BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA KREATIVLIK SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
SOCIAL-PSYCHOLOGICAL FEATURES OF DEVELOPING CREATIVE
QUALITIES IN FUTURE TEACHERS
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ
ТВОРЧЕСКИХ КАЧЕСТВ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ
Raximova Nodira Bahodirjon qizi
Andijon davlat universiteti
“Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 908-66-10
e-mail: nodira95@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega
bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni
sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan
pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya
jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishi haqida atroflicha yoritilgan. Oliy
ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun kreativlikning ahamiyati o‘quv
va tarbiya jarayonlarini innovatsion yondashuvlar bilan tashkil etish zaruriyatini
ko‘rsatadi. An’anaviy yondashuvlardan tashqari, pedagoglarning kreativ fikrlash,
muammo yechish va yangi g‘oyalarni ishlab chiqish qobiliyatlari ta’lim jarayonida
muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, kreativlik sifatlarini rivojlantirishning
usullari va metodikalariga e’tibor qaratilib, pedagogik nazariyalar va amaliyot
o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatib berilgan. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar: pedagog, kreativ, qobiliyat, tafakkur, kasbiy o‘sish, ehtiyoj,
harakat, faollik, faoliyat.
Annotation. This article emphasizes that the creativity qualities of future
educators are directed towards their personal abilities, natural and social powers in
organizing professional activities effectively and qualitatively. It elaborates on the
significance of educators in higher education possessing creativity in relation to their
traditional approaches to organizing teaching and learning processes. The importance
of creativity for educators in higher education highlights the necessity of organizing
educational and upbringing processes with innovative approaches. In addition to
traditional methods, the ability of educators to think creatively, solve problems, and
generate new ideas plays a crucial role in the educational process. The article also
focuses on the methods and techniques for developing creativity qualities,
demonstrating the connection between pedagogical theories and practices. This, in
turn, has great significance in developing students' independent thinking abilities.
Keywords: pedagogic, creative, ability, thinking, professional growth, need,
action, activity, activity.
Аннотaция. В данной статье говорится о том, что наличие креативных
качеств у будущих педагогов направляет их личные способности, природные и
социальные ресурсы на качественную и эффективную организацию
профессиональной деятельности. В ней подробно освещается, как креативные
качества помогают педагогам, работающим в высшем образовании,
организовывать учебный и воспитательный процессы, используя традиционный
подход. Актуальность креативности для педагогов, работающих в системе
высшего образования, подчеркивает необходимость организации учебного и
воспитательного процессов с применением инновационных подходов. Кроме
традиционных методов, способности педагогов к креативному мышлению,
решению проблем и разработке новых идей играют важную роль в
образовательном процессе. В статье также обращается внимание на методы и
техники развития креативных качеств, демонстрируя связь между
педагогической теорией и практикой. Это имеет большое значение для развития
у учащихся способности к самостоятельному мышлению.
Ключевые слова: педагогический, творческий, способность, мышление,
профессиональный рост, потребность, действие, деятельность, активность.
KIRISH
Ma’lumki, shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida,
muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning
muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik
iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P. Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni
ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida
muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning
o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi.
Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy
va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Oliy
ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega
bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy
yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik,
tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik
sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi,
ilg‘or, bo‘lajak pedagoglarning o‘quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga
xizmat qiladigan g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va
tajribalarni mustaqil o‘rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar
xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo‘lishga e’tibor qaratadi.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga
oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum
vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u astasekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak
pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida
poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi.
Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali
tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda
muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek,
pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar
hali hanuz shaxs o‘zlarida hamda bo‘lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini qanday
qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori
samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab
chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham bo‘lajak pedagoglar, ham
o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar
bo‘lajak pedagoglarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan
darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar
rivojlantirishga yordam beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida bo‘lajak
pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010), Ken Robinson (2007), Fisher, Frey
(2008), Begetto, Kaufman (2013), Ali (2011), Treffinger (2008) G‘.B. Shoumarov,
E.G‘oziev, V.M. Karimova, B.M. Umarov, N.G‘. Komilova, N.A. Sog‘inov,
G.N.Tulaganova, F.F. Rajabova kabi psixolog va pedagoglarning tadqiqotlarida
atroflicha yoritilgan.
Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanishicha, xorijiy pedagoglar,
xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning, ayniqsa, o‘qituvchining kreativligi
boshqa (talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil etishga ruhlantiradi.
Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga egadir; kreativ bo‘lish uchun kishi ko‘proq
kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo‘lishi lozim. Har qanday
ko‘nikmani shakllantirish mumkin bo‘lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki
ko‘nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo‘lajak pedagoglarga ham taalluqli
bo‘lib, kreativlik ustida ishlash bo‘lajak pedagoglarga noodatiy tarzda fikrlashga
yordam beradi. Biroq, bo‘lajak pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo‘lishga undash
o‘qituvchining qay darajada malakali ekanligiga bog‘liq.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va
bo‘lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy
e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim
muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda
o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham bo‘lajak
pedagoglar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan
amaliy harakatlar bo‘lajak pedagoglarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan
ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir
qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib bo‘lajak pedagoglarning fanlarni
o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab bo‘lajak
pedagoglarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida
o‘qituvchilar ham avvalgidek zavq-u shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni
o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohishistagi bo‘lmagan bo‘lajak pedagoglar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni
istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan yangi choratadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
Hozirgi zamon psixologiyasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga ehtiyoj sezadi.
Ushbu ilmiy tadqiqotda quyidagilar amalga oshiriladi:
1. O‘qituvchilarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish sistemalarni tatbiq etish;
2. Pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda qo‘yiladigan talablarni
yangilash;
3. Ularning malakasini oshirish;
4. Eng yaxshi o‘qituvchilarning tajribalarni keng ommalashtirish.
Yangi, hozirgi zamon standartlarini amalga tatbiq etish o‘qituvchidan nafaqat
yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o‘z ishiga ijodiy yondashishni
talab qiladi. O‘qituvchining kreativligi o‘z tajribasini qayta ko‘rib chiqishi va
yaxshilash hammaga ma’lum narsalarni o‘zgartira olishi va ijodiy foydalana bilish,
sifat jihatdan yangiliklarni yaratish juda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Kreativlik tushunchasi (ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor)
ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi. Haqiqatda esa yangi, original
(o‘ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy bog‘liqliklarni yaratishdir.
Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy
nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika
lug‘atlariga asoslanib o‘qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi, sezgilaridagi,
muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash
mumkin.
O‘qituvchining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust
chegaralangan sharoitlarda har xil original g‘oyalarni izlab topish layoqatidir.
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq kreativlik
tarkibiy komponentlarini ajratish imkonini beradi:
1. Intellektual (aqliy);
2. Axloqiy (o‘z-o‘zini boshqarish);
3. Motivatsion (maqsadli);
4. Emotsional (his-hayajonli).
Kreativ layoqat quyudagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat
bo‘ladi:
1. Kreativlik maqsad;
2. Ijodiy intilish;
3. Kreativ (dastur) tuzish,
4. Kreativ yo‘nalish;
5. Kreativ ifodali akt;
6. Kreativ o‘z-o‘zini boshqarish;
7. Kreativ faollik;
8. Kreativ intilishlar darajasi.
O‘qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.
K. Rodgers “Ijod o‘z-o‘zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy shaxs
uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Meni meni hayot tarzim qoniqtiradimi
yoki to‘g‘ri talqin etadimi. O‘qituvchining ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy
cho‘qqilarga intilishi yuqori ijodiy malakali va o‘zini ijodiy tomondan to‘la namoyish
etishga intilishi kreativ shaxs bo‘lishi”.
Shunday qilib kreativlik o‘qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy
qobiliyati, kreativ maqsadi, yo‘nalishi va o‘zini boshqara olishida ko‘rinadi va uni
o‘zini faolligi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o‘sayotgan
shaxsga aylanayotganini bildiradi.
