TALABALARDA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH VA
RIVOJLANTIRISH MASALALARI
ISSUES OF FORMING AND DEVELOPING CREATIVE THINKING IN
STUDENTS
ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО
МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ
Egamberdiyeva Farida Oktamovna
Oriental universiteti,
Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi
Tel.: +998 99 803-84-85
e-mail: faridaegamberdiyeva@gmail.com
Usmonboyeva Mahfuza Hakimjonovna
Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi
Tel.: +998 90 931-69-11
Annotatsiya. Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik
xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday
bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kreativlik va intellekt
darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi. Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim,
ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat
ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning
integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini
ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor
bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining
yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi.
Kalit so‘zlar: intellekt, mutaxassis, kasbiy-ijodiy faoliyat, ko‘nikma, kreativ
xarakter.
Annotation. Many studies have different views on the relationship between
intelligence and creativity. One group of researchers claims that there is no connection
between them, while the representatives of the second group claim that the level of
creativity and intelligence are related to each other. It is known that professional
experience is reflected as an integration of knowledge, skills and abilities. However,
mastering the skills of professional and creative activity is not only the integration of
practical skills and qualifications, the development of methods and tools for the
effective organization of activities as a specialist, but also awareness of the
methodology of professional creativity, the development of creative thinking and
creative it requires adequate mastery of personal qualities of character.
Keywords: intelligence, expert, professional-creative activity, skill, creative
character.
Аннотация. Во многих исследованиях существуют разные взгляды на
взаимосвязь между интеллектом и креативностью. Одна группа исследователей
утверждает, что между ними нет никакой связи, тогда как представители второй
группы утверждают, что уровень креативности и интеллекта связаны друг с
другом. Известно, что профессиональный опыт отражается как интеграция
знаний, умений и навыков. Однако овладение навыками профессиональнотворческой деятельности – это не только интеграция практических навыков и
квалификации, освоение методов и средств эффективной организации
деятельности специалиста, но и осознание методологии профессионального
творчества, развитие творческое мышление и творческое его требует
адекватного овладения личными качествами характера.
Ключевые слова: интеллект, специалист, профессионально-творческая
деятельность, мастерство, творческий характер.
KIRISH
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga
ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim
davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan
boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda
kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami
o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson
ontogenezi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni
taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.
Ijodkor shaxsning shakllanishini uning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash
mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning
faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy
shartlangan hodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik
sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va
talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010), Ken Robinson (2007), Fisher, Frey
(2008), Begetto, Kaufman (2013), Ali (2011), Treffinger (2008) va boshqalar
tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarida ko‘rish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007-yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni
barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha
qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar
(Begetto, Kaufman, 2013). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuvni
qaror toptirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan
tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti.
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar
hali-hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib
samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori
samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab
chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni
kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda
yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga
keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning
fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab
talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida
o‘qituvchilar ham avvalgidek zavq-u shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni
o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohishistagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan
o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar
belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib
qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan
qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat
bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz
kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni
ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan
munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil
bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi (Drapeau P.,
2014: 4).
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish
talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original
g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009) sanaladi. H. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida
tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan
amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy
qiymatga ega bo‘lishi lozim”. T. Emebayl (1989)ning yondashuvi nuqtai nazaridan
ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan
birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha
qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q
ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kreativlik va intellekt darajasi bir-biriga
bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi (Kim, 2005).
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb
kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida
noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud
bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok G., 1993). Sharqliklar esa, aksincha,
kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Sternberg X., 2002;
Rudovich X., 1997; Rudovich Y., 2000). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik
borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur
sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman L., 2012).
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv
topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi.
Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga
asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p
tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama
fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni
bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p
tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri
yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
TAHLIL VA NATIJALAR
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini
quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” –
yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni
tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan
faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan
xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi.
Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim
jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham
o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning
uchun ular E.P. Torrens tomonidan 1987-yilda asoslangan va shaxsning kreativ
tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning
darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos
(orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini
yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan
mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim.
