ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ta’lim muassasalarida pedagog kadrlarning xalqaro tadqiqot topshiriqlari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish

Xudayberdiyeva Muhayyo Qarshiboyevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOG KADRLARNING XALQARO
TADQIQOT TOPSHIRIQLARI BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH

DEVELOPING THE SKILLS OF TEACHING STAFF IN EDUCATIONAL
INSTITUTIONS TO WORK WITH INTERNATIONAL RESEARCH
PROJECTS

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ПРЕПОДАВАТЕЛЬСКОГО СОСТАВА
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ ДЛЯ РАБОТЫ С

МЕЖДУНАРОДНЫМИ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИМИ ПРОЕКТАМИ

Xudayberdiyeva Muhayyo Qarshiboyevna
Toshkent shahar Yashnobod tumani
216-maktab oliy toifali matematika
va informatika fani o‘qituvchisi
Tel.: +998 71 290-40-15
e-mail: shahlo_1986@list.ru

Annotatsiya. Ushbu maqola rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan
holda PISA (Program for International Student Assessment) va TIMSS (Trends in
International Mathematics and Science Study) dasturlari topshiriqlarining
samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu topshiriqlarni muvaffaqiyatli
bajara olish uchun o‘qituvchilar qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerakligi tahlil
qilinadi. Maqolada avvalo PISA va TIMSS dasturlarining ahamiyati va o‘quv
jarayonidagi roli ko‘rsatib beriladi, shuningdek, bu dasturlar orqali talabalar o‘z
bilim va ko‘nikmalarini qanday ko‘rsatishi mumkinligi tahlil qilinadi. Tahlil
natijalari asosida, Oliy ta’lim muassasalari pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari va
o‘qituvchilar malaka oshirish kurslarida PISA va TIMSS dasturlari doirasida
o‘qitishni tashkil etish muammolari ko‘rib chiqiladi. O‘qituvchilarning zamonaviy
ta’lim talablariga javob beradigan uslublarni egallashi, didaktik va metodik
tayyorgarlik darajasi hamda o‘quvchilarning ta’lim olishini eng yaxshi
muvofiqlashtirish masalalari muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqot
o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, ta’lim
jarayonining sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: ta’lim sifati, malaka oshirish, xalqaro tadqiqotlar, kreativ
fikrlash, matematik savodxonlik, ta’lim berish shakllari.

Annotation. This article is dedicated to studying the effectiveness of tasks from
PISA (Program for International Student Assessment) and TIMSS (Trends in
International Mathematics and Science Study) based on the experiences of

developed countries. It analyzes the skills that teachers must possess to successfully
complete these tasks. The article begins by highlighting the importance of the PISA
and TIMSS programs and their roles in the educational process. Additionally, it
examines how students can demonstrate their knowledge and skills through these
programs. Based on the analysis results, it addresses the issues of organizing
teaching within the framework of PISA and TIMSS in professional development
courses for graduates of higher education institutions specializing in pedagogy. The
capacity of teachers to adopt modern educational methods, their levels of didactic
and methodological preparation, and the effective coordination of student learning
are of significant importance. This research contributes to the development of
practical recommendations aimed at enhancing teachers' professional growth and
improving the quality of education, which, in turn, serves to enhance the overall
quality of the educational process.

Keywords: quality of education, advanced training, international research,
creative thinking, mathematical literacy, forms of education.

