OILA MUHITINING RUHIY SALOMATLIKKA TA’SIRI
THE IMPACT OF THE FAMILY ENVIRONMENT ON MENTAL HEALTH
ВЛИЯНИЕ СЕМЕЙНОЙ СРЕДЫ НА ПСИХИЧЕСКОЕ ЗДОРОВЬЕ
Isakova Mu’azam Tulkinovna
Farg‘ona davlat universiteti
Psixologiya kafedrasi mudiri,
psixologiya fanlari doktori
Tel.: +998 73 244-44-02
e-mail: muzayana68@mail.ru
Annotatsiya. Ushbu maqolada, 1 yildan 40 yilgacha turmush stajiga ega bo‘lgan
384 nafar respondentning o‘z salomatliklariga nisbatan munosabatlari tadqiq etilgan.
Tadqiqot jarayonida, oilaning tashkil etilishi, iqtisodiy va emotsional muhit, er-xotin
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va jinsiy hamkorlik o‘rtasidagi farqlar tahlil qilingan.
Maqolaning asosiy maqsadi, turmushdagi salomatlik muammolariga qanday omillar
ta’sir qilishini aniqlashdir. Respondentlar o‘z salomatlik holatini, turmush tarzini va
oilaning muhim jihatlari, masalan, moliyaviy barqarorlik va emotsional qo‘llabquvvatlash, o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga qaratilgan. Tahlil natijalari shuni
ko‘rsatdiki, iqtisodiy sharoit va emotsional muhit turmushdagi salomatlikka sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, er va xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va tushunish, jinsiy
hamkorlikda ham ahamiyatli rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot natijalari, oilaviy
munosabatlarning salomatlik ustida ijobiy va salbiy ta’sirlarining murakkabligini
ko‘rsatadi, shuningdek, muammolarni bartaraf etish va salomatlikni yaxshilash uchun
kollektiv yondashuvlarning zarurligini ta’kidlaydi. Tadqiqot insonlar uchun hayotiy
muhim masalalarga yo‘naltirilgan strategiyalar ishlab chiqishda yordam berishi
mumkin.
Kalit so‘zlar: oila, salomatlik, ijtimoiy munosabat, tarbiya, ibrat, turmush, oila
tajribasi, emotsional muhit, er-xotin.
Annotation. This article investigates the attitudes of 384 respondents with
marriage durations ranging from 1 to 40 years towards their health. The study analyzes
factors such as family formation, economic and emotional environments, interpersonal
relationships between spouses, and differences in sexual partnership. The primary aim
of the article is to identify the factors that influence health issues within marriages. The
respondents focus on their health status, lifestyle, and critical aspects of family life, such
as financial stability and emotional support. The analysis results indicate that economic
conditions and emotional environments significantly impact health in marriages.
Additionally, mutual respect and understanding between spouses play an important role
in sexual relationships. The findings highlight the complexity of both positive and
negative effects that family relationships have on health, and emphasize the necessity for
collective approaches to address issues and improve health outcomes. This research can
assist in developing strategies aimed at addressing vital issues for individuals in their lives.
Keywords: family, health, social attitudes, upbringing, example, marriage
internship, emotional environment, couple.
Аннотaция. В данной статье исследуется отношение 384 респондентов с
длительностью брака от 1 до 40 лет к своему здоровью. В процессе исследования
проанализированы такие аспекты, как организация семьи, её экономическая и
эмоциональная среда, взаимотношения между супругами и различия в
сексуальном партнерстве. Основная цель статьи заключается в определении
факторов, влияющих на проблемы здоровья в браке. Респонденты
сосредоточились на своем состоянии здоровья, стиле жизни и ключевых аспектах
семьи, таких как финансовая стабильность и эмоциональная поддержка.
Результаты анализа показывают, что экономические условия и эмоциональная
среда существенно влияют на здоровье в браке. Также взаимное уважение и
понимание между супругами играют важную роль в сексуальном партнерстве.
Результаты данного исследования подчеркивают сложность положительного и
отрицательного влияния семейных отношений на здоровье, а также
необходимость коллективных подходов для решения проблем и улучшения
здоровья. Исследование может помочь в разработке стратегий, направленных на
жизненно важные вопросы для людей.
Ключевые слова: семья, здоровье, социальные установки, воспитание,
пример, брачная стажировка, эмоциональная среда, пара.
