THE CULTURE OF THE STEPPE TRIBES OF THE BRONZE AGE OF
LOWER ZARAFSHAN IN THE EARLY STUDIES OF AHMADALI
ASQAROV
Karimova Dilafruz Obidjonovna
State Museum of the History of Uzbekistan,
Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
Head of the Department of History
Doctor of Philosophy (PhD) in History, Senior Researcher,
Tel.: +998 88 411-20-86
e-mail: dilafruzkarimova4@gmail.com
Annotation. This article is dedicated to the first scientific research of the
outstanding Uzbek scientist-archaeologist, academician Ahmadali Asqarov. That is,
special attention is paid to the study of the culture of pastoral communities of the
Bronze Age in the territory of the Bukhara region. This archaeological site serves as
an important source of information on the historical processes of the Bronze Age. The
territory of modern Bukhara was one of the regions that attracted people in ancient
times. In particular, proper conditions for livestock and a favorable geographical
environment were created in this area of the Bronze Age. In his scientific research,
Ahmadali Asqarov studied the Zamanbaba culture of the Bronze Age and uncovered
more than 40 graves. As a result of the analysis of the findings, their lifestyle, beliefs
and economic activities were determined. Artifacts indicating their connection with
neighboring areas were also found by a group of archaeologists led by Ahmadali
Asqarov. The monument entered into history under the name “Zamanbaba Culture”.
Keywords: archaeology, scientist, Ahmadali Asqarov, Bronze Age, monument,
cattle breeding culture, ceramics, grave, jewelry, find.
AHMADALI ASQAROVNING ILK TADQIQOTLARIDA QUYI
ZARAFSHON BRONZA DAVRI DASHT QABILALARI MADANIYATI
KarimovaَDilafro‘zَObidjonovna
O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
Tarix ilmiy bo‘limi mudiri
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim,
Tel.: +998 88 411-20-86
e-mail: dilafruzkarimova4@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqolada taniqli o‘zbek arxeolog olimi, akademik Ahmadali
Asqarovning ilk ilmiy izlanishlariga to‘xtalib o‘tilgan. Ya’ni, Buxoro viloyati
hududidagi bronza davri chorvador jamoalarining madaniyati o‘rganilishi yoritilgan.
Ushbu arxeologik yodgorlik bronza davri tarixiy jarayonlarini yoritishda muhim
manba bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi Buxoro hududi qadimda insonlarni o‘ziga jalb
qilgan hududlardan biri bo‘lgan. Ayniqsa, bu hudud bronza davrida chorvachilik uchun
yetarli imkoniyatlar va qulay geografik muhit bo‘lgan. Ahmadali Asqarov o‘z ilmiy
tadqiqotida bronza davriga tegishli Zamonbobo madaniyatini o‘rganib, 40 dan ortiq
qabrlarni ochgan. Topilmalar tahlili natijasida ularning turmush-tarzi, e’tiqodi va
xo‘jalik faoliyati aniqlangan. Ularning qo‘shni hududlar bilan aloqalarini ko‘rsatuvchi
ashyolar ham Ahmadali Asqarov boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan
topilgan. Bu yodgorlik tarixga Zamonbobo madaniyati nomi ostida kiritilgan.
Kalitَ so‘zlar: arxeologiya, olim, Ahmadali Asqarov, bronza davri, yodgorlik,
chorvachilik madaniyati, sopol buyumlar, qabr, zargarlik, topilma.
