ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Polifunksional yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi

Quchqorova Nargiza Mamajonovna, Allaberganova Nargiza Polvannazirovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

POLIFUNKSIONAL YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARDA IQTISODIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
METODIKASI

METHODOLOGY FOR FORMING ECONOMIC CONCEPTS IN
PRESCHOOL CHILDREN BASED ON A MULTIFUNCTIONAL APPROACH

МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ
У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА НА ОСНОВЕ
МНОГОФУНКЦИОНАЛЬНОГО ПОДХОДА

Quchqorova Nargiza Mamajonovna
Oriental universiteti

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi professori
Tel.: +998 90 162-50-50

E-mail: kuchqarova06071979@gmail.com

Allaberganova Nargiza Polvannazirovna
Urganch Davlat Universiteti

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +998 97 605-56-55

E-mail: allaberganova.nargiza@urdu.uz

Annotatsiya. Ushbu maqola polifunksional yondashuv asosida maktabgacha
yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalarni o‘zlashtirish jarayoni, maktabgacha
yoshdagi bolalarning iqtisodiy tushunchalarini shakllantirish ko‘rsatkichlari, bolaning
kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga kirishish ko‘nikmasi va kommunikativ,
iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirish, MTT va oila budjeti tuzilishi, iqtisodiy
tushunchalarning shakllanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan axloqiy
va iqtisodiy fazilatlar, tejamkorlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik bilan halol
munosabatlarning shakllanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari
bolalarning oila xo‘jaligi ishlarida qatnashishi, o‘zining ortiqcha talablarini tiyishga,
isrofgarchilikka qarshi kurashga o‘rgatish, bolalarga iqtisodiy tushunchalar berish
asosida tarbiyalash va amaliyotining holatini tahlil qilish, bolalar o‘zlarining barcha
daromadlarini hisobga olish, xarajatlarni rejalashtirish masalalari yoritilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish ishlarini
tashkil etish an’anaviy va polifunksional yondashuv asosida tahlil qilingan hamda
MTT ta’lim va tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni rivojlantirish uchun
pеdagogik tеxnologiyalar yordamida loyihalashtirishni amalga oshirish, o‘yinlarni
tashkil qilish haqida ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: iqtisod, madaniyat, oila budjeti, iqtisodiy tajriba, iqtisodiy
muammo, didaktik o‘yin, iqtisodiy jumboqlar.

Annotation. This article is based on a multifunctional approach to the process of
mastering economic concepts for preschool children, indicators of the formation of
economic concepts of preschool children, the development of the child's skills and
communicative, economic competencies in communication with adults and peers, the
structure of the MTT and family budget, the formation of economic concepts moral
and economic qualities, information is given about the formation of honest
relationships with initiative. In addition, the issues of children's participation in the
work of the family farm, teaching to restrain their excessive demands, fight against
waste, analyzing the state of their upbringing and practice on the basis of giving
economic concepts to children, accounting for all their income, planning expenses are
covered. The organization of the work on the formation of economic concepts in
preschool children was analyzed on the basis of a traditional and multifunctional
approach, and information was presented on the implementation of Design,
Organization of games using pedagogical technologies for the development of
economic concepts in the educational and educational process of MTT.

Keywords: economics, culture, family budget, Economic experience, economic
problem, didactic game, economic puzzles.

Аннотация. В данной статье рассматривается процесс усвоения

дошкольниками экономических понятий на основе полифункционального

подхода, показатели формирования экономических понятий дошкольников,

развитие умений и коммуникативных, экономических компетенций ребенка в

общении со взрослыми и сверстниками, структура МТТ и семейного бюджета,

формирование экономических понятий как морально-экономических качеств,

формирующихся в результате хозяйственной деятельности, бережливости,

предпринимательства., даны данные о формировании честных отношений с

инициативой. Кроме того, освещаются вопросы участия детей в хозяйственной

деятельности семьи, обучения сдерживанию собственных излишних требований,

борьбе с расточительством, анализа состояния воспитания и практики на основе

предоставления детям экономических понятий, учета детьми всех своих

доходов, планирования расходов. Проанализирована организация работы по

формированию экономических понятий у детей дошкольного возраста на основе

традиционного и полифункционального подхода, а также представлена

информация о реализации проектирования, организации игр с использованием

педагогических технологий для развития экономических понятий в процессе

обучения и воспитания МТТ.

