ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbek milliy etnopsixologik xususiyatlarining somatik frazeologizmlarda ifodalanishi

Alimbayeva Shaxlo Tursunovna, Nosirova Zamira Xosil qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘ZBEK MILLIY ETNOPSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINING SOMATIK
FRAZEOLOGIZMLARDA IFODALANISHI

EXPRESSION OF UZBEK NATIONAL ETHNOPSYCHOLOGICAL
CHARACTERISTICS IN SOMATIC PHRASEOLOGISMS

ВЫРАЖЕНИЕ УЗБЕКСКИХ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЭТНОПСИХОЛОГИЧЕСКИХ
ОСОБЕННОСТЕЙ В СОМАТИЧЕСКИХ ФРАЗЕОЛОГИЗМАХ

Alimbayeva Shaxlo Tursunovna
Oriental universiteti

Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti,
Psixologiya fanlari nomzodi
Tel.: +998 97 765-01-17

e-mail: shahloalimbayeva86@gmail.com

Nosirova Zamira Xosil qizi
Oriental universiteti,

Psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Tel.: +998 99 810-87-46

e-mail: zamiranosirova306@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek tili frazeologiyasidagi somatik
frazeologik birliklar (tanaga oid iboralar) orqali o‘zbek xalqining milliy etnopsixologik
xususiyatlari har tomonlama yoritilgan. Frazeologizmlar o‘zbek xalqining ma'naviymadaniy dunyoqarashini, qadriyatlarini va milliy xarakterini aks ettiruvchi vosita
sifatida o‘rganilgan. Maqolada somatik frazeologizmlar psixolingvistik tahlil qilinib,
ularning xalq hayot tarzi, tarixiy an’analari va ijtimoiy munosabatlarida tutgan o‘rni
ko‘rsatilgan. Shuningdek, frazeologizmlarning etnopsixologik mohiyati va undagi
mantiqiy bog‘liqlik milliy mentalitet nuqtai nazaridan baholangan. Shuningdek,
maqolada somatik frazeologizmlarni psixologik yondashuv nuqtai nazaridan
o‘rganishda, asosan, ularning inson ongidagi hissiy, kognitiv va ijtimoiy jihatlarini
tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqola frazeologiya, etnopsixologiya
va madaniyatshunoslik fanlarining tutashgan nuqtasini o‘rganishda nazariy hamda
amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: O‘zbek somatik frazeologizmlari, milliy xususiyatlar, milliy
mentalitet, xalq qadriyatlari, frazeologik birlik.

Annotation. In this article, the national ethnopsychological features of the Uzbek
people are comprehensively covered through somatic phraseological units (phrases
related to the body) in the phraseology of the Uzbek language. Phraseologisms have
been studied as a means of reflecting the spiritual and cultural outlook, values and
national character of the Uzbek people. In the article, psycholinguistic analysis of

somatic phraseologisms is carried out, and their place in the people's lifestyle, historical
traditions and social relations is shown. Also, the ethnopsychological essence of
phraseology and its logical connection were evaluated from the point of view of
national mentality. Also, in the study of somatic phraseologisms from the point of view
of psychological approach, special attention is paid to the analysis of their emotional,
cognitive and social aspects in the human mind. This article has theoretical and
practical significance in studying the intersection of phraseology, ethnopsychology and
cultural studies.

Keywords: Uzbek somatic phraseology, national characteristics, national
mentality, national values, phraseological unity.

Аннотaция. В данной статье национальные этнопсихологические
особенности узбекского народа всесторонне освещаются через соматические
фразеологизмы (словосочетания, связанные с телом) во фразеологии узбекского
языка. Фразеологизмы изучены как средство отражения духовно-культурного
мировоззрения, ценностей и национального характера узбекского народа. В
статье проведен психолингвистический анализ соматических фразеологизмов,
показано их место в образе жизни людей, исторических традициях и
общественных отношениях. Также оценена этнопсихологическая сущность
фразеологии и ее логическая связь с точки зрения национального менталитета.
Также при изучении соматических фразеологизмов с точки зрения
психологического подхода особое внимание уделяется анализу их
эмоционального, когнитивного и социального аспектов в сознании человека.
Данная статья имеет теоретическое и практическое значение в изучении
пересечения фразеологии, этнопсихологии и культурологии.