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U
ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o‘zo‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ
potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy
quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Kreativ potensial bilish jarayoniga yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas
bog‘liq. Pedagogning kreativ potensiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
- yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati;
- bir qolipda fikrlamaslik;
- o‘ziga xoslik;
- tashabbuskorlik;
- noaniqlikka toqat qilish;
Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur:
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
- yangi-yangi g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish;
- ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish;
- hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.
Har bir pedagogning o‘zini-o‘zi rivojlantirishi va o‘zini-o‘zi namoyon eta olishi
bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga
oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum
vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u astasekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak
pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida
poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi.
Bunda pedagogning o‘zini-o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali
tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda
muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek,
pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini
topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam
beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali mavjud bilimlari va
hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning natijasida o‘z
ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.
O‘qituvchilar darslarda bo‘lajak pedagoglarning erkin fikr yuritishlarini ta’minlay
olishlari kerak. Xuddi shu holatdagina ularning fikrlari kreativlik kasb etadi.
“Kreativlik darslarida bo‘lajak pedagoglar birgina “to‘g‘ri” javobni izlash o‘rniga
o‘zlarini erkin va xotirjam sezishlari va yuzaga kelgan muammolarga turli yechimlarni
izlab topishlari maqsadga muvofiqdir. Qancha ko‘p g‘oya va fikrlarni o‘rtaga
tashlasalar, shuncha ko‘p g‘oyalar kreativ bo‘ladi (Simonton, 1999). O‘quvchilar
“Aqliy hujum” metodidan foydalanganlarida noaniqlikka duch kelishlari mumkin.
Bo‘lajak pedagoglarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va keyinchalik ularni mustaqil
“sayohatga” qo‘yib yuborish ularda kreativ va hattoki noaniq bo‘lsa-da, turli g‘oyalarni
o‘ylab topishga bo‘lgan intilishni kuchaytiradi. Chak Djons aytganiday “Qo‘rquv
hissining yuzaga kelishi kreativlikka asoslangan har qanday ishda mavjud; xavotir
kreativlikning xizmatkoridir” (Goleman K., Ray, 1992). Bo‘lajak pedagoglarni
yo‘naltirish, o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lib qolmay, ularda avtomatik ravishda harakat
qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. Yuqori sinf o‘quvchilari yoki yuqori kurslarning
malakali bo‘lajak pedagoglari jarayonni kichik alohida qism va bosqichlarga bo‘lib,
yosh va tajribasiz bo‘lajak pedagoglarni ruhlantirib, bu esa o‘z o‘rnida kreativlik
ko‘nikmasining shakllanishiga o‘z ta’siri o‘tkazadi (Amabile, 1998). O‘qituvchilar
bo‘lajak pedagoglarni manbalar bilan ta’minlash, maslahat berish, yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish, ularning progress va muvaffaqiyatini aniqlashda mezonlarni ishlab
chiqishda murabbiy sifatida xizmat qiladilar. Shuningdek, yuqori kurs bo‘lajak
pedagoglari nafaqat ichki kreativlikni shakllantirish, balki kichik guruhlarda ishlash,
kreativlik va sharhlar berishga qiziqtira oladilar ham (masalan: ong sayohati, tasavvur
chegarasi, kelajakdagi muammolarni yechish, yangilik ochmoq va kashf etmoq)”.
Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta
oladi:
- bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish;
- masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish;
- masalani hal qilish rejasini tuzish;
- masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya,
taqqoslash va boshqalar)ni qo‘llash;
- masalani hal qilish usullarini tanlay olish;
- qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish;
- masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish;
- masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala yechimi yakunlarini
umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish.
