ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Boshqaruv jarayonini tashkil etishning pedagogik omillari

Toshov Muhiddin Jo‘raboyevich, To‘laganova Gulnora To‘lqin qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BOSHQARUV JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK
OMILLARI

PEDAGOGICAL FACTORS OF ORGANIZING THE MANAGEMENT
PROCESS

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ОРГАНИЗАЦИИ ПРОЦЕССА
УПРАВЛЕНИЯ

Toshov Muhiddin Jo‘raboyevich
Oriental universiteti,

Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b.,
pedagogika fanlari nomzodi
Tel.: +998 90 914-81-41

e-mail: toshov.muhiddin@gmail.com

To‘laganova Gulnora To‘lqin qizi
Oriental universiteti,

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshqaruv jarayonining turli sohalardagi rahbarlik
faoliyati, boshqaruv jarayonini tashkil qilish, va ta’lim muassasalarini boshqarishda
rahbar kadrlarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berilgan. Boshqaruvning
samarali amalga oshirilishi uchun muntazam, rejali va maqsadga yo‘nalgan ta’sir kuchi
zarurdir. Boshqaruvchi shaxsning rahbarlik faoliyati o‘z tasarrufidagi bo‘linmalarni
samarali ravishda boshqarishga qaratilgan bo‘lib, bu o‘zaro faoliyat tizimining
ishchanlik qobiliyatini ta’minlaydi. Maqolada shuningdek, pedagogik omillar va
ularning boshqaruv jarayonini tashkil etishdagi o‘rni ham muhim ahamiyatga ega.
Pedagogik yondashuvlar, rahbarlarning malaka va kompetensiyalarini oshirish, hamda
ta’lim muassasalarining samaradorligini yaxshilashda ko‘maklashadi. Samarali
rahbarlikka xos xislatlar, masalan, liderlik, kommunikatsiya qobiliyati, va jamoani
birlashtirish qobiliyati, boshqaruv jarayonining muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu tadqiqot natijalari, ta’lim muassasalarida boshqaruvning sifatini oshirish, rahbar
kadrlarga zarur yondashuv va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi. Maqola
boshqaruv nazariyasi va amaliyotini birlashtirgan holda, rahbarlar uchun foydali
tavsiyalarni taqdim etadi.

Kalit so‘zlar: tashkilot, boshqaruv, maqsad, ishbilarmonlik, kuchli rahbar, irodali
rahbar, xarakterli rahbar, jamoa, mas’uliyat.

Annotation. This article provides information on the leadership activities within
the management process across various fields, how to organize the management process,

and the requirements for managerial staff in educational institutions. For effective
management implementation, a consistent, planned, and goal-oriented influence is
essential. The leadership activities of a manager are aimed at efficiently managing the
divisions under their supervision, which ensures the operational capability of the
interactive system. The article also emphasizes the importance of pedagogical factors
and their role in organizing the management process. Pedagogical approaches facilitate
the enhancement of managers' skills and competencies, as well as contribute to
improving the efficiency of educational institutions. Characteristics essential for
effective leadership, such as leadership skills, communication abilities, and team
cohesion, play a significant role in the success of the management process. The findings
of this research assist in improving the quality of management in educational institutions
and help in developing necessary approaches and methods for managerial personnel.
The article integrates management theory and practice to offer practical
recommendations for leaders.

Keywords: organization, management, purpose, business, strong leader, strong
leader, character leader, team, responsibility.

Аннотaция. В данной статье рассматривается деятельность руководителей в
процессе управления в различных сферах, организация управления, а также
требования к руководящим кадрам в управлении образовательными
учреждениями. Для эффективного осуществления управления необходимо
регулярное, планомерное и целенаправленное воздействие. Деятельность
руководителя направлена на эффективное управление подразделениями, что
обеспечивает работоспособность взаимодеятельностной системы. Также в статье
подчеркивается важность педагогических факторов и их роли в организации
управленческого процесса. Педагогические подходы способствуют повышению
квалификации и компетенций руководителей, а также улучшению эффективности
образовательных учреждений. Качества, присущие эффективному руководству,
такие как лидерство, коммуникативные способности и умение объединять
команду, играют важную роль в успешном управлении. Результаты данного
исследования помогают повысить качество управления в образовательных
учреждениях, а также разработки необходимых подходов и методов для
руководящих кадров. Статья объединяет теорию и практику управления,
предлагая полезные рекомендации для руководителей.

