BO‘LAJAK PEDAGOGNI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATDAN
TARBIYALASHDA FAOLIYAT MEXANIZMLARI
MECHANISMS OF ACTIVITY IN EDUCATING FUTURE TEACHERS
FROM THE PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL ASPECT
МЕХАНИЗМЫ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ОБРАЗОВАНИИ БУДУЩИХ
УЧИТЕЛЕЙ В ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОМ АСПЕКТЕ
To‘raxonova Barno Tursunboy qizi
Andijon davlat universiteti
Umumiy psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 979-69-61
e-mail: agsu_info@edu.uz
Annotatsiya. Bo‘lajak pedagoglarda kasbiy layoqatni tarbiyalash jarayoni, ta'lim
tizimining eng muhim jihatlaridan biridir. Hozirgi kunda ta'lim sohasida o‘qituvchining
kasbiy malakasini oshirish zaruriyati katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi, o‘z malakasini
doimiy ravishda oshirib borishi, nafaqat o‘ziga, balki talabalarining ta'lim sifatiga ham
ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu jarayon qiziqish va ishtiyoq bilan bog‘liq bo‘lib,
o‘qituvchini shaxsiy va professional taraqqiyotga erishishga olib keladi. O‘qituvchilar
mustaqil ravishda bilimlarni egallash va yangi metodologiyalarni o‘rganish jarayonida,
o‘zlarini yangilash zarurligini anglashlari kerak. O‘zbekiston ta'lim tizimidagi
o‘zgarishlar, o‘qituvchilik faoliyatining sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, bu esa
pedagoglarning o‘z malakalarini muntazam ravishda oshirishlarini talab qiladi. Shuni
ta'kidlash joizki, o‘qituvchi doimo o‘z bilimlari va ko‘nikmalarini rivojlantirishga
intilish jarayonida shaxsiy qobiliyatlarini ham jihatlashtirishi zarur. Psixologik nuqtayi
nazardan, o‘qituvchilar o‘zlarining kasbiy bilimlarini kengaytirish uchun turli xil ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishlari lozim. Innovatsion ta’lim uslublarini qo‘llash,
o‘qituvchini doimiy rivojlanishga va o‘z bilim va ko‘nikmalarini yaxshilashga undaydi.
Natijada, bunday yondashuv nafaqat uning shaxsiy rivojiga, balki o‘quv jarayonini
yanada samaraliroq qilishiga ham yordam beradi. O‘qituvchining kasbiy layoqatini
oshirish jarayoni, shuningdek, O‘zbekiston yoshlarining bilim olishida muhim rol
o‘ynaydi va ularni intellektual rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Kalit so‘zlar: antropologiya, layoqat, kasbiy layoqat, integral individuallik,
insonparvarlashtirish, modellashtirish, metodologiya
Annotation. The process of developing professional competence in future
educators is one of the most important aspects of the education system. Currently, the
necessity for teachers to enhance their professional qualifications holds significant
importance in the field of education. A teacher's continuous improvement of their
qualifications not only benefits themselves but also positively influences the quality of
education for their students. This process is closely related to interest and motivation,
leading the teacher to achieve personal and professional development. Teachers need to
realize the necessity of updating themselves as they independently acquire knowledge
and explore new methodologies. Changes in Uzbekistan's education system focus on
improving the quality of teaching activities, which requires educators to consistently
enhance their qualifications. It is worth noting that teachers should strive to develop their
personal abilities while continuously seeking to improve their knowledge and skills.
From a psychological perspective, teachers should utilize various educational
technologies to expand their professional knowledge. The application of innovative
teaching methods encourages teachers to engage in ongoing development and to
enhance their knowledge and skills. As a result, such an approach not only contributes
to their personal growth but also aids in making the educational process more effective.
The process of enhancing a teacher's professional competence plays a significant role in
the knowledge acquisition of Uzbekistan's youth and contributes greatly to their
intellectual development.