KIRISH
Oila xavfsizlik va qo‘llab-quvvatlashni hech qanday mukofotsiz ta’minlaydigan
yagona institutdir. Oila ko‘pgina insoniyat jamiyatlarining asosiy ijtimoiy birligi bo‘lsada, uning shakli va tuzilishi juda xilma-xildir. Psixologlar va sotsiologlar oilani
insonning birinchi ijtimoiy birligi sifatida belgilaydilar. Oila kattaligining ruhiy
salomatlikdagi roli an’anaviy oila dinamikasi iqtisodiyot, oilani rejalashtirish va gender
tadqiqotlari ta’sirida o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan zamonaviy sharoit uchun
juda muhimdir. Ensiklopediyada oila a’zolari umumiy hayot, ma’naviy mas’uliyat va
o‘zaro yordam bilan bog‘liq bo‘lgan kichik qarindoshlik guruhi sifatida qaralishi
ta’kidlangan (Ziyodov A., 1991).
ADABIYOTLAR TAHLILI
Oila ko‘p funksionaldir. Oilaning ko‘p funksiyalari orasida eng muhimlari uning
a’zolari shaxsini rivojlantirish uchun sharoit yaratishga qaratilgan ijodiylikdir
(Y.E.Aleshina, T.V.Andreyeva, V.M.Medkov, B.M.Levin, M.V.Petrovich va
boshqalar). Shuning uchun oila biologik, ijtimoiy, moddiy, ma’naviy, mafkuraviy,
psixologik va pedagogik munosabatlarni keltirib chiqaradigan kichik ijtimoiy guruh
yoki jamiyat birligi sifatida tadqiq etilgan. Shuningdek, o‘zbekistonlik psixolog olimlar
G‘.B.Shoumarov, E.G‘oziev, V.M.Karimova, B.M.Umarov, F.A.Akramova,
N.G‘.Komilova, N.A.Sog‘inov, G.N.Tulaganova, F.F.Rajabova va boshqa olimlarning
ta’kidlashlaricha, bolalarning ongi, xulqi hamda faoliyati mazmunini asosan oila va
ularni qurshab olgan muhit belgilashligi ilmiy asoslangan.
Shaxs o‘zini yaxshi, qulay his qilishi, o‘zidan ko‘ngli to‘lishi, ruhiy salomatligining
muhim omili - bu oilaviy muhit barqarorligidir. Oila muhitining barqarorligi oila
a’zolarining bir-birlarini tushunishlari, qalban his qilishlari, tarbiyalanganlik darajalari
va oiladagi burch va mas’uliyatni qanchalar tushunib yetganliklariga, amal qilishlariga
bog‘liq bo‘ladi. Shu o‘rinda oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritgan Abu
Ali ibn Sinoning “Tadbiri manzil” kitobidagi “oila boshlig‘i tajribasiz bo‘lsa, u o‘z
a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha
olmaydi. Yomon tarbiya nafaqat ushbu oilaga, balki qo‘shnilarga, mahalla kuyga ham
yomon ta’sir qilishi mumkin”, deb fikr bildiradi. Olim oilada ota-onaning, ayniqsa,
otaning burch va vazifalarini har qanday holatda bola tarbiyasi oldida mas’ul ekanligi
hamda oila xotirjamligining asosi ekanligini ko‘rsatadi (Исакова М., 2021).
Rus psixologi I.V. Dubrovina "ruhiy salomatlik" tushunchasini quyidagicha
izohlaydi. Uning fikriga ko‘ra, " ruhiy salomatlik" tushunchasi shaxs “ma’naviyat”i,
uning rivojlanganligi bilan bog‘liq, deb tushuntiradi va bu tushunchalarni bir-biriga
yaqin tushuncha sifatida talqin qiladi. Gumanistik psixologiyaning asoschisi A. Maslou
g‘oyalariga asoslanib, I. V. Dubrovina ruhiy sog‘liqning "inson o‘zini o‘zi namoyon
qilishi va insonparvarlik qadriyatlariga intilishi orqali o‘z salohiyatini rivojlantirish
istagi" degan fikrlarni ilgari suradi. Psixologiyaning rivojlanish jarayonida bu muammo
A.D. Andreyeva, T.V. Voxmyanina, N.I. Gutkina, I.V. Dubrovina kabi mutaxassislar
tomonidan ishlab chiqilgan. A.B.Nikolayeva, V.E. Paxalyan, N.N. Tolstix, N.V.
