VOYAGA YETMAGANLARDA XULQ OG‘ISHINING DEMOGRAFIK, YOSH
VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
DEMOGRAPHIC, AGE, AND SOCIO-PSYCHOLOGICAL
CHARACTERISTICS OF BEHAVIORAL DEVIATION IN JUVENILES
ДЕМОГРАФИЧЕСКИЕ, ВОЗРАСТНЫЕ И СОЦИАЛЬНО-
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ОТКЛОНЕНИЙ В
ПОВЕДЕНИИ У НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ
Umarov Baxriddin Mengboyevich
Oriental universiteti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori,
psixologiya fanlari doktori
Tel.: +998 97 726-60-61
e-mail: botirumarov@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining demografik,
yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Xulq og‘ishining
demografik jihatlari, jumladan, shahar va qishloqda yashovchi bolalarning xulqatvoridagi farqlari, ta’lim darajasi, mahalla va oilaviy muhit omillarini tahlil qilish
maqsadida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada, shuningdek, yosh davrining xulq og‘ishiga
ta’siri alohida e’tiborga olindi. Yosh odamlarning sotsializatsiya jarayonida, ularning
atrofidagi muhitlar va ijtimoiy model bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki,
voyaga yetmaganlar oilaviy muhitida o‘zlarini qanday his qilishlari, ota-onalarining va
oilaning boshqa a’zolarining roli va xulq-atvori ularning psixologik rivojlanishida katta
ahamiyatga ega. Shuningdek, maqola voyaga yetmaganlarning xulq og‘ishiga ijtimoiypsixologik omillarni ham kiritib, jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar va
ularning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ko‘rsatadi. Natijada, ushbu
tadqiqot, voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining kompleks tabiati va u bilan bog‘liq
omillarni tushunishga yordam beradi, bu esa keyingi tadqiqotlar va amaliy
intervensiyalar uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: xulq og‘ishi, ijtimoiy-psixologik omillar, demografik, yosh davri
xususiyatlari, ijtimoiy me’yor.
Annotation. This article is devoted to the study of demographic, age and sociopsychological characteristics of deviant behavior among minors. Demographic aspects
of deviant behavior, including differences in the behavior of children living in cities and
villages, level of education, as well as factors related to the microdistrict and family
environment play an important role in the analysis. The article also separately considers
the influence of age period on deviant behavior. In the process of socialization of young
people, their surrounding environments and social patterns have a direct impact. It
should be noted that how minors feel in their family environment, as well as the roles
and behavior of parents and other family members, are of great importance for their
psychological development. In addition, the article includes socio-psychological factors
influencing deviant behavior of minors and shows social problems arising in society, as
well as factors that influence their behavior. As a result, this study contributes to the
understanding of the complex nature of deviant behavior among minors and the factors
associated with it, which serves as an important basis for future research and practical
interventions.
Keywords: deviant behavior, socio-psychological factors, demographic, age
characteristics, social norm.
Аннотaция. Данная статья посвящена изучению демографических,
возрастных и социо-психологических характеристик девиантного поведения
среди несовершеннолетних. Демографические аспекты девиантного поведения,
включая различия в поведении детей, проживающих в городах и селах, уровень
образования, а также факторы, связанные с микрорайоном и семейной средой,
играют важную роль в проведении анализа. В статье также отдельно
рассматривается влияние возрастного периода на девиантное поведение. В
процессе социализации молодых людей окружающие их среды и социальные
образцы оказывают непосредственное влияние. Следует отметить, что то, как
несовершеннолетние чувствуют себя в своей семейной среде, а также роли и
поведение родителей и других членов семьи, имеет большое значение для их
психологического развития. Кроме того, статья включает социо-психологические
факторы, влияющие на девиантное поведение несовершеннолетних, и показывает
социальные проблемы, возникающие в обществе, а также факторы, которые
влияют на их поведение. В результате данное исследование способствует
пониманию комплексной природы девиантного поведения среди
несовершеннолетних и связанных с ним факторов, что служит важной основой
для будущих исследований и практических вмешательств.
Ключевые слова: девиантное поведение, социально-психологические
факторы, демографические, возрастные особенности, социальная норма.
