ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

5-6 yoshli bolalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilikni shakllantirish yo‘llari

Norbosheva Maqsuda Achilovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

5-6 YOSHLI BOLALARDA IJTIMOIY FAOLLIK, TASHABBUSKORLIK VA
TASHKILOTCHILIKNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI

WAYS TO FORM SOCIAL ACTIVITY, INITIATIVE AND
ORGANIZATIONAL SKILLS IN 5-6 YEAR-OLD CHILDREN

ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ, ИНИЦИАТИВНОСТИ
И ОРГАНИЗАЦИОННЫХ НАВЫКОВ У ДЕТЕЙ 5-6 ЛЕТ

Norbosheva Maqsuda Achilovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti dotsenti

Tel.: +998 55 452-77-77
e-mail: maqsuda_pedagog@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha 5-6 yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollik,
ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish masalasiga
doir ilmiy mulohazalar yuritilgan. Ta’kidlanishicha, bolalarda ijtimoiy faollikni
oshirish, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish va
rivojlantirish nafaqat psixologik-pedagogik, balki ijtimoiy muammo sifatida ham o‘ziga
xos dolzarblik kasb etadi. Shu jihatlarni hisobga olib, tarbiyachi-pedagoglar bolalarning
yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy imkoniyatlari, qiziqishlari, hayotiy ehtiyojlari
va intilishlarini inobatga olgan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, tashkil etiladigan
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning jamoaviy yoki guruhli shakllarda tashkil etilishiga
erishish, bolalar jamoasida o‘zaro psixologik birlik va hamkorlikka asoslanuvchi
sog‘lom muhitni qaror toptirish, jamoa bilan ishlashda alohida faollik ko‘rsatgan bolalar
yutuqlarining e’tirof etib borilishini ta’minlash, ularni ma’naviy rag‘batlantirish kabi
talablarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir.

Kalit so‘zlar: maktabgacha yosh, ta’lim, bola, tashabbuskorlik, tashkilotchilik,
qobiliyat, sifat, ijtimoiy, faollik, muloqotchan, yetakchilik, jamoa hissi.

Annotation. The article presents scientific considerations on the issue of the
formation of social activity, social activity, initiative and organizational qualities in
preschool children. It is emphasized that increasing social activity in children, the
formation and development of social activity, initiative and organizational qualities are
of particular relevance not only as a psychological and pedagogical, but also as a social
problem. Taking these aspects into account, it is advisable for educators to follow such
requirements as providing educational influence, taking into account the age and
psychological characteristics of children, personal capabilities, interests, vital needs and
aspirations, achieving the organization of organized spiritual and educational events in
collective or group forms, establishing a healthy environment based on mutual
psychological unity and cooperation in the children’s team, ensuring recognition of the

achievements of children who have shown particular activity in working with the team,
and encouraging them spiritually.

Keywords: preschool age, education, child, initiative, organization, ability,
quality, social, activity, sociability, leadership, sense of team.

Аннотация. В статье содержатся научные комментарии по вопросу
формирования социальной активности, социальной активности, инициативы и
организаторских качеств у детей дошкольного возраста. Отмечается, что
повышение социальной активности детей, формирование и развитие качеств
социальной активности, инициативы и организованности является не только
психолого-педагогической, но и социальной проблемой. Учитывая эти аспекты,
педагоги-педагоги должны учитывать возрастные и психологические
особенности, личностные возможности, интересы, жизненные потребности и
стремления детей, оказывать воспитательное воздействие, организовывать
духовно-просветительскую деятельность в коллективных или групповых формах.
добиваться, создавать в детском коллективе здоровую среду, основанную на
взаимном психологическом единении и сотрудничестве, обеспечивать признание
достижений детей, проявивших особую активность в работе с коллективом,
признавать их им уместно следовать таким требованиям, как моральное
поощрение.

Ключевые слова: дошкольный возраст, образование, ребенок, инициатива,
организованность, способности, качества, социальный, активный,
коммуникативный, лидерский, коллективный.