Keywords: anthropology, competence, professional competence, integral
individuality, humanization, modeling, methodology
Аннотация. Процесс формирования профессиональной компетентности
будущих педагогов является одной из важнейших составляющих системы
образования. В настоящее время необходимость повышения квалификации
учителей имеет большое значение в сфере образования. Учитель должен
постоянно совершенствовать свои навыки, что положительно сказывается не
только на нем самом, но и на качестве образования своих учеников. Этот процесс
связан с интересом и стремлением, ведет к личностному и профессиональному
развитию педагога. Учителя должны осознавать необходимость обновления себя
в процессе самостоятельного овладения знаниями и изучения новых методологий.
Изменения в системе образования Узбекистана направлены на повышение
качества педагогической деятельности, что требует от педагогов регулярного
повышения своей квалификации. Следует отметить, что в процессе стремления
учителя развивать свои знания и навыки, ему также необходимо
совершенствование личных способностей. С психологической точки зрения,
учителя должны использовать различные образовательные технологии для
расширения своих профессиональных знаний. Применение инновационных
методов обучения побуждает педагога к постоянному развитию и улучшению
своих знаний и умений. В результате такой подход способствует не только его
личному развитию, но и делает процесс обучения более эффективным. Процесс
повышения профессиональной компетентности учителя также играет важную
роль в получении знаний молодыми людьми Узбекистана, внося значительный
вклад в их интеллектуальное развитие.
Ключевые слова: антропология, компетентность, профессиональная
компетентность, целостная индивидуальность, гуманизация, моделирование,
методология.
KIRISH
Hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro`y berayotgan katta
o`zgarishlar kasbiy faoliyatning mazmuni va xarakterini sifat jihatdan qayta
o`zgartirishni, bo`lajak o`qituvchilarning ijtimoiy kasbiy safarbarligi darajasini,
raqobatbardoshligini belgilovchi sifatlarni talab etmoqda. Dunyoda qarama-qarshilik va
ziddiyatlar tobora ortib, inson qalbi va ongini egallash, avvalambor, yoshlarning
ma’naviy olamini izdan chiqarish, ularni o‘z qarindoshlariga qarama-qarshi qo‘yishga
qaratilgan, el-yurtiga qarshi qo‘yishga qaratilgan tahdid va xurujlar kuchayib
borayotgan bir paytda bugungi kun avlodining siyosiy faolligini oshirish, uning hayotda
o‘z o‘rnini egallash, ta’lim-tarbiya maskanlarida yetuk inson bo‘lib yetishish masalalari
dolzarb bo‘lib hisoblanadi. Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini
tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini,
bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik
muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shart-sharoit va
boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi
taʼsirini kuchaytirish. Zamonaviy psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va
kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda.
Psixologiyada oʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom
etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb
taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qiladilar, buning oʻrniga
obyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obyektiv metodlar tufayli
psixikaning moddiy negizi aniqlangan, inson ichki munosabatlari bilan subyektiv
holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan.
Mavjudlik va ong, tabiat va ruh o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi savollarga javob
izlash oxir-oqibat ikki falsafiy oqim atrofida birlashtirilgan ko‘plab fikrlar, hukmlar va
taxminlar paydo bo‘ldi: idealizm, ruh materiyaga nisbatan asosiy deb e'tirof etilganda
va materiyaning ruhning mavjudligini oldindan belgilab qo‘ygan materializmdir.
Umuman olganda, antropologik yondashuv, insonning yaxlit tabiatini bilishning
ajralmas yo‘nalishi sifatida bizning davrimizda nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyatga ega; inson haqidagi bilim insonshunoslik amaliyotida va birinchi navbatda
pedagogik amaliyotda juda muhimdir. Muhim davlat vazifasini - «Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi»ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘qituvchisining xislatlari,
uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni
egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi. Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni
beqiyosdir. Chunki har bir pedagog dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarining individual
psixologik xususiyatlarini bilishi, yangi mavzuni tushuntirayotganda ham
umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda darsni tashkil etishi ta’limning
sifatiga ijobiy ta’sir etadi. Pedagog har doim odamlar orasida bo`lgan, u birinchidan,
odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri
tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar
davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan,
o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt
imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda
bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina
cheklanib qoladi (Хуторской А., 2013).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
V. Kessel tadqiqotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda
o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari o‘rganilgan. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining mashhurligi ko‘p jihatdan uning materiallarni
ko‘rgazmali, jonli va muammoli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan.