Аннотация. Данная статья посвящена исследованию эффективности
заданий программ PISA (Программа международной оценки учащихся) и
TIMSS (Тенденции в международном обучении математике и естественным
наукам) с использованием опыта развитых стран. В ней анализируется, какие
навыки должны иметь педагоги для успешного выполнения этих заданий. В
статье сначала рассматривается значимость программ PISA и TIMSS и их роль
в учебном процессе, а также анализируется, как студенты могут
продемонстрировать свои знания и навыки в рамках этих программ. На основе
результатов анализа также рассматриваются проблемы организации обучения
в рамках программ PISA и TIMSS для выпускников педагогических
направлений высших учебных заведений и курсов повышения квалификации
учителей. Важно, чтобы учителя осваивали методики, соответствующие
современным требованиям образования, а также учитывали уровень своей
дидактической и методической подготовки, что способствует наилучшей
координации обучения студентов. Данное исследование поможет в разработке
практических рекомендаций, направленных на профессиональное развитие
учителей и повышение качества образования, что, в свою очередь, служит
улучшению качества образовательного процесса.

Ключевые слова: качество образования, повышение квалификации,
международные исследования, креативное мышление, математическая
грамотность, формы обучения.

KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish,
pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonlari sifat darajasini yuqori darajada, xalqaro
talablar va standartlarga mos holatda o‘zgartirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
amalga oshirilmoqda.
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiytadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va
kreativ fikrlashini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-
dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro
tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son qarori qabul
qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra:
- xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyati bilan pedagoglarni
tanishtirish;
- bo‘lajak pedagoglarni ham umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga ishga
kelishdan oldin OTM da o‘qish jarayonidanoq mazkur yo‘nalishda tayyor holda
kelishlarini ta’minlash;
- izlanuvchan pedagoglarni xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlarga jalb qilish;
- TIMSS, PISA xalqaro tadqiqotlarida matematik savodxonlik yo‘nalishidagi
qo‘llanmalardan o‘quv jarayonida foydalanish;
- o‘qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va
o‘quvchilarga yetkazish;
- matematika fanlarini o‘qitish jarayonida qo‘yiladigan zamonaviy talablar
asosida darslarni tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
matematika fanining nazariyasi va uni o‘qitish metodikasi yutuqlari bilan
xabardor qilish bilan birgalikda xalqaro ta’lim tadqiqotlari, xalqaro ta’lim dasturlari
bilan tanishtirish, topshiriqlarni dars jarayonida muammoli vaziyatlarni hal etish
uchun qo‘llash bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni berib borishdan iboratdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Ta’lim sifatini yuqori darajaga chiqarishda eng asosiy e’tibor qaratishimiz
lozim bo‘lgan ikkita muhim yo‘nalish mavjud:
1) o‘qituvchilarning bilim saviyasi;
2) kasb mahoratini oshirishdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan aynan mana shu jihatlarni rivojlantirish
lozimligi ilgari surilgan. Endilikda yuqori malakali, o‘z ustida doimiy ishlaydigan
ustozlar faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash, mahoratli

pedagoglar tajribasidan samarali foydalanish hamda ularning o‘qitish metodikasini
ommalashtirish lozimligi uqtirildi.

Buning uchun mahoratli pedagoglar tajribasidan foydalanish hamda ularni dars
jarayonlarida keng qo‘llanishiga oid ko‘rsatmalar berib borish lozim.

Xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni keltirib o‘tadigan
bo‘lsak, PISA bu – o‘quvchilarning o‘qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy
fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo‘lib,
o‘quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga
mo‘ljallangan (Шляйхер А., 2019).

PISA xalqaro baholash dasturi, shuningdek, o‘quvchilar munosabati va
motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumot to‘playdi va o‘quvchilarda muammoni hal
qila olish kabi ko‘nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega
masalalarni hal etishda o‘quvchi yoshlarning fikr munosabatlari va ular bergan taklif
va yechimlarni baholaydi (Шляйхер А., 2019).

PISA – dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan talablar doirasida
xalqaro baholash dasturlarini o‘tkazishga asoslanib, o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarni qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga e’tibor qaratadi.

PISA hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi yoki targ‘ib qilmaydi yoki
umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi. Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va
iqtisodchilarining fikricha, o‘quvchilarda matematik savodxonlik, o‘qish savodxonligi
hamda tabiiy fanlar savodxonligi fanlaridan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikma
darajalari shakllanishi va mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati
uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadilar.