Pedagogning kreativ potensiali quyidagi tarkibiy asoslarni o‘z ichiga oladi:
Maqsadli-motivli yondashuv (ijodiy faoliyat qadriyat sanaladi va u pedagogning
qiziqishlari, motivlari, faoliyatni tashkil etishga intilishida ko‘zga tashlanadi);
Mazmunli yondashuv (o‘zida pedagogik, psixologik, maxsus va innovatsion
xarakterdagi BKMni aks ettiradi);
Tezkor-faoliyatli yondashuv (o‘zida ma’lum fikriy-mantiqiy fikrlashga doir
harakatlar, shuningdek, amaliy (maxsus, texnik, texnologik) faoliyat usullarini
ifodalaydi);
Refleksiv baholash (bunda shaxsiy ijodiy faoliyat mohiyatini anglash, o‘z-o‘zini
tahlil qilish va o‘z-o‘zini baholash ko‘zga tashlanadi);
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga
oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Natijada pedagog:
- ijodiy fikrlashga odatlanadi;
- ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtiradi;
- pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari hamda ilg‘or tajribalardan
foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi;
- pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy
loyihalarni bajarishda faol ishtirok etadi.
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to‘rtta kreativlik ko‘nikmasini
aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ
ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin:
Ravonlik. Ko‘plab g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi ko‘p degan so‘zga
asoslanadi.
Moslashuvchanlik. Turli g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi o‘zgartirish degan
so‘zga asoslanadi.
O‘ziga xoslik. Boshqalarga o‘xshamagan, ajralib turuvchi g‘oyani o‘ylab topish
ko‘nikmasi noyob degan so‘zga asoslanadi.
Yaratuvchanlik. G‘oyalarni kengaytirish ko‘nikmasi qo‘shish degan so‘zga
asoslanadi.
Kreativlik darslarida bo‘lajak pedagoglardan ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish
(o‘ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g‘oyalar bilan
solishtirish va ulardagi bog‘liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur
ko‘nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Ravonlik. Kreativ ravonlikning asosiy maqsadi bo‘lajak pedagoglarda bir emas,
balki bir nechta g‘oyalarni o‘rtaga tashlash ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Son
asosiy maqsaddir; bir qator g‘oyalar ichidan bir yoki undan ko‘p maqbulini topishimiz
mumkin. Ko‘p hollarda o‘qituvchilar bo‘lajak pedagoglarda ravonlik ko‘nikmasini
shakllantirish uchun “aqliy hujum” strategiyasidan foydalanadilar. Bu mashq og‘zaki
yoki yozma (g‘oyalarni qog‘ozga yozib, keyingi talabaga qo‘shimcha g‘oyalar kiritish
uchun uzatishi lozim) tarzda bajarilishi mumkin. “To‘xta va boshla” mazmundagi
“Aqliy hujum” mashqida bo‘lajak pedagoglar g‘oyalarni o‘rtaga tashlab, ularni tahlil
qiladilar va baholaydilar, so‘ng bu yana bir bor qaytariladi. Bo‘lajak pedagoglar bu
mashqda yaxshi natijalarga erishsalar, ulardagi kreativlik ko‘nikmasi erkin va ravon
fikrlash ko‘nikmasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Agarda aksi bo‘lsa, doimiy
mashq va tajriba yordamida yaxshi natijalarga erishish mumkin.
O‘qituvchi mazkur mashqni bajarishda qiyinchilikka uchragan bo‘lajak
pedagoglarni kuzatishi tabiiy. Faqatgina yuzaki ma’lumotga ega bo‘lgan bo‘lajak
pedagoglar cheklangan bilimga ega bo‘lganliklari sababli turli va qiziqarli g‘oyalarni
o‘ylab topishda qiynaladilar. Ba’zi hollarda esa, yetarlicha ma’lumot va bilimga ega
bo‘lajak pedagoglar ham mazkur mashqni bajarishda qiyinchilikka uchrashlari
mumkin. Bunday vaziyatda o‘qituvchi quyidagi strategiyalardan foydalangan holda
bo‘lajak pedagoglarga yordam berishi mumkin:
Sinfda bo‘lajak pedagoglarga ruh bag‘ishlovchi muhitni yaratish. O‘qituvchi
bo‘lajak pedagoglarga sinfdagi barcha buyumlar, jihoz, deraza va devorga osilgan
rasm, jadval, sxemalarga e’tibor qaratishni va ularga sinchiklab qarashni so‘raydi.
