ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

A new level of cooperation between the states of Uzbekistan and Kazakhstan

Oltiboyev Alisher Meyliyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

A NEW LEVEL OF COOPERATION BETWEEN THE STATES OF
UZBEKISTAN AND KAZAKHSTAN

Oltiboyev Alisher Meyliyevich
Acting associate professor of Alfraganus University,

Doctor of Philosophy on historical sciences, PhD
Tel.: +998 91 321-69-26

e-mail: alisheroltiboyev6@gmail.com

Annotation. The article provides a detailed examination of the strategic
partnership between Uzbekistan and Kazakhstan, highlighting its elevation to a new
level and its regional and global significance. It analyzes the historical roots, current
development, and future prospects of political, economic, and cultural cooperation
between the two countries. Projects and initiatives in strategic areas such as energy,
transport, and logistics aimed at expanding trade and economic collaboration are
highlighted. The article reviews the efforts of both states to develop international trade
and transit infrastructure and examines the impact of these processes not only on national
economies but also on overall regional stability and development. Additionally, attention
is given to cultural and humanitarian cooperation, including scientific research,
educational programs, and cultural exchanges. The article discusses the contributions of
Uzbekistan and Kazakhstan to regional security, including strengthening border security,
addressing environmental challenges, and managing water resources. Prospects for
multilateral cooperation in the new era are also analyzed, including the implementation
of digital technologies, the development of green energy, and innovation-driven sectors.
This study underscores the strategic importance of the relations between the two
countries and their role on both regional and international levels.

Keywords: cooperation, neighborliness, friendly relations, interstate,
interregional, bilateral and multilateral strategic partnership, development, equal
cooperation, intergovernmental, agreement.

O‘ZBEKISTONَVAَQOZOG‘ISTONَDAVLATLARIَO‘RTASIDAGIَ
HAMKORLIK ALOQALARINING YANGI SIFAT BOSQICHI

Oltiboyev Alisher Meyliyevich
Alfraganus Universiteti dotsenti v.b.
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Tel.: +998 91 321-69-26
e-mail: alisheroltiboyev6@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi
strategik hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani, bu jarayonning mintaqaviy
va global miqyosdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ikki mamlakat
o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning tarixiy ildizlari, bugungi kundagi

rivojlanishi hamda istiqbollari chuqur tahlil qilingan. Savdo-iqtisodiy sohadagi
hamkorlikni kengaytirish, xususan, energetika, transport va logistika kabi strategik
sohalardagi loyiha va tashabbuslar yoritilgan. Maqolada ikki davlatning xalqaro savdo
va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari, bu jarayonlarning
nafaqat milliy iqtisodiyotga, balki mintaqadagi umumiy barqarorlik va taraqqiyotga
ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Shu bilan birga, madaniy-gumanitar hamkorlik,
jumladan, ilmiy-tadqiqot, ta’lim va madaniy almashinuv dasturlari ham ko‘rib chiqilgan.
Maqolada O‘zbekiston va Qozog‘istonning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda o‘zaro
hamkorlikdagi hissasi, xususan, chegara xavfsizligini mustahkamlash, ekologik
muammolarni hal qilish va suv resurslarini boshqarishdagi hamkorlikning muhim
jihatlari ham yoritilgan. Yangi davrdagi ko‘p tomonlama hamkorlikning istiqbollari,
jumladan, raqamli texnologiyalarni joriy etish, yashil energetika va innovatsion
sohalardagi hamkorlikning keng imkoniyatlari ham tahlil qilingan.

Kalitَso‘zlar:َhamkorlik, ahil qo‘shnichilik, do‘stona munosabat, davlatlararo,
mintaqalararo, ikki va ko‘p tomonlama strategik sheriklik, taraqqiyot, teng huquqli
hamkorlik, hukumatlararo, bitim.