KIRISH
Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy va muhim tarkibiy bosqichlaridan biri sanalgan
maktabgacha ta’lim shaxsning har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lib voyaga yetishida
o‘ziga xos o‘rin tutadi. Maktabgacha yosh davridanoq bolalarda ijtimoiy faollik, ijtimoiy
faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish masalasi ham ayni
muddaolardan biri hisoblanadi. Respublikamizda maktabgacha ta’lim sohasiga oid olib
borilgan so‘nggi islohotlarga asosan, zamonaviy maktabgacha ta’limni tashkil etishda
quyidagi maqsadlarga erishish zarur ekanligi ko‘rsatilgan:
 bolalarning psixologik va fiziologik salomatliklarini muhofaza qilish va
mustahkamlash;
 barcha faoliyat turlari bo‘yicha bolalar tashabbusini uyg‘otish va qo‘llabquvvatlash;
 muloqot va hamkorlik ko‘nikmalarining shakllanishiga erishish;
 o‘ziga ijobiy baho berish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni qo‘llab-quvvatlash;

 ta’lim mustaqilligini shakllantirish (o‘qishga bo‘lgan xohish va ko‘nikma,
shuningdek, shaxsiy imkoniyatlari darajasini kengaytirib borish).

Mazkur maqsadlarga erishishda bolalarning ongi va tafakkurida mavjud bo‘lgan
yashirin imkoniyatlarni aniqlash va rivojlantirish vazifalarning ijobiy hal etilishi muhim
ahamiyatga ega.

Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari oldida ijtimoiy faol, jamiyat
hayotining turli sohalarida o‘z iqtidori va salohiyatini to‘la namoyon eta oladigan
yoshlarni tarbiyalash vazifasi turibdi. Darhaqiqat, maktabgacha ta’lim tashkilotlari turli
yoshdagi bolalarni yagona jamoaga birlashtira olgan maskan hisoblanib, u yerda
bolalarni faollashtiruvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish orqali keng ko‘lamli
ijtimoiy faoliyatni tashkil etishdek katta imkoniyatlar mavjud.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Bolalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini
shakllantirish va rivojlantirish nafaqat psixologik-pedagogik, balki ijtimoiy muammo
sifatida ham o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi.
Dastavval biz, “tashabbuskorlik” va “tashkilotchilik” tushunchalarining tub ma’nomohiyatiga to‘xtalsak, manbalarda ‘‘tashabbuskorlik va tashkilotchilik"
tushunchasining muqobillari sifatida “yetakchilik", "liderlik", "sardorlik" va
"yo‘lboshchilik" kabi atamalar ham qo‘llaniladi. Mazkur tushunchalar o‘rtasida o‘zaro
aloqadorlik, bog‘liqlik mavjud bo‘lib, jamoaning uyushgan holda faoliyat ko‘rsatishida
individual shaxslarning ustuvor rolini ifodalashga xizmat qiladi. Shu bilan birga
yuqorida tilga olingan tushunchalarning har bir o‘ziga xos mazmunni ifodalash bilan
birga shaxs faoliyatining muayyan darajalarini belgilaydi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da mazkur tushunchalarning lug‘aviy ma’nolarini
bayon etish orqali ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liq hamda farqlar xususida: -
“tashabbuskorlik” - “tashabbus ko‘rsatish” yoki “biror ishda boshlovchi bo‘lish” va
“tashkilotchilik”- “tashkil etish xislati” yoki “o‘z tashkilotchiligini namoyish qilmoq”
deb ta’riflanadi.
Bolalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini
shakllantirish va rivojlantirish nafaqat psixologik-pedagogik, balki ijtimoiy muammo
sifatida ham o‘ziga xos dolzarblik kasb etadi. Sababi, ijtimoiy faol, har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirishda qobiliyatlarga ham alohida ahamiyat bermoq lozim.
Psixolog olim M.G. Davletshinning ta’kidlashicha: “Ba’zan o‘ta iqtidorli va
qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi.
Psixologiyada tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat deb yuritiladi”
(Davletshin M., 1999: 68).
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy jamoaning shaxs kamolotidagi o‘rniga