Sinfdagi barcha narsalar bo‘lajak pedagoglarda qanday g‘oyalarning paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ldi. Ularga bu jihoz va buyumlar nimalarni eslatdi yoki qanday ma’lumot
bilan bog‘liqligi bor? Masalan, agarda bo‘lajak pedagoglar sunami haqida “aqliy
hujum” mashqini bajarayotgan bo‘lsalar, tashqarida nur sochib turgan quyosh ularga
sunami quyoshli kunda ro‘y berishini eslatishi mumkin.
Yangi g‘oyalarni o‘ylab topishda bo‘lajak pedagoglar qiziqishlaridan foydalanish.
“Aqliy hujum” mashqi ma’lum bir adabiy asar haqida bo‘lsa, asar qahramonlari
xarakteri va ularning xatti-haraktlarini ular yoqtirgan asar qahramonlari, televizion
ko‘rsatuv ijodkorlari yoki mashhur sportchilarning fe’l-atvori va xatti-harakatlari bilan
solishtirishlari mumkin. Bo‘lajak pedagoglar kreativlikda ravonlik va erkinlikka
erishmasalar, mashq va darslar jarayonida ularning miyasiga birinchi kelgan
g‘oyagagina tayanib qoladilar, vaholanki bunday g‘oya boshqalarning g‘oyasida
ajralib turmaydi va talabaning keng fikrlashidan dalolat bermaydi. Qolaversa,
muammoning yechimini topishda qancha ko‘p g‘oya topilsa, to‘g‘ri javob yoki
variantni tanlash imkoniyati shuncha katta bo‘ladi. Masalan, tarix darsi jarayonida
yevropalik bosqinchilar Amerika mintaqasiga ilk bor qadam qo‘yganda ular topgan
birinchi narsa “kompyuter” degan javob ham noto‘g‘ri bo‘lar edi; javoblar berilayotgan
savollar doirasida bo‘lishi lozim. Savol qancha ko‘p detallarni o‘z ichiga olsa, bo‘lajak
pedagoglar ham muvofiq ravishda javob topishga harakat qiladilar.
Moslashuvchanlik. O‘quvchilar keng fikr yurita olsalar, vaziyat va muammoga
ham bir qancha va turli yechim topadilar. Bo‘lajak pedagoglarda moslashuvchanlikni
ular turli nuqtai nazar va fikrlarni inobatga olganlari va ularni tahlil qilganlarida, turli
fikrlarni bir-biri bilan solishtirganda va ularning o‘xshash va farqli tomonlarini
topganlarida va nihoyat muvaffaqiyatga erishib, yaxshi natijalar ko‘rsatayotganlarida
kuzatish mumkin. Moslashuvchan bo‘lish uchun bo‘lajak pedagoglar ma’lumotning
faqat yuzaki qismini emas, balki uning chuqur mohiyatini anglab yetishlari lozim.
Moslashuvchanlik ko‘nikmasini shakllantirishda bo‘lajak pedagoglar amaliyot bilan
ta’minlansa va ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilsa, kelgusida turli g‘oyalarni topishda bu
kuchli stimul bo‘lib xizmat qiladi. Agarda talaba ko‘plab g‘oyalar topgan bo‘lsa, u
moslashuvchanlikni emas, balki ravon fikrlashni namoyon qilmoqda, chunki bunda
barcha e’tibor bitta yoki bir turdagi javoblarga qaratiladi. Bo‘lajak pedagoglarda
moslashuvchalik ko‘nikmasini shakllantirishda soni jihatdan ko‘p emas, balki turli
mazmundagi g‘oyalarni topish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Muammoning
mazmunini chuqur anglagan holda ham, bo‘lajak pedagoglar turli g‘oyalarni topishda
qiynaladilar yoki umuman bunga qodir bo‘lmaydilar. Bu esa, o‘z o‘rnida, ularda
moslashuvchanlik ko‘nikmasini shakllantirish kerakligidan dalolat beradi.
O‘ziga xoslik. O‘ziga xoslik noodatiy g‘oyalar o‘ylab topish ko‘nikmasidir.
