمكانَيقربَمنهاَأوَمنك». (َالشيخَمصطفىَالغلاييني‬

Birikib, yopishib kelish ma’nosi (ikki xil ishlatiladi):
1. Haqiqiy, masalan: qo‘lingni ushladim. Boshimni qo‘lim bilan siladim.
2. Majoziy, masalan: hovling oldidan yoki sening oldingdan o‘tdim. Ya’ni
hovliga yokiَsengaَyaqinَjoydanَo‘tdim. (Majoziy deganda, o‘sha narsaga tegar-tegmas
yaqinligi nazarda tutilmoqda. Haqiqiyda esa, o‘sha predmetga yopishib, birikib kelishi
aytilmoqda(.

»...‫«...َللتعديةَنحو،َذهبتَبزيد‬
 «o‘timlilikni»َifodalashَuchun (ya’ni o‘timsiz fe’l «‫ »الباء‬old ko‘makchisi bilan
kelganda o‘timli fe’lga aylanadi). Masalan: «Zaydni olib ketdim»;
«‫ »الباء‬old ko‘makchisi bilan o‘timsiz fe’lning o‘timli fe’lga aylanishini Mustafo
G‘alayniy boshqa usulda tushuntiradi:
َ،‫«...َالتعدية،َوَتسمىَباءَالنقل،َفهيَكالهمزةَفيَتصييرهاَالفعلَاللازمَمتعديا،َفيصيرَبذلكَالفاعلَمفعولا‬
(126َ:2000َ،‫،َأيَأذهبه،...». (الشيخَمصطفىَالغلاييني‬]17َ:َ‫ذ ََهبََاللهَُبِنُورِهَِ ْم{]البقرة‬{:‫كقولكَتعالى‬

O‘timli fe’l ma’nosida «‫ »الباء‬old ko‘makchisi «o‘timsizdan o‘timliga
o‘tkazuvchi» deb ataladi. U hamza (IV bob fe’lining «‫ »أ‬alifi) kabi o‘timsiz fe’lni
o‘timliga o‘zgartiradi, fe’liy gapning egasiَ - foil esa, vositasiz to‘ldiruvchi, ya’ni
maf’ulga aylanadi. Masalan: Qur’oni Karimda zikr qilinganidek: «Alloh nurlarini
ketkazib...» (Baqara: 17), ya’ni nurlarini olib ketib.

»...‫«...َوَللإستعانةَنحو،َكتبتَبالقلم‬
 «yordam,َ vosita»َ ma’nosida (qurol yoki qandaydir vosita yordamida
bajarilayotgan amalni ko‘rsatish uchun) masalan: «qalam bilan (yordamida, vositasida)
yozdim»;

»...‫«... وَللمصاحبةَنحو،َدخلتَعليهَبثيابَالسفر‬

 «birgalik»َ ma’nosida, masalan: «uning oldiga safar kiyimida (safar kiyim

bilan) kirdim»;

»...‫«...َوَللمقابلةَنحو،َبعتَهذاَبهذا‬

 «alishtirish, almashtirish» ma’nosida, masalan: buni buning o‘rniga sotdim;

«‫ »المقابلة‬(alishtirish) atamasi o‘rniga Mustafo G‘alayiniy «‫»العوض‬

(almashtiruvchi) atamasini qo‘llagan:

َ،‫« العوض،َوَتسمىَباءَالمقابلةَأيضًا،َوَهيَالتيَتدلَعلىَتعويضَشيءَمنَشيءَفيَمقابلةَشيءَآخر‬

(127َ:2000َ،‫(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬ .»‫نحو:َبعتكَهذاَبهذاَوَخذَالدارَبالفرس‬

«‫ - »العوض‬almashtirish ma’nosida, shuningdek u «‫ »المقابلة‬deb ham ataladi. Bunda

bir nimani boshqa narsaning o‘rniga almashtirish ma’nosi tushuniladi. Masalan: Buni

senga buning o‘rniga sotdim. Ot o‘rniga hovlini ol.

»...‫«...َوَللظرفيةَنحو،َجلستَبالمسجدَأىَفىَالمسجد‬

 «o‘rinَholi»niَifodalashda, masalan: Masjidda o‘tirdim;

»...‫«...َوَللقسمَنحو،َباللهَلأفعلنَكذا‬

 qasamni ifodalashda, masalan: «Alloh haqqi (Alloh nomi bilan qasam

ichamanki) shuni albatta qilaman»;

Mustafo G‘alayiniy qasamni ifodalashda faqat «‫ »الظاهر‬(ko‘rinuvchi) ismlarga

emas, balki «‫ »المضمر‬(ko‘rinmas) ismlar bilan ham kelishi mumkinligini aytadi:

َ‫« القسم،َوَهيَأصلَأحرفهَ.َويجوزَذكرَفعلَالقسمَمعها؛َنحو:َأقسمَبالله.َوَيجوزَحذفهَ،َنحو:َبالله‬

َ،‫لأجتهدنّ. َو َتدخل َعلى َالظاهر، َكما َرأيتَ، َو َعلى َالمضمر، َنحو: َبك َلأفعلنَّ». َ(الشيخ َمصطفى َالغلاييني‬

( 127َ:2000

Qasamni ifodalashda, asli bu predlog oddiy predloglar kabidir, lekin u «qasam

ichmoq», fe’li bilan ishlatilishi mumkin, masalan: «‫« - »أقسمَبالله‬Alloh nomi bilan qasam

ichaman». Shuningdek, fe’l tushib qolishi ham mumkin, masalan: «َّ‫- »بالله َلأجتهدن‬

«Alloh nomi bilan qasam ichamanki, albatta harakat qilaman». «‫»الظاهر« »الباء‬

(ko‘rinuvchi) ismlarga qo‘shiladi. Buni yuqoridagi misolda ko‘rishimiz mumkin.

Shuningdek «‫ »المضمر‬(ko‘rinmas) ismlarga ham qo‘shiladi. Masalan:َ«َّ‫ - بكَلأفعلن‬Sen

bilan qasam ichamanki, men albatta buni qilaman. (Bu yerda ko‘rinmas olmosh «‫»أنت‬

sen, uni esa «‫َ»-ك‬birgalik olmoshi ifodalamoqda).
َ »...]195َ:‫«...َوَزائدةَنحوَقولهَتعالى:َ} َوأ َْنفِقُواَفِىَ َسبِيلَِاللهَِ َوَ َلاَت ُْلقُواَبِأ َْيدِيك ُْمَإِلَىَالت َّْهلَ َُكةَِ{]البقرة‬

 ortiqchaَ (ya’niَ hechَ qandayَ ma’noَ bermaydi), masalan, Qur’oni Karimda

zikr qilinganidek: «Va Allohning yo‘lida nafaqa qiling. O‘zingizni halokatga duchor

qilmang» (Baqara: 195);

»...‫«َ...َوَللسببيةَنحو،َضربتَزيداَبالسوء‬

 «sabab»َma’nosida, masalan, Zaydni yomonligidan (ya’ni yomon bo‘lganligi

sababli) urdim;

Abdul Qohir «‫ »الباء‬old ko‘makchisining to‘qqizta ma’nosini bergan, Mustafo
G‘alayiniy esa o‘n to‘rtta ma’nosini o‘z asarida tahlil qilgan. Jurjoniyning asarida
«‫ »الباء‬old ko‘makchisining yozilmagan ma’nolari quyidagilar:

َ‫« البدلَ،َوَهيَالتيَتدلَعلىَاختيارَأحدَالشيئينَعلىَالآخر،َبلاَعوضَوَلاَمقابلةَ،َكحديث:َماَيسرني‬
َ،‫بهاَحمرَالنعمَ،َوَقولَبعضهمَ:َماَيسرنيَأنيَشهدتَبدرًاَبالعقبةَ،َأيَ:َبدلها...».َ(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬

( 127َ:2000
1) «‫ »البدل‬(almashtirish) ma’nosini bildirsa-da, «‫ »عوض‬vaَ«‫ »مقابلة‬ma’nolarini
anglatmaydi. Balki bir narsani boshqa narsa o‘rniga afzal ko‘rish ma’nosida kelgan.
Masalan: hammadan (hammasidan ko‘ra, hamma narsaning o‘rniga) meni xursand
qilayotgan narsa qizil biyadir. Ba’zilar shunday degan: meni xursand qilayotgan narsa
bu Aqabaning o‘rniga Badrni ko‘rganim bo‘ldi. (Aqaba va Badr - Saudiya
Arabistonidagi tarixiy joy nomlari).

َ‫[أي:َمنها» (الشيخ‬6َ:‫« معنى َ«من»َالتبعيضيةَ،َكقولكَتعالىَ:َ} َعَ ْينًاَي َْشرَبَُب َِهاَ ِعبَادَُاللهِ{َ]الإنسان‬
(127َ:2000َ،‫مصطفىَالغلاييني‬

2) «ba’zi»َ ma’nosidagi «‫ »من‬old ko‘makchisini bildiradi, masalan, Qur’oni
Karimda zikr etilganidek: «Bir buloqdanki, undan Allohning bandalari icharlar»
(Inson: 6), ya’ni, undan;

ٍَ‫[َ،َأيَْ:َعنهَ،َوَقوله:َ} َسأ ََلَ َسآئِلَُبِعَذَاب‬59َ:‫ف َْسئ َْلَب ِِهَ َخبِيرًا{]الفرقان‬{:َ‫«َمعنىَ«عن»َكقولهَالتعالى‬
(128َ:2000َ،‫[». َ(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬1َ:‫َواقِعٍ{]المعارج‬