НОВЫЙَУРОВЕНЬَСОТРУДНИЧЕСТВАَМЕЖДУَГОСУДАРСТВАМИَ
УЗБЕКИСТАНَИَКАЗАХИСТАН

АлтыбоевَАлишерَМейлиевич
И.o. доцента Университета Альфраганус
Доктор философии по историческим наукам, (PhD)

Teл.: +998 91 321-69-26
e-mail: alisheroltiboyev6@gmail.com

Аннотация. В статье подробно рассматриваются стратегические
партнерские отношения между Узбекистаном и Казахстаном, их подъем на новый
уровень, а также региональное и глобальное значение этого процесса.
Анализируются исторические корни, текущее развитие и перспективы
политического, экономического и культурного сотрудничества между двумя
странами. Освещены проекты и инициативы в стратегических областях, таких как
энергетика, транспорт и логистика, направленные на расширение торговоэкономического сотрудничества. В статье рассматриваются усилия двух
государств по развитию международной торговли и транзитной инфраструктуры,
а также влияние этих процессов не только на национальные экономики, но и на
общее региональное развитие и стабильность. Также уделено внимание
культурно-гуманитарному сотрудничеству, включая научные исследования,
образовательные программы и культурный обмен. В статье анализируется вклад
Узбекистана и Казахстана в обеспечение региональной безопасности, включая
укрепление пограничной безопасности, решение экологических проблем и
управление водными ресурсами. Рассматриваются перспективы многостороннего
сотрудничества в новой эпохе, в том числе внедрение цифровых технологий,

развитие зеленой энергетики и инновационных сфер. Это исследование
подчеркивает стратегическое значение отношений между двумя странами, а также
их роль на региональном и международном уровнях.

Ключевыеَ слова:َ сотрудничество, добрососедство, дружественные
отношения, межгосударственные, межрегиональные, двусторонное и
многосторонное стратегическое партнерство, развитие, равноправное
сотрудничество, межправительственное, соглашение.

KIRISH
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekistonning xalqaro tashqi siyosati
muhim yo‘nalish sifatida shakllantirildi. Bosqichma-bosqich mamlakat tashqi
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab borildi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston
tashqi siyosatida Qozog‘iston mustaqillikning ilk yillaridan asosiy tashqi hamkor
sifatida qaraldi. Ikki davlatning mustaqillik sharoitidagi munosabatlari yo‘lga
qo‘yilishining ildizlari sovet davlatining so‘nggi yillariga borib taqalishi ham buni
muayyan darajada asoslaydi. Mamlakat ichida kechayotgan keskin o‘zgarishlar va
tanazzullar, ikkinchi tomondan shu jarayonlar ta’sirida xalqaro munosabatlar tizimida
ro‘y berayotgan transformatsiyalar birin-ketin mustaqillikni qo‘lga kiritgan yangi
davlatlar oldida birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo‘lgan murakkab vazifalarni kun
tartibiga chiqarib qo‘ydi. Ularning deyarli barchasini umumiy bo‘lgan maqsadlar –
uzoq kutib erishilgan suverenitetni saqlab qolish va mamlakat xavfsizligini ta’minlash,
mustaqil davlatchilik asoslarini yaratish, iqtisodiyotni qayta tiklash va xalq
farovonligini ta’minlaydigan jamiyat qurish birlashtirib turardi. Ushbu vazifalarni
amalga oshirishda yo‘lga qo‘yiladigan tashqi siyosat yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishi
muhim ahamiyat kasb etgan. Shu boisdan tarixiy, milliy, madaniy, diniy yaqinlik
asosida dunyoning yangi bir geosiyosiy makoniga aylangan Markaziy Osiyoning
mustaqil mamlakatlari og‘ir vaziyatda birinchi navbatda bir-birini qo‘llab quvvatladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining shakllanishi,
jahon mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik
munosabatlari ilmiy jihatdan bir qator olimlar tomonidan o‘rganilgan. Mazkur
yo‘nalishdagi tadqiqotlar aks etgan adabiyotlarga E. Nuriddinov, A. Qirg‘izboyev,
M..Raximov, L. Babaxodjayeva, R. Alimov, N. Ziyamov, Ch. Ko‘charov, Sh.
Arifxanov, S. Atajanova, X. Nizomov, N. G‘ofurov, F. Ismatullayev, D. Sayfullayev,
O..Abdimo‘minov va G‘. Mirzayev kabi mualliflarning izlanishlarini kiritish mumkin.
Biroq, bu tadqiqotlarda mustaqillik yillaridagi O‘zbekiston - Qozog‘iston hamkorlik
aloqalarining ayrim jihatlarigagina e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, asosiy tadqiqot
obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi
munosabatlarga bag‘ishlab yozilgan fundamental ilmiy tadqiqot ishlarining soni juda
kamligini alohida ta’kidlash joiz. Mavzu yuzasidan S. Atajanova, A. Oltiboyev va M.
Xurramov kabi olimlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar

sohalarga oid tadqiqotlarni amalga oshirgan. Mazkur maqolada ham ikki davlatning
iqtisodiy hamkorligiga doir materiallar va ma’lumotlar o‘rganildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Zamonaviy yondashuvlar asosida maqolada tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil,
tizimlashtirish va tizimli-xronologik tahlil kabi tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Maqolada tarixiylik tamoyili va xolislik tamoyiliga izchil amal qilindi.

TAHLIL VA NATIJALAR
So‘nggi yillarda dunyoda yuz berayotgan shiddatli o‘zgarishlar jamiyatning
barcha jabhalariga, jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va madaniy
turmush tarziga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayon globallashuvning
jadallashishi, axborot texnologiyalari rivoji va mintaqaviy integratsiya jarayonlarining
kuchayishi bilan yanada dolzarb tus olmoqda. Aynan shunday sharoit har bir davlatni
mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli sheriklik
aloqalarini rivojlantirishga undamoqda.
Bugungi kunda millatlar va xalqlarning o‘zaro hamjihatligi va totuvligi global
barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi o‘z tashqi siyosatining ustuvor
yo‘nalishlarini belgilashda qo‘shni davlatlar bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli
hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xususan, mamlakatning mintaqaviy barqarorlikka qo‘shayotgan hissasi,
iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy aloqalarni mustahkamlash borasidagi amaliy
qadamlari, shuningdek, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan siyosat yuritish
tamoyillari O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirmoqda. Ushbu
siyosat natijasida qo‘shni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muvaffaqiyatli
amalga oshirilib, mintaqadagi umumiy rivojlanish jarayoniga katta hissa qo‘shmoqda
(Mirziyoyev Sh., 2018).
Ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi ahil qo‘shnichilik va do‘stona
munosabatlar uzoq tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, bu xalqlarning urf-odatlari, an’analari
va qadriyatlari bir-biriga yaqinligi bilan ajralib turadi. Bu mintaqaning umumiy
madaniy va tarixiy merosi xalqlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish uchun
mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston uchun Markaziy Osiyo
davlatlari bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirish tashqi siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, Qozog‘iston Respublikasi bilan ikki va ko‘p
tomonlama ishonchga asoslangan munosabatlar mamlakatning mintaqaviy
hamkorlikda yetakchi sherik sifatidagi rolini tasdiqlaydi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik turli sohalarda
muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan amaliy loyihalarda o‘z aksini topmoqda.
Xususan, iqtisodiy hamkorlik, savdo-sotiq hajmining o‘sishi, madaniy-gumanitar
almashinuvlar va chegaradosh hududlar rivoji bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar
ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlab kelmoqda.

Shu tariqa, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro manfaatli sheriklik asosida mintaqada
barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda.