KIRISH
Ma’lumki, tarbiyaning umumiy ijtimoiy vazifasi - yosh avlodda bilim, ko‘nikma,
ijtimoiy tajriba va axloq normalarini shakllantirishdan iborat. Shu maqsadda yosh
avlodga tarbiya berish maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir, ijtimoiy hayotda
munosabatga kirishish me’yorlarini va shu asosda zaruriy shart-sharoit yaratishni
nazarda tutadi.
Ijtimoiy jamiyat o‘ziga xos umumiy qonuniyatlarga, inson faoliyati bilan bo‘lgan
me’yoriy tartibotlarga, hayotiy qonunlarga, turmush tamoyillariga muvofiq rivojlanadi,
taraqqiy etadi, jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlarga qat’iy rioya qiladi, amal
qiladi. Ammo bu ijtimoiy me’yorlardan ham chetga chiqish, qonunlarga bo‘ysunmaslik,
huquqlarni buzish hollari ham jamiyatda uchrab turadi. Ana shu holatlar bevosita
ijtimoiy jamiyat qonunlariga, siyosiy boshqarishga, jamiyat umumiy qoida-qonunlarini
o‘zida mujassamlashtiradigan umumxalq irodasiga muvofiq harakatda bo‘ladigan
asosiy qonunlar majmuasi hukmron bo‘lib, undan chetga chiqishlar jinoyat hisoblanib
qoralanadi. Shu sababli jamiyatning huquqiy, qonuniy tartibotlari bevosita xalq urfodatlari, o‘z istak maqsadlariga muvofiqlashgan amaliy udumlari bilan uyg‘unlashib
ketadi va u turmushda ijtimoiy hayotda amal qiladi va bu tartibotlarga rioya qilish
ijtimoiy me’yorlar deb ataladi. Ana shu ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqishlik, ya’ni
bu ijtimoiy me’yorlarni buzish, rioya qilmaslik jinoyatga qo‘l urib, shu yo‘ldan borishlik
holatlari deviant xulq deb ataladi (Змановская Е., 2007).
Yurtimizda xulq og‘ishi masalasi milliy mustaqillik tufayli ilmiy va nazariy
jihatdan o‘rganilishi uchun imkoniyat yaratilib, o‘rganila boshlandi. Ammo jamiyatda
deviantga, xulq-atvorga manba bo‘la oladigan holatlar jahondagi boshqa xalqlarga
nisbatan Markaziy Osiyo xalqlarida uzoq o‘tmishda qadimdan oldin paydo bo‘lgan
bo‘lib, ijtimoiy me’yordan chetga chiqishlik, axloq-odobdan chekinish holatlariga
qat’iyan man qilingan, yo‘l qo‘yilmagan, harakatdagi qonundan ham ta’sirchan kuchga
ham dunyoviy, ham diniy yo‘l bilan, insonlar ruhiyatiga ta’sir etuvchi kuchga aylangan
va hozir ham xalqimiz ana shu ijtimoiy me’yorlar doirasida yashamoqda (Umarov B.,
2006). Chunki ijtimoiy hayotda, jamiyatda insonlar faoliyatini, ularning xattiharakatlarini, xulq-atvorlarini diniy, dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy
me’yorlar boshqaradi.
Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas ma’naviy, ruhiy va moddiy
qismlaridan biri bo‘lib, inson, shaxs yoki ijtimoiy guruh, qavm, elat xulq-atvorini
muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi, muvozanatini saqlab, tobora mustahkamlab
boruvchi tamoyil, qoidalar majmuasidan iboratdir. Ijtimoiy me’yorning jamiyatda bir
necha turlari, xillari mavjud bo‘lib, ularga asosan huquqiy, axloqiy, diniy, dunyoviy,
hamda urf-odatlarga oid me’yorlari shular jumlasidandir.