alohida baho beradi. Sababi, bolalar jamoasi o‘z-o‘zini boshqarish xususiyatiga ega
bo‘lib, u maqsadning birligi, yagonaligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali
umumjamoa bilan bog‘lanadi. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi quyidagi
fikrlarini keltirib o‘tadi: “har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va
oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi. u bir o‘zi
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga
ehtiyoj tug‘iladi... Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har
biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi”
(Forobiy, Abu Nasr, 1999: 98).

Professor N.N. Jamilova tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotda tashabbuskorlik
va tashkilotchilik malakalariga ega turli yoshdagi bolalarning bog‘chada, maktabda,
kollejlarda “o‘qish davomida bolalar jamoasiga tez qo‘shilib ketishlari, turli xil
o‘yinlarni, bahslarni, tadbirlarni tashkil etish layoqatini namoyon eta olishlari, fanlarni
yaxshi o‘zlashtirishlari, shuningdek, tengdoshlarini uyushtira olish malakalariga ega
bo‘lishlari” alohida qayd etib o‘tiladi (Джамилова Н., 2005: 124).

M. Allamuratova va G. Jo‘raboevalar bolalarda mas’uliyat hissini shakllantirish
“bolalarda o‘z-o‘zini boshqarishni, intizomni, o‘ziga-o‘zi baho berishni shakllantirish,
ularni jamoa intizomiga mustaqil bo‘ysunishga, burchga sadoqatli bo‘lishga o‘rgatish”
ekanligini ta’kidlab o‘tadilar (Allamuratova, Jo‘raboeva, 1990: 79). Rossiyalik olima
L.I. Bojovich ontogenezda shaxsning shakllanishini ko‘rib chiqar ekan, maktabgacha
bo‘lgan yoshning yakuniga kelib, bolada o‘zining “ijtimoiy men”ini anglash
jarayonining paydo bo‘lishi haqida yozgan hamda o‘zini bilib olishdan o‘z-o‘zini
anglashga o‘tish mexanizmlarini o‘rganish zaruratini eslatib o‘tgan (Божович Л.,
2012:146). D.I. Feldshteyn esa, ontogenezning har bir bosqichi uchun ma’lum bir o‘zlik
darajasida namoyon bo‘luvchi individning faol ijtimoiylashuvi haqida ta’kidlagan
(Фельдштейн Д., 2015: 59).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bolalarning ta’lim muassasalari ijtimoiy hayoti, shu jumladan, turli mavzularda
tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishlari ularda ijtimoiy
faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarining samarali shakllanishi uchun
sharoit yaratadi. Bizning fikrimizcha, tashkilotchilik sifatlari deganda, eng avvalo
bolaning ijtimoiy faolligi hisoblanadi. Ma’lumki, har bir bola o‘ziga xos bir olam.
Ularda ham xuddi kattalardek, o‘z xarakteri va qiziqishlari mavjud bo‘lib, ayrim bolalar
sho‘x va chaqqon bo‘lsa, ba’zilari esa tortinchoq va uquvsiz, yana birlari dadil va
shijoatkor bo‘lib, boshqa bir xillari esa sust va harakatsiz bo‘lishadi. Shuni ta’kidlash
joizki, guruhdagi ayrim bolalarda tashkilotchilik va tashabbuskorlik, qat’iyatlilik
sifatlari yaqqol ko‘zga tashlanib tursa-da, afsuski, ushbu xususiyatlar hamma bolalarda

shakllanmagandir. Shundan kelib chiqib, tarbiyachi-pedagoglar ta’lim-tarbiya
jarayonida bolalarning har biriga individual yondashuvi, bironta bolani e’tiboridan
chetda qoldirmagan holda, bolalarning ko‘proq ijobiy xislatlariga tayanib, ularning
yaxshi xatti-harakatlari uchun muntazam rag‘batlantirib borish zarurdir.