Ключевые слова: Узбекская соматическая фразеология, нatsiональные
особенности, нatsiональный менталитет, нatsiональные ценности,
фразеологическое единство.

KIRISH
Har bir xalqning madaniyati va psixologik o‘ziga xosligi o‘sha xalq tilida aks
etadi. Til – milliy ong va madaniyatni ifodalovchi asosiy vositadir (Botirov B., 2011).
Frazeologizmlar tilshunoslikda xalqning hayoti, madaniyati, urf-odatlari va
etnopsixologik xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan boy manba hisoblanadi. O‘zbek
xalqining mehribonlik, sabr-toqat, mehmondo‘stlik kabi milliy fazilatlari aynan ushbu
iboralar, ayniqsa, somatik frazeologizmlar orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Somatik
frazeologizmlar milliy ongning o‘ziga xos ko‘zgusi sifatida xalqning ichki
kechinmalari, hissiy holatlari va dunyoqarashlarini tushunishda muhim vositadir. Ular
orqali o‘zbek xalqining madaniyati, tarixi va ruhiyati haqida ko‘plab qimmatli
ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. O‘zbek tilidagi somatik frazeologizmlar –

insonning tana a’zolariga bog‘liq frazeologik ifodalar bo‘lib, ular muayyan ma’nolarni
yoki fikrlarni ko‘chma ma’noda ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, "bosh qotirmoq",
"ko‘ngli vayron bo‘lmoq", "qo‘li baland kelmoq", “yuragi tosh” kabi iboralar xalqning
psixologik va madaniy xususiyatlarini ifodalaydi. Ushbu frazeologizmlar o‘zbek tilida
keng qo‘llanilib, milliy madaniyatga xos alohida ma'nolarni beradi.

Somatik frazeologizmlarning paydo bo‘lishiga tarixiy, ijtimoiy va madaniy
omillarning ta’siri katta. Masalan, “bosh egmoq” iborasining tarixiy ildizlari chuqur
bo‘lib, u itoat ramzi sifatida qo‘llaniladi. Qadimda shohlar, xonlar huzurida a’yonlar
va fuqarolar hurmat ma’nosida boshini quyi solib turishgan. Bu holat hozirda amaliy
shaklda mavjud bo‘lmasa-da, ijtimoiy va axloqiy me'yorlarga rioya qilish, o‘zini kichik
va kamtarona tutish ma’nosidagi "boshini egdi" iborasida qo‘llaniladi. Bu ibora o‘zbek
xalqining o‘zaro hurmatni saqlashga intilishining ifodasidir.

Somatik frazeologizmlar so‘zlarga his-tuyg‘u va jonlilik qo‘shadi, tilning
ma’naviy va madaniy boyligini ko‘rsatadi, umumiy fikrni obrazli va aniq shaklda
yetkazish imkonini beradi. Somatik frazeologizmlar orasida muloqotning noverbal
tomonini aks ettiruvchi va uni ifodalovchi iboralarni ham uchratish mumkin. “Yuzini
yerga qaratmaslik” iborasi o‘zbek xalqining hurmat va sha’nni yuqori qadrlashiga
asoslangan ibora hisoblanib, xatti-harakatlardagi noverbal ifodalarni o‘zida
mujassamlashtiradi. Bunga “qovog‘ini soldi”, “qoshi chimirildi” kabi iboralarni ham
kiritish mumkin.