Shaxs xulq-atvoridagi og‘ishning ijtimoiy-demografik, gender va yosh
xususiyatlarini o‘rganish voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishining ijtimoiypsixologik xususiyatlari to‘g‘risidagi nisbatan to‘laroq ma’lumotlar olish imkoniyatini
beradi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi xulq og‘ishining yosh davriga
ko‘ra, qiyosiy tahlil qilish bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishi kelib chiqishining yosh
davri xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan mexanizmini ochib berishga yordam beradi hamda
voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishining oldini olishga qaratilgan profilaktik
chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ular samaradorligining oshishiga yordam
beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
M.N.Alemaskin, Z.V.Baeryunas, G.P.Bochkaryova, A.M.Dolgova,
A.A.Vdovchenko, I.P.Bashkatov, A.S.Belkin, N.D.Levitov, Y.V.Gerbeev, I.A.Nevskiy,
A.V.Zavalyuk, A.I.Ostrovskiy, B.A.Mirenskiy, A.I.Kochetov, S.V.Kudryavsev,
U.S.Djekebayev, Y.Karaketov, Q.Abdurasulova, Z.S.Zaripov, A.Jumaboyev,
G‘.B.Shoumarov, E.G‘oziyev, V.M.Karimova, B.M.Umarov, N.G‘.Komilova,
N.A.Sog‘inov, G.N.Tulaganova, F.F.Rajabova kabi psixolog va pedagog olimlarning
ta’kidlashlaricha, bolalarning ongi, xulqi hamda faoliyati mazmunini ularni qurshab
olgan muhit belgilaydi. Ijtimoiy muhitdagi nosog‘lomlik esa bola ongi va xulqida turli
xil og‘ishlarni keltirib chiqaradi (Umarov B., 2009).
Shuningdek, tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlanishicha, inson yosh davrlarini tahlil
qilish, ularning har bir bola, o‘smir va o‘spirin hayotini chuqur o‘rganishdan boshlanadi
(Менделевич В., 2008). Bu esa, yosh davrlarining ular xarakterining xususiyatlaridagi
o‘zgarishlarning psixologik qonuniyatlari asosida yondashishni taqozo qiladi.
Amerikalik psixolog A.Gezell o‘smir yoshining davrlanishiga alohida e’tibor qaratib,
o‘ziga xos xususiyatlarni sharhlab o‘tgan edi.
Demak, voyaga yetmagan yoshdagi bolalar va o‘smirlarning yosh davri
xususiyatlarini, demografik, ijtimoiy-psixologik bilish ular o‘rtasida xulq og‘ishi va
tarbiya buzilishi kelib chiqishining oldini olishda muhim hisoblanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotimizda voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishini ijtimoiy-psixologik,
demografik, yosh va gender xususiyatlarini o‘rganish maqsadida voyaga yetmaganlar
o‘rtasida sodir bo‘layotgan xulq og‘ishining umumiy holati tahlil qilishga harakat qildik.
Shuningdek, tadqiqotimizda 193 nafar xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va
o‘smirlarning o‘qish faoliyati, ularning ijtimoiy ahvoli, oilaviy shart-sharoiti va turmush
tarzi o‘rganildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Olingan natijalardan ma’lum bo‘lishicha, shahar joylarda voyaga yetmaganlar
o‘rtasida yuzaga kelayotgan xulq og‘ishining asosiy sabablari sifatida oila va oilaviy
munosabatlardagi nosog‘lom muhit hamda ota-ona va katta yoshdagi kishilar tomonidan
bolalar va o‘smirlarning bo‘sh vaqtlarini nazorat qilmasliklari, qarovsizlik, turli xil
axborotlarning ko‘pligi, ota-onalarning davlat ishlari bilan bandligi tufayli ularning
bo‘sh vaqtlarini nazorat qila olmasliklari va boshqa omillar aniqlandi. Qishloq
joylaridagi voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishini keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida
esa, bekorchilik, tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar, moddiy-maishiy
yetishmovchilik, oilaviy munosabatlardagi nosog‘lomlik, oilalarda kriminal muhitning
mavjudligi va boshqalar namoyon bo‘ldi. Shunisi xarakterliki, qishloq joylarida
yashovchi xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar orasida ijobiy xulqqa ega
bo‘lganlar ham uchraydi. Bundaylarning qonunbuzarlik ko‘chasiga kirib ketishiga
kattalarning yoki kriminal xulqqa ega bo‘lgan boshqa birovlarning hamda
tengqurlarining ta’siri, moddiy yetishmovchilik va bekorchilik sabab bo‘lganligi
kuzatiladi (Ганишина И., 2006).