PISA tadqiqoti (Programme for International Student Assessment) – Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT (OECD – Organisation for Economic Cooperation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.
Tadqiqot ilk bor 2000-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, har uch yilda bir marotaba o‘tkazib
boriladi. O‘zbekiston 2022-yilda o‘tkazilgan xalqaro tadqiqotlarda ilk bor rasman
ishtirok etdi.

PISA tadqiqoti quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
-ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko‘lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan
biri sanaladi;
- tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli
o‘quvchilar ishtirok etadilar;
- tadqiqotda o‘quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning
maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalaridan hayot faoliyatida uchrashi mumkin
bo‘lgan muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi;

- tadqiqotda o‘quvchilarning matematika, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy fanlar
yo‘nalishdagi va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi
baholanadi;

- tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha
ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to‘planadi.

- O‘zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi quyidagilarga imkon yaratib
beradi:

- O‘zbekiston umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom
ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;

- mamlakatdagi umumiy o‘rta ta’limni takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash;
- o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning
ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Nima uchun PISA tadqiqotlari har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi va nega faqat
15 yoshli o‘quvchilarning bilim darajalari sinab ko‘riladi?
PISAning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan
ta’minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tadqiqotning har uch yilda o‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli
dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni o‘z ichiga olgan
holda o‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi. Agar tadqiqotni o‘tkazish
davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o‘zgarishlar va yangilanishlar uchun
yetarli vaqt va kerakli ma’lumotlarni to‘play olmaslik muammosini vujudga keltiradi.
Tadqiqot doirasi 15 yoshli o‘quvchi yoshlar orasida o‘tkazilishiga asosiy sabab
aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a’zo davlatlarda ushbu
yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.
PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam
ravishda o‘tkazib kelinayotgan dastur sifatida o‘ziga xos muhim ahamiyatga ega
(Шляйхер А., 2019).
Xalqaro tadqiqotlardan bo‘lgan TIMSS (Trends in International Mathematics and
Science Study) - o‘quvchilarning matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan
o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi hisoblanadi. Dunyoning turli
mamlakatlaridagi o‘rta maktab o‘quvchilarining matematik va tabiiy-ilmiy fanlarni
o‘qitish darajasi va sifatini, shuningdek milliy ta’lim tizimida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlarni aniqlash va taqqoslash imkonini beradi. Ta’lim yutuqlarini baholash
bo‘yicha Xalqaro Assotsiatsiya tomonidan milliy markazlar ishtirokida yetakchi
xalqaro ilmiy tashkilotlar konsortsiumda amalga oshiriladi. Xalqaro
muvofiqlashtiruvchi tadqiqot markazi Boston kolleji (International Study Center,
Boston College, AQSh) hisoblanadi. Tadqiqot 1995-yildan boshlab, to‘rt yillik

sikllarda amalga oshiriladi va o‘rta ta’lim sohasida eng nufuzli xalqaro tadqiqotlardan
biri hisoblanadi. Tadqiqot dasturi bilan qamrab olingan mamlakatlar soni asta-sekin
o‘sib bormoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimiga ega bo‘lgan
mamlakatlarda matematika va tabiiy fanlar siklidan 4 va 8-sinf o‘quvchilarining
tayyorgarligini qiyosiy baholash, shuningdek, o‘quvchilar yutuqlarining turli
darajalarini belgilaydigan ta’lim tizimlarining xususiyatlarini aniqlashdan iborat.

Matematika fanining mazmun sohalari
• To‘rtinchi sinf: sonlar, o‘lchov va geometriya, ma’lumotlar.