Somatik frazeologizmlarni psixologik yondashuv nuqtai nazaridan o‘rganishda,
asosan, ularning inson ongidagi hissiy, kognitiv va ijtimoiy jihatlarini tahlil qilishga
alohida e’tibor qaratiladi. Jumladan, o‘zbek millatida shaxsning hissiy-emotsional
holatlari ifodasida ham somatik frazeologizmlardan keng foydalaniladi. Masalan,
“yuragi siqildi” iborasi qayg‘u yoki tashvish holatini, “ko‘zi ochildi” esa anglash yoki
tushunish jarayonini aks ettiradi. Ba’zan depressiv holatni ifoda etishda yoki stressga
barqarorlik va qahri qattiqlik ma’nosida "qalbi muzlagan" iborasi qo‘llaniladi.
Shuningdek, “ko‘ngli o‘ksidi” iborasidagi “ko‘ngil” tushunchasi hissiy va ruhiy holatni
anglatuvchi markaz sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbeklarda “ko‘ngil” juda muhim
tushuncha bo‘lib, u insonning ichki dunyosini ifodalaydi. “Ko‘ngli vayron bo‘lmoq”,
“ko‘ngil bermoq” kabi iboralar bunga misoldir. “Ko‘ngli vayron” iborasi o‘z-o‘zini
anglashdagi iztirobni, uning muqobili sifatida “yuragi tog‘dek” iborasi esa ichki kuch
va bardoshni ifodalaydi.

Shaxslararo munosabatlarda hissiy holatlarni tushuntirish uchun ishlatiladigan
“qo‘l cho‘zmoq” iborasi yordam so‘rash yoki yordam ko‘rsatishga ishora qiladi.

Tana qismlari bilan bog‘liq iboralar milliy mentalitetda mavjud bo‘lgan ba’zi
stereotiplarni ham ifoda etadi. Masalan, “Qoshlari kamon”, “ko‘zlari gavhar” iborasida
go‘zallikning ideali sifatida egilgan ingichka qosh, katta ko‘zlar ta’riflanadi. Bu

iboralarning folklorda keng tarqalishi ayollarning tashqi ko‘rinishini muayyan qolipga
solishga xizmat qilgan.

Ba’zi iboralar insonning o‘ziga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi, masalan,
“o‘zini yerga urdi” – o‘zini past baholash, “bosh ko‘tardi” – o‘z qadr-qimmatini
anglashni bildiradi.

O‘zbek xalqining asosiy milliy mental xususiyatlaridan biri bo‘lgan
mehmondo‘stlik "ko‘ngli ochiq", "qo‘lidan choy uzilmaydi" kabi iboralarda, sabr-toqat
va chidamlilik "yuragi keng", "tishini tishiga qo‘ydi" kabi frazeologik birliklarda aks
etadi.

Tana a’zolari bilan bog‘liq frazeologizmlarda biror tana a’zosi har safar turli
mazmunlarda ham ishlatilishi mumkin (Rahmatullayev Sh., 1978). Masalan: “bosh”
so‘zi ishtirok etgan iboralarda “bosh ko‘tarmoq” iborasi mag‘rurlik yoki g‘urur belgisi
sifatida tushunilsa, “bosh qotirmoq” muammoni hal qilishga qattiq o‘ylash, “boshidan
oshmoq” haddan ziyod ko‘p mazmunini anglatadi. "Boshi osmonga yetdi" iborasi juda
xursand bo‘ldi” ma'nosida qo‘llanilib, o‘zbek xalqining hissiyotlarini mubolag‘ali
usulda ifodalashga moyilligini ko‘rsatadi. "Boshini qashlamoq" iborasi esa biror
murakkab vaziyatni hal qilish, o‘ylab ko‘rishni anglatadi. Demak, iboralarning
aksariyatida “bosh” yetakchilik va o‘ylashning ramzi sifatida gavdalanadi.