Kuzatish va tadqiqotlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, bolalar va o‘smirlarda
turmush sharoitining yaxshi yoki yomonligi holati ham xulq og‘ishining xulqining kelib
chiqishida asosiy omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Bunga ko‘ra, o‘rganilgan
respondentlarning 70.19% oilada yomon sharoitda yashashligi ma’lum bo‘ldi. 29.81%
xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar oilada yaxshi sharoitda yashaganliklari
kuzatildi. (1-jadval)
Ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishi asosan
ishchilar yoki hozircha hech qayerda ishlamaydiganlar oilasiga to‘g‘ri kelayotganligi
kuzatildi. Ammo, tadqiqotimizda oliy ma’lumotlilar, ota-onalari rahbarlik lavozimida
ishlayotgan oilalarning farzandlarida ham xulq og‘ishi namoyon bo‘lishi holatlari
kuzatildi. Bizningcha, buning sababini ota-onalarning ish bilan bandligi natijasida
farzandlarining bo‘sh vaqtlarini, ularning faoliyatini nazorat qilish borasidagi
sustkashlikka yo‘l qo‘yishlari bilan izohlash mumkin.
1 - jadval
Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy shart- sharoitlari
ko‘rsatgichlari (% hisobida)
Yosh Qish- Shahar Yaxshi Yomon Ko‘p Hovlida
№ davri loq sharoitda sharoitda qavatli turadi
uyda
yashaydi yashaydi turadi 32.42
67.48 37.00
1. 12-15 yosh 45.80 54.20 28.38 71.62 62.30 35.68
2. 16-17 yosh 42.61 57.39 31.42 68.58
3. O‘rtacha 43.26 56.74 29.81 70.19 64.32
Olingan natijalardan ko‘rinadiki, oilaning moddiy-maishiy shart-sharoiti, turmush
tarzi, iqtisodiy imkoniyati va tarbiyaviy ta’sirchanlik darajasi bolalar va o‘smirlarda
xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ijtimoiy-psixologik sabablar
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbulardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, voyaga
yetmaganlarda xulq og‘ishini oldini olishda ularga oilalarda imkon qadar moddiymaishiy shart-sharoit yaratib berish maqsadga muvofiqligini unutmaslik lozim.
Kuzatishlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, hovlida yashayotgan bolalar va
o‘smirlarga nisbatan, ko‘p qavatli uylarda yashayotgan bolalar va o‘smirlarda xulq
og‘ishi darajasi holati bir muncha yuqoridir. Buning sababi yuqorida ta’kidlanganidek,
aholi qatlamining zichligi bilan bir qatorda mahalla, qo‘ni-qo‘shnichilik ta’sirining
sustligi, shaxslararo munosabatlar doirasining kengligi, ijtimoiy nazoratning sustligi va
shu kabilarga bog‘liqdir.
Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ham ota, ham ona”, “Otang mahalla, onang
mahalla” degan naqllar mavjud. Zero, mahallalar xonadonlarida farzandlar
qariyalarning, mahalla faollarining ko‘z o‘ngida o‘sib, voyaga yetadi. Mahalla oqsoqoli
va uning har bir yoshi katta a’zosi mahalla bolasining nojo‘ya xatti-harakatini, tamaki
chekishi, birovlarga gap otib turishini ko‘rib-ko‘rmaslikka olmasdan, hech bo‘lmaganda
ularga fikr bildirish, pand-nasihat qilish, ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash mahalla bolalari
orasida g‘ayriqonuniy xulqning kelib chiqishini oldini olishga muayyan darajada xizmat
qiladi. Natijada mahallalardagi ana shunday an’anaviy qo‘ni-qo‘shnichilik ta’sirining
yuqoriligi voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishi darajasining pasayishiga olib keladi.