E.P. Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o‘zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qaramaqarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. O‘qituvchining
ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy
(kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik”
tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli
ravishda ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi
yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal
qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli
va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l
qo‘yadi. Buning sababi ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin,
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.
Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni
rivojlantirishda o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi hamda talabalarda o‘quv fanlarini
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. (2006) Психолого-педагогические
основы развития креативности – СПб.: СПГУТД.
2. Башина Т.Ф., Ильин Е.П. (2009) Психология творчества, креативности,
одаренности. – CПб.: Питер.
3. Drapeau Patti. (2014) Sparking student creativity (practical ways to promote
innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.
4. Сиротюк Ф.С. Диагностика одарённости / Учеб.пособие. – Москва:
Директ-Медиа. – 1229 с.
5. Утёмов В.В., Зинковкина М.М., Горев П.М. (2013) Педагогика
креативности: прикладной курс научного творчества / Учеб.посбоие. – Киров:
АНОО “Межрегинальный ЦИТО”. – 212 с.
6. Corti, G. (2018). Creativity in higher education: What it is and why it matters.
New York: Routledge.
7. Robinson, K. (2011). Out of our minds: Learning to be creative. Chichester,
UK: Capstone Publishing.
8. Runco, M. A., & Jaeger, G. J. (2012). The standard definition of creativity.
Creativity Research Journal, 24(1), 92-96.
https://doi.org/10.1080/10400419.2012.650092
9. Torrance, E. P. (2008). The Torrance tests of creative thinking: Normstechnical manual (4th ed.). Bensenville, IL: Scholastic Testing Service.
10. Csikszentmihalyi, M. (1996). Creativity: Flow and the psychology of
discovery and invention. New York: Harper Collins.
11. Sternberg, R. J., & Lubart, T. I. (1991). An investment theory of creativity
and its development. In R. J. Sternberg (Ed.), The nature of creativity: Contemporary
psychological perspectives (pp. 1-28). New York: Cambridge University Press.
12. Amabile, T. M. (1996). Creativity in context: Update to the social psychology
of creativity. Boulder, CO: Westview Press.
REFERENCES:
1. Barisheva T.A., Jigalov Yu.A. (2006) Psixologo-pedagogicheskie osnovi
razvitiya kreativnosti – SPb.: SPGUTD. (In Russian)
2. Bashina T.F., Ilin E.P. (2009) Psixologiya tvorchestva, kreativnosti,
odarennosti. – CPb.: Piter. (In Russian)
3. Drapeau Patti. (2014) Sparking student creativity (practical ways to promote
innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.
4. Sirotyuk F.S. Diagnostika odaryonnosti / Ucheb.posobie. – Moskva: Direkt-
Media. – 1229 s. (In Russian)
5. Utyomov V.V., Zinkovkina M.M., Gorev P.M. (2013) Pedagogika
kreativnosti: prikladnoy kurs nauchnogo tvorchestva / Ucheb.posboie. – Kirov: ANOO
“Mejreginalniy SITO”. – 212 s. (In Russian)
6. Corti, G. (2018). Creativity in higher education: What it is and why it matters.
New York: Routledge.
7. Robinson, K. (2011). Out of our minds: Learning to be creative. Chichester,
UK: Capstone Publishing.
8. Runco, M. A., & Jaeger, G. J. (2012). The standard definition of creativity.
Creativity Research Journal, 24(1), 92-96.
https://doi.org/10.1080/10400419.2012.650092
9. Torrance, E. P. (2008). The Torrance tests of creative thinking: Normstechnical manual (4th ed.). Bensenville, IL: Scholastic Testing Service.
10. Csikszentmihalyi, M. (1996). Creativity: Flow and the psychology of
discovery and invention. New York: Harper Collins.
11. Sternberg, R. J., & Lubart, T. I. (1991). An investment theory of creativity
and its development. In R. J. Sternberg (Ed.), The nature of creativity: Contemporary
psychological perspectives (pp. 1-28). New York: Cambridge University Press.
12. Amabile, T. M. (1996). Creativity in context: Update to the social psychology
of creativity. Boulder, CO: Westview Press.