“Ko‘z” so‘zi orqali ifodalangan frazeologizmlarda bu timsol his-tuyg‘uni
ifodalash vositasi bilan birga ayro ma’nolarda ham qo‘llanilganini ko‘rish mumkin.
Masalan, “ko‘zga ko‘rinmoq” iborasi diqqatga tushmoq, “ko‘zi yorimoq” – tug‘ilish,
“ko‘zi to‘ymoq” – qanoat, "ko‘zi quvnoq"- insonning his-tuyg‘ulari yoki kayfiyati
yaxshi, quvonchli holatda bo‘lishi, "ko‘zi qiymadi" biror narsadan voz kechishga yoki
biror kishi haqida salbiy harakat qilishga chiday olmadi ma'nosida ifodalanadi. Bu
ibora o‘zbek xalqining boshqalar bilan bo‘ladigan aloqalarda hissiyotlarning ochiq va
samimiy bo‘lishga, boshqalarga zarar yetkazmaslikka intilishning ramzi sifatida
ko‘rish mumkin. Insonlarning oilasi yoki yaqinlariga bo‘lgan mehrini ifodalashda
"ko‘z qorachig‘i kabi asrash" iborasi ham qo‘llanilib, unda yaqin kishini juda
ardoqlash, qadrli narsani ehtiyot qilish mazmuni ifodalanadi.

“Quloq solmoq”, “qulog‘iga yetmoq” iboralarida “quloq” timsoli diqqat bilan
tinglash, xabardor bo‘lish ma’nolarida qo‘llanilsa-da, “qulog‘i og‘ir” iborasida ushbu
so‘zdan garanglik holatini ifodalashda foydalaniladi.

“Til” so‘zi ishtirok etgan “Tili qisqa”, “tili uzun” iboralari kishining imkoniyati
darajasini, shaxslararo munosabatlardagi mavqeini ifodalasa, “tilidan bol tomadi”
iborasi boshqalarga bo‘lgan ijobiy munosabat va maqtov belgisi sifatida qo‘llaniladi.

Jasorat va qo‘rqoqlikni ifodalashda esa “yurak” timsolidan keng foydalaniladi.
Masalan, “yuragi bo‘sh”, “yurak yutmoq”, “yuragi baquvvat” iboralari shular
jumlasidandir. Iztirob chekish, qayg‘uni his qilishda foydalaniluvchi "yuragi ezildi"
iborasida ham “yurak” hissiy jarayonlarni kechiruvchi asosiy a’zo sifatida tasvirlanadi.

“Qo‘l” so‘zi ishtirok etgan “qo‘lidan kelmaydi” iborasi insonning o‘ziga nisbatan
ishonchi sustligini aks ettiradi. “Qo‘li uzun” – imkoniyati katta, “qo‘li bo‘sh emas” –
band bo‘lmoq, “qo‘l qovushtirib turmoq” – hech narsa qilmaslik, "qo‘l uchida qarash"-
e’tiborsiz yoki beparvolik bilan muomala qilish ma’nosida qo‘llaniladi. Bunda asosan
“qo‘l” so‘zi harakat va yordam ramzi sifatida ishlatiladi.