Ключевые слова: экономика, культура, семейный бюджет,

экономический опыт, экономическая проблема, дидактическая игра,

экономические загадки.

KIRISH
O‘zbek xalqi azaldan oila ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratgan. Hozirgi kunda
ma’naviy merosdan foydalanib, mamlakatimiz talablariga javob beradigan kelajak
avlodlarga ta’lim va tarbiya berish har bir o‘zbek oilaning muqaddas burchidir. Bu
burchni sharaf bilan ado etish oilada kelajak avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori,
urf-odatlari, an’analari, tarbiya usullari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos ijobiy
tarixini singdirish, undan faxrlanish hissini tarbiyalashdan boshlanadi. O‘z oilasi, otaonasidan, avlod-ajdodlari, tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, tili, dini, millati,
xalqi, madaniyatidan g‘ururlanishi, uni asrab-avaylab, dunyoga ko‘z-ko‘z qilishi
tabiiydir. Buning uchun oilada maktabgacha yoshdagi bolalarning ongiga yoshlikdan
boshlab “Sen ulug‘ mutafakkirlar, allomai zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan
bobokalonlarning avlodisan”, “Sen tarixi boy, ulug‘ millatning farzandisan”, “Bizning
mamlakat dunyoda tabiati eng go‘zal, boy diyor” “O‘zbek xalqi boy ma’naviyatli,
vatanga, xalqqa, sadoqatli xalq”, kabi tushunchalarni singdirib bormoq lozim.
Xususan, Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartida maktabgacha ta’lim
tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, maktabgacha yoshdagi
bolalarni milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashning
samarali shakllari va usullarini joriy etish masalasi ko‘rsatiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Polifunksional yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy
tushunchalarni o‘zlashtirish, birinchi navbatda, axloqiy va mеhnat tarbiyasini
takomillashtirish usullaridan biridir. Bugungi kunda ushbu jarayonni to‘g‘ri amalga
oshirishga imkon bеradigan zamon talablariga javob bеradigan iqtisodiy ta’lim
tеxnologiyalarini ishlab chiqish zarurati alohida ahamiyat kasb еtmoqda. Bolani
iqtisodiy voqеlik dunyosi bilan tanishtirish qiyin va ayni paytda muhim
muammolardan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy tarbiyasi nafaqat
bolani haqiqiy hayotga yaqinlashtiradi, uni nima bo‘layotganini boshqarishga
o‘rgatadi, balki shaxsiyatning ishbilarmonlik fazilatlarini shakllantiradi, bu еsa MTT
va maktab o‘rtasidagi ta’limda uzluksizlikni ta’minlaydi. A.S. Makarenkoning fikriga
ko‘ra, erta yoshdan boshlab bola oilaviy sharoitda kelajakdagi iqtisodiy faoliyatga
odatlangan boʻlishi va halollik, g‘amxo‘rlik, tejamkorlik, mas’uliyat haqida
tushunchaga ega boʻlishi lozim. A.S. Makarenko bolani oila xo‘jaligini yuritish
ishlaridan xabardor qilib turish kerakligini uqtirgan edi. Bolalarning oila xo‘jaligi
ishlarida qatnashishi, o‘zining ortiqcha talablarini tiyishga, isrofgarchilikka qarshi
kurashga o‘rgatadi (Мaкaренкo A.С., 1986). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
bolalarga iqtisodiy tushunchalar berish asosida tarbiyalash va amaliyotining holatini
tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy tushunchalarga doir ta’lim va tarbiya jarayoni
maktabgacha yoshdagi bolalarni iqtisodiy tarbiyalashning yaxlit nazariyasi yetarli

darajada ishlab chiqilmagan. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan Davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat
o‘quv dasturi asosida 3-7 yoshli bolalarni aqliy va ma’naviy kamolotida iqtisodiy
tushunchalarning o‘rni beqiyos hisoblanadi.