V.S.Abramova, S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar «o‘qituvchi-o‘quvchi»
munosabati bo‘yicha izlanishlar olib borganlar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
o‘qituvchining muloqotda do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va
ularning ota-onalariga berganligi ko‘rindi. Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga
o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy
o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya
psixologlaridan N.Kuzmina, V.Slastenin, F. Gonobolin, o‘zbekistonlik psixologlardan
R.Gaynutdinov, M.Davletshin, Sh.Do‘stmuxamedova, S.Jalilova, A.Jabborov,
M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham
o‘qituvchilik kasbi va ta’lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda
o‘qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko‘rish mumkin.
0‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan
maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim. Psixologik tadqiqot ishlarini olib
borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov va
boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va maktabgacha tarbiya
muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi
professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini
berdi. O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash
ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim
ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi. «O‘qituvchi, - deydi Al-Forobiy, - aql-farosatga,
chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq
ifodalay olishni bilmog‘i zarur». U o‘z fikrini davom ettirib: «O‘qituvchi va rahbarning
vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va
ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini
chiroyli ifodalab berishni bilmog‘i, shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli
bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt
cho‘qqisiga erishadi», - deb ta’kidlaydi. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi
mehnatini xolisona baholab: «Agar shogird podshohlikka erishsa ham, unga
(muallimga) qulluq qilsa arziydi», «Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila,
aylamak emas oson oning haqqin yuz ganj ila», kabi satrlar bitgan. Zamonaviy maktab
o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi (Хуторской А., 2013). Ta’limning barcha
ko‘rsatkichlari Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal
qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilishdagi
bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek,
masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish
qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bog‘liq. O`qituvchining mustaqil bilim
egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy
axborotlar bilan toldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo
yangilab borishi tushuniladi. Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash
zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Buning motivlari
odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni
anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar «o‘qituvchilarni
qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak?» degan xohish-istaklar tariqasida, fanning
oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi
munosabati bilan shakllana boradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
O‘qituvchi pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus
ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi va ta’lim
muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan quyidagi burch
va mas’uliyatlar ulardan talab qilinadi:
1. O‘qituvchi eng avvalo mas’uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq,
madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisidir.
2. O‘qituvchi tabiatan ta’lim oluvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his-tuyg‘ularini
har lahzada ta’lim oluvchilar ichki dunyosi bilan bog‘lay olishi, ularning ham mehriga,
hurmatiga sazovor bo‘lishi kerak.
3. O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib
borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga
xolisona baho berib, bu borada ta’lim oluvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni doimiy
bera olishi lozim.
4. Zamonaviy o‘qituvchining ilm-fan, texnika va axborot texnologiyalari
yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo‘lib borishi talab etiladi.
5. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega bo‘lishi,
barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib borishi, bunda o‘z ustida tinimsiz ilmiy
izlanishlar olib borishi lozim.
6. O‘qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta’lim
oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya
faoliyatini tashkil etishi kerak.
7. O‘qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta’lim va tarbiyaning eng samarali
zamonaviy shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega
bo‘lmog‘i lozim.
Hozirgi sharoitda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga va uning kompetentlik
xususiyatlariga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni
amalda to‘g‘ri tashkil qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liq. Zamonaviy maktab
o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi avvalo sinfdagi o‘quv jarayonining
tashkilotchisidir. Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilar:
- Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg‘onish
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni
mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vataniga, tabiatga va oilasiga
bo‘lgan muhabbati;
- Kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
- Pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigiyenasidan o‘z kasbiga
doir bilimlarga mukammal bilishi;
- O‘z kasbi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar, kompyuter va
axborot texnologiyalari yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib borishi;
- Ta’lim-tarbiya metodikasidan ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi;
- O‘z kasbiga ijodiy yondashishi;
- Pedagogik texnika (mantiq, nutq ta’limining ifodali vositalari) va pedagogik
taktga ega bo‘lishi;
O‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. O‘qituvchi
uchun, inson haqidagi bilim, o‘z-o‘zini rivojlantirish tizimi sifatida, o‘z kasbining
mohiyatini tashkil etadi, tushunmasdan, mazmunli insoniy amaliyot mumkin emas.
