ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tizimi

Saibova Iroda Baxtiyarovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

OʻQUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI

A NEW SYSTEM OF ASSESSING STUDENTS’ KNOWLEDGE

НОВАЯ СИСТЕМА ОЦЕНКИ ЗНАНИЙ СТУДЕНТОВ

Saibova Iroda Baxtiyarovna
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash
ilmiy-amaliy markazi direktor oʻrinbosari,

Oliy toifali matematika oʻqituvchisi
Tel.: +998 71 207-40-48
e-mail: markaz@piima.uz

Annotatsiya. Oʻquvchilarning ta’limiy maqsadga erishish darajasini aniqlashda
mezonlarga asoslangan baholash tizimi muhim asbob bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu tizim
oʻquvchilarning bilim va ko‘nikmalarini obyektiv ravishda baholash imkonini berib,
ularning individual oʻsish dinamikasini kuzatishga yordam beradi. Pedagogik
amaliyotda baholash jarayoni nafaqat oʻquvchilarning natijalarini aniq belgilash, balki
ularning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy ko‘nikmalari hamda tanqidiy fikr yuritish
qobiliyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Mezonga asoslangan
baholash, oʻquv jarayonini yaxshilash va ortiqcha bosimni kamaytirish orqali
oʻquvchilarga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solish imkonini beradi. Shuningdek, bu
tizim oʻqituvchilarga oʻquvchilar bilan samarali munosabat o‘rnatish va ularning
ehtiyojlarini inobatga olish imkonini yaratadi. Natijada, o‘quvchilar o‘z saviyalarini
aniqlashtirib, o‘zlarining maqsadlariga erishishda qatnashadilar. Bu jarayon
oʻquvchilarning muvaffaqiyatlari va taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Mezonga asoslangan baholash o‘zida ta’lim jarayonini takomillashtirish va innovatsion
yondashuvlarni kiritish maqsadida pedagogik amaliyotga yangi qirralar qo‘shadi.

Kalit soʻzlar: mezonlarga asoslangan baholash, formativ baholash, summativ
baholash, mulohaza yuritish.

Аннотация. Система оценивания на основе критериев является важным
инструментом для определения степени достижения учебных целей учащимися.
Эта система позволяет объективно оценивать знания и навыки учеников, а также
помогает отслеживать динамику их индивидуального роста. В педагогической
практике процесс оценки имеет значение не только для точного определения
результатов учащихся, но и для их личностного развития, социальных навыков и
критического мышления. Оценивание на основе критериев дает возможность
улучшить учебный процесс и снизить избыточное давление, что позволяет
учащимся полностью реализовать свои возможности. Кроме того, эта система
создает условия для учителей для установления эффективных отношений с

учениками и учета их потребностей. В результате учащиеся могут более четко
определить свои уровни и активно участвовать в достижении своих целей. Этот
процесс создает прочную основу для успехов и прогресса учеников. Оценивание
на основе критериев вносит новые аспекты в педагогическую практику с целью
совершенствования учебного процесса и внедрения инновационных подходов.

Ключевые слова: критериальное оценивание, формативное оценивание,
суммативное оценивание, рефлексия.

Annotation. The criterion-based assessment system serves as an important tool for
determining students' achievement of educational goals. This system allows for an objective
evaluation of students' knowledge and skills, facilitating the monitoring of their individual
growth dynamics. In pedagogical practice, the assessment process plays a critical role not
only in accurately identifying students' outcomes but also in fostering their personal
development, social skills, and critical thinking abilities. Criterion-based assessment
enhances the educational process and reduces unnecessary pressure on students, enabling
them to fully realize their potential. Additionally, this system allows teachers to establish
effective relationships with students and consider their individual needs. As a result,
students can clarify their levels and actively participate in achieving their own goals. This
process lays a solid foundation for students' success and development. Criterion-based
assessment introduces new dimensions to pedagogical practice aimed at improving the
educational process and integrating innovative approaches.

Keywords: criteria-based assessment, formative assessment, summative
assessment, reflection.