4-sinf matematika fanining

mazmun sohalari

15.3 sonlar
o'lchov va…

24.6 60.1

• Sakkizinchi sinf: sonlar, algebra, geometriya, ma’lumot va ehtimollik

8-sinf matematika fanining
mazmun sohalari

14.5 sonlar
33.2
algebra
25.6
geometriya
26.7
ma'lumot va
ehtimollik

Matematika fanining kognitiv sohalari
• To‘rtinchi va sakkizinchi sinflar: bilish, qo‘llash va mulohaza yuritish
TIMSS tadqiqotidagi test topshiriqlari bir qator fikrlash ko‘nikmalarini qamrab
oladi, jumladan, o‘quvchilarning olgan bilimlarini qo‘llay olishlari, muammolarni hal
qilish, vaziyatlar yuzasidan mulohaza qilish uchun tahliliy va mantiqiy fikrlash.
Ta’kidlab o‘tilganidek, uchta kognitiv sohalar matematika va tabiiy fanlar uchun ham,
ikkala sinf uchun ham bir xil bo‘lib, matematika va tabiiy fanlarga oid tushunchalarni
o‘rganishda, so‘ngra ushbu tushunchalarni qo‘llash va ular yordamida mulohaza
yuritishda amalga oshiriladigan bir qancha kognitiv jarayonlarni qamrab oladi.

Shuningdek, tabiiy fanlardan TIMSS tadqiqotida ilmiy amaliyotlar mazmun sohalariga
integratsiya qilinadi, jumladan, matematikani o‘rganish hayotda uchraydigan
muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi, qat’iyatlilikka
o‘rgatadi. Matematika fani kundalik hayotda, masalan, hisob-kitob ishlari, pul
muomalasida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, muhandislik, arxitektura,
buxgalteriya, bank ishi, biznes, tibbiyot sohasi, ekologiya, kosmonavtika sohalari
kuchli matematik bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Matematika iqtisodiyot va
moliyada, kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minot yaratishda, axborot
texnologiyalari va yangiliklardan xabardor bo‘lishda hayotimizda muhim rol o‘ynaydi.
O‘quvchilar ilmiy tadqiqot o‘tkazishda tizimli ravishda qo‘llaydigan kundalik hayot va
maktabda egallangan ko‘nikmalar shular jumlasidandir.

TIMSS tadqiqotida uch xil kognitiv soha mavjud: bilish, qo‘llash, mulohaza
yuritish.

Bilish
Ushbu kognitiv sohaga oid test topshiriqlari yordamida o‘quvchilarning faktlar,
munosabatlar, jarayonlar, tushunchalar va jihozlar to‘g‘risidagi bilimlari baholanadi.
Aniq va keng qamrovli faktlarga asoslangan bilimlar o‘quvchilarga ilmiy faoliyat
uchun zarur bo‘lgan yanada murakkab kognitiv faoliyatni muvaffaqiyatli amalga
oshirishga imkon beradi.
M4_01 (2003 yil, ID kodi, bet)
Azizada raqamli kartochkalar bor. U kartochkalar yordamida qaysi eng kichik uch
xonali sonni ko‘rsata oladi?
U har bir kartochkadan faqat bir marta foydalanishi mumkin.

1 8 6 3 2

Javob:_________________

M4_02

9 ∙ 22 ga eng yaqin bo‘lgan javob qaysi?

A) 5 ∙ 20 B) 5 ∙ 25 C) 10 ∙ 20 D) 10 ∙ 25
M4_03

3 + 8 = □ + 6

Tenglik to‘g‘ri bo‘lishi uchun bo‘sh katakchaga qaysi son yozilishi kerak?

A) 17 B) 11 C) 7 D) 5

M4_04

Qaysi sonda 8 raqami 800 ni bildiradi?

A) 1468 B) 2587 C) 3809 D) 8634

Yuqorida keltirilgan topshiriqlar bilish kognitiv sohasiga tegishli topshiriqlar
sirasiga kiradi va o‘quvchilar bu kabi topshiriqlarni yechishda deyarli hech qanday
qiyinchilikka uchramaganlar.