Markaziy Osiyoning istiqboli ko‘p jihatdan O‘zbekiston va Qozog‘iston
o‘rtasidagi munosabatlarning rivoji bilan uzviy bog‘liq. Ushbu haqiqatni chuqur
anglagan ikki mamlakat yetakchilari 2017-yil 23-mart kuni “Strategik sheriklikni
yanada mustahkamlash” bo‘yicha kelishuvga erishganlari mintaqaviy hamkorlikni
rivojlantirishga bo‘lgan intilishlarini yorqin namoyon etadi. Bu kelishuv nafaqat
iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlash, balki madaniy va ijtimoiy hamkorlikni
chuqurlashtirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston va Qozog‘iston
o‘rtasidagi bunday sheriklik, mintaqaning barqarorligi va farovonligi uchun
mustahkam zamin yaratib, Markaziy Osiyoning global maydondagi mavqeini
mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ikki davlatning strategik
hamkorlikdan birdek manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Тa’kidlash joizki, 2017-yildan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalarda yangi bosqich boshlandi. Xususan, 2017-yil 23-mart kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga tashrifi
davomida o‘zaro hamkorlikning yangi formatiga o‘tildi. Bu format, asosan, mintaqalar
o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlashni
o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni
mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida qaralmoqda.

Mazkur tashrif doirasida “O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qozog‘iston
Respublikasi hukumati o‘rtasida Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida” bitim
imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat o‘rtasida mavjud iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatni
to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Bitim
mintaqalarning iqtisodiy imkoniyatlarini birlashtirish, savdo aloqalarini kengaytirish,
sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va boshqa muhim sohalarda yangi
tashabbuslarni amalga oshirishga imkoniyat yaratdi (O‘zbekiston Respublikasi xalqaro
shartnomalari to‘plami, 2017: 44-49). Shuningdek, ushbu hamkorlik mamlakatlarning
mintaqaviy iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish va xalqaro maydonda o‘z
mavqeini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. “Mintaqalararo
hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim doirasida qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi
rejalashtirilgan bo‘lib, ular ikki tomonlama aloqalarning barqaror rivojlanishiga xizmat
qilmoqda. Shu tariqa, 2017-yildan boshlangan yangi bosqich O‘zbekiston va
Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarda amaliy hamkorlikning yangi darajasini
ta’minladi.

Natijada, qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning Toshkent, Navoiy, Sirdaryo
viloyatlari, Qozog‘istonning Qizilo‘rda va Janubiy Qozog‘iston viloyatlari o‘rtasida
hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolanib, hamkorlikning amaliy qadamlari
qo‘yildi (Xidirov Q., 2017). Jumladan, 2017-yili O‘zbekiston va Qozog‘iston
o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilgan
birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi

sezilarli darajada oshirilib, 2 milliard AQSH dollariga yetkazildi. Bu ko‘rsatkich, ikki
davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tarixida muhim qadam sifatida baholanib, savdoiqtisodiy munosabatlarning yangi bosqichga ko‘tarilganligini anglatadi.

Mazkur yutuqqa erishishda o‘zaro manfaatli savdo kelishuvlari, birgalikda tashkil
etilgan savdo ko‘rgazmalari, iqtisodiy forumlar va hukumatlararo komissiyalar
faoliyati muhim rol o‘ynadi. Ayniqsa, transport va logistika yo‘nalishidagi qo‘shma
loyihalar, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va o‘zaro chegara oldi
savdoni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar bu jarayonni tezlashtirdi. Shu
paytda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi
o‘rtasida 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi” iqtisodiy
aloqalarni yangi darajaga chiqarishda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston va
Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan
chora-tadbirlar o‘z ijobiy natijalarini bera boshladi. O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan yangilanish siyosati jarayonida ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy
aloqalarni kengaytirish bo‘yicha yangicha yondashuvlar ishlab chiqildi va ularni
amalga oshirishda hukumatlararo komissiyaning faoliyati alohida ahamiyat kasb eta
boshladi.

Xususan, 2017-yil 23-fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va
Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi uchrashuvi davomida turli
yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga
erishildi. Ushbu kelishuvlar orasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq
loyihalarni amalga oshirish masalalari ham mavjud edi. Ayniqsa, “GM Uzbekistan”
kompaniyasi avtomobillarini Qozog‘istondagi “Allyur” kompaniyalari guruhi ishlab
chiqarish bazasida yig‘ish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha erishilgan kelishuv ikki
tomonlama hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi bo‘lib xizmat qildi.