Afsuski, bugungi kunda mahalla bolasi nojo‘ya harakatni qilib o‘tirsa ham ayrimlar
menga nima, ota-onasi borku, mening farzandim bo‘lmasa deya unga aralashishni o‘ziga
ep ko‘rmaydiganlar ham uchrab turadi. Bunday holat o‘z-o‘zidan bolalar va o‘smirlar
o‘rtasida xulq og‘ishining kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi. Ota-onasi, mahalla a’zosi
nazoratidan chetda qolgan o‘smir o‘zini erkin, mustaqil deb bilib, turli xil g‘ayriqonuniy,
g‘ayriaxloqiy harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
Tadqiqotimiz natijalarining ko‘rsatishicha, bolalar va o‘smirlarning ma’lumotlilik,
bilimlilik darajasi ham xulq og‘ishining kelib chiqishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Sir
emaski, ma’rifatlilik, ilm olishga nisbatan bo‘lgan intilish, aqliy va ma’naviy
barkamollik voyaga yetmaganlarni sog‘lom turmush tarziga, axloqiy va huquqiy
qoidalarga itoat etishga yetaklaydi. Aksincha, maktabga borishdan bo‘yin tovlash,
darslarni o‘z vaqtida bajarmaslik, bilim olishga nisbatan qiziqishning yo‘qligi bolalar va
o‘smirlarda turli xil g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Buni tadqiqotimizdan olingan natijalar ham ko‘rsatib turibdi. Bunga ko‘ra, o‘rganilgan
respondentlarning eng ko‘p qismi 8-9 sinf ma’lumotiga (51.14 %) ega bo‘lgan bo‘lsalar,
28.25% 10-11 sinf ma’lumotiga, 9.41% 6-7 sinf ma’lumotiga ega ekanligi aniqlandi. (2-
jadval).
Shuningdek, tadqiqotimizda o‘rganilgan respondentlarning 10.40 % ni o‘rta
maxsus bilim yurti talabalari tashkil qildi. Yosh davriga ko‘ra, tahlil qilganimizda 14-
15 yoshdagi voyaga yetmagan xulq og‘ishiga ega bo‘lganlar asosan 8-9 sinf
ma’lumotiga (72.64%), 16-17 yoshda esa ko‘proq 10-11 sinf ma’lumotiga (41.60%) ega
ekanliklari aniqlandi. (2-jadval).
Tadqiqotimiz natijalarining ko‘rsatishicha, o‘rganilgan respondentlarning katta
qismi o‘qish faoliyatidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ancha past darajaga ega bo‘lganlarni
tashkil etadi.
2 - jadval
Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganning ma’lumot darajasi ko‘rsatkichlari (%
hisobida)
№ Ma’lumoti 11-13 14-15 16-17 O‘rtacha
yosh yosh yosh
1 1-5 sinf 0.80 0.80
2 6-7 sinf - - 3.42 9.41
3 8-9 sinf 22.14 12.74 35.26 51.14
4 10-11 sinf 77.86 72.64 41.60 28.25
5 O‘rta maxsus kasb-hunar kolleji talabasi 11.80 18.90 10.40
- 2.72
-
Xususan, respondentlarning 48.62 foizi maktabda fanlarni yomon
o‘zlashtirganliklari bilan ajralib turadiganlardir. Atigi 10.60 foiz respondentlar fanlarni
o‘zlashtirishda biroz yaxshi natijalarga ega ekanliklarining guvohi bo‘ldik. Shuningdek,
ularning 13.45 foizi 1 yil sinfdan qolganlar bo‘lsa, 6.49 foizi 2 yil sinfdan qolganlarni
tashkil qiladi. (3-jadval)
3 - jadval
Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning o‘qish faoliyatidagi o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlari (% hisobida)
№ O‘qish faoliyati ko‘rsatgichlari 11 – 13 14 – 15 16 – 17 O‘rtacha
yosh yosh yosh
1. O‘zlashtirish darajasi yaxshi 14.8 8.4 3.6 10.6
2. O‘zlashtirish darajasi o‘rtacha 28.7 24.7 17.3 20.8
3. O‘zlashtirish darajasi yomon 40.0 45.3 53.1 49.0
4. 1 yil sinfda qolgan 12.3 15.4 17.4 13.2
5. 2 yil sinfda qolgan 4.2 6.2 8.6 6.4
Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda fanlarni o‘zlashtirishdagi
ijobiylik asosan kichik yosh davrida kuzatilgan bo‘lsa, yosh ulg‘ayib borish bilan bu
ko‘rsatkich darajasi pasayib borganligi kuzatiladi. Buning sababi bizningcha, bu yosh
davridagi bolalar va o‘smirlarda xulq buzilishining to‘la shakllanib ulgurmaganligi,
yosh ulg‘ayib borishi bilan esa, ular xulq-atvorida xulq og‘ishining chuqur o‘rin egallay
boshlaganligiga bog‘liqdir. Shunga ko‘ra,bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xulq og‘ishining
oldini olish tadbirlarini imkon qadar ertaroq, ilk yoshdan boshlab, amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir. Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlarda o‘qishga
nisbatan qiziqishning sustligi, maqsadli faoliyatning yo‘qligi, o‘z kelajagi haqida
o‘ylash, kelajakda qaysi mutaxassislikni egallashga nisbatan intilishning yo‘qligi
holatlari ham kuzatildi. Shuning uchun ham xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va
o‘smirlar o‘rtasida fanlarni a’lo bahoga o‘zlashtirayotganlar deyarli uchramadi.