3) «‫ »عن‬(haqida, -dan) old ko‘makchisi ma’nosida, Masalan: «Bas, o‘sha o‘ta
xabardordan so‘ra»َ(Furqon: 59) ya’ni undan. «So‘rovchi voqe’ bo‘luvchi azob haqida
so‘radi» (Maorij: 1);

َ‫ َوَ ِمنَْأ َْهلَِالْكِتَابَِ َمنَْإِنَتَأ َْمنْهَُب َِقنطَارٍَي َُؤدِ ِّهَإِل َْيكَ{َ]آل‬{:َ ‫« الإستعلاءَ،َأيَْمعنى «على»َكقولهَتعالى‬
َ )128َ:2000َ،‫[َ،َأيَعلىَقنطار». (الشيخَمصطفىَالغلاييني‬75َ:‫عمران‬

4) «‫ »على‬(ustida) old ko‘makchisi ma’nosida, masalan, Qur’oni Karimda zikr
qilinganidek: «Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo‘ysang, uni senga ado
qiladiganlari bor» (Oli Imron: 75), ya’ni «qantar» ni (bir qantar 100 misr ratliga yoki
44,928 kg ga teng) omonat bersang... (so‘zma-so‘z: qantarga omonat qilsang...).

II. Abdul Qohir Jurjoniy ismni qaratqich kelishigida turishini talab qiluvchi harflar
guruhida ikkinchi bo‘lib «‫ »من‬predlogi haqida ma’lumot beradi:

»...‫«...َومنَلأبتداءَالغايةَفىَالمكانَنحو،َسرتَمنَالبصرةَإلىَالكوفة‬

 masofaning boshlang‘ich nuqtasini ko‘rsatish uchun, masalan: Basradan
(Basradan boshlab) Kufaga yo‘l oldim;

»...‫«...َأوَفىَالزمانَنحو،َصمتَمنَيومَالجمعةَالىَالسبت‬

 yoki vaqtning dastlabki nuqtasini ko‘rsatish uchun, masalan: Jumadan )boshlab(
shanbagacha ro‘za tutdim;

»...‫«... وَللبعيضَنحو،َأخذتَمنَالمال‬

 «ba’zi»َma’nosida, masalan: Moldan (molning ba’zisini) oldim;
»...}ِ‫«... وَللتبيينَنحوَقولهَتعالى:َ}فَاجْتَنِبُواَال ِّرجْسََ ِمنََالْأ َْوثَان‬

 «izohlash»َma’nosida (ya’ni «‫ »من‬(-dan)َ predlogidan oldingi umumiy
ma’nodagi so‘zni izohlaydi) masalan, Qur’oni Karimda zikr etilganidek, «Bas,
butlardan iborat najosatdan yiroq bo‘ling!» (Haj:30).

Mustafo G‘alayiniy «‫ »من‬(-dan) predlogining «Al-avamil al-mia» da berilmagan
quyidagi ma’nolarini sanab o‘tgan:

َ‫[»( الشيخ‬19َ:‫ َماَ َجآءَنَاَ ِمنَب َِشيرٍ{ ]المائدة‬{:‫« التأكيد،َوَهيَالزائدةَلفظا،َأي:َفيَالإعراب،َكقولهَتعالى‬
(129َ:2000َ،‫مصطفىَالغلاييني‬

1) ta’kidlashَuchun, u shaklan ortiqcha, ya’ni e’robga ko‘ra ishlatilmasa ham
bo‘ladi. Masalan, Qur’oni Karimda zikr qilinganidek: «Bizga bashorat berguvchi
kelmagan» (Moida: 19);

َ‫[َ،َأيَبدلها».َ(الشيخَمصطفى‬38َ:‫« البدل،َكقولهَتعالىَ:َ}أ ََرضِيت ُْمَبِالْحَيَوةَِالد ُّْنيَاَ ِمنََالْأ َِخرَةِ{]التوبة‬
َ (129َ:2000َ،‫الغلاييني‬

2) «birَnimaniَboshqaَnarsaningَo‘rnigaَafzalَko‘rish»َma’nosida, masalan,
Qur’oni Karimda zikr etilganidek: «Yoki oxiratni qo‘yib, dunyo hayotiga rozi
bo‘ldingizmi?» (Tavba: 38) (ya’ni, Oxiratni dunyo hayoti o‘rniga afzal ko‘rishga rozi
bo‘ldingizmi?);