КУЛЬТУРАَСТЕПНЫХَПЛЕМЕНَБРОНЗОВОГОَВЕКАَНИЖНЕГОَ
ЗАРАФШАНАَВَРАННИХَИССЛЕДОВАНИЯХَАХМАДАЛИَАСКАРОВА
КаримоваَДилафрузَОбиджоновна
АН РУз, Государственный музей истории Узбекистана
Заведующий научным отделом истории
доктор философии по истории (PhD),
старший научный сотрудник,
Teл.: +998 88 411-20-86
e-mail: dilafruzkarimova4@gmail.com
Аннотация. Данная статья посвящена первому научному исследованию
выдающегося узбекского ученого-археолога, академика Ахмадали Аскарова. То
есть особое внимание уделяется изучению культуры скотоводческих сообществ
бронзового века на территории Бухарской области. Этот археологический
памятник служит важным источником освещения исторических процессов
бронзового века. Территория современной Бухары была одним из регионов,
привлекавших людей в древности. В частности, в этом районе эпохи бронзы
были созданы надлежащие условия для содержания скота и благоприятная
географическая среда. В своем научном исследовании Ахмадали Аскаров изучил
культуру Заманбаба бронзового века и вскрыл более 40 захоронений. В
результате анализа находок были определены их образ жизни, убеждения и
экономическая деятельность. Артефакты, указывающие на их связь с соседними
районами, также были найдены группой археологов под руководством Ахмадали
Аскарова. Памятник вошел в историю под названием «Культура Заманбаба».
Ключевыеَ слова: археология, ученый, Ахмадали Аскаров, бронзовый век,
памятник, скотоводческая культура, керамика, могила, ювелирные украшения,
находка.
KIRISH
Tarixni xalq yaratadi, lekin uning zalvorli yukini asrlardan asrlarga o‘sha xalqning
fidoyi farzandlari – olim-u donishlari yelkalarida ko‘tarib o‘tadilar. Buning uchun
olimlardan juda katta sabot-matonat, ilm va tajriba talab etiladi. Bunday olimlarni chin
ma’noda igna bilan quduq qazuvchi yoxud ko‘xna tarixga til bag‘ishlovchi insonlar,
deb atasa arziydi. Bugungi kunda arxeologiya sohasining yetuk mutaxassis olimi,
akademik Ahmadali Asqarov shunday olimlar sirasiga kiradi. Olim ilk tadqiqotlarini
bronza davri dasht qabilalarining madaniyatini o‘rganishdan boshlagan. O‘zbekiston
arxeologlarining otasi hisoblangan akademik Yahyo G‘ulomovning tarbiyasini olib,
arxeologiya faniga kirib kelgan. Undagi chuqur ilmiylik va fidoiylik ta’siri ostida
shakllangan akademik Ahmadali Asqarov va uning tengdosh arxeolog hamkasblari
Yahyo G‘ulomov maktabining davomchilari sifatida xalqimiz tarixini o‘rganishda
keng ko‘lamli tadqiqot ishlarini olib bordilar. Olim ilk arxeologik izlanishlarini Buxoro
vohasidan boshladi. Y. G‘ulomov, S. Tolstov bilan birga Xorazm ekspeditsiyasida
orttirgan tajriba va bilimlari asosida Buxoro vohasi tarixini o‘rganishni boshladi.
Ekspeditsiyaning birinchi yilidayoq Gujayli o‘zani bo‘ylab hosil bo‘lgan Zamonbobo
ko‘lining yoqasidan qadimgi qabristonni uchratadi. Y. G‘ulomov tomonidan 1950-
yilda Buxoro vohasida boshlangan arxeologik ekspeditsiyani 1959-yilda shogirdlari
Ahmadali Asqarov va O‘tkir Islomovga topshiradi.
Olim ilk marotaba tadqiqot olib borgan paytlarini xotirlab, shunday deydi:
“Ustozim, ulug‘ inson Yahyo G‘ulomov S.P. Tolstov bilan birgalikda qadimgi Xorazm
hududida uzoq yillar tadqiqot ishlarini olib borib, Xorazm materiallari bo‘yicha ilmiy
daraja – doktorlik unvoniga ega bo‘lgan. 1950-yillardayoq ekspeditsiya tashkil etib,
uni “Moxandaryo arxeologik ekspeditsiyasi” deb nomlagan. Moxandaryoning
Qorako‘l tumanidan 18-20 km narida tashkil topgan Zamonbobo ko‘li sohilida eneolitbronza davriga oid qabristonni uchratgan. Bu hududda 5 mavsum tadqiqot olib borib,
41 ta qadimgi qabrlarni ochgan (Гулямов Я., 1956: 43). 1959-yil Zamonbobo
qabristonini to‘liq o‘rganish, u yerga ko‘milgan insonlarning makonini topishni
ustozim mening zimmamga topshirdi. Shu munosabat bilan dastur ishlab chiqib, 1959-
yili Zarafshon vohasining quyi havzasi Buxoro viloyatiga bordim” (A. Asqarov bilan
suhbat qaydlaridan).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonbobo madaniyati 1960-1969-yillar orasida deyarli to‘liq ochib o‘rganilgan.
