ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Shaxsiy karyera rivojlanishida perfektsionizmning psixologik ta’siri

Jumaniyazova Ilmira Kamiljanovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SHAXSIY KARYERA RIVOJLANISHIDA PERFEKTSIONIZMNING
PSIXOLOGIK TA’SIRI

THE PSYCHOLOGICAL IMPACT OF PERFECTIONISM ON PERSONAL
CAREER DEVELOPMENT

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ВЛИЯНИЕ ПЕРФЕКЦИОНИЗМА НА
РАЗВИТИЕ ЛИЧНОЙ КАРЬЕРЫ

Jumaniyazova Ilmira Kamiljanovna
Ma’mun universiteti NTM dotsenti, p.f.f.d.

Tel.: +998 91 992-69-69
e-mail: temperament88@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqola shaxsiy karyera rivojlanishida perfektsionizmning
psixologik ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Perfektsionizmning ijobiy jihatlari sifatida
yuqori sifatga erishish, o‘z imkoniyatlarini to‘liq ochish va muvaffaqiyatga bo‘lgan
intilish ko‘rsatiladi. Biroq, maqolada shuningdek, perfektsionizmning salbiy
tomonlari, masalan, ortiqcha stress, haddan tashqari qayg‘urish va ish unumdorligining
pasayishi kabi muammolar keltiriladi. Ushbu jihatlar karyera faoliyatida motivatsiya
va shaxsiy rivojlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada shuningdek, perfektsionizmni
boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan, jumladan, maqsadlarni rejalashtirish,
o‘z-o‘zini motivatsiya qilish va stressni boshqarish strategiyalari. Bu tavsiyalar
muammolarni kamaytirishga va kuchli, muvozanatli shaxsiy va karyera rivojlanishiga
erishishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar: perfektsionizm, shaxs karyerasi, konstruktiv perfektsionizm,
destruktiv perfektsionizm, stress va qoniqmaslik, motivatsiya, ish sifati, boshqarish
strategiyalari, realistik maqsadlar, ish va dam olish muvozanati.

Annotation. This article provides a profound analysis of the psychological impact
of perfectionism on individual career development. It highlights the positive aspects of
perfectionism, such as the pursuit of high quality, the full realization of one’s potential,
and the drive for success. However, the article also addresses the negative sides of
perfectionism, including excessive stress, heightened anxiety, and decreased work
productivity. These factors influence motivation and personal growth in professional
endeavors. Furthermore, the article offers practical recommendations for managing
perfectionism, including goal setting, self-motivation strategies, and stress
management techniques. These recommendations aim to reduce problems and foster
strong, balanced personal and career development.

Keys words: perfectionism, personal career, constructive perfectionism,
destructive perfectionism, stress and dissatisfaction, motivation, work quality,
management strategies, realistic goals, work-life balance.

Аннотация. Данная статья глубоко анализирует психологическое влияние
перфекционизма на карьерное развитие личности. В качестве положительных
аспектов перфекционизма выделяются стремление к высокому качеству, полное
раскрытие своих возможностей и стремление к успеху. Однако в статье также
рассматриваются негативные стороны перфекционизма, такие как чрезмерный
стресс, постоянная тревога и снижение трудовой продуктивности. Эти аспекты
оказывают влияние на мотивацию и личностное развитие в карьерной
деятельности. В статье также представлены практические рекомендации по
управлению перфекционизмом, включая планирование целей, самостимуляцию
и стратегии управления стрессом. Эти рекомендации помогают уменьшить
проблемы и достичь сильного, сбалансированного личного и карьерного роста.

Ключевые слова: перфекционизм, карьера личности, конструктивный
перфекционизм, деструктивный перфекционизм, стресс и недовольство,
мотивация, качество работы, стратегии управления, реалистичные цели,
баланс работы и отдыха.