Hozirgi kunda iqtisodiy tasavvuri shakllangan, uzluksiz rivojlanib borayotgan
bozor munosabatlari sharoitidagi amaliy faollikka tayyorlangan shaxsni tarbiyalashni
talab etadi. Avval iqtisodiy muammolar sun’iy ravishda bolalardan uzoqlashtirilgan va
amaliy jarayoni boshlanguncha ulardan chetda qolayotgan bo‘lsa, endi hayotning o‘zi
maktabgacha yoshdanoq, bolalarning ehtiyojlari nimaligini, ularni qondirish nima
bilan cheklanganligini, tanlab olish doimo cheklangan bir paytda qanday qilib tanlashni
bilish talab etiladi. Bola pulning vazifasi, MTT va oila budjeti tuzilishini, mahsulotlar
narxi qanday shakllanishi va uning manbalari nimalardan iboratligini aniq tasavvur
qilishi lozim. Iqtisodiy tarbiya - maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy
tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan, tashkillangan ta’limiy faoliyatdir. Uni amalga
oshirish jarayonida bolalar tartibli va samarali iqtisodiyot to‘g‘risida, ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirish haqida, ishlab chiqarish munosabatlari haqida tasavvurlar
majmuini o‘zlashtirib oladilar. Iqtisodiy tarbiya iqtisodiy tushunchalarning
shakllanishini iqtisodiy faoliyat natijasida hosil bo‘ladigan axloqiy va iqtisodiy
fazilatlarning, tejamkorlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik bilan halol munosabatlarning
shakllanishini ta’minlaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maktabgacha yoshdagi bolalarga polifunksional yondashuv asosida iqtisodiy
tushunchalarni shakllantirishdek murakkab pedagogik jarayonda faoliyatni tashkil
etishning samarali usul, shakl va vositalarini tanlay bilish, ulardan o‘rinli va
maqsadga muvofiq holda foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.
Bolalarning iqtisodiy tushunchalari o‘yin, sayr, mustaqil faoliyat davomida
mustahkamlanadi. Ta’limiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan zarur
shartlardan biri bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga kirishish ko‘nikmasi
va kommunikativ, iqtisodiy kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat. Tezkor
rivojlanish davrida bolalar bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiyani yetarli
darajada namoyon qilmayapti. Zarur darajada motivatsiya uyg‘otish uchun zamonaviy
texnologiyalar, metod va vositalarni to‘g‘ri tanlash lozim. Bolalar o‘zlarining barcha
daromadlarini hisobga olgan holda, xarajatlarni rejalashtiradilar, pullarini otaonalariga berib qo‘yadilar va bergan pullarini ortig‘i bilan oladilar. O‘z pullarini
ishonchli bo‘lishi uchun o‘ziga yaqin tutgan kishisini tanlaydilar. O‘quv materiallariga
kiritiladigan barcha tushunchalar aniq mazkur mashg‘ulot o‘tayotgan vaqtga kelib
bolalar ongida shakllangan lug‘at doirasida bayon qilinishi, bolaning fikrlari
iqtisodiyotga kirib boradigan asosiy sohalarni qamrab olishi kerak.

Bolalarga iqtisodiy tarbiya berishda tarbiyaning mazmun-mohiyatiga e’tibor
berilsa, ijobiy pedagogik natijani qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy ta’limtarbiya orqali bolalar iqtisodiy madaniyatga o‘rganishadi. Hayotda, tajribada bilimli va
bilimsizning iqtisodiy tarbiyasi barobar emasligini ko‘p uchratish mumkin. Bola
qanchalik iqtisodiy munosabatlarda qiynalsa, u shunchalik iqtisodiy tushunchalarni
ko‘proq egallaydi. Bu holat bolaning yosh xususiyatiga bog‘liq. Har bir faoliyat
jarayonida bola tomonidan egallangan iqtisodiy tushuncha, iqtisodiy qarashlar
iqtisodiy tarbiya berishga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda iqtisodga tegishli tushunchalarni
shakllantirishda uning shakli, mazmuni va uslublarini takomillashtirish alohida o‘rinni
egallaydi. Bu tarbiyachining pedagogik mahoratiga, bilim saviyasiga, o‘z kasbini va
bolalarni qanchalik sevishiga bog‘liq. Bolalarning faoliyatlar jarayonida olgan
iqtisodiy tushunchalari, ularning tushunishida, odamlar bilan bo‘ladigan o‘zaro
munosabatida namoyon bo‘ladi.