Pedagogik ta'limning insonparvarlik maqsadi uning mazmunini antropologizatsiyalashni, kelajakdagi o‘qituvchilarni kasbiy tayyorgarlikning yetarli
shakllarini, usullarini va texnikasini topishni o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, L. K.
Raxlevskayaning fikriga ko‘ra, insonparvarlikning samarali usullari
("insonparvarlashtirish") ta'lim tizimiga antropologik va madaniy yondashuvlardir.
Antropologik yondashuv ta'lim tizimini "insonparvarlashtirish", inson haqidagi yaxlit
bilimlarni va o‘z hayotining madaniy hayotini o‘z ichiga oladi. Madaniy yondashuv
ichki dunyo madaniyatini, birinchi navbatda, o‘qituvchini, so‘ngra har bir o‘quvchini
"o‘sishi" imkonini beradi. Bugungi kunda insoniyatning ma'naviy qayta tiklanishiga
umid qilish, o‘z-o‘zini himoya qilishning zarur usuli va yer yuzida omon qolish
imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lgan inson muammosi turli jihatlarda faol ravishda
muhokama qilinmoqda. Agar biz inson haqidagi nutq panoramasiga qarasak, unda
kamida uchta yirik blok mavjud: din, falsafa va ilm-fan, ularning har biri o‘z nuqtai
nazarini tushunadi. Insonning sirlari hech kimga oxirigacha tushunilmaydi. Inson
shaxsiyati dunyodan ko‘ra sirli. N.A. Berdyayev uchun u butun dunyo. Uning uchun
inson mikrokosmosdir, u hamma narsani o‘z ichiga oladi. Haqiqatan ham, inson
mikrokosmosdir va shuning uchun uning ideal qiyofasini yaratish juda murakkab va
faqat nisbiy yechimga javob beradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi pedagogik mahoratga ega bo‘lishi
zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga
erishishda ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo‘ladi. Pedagogik va uning
kompetentligiga faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik
mahorat xislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy
xarakterga ega. O‘qituvchi o‘quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda
mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o‘quv jarayonini
mustaqil boshqaradi. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari,
mazmuni, uslubiy talablariga ko‘ra fan, texnika va texnologiya yutuqlaridan unumli
foydalanish bugungi ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va
yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi
tayyorgarlik ko‘rgan va o‘z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol strategiyalarni biladigan, ulardan
o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan
mutaxassis o‘qituvchilar kerak. Bu esa o‘z navbatida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil
etishning samarali shakllari sifatida ma’ruza (muammoli ma’ruza, ma’ruza-seminar,
virtual-texnologik ma’ruza, vizual ma’ruza, binar ma’ruza, kirish ma’ruzasi, ma’ruzakonferensiya, axborotli ma’ruza, ma’ruza bahs-munozara, sharhlovchi ma’ruza, online
ma’ruza) trening, videotrening, vebinarlar, internet konferensiyalar, innovatsion o‘qitish
metodlari sifatida esa muammoli metodlar, interfaol metodlar, amaliy o‘yinlar, o‘quv
loyihalari, portfoliolar, grafik organayzerlar, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish zaruratini yuzaga chiqaradi (Xaydarov F., Xalilova N.,
2009). Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsiyalarni tatbiq etishdagi
yana bir muhim komponent - o‘qituvchi, uning kasbiy kompetentligi va innovatsion
faolligi hisoblanadi. Ta’limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motivatsiyaning
asosli samarasi bo‘la olmaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion-muammoli
vaziyatlarni quyish yoki o‘rganilayotgan predmetning ijtimoiy mohiyatini aks
ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qo‘yilishidir. Quyidagilar mutaxassisning
pedagogik tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy
talablar hisoblanadi:
1. Dars berish mahorati.
2. Tarbiyalash mahorati
3. O‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlari;
4. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati
Dars berish mahorati:
Kasbiy layoqat va eruditsiya;
Psixologik-pedagogik tayyorgarlik;
Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o‘rgatish mahorati;
O‘quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik, internetning global
tarmog‘i bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
Pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;
Ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;
Pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini bilish;
Fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati;
Ritorika va notiqlik san’ati asoslarini bilish;
Taʼlim psixologiyasida oʻquv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning
roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, xarakteri,
qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos tomonlari, taʼlim jarayonini
boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa oʻrganiladi. Hozirgi zamon taʼlim
psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil
oʻzlashtirish imkoniyatini beradigan, ilmiy texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni
taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish muhim masaladir. Tarbiya
psixologiyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida shaxsning
shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining
shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari oʻquv
materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, taʼlimning har xil
bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Pedagog uchun eslash qobiliyatini boshqarish birmuncha qiyinroq va zarurroqdir.
Uchtadan ikkita bizga ma’lum eslash jarayoni — eslab qolish va olingan axborotni qayta
tiklashni — o‘z-o‘zini boshqarish bilan rivojlantirish mumkin. Eslab qolish jarayonining
uchinchisi — axborotni saqlab qolishni boshqarish mushkulroqdir, chunki u ong osti
holati (shaxs tomonidan anglab olinmaydigan psixik holatlar yig‘indisi) darajasida
ishlaydi, holbuki yodlashni anglab tashkil etib, bevosita ularni ham boshqarish mumkin.
Mnemik jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish har xil usullarga asoslanadi, tasavvur
assotsiatsiyalanib, bir butunga bog‘lab, ongli ravishda ko‘rib chiqiladi. Eslab qolish
zarur bo‘lgan narsalar ko‘z orqali ko‘rilsa, yoki biror narsa bog‘lab tasavvur qilinsa
yodda qolishi kuchayadi. Eslab qolishni tezlatish uchun sun’iy ravishda yodda bo‘lgan
perseptiv obrazlarni va tashqi narsalarni tafakkurda uyg‘otib, ong orqali ularni yangi
eslab qolishi kerak bo‘lgan narsalar bilan bog‘lash lozim. Ongli ravishda fikrlashni ham
boshqarish, uni yanada samaraliroq qilish mumkin. Tafakkurni o‘z-o‘zida
boshqarishning asosiy usullari quyidagilardir:
— hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;
— talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli
natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;
— doimiy ravishda mashq o‘tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish;
— tafakkurni aniq yo‘nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya’ni ketma-ket
izlanish va yetarli darajada hal qilinishning muqobil yo‘llarini ko‘rib chiqish (bu —
vosita anglash jarayoni «sikllanish» deb nomlanadi) vazifani hal qilishning yo‘llari bilan
bog‘liq bo‘lgan aniq farazlarni o‘z ichida yoki ovoz chiqarib so‘zlash (gapirish).
— bajarib bo‘lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g‘oya) larni doimiy
ravishda yozib borish;
— o‘z-o‘zini emotsional boshqarish organizmning mushak to‘qimalari tizimini
boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan emotsiogen holatlarni tahlil qilib, tafakkurni
ongli ravishda faol jalb etish.
Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan
sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab
qilmoqda. Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng muhim
omillaridan biri o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadga muvofiq
tashkil etishdir. Shunga binoan mamlakatimiz ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon
talablari darajasiga yetkazishdir. Endilikda oliy ta’lim muassasalari oldiga faqatgina
o‘qimishli insonni emas, balki voqealarni oldindan ko‘ra biladigan, to‘g‘ri qaror qabul
qila olish mahoratiga ega, o‘zini o‘zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va
barkamol shaxsni tarbiyalash muammosi qo‘yilmoqda. O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy
tayyorgarlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiyaviy
munosabatlarni yaxshi yo‘lga qo‘ya oladi. O‘qituvchining shaxsiy namunasi va obro‘-
e’tibori ta’lim-tarbiya jarayonida bolada qat’iy nuqtayi nazar shakllanishida asosiy rol
o‘ynaydi (Xasanboeva O., Avezova R., Shamaribxodjaeva G., Aliqulova H., 2015).