TAHLIL VA NATIJALAR
6-7 yoshli bolalarni MTTda olib borilayotgan faoliyatlarni izchil va to‘g‘ri tashkil
etish mobaynida bolalarda faollik ortib boradi. Bunda tarbiyachi har bir bolani olib
borayotgan faoliyat jarayoniga jalb etishi va ularni ruhan qo‘llab-quvvatlab turishi, ya’ni
ijodiy muhit yarata olishi lozim. Biz maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollikni,
tashabbuskorlik va yetakchilik qobiliyatlarini oshiruvchi ba’zi o‘yinlarni keltiramiz:
1-o‘yin. "Ko‘zgular". O‘yin maqsadi: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va yangi
harakatlarni yaratish usullarini mustahkamlashdir.
O‘yinning borishi. Bolalar aylanada bo‘lishadi. Ular ichidan bitta "ko‘zgu-yetakchi
tanlanadi". Yetakchi turli xil harakatlarni amalga oshiradi, bolalar esa ushbu harakatlarni
takrorlashlari kerak bo‘ladi. Qaysi bola yetakchining harakatlarini xuddi ko‘zguda
ko‘rgandek, to‘g‘ri aks ettirsa, o‘sha bola yetakchiga aylanadi.
2-o‘yin. "Quvnoq poyezd". O‘yinning maqsadi: rejissyorlik o‘yinlari orqali katta
maktabgacha yoshdagi bolalarda iroda, qat’iyatlilik, tashabbuskorlikni rivojlantirish.
O‘yinning borishi: Bolalar o‘zlarini temir yo‘l ishchilari sifatida tasavvur qilishlari
kerak. Poyezd stullardan, o‘rindiqchalardan, katta qutilardan yig‘iladi. Bosh
qahramonlar: mashinist, yo‘lboshchilar, yo‘lovchilar, yo‘l patruli, vagon-restoranda
oshpaz. "Mashinist" tarkibni boshqaradi va bekatlarning nomlarini e’lon qiladi.
"Yo‘lboshchilar" chiptalarni tekshiradilar, "yo‘lovchilar" o‘tiradilar, choy tarqatadilar.
"Yo‘l patrul" tartibni nazorat qiladi. Yo‘lda bo‘lgan har bir bola qandaydir qiziqarli
voqeani aytib beradi yoki qo‘shiq kuylaydi.
3-o‘yin. "Kafeda" O‘yinning maqsadi: rejissyorlik o‘yinlari orqali katta
maktabgacha yoshdagi bolalarda Iroda, qat’iyatlilik, tashabbuskorlikni rivojlantirish.

Zukkolik SIFATLAR
Mustaqillik Kirishuvchanlik
Harakatchanlik
Faollik Tashabbuskorlik
Ijodkorlik Mas’uliyatlilik
Tartiblilik Liderlik
Jamoa a’zolariga ishonch
Jamoa bilan birlikka intilish

O‘yinning borishi: Buratino bolalar bilan uchrashish uchun keladi. U barcha bolalar
bilan ko‘rishadi, boshqa o‘yinchoqlar bilan ham do‘stlashadi. Buratino yangi do‘stlarini
muzqaymoq bilan mehmon qilish uchun kafega taklif qiladi. Hamma kafega boradi. U