Mazkur kelishuv, nafaqat sanoat sohasidagi aloqalarni mustahkamladi, balki ikki
mamlakatning iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirishga ham xizmat qildi. Bu kabi
amaliy qadamlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikning
iqtisodiy samaradorligini oshirish, savdo hajmini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari
yaratish uchun mustahkam asos yaratdi. Shu tariqa, hukumatlararo komissiyaning
faoliyati mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim rol o‘ynadi.

O‘zbek-qozoq savdo-iqtisodiy hamkorligi holatini O‘zbekistondagi innovatsion
jarayonlar sharoitida o‘rganish o‘zaro munosabatlarning ilgari ishlatilmagan yangi
shakllari joriy etilganini ko‘rsatmoqda. Savdo ayirboshlash jarayoniga xususiy
korxona va fermer xo‘jaliklarini jalb qilishdan tashqari, ikki mamlakatning alohida
hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni joriy etish keng rivojlangan. Ilgari
samarasiz bo‘lgan zaxiralardan maqsadli foydalanish savdo-iqtisodiy hamkorlikni
sezilarli darajada jonlantirishga imkon berdi. Buni aniq raqamli ma’lumotlar asosida
baholash mumkin. Bunda 2016-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar
aylanmasi 1 898,9 mln. AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilga kelib bu
ko‘rsatkich 2055,7 mln. AQSh dollariga yetganligini ko‘rish mumkin. Ikki mamlakat

hukumatlararo komissiyasining iqtisodiy-savdo sohasidagi strategik sheriklikni
mustahkamlash bo‘yicha faol harakatlari keyingi yillarda o‘z samarasini bera boshladi.
Masalan, 2018-yilda savdo hajmi 2919,6 mln. AQSh dollarini, 2019-yilda 3335,0 mln.
AQSh dollarini tashkil etdi. Biroq, 2020-yil jahonda pandemiya sharoiti tufayli
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi
pasayganligini O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi tovar
ayirboshlash hajmida ham kuzatish mumkin. 2020-yil ikki mamlakat savdo-iqtisodiy
tovar aylanmasi 3 018,5 mln. AQSh dollarini tashkil etgan (O‘zRDCQ JA. 2021).

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istonَRespublikasiَbilan 2021–2023-yillardagi
savdo-iqtisodiy tovar aylanmasi (mln. AQSh dollarida) (Hakimov O., 2024).

Yil Savdo Eksport Import Saldo
2021 aylanmasi 1178,4 2742,2 -1563,8

3920,6

2022 4651,1 1407,5 3243,5 -1836,0

2023 4398,9 1372,5 3026,4 -1653,9

XULOSA VA TAKLIFLAR
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalari,
ularning yangi bosqichga koʻtarilishi va turli sohalardagi hamkorlik loyihalari keng
koʻlamda amalga oshmoqda. Soʻnggi yillardagi siyosiy oʻzgarishlar va amalga
oshirilgan islohotlar mintaqa barqarorligi va taraqqiyotiga hissa qoʻshganini taʼkidlash
lozim. Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar nafaqat ikki tomonlama manfaatli
hamkorlik, balki butun Markaziy Osiyoda iqtisodiy integratsiyani mustahkamlashga
xizmat qiluvchi muhim omil ekani qayd etiladi. Tahliliy maʼlumotlarga koʻra, savdo
ayirboshlash hajmi va iqtisodiy hamkorlik koʻlami yildan yilga oshib bormoqda, bu
esa ikki davlatning kelgusi taraqqiyoti uchun mustahkam asos boʻladi.
Shuningdek, pandemiyaning savdo munosabatlariga taʼsirini qayd etgan holda,
kelgusida savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada kuchayishiga va mintaqadagi barqaror
iqtisodiy rivojlanishga erishish imkoniyatlari mavjudligini anglash mumkin.
Qolaversa, imzolanayotgan shartnoma va bitimlar Oʻzbekiston va Qozogʻiston
oʻrtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli davom etishi va kengayishi uchun yanada
keng imkoniyatlar yaratayotganini koʻrsatmoqda. Yuqoridagi asosiy xulosalardan
kelib chiqqan holda O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarining o‘zaro hamkorlik
aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalar ilgari surildi:
1. O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasidagi savdo iqtisodiy
hamkorlik va qo‘shma investitsion loyihalar bo‘yicha doimiy ravishda xalqaro
forumlar tashkil etish;
2. Ikki mamlakatning transport kommunikatsiya sohasidagi hamkorligini
rivojlantirishga qaratilgan raqamli texnologiyalarga asoslangan veb loyihalar yaratish;