َ»...‫[ ،َأي:َفيها‬4َ:‫ َماذَاَ َخلَقُواَ ِمنََالْأَ َْرضَِ{]الأحقاف‬{:َ‫« الظرفيةَ،َأي:َمعنى «في»َ،َكقولهَسبحانه‬
(129َ:2000َ،‫(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬

3) «‫ »في‬(-da) predlogi ma’nosida, masalan, Qur’oni Karimda zikr qilinganidek:
«Ular yerdan nimani yaratdilar» (Ahqof: 4), ya’ni, unda;

َ،‫[». َ(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬25َ:‫َ ِممَاَ َخطِيئَت ِِهمَْأ ُْغرِقُوا{َ]نوح‬{:َ ‫« السببيةَوَالتعليل،َكقولهَتعالى‬
َ )129َ:2000

4) «sababiniَko‘rsatish,َtushuntirish»َma’nosida. Masalan, Qur’oni Karimda
zikr etilganidek: «Ular xatolari sababli g‘arq qilindilar» (Nuh: 25);

َ‫[ َ». (الشيخ َمصطفى‬22َ :‫ف ََويَْ ٌل َ ِللْق َِسي َِة َقُلُوب ُُهمْ َ ِمنْ َ ِذكْرِ َاللهِ{]الزمر‬{:َ ‫« معنى َ«عن» َ، َكقوله َتعالى‬
)129َ:2000َ،‫الغلاييني‬

5) «‫ »عن‬(haqida) predlogi ma’nosida. Masalan, Qur’oni Karimda zikr
etilganidek: «Allohniَzikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy bo‘lsin!» (Zumar:
22) (ya’ni Allohni zikr qilish haqida).

III. Abdul Qohir mazkur guruhda uchinchi bo‘lib «‫ »إلى‬(-ga) predlogi haqida
shunday deydi:

»...‫«...َوَإلىَلإنتهاءَالغايةَفىَالمكانَنحو،َسرتَمنَالبصرةَإلىَالكوفة‬

 masofaningَtugaganَnuqtasiniَko‘rsatishَuchun. Masalan: Basradan Kufaga
(Kufagacha) yo‘l oldim;

»...]187َ:‫«...َوَفىَالزمانَنحوَقولهَتعالى:َ}أَت ُِّمواَال ِّصيَامََإِلَىَالل َّْيلِ{]البقرة‬
 vaqtningَ tugaganَ nuqtasiniَ ko‘rsatishَ uchun. Masalan, Qur’oni Karimda
zikr etilganidek: «Ro‘zani kechasigacha batamom qiling» )Baqara: 187(;
»...‫،َأىَمعَأموالكم‬]2َ:‫«...َوبمعنىَمعَقليلاَنحوَقولهَتعالى:َ} َوَ َلاَتَأْكُلُواَأ َْموَال َُهمَْإِلَىَأ َْموَالِك ُْم{]النساء‬
 «‫ »مع‬(bilan) predlogi ma’nosida kamdan-kam ishlatiladi, masalan, Qur’oni
Karimda zikr etilganidek, «Ularning mollarini o‘zingizning mollaringizga qo‘shib
yemang» )Niso: 2(, ya’ni mollaringiz bilan.
Mustafo G‘alayiniy «‫ »إلى‬predlogining quyidagi ma’nosini qo‘shimcha qiladi:

َ‫«معنى «عند»،َوتسمىَالمبينة،َلأنهاَتبينَأنَمصحوبهاَفاعلَلماَقبلها.َوهيَالتيَتقعَبعدماَيفيدَحباَأو‬
َ،]33َ:‫بغضاَمنَفعلَتعجبَاوَاسمَتفضيل،َكقولهَتعالى:َ}قَالََ َر ِّبَال ِّسجْنَُأ ََحبَُّإِل ََّيَ ِممَّاَيَدعُونَن ِِِٓىَإل َْيهَِ{ ]يوسف‬

:‫أي:َأحبَُّعندي.َفالمتكلمَهوَالمحب.َوقولَالشاعر‬
»‫أمَلاَسبيلََإلىَالشباب،َوذكره أشهىَإليََّمنَالرحيقَالسلسل‬

َ (129َ:2000َ،‫(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬
»‫ «عند‬(nazdida) predlogi ma’nosida, aniqlashtiruvchi deb ataladi. Chunki bu
predlog bajaruvchi (foil)ga qo‘shilib, uning bir faoliyatini boshqasi bilan qiyoslab
aniqlashtiradi hamda u yaxshi ko‘rish yoki yomon ko‘rish ma’nosidagi qiyosiy yoki
orttirma darajadagi sifat yoki hayrat-taajjubni ifodalovchi fe’llar bilan qo‘llanadi.
Masalan, Qur’oni Karimda zikr etilganidek:
«U: Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko‘ra men uchun qamoq
mahbubroqdir, - dedi.» )Yusuf: 3), ya’ni mening nazdimda. Shoir shunday deydi:

Endi hech ham yoshlikka yo‘l yo‘q, uni eslash esa
Shirin maydan-da ko‘ra men uchun ishtahaliroq (ya’ni mening nazdimda)
IV. Abdul Qohir ismni qaratqich kelishigida turishini talab qiluvchi harflar guruhida
to‘rtinchi bo‘lib «‫ »فى‬(-da) predlogi haqidagi ma’lumotlarni beradi:

»...‫«...َوَفىَللظرفيةَنحو،َزيدَفىَالدارَوَنظرتَفىَالكتاب‬

 «o‘rinَholi»َma’nosida, masalan, «Zayd hovlida. Kitobda ko‘rdim»;
َ »...]71َ:‫«...َوَبمعنىَعلىَقليلاَنحو،َقولهَتعالىَ} َوَ َلأ َُصلِّبَنَّك ُْمَفِىَ ُجزُوعَِالن َّْخلِ{]طــه‬

 «‫ »على‬(-ga, ustida) predlogi ma’nosida kamdan-kam ishlatiladi, masalan,
Qur’oni Karimda zikr etilganidek, «Sizlarni xurmo tanasiga osurman» )Toho: 71(.

G‘alayiniyning asarida bu ma’nolardan tashqari «‫ َ»في‬(-da) predlogining
quyidagi ma’nolari uchraydi:

َ‫...».َ(الشيخَمصطفى‬]14َ:‫ل ََمسَّك ُْمَفِيَ َمآَأَف َْضت ُْمَفِيهَِعَذَابٌَ َعظِيمٌ{]النور‬{:‫« السببيةَوَالتعليل،َكقولهَتعالى‬
(136َ:2000َ،‫الغلاييني‬

1) «sababiniَko‘rsatish,َtushuntirish»َma’nosida. Masalan, Qur’oni Karimda
zikr etilganidek: «O‘zingiz ichiga sho‘ng‘igan narsa uchun sizni, albatta, buyuk azob
kutar edi» (Nur: 14), (o‘zingiz ichiga sho‘ng‘igan narsa sababli);
َ‫،َأي:َمعهم». (الشيخ‬]38َ:‫قَالََاد ُْخلُواَفِيَأ َُممٍَقَدَْ َخل َْتَ ِمنَق َْبلِك ُْم{]الاعراف‬{:‫« معنىَ«مع»َكقولهَتعالى‬

(136َ:2000َ،‫مصطفىَالغلاييني‬
2) «‫ »مع‬(bilan) predlogi ma’nosida. Masalan, Qur’oni Karimda zikr
qilinganidek: «U zot: «Sizdan oldin o‘tgan, jin va insdan bo‘lgan ummatlar bilan
do‘zaxga kiring», - der.» (A’rof: 38) ya’ni, ular bilan;

(136َ:2000َ،‫[». (الشيخَمصطفىَالغلاييني‬9َ:‫ف ََردُّواَأ َْيدِيهِمَْفِيَأ َْفوَاهِهِمْ{]إبراهيم‬{:َ‫« معنىَ«إلى»َكقولهَتعالى‬

3) «‫ »إلى‬(-ga) predlogi ma’nosida. Masalan, Qur’oni Karimda zikr
qilinganidek: «Ular esa, qo‘llarini og‘izlariga qo‘yib dedilar» (Ibrohim: 9).

V. Navbatdagi predlog «‫ »حتى‬(-gacha) bo‘lib, Abdul Qohir uning quyidagi
ma’nolarini zikr qiladi:

»...‫«...َوَحتىلإنتهاءَالغايةَمجرورهاَالجزءَالأخيرمنَالشىءَالأولَنحو،َأكلتَالسمكَحتىَرأسها‬

«nihoyasigaَyetkazish»َma’nosida. Bunda «‫ »حتى‬predlogidan keyin kelayotgan
so‘z (undan oldingi) birinchi qismga tegishli bo‘lishi kerak, masalan: Baliqni (hatto)
boshigacha yedim (boshini yemadim).