Shurova va boshqalar "ruhiy salomatlik" atamasi katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini
ko‘rsatganlar. Ko‘plab psixologlarning fikriga ko‘ra, shaxsning ruhiy salomatligi yoki
nosog‘lomligi oilaning psixologik muhitiga, undagi iqlimga hamda oiladagi
munosabatlarning xususiyatiga bog‘liq. Bir qator g‘arb tadqiqotchilari zamonaviy
jamiyatda oila an’anaviy funksiyasini yo‘qotib, hissiy aloqa institutiga, o‘ziga xos
“psixologik boshpana”ga aylanadi, degan xulosaga kelishadi. Ayrim psixologlar, oila
faoliyatida hissiy omillarning kuchayib borayotgan rolini ta’kidlaydilar (Ткаченко И.,
(2010).
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Oila a’zolarining ruhiy salomatligini o‘rganish maqsadida er-xotinlar uchun
“Oilada rollarning taqsimlanishi” nomli anketa-so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu metodika rus
psixologlari Y.E.Aleshin, L.Y.Gozman, Y.M.Dubovskayalar hammuallifligida
yaratilgan. Bu metodika er-xotinlarning oilaviy rollar haqidagi tasavvurlarini aniqlab
beradi. Bilamizki, oiladagi rollarni muvaffaqiyatli ijro etilishi oila xotirjamligini, oilaviy
baxtni, oila tinchligini ta’minlab beradigan omillar sirasiga kiradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Farg‘ona viloyatining turli hududlarida 2019-yilning dekabr oyidan 2020-yilning
mart oyiga qadar 192 nafar juftlik, ya’ni 384 nafar respondent o‘rtasida anketa -
so‘rovnoma o‘tkazildi. Erkaklarda ham, ayollarda ham (turmush stajlari 1 yildan 40 yil
va undan yuqori) oiladagi rollarni taqsimlash bo‘yicha suhbatlar asosida alohida so‘rov
o‘tkazildi. O‘z fikr va tajribalarini to‘liq ifoda etish istagini bildirgan respondentlar bilan
suhbatlar olib borildi. Suhbatlar respondentlarning uylarida o‘tkazildi, er-xotinning
ma’lumotlari bir-biridan sir saqlandi. Anketani to‘ldirishda yuzaga kelgan savollar va
ikkilanishlar tushuntirishlar orqali qo‘llab-quvvatlandi. Har bir so‘rovga javob berish
uchun taxminan 30-50 daqiqa kerak bo‘ldi. Ma’lumotlar ishtirokchilarning suhbatda
aytib o‘tilgan mavzular bilan bog‘liq fikrlari, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarining
tavsiflari yozib borildi. Respondentlar oliy va o‘rta ma’lumotga ega, ular
shug‘ullanayotgan ish turi: o‘qituvchi, huquqshunos, shifokor, tadbirkor, quruvchi,
tikuvchi, harbiy, ishchi va talaba. Respondentlardagi bolalar soni 1 tadan 4 tagacha.
Ularning yashash hududlari shahar va qishloq. Tadqiqotdan olingan natijalar
quyidagicha:
90 77 э
70 А
80
o'rta 15
70 9
60 yuqori
50
40
30
21
20
10 8
0
past
Bola tarbiyasi. 1-rasm
Bola tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan natijalar tahlilidan shu narsani ko‘rish
mumkinki, ushbu vazifani 21 % erkaklar va 8 % ayollar past darajada, 70 % erkaklar va
77 % ayollar o‘rta darajada, 9 % erkaklar va 15 % ayollar yuqori darajada deb
belgilashgan. O‘rta va yuqori darajalarda erkaklarga nisbatan ayollar bola tarbiyasi bilan
shug‘ullanishlari zarurligi ko‘rsatkichi yuqori natijani ko‘rsatmoqda.