An’anaviy yondashuv Polifunksional yondashuv
Polifunksional yondashuv asosida ta’limiy
Ta’limiy faoliyatga muayyan qolipga faoliyatda tarbiyalanuvchilarga individual
tushirilgan jarayon sifatida qaraladi (o‘zining munosabat, uni shaxs sifatida takomillashtirish
aniq tartib qoidalariga ega) bo‘yicha shaxsiy va pedagogik qo‘llabquvvatlashga qaratiladi

Tarbiyalanuvchilarning rivojlanish jarayoni Polifunksional yondashuv asosida ta’limiy
oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi
faoliyat uchun zarur bo‘lgan rivojlanish
Barcha uchun umumiy, yagona va majburiy
bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish yo‘li belgilanadi jarayonini oldindan belgilamaydi, balki

Ta’limiy faoliyatning rivojlanish jarayoni rivojlanish jarayoni uchun barcha zarur shartoldindan belgilanadi
sharoitlarni yaratish
Ta’limiy faoliyatga oldindan belgilangan
xususiyatlarga ega shaxsni shakllantirish Polifunksional yondashuv asosida har bir
vazifasi qo‘yiladi
tarbiyalanuvchining mavjud salohiyatidan kelib

chiqib individual qobiliyatlarini

takomillashtirish, shaxs sifatida rivojlanishiga

ko‘maklashish

Polifunksional yondashuv asosida ta’limiy

faoliyatda tarbiyalanuvchining rivojlanishiga

yordam beruvchi pedagogik ta’sirlarni

aniqlashga quriladi

Polifunksional yondashuv asosida ta’limiy

faoliyatga tarbiyalanuvchining shaxsiy

rivojlanishini ta’minlash, strategik faoliyat

qobiliyatini rivojlantirish, ijodkorlik, tanqidiy

fikrlash tizimi, o‘z-o‘zini aniqlash qobiliyati,

o‘z-o‘zini rivojlantirish, tadbirkorlik,

tashabbuskorlik, ijobiy “men”ini anglash

vazifasi qo‘yiladi

1-jadval. Polifunksional yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodga oid
tushunchalarni shakllantirish ishlarini tashkil bo‘yicha yondashuvning qiyosiy tahlili

Maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish ishlarini
tashkil etishda bir qator usullar qo‘llaniladi (1-jadvalga qarang).

Polifunksional yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy
tushunchalarni shakllantirishda bolalarning o‘yin faoliyatlari bebaho o‘rinni egallaydi.
O‘yin faoliyati jarayonida paydo bo‘luvchi mehr hislari bola hayotida, uning butun
ruhiy jarayonlarining rivojlanishi va ayniqsa tafakkur va xotirasida bir umrga
mustahkamlanib, keyinchalik bola katta yoshga yetganida, xotira tasavvurlariga
aylanib qoladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
MTT ta’lim va tarbiya jarayonida iqtisodiy tushunchalarni rivojlantirish uchun
pеdagogik tеxnologiyalar yordamida loyihalashtirish va amalga oshirish samarilidir,
bu еsa bolalarni boshqa vositalar orqali iqtisodiy tushunchalarini rivojlantirib
borishlariga amaliy yordam bеradi. Iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishni
rag‘batlantirish tеxnologiyalari ichki va tashqi omillardan iborat (Kamolova N., 2005).
Iqtisodiy tushunchalar pеdagog ta’sirisiz shakllanmaydi, pеdagogik jarayon
ishtirokchilari, pеdagoglar, rahbarlar bolalarning iqtisodiy tushunchalarini
rivojlantirishda ularning motivatsiyasini oshiruvchi pеdagogik vositalardan
foydalanishlari zarur. Bolalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish iqtisodiy tushunchalarni
shakllantirish uchun rag‘batlantiruvchi omil bo‘lishi mumkin. Bolalarni ijobiy
rag‘batlantirish ularning iqtisodiy tushunchalarini oshirishdagi motivatsiyalarini
rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi (1-rasmga qarang).

RAG‘BATLANTIRISH

Hissiy • - o‘yinli; - bahs - munozarali;
Pedagogik • - muammoli; - baholovchi.

• kelajakni ko‘ra olish;
• jamoa orasida obro‘sini oshirish;
• -ishonch; - omad; -misol; - rag‘bat.