KIRISH
Hozirda yoshlar ma’naviy hamda ta’lim-tarbiya jihatidan kuchli va raqobatga chiqa
oladigan bo‘lishlari kerak. Ular o‘z bilim va malakalari bilan dunyo miqyosiga
chiqishlari va yurtimiz kuch-qudratini butun jahonga ko‘rsatishlari lozim. Vatanimiz
yoshlarini har jihatdan qo‘llab-quvvatlashda ham gap ko‘p. Ularning zamonaviy bilim
egallashlari, yetuk ma’naviyatli inson bo‘lib kamol topishlari uchun kerakli shartsharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Yurt yuksalishining muhim kafolati xalqning kuchli bilimga ega ekanligi sanaladi.
Hech bir mamlakat o‘z aqliy quvvat va imkoniyatlariga tayanmay, inson tafakkurida
ma’naviy, aqliy va axloqiy qadriyatlarni rivoj toptirmay, jamiyatning milliy ruhini
uyg‘otmay turib, buyuk taraqqiyot darajasiga ko‘tarilmagan va ko‘tarila olmaydi ham.
Yurtimizdagi bu boradagi o‘zgarishlar tahsinga sazovor. Darhaqiqat, komillik o‘zlikni
va dunyoni anglash orqali amalga oshadi. Bunga esa bilim va malakani muttasil oshirish
orqali boriladi. Bilimni oshirish va o‘z bilimi darajasi qanday ekanligini inson o‘lchab
boradi, buni bilishni istaydi. Mana shunday vaqtda nafaqat o‘quvchilar uchun, balki har

qanday insonning o‘zi uchun test sinovlari, amaliy topshiriqlar qo‘l keladi. Inson shu
ma’noda hayoti davomida o‘zi uchun xayolan turli savollarni ham tuzadi, ularning
javoblari va variantlarini ham o‘ylab topadi, yechadi. Ya’ni, mohiyatan olib
qaraganimizda, keng ma’noda, turli topshiriqlar bizning kundalik hayotimizda ham
mavjud ekan (Jalilov K., 2020).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Amaliy topshiriqlar yaratish tizimli jarayon bo‘lib, uning bir necha bosqichlari
mavjud.
 Topshiriqlarning maqsadini aniqlash.
 Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaratish.
 Topshiriqlarning o‘ziga xos xususiyatlari asosida savollar topshiriqlarini
shakllantirish.
 Topshiriqlarni mutaxassislar yordamida tahlil etish va lozim o‘rinlarda
tuzatishlar kiritish.
 Topshiriqlarining dastlabki appprobatsiyasini o‘tkazish va lozim o‘rinlarda
tuzatishlar kiritish.

TAHLIL VA NATIJALAR
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini yaratishning bosqichlari mavjud bo‘lib,
ulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz. Ular quyidagilardan iborat:
1-bosqichda uning maqsadi aniqlanadi. Masalan, o‘quvchilarning bilimlaridagi
bo‘shliqlarni aniqlash uchun ishlatiladigan topshiriqqa har doim ular xatoga yo‘l
qo‘yadigan nuqtalar kiritiladi.
2- bosqichda baholanishi kerak bo‘lgan domen va konstruktlar aniqlanadi. Buning
uchun bir qancha usullar qo‘llanishi mumkin. Ulardan biri - ta’lim standartlarida
belgilangan maqsadlarni tahlil etish.
3-bosqichda topshiriq spetsifikatsiyasi yaratiladi. Spetsifikatsiyada baholanishi
lozim bo‘lgan domen va konstruktning har bir elementi qanday va nechta sondagi
topshiriqlar yordamida tekshirilishi aks etadi.
Keyingi bosqichlarda topshiriqlar yaratiladi va mutaxassislar tomonidan tahlil
etiladi. Topshiriqlarni tahlil etishda savol tuzish qoidalariga amal qilinganligi,
tushunarliligi, aniqligiga e’tibor beriladi.
6-bosqichda topshiriqlarning dastlabki appprobatsiyasi o‘tkaziladi.
Ushbu bosqichlar har qanday topshiriq yaratishda zarur hisoblanadi. Ulardan biriapprobatsiya. Yaratilgan topshiriqlarning yaroqliligini tekshirish maqsadida
approbatsiyadan o‘tkaziladi. Talabga javob bermaydigan topshiriqlar qayta ko‘rib
chiqiladi. Fikrimizning dalili sifatida misollarga yuzlanamiz.

Tasavvur qiling: O‘z parashyutingizni parvozga tayyorlashni qaysi oʻquvchiga
ishonib topshirar edingiz?

Nima uchun?

Asosiysi, jarayon emas, balki natija.

Baholashning qanday turlari bor?

Bilish nima? Sinash nima? Shu
savollarga javob bering-chi.

Formativ baholash deymiz. Formativ

soʻzining maʼnosi nima?