Oiladagi emotsional muhit bola tarbiyasi bilan korrelyatsiya qilinganda 0,158848
natijani ko‘rsatdi. Ya’ni oilada emotsional muhit bo‘lsa bola tarbiyasida muvaffaqiyat
bo‘ladi. Oila bag‘rini rohatli, farog‘atli, farzandlarini go‘zal xulqli bo‘lishlarini istagan
er-xotin har vaqt bir-birlarini hurmat qilib, ittifoq bo‘lib yashashlari lozim. Er va xotin
oilada bir-birlarini tinglay olsalar, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlasalar, birga qayg‘urib,
birga shodlansalar, albatta, bir-birlariga bo‘lgan mehr-muhabbatlari oshadi. Oiladagi
yoqimli va zarur bo‘lgan emotsional muhit er va xotin o‘rtasidagi muhabbatdir.
Bola tarbiyasidagi qiyinchilik va mashaqqatlarning asosiysi onalar ustida bo‘ladi.
Garchi bu holatlar qonunlarda belgilanmagan bo‘lsa-da, onalar o‘zlarining mehri va
yaxshiliklari bilan bajaradilar. Agar otalar farzandlarining onasi bilan go‘zal muomalada
bo‘lib, chiroyli hayot kechirsalar va ularni hurmat qilsalar, bolalar bunday vaziyatdan
oliyjanoblikni, muomala qilish odobini o‘rganadilar. Onalariga otalari tomonidan
bunday muomalaning bo‘layotganini ko‘rgan farzandlar otalarini qattiq hurmat qila
boshlaydilar va o‘zlari ham oila qurganlarida ana shunday muomalada bo‘lishni afzal
biladilar.
80
70 69
59
60
o'rta
50
40 36 Э
30 А
20 18
13
10 5
0 yuqori
past
Oilada emotsional iqlim 2-rasm.
Oiladagi emotsional iqlim bo‘yicha natijalar tahlilidan shu narsani ko‘rish
mumkinki, ushbu vazifani 18 % erkaklar va 5 % ayollar past darajada, 69 % erkaklar va
59 % ayollar o‘rta darajada, 13 % erkaklar va 36 % ayollar yuqori darajada deb
belgilashgan. Oilada ayollar asosan emotsional munosabatlarni vujudga keltiradigan
figura hisoblanadi. Buni yuqoridagi 36 foiz ayollarning yuqori natijasidan ham bilsak
bo‘ladi.
Oilada emotsional iqlimning mo‘tadil bo‘lishligi ko‘proq oila bekasiga, ya’ni
ayolga bog‘liq. Imom ibn Jarir Tabariy va Ibn Abi Hotimlar Abu Hurayra roziallohu
anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Ayollarning yaxshisi –
nazar solsang xursand qiladigan, amr qilsang itoat etadigan va g‘oyib bo‘lsang, seni o‘z
nafsida va molingda muhofaza qiladiganidir”, deganlar (Муҳаммад Юсуф M.C., 2011).
Ilmli, ziyoli bo‘lgan ayol xuddi shunday xislatlarga ega bo‘lish bilan birga oila va
farzandlarining tarbiyasida yutuqlarga erishadi. Ota-onalarining yaxshi va yomon
odatlariga taqlid etuvchi bolalarning onalari dono va bilimli va ziyoli bo‘lsa, bolalar
ilmga muhabbatli bo‘ladi, bilishi zarur bo‘lgan odob-axloq ko‘nikmalari tarbiya topib
rivojlanadi. Ota qanchalar o‘qimishli, ma’lumotli bo‘lsa-da, farzandlarini tarbiyasiga
vaqtlari yetmaydi, bu aniq fakt. Biroq ta’lim-tarbiya maskanlarida bolalarni o‘qish va
yozishga o‘rgatsalar-da, odob, axloq borasida onalarimizga teng keladigani topilmaydi.
Shuning uchun ham bolalar tarbiyasi yuzasidan bo‘lgan takliflar-u xizmatlarning eng
ulug‘i onalar zimasiga tushadi. Shu o‘rinda Rizouddin ibn Faxruddinning “Oila” nomli
asarida “Xotun o‘z erini xushnud etgan vaqt, qanday vaqtligini bilasizmi? Bu shunday
vaqtki, bunda xotunning ochiq yuz bilan bolalariga axloq-odob to‘g‘risida nasihatlar
berib turgan yoki o‘ltirib ish tikayotgan yoki peshonasiga durrachasini bog‘lab, ishlab
yurgan vaqtidur”, degan fikrlarini keltirish joizdir.