Ularning asosiy qismi o‘rta va yaxshi hamda o‘zlashtirish darajasi sust bo‘lgan bolalar
va o‘smirlarni tashkil qiladi. Tadqiqotimiz natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, bolalar va
o‘smirlarning to‘liq (TO), noto‘liq (NTO) oilalarda va ota-onalarning ikkalasi ham
yo‘qligi natijasida qarindoshlari yoki boshqa birovlarning qaramog‘ida tarbiyalanishlari
holati ham ularda xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi
aniqlandi. Buni tadqiqotimizda oilada ota-onalardan birining yoki ikkalasining ham
yo‘qligi bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri
sifatida namoyon bo‘lganligi (31.78-12.68%) ko‘rsatib turibdi. Shuningdek, otaonalardan birining ilgari sudlanganligi holati ham bolalar va o‘smirlarda xulq
og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi kuzatiladi. Bunga ko‘ra, otaonalardan biri ilgari sudlangan oilada tarbiyalangan bolalarda xulq og‘ishi ko‘rsatkichi
30,52 foizni ko‘rsatgan bo‘lsa, ota-onalari sudlanmagan oilalarda tarbiyalangan bolalar
va o‘smirlar o‘rtasidagi bu ko‘rsatkich 8.68 foizni tashkil qiladi. (4-jadval)
4 - jadval
Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning oilaviy tarbiya sharoitiga ko‘ra
tarbiyalanganlik ko‘rsatkichi (% hisobida)
№ Oilaviy tarbiyalanganlik sharoiti Yosh davrlari O‘rtacha
11 - 13 14 – 15 16 – 17 16.36
31.78
yosh yosh yosh 12.66
30.52
1. Ota-onasi tarbiyasida 26.48 18.76 12.29 8.68
2. Ota-onadan birining tarbiyasida
3. Ikkalasi ham yo‘q oilada 32.76 30.68 26.72
4. Ota-onalardan biri sudlangan oilada
5. Ota-onasi sudlanmagan oilada 10.52 11,74 16.22
20.74 28.86 38.46
9.60 9.96 6.65
Jadvalda keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlarni tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, oilada
ota-onadan birining yoki ikkalasining ham yo‘qligi bola tarbiyasida nuqsonlarning kelib
chiqishiga, ular faoliyatini nazorat qilishning susayishi va ayrim moddiy-maishiy
yetishmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Tabiiyki, bunday holat bolalar va
o‘smirlar xulqida o‘zgarishlarning kelib chiqishiga imkoniyat yaratishi ham mumkin
ekan. Shuningdek, oilada ota-onalarning biri yoki ikkalasining ham sudlanganligi holati
ham oilada kriminogen muhitning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday oilalarda
tarbiyalanayotgan bolalar va o‘smirlar xulqida salbiy o‘zgarishlarning kelib chiqishi
uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhit mavjud bo‘ladi, hamda ularning yosh davri va
individual-psixologik xususiyatlariga ko‘ra, kriminogen muhit bola tomonidan qabul
qilinadi va xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi.