Arab tilida «‫ »حتى‬faqatgina «‫ »حرفَالجر‬(old predlog) bo‘lib emas, balki «َ‫حرف‬
‫ - »العطف‬bog‘lovchi va «‫ »حرفَإبتداء‬(o‘zidan keyin kelayotgan so‘zning ega ekanligiga
ishora qiluvchi, ya’ni o‘sha so‘zni bosh kelishikda turishini talab qiluvchi harf) ham
bo‘lib kelishi mumkin. Bu haqda Abu Bakr Azhariy «‫ »العوامل َالمائة‬asariga bergan
sharhida shunday misol keltiradi:

َ‫«- َو َيجوز َفي َقولك َ: َأكلت َالسمك َحتى َرأسها َ/الوجوه َالثلاثة: َقولك َحتى َرأسها: َبالجر َعلى َأن َحتى‬
َ‫حرفَجرَ–َوَبالنصبَعلىَأنهَمعطوفَعلىَالسمكةَ،َوبالرفعَعلىَأنهَمبتدأَوَخبرهَمحذوفَ،َأي:َحتىَرأسها‬

َ(173َ:1983َ،‫مأكول.َوَحتىَحرفَإبتداء».َ(الدكتورَالبدراوىَزهران‬
«‫ »أكلتَالسمكةَحتىَرأسها‬jumlasini uch xil aytish mumkin:
- agar «‫ »أكلتَالسمكةَحتىَرأسها‬ya’ni, «‫ »رأسِها‬so‘zining e’robini qaratqich kelishigiga
qo‘ysak, demak «‫ »حتى‬so‘zi «‫ »حرف َالجر‬(predlog)dir. Ma’nosi: Baliqni boshigacha
yedim (boshini yemadim);
- agar «‫ »أكلتَالسمكةَحتىَرأسها‬ya’ni, «‫ »رأسَها‬so‘zining e’robini tushum kelishigiga
qo‘ysak, demak «‫ »حتى‬so‘zi «‫َ»السمكة‬so‘ziga «‫َ»معطوف‬ya’ni, uyushib kelgan, aniqrog‘i
«‫ »حتى‬teng bog‘lovchi vazifasini o‘tab, «‫ »رأسَها‬so‘zi bilan «‫ »السمكة‬so‘zini uyushib
kelishiga sabab bo‘lmoqda. Ma’nosi: Baliqni boshi bilan birga (boshini ham) yedim.

- agar «‫ »أكلتَالسمكةَحتىَرأسها‬ya’ni, «‫ »رأسها‬so‘zining e’robi bosh kelishikda bo‘lsa,
«‫ »رأسها‬so‘zi «‫ »مبتدأ‬(ismiy jumlaning egasi) hisoblanadi, uning «‫ »خبر‬(kesim)i esa
tushib qolgan, «‫ »حتى‬esa «‫ »حرفَإبتداء‬deyiladi:

َ .)ٌَ‫أكلتَُالسمكةَحتىَرأسُهاَ)َمأكول‬
َ َ‫َخبرمحذوف‬

Baliqni yedim, hattoki boshi ham yeyildi.
» ...‫«...َأوَمتصلاَبالجزءَالأخيرَمنَالشىءَالأولَنحو:َنمتَالبارحةَحتىَالصباح‬

 yoki gapning oxirgi qismi birinchi qismiga (ketma-ketlikda ma’no jihatdan)
bog‘liq bo‘lishi kerak. Masalan: Kechadan ertalabgacha uxladim (ya’ni, kecha tugab
ertalab kiradi).

VI. Abdul Qohir «‫ »اللام‬(uchun) predlogi haqida shunday yozadi:

»...‫«...َوَاللامَللإختصاصَنحو،َالمالَلزيدَوالجلَللفرس‬

 «tegishlilik»َ ma’nosida, masalan: Mol Zaydniki (ya’ni Zaydga tegishli),
qo‘ng‘iroq otniki (ya’ni, otga tegishli);

»...‫«...َوَللتعليلَنحو،َضربتَزيداَللتأديب‬
 «sabab,َmaqsad»َma’nosida, masalan: Zaydni tarbiyalash maqsadida urdim;

»...‫«...َوَللقسمَنحو،َللهَلايؤخرَالأجل‬
 qasamni ifodalashda, masalan: Alloh haqqi (Alloh nomi bilan qasam
ichamanki), muddat kechiktirilmaydi;

»...‫«...َوَزائدةَنحو،َردفَلكمَولاَآباءَلكم‬
 ortiqcha, (ya’ni hech qanday ma’no bermaydi), masalan: «Sizlarga ergashdi,
sizlarning otangiz yo‘q».
Mustafo G‘alayiniy «‫ »اللام‬(uchun) predlogining «tegishlilik» ma’nosini uch xil
ko‘rinishda ta’riflagan:

َ:‫الملكَُ–َوهيَالداخلةَبينَذاتين،َومصحوبهاَيملكَ–َكقولهَتعالى:َ}للهَِ َماَفِىَالسَّموَاتَِوالأ َْرضِ{َ]لقمان‬
(136َ:2000َ،‫[َ،ونحو:َ»الدارَلسعيد«.الشيخَمصطفىَالغلاييني.َ(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬26

1) «Mulkkaَegalikَqilish»َma’nosida, «‫ »اللام‬(uchun) predlogi ikkita aniq otning
orasiga qo‘shilib biri ikkinchisining mulki ekanligini bildirib keladi. Qur’oni Karimda
zikr etilganidek, «Osmonlar-u yerdagi narsalar Allohnikidir (ya’ni Allohning
mulkidir).» (Luqmon: 26). Masalan: Hovli Sa’idnikidir, ya’ni uning mulkidir.