80 73
70 59
60
50 Э
36 А
40 9
5
30
18
20
10
0 o'rta yuqori
past
Oilaning moddiy ta’minlanishi. 3-rasm.
Oilaning moddiy ta’minlanishi bo‘yicha past darajada deb erkaklar 18 %, ayollar
36 %, o‘rta darajada deb erkaklar 73 %, ayollar 59 %, yuqori darajada deb 9 % erkaklar,
5 % foiz ayollar belgilaganlar. Bu natija oilaning moddiy ta’minlanishiga asosan
erkaklar mas’ul ekanliklarini anglatib turibdi. Oilaning moddiy ta’minlashda
erkaklarning o‘rta va yuqori darajalarida ko‘proq foizni berganliklari ham bejiz emas.
Oilaning moddiy ta’minotchisi asosan erkaklardir va ularning zimmasidagi oliy
vazifadir. “Dunyodagi eng buyuk saodat go‘zal maishatdir”- deb yozadi Rizovuddin ibn
Faxriddin “Oila” asarida Abbosiy xalifalarining eng mashhurlaridan bo‘lgan al-
Mutavakkil Aliy Alloh ibn Ja’farga: “Yer yuzida sizdan baxtli kimsa hech bo‘lmas”
deganlarida, xalifa: “Xato so‘zladingiz, go‘zal uyi, ezgu xotini, yaxshi maishati bo‘lgan
kimsa bizlardan ko‘ra baxtlidir”, deb javob bergan ekan. Odam bolasiga kasb-hunar
o‘rganish buyurilgan. Kasb-korga ega bo‘lish, ishlash, mehnat qilib daromad olish inson
bolasining salomatligi va ko‘nglining sofligiga sabab bo‘ladi (Ziyodov A., 1991).
76
80
67
70
60
50 Э
А
40
11
30 22 7
16
20
10
0 o'rta yuqori
past
Oilada ko‘ngil ochish tadbirlarini tashkil etish 4-rasm.
Oilada ko‘ngil ochishlar, ya’ni turli tadbirlarni oilada tashkil etish bilan bog‘liq
bo‘lgan natijalar tahlilidan shu narsani ko‘rish mumkinki, 16 % erkaklar va 22 % ayollar
past darajada, 76 % erkaklar va 67 % ayollar o‘rta darajada, 7 % erkaklar va 11 % ayollar
yuqori darajada deb belgilashgan. Past va yuqori darajalarda erkaklarga nisbatan ayollar
oilada ko‘ngil ochishlarni tashkillash bilan shug‘ullanishlari ko‘rsatkichi yuqori natijani
ko‘rsatmoqda. Oilada ko‘ngil ochishlarni tashkil qilish bola tarbiyasi bilan 0,149091
hamda oilaning moddiy ta’minlanganligi bilan 0,328614 ga bog‘liqligi aniqlandi.
Demak oila a’zolarining shaxslararo munosabatlarini samarali tashkillanishi, oilada
ijobiy emotsional muhitni yaratilishi bevosita oiladagi ko‘ngil ochishlarga bog‘liqligi
o‘rganildi. Oilada ko‘ngil ochish tadbirlari oila a’zolarining ruhiy barqarorligini,
shaxslararo munosabatlar samarali bo‘lishligini ta’minlaydi, oila madaniyati, tarixi, urfodatlari, qadriyatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, iqtisodiy-ijtimoiy hayotining
barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Uy sohibi va sohibasi bo‘yicha 30% erkaklar va 28 % ayollar oiladagi o‘zlariga
tegishli vazifalarini past darajada bajaradilar, 64 % erkaklar, 68 ayollar o‘z vazifalarini
o‘rta darajada bajarsalar, 6 % erkaklar va 4 foiz ayollar o‘z vazifalarini yuqori darajada
bajarishliklari ushbu 5-rasm orqali o‘z aksini topib turibdi. Uy sohibi va sohibalarining
oiladagi o‘z rollarini ijro etishlari oilaning moddiy ta’minlanganligi bilan 0,271164,
shuningdek, oiladagi ko‘ngil ochishlar bilan 0,287403 bog‘liqligi mavjud.
70 64 68
60
50
40 30 28 Э
30 А
20
10 64
0 o'rta yuqori
past
Uy sohibi va sohibasi. 5-rasm.