MUHOKAMA
Tarbiyalash mahorati-o‘qitish va tarbiyalash jarayonining bog‘liqligi, uyg‘un
rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma’naviy saviyasi qaror
toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga. Uning vatanparvarlik, obro‘ va
burchni his etishga, keng gumanitar va gumanistik tayyorligiga, shuningdek o‘quvchilar
o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning amaliy ko‘nikmalariga asoslanadi.
Pedagogning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy
sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xush
muomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi
kerak. SHaxsiy sifatlar o‘qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko‘rsatadi. Qobiliyatli,
tajribali o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida o‘z diqqat-e’tiborini o‘quv materialining
mazmuniga, uning qanday bayon etilishiga, o‘quvchi fikriga qaratadi va shu bilan bir
qatorda barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularning hissiy-emotsional holatlariga, e’tiborli
yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o‘quvchilarning
intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga ham (yurishturishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor beradi. Tajribasiz
o‘qituvchi, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga berilib ketib, o‘quvchilarning
nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordi-yu,
o‘quvchilarni diqqat-e’tibor bilan kuzatishga harakat qilsa, bunday hollarda o‘z
bayonotining izchilligini yo‘qotib qo‘yadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan
tashqari, o‘qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik,
mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator ijobiy xislatlariga ega bo‘lishi lozim. U
o‘quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas, butun
o‘qituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi kerak. O‘qituvchining o‘zini
qo‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir. Xulosa qilib, shuni aytish joizki,
o‘qituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari
o‘quv-tarbiyaviy jarayonda katta ahamiyatga ega. N.V.Kuzmina o‘qituvchi
faoliyatidagi ba’zi qobiliyatlarga muvofiq keluvchi asosiy tarkibiy qismlarga
konstruktivlik (pedagogik maqsadga mos keluvchi materialni tanlay olish va uni
namoyon etish vositalarida aks etadi), tashkillashtirish, kommunikativlik
(tarbiyalanuvchilar bilan muloqot o‘rnata olish qobiliyati) va gnostik (bilimlardan
foydalanish va qo‘llay olish qobiliyati) qobiliyatlarini kiritadi. Bundan tashqari,
N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatlarga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur,
pedagogik takt, diqqatning taqsimlanishi, talabchanlikni ham kiritadi. O‘z ishini
muvaffaqiyat bilan olib borishi uchun pedagog bir qator zarur bo‘lgan umumiy va
maxsus qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak. Umumiy qobiliyat deganda, har qanday inson
faoliyatida yuqori natijalarga erishish mumkin bo‘lgan, maxsus qobiliyat esa bolalarga
ta’lim va tarbiya berishda yutuqlarga erishish mumkin bo‘lgan pedagog faoliyati
davomidagi kerakli qobiliyat tushuniladi. Umumiy qobiliyatlar faqatgina pedagogik
faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib qolmaydi, maxsus qobiliyatlar esa pedagogik faoliyat
samaradorligiga bevosita to‘liq ta’sir ko‘rsatadi. Bu barcha maxsus qobiliyatlar —
ta’lim berish, o‘qitish, o‘rgatish uchta o‘zaro bog‘langan bilim olish, malaka oshirish va
ko‘nikma hosil qilishning jihatlaridir. Ular ontogenezda qachon va qanday shakllana
boshlanishini, shuningdek, qanday qonuniyatlar bo‘yicha rivojlanishini aniq aytish
qiyin. Ulardan qaysilaridir tug‘ma hisoblanib, zehn ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, holbuki
hozirgacha ilm-fan bu narsalar to‘g‘risida aniq ma’lumot bera olmaydi. Boshqa
qobiliyatlar kabi pedagogik qobiliyat ham tarbiyalanadi va ularni ongli ravishda
bolalarda shakllantirish hamda rivojlantirish mumkin.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘qituvchilik kasbini tanlagan har bir pedagog
o‘ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to‘g‘risida savol beradi. Zero masalaning yana
bir muhim tomoni borki, bu bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki
yo‘qmi degan muammo paydo bo‘ladi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali
egallanadi va mukammal o‘rganiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlash modelining asosiy tarkibiy elementlari maqsadli
deb topildi, mazmunli, texnologik va samarali komponentlar, o‘zaro ta'sirlar
antropologik yondashuv (antropologik, aksiologik, madaniy-mantiqiy, faoliyat, tizimli,
individualizatsiya) asosida umumiy va ajratilgan prinsiplarning ta'siri bilan belgilanadi.