O‘quvchilar o‘zlarida avval moslashuvchanlik va ravonlik ko‘nikmalarini
shakllantirib, so‘ng noodatiy, original g‘oyalarni kashf etish ko‘nikmasini hosil
qilishlari lozim. Ravon fikrlash ko‘nikmasi o‘quvchilarda originallikni rivojlantirishda
boshlang‘ich va asos soluvchi qadam bo‘lib xizmat qiladi; agarda talaba ko‘p
g‘oyalarni o‘rtaga tashlasa, ulardan bir yoki ikkitasi albatta boshqa talabaning g‘oyasi
ham bo‘ladi (Simonton, 1999). Moslashuvchan fikrlash o‘quvchilarga ularning har bir
g‘oyalari bir-biridan farqlanishini ko‘rish va anglash imkonini beradi; ularning orasida
hammasidan ajralib turuvchi g‘oya bo‘lsa, demak, ana shunisi original (o‘ziga xos)
g‘oya hisoblanadi.
Bo‘lajak pedagoglar original g‘oya kontekstdan kelib chiqishi lozimligini
anglashlari lozim. G‘oya bir dars jarayonida, birgina sharoitlar va bir vaqt oralig‘ida
taqdim etilishi lozim. Bo‘lajak pedagoglarda ravon fikrlash va moslashuvchanlik
ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida o‘ziga xos tarzda (original) fikrlash to‘g‘risida
ham ma’lumot berib o‘tish lozim. Masalan, bo‘lajak pedagoglarni “aqliy hujum”
strategiyasi yordamida ocharchilikka qarshi kurashish mavzusida muammoning
yechimi ro‘yxatini tuzish (ravonlik), so‘ng berilgan g‘oyalarni bir necha
kategoriyalarga bo‘lib chiqish (moslashuvchanlik) va ulardan qay biri o‘ziga xos
(originallik) g‘oya ekanligini aniqlash bo‘lajak pedagoglarda shakllangan
ko‘nikmalarning bir paytning o‘zida qo‘llanilishini ko‘rsatib beradi. (Mazkur
yondashuv Iqtidorlilar insonlarning keng fikrlash modeli asosida yaratilgan;
Schlichter, 1986). Moslashuvchan fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishda bo‘lajak
pedagoglar qiziqishlari va madaniy qarashlaridan foydalanish ularda originallikni
tarbiyalashda katta samara beradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tahlillar quyidagilardan iborat:
- Bo‘lajak pedagoglarning yosh va individual xususiyatlari, jamoaning ijtimoiypsixologik o‘ziga xosligini inobatga olgan holda o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni aniq
belgilash;
- zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda o‘quv-tarbiya jarayonini
didaktik, psixologik va metodik jihatdan rejalashtirish va tahlil qilish;
- ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishning samarali shakl, metod va
vositalarni asosli ravishda tanlay olish;
- bo‘lajak pedagoglar tomonidan o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda
materiallarni o‘zlashtirganlik natijalarini, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik va
rivojlanganlik darajasini aniqlay bilish;
- bo‘lajak pedagoglarning bilishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyoj va faolliklarini
rivojlantirish bo‘yicha turli ko‘rinishdagi ishlarni olib borish;
- darsda, darsdan tashqari sharoitlarda, kuni uzaytirilgan guruhlarda, to‘garak,
klub yoki jamiyatlarda turli tarbiyaviy ishlarni olib borish;
- bo‘lajak pedagoglar, ularning ota-onalari bilan individual ishlarni amalga
oshirish;
- bo‘lajak pedagoglarda sog‘lom turmush kechirishga bo‘lgan ehtiyojni shaxsiy
va umumiy gigiyenaga amal qilish ko‘nikmalarini, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
malakalarini shakllantirish;
- ta’lim jarayonida turli ko‘rsatmali qurollar, zamonaviy texnik vositalar, axborot
va ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
- didaktik material va ko‘rsatmali qurollarni ishlab chiqish;
- ota-onalarni pedagogik bilimlar asoslari, bolalarning asosiy yosh xususiyatlari,
psixologik o‘ziga xosliklari, turli yosh bosqichlarida farzandlar bilan ota-onalar
o‘rtasida kechadigan munosabatlar mohiyatidan xabardor qilish;
- o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini baholash va shaxsiy faoliyatda yo‘l qo‘yilgan
kamchiliklarni tuzatish muhim ahamiyatga egadir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning ijtimoiypsixologik xususiyatlarini o‘rganishi natijalariga asoslanib quyidagicha xulosa qilish
mumkin:
1. O‘qituvchilarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish sistemalarni tatbiq etish;
2. Pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda qo‘yiladigan talablarni
yangilash;