Qo‘llash
O‘quvchilar ushbu kognitiv sohaga oid test topshiriqlarini bajarishda matematika
fanidan ta’lim olish va ta’lim berish jarayoni orqali tanish bo‘lishi mumkin bo‘lgan
faktlar, munosabatlar, jarayonlar, tushunchalar, jihozlar va metodlar to‘g‘risidagi
bilimlarni qo‘llashlari kerak.
M4_28

belgi Akromdagi qalamlar sonini anglatadi. Kamol Akromga yana 3 dona qalam
berdi. Akromda nechta qalam bor?

A) B) C) D)

M4_31

Aziza xonaning burchagiga qutilarni joyladi. Barcha qutilar bir xil o‘lchamda. U
nechta qutini joyladi?

A) 25 B) 19 C) 18 D) 13

MULOHAZA
Ushbu kognitiv sohaga oid test topshiriqlarini bajarish uchun o‘quvchilar
ma’lumotlarni tahlil qilishlari, xulosalar chiqarishlari va o‘z tushunchalarini yangi
vaziyatlarga tatbiq etishlari zarur. “Qo‘llash” sohasida keltirilganidek, matematik
qoida, teorema va tushunchalarni qo‘llashni, “Mulohaza yuritish” sohasiga oid test
topshiriqlari notanish yoki murakkabroq kontekstlarni o‘z ichiga oladi. Bunday test
topshiriqlariga javob berishda bir nechta yondashuv yoki strategiya bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ilmiy mulohaza yuritish gipotezalarni ilgari surish va ilmiy tadqiqotlarni
loyihalashni ham o‘z ichiga oladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mazkur ishlarning biri sifatida O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi va
Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini
belgilash instituti bilan birgalikda “Stesting” loyihasi doirasida platforma yaratildi.
Mazkur platformaga joylashtirgan topshiriqlarni o‘quvchilar 2022-yil 1-fevraldan
boshlab ishlashni boshlagan.
O‘quvchilar xalqaro tadqiqotlar formatidagi topshiriqlarga o‘rgatish А.Аvloniy
nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash instituti
tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Stesting loyihasida ishlab chiqilgan
platformasida TIMSS xalqaro tadqiqotlarining ochiq bazasidan 500 dan ortiq
topshiriqlar maxsus platformaga joylashtirilgan.
Stesting TIMSS bo‘yicha test yechishlar soni 1- fevraldan 1- iyulgacha 2500 283
tani tashkil qildi. Matematika yo‘nalishi - 1650186,78 (53) natija ko‘rsatdilar.
Bajarilgan topshiriqlar natijalarini tahlil qilib quyidagi xulosalarni chiqarish
mumkin. O‘quvchilar:
 geometrik xarakterdagi masalalarni yechishda qiyinchilikka duch kelgan;
 amaliy xarakterga ega topshiriqlarning matematik modelini tuza olmaydilar;
 standart fundamental masalalarni qiyinchiliklarsiz bajaradilar;
 algebraik ifodalar ustida amallarni bajarish so‘ralgan topshiriqlarning
aksariyatini to‘g‘ri bajarishga erishganlar.
Xulosa o‘rnida quyidagi mezonlarni keltirib o‘tamiz:
- darslarda nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan birga olib borish, tajriba
va tadqiqotlar о‘tkazish, savol bera olish ko‘nikmasini rivojlantirish;
- darslarida fanlararo integrasiyasini tashkillashtirishga qaratilgan topshiriqlarni
bajarish;
- jadval va grafikdagi ma’lumotlarni izohlash uchun matematika faniga oid
tushunchalardan foydalanish;
- ta’rif va teoremalarni tasdiqlash va isbotlash uchun tegishli tadqiqotlarni
o‘tkazish, mulohaza yuritish, baholash va umumiy xulosalar chiqa olishlari uchun
kichik loyiha ishlari berib borish;
- mantiqiy, kreativ, tanqidiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar bilan ishlash;
- ma’lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘qishdan tashqari savollarga javob berish uchun
foydalanish (masalan, muammolarni yechish va ma’lumotlardan foydalangan holda
hisob-kitoblarni bajarish, ikki yoki undan ortiq manbalardagi ma’lumotlarni
birlashtirish, ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarish) ko‘nikmasini rivojlantirish;

- sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda matematika mazmun sohasidagi topshiriqlar
bilan ishlash lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. O‘RQ-637-son,
2020-yil 23-sentabr.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi. https://lex.uz/docs/4312785
3. Шляйхер Андреас. (2019) Образование мирового уровня. Как выстроить
школьную систему XXI века? / Андреас Шляйхер; [пер. с англ. И.С.Денисенко,
И.Ю.Облачно]; предисловие С.С.Кравцова. – Москва: Издательство
“Национальное образование”. – 336 с. (Антлогия образования). ISBN 978-96-64-
300002 (англ.), ISBN 978-5-4454-1248-9
4. TIMSS 2019 Assessment framework. Ina V.S.Mullis and Michael O.Martin,
Editors. International association for evaluation of educational achievement (IEA).
5. http://www.centeroko.ru/
6. “Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar to‘g‘risida (PISA
Xalqaro baholash dasturidagi matematika fani misolida)” mavzusidagi seminar-trening
majmua. fiz.mat.f.n., dotsent R.Turgunbayev. – Toshkent, 2019. Nizomiy nomli TDPU
Respublika seminari.
7. OECD. (2018). Teaching for the Future: Effective Classroom Practices to
Transform Education. – Paris: OECD Publishing.
8. Hattie, J. (2012). Visible Learning for Teachers: Maximizing Impact on
Learning. – New York: Routledge.
9. Darling-Hammond, L., & Brady, W. (2018). Professional Learning in the
Pathway to College and Career Readiness. – Stanford: Stanford University Press.
10. Fuhrman, S. H. (2012). The Design of Comprehensive School Reform:
Lessons from the Past and Directions for the Future. – Cambridge: Harvard Education
Press.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. O‘RQ-637-son,
2020-yil 23-sentabr. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi. https://lex.uz/docs/4312785 (In Uzbek)
3. Shlyayxer Andreas. (2019) Obrazovanie mirovogo urovnya. Kak vistroit
shkolnuyu sistemu XXI veka? / Andreas Shlyayxer; [per. s angl. I.S.Denisenko,
I.Yu.Oblachno]; predislovie S.S.Kravsova. – Moskva: Izdatelstvo “Nasionalnoe
obrazovanie”. – 336 s. (Antlogiya obrazovaniya). ISBN 978-96-64-300002 (angl.),
ISBN 978-5-4454-1248-9 (In Russian)

4. TIMSS 2019 Assessment framework. Ina V.S.Mullis and Michael O.Martin,
Editors. International association for evaluation of educational achievement (IEA).

5. http://www.centeroko.ru/
6. “Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar to‘g‘risida (PISA
Xalqaro baholash dasturidagi matematika fani misolida)” mavzusidagi seminar-trening
majmua. fiz.mat.f.n., dotsent R.Turgunbayev. – Toshkent, 2019. Nizomiy nomli TDPU
Respublika seminari. (In Uzbek)
7. OECD. (2018). Teaching for the Future: Effective Classroom Practices to
Transform Education. – Paris: OECD Publishing.
8. Hattie, J. (2012). Visible Learning for Teachers: Maximizing Impact on
Learning. – New York: Routledge.
9. Darling-Hammond, L., & Brady, W. (2018). Professional Learning in the
Pathway to College and Career Readiness. – Stanford: Stanford University Press.
10. Fuhrman, S. H. (2012). The Design of Comprehensive School Reform:
Lessons from the Past and Directions for the Future. – Cambridge: Harvard Education
Press.