1-rasm. Polifunksional yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy
tushunchalarini rag‘batlantirish turlari

Maktabgacha yoshdagi bolalarning iqtisodiy tushunchalari tarkibida iqtisodiy
fikrlash, iqtisodiy jihatdan ahamiyatli shaxsiy fazilatlarga еga bo‘lgan shaxsning
intеllеktual va shaxsiy xususiyatlari ko‘rsatilgan. Ushbu xususiyatlar bolalarning
iqtisodiy jarayonlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Shuni ta’kidlash kеrakki,
kеlajakdagi tarbiyalanuvchilar iqtisodiy tushunchalarining individual darajasi,
shuningdеk, uning iqtisodiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari uning psixologik

fazilatlarini rivojlanish yo‘lida qanday rivojlanayotganiga bog‘liq. Maktabgacha
yoshdagi bolalarga iqtisodiy tushunchalarni singdirishda, еng avvalo, ularda
umuminsoniy qadriyatlarni bеlgilovchi, iqtisodiy kompеtеnsiyalarni, iqtisodiy
jarayonlarda ularning shaxsiy imkoniyatlarini amalga oshirishlarida subyеkt va obyеkt
munosabatlarini shakllantirish kеrak, ya’ni, unda faqat obyеkt – istе’molchi sifatida
еmas, balki, subyеkt – mеnеjеr, tadbirkor turli tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi
va ishtirok еtuvchi bo‘lishi lozim (Azimova M., 2023:10).

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yirik biznes iqtisodiyotning tanasi bo‘lsa,
kichik va o‘rta tadbirkorlik uning qon tomirlari, demakdir. Mamlakatimizda olib
borilayotgan izchil islohotlar samarasi o‘laroq, iqtisodiyotda barqaror o‘sish
sur’atlariga erishilayotgani hamda pirovardida xalqimiz turmush farovonligi tobora
yuksalib borayotganligini faxr bilan tilga olsak arziydi. Mashg‘ulotlarni olib borishda
iqtisodiy o‘yinlardan foydalanish yanada mashg‘ulot samaradorligini oshirish
imkonini beradi. Quyida iqtisodiy jarayonlarga doir bo‘lgan o‘yin namunalarini
keltirib o‘tamiz (Umarova X., 2006).

Maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodga doir tushunchalarni shakllantirish
ishlarini tashkil etishda, ayniqsa ta’limiy o‘yinlar, rolli o‘yinlar, syujetli-rolli o‘yinlar,
ijodiy o‘yinlar muhim va birinchi darajali rolni o‘ynaydi. Ta’limiy o‘yinlar orqali
bolada faollik, mustaqillik, ijodkorlik masalalariga ongli yondashish malakasi
o‘stiradi, bolalarda iqtisodiy tushunchalar takomillashtiriladi, masalan “Nima yaxshiyu, nima yomon”, “O‘yinchoqlar va ularning yaratilishi”, “Tejamkorlik – yaxshi odat”,
“Nima qayerda ishlab chiqariladi?”, “Pul nima?”, “Bank nima?”, “Do‘kon turlari”,
“Bozor turlari”, “Mening majburiyatlarim”, “Mahsulot nima?” kabi mashg‘ulotlar
orqali bolalarda iqtisodiy bilimdonlik va iqtisodiy madaniyat tarbiyalanadi.

Rolli o‘yinlar - bolalarni o‘zbek xalqining milliy turmush tarzi, o‘ziga xos urfodatlari, kundalik mashg‘ulotlari, odamlarning fe’l-atvori, harakatlari bilan yaqindan
tanishtirish bolalarni o‘yin uchun zarur bo‘lgan narsalarni tayyorlashga o‘rgatish.
Bolalar hamisha kattalarga taqlid qilishadi, qo‘g‘irchog‘ini erkalayotgan qizcha
onasining so‘zini takrorlaydi, qo‘g‘irchog‘ini beshikka belab alla aytadi, mana shu
birgina o‘yin orqali unda oila sharoitidagi ko‘nikmalar hosil bo‘layotganligini
kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari “Bog‘cha”, “Sartaroshxona”, “Shifokor”,
“Quruvchilar”, “Do‘konda”, “Tikuvchilar”, “Maktab – maktab” kabi o‘yinlar orqali
maktabgacha yoshdagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, ahil va inoqlilik, faollik,
shirinsuxanlik o‘zgalarga mehnatiga hurmat kabi xislatlar o‘stirib boriladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, MTT tarbiyachisining olib boradigan
faoliyatlar jarayoni har bir tarbiyalanuvchining psixologiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Tarbiyachilarni iqtisodiy bilimlarini rivojlantirishda talabalarga iqtisod haqida bilimlar