Bu yodgorlik bo‘yicha maqolalarning asosiy qismi va monografiya ham shu davr
ichida nashr etilgan. Obyektni to‘liq yorituvchi manba 1969-yilda Y.G‘. G‘ulomov,
O‘. Islomov hamda A. Asqarovlar hammuallifligida tayyorlangan monografiya bo‘lib,
unda nafaqat Zamonbobo madaniyati, Zarafshon quyi oqimidagi neolit davri obyekti
hisoblangan Katta Tuzkon va Kichik Tuzkonlar ham joy olgan. A. Asqarov o‘z
maqolalarida Zamonbobo yodgorligida ochib o‘rgangan 40 ta qabrning tahlili, ulardan
topilgan ashyolar klassifikatsiyasi hamda qo‘shni hudud topilmalari bilan solishtirish
ishlarini olib borgan. Shu bilan birga, ushbu yodgorlikning davriy sanasi masalalariga
aniqlik kiritgan. Darhaqiqat, yosh arxeologning bu hududda olib borgan
izlanishlarining natijasi, 1961-1968-yillar orasida nashr etilgan “Moxandaryo
rayonidagi bronza davri yodgorliklari”, “Bronza davriga oid turar-joyning ochilishi”,
“Zarafshonning quyi oqimidagi Zamonbobo madaniyati”, “Zarafshon quyi oqimi
Andronovo madaniyati” kabi maqolalarida o‘z aksini topgan. Eng muhimi, 1963-yili
“Zarafshon daryosi etaklari bronza davrida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini
himoya qiladi. Unda ushbu yodgorlik to‘liq umumlashgan holda namoyon bo‘ladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Arxeologik obyektlarni ilmiy jihatdan o‘rganish, ashyolarni tadqiq etish
metodologiyasi ilmiy asosga ega bo‘lib, ko‘plab turli fanlarning yondashuvlarini o‘z
ichiga oladi. Ushbu metodologiya muayyan madaniyat, xalq yoki davrning hayot
tarzini, urf-odatlarini o‘rganishga qaratilgan. Shu bilan birga, analiz, retrospektiv
uslublar orqali ma’lumotlar tahlili asosida tarixni qaytadan jonlantirishga erishilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bronza davrida O‘rta Osiyoning katta qismini ko‘chmanchi dasht qabilalari
egallagan edi. Ular yashash makonlarining ko‘pchiligida juda qisqa vaqt yashashgan.
Shuning uchun ko‘pincha bu makonlar arxeologlar tomonidan manzilgoh deb ham
ataladi. O‘rta Osiyoning shimoli va janubida bronza davrida yashagan aholining tarixiy
taqdiri bir-biriga chambarchas bog‘lanib ketgan bo‘lib, dehqonchilik bilan
shug‘ullanuvchi qabilalarning shimolga siljishi, Zarafshonning quyi oqimida
o‘rganilgan Zamonbobo madaniyatining shakllanishiga olib keladi.
Zamonbobo aslida qadimgi Zarafshonning quyi oqimi havzasida, uning qurib
borayotgan o‘zanlarining biri yoqasida hosil bo‘lgan ko‘lning nomi (Асқаров А.,
1994: 64). Bir paytlar Zarafshonning havza irmoqlari Amudaryogacha borib yetgan
bo‘lib, yo‘l-yo‘lakay bu irmoqlar bir necha ko‘llarni hosil qilgan. “Yangi tosh davrida
bu bepayon yerlarda ibtidoiy bobokalonlarimiz kulbalar qurib, ko‘l va soy bo‘ylarida
baliqchilik, nam va zax yerlarda dehqonchilik, ko‘kalamzorlarda esa chorvachilik
qilganlar” (Қаюмов А., 2003: 22).