Uy sohibi va sohibasi, ya’ni er-xotinning oila qurib, birgalikda yashash, birgalikda
farzandlar o‘stirish uchun oralarida tuzilgan bitm turmush qurishdir. Ularni bir-biriga
bog‘lovchi narsa muhabbatdir. Bir-birlariga muhabbatli bo‘lgan er-xotin faqatgina
dunyoning rohatlaridagina emas, balki mehnatlarida ham umrlarini saodatli
kechiradilar. O‘rtalaridagi muhabbatning paydo bo‘lishi uchun er-xotinning shaxsan bir
qancha ulushlari bo‘lishi kerak. Har ikki tomon bir-birlariga intiladigan, bir-birlariga
yaxshiliklarni ravo ko‘rib yashashni odat qilsalar, oila mustahkam qo‘rg‘onga aylanib
boraveradi. Er-xotinning oiladagi o‘z vazifalari va shu vazifalarni a’lo darajada
bajarishlari uchun rollari mavjud. Mana shu rollarni mohirona ado etilishi chinakam
oilaviy baxtga erishishni anglatadi. Qur’on Karimning “Baqara” surasi 233-oyatida
“Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir, hech bir jonga imkondan
tashqari taklif bo‘lmas, ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar topmasin...”. Ota, ona
vazifalarni nomigagina emas, balki ishni yaxshilab ado qilish zarurligi, munosabatlarda
imkondan tashqari ortiqcha takliflarni qilinmasligi borasida fikrlar zikr qilinganligi
fikrimizning dalilidir. Oilada ham go‘zal qoida, me’yorga amal qilinishi zarur
shartlardan biri. Oila a’zolarining bir-birlariga go‘zal muomalada bo‘lishligi, oiladagi
ruhiy-emotsional muhitni vujudga kelishining eng muhim qoidalaridandir. Tarbiyali er
xotiniga chiroyli munosabatda bo‘lgani singari o‘zining ulug‘vorligini ham saqlab
qoladi.
80 72
70
60 50
50 45 Э
40 А
30 22
20 6 5
10
0 o'rta yuqori
past
Jinsiy sheriklik. 6-rasm.
Jinsiy sheriklik bo‘yicha 22 % erkaklar va 45 % ayollar past daraja, 72 % erkaklar
va 50 % ayollar o‘rta daraja, 6 % erkaklar va 5 % ayollar yuqori darajada jinsiy sheriklik
rollarini bajarar ekanlar. Jinsiy sheriklik muvaffaqiyatli amalga oshirilsa bola tarbiyasi
bilan korrelyatsiyasi 0,142917 tengligi kuzatildi. Shuningdek, jinsiy sheriklik bilan
oilaning moddiy ta’minlanganligi 0,186086 tengligi kuzatildi, ya’ni bir-biriga bog‘liq.
Jinsiy sheriklik uy sohibi va sohibasi darajasi bilan ham bog‘liqligi mavjud 0,27933. Er
va xotin bu ikki jinsdan iborat bo‘lgan shaxslar. Ularning maqsadlari bir mustahkam oila
qurish, chiroyli farzandlarni dunyoga keltirib, go‘zal odob-axloqli qilib tarbiyalab,
voyaga yetkazish. Bu mashaqqatli ishda er-xotin bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari, o‘z
vazifalarini ado etishda bir-birlariga ko‘mak berishlari oralaridagi muhabbat
tuyg‘ularini kuchayishiga, oila mustahkamligini oshishiga olib keladi.
70 65
57
60
50
40 31 Э
30 26 А
20 12 9
10
0 o'rta yuqori
past
Oiladagi ichki madaniyatni uyushtirish. 7-rasm.