َ«‫الاختصاص،َوتُسمَّى:َلامَالاختصاص،َولامَالاستحقاقَ–َوهيَالداخلةَبينَمعنىَوذاتَ–َنحو:»الحمدَلله‬
(136َ:2000َ،‫والنجاحَللعاملين.َومنهَقولهم:َ»الفساحةَلقريٍش،َوالصباحةَلبنيَهاشم«. (الشيخَمصطفىَالغلاييني‬

2) «Haqlilik,َ munosiblik»َ ma’nosida, shuningdek «haqlilik “lami”» yoki
«munosiblik “lami”» deb ataladi. «‫ »اللام‬(uchun) predlogi mavhum ot bilan aniq ot
orasiga qo‘shilib keladi. Masalan: Barcha hamdlar, maqtovlar Allohga tegishlidir.
Muvaffaqiyat mehnatkashlarga tegishlidir. Notiqlik, fasohat Qurayshga tegishlidir.
Tarovat, go‘zallik Banu Hoshimga tegishlidir.

.«‫ِشبهَالمِلك.َوتسمى:َلامَالنسبةَ–َوهيَالداخلةَبينَذاتين،َوَمصحوبهاَلاَيملكَ–َنحو:َ»اللجامَللفرس‬
(136َ:2000َ،‫(الشيخَمصطفىَالغلاييني‬

3) «Tegishli,َlekinَmulkiَemas»َma’nosida, shuningdek «aloqadorlik “lami”»
deb ataladi - «‫ »اللام‬(uchun) predlogi ikkita aniq otning orasiga qo‘shilib biri
ikkinchisiga tegishli, lekin mulki emasligini bildirib keladi. Masalan: Yugan otniki,
ya’ni yugan otniki, lekin uning mulki emas.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Tadqiqot davomida arab tilidagi olti muhim predlogning («‫,»فى« ,»إلى« ,»من« ,»الباء‬
«‫ (»اللام« ,»حتى‬sintaktik va semantik xususiyatlari chuqur tahlil qilindi. Abdulqohir
Jurjoniyning «Al-Avomil al-Mi’a» asarida berilgan klassik yondashuvlar va Mustafo
G‘alayniyning «Jomi’ ad-durus al-arabiya» asaridagi zamonaviy tahlillar o‘zaro
qiyosiy ravishda o‘rganildi.
Abdulqohir Jurjoniyning asari XI asrning lingvistik an’analariga xos bo‘lgan
tafsilotlar bilan boy bo‘lib, arab tilini yangi o‘rganuvchilar uchun dastlabki manba
bo‘lib xizmat qilgan. Uning tahlillari predloglarning ma’nolari va vazifalarini qisqa va
aniq tushuntirishga qaratilgan. Ayniqsa, «‫ »إلى« ,»من« ,»الباء‬kabi asosiy predloglarning
ma’nolarini keng yoritgan.
Mustafo G‘alayniyning «Jomi’ ad-durus al-arabiya» asari esa predloglarning
sintaktik vazifalarini nafaqat an’anaviy nuqtai nazardan, balki zamonaviy tilshunoslik
talablarini hisobga olgan holda tushuntirib bergan. Uning tahlillari ko‘plab misollar va
tafsilotlar bilan boyitilgan bo‘lib, turli kontekstlarda predloglarning semantik
o‘zgarishini namoyon etadi.
Qur’oni Karimdan keltirilgan misollar tahlillari predloglarning ma’nolari
kontekstga bog‘liq holda qanday o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu nafaqat
grammatik tadqiqot uchun, balki ma’naviy mazmunni chuqur tushunishda ham katta
ahamiyatga ega. Jumladan:
 «‫ »الباء‬predlogi vosita, sabab va aloqani ifodalashda juda ko‘p qo‘llanilgan.
 «‫ »من‬predlogi kelib chiqish nuqtasi va ajratish ma’nolarini tasvirlashda o‘ta
foydali bo‘lgan.
 Qolgan predloglar ham jumla strukturasining ma’noviy aniqligini ta’minlagan.
Tadqiqotning quyidagi muhim xulosalarini ta’kidlash mumkin:
1. Tarixiy va zamonaviy yondashuvlar uyg‘unligi: Abdulqohir Jurjoniy va
Mustafo G‘alayniyning yondashuvlari bir-birini to‘ldiradi. Klassik va zamonaviy
manbalar o‘rtasidagi o‘xshashliklar arab tilidagi predloglarning ko‘p asrlar davomida
barqaror bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi;
2. Kontekstning ahamiyati: Qur’on misollari asosida, predloglarning ma’nolari
va vazifalari turli kontekstlarda o‘zgarib turishi namoyon etildi. Bu, ayniqsa, semantik
tahlillar uchun muhim ahamiyatga ega;