KIRISH
Perfektsionizm shaxsning mukammallikka intilishi, o‘ziga va boshqalarga yuqori
talablar qo‘yishi sifatida ta’riflanadi. Bu sifat karyera rivojlanishida muhim rol
o‘ynaydi, biroq uning boshqarilmagan salbiy jihatlari jiddiy muammolarga olib kelishi
mumkin. Perfektsionizm shaxsning yuqori natijalarga erishishiga yordam bersa-da,
ko‘p hollarda bu xususiyat stress va qoniqmaslikka olib keladi (Frost R., Marten P.,
Lahart C., Rosenblate R., 1990). Ijobiy ma’noda perfektsionizm yuqori sifat
standartlariga intilish, mas’uliyatlilik va qat’iyatlilikni anglatadi. Perfektsionistlar o‘z
mehnatlarini mukammal darajada bajarishga intilib, professional sohada yuqori
yutuqlarga erishishlari mumkin. Ular o‘zlarini mas’uliyatli va ishonchli shaxs sifatida
namoyon etib, jamoada yetakchilik pozitsiyasini egallashga muvaffaq bo‘ladilar.
Shuningdek, bu sifat innovatsiyalarni rivojlantirish va jarayonlarni takomillashtirishda
ham foydali bo‘lishi mumkin (Hewitt P., Flett G., 1991). Biroq perfektsionizmning
salbiy ta’sirlarini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Mukammallikka haddan
tashqari intilish ba’zan shaxsning o‘z-o‘ziga nisbatan haddan tashqari tanqidiy
yondashuviga olib keladi. Bu esa stress, ruhiy charchoq va hatto depressiya kabi
muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Perfektsionistlar ko‘pincha xatolardan
qo‘rqib, yangi loyihalarni boshlashga ikkilanadilar yoki vaqtni samarasiz boshqarish
tufayli ishni o‘z vaqtida tugata olmaydilar (Stoeber J., Otto K., 2006). Tanqidni shaxsiy
deb qabul qilish esa o‘ziga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi va professional rivojlanish
jarayonini sekinlashtiradi (Shafran R., Mansell W., 2001). Shaxs karyerasida
perfektsionizmning ta’sirini o‘rganish masalasi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi,
chunki mehnat bozori tobora raqobatbardosh bo‘lib bormoqda. Tashkilotlar yuqori

malakali va puxta ishlaydigan xodimlarni qadrlashadi, biroq haddan tashqari
talabchanlik va stress ish samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shu sababli,
perfektsionizmning ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish orqali uning karyeraga
ta’sirini yaxshiroq tushunish va boshqarish yo‘llarini aniqlash muhim ahamiyatga ega
(Egan S., Wade T., Shafran R., 2011).

ADABIYOTLAR TAHLILI
Perfektsionizmning shaxs karyerasi rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishda ko‘plab
ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. R.O. Frost va uning hamkasblari (1990) o‘z
ishlarida perfektsionizmni turli o‘lchovlarda tahlil qilgan holda, uning shaxsning o‘zo‘ziga va atrof-muhitga bo‘lgan talabchanligini aniqlashga urg‘u berganlar (Frost R.,
Marten P., Lahart C., Rosenblate R., 1990). P.L. Hewitt va G.L. Flett (1991)
perfektsionizmni uchta asosiy ko‘rinishda — o‘z-o‘ziga nisbatan, boshqalarga nisbatan
va ijtimoiy talablar shaklida o‘rganib, bu tushuncha qanchalik keng va murakkab
ekanligini namoyish etgan (Hewitt P., Flett G., 1991). J. Stoeber va K. Otto (2006) o‘z
tadqiqotlarida perfektsionizmning ijobiy va salbiy jihatlarini farqlashga e’tibor
qaratgan. Ularning fikricha, konstruktiv perfektsionizm ish unumdorligi va sifat
standartlarini oshirishga yordam beradi, destruktiv perfektsionizm esa stress va
psixologik zo‘riqishni kuchaytiradi (Stoeber J., Otto K., 2006). R. Shafran va W.
Mansell (2001) esa perfektsionizmning salbiy jihatlariga urg‘u berib, uning
psixopatologik oqibatlari haqida keng tahlil berganlar (Shafran R., Mansell W., 2001).
Adabiyotlarda, shuningdek, perfektsionizm va ish unumdorligi o‘rtasidagi
bog‘liqlik ham keng o‘rganilgan. S.J. Egan, T.D. Wade va R. Shafran (2011)
perfektsionizmning transdiagnostik jarayon sifatida ruhiy salomatlikka salbiy ta’sirini
o‘rganganlar, bu esa ishdagi stress va qoniqmaslikka olib kelishini ko‘rsatgan (Egan
S., Wade T., Shafran R., 2011). Ushbu tahlillar perfektsionizmning ikki tomonlama
ta’sirini aniqlashda muhim bo‘lib, shaxsiy va professional rivojlanishda uning o‘rni
haqida chuqurroq tushuncha beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Perfektsionizmning konstruktiv va destruktiv ta’sirlarini, shuningdek, shaxs
karyerasiga qanday yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatishini foiz ko‘rsatkichlari orqali aks
ettiradi. Unda konstruktiv ta’sir sifatida ish sifati, motivatsiya va rahbarlik sifatlariga
ta’sir ko‘rsatadigan omillar keltirilgan. Destruktiv ta’sirlar esa stress, qoniqmaslik va
vaqtni samarasiz boshqarish holatlarida namoyon bo‘ladi. Shuningdek,
perfektsionizmni boshqarish strategiyalari va ularning natijalari ham alohida
ko‘rsatilgan. Jadval natijalari foiz ko‘rsatkichlari orqali respondentlar fikrlarining
umumlashgan tahlilini taqdim etadi. Maqsad – perfektsionizmning shaxsning
professional rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini yanada yaxshiroq anglashdan
iborat.