Oiladagi ichki madaniyatni uyushtirish bo‘yicha 31 % erkaklar va 26 foiz ayollar
past darajada, 57 % erkaklar va 65 % ayollar o‘rta darajada, 12 % erkaklar va 9 % ayollar
yuqori darajani belgilaganlar. Oiladagi ichki madaniyatni uyushtirish oilaning moddiy
ta’minlanganligi bilan korrelyatsiyasi 0,248955 teng, oiladagi ichki madaniyatni
uyushtirish oilada ko‘ngil ochishlarni tashkil etish bilan 0,255536 ga teng. Oilada hukm
surayotgan qadriyatlar, marosimlarni tashkillash, urf-odatlarga amal qilishda oilalarning
bir-birlaridan farq darajalari katta. Har bir oilada ichki madaniyat bir-birlaridan tubdan
farq qiladi. Oilada uyushtirilayotgan tadbirlar farzandlar tafakkurining boyishiga,
ma’naviyatining yuksalishiga, madaniyatining oshishiga, oiladagi emotsional iqlimni
mo‘tadillashishiga sabab bo‘lgan. Shu tariqa oilalarda o‘ziga xos tadbirlar oila a’zolari
uchun o‘ziga xos motivatsiya beruvchi bayramlar tusini olgan. O‘z oilasi, nasl-nasabi
bilan faxrlanish vatanparvarlik tuyg‘usiga chuqur hamohang. Bu eng avvalo, oilaviy
an’analarni avaylab saqlash va boyitish, ota-bobolarning muborak nomlariga dog‘
tushurmaslikka intilish, o‘z mehnati, bilimlari bilan nasl-nasabi obro‘sini
mustahkamlash, odamlarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lish istagidir. Bunday
oilaviy tadbirlar oilaning moddiy ta’minlanganligi bilan ham bog‘liqligi shundaki, erxotinning oiladagi rollarni to‘g‘ri taqsimlanganliklari, oilaviy iqtisodni yaxshilash
bo‘yicha tadbirli ekanliklariga ham bog‘liqdir. Qur’on Karimning “Niso” surasi 34-
oyatida “Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganliklari
uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar...”. Alloh erkakni ayoldan afzal qilib yaratganligi
ushbu oyatda o‘z aksini topgan. Darhaqiqat, erkak kishi o‘zining jismoniy tuzilishi, ichki
va tashqi qiyofasi, asabiy, ruhiy-nafsoniy va boshqa jihatlaridan oila rahbari bo‘lishga
mos yaratilgan. Buning ustiga, oilani qurish va uni tutib turish, bu yo‘ldagi barcha sarfxarajatlar ham erkak kishi zimmasida. U katta mehnat evaziga topilgan mol-u mulkining
behuda ketmasligi lozimligini o‘ylaydi, oilani mustahkam holda tutib turishning choratadbirlarini ko‘rishga majbur bo‘ladi. Erning hurmatini joyiga qo‘yib, unga itoat etgan
mo‘mina, soliha ayollar oilaning ichki madaniyatini yanada mustahkam bo‘lishligini
ta’minlaydi. Yuqorida 7-rasmda ifodalangan natijalar korrelyatsiyasida oiladagi ichki
madaniyatni uyushtirish oilaning moddiy ta’minlanganligi bilan, oiladagi ichki
madaniyatni uyushtirish oilada ko‘ngil ochishlarni tashkil etish bilan bog‘liqligi aks
etgan. Bu oilada emotsional iqlimni, shaxslararo samarali munosabatlarning
mavjudligini bildiradi. Bu esa sog‘lom muhit hukm surishiga, oila a’zolarining ruhiy
salomatligini mustahkam bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Oila muhitining ruhiy salomatlikka ta’sirini o‘rganish natijalariga asoslanib
quyidagicha xulosa qilish mumkin:
1. Shaxsning ruhiy salomatligiga ta’sir etuvchi oila ijtimoiy omili, undagi sog‘lom
muhit, oila a’zolarining bir-birlarini tushunishlari, har bir ishda bir-birlarini qo‘llabquvvatlashlari, ota-ona va farzandlar munosabatlaridagi iliqlik, samimiyat, bundan
tashqari, do‘stlar va yaqin qarindoshlar bilan o‘rnatilgan muomala maromlari, ishda,
dam olish paytida bo‘ladigan muloqotlar odamning u yoki bu darajada ruhiy
barqarorligini ta’minlab beradi.
2. Oiladagi samimiy munosabatlar iqlimini farzand sezsa, ota-onaning, avvalo birbiriga, shuning barobarida, bolalari va atrofdagilarga o‘z hurmatini saqlagan holda, izzat
ko‘rsatsa, bolani aynan shu fazilatlar boyitib boradi.