“Oyoq” so‘zi ishtirok etgan iboralar sifatida quyidagilarni kiritish mumkin:
oyoqqa turmoq – mustaqil bo‘lish, oyog‘ida turolmaslik – qattiq xursand yoki asabiy
bo‘lish, "oyoqlari yerga tegmaslik"- juda baxtli yoki quvonchli bo‘lish, xushhollikdan
uyalmaslik. Bu ibora, o‘zbeklar orasida baxtning, muvaffaqiyatning va yuksak
maqomning maxsus qadrlanishini ko‘rsatadi. "Oyog‘i yengil" kelgan joyida ishlar
osonlikcha amalga oshadigan yoki muvaffaqiyat keltiradigan insonlarga nisbatan
qo‘llaniladi. Bu ibora o‘zbek xalqining ezgu niyatlar bilan bog‘liq xalqona falsafasini
ifodalaydi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Somatik frazeologizmlarni tadqiq qilish sohasida o‘zbek tilshunosligida bir qator
ilmiy ishlar olib borilgan. Ular asosan qiyosiy tahlil usullariga tayanadi va o‘zbek tilini
boshqa tillar bilan qiyoslab o‘rganishni o‘z ichiga oladi (Boltayeva B., 2019;
Batirxanova M., 2022). Shuningdek, kognitiv va lingvomadaniy jihatlarini o‘rganish
ham dolzarb hisoblanadi. Masalan, insonning “qalb”, “bosh”, “qo‘l” kabi tana
a’zolariga oid frazeologik birliklar milliy qadriyatlarni ochib berishda muhim
ahamiyatga ega.
O‘zbek tilidagi somatik frazeologizmlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda somatik
frazeologizmlarning ma’naviy ahamiyati, tarjima muammolari, kognitiv va
lingvomadaniy yondashuvlar o‘z aksini topgan.
Frazeologizmlarni, jumladan, somatik frazeologizmlarni boshqa tillarga to‘g‘ri va
muvaffaqiyatli tarjima qilish masalalari tadqiq qilingan (Batirxanova M., 2022). M.
Batirxanovaning qayd etilishicha, “Bosh qotirmoq” yoki “Qo‘l ochmoq” kabi
frazalarni to‘g‘ri tarjima qilish uchun ularning lingvomadaniy xususiyatlarini hisobga
olish talab etiladi. Bu muammo, ayniqsa, o‘zbek tilining boshqa tillar bilan qiyosiy
tadqiqi jarayonida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbek tilida frazeologik birikmalar qo‘llanilishidagi o‘ziga xos jihat sifatida
N.Uluxo‘jayev somatizm, ya’ni ko‘zlarning saxiylik va baxillik kabi shaxs
xususiyatlarini ifodalashini keltiradi. Misol tariqasida doimo barcha narsadan
qoniqmaslik, yetishmovchilikni his qilaveruvchi insonlarga nisbatan “ko‘zi och”,
bunga qarama-qarshi mazmunda esa qanoatli insonlarga nisbatan “ko‘zi to‘q” iborasi
qo‘llaniladi (Улухужаев Н., 2016). O‘zbek tilida somatik frazeologizmni tadqiq etgan
A.Isayevning ta’kidlashicha, koʼzining paxtasi chiqdi, koʼzi yorimoq, koʼzini moshdek
ochmoq singari frazemalarni oʼzbek tili frazeologik fondining oʼziga xos

frazemalaridir. Muallif bu frazemalarning boshqa tillarda muqobillari mavjud
emasligini ta’kidlaydi (Исаев А., 1976).

O‘zbek xalq iboralari orasida keng qo‘llaniluvchi “Boshini ikkita qilmoq”, “Bir
yostiqqa bosh qo‘ymoq”, “Boshini qovushtirmoq” iboralarida “bosh” timsolidan
foydalanilgan. Ushbu timsol orqali jinsidan qat’iy nazar “inson” mazmuni sinekdoxa
asosidagi ma’no ko‘chishi orqali aks ettirilgan. Unda oila bo‘lib yashash, turmush
qurish ma’nosi ifodalangan bo‘lib, erkak va ayol mavqeining teng ko‘rilishi ifoda
etiladi.