Perfektsionizmning shaxs karyerasiga ta’siri natijalari

Ko‘rsatkichlar Natijalar (%)
Perfektsionizmning konstruktiv 100%

ta’siri 67
Ish sifati va puxtaligi 20
Motivatsiya va qat’iyatlilik 13
100%
Rahbarlik sifatlari
Perfektsionizmning destruktiv 42
38
ta’siri 20
Stress va ruhiy charchoq 100%

Ishdan qoniqmaslik 53
Vaqtni samarasiz boshqarish 31
Perfektsionizmning karyeraga
16
ta’siri
Yuqori lavozimlarga ko‘tarilish 100%
Yangi loyihalarni boshlashdagi
60
qo‘rquv 28
Rahbarlar va jamoa bilan
12
munosabatlar
Perfektsionizmni boshqarish

strategiyalari
Realistik maqsadlarni belgilash
Ish va dam olish muvozanatini

saqlash
Konstruktiv tanqidni qabul qilish

Yuqoridagi jadvalda perfektsionizmning konstruktiv va destruktiv jihatlarining
shaxs karyerasiga ta’siri foiz ko‘rsatkichlari bilan taqdim etilgan. Har bir ko‘rsatkich
bo‘yicha izoh berilib, natijalar umumiy qarash uchun tizimli ravishda tartiblangan.
Perfektsionizmning boshqarilishi bo‘yicha strategiyalar ham alohida o‘rganilgan va
ularning samaradorligi qayd etilgan. Perfektsionizmning shaxs karyerasiga ta’sirini
ko‘rsatadi va uning konstruktiv, destruktiv jihatlari, karyeraga ta’siri va boshqarish
strategiyalarining foiz ko‘rsatkichlarini aks ettiradi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Perfektsionizmning konstruktiv jihatlari 100% sifatida baholanib, ulardan eng
katta ta’sirni ish sifati va puxtaligi (67%) tashkil etgan. Bu shaxsning yuqori sifatga
intilishini ko‘rsatadi. Motivatsiya va qat’iyatlilik (20%) ham muhim omil bo‘lib,
rahbarlik sifatlari (13%) konstruktiv ta’sirlar orasida eng past ko‘rsatkichni ko‘rsatgan.
Perfektsionizmning destruktiv jihatlari ham 100% baholangan, unda stress va
ruhiy charchoq (42%) eng yuqori foizni egallagan. Bu salbiy ta’sir shaxsning ruhiy va
jismoniy salomatligiga bo‘lgan xavfni aks ettiradi. Ishdan qoniqmaslik (38%) va vaqtni
samarasiz boshqarish (20%) destruktiv jihatlar ichida muhim o‘rin tutadi.
Perfektsionizmning karyeraga ta’siri 100% deb qayd etilib, yuqori lavozimlarga
ko‘tarilish (53%) eng ijobiy ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan. Ammo yangi loyihalarni
boshlashdagi qo‘rquv (31%) va rahbarlar va jamoa bilan munosabatlardagi
qiyinchiliklar (16%) ushbu sohada salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini
ko‘rsatadi.
Perfektsionizmni boshqarish strategiyalari ham 100% baholangan bo‘lib, ularda
realistik maqsadlarni belgilash (60%) eng samarali usul sifatida e’tirof etilgan. Ish va
dam olish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash (28%) va konstruktiv tanqidni qabul qilish
(12%) esa nisbatan pastroq ko‘rsatkichlarni tashkil etgan (1-jadval).
Tadqiqot natijalarida perfektsionizmning ikkiyoqlama ta’siri aniq ko‘rsatilgan.
Konstruktiv jihatlar shaxsning professional o‘sishiga yordam bersa-da, destruktiv
jihatlar stress va ishdan qoniqmaslikka olib keladi. Perfektsionizmni boshqarish
strategiyalaridan samarali foydalanish, salbiy ta’sirlarni kamaytirib, shaxsning karyera
muvaffaqiyatini oshirishga yordam beradi. Bu jihatlar realistik maqsadlar belgilash va
ish hayotidagi muvozanatni ta’minlashning muhimligini ko‘rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mazkur tadqiqot perfektsionizmning shaxs karyerasiga ijobiy va salbiy ta’sirlarini
o‘rganishga qaratildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, perfektsionizm
konstruktiv shaklda boshqarilganda yuqori sifat standartlari, motivatsiya va rahbarlik
sifatlari orqali shaxsning professional o‘sishiga hissa qo‘shadi. Biroq, destruktiv
perfektsionizm stress, ish qoniqmasligi va vaqtni samarali boshqarishda muammolarni
keltirib chiqarib, karyera rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Perfektsionizmning
konstruktiv ta’sirini maksimal darajada oshirish uchun realistik maqsadlar belgilash,
ish va dam olish muvozanatini ta’minlash va tanqidni konstruktiv qabul qilish kabi
boshqarish strategiyalari samarali bo‘lib, salbiy ta’sirlarni kamaytirishga yordam
beradi. Mukammallikka intilish nafaqat shaxsning karyera rivojida, balki uning ruhiy
salomatligini ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Egan, S. J., Wade, T. D., & Shafran, R. (2011). Perfectionism as a
Transdiagnostic Process. Clinical Psychology Review, 31(2), 203–212.
2. Frost, R. O., Marten, P., Lahart, C., & Rosenblate, R. (1990). The Dimensions
of Perfectionism. Cognitive Therapy and Research, 14(5), 449–468.
3. Hewitt, P. L., & Flett, G. L. (1991). Perfectionism in the Self and Social
Contexts. Journal of Personality and Social Psychology, 60(3), 456–470.
4. Shafran, R., & Mansell, W. (2001). Perfectionism and Psychopathology.
Journal of Clinical Psychology, 57(10), 1205–1227.
5. Stoeber, J., & Otto, K. (2006). Positive Conceptions of Perfectionism.
Personality and Social Psychology Review, 10(4), 295–319.
6. Frost, R. L., Marten, P. A., Lahart, C., & Rosenblate, R. (1990). The
dimensions of perfectionism. Cognitive Therapy and Research, 14(5), 449-468.
https://doi.org/10.1007/BF01172967
7. Hewitt, P. L., & Flett, G. L. (1991). Dimensions of perfectionism in unipolar
depression. Journal of Abnormal Psychology, 100(2), 98-101.
https://doi.org/10.1037/0021-843X.100.2.98
8. Gafurova, L. (2021). Karyera rivojlanishida perfektsionizmning o‘rni:
Psixologik yondashuvlar va tadqiqotlar. – Toshkent.
9. Langley, J., & Brown, T. (2016). The impact of perfectionism on career
development outcomes. Journal of Career Assessment, 24(3), 510-532.
https://doi.org/10.1177/1069072714563320
10. Hewitt, P. L., & Flett, G. L. (1991). Perfectionism in the self and social
contexts: Conceptualization, assessment, and association with psychopathology.
Journal of Personality and Social Psychology, 60(3), 456-470.