Formativ baho shakllantirish va yoʻnaltirish uchun muhim.

Masalan, men robot yaratishim kerak. Avval bir detalini yaratdim. Uni yaratishda
xatolikka yoʻl qoʻymadimmi, toʻgʻri
yoʻldamanmi? Bu savollarga javob berish
uchun formativ baho zarur. Butun bir oyoqni
yaratdim. Bu oyoq ishlayaptimi yoʻqmi, buni
bilishimiz muhim. Bu BSB (Boʻlim boʻyicha
summativ baholashdir). Robotning hamma
qismlari tayyor boʻldi va uni sinab koʻrishimiz

kerak. Bu sinov - CHSB (choraklik summativ baholash) (Brown A., 2018).

Formativ baho - yo‘naltirish uchun Summativ baho - sinash uchun. Formativ baho
- koʻnikmalarning shakllanishiga yordam berish uchun jarayonni baholaydi. Summativ
baho - natijani baholaydi (Jalilov K., 2020).

Formativ va summativ baholash uchun: qoʻllash vaqti, baholash maqsadi, qayta
aloqaning muhimligi, natija ballining muhimligi haqida fikr yuritib koʻraylik.

Formativ baholash uchun:
qoʻllash vaqti - har darsda, baholash
maqsadi - shakllantirish, qayta
aloqaning muhim, natija balli muhim
emas.

Summativ baholash uchun:
qoʻllash vaqti - bob (chorak) oxirida,
baholash maqsadi - sinash, qayta

aloqaning muhim emas, natija bali muhim.

Endi
ushbu tarqatma
materiallarni
formativ va
summativ
baholash uchun
moslab ajratib
koʻramiz.

Ish natijasini tekshirib koʻrishingiz mumkin.
Demak, baholash formativ

baholash va summativ baholashdan
iborat.

Formativ baholash – ta’lim olish
uchun. Summativ baholash - olingan
ta’limni baholash

5 ballik tizimning mezonlarga asoslangan baholashdan farqi nimada? 5 ballik
tizimda eng yaxshi ishga 5 ball beramiz. 1 ta xatoga 4 ball va h.k. Mezonlarga
asoslangan baholashda esa har bir bajarilgan ishi uchun, koʻnikmasi uchun maʼlum ball
yigʻib boriladi.

Bunda bilish, qoʻllash va mulohaza qilish koʻnikmalari baholanadi.
2. Bilish, qoʻllash, mulohaza qilish koʻnikmalarini baholash maqsadlari.

Baholash topshiriqlari qanday koʻnikmalarni tekshiradi? Blum taksonomiyasiga
asosan topshiriqlar turi quyidagi darajada boʻladi:

1-jadval

Reproduktiv Reproduktiv darajadagi topshiriqlarining mazmuni o‘quvchilar tomonidan
daraja o‘quv materiali qayta ishlanmasdan, ularning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi,
qonuniyatlar, xossalar, formula, tushuncha va atamalarning mohiyatini bilish, yodda
Produktiv saqlash va tanish, odatiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan.
daraja
Produktiv o‘quv topshiriqlari – o‘quvchilardan o‘rganilgan matematik
Mulohaza masalani yechishda mavzuga oid qonun va qonuniyatlar, xossalar va formulalarni
darajasi qo‘llash, berilgan topshiriqlarga mos usullarni tanlash, tahlil qilish, taqqoslash,
qiyoslash, bir nechta qonun va qonuniyatlarni bir vaqtda qo‘llab, umumlashtirish va
xulosa yasashni talab qiladi.

Intellektual darajadagi topshiriqlar o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalarni notanish vaziyatlarda qo‘llash, tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy
taqqoslash, bir necha qonun va qonuniyatlarni qo‘llab, umumlashtirishni talab qiladi.

Summativ baholash topshiriqlarining ballari
taqsimoti quyidagicha: bilish koʻnikmasini
baholaydigan topshiriqlar yigʻiladigan ballning 15%,
qoʻllash-70% va mulohaza yuritish-15% ini tashkil
etadi.

TIMSS tadqiqotlarida 4-sinf oʻquvchilari uchun
berilgan quyidagi topshiriqlarni qanday koʻnikmani
baholashini aniqlab koʻraylik.

1. Yer – Quyosh atrofida aylanuvchi sayyoralardan biri.

Quyosh atrofida aylanayotgan sayyoralarning yana 2 tasining nomini yozing.