XULOSA
Demak, o‘zbek milliy etnopsixologiyasida somatik frazeologizmlar xalq
mentaliteti, madaniy qadriyatlari va milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi muhim til
birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu frazeologizmlar til orqali xalqning
dunyoqarashini, hissiy kechinmalarini va ijtimoiy munosabatlarini ifodalashga xizmat
qiladi. Masalan, “ko‘ngli vayron bo‘ldi” iborasi chuqur iztirobni, “yuragi tog‘dek” esa
katta bardosh va jasoratni ifodalaydi. Bu iboralar o‘zbek xalqining emotsional va
psixologik holatlarini mazmunan ifodalash bilan birga, ularning ijtimoiy va madaniy
o‘ziga xosligini ham yoritib beradi. Frazeologik birliklarning tahlili shuni ko‘rsatadiki,
somatik birliklar xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotda keng qo‘llanilib, milliy
xarakterni shakllantirishda muhim omildir. Ularning lingvistik va psixologik tahlili
orqali o‘zbek xalqining turmush tarzi, ma’naviy qadriyatlari yanada chuqurroq ochib
berilishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Botirov B.M. (2011) O‘zbek mentalitetining psixologik xususiyatlari. –
Toshkent: Fan va texnologiyalar markazi.
2. Улухужаев Н.У. (2016) Лингвокультурологический аспект
фразеологических единиц узбекского языка // Молодой учёный, № 19 (123). – С.
614-617.
3. Исаев А. (1976) Соматические фразеологизмы узбекского языка:
диссертaция кандидата филологических наук. – Ташкент. – 201 с.
4. Yo‘ldoshev B. (2013) O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining
shakllanishi hamda taraqqiyoti. Monografiya. To‘ldirilgan va tuzatilgan ikkinchi
nashri. – Samarqand: SamDU nashri. – 116 b.
5. Rahmatullayev Sh. (1978) O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. –
Toshkent: O‘qituvchi.
6. Boltayeva B.I. (2019) O‘zbek tili frazeologik birliklarining transformatsiyasi
(semantik pragmatik tahlil). Filol. fan. dok. diss. ... avtoreferat. Samarqand.

7. Batirxanova M.O. (2022) Somatik frazeologik birliklar tarjimasining
lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari (o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi tana
a’zolarining “Bosh” qismi asosida) Filol. fan. dok. diss. ... avtoref. – Andijon.

8. Omonov, F. (2020). O‘zbek milliy etnopsixologik xususiyatlari va ularning
tilga aks ettirilishi. – Toshkent.

9. Abdullaeva, L. (2018). O‘zbek frazeologiyasida somatik frazeologizmlar:
Ta’rif va tahlil. – Samarqand.

10..Karimov, Sh. (2019). Milliy til va madaniyat: Etnopsixologik nuqtai nazar. –
Buxoro.

REFERENCES:
1. Botirov B.M. (2011) O‘zbek mentalitetining psixologik xususiyatlari. –
Toshkent: Fan va texnologiyalar markazi. (In Uzbek)
2. Uluxujaev N.U. (2016) Lingvokulturologicheskiy aspekt frazeologicheskix
edinis uzbekskogo yazika // Molodoy uchyoniy, № 19 (123). – S. 614-617. (In Russian)
3. Isaev A. (1976) Somaticheskie frazeologizmi uzbekskogo yazika: dissertasiya
kandidata filologicheskix nauk. – Tashkent. – 201 s. (In Russian)
4. Yo‘ldoshev B. (2013) O‘zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining
shakllanishi hamda taraqqiyoti. Monografiya. To‘ldirilgan va tuzatilgan ikkinchi
nashri. – Samarqand: SamDU nashri. – 116 b. (In Uzbek)
5. Rahmatullayev Sh. (1978) O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. –
Toshkent: O‘qituvchi. (In Uzbek)
6. Boltayeva B.I. (2019) O‘zbek tili frazeologik birliklarining transformatsiyasi
(semantik pragmatik tahlil). Filol. fan. dok. diss. ... avtoreferat. – Samarqand. (In
Uzbek)
7. Batirxanova M.O. (2022) Somatik frazeologik birliklar tarjimasining
lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari (o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi tana
a’zolarining “Bosh” qismi asosida) Filol. fan. dok. diss. ... avtoref. – Andijon. (In
Uzbek)
8. Omonov, F. (2020). O‘zbek milliy etnopsixologik xususiyatlari va ularning
tilga aks ettirilishi. – Toshkent. (In Uzbek)
9. Abdullaeva, L. (2018). O‘zbek frazeologiyasida somatik frazeologizmlar:
Ta’rif va tahlil. – Samarqand. (In Uzbek)
10..Karimov, Sh. (2019). Milliy til va madaniyat: Etnopsixologik nuqtai nazar. –
Buxoro. (In Uzbek)