3. Agar oilada doimiy nizolar bo‘lsa, oila a’zolari bir-biriga salbiy munosabatda
bo‘lishadi, ishonchsizlik, tashvish, hissiy noqulaylik, zo‘riqish, begonalashish yuz
beradi. Bularning barchasi oilaning asosiy funksiyalaridan birini - psixoterapevtik, stress
va charchoqni yengib o‘tishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, tushkunlik, janjal, ruhiy
zo‘riqish ijobiy his-tuyg‘ularning yetishmasligiga olib keladi.
4. Agar oilada kattalar jiddiy mojaro qilsa, bu davomli takrorlanaversa, bu bola
uchun og‘riqli, yoqimsiz tajriba bo‘lib, bu uning ruhiy tinchligini buzadi va stressga olib
keladi. Agar oilada iliq muhit bo‘lsa, hatto maktabdagi muammolar ham oson kechadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Доклад Комитета экспертов Всемирной организaции здравоохранения
(ВОЗ) 1979 года: Психическое здоровье и психосоциальное развитие детей.
2. Дубровина И.В. (1997) Школьная психологическая служба. – Москва.
3. Ziyodov A. (1991) Rizovuddin ibn Faxriddin “Oila” asari haqida. – Toshkent.
4. Isakova, M. T. (2020) Factors influencing the mental health of person
// Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения
процветания общества (pp. 10-13).
5. Максимова Л., Исакова М. (2020) Человек как субъект социокультурного
пространства: оценка жителями Узбекистана уровня влияния социокультурных
факторов на их психическое здоровье // Стратегические ориентиры современного
образования (pp. 40-43).
6. Исакова, М. Т. (2021). Инсоннинг саломатликка муносабати билан унинг
индивидуал-динамик хусусиятларининг ўзаро боғлиқлик муаммолари //
Современное образование (Узбекистан), (7 (104)), 42-47.
7. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф (2011) Тасири Ҳилол. 2-нашр.
1 ЖУЗ. – Тошкент.
8. Ткаченко И.В. (2010) Проблемы развития личности в семейном
взаимодействии // Научные исследования: информaция, анализ, прогноз:
монография / под ред. проф. О.И. Кирикова. Воронеж: ВГПУ. Книга 28.
9. Броуди, А. (2018). Психологическое здоровье и окружающая среда. –
Москва.
10. Шевченко, Н. (2016). Экология и психическое здоровье: влияние
окружающей среды на человека. – Санкт-Петербург.
REFERENCES:
1. Doklad Komiteta ekspertov Vsemirnoy organizasii zdravooxraneniya (VOZ)
1979 goda: Psixicheskoe zdorove i psixososialnoe razvitie detey. (In Russian)
2. Dubrovina I.V. (1997) Shkolnaya psixologicheskaya slujba. – Moskva. (In
Russian)
3. Ziyodov A. (1991) Rizovuddin ibn Faxriddin “Oila” asari haqida. – Toshkent.
(In Uzbek)
4. Isakova, M. T. (2020) Factors influencing the mental health of person //
Psixologicheskoe zdorove naseleniya kak vajniy faktor obespecheniya prosvetaniya
obshestva (pp. 10-13).
5. Maksimova L., Isakova M. (2020) Chelovek kak sub'ekt sosiokulturnogo
prostranstva: osenka jitelyami Uzbekistana urovnya vliyaniya sosiokulturnix faktorov
na ix psixicheskoe zdorove // Strategicheskie orientiri sovremennogo obrazovaniya (pp.
40-43). (In Russian)
6. Isakova, M. T. (2021). Insonning salomatlikka munosabati bilan uning
individual-dinamik xususiyatlarining oʻzaro bogʻliqlik muammolari // Sovremennoe
obrazovanie (Uzbekistan), (7 (104)), 42-47. (In Uzbek)
7. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (2011) Tasiri Hilol. 2-nashr. 1
JUZ. – Toshkent. (In Uzbek)
8. Tkachenko I.V. (2010) Problemi razvitiya lichnosti v semeynom
vzaimodeystvii // Nauchnie issledovaniya: informasiya, analiz, prognoz: monografiya /
pod red. prof. O.I. Kirikova. Voronej: VGPU. Kniga 28. (In Russian)
9. Broudi, A. (2018). Psixologicheskoe zdorove i okrujayushaya sreda. – Moskva.
10. Shevchenko, N. (2016). Ekologiya i psixicheskoe zdorove: vliyanie
okrujayushey sredi na cheloveka. – Sankt-Peterburg. (In Russian)