3. Arab tili o‘quvchilari uchun amaliy ahamiyat: Ushbu tadqiqot orqali arab tilini
o‘rganuvchilarga jumla tuzilishi va ma’nosini to‘g‘ri anglashda ko‘mak beradigan
qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadqiqot natijalari arab tilining nainki grammatik qoidalarini, balki uning
ma’naviy, madaniy va ilmiy ahamiyatini yanada kengroq anglashga yordam beradi.
Bundan tashqari, tadqiqot arab tili grammatikasini o‘rganishda tarixiy va zamonaviy
yondashuvlarni uyg‘unlashtirishning muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

Quyidagilar kelgusi tadqiqot yo‘nalishlari uchun tavsiya qilinadi:
 Arab tilidagi boshqa sintaktik elementlarning qiyosiy tahlili.
 Zamonaviy arab tilidagi predloglarning qo‘llanilishidagi o‘zgarishlarni
o‘rganish.
 Arab tilini o‘qitish metodologiyasida predloglarni tahlil qilishni yanada
takomillashtirish.

FOYDALANILGANَADABIYOTLARَRO‘YXATI:
1. Белкин, В. М. (1961) Арабская лексикология. – Москва: МГУ.
2. Гиргас, В. (1873) Очерк грамматической системы арабов. – СПб:
Типография Императорской Академии Наук.
3. Гранде, Б.М. (1963) Курс арабской грамматики в сравнительно
историческом освещении. – Москва: Изд. вост. Лит.
4. Звегинцев, В.А. (1962) Очерки по общему языкознанию. – Москва: МГУ.
5. Симашко, Т.В. (2001) История лингвистических учений: античность,
средневековье. – Архангельск: ГУ им. М.В. Ломоносова.
6. Штумме, Г. (1922) Арабский язык. Грамматический очерк. – Москва.
7. Юшманов, Н.В. (1998) Работы по общей фонетики, семитологии и
арабской классической морфологии. – Москва: Вост. лит. РАН.
8. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. (2023) Тафсири Ҳилол. –
Тошкент: Хилол-Нашр.
9. Журжоний, Абдулқоҳир. ‫“ – المائة العوامل‬Al-avāmilu-l-mi'a”. ЎзР ФАШИ.
Қўлёзма №5213 IV
10. ‫بيروت – .العلمية الكتب دار.العربية الدروس جامع .الغلاييني مصطفى الشيخ‬،2000
11. ‫– .دارالمعارف .للجرجانى العربية علم اصول فى النحوية المائة العوامل.زهران البدراوى الدكتور‬
‫القاهرة‬.1983

REFERENCES:
1. Belkin, V. M. (1961) Arabskaya leksikologiya. – Moskva: MGU. (In Russian)
2. Girgas, V. (1873) Ocherk grammaticheskoy sistemi arabov. – SPb:
Tipografiya Imperatorskoy Akademii Nauk. (In Russian)
3. Grande, B.M. (1963) Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelno-istoricheskom
osveshyenii. – Moskva: Izd. vost. lit. (In Russian)

4. Zveginsev, V.A. (1962) Ocherki po obshyemu yazikoznaniyu. – Moskva:
MGU. (In Russian)

5. Simashko, T.V. (2001) Istoriya lingvisticheskix ucheniy: antichnost,
srednevekovye. – Arxangelsk: GU im. M.V. Lomonosova. (In Russian)

6. Shtumme, G. (1922) Arabskiy yazik. Grammaticheskiy ocherk. – Moskva. (In
Russian)

7. Yushmanov, N.V. (1998) Raboti po obshey fonetiki, semitologii i arabskoy
klassicheskoy morfologii. – Moskva: Vost. lit. RAN. (In Russian)

8. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. (2023). Tafsiri Hilol. Toshkent:
Hilol-Nashr. (In Arabic and Uzbek)

9. Abdulqohir Jurjoniy. Al- ‘Avāmil al-Mi’a (Yuz omil). O‘zR FA
Sharqshunoslik instituti. Qo‘lyozma №5213 IV. (In Arabic)

10. Shayh Mustafa al-G‘alayini. (2000). Jāmi‘ad-Durūs al-‘Arabiyya. Bayrut:
Dar al-Kutub al- ‘Ilmiyya. (In Arabic)

11. Doktor al-Badroviy Zahron. (1983). Jurjoniyning Yuz grammatik omillari
arab tili ilmining asoslarida. Qohira: Dar al-Ma‘arif. (In Arabic)