Ключевые слова: организация, управление, цель, бизнес, сильный лидер,
сильный лидер, характер лидера, команда, ответственность.

KIRISH
Muayyan tashkilotni boshqarish faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, uning turli
sohalaridagi samarali rahbarlik faoliyati turlicha yondoshuv va malakali mutaxassislar
ishtirokini talab qiladi. Boshqaruv tushunchasi deganda tizimning o‘z hayot faoliyatini
ta’minlash jarayoni tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy
tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilmasi boshqaruvchi va boshqariluvchi bo‘linmalaridan
tashkil topadi.
Boshqaruv o‘z tasarrufidagi boshqariluvchi bo‘linmaga muntazam, rejali va
maqsadga yo‘nalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday o‘zaro faoliyat tizimning
ishchanlik qobiliyatini ta’minlaydi (Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A.,
2010). Boshqaruv bilimlari ko‘p jihatdan davr ehtiyojini aks ettiruvchi asosiy manba
bo‘lib hisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, tuzilmaning yaxlitligini
ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish imkonini
beradi. Shu o‘rinda boshqaruvning ikki asosiy funksiyasi farqlanadi: maqsadga
yo‘naltiruvchi va tashkiliy funksiyalar.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqsadga yo‘naltiruvchi funksiya tuzilmani yanada mukammallashtirish
maqsadiga yo‘naltiradi. Tashkiliy funksiya esa tuzilmaning maqsadga erishishdagi ichki
tartibi va uning turli qismlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlaydi.
Har qanday boshqaruv ushbu jarayonni mukammal tarzda idora etish ehtiyojini
sezadi. Shu maqsadda, tuzilma mas’ul boshqaruvchiga ega bo‘lishi lozim.
Tashkilot miqyosida tahlil qilinganda yuqorida qayd etilgan asosiy funksiyalar
quyidagicha ifoda etiladi:
Maqsadga yo‘naltiruvchi funksiya - tashkilotni ma’lum maqsadga olib boruvchi
vazifalarni mujassamlashtiradi.
Tashkiliy funksiya - tashkilot turli bo‘limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal
darajada foydalanishdir.
Butun xalqimizning taqdiriga daxldor muhim masalalardan biri - iqtisodiyotni, xalq
xo‘jaligi va xalq ta’limini, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sportni boshqarish,
tadbirkorlikni rivojlantirish, turizm salohiyatini oshirish muammosidir. Bu ayni chog‘da
rahbarlikning samarali yo‘llarini topish, boshqaruv tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan. Chunki jahonning
eng rivojlangan mamlakatlarida ham taraqqiyotga aynan shu yo‘l bilan erishilgan.
Binobarin, jamiyatimizda rahbarlik faoliyati to‘g‘ri rejalashtirilsa, davlatimiz va
xalqimiz oldida turgan ko‘plab muammolar o‘z yеchimini topib, yurtimiz obod,
turmushimiz farovon bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.

Rahbarlikning asosiy maqsadi, ushbu vazifalar o‘rtasida mutanosiblik va
uyg‘unlikka erishish hamda shu orqali tashkilot butunligini ta’minlashdir.

Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizga keltirsak, boshqaruv subyekti
sifatida rahbarni, obyekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz
mumkin. Biroq, rahbarga o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni
nafaqat boshqaruv subyekti, balki obyekt sifatida ham tushunish zaruratini qo‘yadi.