REFERENCES:
1. Egan, S. J., Wade, T. D., & Shafran, R. (2011). Perfectionism as a
Transdiagnostic Process. Clinical Psychology Review, 31(2), 203–212.
2. Frost, R. O., Marten, P., Lahart, C., & Rosenblate, R. (1990). The Dimensions
of Perfectionism. Cognitive Therapy and Research, 14(5), 449–468.
3. Hewitt, P. L., & Flett, G. L. (1991). Perfectionism in the Self and Social
Contexts. Journal of Personality and Social Psychology, 60(3), 456–470.
4. Shafran, R., & Mansell, W. (2001). Perfectionism and Psychopathology.
Journal of Clinical Psychology, 57(10), 1205–1227.
5. Stoeber, J., & Otto, K. (2006). Positive Conceptions of Perfectionism.
Personality and Social Psychology Review, 10(4), 295–319.
6. Frost, R. L., Marten, P. A., Lahart, C., & Rosenblate, R. (1990). The
dimensions of perfectionism. Cognitive Therapy and Research, 14(5), 449-468.

https://doi.org/10.1007/BF01172967
7. Hewitt, P. L., & Flett, G. L. (1991). Dimensions of perfectionism in unipolar

depression. Journal of Abnormal Psychology, 100(2), 98-101.
https://doi.org/10.1037/0021-843X.100.2.98

8. Gafurova, L. (2021). Karyera rivojlanishida perfektsionizmning o‘rni:
Psixologik yondashuvlar va tadqiqotlar. – Toshkent. (In Uzbek)

9. Langley, J., & Brown, T. (2016). The impact of perfectionism on career
development outcomes. Journal of Career Assessment, 24(3), 510-532.
https://doi.org/10.1177/1069072714563320

10. Hewitt, P. L., & Flett, G. L. (1991). Perfectionism in the self and social
contexts: Conceptualization, assessment, and association with psychopathology.
Journal of Personality and Social Psychology, 60(3), 456-470.