5 - jadval
Xulq og‘ishiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar ota-onalarining ma’lumotlilik darajasi
ko‘rsatgichi (% hisobida)
№ 11-13 Yosh davrlari 16-17 O‘rtacha
Ma’lumot darajasi yosh 14-15 yosh
27,8 yosh 28,2 28,6
1. To‘liqsiz o‘rta 45,2 29,7 45,0 44,2
2. O‘rta 18,6 41,4 17,3 19,7
3. O‘rta maxsus 8,4 21,4 9,5 7,5
4. Oliy 7,5
Tadqiqotimiz natijalarining ko‘rsatishicha, ota-onalarning ma’lumotlilik darajasi
ham bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Otaonalarning ilm-u ma’rifat, aql-u zakovatliligi bolalar tarbiyasiga, ularning shaxs sifatida
shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buni tadqiqotimizdan olingan natijalar ham
ko‘rsatib turibdi. Bunga ko‘ra ota-onalari to‘liqsiz va o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan
oilalarda tarbiyalangan bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishi darajasi (28.86% - 43.42%)
boshqa ma’lumotlilik darajalari ko‘rsatkichidan ancha yuqori ekanligi kuzatiladi. (5-
jadval)
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishining ijtimoiy-psixologik, demografik,
yosh va gender xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalarni tahlil qiladigan
bo‘lsak, shahar joylarida voyaga yetmaganlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan xulq
og‘ishining asosiy sabablari sifatida oila va oilaviy munosabatlardagi nosog‘lom muhit
hamda ota-ona va katta yoshdagi kishilar tomonidan bolalar va o‘smirlarning bo‘sh
vaqtlarini nazorat qilmasliklari, qarovsizlik, turli xil axborotlarning ko‘pligi, otaonalarning davlat ishlari bilan bandligi tufayli ularning bo‘sh vaqtlarini nazorat qila
olmasliklari va boshqa omillar namoyon bo‘ladi. Qishloq joylaridagi voyaga
yetmaganlarda xulq og‘ishini keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida esa, bekorchilik,
tarbiyada yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlar, moddiy-maishiy yetishmovchilik, oilaviy
munosabatlardagi nosog‘lomlik, oilalarda kriminal muhitning mavjudligi va boshqalar
kuzatildi. Hovlida yashayotgan bolalar va o‘smirlarga nisbatan, ko‘p qavatli uylarda
yashayotgan bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishi darajasi holati bir muncha yuqoridir.
Buning sababi aholi qatlamining zichligi bilan bir qatorda mahalla, qo‘ni-qo‘shnichilik
ta’sirining sustligi, shaxslararo munosabatlar doirasining kengligi, ijtimoiy nazoratning
sustligi va shu kabilarga bog‘liqdir.
Ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq og‘ishi asosan
ishchilar yoki hozircha hech qayerda ishlamaydiganlar oilasiga to‘g‘ri kelayotganligi
kuzatiladi. Ammo, tadqiqotimizda oliy ma’lumotlilar, ota-onalari rahbarlik lavozimida
ishlayotgan oilalarning farzandlarida ham xulq og‘ishi namoyon bo‘lishi holatlari
kuzatilishining guvohi bo‘lamiz. Shuningdek, oilaning moddiy-maishiy shart-sharoiti,
turmush tarzi, iqtisodiy imkoniyati va tarbiyaviy ta’sirchanlik darajasi bolalar va
o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ijtimoiypsixologik sabablar sifatida namoyon bo‘lishi kuzatildi (Umarov B., 2009).
XULOSA VA TAKLIFLAR
Voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining ijtimoiy-psixologik, yosh va demografik
xususiyatlarini o‘rganishi natijalariga asoslanib quyidagicha xulosa qilish mumkin:
1) xulq og‘ishiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar shaxsida asotsiallik, psixik
beqarorlik, impulsivlik, qo‘zg‘aluvchanlik, hissiyotga beriluvchanlik, gipertimlik,
affektga moyillik va boshqa shu kabi xususiyatlar kuzatiladi. Shuningdek, bolalar va
o‘smirlar shaxsidagi nevrotizm, psixotizm va yosh davri xususiyatlari ham xulq
og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
2) voyaga yetmaganlarda yosh davri inqirozlari xususan, o‘smirlik yoshi davri
inqirozi, o‘tish davri qiyinchiliklari hamda ularning psixofiziologik taraqqiyotidagi
noturg‘unlik, akseleratsiya jarayonlari, pubertat davri rivojlanish xususiyatlari,
taqlidchanlik, emansipatsiya (kattalar nazorati va kuzatuvidan ozod bo‘lishga intilish),
gedonistik (o‘zgacha usullardan zavq-shavq olish, lazzatlanish) psixologiya,
guruhlanish reaksiyasi va qarama-qarshi nuqtai nazar reaksiyasining namoyon bo‘lishi
va boshqalar xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi;
3) voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishi ko‘rsatgichi aholi qatlami zich, shaxslararo
munosabatlar doirasi keng hisoblangan hududlar va shahar joylarida boshqa hududlar
va qishloq joylariga nisbatan yuqoridir;
4) voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalarining ilmlilik, ma’lumotlilik darajasi
bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi;
5) to‘liq oilalarga nisbatan noto‘liq oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar va o‘smirlar
o‘rtasida xulq og‘ishi ko‘rsatkichi yuqoridir;
6) oilada moddiy-maishiy shart-sharoitning yetarli emasligi bolalar va o‘smirlarda
xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi;
7) ota-onalardan birining yoki ikkalasining ham ilgari sudlanganligi bolalar va
o‘smirlarda xulq og‘ishining kelib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ганишина И.С. (2006) Неблагополучная семья и девиантное поведение
несовершеннолетних: Учебное пособие. – Москва: Издательство МПСИ. – 345 с.