Ibtidoiy davr tariximizga tegishli bo‘lgan Zamonbobo qabristonida 1950–1953-
yillarda tadqiqot olib borilgan (Гулямов Я., Исламов У., Аскаров А., 1969: 31).
Tadqiqot natijasida o‘rganilgan mozor qoldiqlari lahat shaklida bo‘lib, skeletlar o‘ng
va chap yoni bilan xuddi ona qornida yotgan chaqaloq singari g‘ujanak bo‘lib yotar edi
(Асқаров А., 1973: 18). Ibtidoiy jamoa a’zolari kishilarning o‘limiga ishonmaganlar.
Ular o‘lgan odamga nisbatan “murda qattiq uyquga ketdi, endi u narigi dunyoda
yashamog‘i kerak” deb hisoblashgan. Shuning uchun narigi dunyoga kuzatilayotgan
har bir inson alohida tayyorlangan idishlarda ovqatlar bilan, hayotlik davrida qaysi
kasb bilan shug‘ullangan bo‘lsa, o‘sha kasbi-koriga tegishli mehnat qurollari bilan va
bayramona marosimlarda kiyadigan kiyimlari bilan qo‘shib ko‘milganlar. Bu tarzdagi
ko‘mish odati islom dini tarqalgan hududlarda islomgacha davom etgan. Bu
ma’lumotlar olim tomonidan 1994-yilda nashr etilgan “O‘zbekiston tarixi” kitobida
aniq, qisqa va lo‘nda qilib keltirilgan.
Ahmadali Asqarov tomonidan olib borilgan qazishmalar vaqtida erkaklar
mozoridan ko‘proq chaqmoqtoshdan ishlangan pichoqlar, kamalakning o‘q uchlari,
sopol idishlar chiqqan bo‘lsa, ayollarning mozoridan sopol idishlar bilan birgalikda
qimmatbaho toshlardan yasalgan turli xil munchoqlar, pardoz buyumlari, surma, mis
oynalar ham topilgan. Ayollarning bezanish buyumlari orasida misdan yasalgan,
uzunligi 12-16 sm. bo‘lgan kichik kurakchalar ham bor. Bu buyumlarning bezanish
buyumlari ekanligi ularning faqat ayollar qabrida va faqat ko‘zgu, surma, bir bo‘lak
oxra bilan birgalikda uchrashi bilan belgilanadi (Гулямов Я., Исламов У., Аскаров
А., 1969: 159-160).
Zamonbobo qabristoni materiallari ichida toshdan qilingan keli dastalari, ayol
haykalchasi, oltin munchoq va boshqalar ham bor (Гулямов Я., 1956:19). Tinimsiz
mashaqqatli mehnat, ilmiy izlanishlar samarasida yosh arxeolog olim tomonidan
Zamonbobo qabristoni yaqinidan shu madaniyatga tegishli makon topildi.
Zamonbobo qabristoniga tegishli bo‘lgan birinchi manzilgoh kuzatuv natijalarida
1961-yilda topilgan (Аскаров А., 1961: 272). Manzilgohda tadqiqot ishlari 1961-64-
yillarda olib borilgan (Аскаров А., 1963: 86-92). Bu manzilgoh uzoq yillardan beri
topilmay kelinayotgan Zamonbobo makonidan nishona edi. A. Asqarovning olib
borgan qazishmalari natijasida 170 m. kv. bo‘lgan yerto‘la tipidagi kulba xarobasi,
ikkita chayla qoldig‘i, kulolchilik xumdoni xarobasi ochildi.