yerda ularga ofitsiantlar xizmat qilishadi. Bolalar to‘g‘ri buyurtma berishni o‘rganadilar,
xizmat uchun minnatdorchilik bildiradilar. Nazariy tahlillar va amaliy tajribalar orqali
maktabgacha ta’lim tashkilotida 5-6 yoshdagi bolalarning hamkorlikdagi va o‘yin
faoliyatini kuzatish orqali ularda quyidagi tashkilotchilik sifatlarini samarali
shakllantirish mumkin, degan xulosaga keldik. Bugungi kunda maktabgacha yoshda
bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, ularni
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash qay darajada ahamiyat kasb
etayotgan bo‘lsa, ularda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini
shakllantirish ham shu qadar muhim vazifa hisoblanadi. Binobarin, bolalarda
maktabgacha ta’lim davridanoq ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik
sifatlarini shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda muloqotga tez kirishuvchan
bo‘lishlariga erishish ularning kelajakda demokratik jamiyatning faol a’zolari bo‘lib
voyaga etishlarini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi. Albatta, bu o‘rinda,
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik
sifatlarini shakllantirishda ularning yosh, psixologik va fiziologik xususiyatlari,
shuningdek, layoqat, qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olish kutilgan natijaning qo‘lga
kiritilishiga yordam beradi.

Ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik layoqatiga egalik shaxsning
jamoa faoliyatini uyushtirish, ijtimoiy, shu jumladan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni
tashkil etishda tashkiliy masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish, tadbirlarni metodik
jihatdan maqsadga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash hamda tadbirlar jarayonida har bir
ishtirokchi tomonidan muayyan vazifalarning bajarilishiga rahbarlik qilish ehtiyojining
mavjudligini ifodalaydi.

Jamoa faoliyatini uyushtirishda tashkilotchi shaxs o‘z zimmasiga muayyan
majburiyatlarni olish, mas’uliyatni chuqur his etish, dadil harakatlanish, bergan so‘zida
qat’iy turish, har bir a’zoga nisbatan talabchan bo‘lish, jarayon natijasi uchun
javobgarlik hissini tuyish kabi sifatlarni o‘zida namoyon eta olishi lozim. Bizning
fikrimizcha, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik o‘yin, ta’lim va mehnat
ko‘rinishidagi faoliyatlarni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlar jarayonini faollashtirish,
jamoani jipslashtirish va yagona maqsad atrofida birlashtirishda tashabbus hamda
nazoratni o‘z qo‘liga olish, uni samarali boshqarish va mavjud imkoniyatlaridan unumli
foydalanish, shuningdek, jamoadoshlarni faollik ko‘rsatishga rag‘batlantirish,
yetakchilik (liderlik) qobiliyatiga egalikdir.

Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib shuni aytamizki, ijtimoiy faollik,
tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlari shaxsning ijtimoiy tavsiflaridan iborat bo‘lib,
uning negizida turli ko‘rinishlardagi faoliyatlarni tashkil qilish, muayyan jarayonda
ishtirokchilarni faollashtirish, jamoani birlashtirish va uni samarali boshqarishdagi
yetakchilik (liderlik) aks etadi. Maktabgacha 6-7 yosh davri bolalarining ijtimoiy faollik,

tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik
faoliyatning samarali natijasi ularda mustaqillik, faollik, maqsad sari intilish, jamoa yoki
mikroguruhlarda tengdoshlari bilan faol muloqotga kirisha olish, o‘yin, ta’lim va mehnat
jarayonida hamkorlikka erishish, shuningdek, jamoa a’zolarini uyushtirish, ularni
yagona maqsad atrofiga birlashtirish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirishda
yetakchi (lider)likni qo‘lga olish kabilarning samarali shakllanganligi bilan belgilanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Umuman olganda, maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalarda ijtimoiy faollik,
tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda maktabgacha ta’lim
tashkiloti muhim o‘rin tutadi. Zero, bunda tarbiyachi-pedagog tomonidan bolalar
zimmasiga qo‘yiladigan vazifalarni bajarishda bevosita jamoa bilan ishlash, jamoa
imkoniyatlarini bir maqsadda to‘plash va ulardan samarali foydalanish taqozo etiladi.
Mazkur vazifalarni ijobiy hal qilishda esa maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy
faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlari maqsad sari intilish, mustaqillik,
tartiblilik, faollik, tashabbuskorlik kabilarga ega bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu jihatlarni hisobga olib, ushbu yosh davrida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va
tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishda quyidagi talablarga amal qilinishi:
 bolalarda ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik sifatlarini
shakllantirishga pedagogik-psixologik va metodik jihatdan to‘g‘ri yondashish;
 maktabgacha yosh bolalarining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy
imkoniyatlari, qiziqishlari, hayotiy ehtiyojlari va intilishlarini inobatga olgan holda
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish;
 maktabgacha yoshlarda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning
jamoaviy yoki guruhli shakllarda tashkil etilishiga erishish;
 bolalar o‘rtasida o‘zaro psixologik birlik va hamkorlikka asoslanuvchi
sog‘lom muhitni qaror toptirish;
 bolalar faoliyati yuzasidan izchil nazoratai yo‘lga qo‘yish orqali ular
tomonidan ijtimoiy topshiriqlarni bajarish jarayonida yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan
qiyinchiliklarning oldini olish;
 jamoa bilan ishlashda alohida faollik ko‘rsatgan bolalar yutuqlarining e’tirof
etib borilishini ta’minlash, ularni ma’naviy rag‘batlantirish maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”,
давлат илмий нашриёти. – Тошкент, 2019.
2. Davletshin M.G. (1999) Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. –
Тoshkent: O‘zbekiston.
3. Forobiy, Abu Nasr. (1993) Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Abdulla Qodiriy