2. Девиантное поведение дети и подростков. 2-издание. – Москва:
Издательство «Гавдеамус». 2007. – 346 с.
3. Змановская Е.В. (2007) Девиантология (психология отклоняющегося
поведения) – Москва. – 285 с.
4. Менделевич В.Д. (2008) Психология девиантного поведения. Учебное
пособие для вузов. – Москва: Издательство «Речь». – 346 с.
5. Нечаев, А. В. (2015). Психология девиантного поведения у подростков:
социально-психологические аспекты. – Москва: Питер.
6. Громыко, Т. С. (2017). Демографические факторы риска девиантного
поведения среди молодежи. – Санкт-Петербург: Издательство РГУПС.
7. Баранов, И. Н. (2019). Влияние социальных условий на формирование
девиантного поведения у подростков. – Новосибирск: Сибирское университетское
издательство.
8. Umarov B.M. (2001) O‘smirlarda jinoyatchilik xulqining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari. // “Pedagogik ta’lim”. – Toshkent. № 2.
9. Умаров Б.М. (2006) Семейные факторы социального риска и отклонения
поведения несовершеннолетних. // УзГМУЯ, сборник материалов научнопрактической конференции. Молодой ученый. – Ташкент. – С. 193-197.
10. Umarov B.M. (2009) O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari. Monografiya. – Toshkent, 2009.
REFERENCES:
1. Ganishina I.S. (2006) Neblagopoluchnaya semya i deviantnoe povedenie
nesovershennoletnix: Uchebnoe posobie. – Moskva: Izdatelstvo MPSI. – 345 s. (In
Russian)
2. Deviantnoe povedenie deti i podrostkov. 2-izdanie. – Moskva: Izdatelstvo
«Gavdeamus». 2007. – 346 s. (In Russian)
3. Zmanovskaya E.V. (2007) Deviantologiya (psixologiya otklonyayushegosya
povedeniya) – Moskva. – 285 s. (In Russian)
4. Mendelevich V.D. (2008) Psixologiya deviantnogo povedeniya. Uchebnoe
posobie dlya vuzov. – Moskva: Izdatelstvo «Rech». – 346 s. (In Russian)
5. Nechaev, A. V. (2015). Psixologiya deviantnogo povedeniya u podrostkov:
sosialno-psixologicheskie aspekti. – Moskva: Piter. (In Russian)
6. Gromiko, T. S. (2017). Demograficheskie faktori riska deviantnogo povedeniya
sredi molodeji. – Sankt-Peterburg: Izdatelstvo RGUPS. (In Russian)
7. Baranov, I. N. (2019). Vliyanie sosialnix usloviy na formirovanie deviantnogo
povedeniya u podrostkov. – Novosibirsk: Sibirskoe universitetskoe izdatelstvo. (In
Russian)
8. Umarov B.M. (2001) O‘smirlarda jinoyatchilik xulqining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari. // “Pedagogik ta’lim”. – Toshkent. № 2. (In Uzbek)
9. Umarov B.M. (2006) Semeynie faktori sosialnogo riska i otkloneniya
povedeniya nesovershennoletnix. // UZGMUYA, sbornik materialov nauchnoprakticheskoy konferensii. Molodoy ucheniy. – Tashkent. – S. 193-197. (In Russian)
10. Umarov B.M. (2009) O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining
ijtimoiy-psixologik muammolari. Monografiya. – Toshkent, 2009. (In Uzbek)