Boshqaruv jarayonini pedagogik tahlil etish masalasi, avvalambor, rahbarning
faoliyatini takomillashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur maqsadni
amalga oshirish uchun rahbarga qo‘yiladigan talablar, ularni bajarishga moyillik va
boshqaruv faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxs
xususiyatlarini o‘rganish zarurati tug‘iladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonuniy taqiqlanmagan hamma
sohasi bilan shug‘ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa
orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi, o‘zini kamtar tutishi zarur. U ona tilini chuqur
egallashdan tashqari, bir yoki ikkita xorijiy tilni yaxshi bilsa va faoliyatida ulardan erkin
foydalana olsa, boshqaruv faoliyati yanada samarali bo‘ladi.
Rahbar shaxsi tushunchasini tahlil etar ekanmiz, unga xos xususiyatlarni uch
guruhga bo‘lib o‘rganish taklif qilinadi:
1. Biografik tavsif;
2. Qobiliyat;
3. Shaxs xislatlari.
Rahbar shaxsining biografik jihatlariga uning yoshi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy
mavqei va ma’lumoti kiradi. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning
rahbar yoshiga bog‘liqligi rivojlangan mamlakatlar tadqiqotlariga asoslanadi. Ma’lum
bo‘lishicha, yuqori bo‘g‘in rahbarlarining ko‘pchiligi o‘z tashkilotida 30 yildan ortiq
ishlaydi. Bu sohada o‘tkazilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, katta yoshli
rahbarlar, agar ularning sog‘ligi ko‘ngildagiday bo‘lsa, ushbu tashkilot uchun katta
tajriba manbaidir. Rahbarning ulug‘ yoshi haqida gapirar ekanmiz, nafaqat uning
biologik jihati, balki, ijtimoiy tomoni, hayotiy tajribasini ham nazarda tutishimiz darkor.
Yosh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi
ko‘pincha past bo‘ladi. Yoshlik (30-35 yosh atrofida) bu yangilik va kashfiyotlarga
moyillik, ijodiylik, qo‘rqmaslik va o‘zgaruvchan muhitga moslashuvchanlik bilan
ifodalanadi. Afsuski, bunday tashkilotda katta yoshdagi (40-45 dan yuqori) xodimlarga,
hatto, shubha bilan qarashadi. Lekin, aniqlanishicha, inson 35-55 yoshlarida o‘z
kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‘z sohasidagi bilimni yaxshi egallaydi va ixtirolarni

joriy etishga o‘zida ishtiyoq sezadi. Shu bilan birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan
tahlil etish, vazminlik kayfiyati shakllanadi (Toshov M., 2021).

Maqsadga erishish uchun rahbar, xodimlar bilan birlashishi va ularning
malakasidan foydalanishi lozim. Ishchi guruhi malakali va unumli jamoaga aylanmasa,
rahbar mehnati qiyin kechadi va faoliyati ham unumsiz bo‘ladi. Bunday jamoalarda
unumli mehnat mexanizmlari shakllanmaydi va nosog‘lom muhit hukm suradi.

Rahbar zamonaviy ishbilarmonlik yoki biznesda muvaffaqiyatga erishishi uchun
quyidagilarga qat’iy rioya qilishi zarur:

1) sheriklariga, hamkorlariga, jamoa a’zolariga bergan va’dasini doim o‘z vaqtida
bajarishi kerak;

2) mag‘rurlanib ketmaslik, jamoa o‘rtasida kamtar, o‘ziga ortiqcha baho
bermasligi zarur;

3) faqat o‘zining nuqtai nazarini, fikrini o‘tkazish emas, o‘zgalarning ham fikri
bilan hisoblashishi zarur;

4) hamkorlarning bilim va malakalarini, topqirlik qobiliyatini ham qadrlash lozim;
5) o‘zining ishtiroki zarur bo‘lgan masalalarnigina hal qilishda qatnashishi shart;
6) sheriklari va qo‘l ostidagi xodimlarni kerak bo‘lsa rag‘batlantirishi, ularning