1.____________________________________________________

2.____________________________________________________
Bu topshiriq reproduktiv darajadagi topshiriq.

Plastik mashinaning yuqori qismiga magnit yopishtirildi.

Mashina oldinga harakat qilishi uchun magnitni qaysi holatda ushlash kerak?
Javobingizni asoslang.

2. Doirada nuqtalarni tutashtirib, teng tomonli uchburchak yasang.

Doiradagi qaysi nuqtalarni tutashtirdingiz?
_____________________________________________

Bu topshiriq produktiv darajadagi topshiriq.

3. Mansur A shahridan chiqib, bir xil tezlikda 2 soat
yo‘l yurdi va rasmdagi yo‘l belgisiga yetib keldi.

Shu belgi yonidan B shahriga yetib borish uchun
necha soat kerak bo‘ladi?

Bu topshiriq mulohaza darajadagi topshiriq.

1. Boburjon shakarni suvda
erishiga haroratning ta’sirini o‘rganish
bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. U turli haroratda
1 litr suvda qancha shakar erishini o‘lchadi
va natijalarini grafikda tasvirladi.
Grafiklarning qaysi biri Boburjonning
natijasini ifodalaydi?

Bu topshiriq mulohaza darajadagi
topshiriq.

Demak, qoʻllash uchun bilish lozim.
Mulohaza yuritish uchun ham bilish, ham qoʻllay
olish kerak (Jalilov K., 2020).

Madina maktabda matematika fanidan “4”
bahoga o‘qiydi. Madina boshqa sinfda yoki boshqa maktabda, yoki boshqa o‘qituvchida
o‘qiganida ham “4” baho olarmidi? Albatta yo‘q. Chunki baholar nisbiy qo‘yiladi.
Madina kimdandir yaxshiroq javob berar, kimdandir esa yomonroq. Ularga nisbatan
baho olardi. Shavkatning esa kundalik baholari doim ham yaxshi bo‘lmasa-da, lekin
chorak yakuniga kelib mavzularni juda yaxshi o‘zlashtirib oladi. Shu sababli, yakuniy
baholari baribir “4”. Tasavvur qiling, siz marafonda ishtirok etyapsiz. Avval orqada
qoldingiz, lekin harakatni to‘xtatmadingiz. Finishga oz qolganda shiddat bilan liderlar
qatoriga qo‘shildingiz. Va, nihoyat, finishda birinchi bo‘ldingiz! Siz chempionsiz!
Medal va gullar bilan taqdirlandingiz. Maktabda ta’lim olishni marafonda yugurishga
qiyoslasak, o‘qish jarayoni – marafon bosqichlari, ta’limiy maqsadlarga erishganlik
darajasini aniqlash, ya’ni baholash esa, – marafonning har bir bosqichi vaqtlarining

yig‘indisidir. Lekin maktabda Shavkat bilan sodir bo‘lgan shu kabi holatda, u “5”
bahoga munosib bo‘lmadi. Bu adolatlimi? Axir, yakuniy baholashda u a’lo natijaga
erishdi-ku. Maktabda har bir o‘quvchi bilim olishga intiladi. Kimdir bu maqsadga tez
erishadi, kimdir sekinroq. Ular shu maqsadga qanday tezlikda va qachon
erishganliklarining ahamiyati bormi? Shu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish uchun

mezonlarga asoslangan baholash joriy
etilmoqda. Bu baholash tizimi juda ko‘p
davlatlarda joriy etilgan va sinovdan
o‘tkazilgan. Mezonlarga asoslangan
baholash tizimida o‘quvchi bir chorakda
100 ball yig‘ishi kerak.

Undan 10 balli formativ
baholashga ajratilgan. Formativ bahoni
fan o‘qituvchisi dars jarayonida berib boradi. Bu o‘quvchini ta’limiy maqsadga to‘g‘ri
yo‘naltirish va unga motivatsiya berish uchun muhim. Aslida, formativ baho uchun ball
ajratish lozim emas. Chunki oʻquvchiga darsda xato qilishga imkon berish kerak. U xato
qilib, oʻrganib, koʻnikmalarini takomillashtirib boradi. Lekin hozircha “oʻtish davrida”
ota-onalarga farzandlarining oʻzlashtirishi haqida maʻlumot berib borish uchun,
oʻquvchi oʻz muvaffaqiyatlarini koʻrib borishi uchun formativ baho balliga minimal 10
ball qoldirildi. Bu ballsiz ham oʻquvchi summativ baholari natijasida yakuniy “aʼlo”
bahoga erishish imkoniyatiga ega. Qolgan 90 ball summativ baholash orqali to‘planadi.