3. Ularning malakasini oshirish;
4. Eng yaxshi o‘qituvchilarning tajribalarni keng ommalashtirish.
Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy
nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika
lug‘atlariga asoslanib o‘qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi,
muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash
mumkin (Fayzullayeva N. 2006).
Bo‘lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni
shakllantira olish uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi
zarur. Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasa, u holda qanday qilib,
bo‘lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga rag‘batlantira oladi. Chiqariladigan yagona
xulosa quyidagicha: o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, bo‘lajak
pedagoglar ham shunday bo‘la oladi.
O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni
ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab
ko‘rishga intilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Xoliqova Z. (2013) Interfaol metodlar:
mohiyati va qo‘llanilishi. Metodik qo‘llanma. – Toshkent: Nizomiy nomli DTPU.
2. Sayidahmedov N. (2003) Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –
Toshkent: Oliy pedagogika instituti.
3. Sultonova G.A. (2005) Pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi
TDPU.
4. To‘xtaxodjayeva M.X. (2010) Pedagogika nazariyasi. OTM uchun darslik. –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”.
5. Turdieva M. (2008) Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik
tafakkurni shakllantirish. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU.
6. Fayzullaeva N. (2006) Pedagogik bilimlar – o‘qituvchi kasbiy mahoratining
nazariy asosi // Uzluksiz ta’lim jurnali. – Toshkent. 6-son.
7. Craft, A. (2005). Creativity in Education. – London: Continuum.
8. Robinson, K. (2011). Out of Our Minds: Learning to Be Creative. –
Chichester: Capstone Publishing.
9. Sternberg, R. J., & Lubart, T. I. (1999). Teaching for Creativity: The First
Step. In R. J. Sternberg (Ed.), Handbook of Creativity (pp. 11-30). – Cambridge:
Cambridge University Press.
10. www.pedagog.uz
REFERENCES:
1. Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Xoliqova Z. (2013) Interfaol metodlar:
mohiyati va qo‘llanilishi. Metodik qo‘llanma. – Toshkent: Nizomiy nomli DTPU. (In
Uzbek)
2. Sayidahmedov N. (2003) Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. –
Toshkent: Oliy pedagogika instituti. (In Uzbek)
3. Sultonova G.A. (2005) Pedagogik mahorat. – Toshkent: Nizomiy nomidagi
TDPU. (In Uzbek)
4. To‘xtaxodjayeva M.X. (2010) Pedagogika nazariyasi. OTM uchun darslik. –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”. (In Uzbek)
5. Turdieva M. (2008) Oliy ta’lim muassasalari talabalarida pedagogik
tafakkurni shakllantirish. – Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU. (In Uzbek)
6. Fayzullaeva N. (2006) Pedagogik bilimlar – o‘qituvchi kasbiy mahoratining
nazariy asosi // Uzluksiz ta’lim jurnali. – Toshkent. 6-son. (In Uzbek)
7. Craft, A. (2005). Creativity in Education. – London: Continuum.
8. Robinson, K. (2011). Out of Our Minds: Learning to Be Creative. –
Chichester: Capstone Publishing.
9. Sternberg, R. J., & Lubart, T. I. (1999). Teaching for Creativity: The First
Step. In R. J. Sternberg (Ed.), Handbook of Creativity (pp. 11-30). – Cambridge:
Cambridge University Press.
10. www.pedagog.uz