fikrini agar o‘rinli bo‘lsa ma’qullashi, bu kabi tadbirlarni jamoatchilik oldida
amalga oshirishi kerak;
7) sheriklarining takliflarini e’tibor bilan tinglashi, to‘g‘ri bo‘lsa, ish faoliyatida
foydalanish, noto‘g‘ri bo‘lsa, xushmuomalalik bilan ulardan voz kechishi
lozim;
8) har qanday sharoitda jamoa oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi zarur;
9) faoliyatidagi har bir xato va kamchiliklarini sinchiklab tahlil qilib, kerakli saboq
chiqarib borishi lozim.
Biror yosh rahbar yoki katta hayot tajribasiga ega qobiliyatli rahbar shaxsning
tarkib topishida asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan jihat qarama-qarshiliklar emas, balki
ijtimoiy foydali yo‘nalishning tarkib topishi, jamoa manfaati bilan bog‘liq bo‘lgan
asosiy masalalarni o‘zaro to‘g‘ri tushunishdir. Buning uchun kattami, kichikmi,
tajribalimi yo tajribasizmi, har bir rahbar doimo o‘zining xarakter xususiyatlarini
tarbiyalab, kuzatib borishi zarur. Ayrim rahbarlarda esa xarakterologik xislatlar soni va
turi juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, dilkashlik, kamgaplik, samimiylik,
maqtanchoqlik, iltifotlilik, batartiblik, ehtiyotkorlik, sinchkovlik, ozodalik, orastalik,
uddaburonlik, vijdonlilik va hokazo. Biroq barchada qandaydir fazilat doimo yetakchilik
qiladi va rahbardagi xuddi ana shu fazilatni boshqalar qadrlashi mumkin. Bundan
tashqari, hamma rahbarlarning harakat va xulq-atvorlari ularning o‘zlariga xos
xususiyatlarini belgilamasligini ham hisobga olish kerak. Ulardan ba’zilarining xattiharakati tashqi vaziyat, hamkorining, o‘rtoqlarining yaxshi yoki yomon ta’siri, ularning

munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday kishilarni xaraktersiz rahbar, ya’ni ichki
qatiyatlilikdan mahrum bo‘lgan odamlar deyish mumkin. Rahbar shaxsning biror
sohaga yo‘nalganlik xususiyatlari va munosabatlari uning xarakterida juda aniq
namoyon bo‘ladi. Xarakterning o‘zagi irodadir. Uning xususiyatlari shaxsning fazilatiga
aylanib, xarakterining eng ahamiyatli xislatlarini hosil qiladi. Shuning uchun «kuchli
rahbar», «irodali rahbar», «xarakteri kuchli odam» iboralari omma o‘rtasida ko‘p
uchraydi. Shunga qaramay, rahbardagi iroda, xarakter degan tushunchalar bir xil ma’no
anglatmaydi. Iroda asosan xarakterning kuchi, uning mustahkamligi, qat’iyatliligi,
dadilligi bilan bevosita bog‘langandir. Biroq irodaviy kuch butun xarakterni hal
qilmaydi, u o‘zining kuchini yo‘llovchi mazmunga egadir (Toshov M., 2021).

TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir rahbar shaxsning xarakterida hayotiy yo‘lning o‘ziga xosligini aks
ettiruvchi jihatlar mavjudligini ko‘pchilik yaxshi biladi. Odamning xarakteri - uning
hayot yo‘li yig‘indisidir. Rahbar shaxsini shakllantirish esa uning xarakterini
tarbiyalashga intilishdir. Ammo teskari qonuniyatlarni ham unutmasligimiz lozim.
Rahbarning xarakterini tarkib toptirish uning shaxsi uchun kerakli xislatlarni
shakllantirish eng muhim vazifadir (Toshov M., 2021).
Yaxshi jamoada shunday vaziyat vujudga keladiki, bunda har bir xodim o‘z
faoliyati harakati bilan rahbarning va butun jamoaning doimiy nazorati ostida bo‘lishini
tushunadi. Rahbar o‘z faoliyatini shunday tashkil qilishi kerakki, toki xodimlarda o‘z
ishlaridagi kamchiliklarga e’tiborsiz qaralayotganligi tufayli jazo va javobgarlikni his
etmaslik hollari vujudga kelmasin. Har qanday nojo‘ya xatti-harakat o‘z vaqtida payqab
olinishi, ishiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan xodim yengil darajada bo‘lsa-da tanbeh
olishi kerak (rahbarning koyib qo‘yishi va hokazolar kabi). Xodimlarning nojo‘ya xattiharakatining sababini diqqat bilan o‘rganish va shundan keyingina, agar bu xattiharakatga uning o‘zi aybdor ekanligi aniqlansa, unga nisbatan chora ko‘rilishi lozim.
Xodimning biron-bir nojo‘ya xatti-harakatining bevosita yoki bavosita aybdori
rahbarning noto‘g‘ri harakati ham bo‘lib chiqishi ehtimoldan holi emas. Bunday
vaziyatda, ayniqsa, ehtiyot bo‘lish kerak. Rahbarga, barcha boshqa vositalardan
foydalanilmaguncha, o‘z hokimiyati kuchidan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Rahbarning mansab kuchini tez-tez namoyish qilib turishi jamoaning ishiga salbiy ta’sir
qiladi (Toshov M., 2021).