3. Davlatlar o‘rtasidagi va chegara bo‘yi hududlardagi temir yo‘l va avtomobil
transport aloqalarini tiklash va iqtisodiy infratuzilmani shakllantirish.

Muxtasar qilib aytganda, ikki davlat oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik aloqalari
nafaqat ikki davlatning iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlaydi, balki Markaziy Osiyoda
hamkorlik va integratsiya jarayonlariga kuchli turtki beradi.

FOYDALANILGANَADABIYOTLARَRO‘YXATI:
1. Мирзиёев, Ш.М. (2018) Халқимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга
берилган энг олий баҳодир. – Тошкент: Ўзбекистон.
2. Ҳакимов, Обид. Ўзбекистон ва Қозоғистон: иқтисодий ҳамкорлик кўлами
ҳам, имкониятлари ҳам катта. // Янги Ўзбекистон. 2024 йил 9 апрель.
3. Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитасининг жорий
архиви (ЎзР ДСҚ ЖА). 2000 – 2020 йиллар давомида Ўзбекистон Республикаси
ва Қозоғистон Республикаси ўртасида ташқи савдо айланмаси ҳақида маълумот.
3 – варақ. (Murojaat etilgan sana: 12.03.2021.).
4. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномалари тўплами. – Тошкент,
2017. - № 1-2 сони. – Б. 44-49.
5. Халқ сўзи, 2017 йил 18 март.
6. Халқ сўзи, 2017 йил 24 март.
7. Хидиров Қ. Ўзбекистон – Қозоғистон: яқин қўшничилик ва ўзаро
ишончга асосланган ҳамкорлик. // Халқ сўзи, 2017 йил 1 ноябрь.
8. https://review.uz/post/centralnaya-aziya-v-prioritete-vneshney-politikiuzbekistana. (Murojaat etilgan sana: 20.03.2021.).

REFERENCES:
1. Mirziyoyev, Sh.M. (2018) Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga
berilgan eng oliy bahodir. – Toshkent: O‘zbekiston. (In Uzbek)
2. Hakimov, Obid. O‘zbekiston va Qozog‘iston: iqtisodiy hamkorlik ko‘lami
ham, imkoniyatlari ham katta. // Yangi O‘zbekiston. 2024 yil 9 aprel. (In Uzbek)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining joriy arxivi (O‘zR
DSQ JA). 2000 – 2020 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston
Respublikasi o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi haqida maʼlumot. 3 – varaq. (Murojaat
etilgan sana: 12.03.2021.). (In Uzbek)
4. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘plami. – Toshkent, 2017. -
№ 1-2 soni. – B. 44-49. (In Uzbek)
5. Xalq so‘zi, 2017 yil 18 mart. (In Uzbek)
6. Xalq so‘zi, 2017 yil 24 mart. (In Uzbek)
7. Xidirov Q. O‘zbekiston – Qozog‘iston: yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga
asoslangan hamkorlik. // Xalq so‘zi, 2017 yil 1 noyabr.
8. https://review.uz/post/centralnaya-aziya-v-prioritete-vneshney-politiki-uzbekistana
(Murojaat etilgan sana: 20.03.2021.). (In Uzbek)