Zamonbobo makonining maydonidan buzilgan o‘choq o‘rinlari, ko‘plab uyro‘zg‘or va xo‘jalik asboblarining siniqlari, qoramol, qo‘y, echki kabi uy hayvonlari va
boshqa yovvoyi hayvonlarning suyak qoldiqlari, qorayib ketgan bug‘doy va arpa
donlari, chirib ketgan somon qoldiqlari, toshdan yasalgan tosh yorg‘uchoq siniqlari,
chaqmoqtoshdan yasalgan paykon (yoy o‘qlari) va boshqalar topildi (Асқаров А.,
1973: 65). Bu topilmalar Zamonbobo makoni aholisining dehqonchilik va xonaki
chorvachilik bilan shug‘ullanganligidan darak beradi. Madaniyat aholisining hayotida
dehqonchilik katta o‘rin tutgan. Ekin ekilmaydigan yerlar tosh, shox va yog‘ochdan
qilingan turli shakldagi ketmonlar bilan ishlanib, hosil chaqmoqtosh qadamalaridan
tayyorlangan o‘roq bilan o‘rib olingan. Keyin bug‘doy, arpa singari dehqonchilik
mahsulotlari yorg‘uchoqda un qilingan.
Zamonbobo madaniyatida chorvachilikning mavjud bo‘lganligini ushbu
makondan topilgan va qisman mozordan topilgan jonivorlarning suyaklaridan bilish
mumkin. Qabrlardagi hayvon suyaklari 15 foizni tashkil qiladi. Bu suyaklarni
o‘rgangan N.M. Ermolovaning taxminiga ko‘ra, bu yerdagi aholi asosan qoramol
boqish bilan shug‘ullangan (Гулямов Я., Исламов У., Аскаров А., 1969: 172).
Ustozning eslashlaricha: “Qurib qolgan daryo o‘zanlari va ko‘l yoqalaridan
ashyoviy dalillar qidirish, har bir moddiy topilmaning joyini aniqlash, moddiy qatlam
saqlangan obyektlarda mavsumiy va doimiy qazuvlar o‘tkazish, to‘plangan materiallar
ustida ishlash, ularni chizish, suratga olish, jadval va albomlar qilish, xullas, Sankt-
Peterburgda o‘rgangan bilim va orttirgan tajribalarim asosida Buxoro vohasi tarixining
bronza davri madaniyatini tiklash vazifasi yuklatilgan edi” (Асқаров А., 1994).
Zamonbobo madaniyatining sopol idishlari haqida gapiradigan bo‘lsak, sopol
idishlar qo‘lda tasma usulida tayyorlangan. Lekin mozorda va makonda charxda
tayyorlangan idishlar ham uchraydi. Mozorda 2 ta idishning ikki bo‘lagi, makonda 18
ta idishning 60 ta bo‘lagi topilgan. Idishlar qanday ishlarda qo‘llanilishiga, vazifasiga
qarab 2 guruhga: 1. Oshxona – xo‘jalik sopol idishlari; 2. Diniy marosimlarga oid sopol
idishlarga bo‘linadi (Асқаров А., 1994: 93). Birinchi guruhga tubi dumaloq,
tuxumsimon idishlar hamda tubi dumaloq, yarim sharsimon idishlar kiradi. Bu guruhga
tagi yassi, ba’zan dumaloq tuvaksimon idishlar, silindr shaklidagi idishlar – turli
kattaliklardagi qadahlar ham kiradi.
Diniy marosimlarga oid idishlarga uncha katta bo‘lmagan bir burchagida yarim
doira yoki kvadrat bo‘limi bo‘lgan to‘rtburchak idishlar va yuqori qismi burchaklarida
baland joyga osish uchun qilingan teshiklari bor kubsimon idishlar kiradi. To‘rtburchak
idishlarning burchagidagi bo‘limlari “donxo‘rak” deb atalib, bu idishlar
marhumlarning qush shakliga kirgan ruhlarining ovqatlanishi uchun mo‘ljallanib,
marhumlar bilan birga qabrlarga qo‘yilgan (Аскаров А., 1962: 59-65).