XULOSA VA TAKLIFLAR
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsning tafakkuri, aql-idrokiga ham
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini
yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkoniyatini
beradi. Bu hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat bo‘lib, agar rahbarda

ular shakllangan bo‘lsa, unday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini qiynalmasdan
egallab oladi, o‘z jamoasi o‘rtasida obro‘ va ishonch qozona oladi. Shuning uchun ham
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’rif berganidek: «Bugungi kunning eng muhim
vazifasi hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa boshqaruv yo‘nalishida, respublika
miqyosida, viloyat, shahar, tumanlarda, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida, qishloq va
mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan,
qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam
yurishga qodir, iymonli, bilimdon, tashabbuskor, ishbilarmon rahbarlarni topish, ularga
ishonch bildirishdan iboratdir».

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent:
“O‘zbekiston”. 2017.

2. Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun
amaliy tavsiyalar). – Toshkent: Iste’dod, 2010.

3. Toshov M. Professional ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy
ishlarni tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2021.

4. Stuart Gray. Information Technology in a Global Society for the IB Diploma:
Black and White Edition. CreateSpace Independent Publishing Platform. United
Kingdom, 2011.

5. Glickman, C. D., Gordon, S. P., & Gordon, J. A. (2014). Leadership and
Learning: How to Create a Culture of Continuous Improvement for Students and
Teachers. – New York: Pearson.

6. Leithwood, K., & Jantzi, D. (2000). Transformational Leadership Effects on
Teachers’ Commitment to Change in a High-Stakes Reform Environment. Journal of
Educational Administration, 38(2), 101-118.

7. Fullan, M. (2001). The New Meaning of Educational Change. – New York:
Teachers College Press.

8. Blase, J. & Blase, J. R. (2003). Creating a Culture of Reflective Practice in
Schools. Educational Leadership, 61(8), 20-25.

9. Stoll, L., & Fink, D. (1996). Changing Our Schools: Linking School
Effectiveness and School Improvement. – Buckingham: Open University Press.

10. Harris, A. (2004). Effective Leadership in Schools Facing Challenging
Contexts. School Leadership & Management, 24(2), 127-150

REFERENCES:
1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik
– har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent:
“O‘zbekiston”. 2017. (In Uzbek)
2. Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun
amaliy tavsiyalar). – Toshkent: Iste’dod, 2010. (In Uzbek)
3. Toshov M. Professional ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy
ishlarni tashkil etish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2021. (In Uzbek)
4. Stuart Gray. Information Technology in a Global Society for the IB Diploma:
Black and White Edition. CreateSpace Independent Publishing Platform. United
Kingdom, 2011.
5. Glickman, C. D., Gordon, S. P., & Gordon, J. A. (2014). Leadership and
Learning: How to Create a Culture of Continuous Improvement for Students and
Teachers. – New York: Pearson.
6. Leithwood, K., & Jantzi, D. (2000). Transformational Leadership Effects on
Teachers’ Commitment to Change in a High-Stakes Reform Environment. Journal of
Educational Administration, 38(2), 101-118.
7. Fullan, M. (2001). The New Meaning of Educational Change. – New York:
Teachers College Press.
8. Blase, J. & Blase, J. R. (2003). Creating a Culture of Reflective Practice in
Schools. Educational Leadership, 61(8), 20-25.
9. Stoll, L., & Fink, D. (1996). Changing Our Schools: Linking School
Effectiveness and School Improvement. – Buckingham: Open University Press.
10. Harris, A. (2004). Effective Leadership in Schools Facing Challenging
Contexts. School Leadership & Management, 24(2), 127-150