50 ballni o‘quvchi ta’lim jarayonida
bo‘lim bo‘yicha summativ baholash
jarayonida oladi. Bu yozma ish,
loyiha ishi, ijodiy ish, esse, amaliy
topshiriq, laboratoriya ishlari
bo‘lishi mumkin. Yakuniy nazorat
ishidan esa o‘quvchi 40 ball olishi
mumkin. Bu baholash turli shakldagi
testdan iborat bo‘ladi. Topshiriqlar
yordamida o‘quvchining bilish, qo‘llash, mulohaza qilish va tahlil qilish ko‘nikmalari
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tasdiqlangan standartlar va yagona mezonlar asosida
baholanadi. Barcha o‘quvchilar bir xil mezonlar asosida baholanadilar, marafonda
yuguruvchi kabi barcha bosqichlar ballari yig‘indisi avtomatik ravishda elektron
jurnalda ko‘rinadi.

3. Maktabda mezonlarga asoslangan baholash tizimini joriy qilish ishlarini
rejalashtirish

Har bir ish boshlanar ekan, uning tartibi va qoidalari bilan tanishgan boʻlishi kerak.
Bu asosida rejalarni belgilab olish muhim.

1. Maktab jamoasining Mezonlarga asoslangan baholash tizimini joriy etish
bo‘yicha Nizomi bilan tanishtirish.

Maktab faoliyatida elektron jurnal muhim oʻrin tutadi. Unda ham moslashtirish
boʻyicha ishlarni amalga oshirish lozim.

2. Elekton jurnal (e maktab) yangi baholash tizimiga moslashtirilganligini nazorat
qilish.

Har bir fanning oʻziga mos spetsifikasi bor. Shu fanlardan topshiriqlarni
tekshirishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va uni doimiy ravishda nazoratga olish juda muhim.

3. Metod birlashma rahbarlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruh shakllantirish.
Bu baholash tizimiga oʻtgan maktablardan biriktirilgan trenerlar maktabda doimiy
ravishda trening mashgʻulotlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
4. Metodistlar va trenerlarning maktab jamoasiga metodik yordam ko‘rsatishi
uchun yetarlicha shart-sharoit yaratish.
Oʻqituvchi, oʻquvchi, ota-onalar uchun baholash materiallarining namunaviy
variantlari doimiy ravishda taqdim etilib boriladi. Oʻqituvchi bu materiallarni darsda va
mustaqil ravishda oʻquvchilar tomonidan oʻrganib borilishiga masʼul kishidir.
5. BSB larning namunaviy(demo) variantlari bilan ish olib borilishi (xususan, fan
o‘qituvchilari va o‘quvchilarni namunaviy topshiriqlar bilan tanishib borishini) yo‘lga
qo‘yish.
Baholash jarayoni adolatli va shaffof oʻtkazilishi bu tizim tamoyillardan biridir.
Shuning uchun bu tamoyilga amal qilinishni nazoratda boʻlishi kerak
6. Bob yuzasidan summativ baholash – BSB va chorak bo‘yicha summativ
baholash – CHSB ni adolatli va shaffof o‘tkazilishini nazorat qilish.
7. BSB va CHSB larning haqiqatdan Baholash Markazi tomonidan taqdim etilgan
baholash mezonlariga asoslangan holda tekshirilganligini qat’iy nazoratga olish.
Baholash jarayoni oʻtib boʻlgandan soʻng har bir metod birlashma tomonidan
xatolar tahlili va nima uchun oʻquvchilar bunday xatoga yoʻl qoʻyishganini dars berish
metodologiyasi va usullarini koʻrib chiqish asosida oʻrganish zarur.
8. Har bir summativ baholash natijalarini fan ustozlari va metod birlashma
tomonidan tahlil qilinishini nazorat qilish.
9. Metod birlashmalarda BSB ishlari tahlili uchun yig‘ma jildlarning
shakllantirilgani nazoratga olish
Mezonlarga asoslangan baholash tizimida o‘quvchining diqqati oraliq “5”
baholarni olishga emas, yakuniy natijaga erishishga qaratiladi va oʻquvchilarning barcha
muvaffaqiyatlari inobatga olinadi. Zero hayotda olgan baholarimiz emas, erishgan
ko‘nikmalarimiz zarur bo‘ladi. Bu jarayonda esa jamoa liderining oʻrni beqiyos.