Olimning mashaqqatli mehnati va izlanishlari samarasida Zamonbobo makoni
mil.avv. III ming yillikning oxiri II ming yillikning birinchi yarmida (Жўрақулов М.,
Аванесова Н., Амирқулов Б., 1995: 100), ya’ni eneolit va ilk bronza davri urug‘-
jamoasining qarorgohi bo‘lganligi va bu jamoaning atrofdagi qo‘shni qabilalar bilan
iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lganligini isbotlovchi dalillar topildi. Bunga misol
qilib, Zamonbobo makoni va qabristonidan topilgan buyumlar orasida Badaxshon
lazuritidan ishlangan munchoqlarni, sopol idishlar orasida esa Janubiy Turkmanistonda
ishlangan sopol idishlarni ko‘rsatish mumkin. Olimning yozishicha, O‘rta Osiyoning
cho‘lli zona qabilalari ichida zamonboboliklar birinchi bo‘lib sopol buyumlarni ishlab
chiqarishda kulolchilik charxini qo‘llaganlar. Zamonbobo aholisi o‘z navbatida Volga
bo‘yi va Janubiy Sibir ibtidoiy jamoalari bilan ham iqtisodiy va madaniy aloqada
bo‘lganlar. Zamonbobo madaniyati qabilalari tarixiy rivojlanishining o‘ziga xosligi
shunda namoyon bo‘ladiki, bu yerda xo‘jalik boshqa dasht qabilalari xo‘jaligidan farqli
ravishda rivojlandi. Zamonbobo qabilalarga yaqinroq joylashgani uchun ular bilan
madaniy aloqada bo‘lganlar. Zamonboboliklar jamoasi ma’lum tabiiy muhit va tarixiy
sharoitlar ta’sirida ancha tez rivojlanganlar. O‘zlarining yuqori rivojlangan zamondoshlari
– janubiy dehqonchilik qabilalarining kuchayib borayotgan ta’sirini sezganlar. Bu haqda
charxda tayyorlangan sopol idishlar, idish tayyorlovchi xumdon, xochsimon munchoqlar,
sopol haykalchalar, to‘g‘nag‘ich, mis kurakchalar singari buyumlar guvohlik beradi.
Zamonbobo makoni yuqori qatlamidan topilgan Andronovo qabilalari sopollari
Zamonbobo qabilalarining keyingi taqdirini aniqlashga imkon beradi.
Zarafshon daryosining quyi oqimida Andronovo madaniyatiga oid Gujayli
qabristoni, Qizilqir mozori va Moxandaryoda 20 ta manzilgoh bor (Асқаров А., 1994:
115-116). Gujayli sohilidan 5 ta qabr 1951-yilda Y. G‘ulomov tomonidan qazib
o‘rganildi. 1958-yilda so‘nggi antik davr qo‘rg‘oni Qizilqirning pastki qatlami ostidan
qazib o‘rganildi (Аскаров А., 1981:29). Gujayli qabristonidan topilgan 5 ta qabr
yomon saqlangan bo‘lib, ularda boshi g‘arb tomonga qaratib, chap yonboshiga
bukchaytirib yotqizib ko‘milgan jasadlar tekshirilgan. Qabrlardan topilgan buyumlar
kam bo‘lib, saqlanish darajasi ham turlicha. Har bir mozorga ikki-uchtadan sirti
jimjimador qilib naqshlangan sopol idishlar qo‘yilgan bo‘lib, beshta qabrda 4 ta butun
tuvaksimon sopol idish va bitta sopol idish bo‘lagi topildi (Асқаров А., 1973: 22).
Ikkita qabrda 4 ta yassi bronza bilaguzuk, yana bir qabrda toshdan yasalgan
munchoqlar va bir tizim bronza munchoq topildi. Boshqa qabrlardan hayvon suyaklari
va tariqning ko‘mirga aylanib ketgan donlari tozalab olindi (Гулямов Я., Исламов У.,
Аскаров А., 1969: 189). Shuni aytish mumkinki, Andronova madaniyati aholisi
nafaqat chorvachilik bilan, balki dehqonchilik bilan ham shug‘ullanib turar edi
(Мухаммаджонов А., 1991: 109-110). Bronza davriga oid bo‘lgan Mo‘minobod
qabristoni Samarqand shahridan 64 km sharqda, Urgut tumanining Mo‘minobod
qishlog‘ida joylashgan. Uni 1964-yilda D. Lev, 1966-yilda A. Asqarov o‘rgangan. Bu
yerda 5 ta marhum yakkalab dafn etilgan qabrlar topilgan. Qabrlardan boshi g‘arbga
qaratilib, o‘ng yonboshiga bukchaytirib ko‘milgan ayollarning jasadlari topilgan.