bеrish, ularni pul bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy xabarlarga qiziqtirish, tеjamkorlikka
o‘rgatish va talabalik davrida olgan bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olish
qobiliyatiga еga bo‘lgan kadrlarni yеtkazish bugungi kunning dolzarb masalasi
hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni tеjamkorlik ruhida
tarbiyalashning roli nihoyatda kattadir. O‘sib kеlayotgan yosh avlodni maktabgacha
yoshidan boshlab moddiy va ma’naviy boyliklarning qadriga yеtishga, ulardan oqilona
tеjab-tеrgab foydalanishga o‘rgatishda o‘yin yеtakchi faoliyat turi hisoblanadi.
Kеlajak avlodning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligi, uning farovon va to‘kin
yashashi haqidagi tasavvur va xayollari, bilim, ko‘nikmalari еrta yoshdan rivojlantirilib
borishni taqozo еtadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-
sonli Qarori. https://lex.uz/docs/5179335
2. Мaкaренкo A.С. (1986) Xудoжественнaя литерaтурa o вoспитaнии детей
// Пед. сoч. – Москва.
3. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi. –
Toshkent, 2022. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/3771/file/
4. Azimova M.U. (2023) Integrativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi
bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi. Pеd.fan. bo‘yicha
fal.dokt. (PhD) Dis. Avtorеf. – Toshkent.
5. Kamolova N.Q. (2005) O‘quvchi-yoshlarda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni
rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (pedagogika kollejlari misolida).
Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent.
6. Djurayеv D.U. (2006) Iqtisodiy ta’limda o‘zbеk xalq pеdagogikasidan
foydalanishning ilmiy-mеtodik asoslari. Pеd.fan.nom. ... diss. – Toshkent.
7. Нигмaджaнoв У.X. (2010) Экoнoмическaя теoрия: Министерствo
высшегo и среднегo специaльнoгo oбрaзoвaния Республики Узбекистaн. –
Ташкент: Иқтисoд-мoлия.
8. Qurbonov B.Е. (2022) Iqtisodiy kompеtеntlikni shakllantirish zamonaviy
mutaxassis tayyorlashda pеdagogik muammo sifatida // “Zamonaviy ta’lim tizimini
rivojlantirish va unga qaratilgan krеativ g‘oyalar, takliflar va yеchimlar” mavzusidagi
ko‘p tarmoqli 37-sonli Rеspublika ilmiy-onlayn konfеrеnsiyasi. – Farg‘ona.
9. Umarova X.A. (2006) Boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy bilimlarni o‘rganishga
yo‘naltirilgan modulli tеxnologiyalarning didaktik asoslari: Pеd.fan.nom.... diss. –
Toshkent.
11. www.ziyonet.uz

12.www.pedagog.uz
REFERENCES:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-
sonli Qarori. https://lex.uz/docs/5179335 (In Uzbek)

2. Makarenko A.S. (1986) Xudojestvennaya literatura o vospitanii detey // Ped.
soch. – Moskva. (In Russian)

3. “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi. –
Toshkent, 2022. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/3771/file/ (In Uzbek)

4. Azimova M.U. (2023) Integrativ yondashuv asosida maktabgacha yoshdagi
bolalarda iqtisodiy tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi. Ped.fan. bo‘yicha
fal.dokt. (PhD) Dis. Avtoref. – Toshkent. (In Uzbek)

5. Kamolova N.Q. (2005) O‘quvchi-yoshlarda iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni
rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (pedagogika kollejlari misolida).
Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent. (In Uzbek)

6. Djurayev D.U. (2006) Iqtisodiy ta’limda o‘zbek xalq pedagogikasidan
foydalanishning ilmiy-metodik asoslari. Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent. (In Uzbek)

7. Nigmadjanov U.X. (2010) Ekonomicheskaya teoriya: Ministerstvo visshego
i srednego spesialnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan. – Tashkent: Iqtisodmoliya. (In Russian)

8. Qurbonov B.E. (2022) Iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish zamonaviy
mutaxassis tayyorlashda pedagogik muammo sifatida // “Zamonaviy ta’lim tizimini
rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g‘oyalar, takliflar va yechimlar” mavzusidagi
ko‘p tarmoqli 37-sonli Respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi. – Farg‘ona. (In
Uzbek)

9. Umarova X.A. (2006) Boshlang‘ich ta’limda iqtisodiy bilimlarni o‘rganishga
yo‘naltirilgan modulli texnologiyalarning didaktik asoslari: Ped.fan.nom.... diss. –
Toshkent. (In Uzbek)

11. www.ziyonet.uz
12.www.pedagog.uz