Oʻquvchining maqsadi baho olish emas, koʻnikmalarini rivojlantirish boʻlsagina, u
kelajakda kasblar oʻzgargani bilan jamiyatda oʻz oʻrnini yoʻqotmaydi. Bunday inson
oʻrganuvchan boʻladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakat intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun bor imkoniyatlarini safarbar
qilish har bir yosh avlodning burchidir. Topshiriqlarni tuzishdan maqsad, o‘quvchilar
savodxonligini baholashdan iborat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchi-yoshlarning
savodxonlik darajasi hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini o‘stirishdan iborat. To‘g‘ri,
nuqsonlarsiz tuzilgan savollar o‘quvchi - yoshlarning ijodiy fikrlashi, olgan bilimlarini
turli sohalarda qo‘llay olish qobiliyatiga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni
rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim sifatini baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlarini to‘g‘ri, samarali va
obyektiv amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim oluvchilarning puxta bilim olishlari, ularning olgan bilimlarini
tekshirishdagi qator xususiyatlarini hisobga olib, keyingi paytda savollar, test
topshiriqlari keng qo‘llanilayotgan sinov turiga aylandi. Test yechish nihoyatda keng
qo‘llanilishi sababli alohida metod sifatida qaraladigan bo‘ldi. Mavzuni o‘rganishda
topshiriqlardan foydalanish, ayniqsa, guruhda amaliy topshiriqlar o‘tkazilgach, uning
javoblarini muhokama qilish alohida ahamiyatga ega.
Turli fanlar doirasi yuzasidan tuzilgan savollar topshiriqlari o‘quvchilarning
mavzuni tushunish va tahlil qilish, aniq ifodalangan ma’lumotlarni topa olish kabi
ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Jalilov Komil. (2020) Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent:
Akademnashr. https://kitobxon.com/oz/online-reader/5162
2. http://pop51-maktab.zn.uz/files/2020/05/Oqish-savodxonligi.pdf
3. OECD. (2019). PISA 2018 Results (Volume I): What Students Know and Can
Do. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/5f07c754-en
4. Karimova, S. (2020). Oʻquvchilar bilimini baholashda innovatsion usullar. –
Toshkent: Oʻzbekiston milliy universiteti nashri.
5. Петров, И. (2019). Новые подходы к оценке знаний учащихся в
образовательной системе. – Москва: Высшая школа.
6. Brown, A. (2018). Assessing student learning: A comprehensive approach. –
New York: Routledge.
7. Acan, S. (2021). Innovative assessment methods in education. – London:
Springer.

8. Якубов, Р. (2021). Оценка качества образования: теоретические и
практические аспекты. – Ташкент: Институт повышения квалификации
работников образования.

9. Black, P., & Wiliam, D. (2018). Assessment and classroom learning. –
London: Routledge.

10. https://www.aera.net/Publications/Books/Standards-for-Educational-
Psychological-Testing-2014-Edition

REFERENCES:
1. Jalilov Komil. (2020) Baholash nazariyasi asoslari. – Toshkent:
Akademnashr. https://kitobxon.com/oz/online-reader/5162 (In Uzbek)
2. http://pop51-maktab.zn.uz/files/2020/05/Oqish-savodxonligi.pdf (In Uzbek)
3. OECD. (2019). PISA 2018 Results (Volume I): What Students Know and Can
Do. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/5f07c754-en
4. Karimova, S. (2020). Oʻquvchilar bilimini baholashda innovatsion usullar. –
Toshkent: Oʻzbekiston milliy universiteti nashri. (In Uzbek)
5. Petrov, I. (2019). Novie podxodi k osenke znaniy uchashixsya v
obrazovatelnoy sisteme. – Moskva: Visshaya shkola. (In Russian)
6. Brown, A. (2018). Assessing student learning: A comprehensive approach. –
New York: Routledge.
7. Acan, S. (2021). Innovative assessment methods in education. – London:
Springer.
8. Yakubov, R. (2021). Osenka kachestva obrazovaniya: teoreticheskie i
prakticheskie aspekti. – Tashkent: Institut povisheniya kvalifikasii rabotnikov
obrazovaniya. (In Russian)
9. Black, P., & Wiliam, D. (2018). Assessment and classroom learning. –
London: Routledge.
10. https://www.aera.net/Publications/Books/Standards-for-Educational-
Psychological-Testing-2014-Edition