Marhumlar bilan birgalikda ko‘plab buyumlar qo‘yilgan. Marhumlarning boshlari
oldida geometrik o‘yma naqshlar tushirilgan, qo‘lda yasalgan tuvaksimon sopol
idishlar topilgan.
Buxoro vohasidagi Zamonbobo madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi bilan
bog‘liq bo‘lgan voqeliklar mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmidan ikkinchi
yarmigacha sodir bo‘ldi. Biroq quyi Zarafshonda o‘tkazilgan arxeologik tadqiqot
ishlarining guvohlik berishiga qaraganda, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida
Zamonbobo madaniyatiga doir bo‘lgan madaniyatlar uchramaydi (Асқаров А., 1973:
21). Bu davrga kelib birgina Quyi Zarafshondagina emas, balki O‘rta Osiyoning
deyarli barcha hududlarida yangi etnik guruhlarning paydo bo‘lganligi kuzatiladi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan arxeologik materiallar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Quyi
Zarafshonda mil. avv. II ming yillikning oxirlarida va mil. avv. I ming yillikning
boshlarida yashagan ibtidoiy qabilalar Andronovo madaniyatining Tozabog‘yob tipiga
mansub ekanlar. Ularning kelib chiqishi garchi Janubiy Sibirning ko‘chmanchi
chorvadorlariga borib taqalsa-da, ammo ular asrlar davomida Janubiy Qozog‘iston,
Xorazm va O‘rta Osiyoning dasht hamda vodiylari aholisi bilan olib borgan uzluksiz
muloqotlari oqibatida yerli dehqon va chorvador jamoalariga aralashib ketganlar.
Natijada, qadimgi So‘g‘d madaniyatining shakllanishida ma’lum darajada ishtirok
etganlar. Xuddi o‘sha zamonlardan boshlab Zarafshon etaklari, hozirgi Olot, Qorako‘l,
Jondor va Romiton atroflarida chorvachilik rivoj topib, bu joylar Buxoroning qadimgi
chorvador aholisi uchun qulay maskanga aylangan.
Ahmadali Asqarov Quyi Zarafshon hududi chorvador jamoalar madaniyati
bo‘lgan “Zamonbobo madaniyati”ga oid ilmiy tadqiqotlarini o‘zining “Zarafshonning
quyi oqimi bronza davrida” nomli nomzodlik ishida umumlashtirdi. Olim to‘rt yillik
ilmiy izlanishlari, arxeologik tadqiqotlari natijasi bo‘lgan ushbu dissertatsiyani
nihoyat, 1963-yilning 9-yanvarida SSSR FA Arxeologiya institutining ilmiy
kengashida taniqli rus arxeolog olimi, professor M.P. Gryaznov ilmiy rahbarligida
muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu xizmati uchun institut Ilmiy kengashi arxeolog olim
Ahmadali Asqarovga tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi berdi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, yosh olim ustozi – o‘zbek xalqi
o‘tmish tarixining qomusiy olimi, akademik Y.G‘. G‘ulomovning Buxoro vohasida
boshlagan arxeologik tadqiqotini davom ettirishi, Zamonbobo qabristoni,
yodgorlikning yoshi, o‘sha davr odamlarining urf-odatlari, mozor tuzilishi, uning
xronologik bosqichlari, madaniy doirasi, aholining etnografik qiyofasiga doir qator
jihatlarni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Zamonbobo yodgorligi yaqinidagi barhan
qumlar ostida qolib ketgan Zamonboboliklar qishlog‘ining topilishi va u yerda
arxeolog Ahmadali Asqarov rahbarligida keng ko‘lamli qazishmalar olib borilishi
aholining turmush-tarzi, xo‘jalik, urf-odati va qo‘shni qabilalar bilan iqtisodiy va
madaniy aloqalarini aniqlashga yordam berdi. Bularning barchasi yosh arxeolog olim
tomonidan o‘zbek xalqi uzoq o‘tmish tarixini o‘rganishda fanga qo‘shilgan salmoqli
hissa edi.