nomidagi Xalq merosi nashriyoti.
4. Джамилова Н.Н. (2007) Педагогические основы формирования

организаторских качеств в учащихся педагогических колледжей. – Ташкент: Фан.
5. Allamuratova М. (1990) O‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga mas’uliyat hissini

tarbiyalash (Oilada va sinfdan tashqari vaqtlarda). – Toshkent: O‘zPFITI.
6. Божович. Л.И. (2012) Этапы формирования личности в онтогенезе //

Вопросы психологии. – № 2. – С. 24-28.
7. Фельдштейн Д.И. (2015) Психология развития личности в онтогенезе. –

Москва: Наука. – 200 с.
8. Aliyeva N. (2018) Yosh bolalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning umumiy

asoslari. – Sirdaryo.
9. Ismatov O. (2020) Yosh bolalar o‘rtasida ijtimoiy faollikni shakllantirishning

zamonaviy vositalari. – Jizzax.
10. Kamolova S. (2019) Yosh bolalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning

psixologik asoslari. – Toshkent: Fan nashriyoti.

REFERENCES:
1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”, davlat ilmiy
nashriyoti. – Toshkent, 2019. (In Uzbek)
2. Davletshin M.G. (1999) Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. –
Toshkent: O‘zbekiston. (In Uzbek)
3. Forobiy, Abu Nasr. (1993) Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Abdulla Qodiriy
nomidagi Xalq merosi nashriyoti. (In Uzbek)
4. Djamilova N.N. (2007) Pedagogicheskie osnovi formirovaniya organizatorskix
kachestv v uchashixsya pedagogicheskix kolledjey. – Tashkent: Fan. (In Russian)
5. Allamuratova M. (1990) O‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga mas’uliyat hissini
tarbiyalash (Oilada va sinfdan tashqari vaqtlarda). – Toshkent: O‘zPFITI. (In Uzbek)
6. Bojovich. L.I. (2012) Etapi formirovaniya lichnosti v ontogeneze // Voprosi
psixologii. – № 2. – S. 24-28. (In Russian)
7. Feldshteyn D.I. (2015) Psixologiya razvitiya lichnosti v ontogeneze. – Moskva:
Nauka. – 200 s. (In Russian)
8. Aliyeva N. (2018) Yosh bolalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning umumiy
asoslari. – Sirdaryo. (In Uzbek)
9. Ismatov O. (2020) Yosh bolalar o‘rtasida ijtimoiy faollikni shakllantirishning
zamonaviy vositalari. – Jizzax. (In Uzbek)
10. Kamolova S. (2019) Yosh bolalar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning
psixologik asoslari. – Toshkent: Fan nashriyoti. (In Uzbek)