FOYDALANILGANَADABIYOTLARَRO‘YXATI:
1. Гулямов Я.Г. (1956) Археологический работы к западу от Бухарского
оазиса. – Ташкент. – С. 152.
2. Академик Ахмадали Асқаров билан бўлган ижодий суҳбат. – Тошкент,
2016 йил, 3 март.
3. Асқаров А. (1994) Ўзбекистон тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи.
4. Қаюмов А. (2003) Академик Аҳмадали Асқаров. – Тошкент: Фан.
5. Гулямов Я., Исламов У., Аскаров А. (1969) Первобытная культура в
низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан. – С. 118.
6. Асқаров А. (1973) Бухоронинг ибтидоий давр тарихидан лавҳалар. –
Тошкент: Фан.
7. Аскаров А. (1961) Памятники эпохи бронзы в районе Махандарьи.
Научные работы и сообщения, кн. 4. – Ташкент. – С. 272-281.
8. Аскаров А. (1963) Поселение Заманбаба, КСИА, № 93. – Москва.
9. Аскаров А. (1962) Культура Заманбаба в низовьях Зарафшана //
Общественные науки в Узбекистане, №11. – C. 59-65.
10. Жўрақулов М., Аванесова Н., Амирқулов Б. (1995) Зарафшон
воҳасининг ибтидоий маданияти. – Самарқанд.
11. Аскаров А. (1981) К передатировке культуры Заманбаба. Культура и
искусство древнего Хорезма. – Москва: Наука. – С. 100.
12. Мухаммаджонов А. (1991) Қадимги Бухоро (Археологик лавҳалар ва
тарих). – Тошкент: Фан.
13. Итина М.А. (1977) История степных племен южного Приаралья. (IIначало I тысячелетия до н.э.) – Москва: Наука. – С. 109-110.
REFERENCES:
1. Gulyamov Ya.G. (1956) Arxeologicheskiy raboti k zapadu ot Buxarskogo
oazisa. – Tashkent. – S. 152.
2. Akademik Axmadali Asqarov bilan bo‘lgan ijodiy suhbat. – Toshkent, 2016
yil, 3 mart.
3. Asqarov A. (1994) O‘zbekiston tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi.
4. Qayumov A. (2003) Akademik Ahmadali Asqarov. – Toshkent: Fan.
5. Gulyamov Ya., Islamov U., Askarov A. (1969) Pervobytnaya kultura v
nizovyax Zarafshana. – Tashkent: Fan. – S. 118.
6. Asqarov A. (1973) Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar. – Toshkent:
Fan.
7. Askarov A. (1961) Pamyatniki epoxi bronzi v rayone Maxandari. Nauchniye
raboti i soobshyeniya, kn. 4. – Tashkent. – S. 272-281.
8. Askarov A. (1963) Poseleniye Zamanbaba, KSIA, № 93. – Moskva.
9. Askarov A. (1962) Kultura Zamanbaba v nizovyax Zarafshana //
Obshyestvenniye nauki v Uzbekistane, №11. – C. 59-65.
10. Jo‘raqulov M., Avanesova N., Amirqulov B. (1995) Zarafshon vohasining
ibtidoiy madaniyati. – Samarqand.
11. Askarov A. (1981) K peredatirovke kulturi Zamanbaba. Kultura i iskusstvo
drevnego Xorezma. – Moskva: Nauka. – S. 100.
12. Muxammadjonov A. (1991) Qadimgi Buxoro (Arxeologik lavhalar va tarix).
– Toshkent: Fan.
13. Itina M.A. (1977) Istoriya stepnix plemen yujnogo priaralya. (II-nachalo I
tisyacheletiya do n.e.) – Moskva: Nauka. – S. 109-110.