Shu bilan birga, olib borilgan tadqiqotlar bo‘lajak o‘qituvchilarni antropologik
tayyorgarlikning barcha masalalarini hal qilishni talab qilmaydi, chunki u pedagogik
ta'limning o‘quv rejalari va dasturlarida o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek,
pedagogika ta’lim muassasalarining o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligining
antropologik jihatini o‘rganishni talab qiladi. Bo‘lajak pedagoglarning oliy o‘quv
yurtida olgan psixologik bilimlari unchalik yoqimli bo‘lmagan xossaga ega. Ular,
birinchidan, pedagogga amaliyotda zarur bo‘lgan barcha bilimlarni o‘z ichiga qamrab
olmagan, bunga sabab pedagogik oliy o‘quv yurtlarida psixologik fanlarni o‘qitish
uchun ajratilgan dars soatlari hajmining chegaralanganligidir. Ikkinchidan, bu olingan
bilimlar tezda eskirib qoladi va hech bo‘lmaganda besh yilda bir marta yangilab turishni
talab etadi, buni o‘z-o‘ziga ta’lim berish yoki malaka oshirishda amalga oshirsa bo`ladi.
Pedagogning psixologik jihatdan o‘z ustida ishlashi deyilganda, uni muntazam ravishda
psixologiya fanining turli yo‘nalishlaridagi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishini
nazarda tutadi, ular tarbiya va ta’lim bilan bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Bu ta’lim
psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, differensial
psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, shuningdek, boshqa fanlar
chegarasidagi tibbiyot, patopsixologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya. Pedagogning
amaliy faoliyatida psixologik ma’lumotlar olishi mumkin bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati
yetarli darajada salmoqlidir. Holbuki, pedagogga muntazam ravishda ilmiy kitoblarni va
jurnallarni o‘qishga hojat yo‘q, asosiy psixologik bilimlar jamlangan holda keltirilgan,
pedagogik faoliyat uchun foydali bo‘lgan bo‘limlarga murojaat qilishning o‘zi yetarlidir.
Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat — bu o‘z-o‘zini
boshqarishdir, ya’ni o‘z psixik holati va xulq-atvorini boshqara olish qobiliyati,
murakkab pedagogik holatlarda muqobil harakatlana olishidir. O‘z-o‘zini
boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o‘z ichiga oladi: sezgi, idrok,
diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq, shuningdek, shaxs xislatlari — xulq-atvori,
emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida qayd etib o‘tilgan psixik
jarayonlarda o‘z-o‘zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi va
ichki tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, ichki tuyg‘u barcha psixik holatlarni
boshqarishda erkinlik asosi bo`lib xizmat qiladi, iroda bo‘lsa xatti-harakatlar quvvati va
yo‘nalishlarini ta’minlaydi. Qabul qilish o‘z-o‘zidan boshqaruvni aniq qabul qilish
vazifalarini qo‘yadi — obrazni tuzish, qo‘yilgan savollarga — Nimani kuzatish kerak?
Nima uchun kuzatish? Qanday qilib kuzatish? — kabi aniq javob topish kerak.
Kuzatuvni boshlashdan avval biz o‘zimiz uchun bu savollarga javob berishimiz lozim
bo‘ladi. Murakkab pedagogik sharoitlarda (vaziyatda) bunday savollarga aniq javob
topishni iloji bo‘lmaydi, bu vaziyatda aniq javob topish uchun birmuncha aqliy kuch
sarf qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday savollarni avvaldan o‘ylab ko‘rish va ularga amal
qilishni talab qiladi, natijada o‘z-o‘zini boshqarishni nazarda tutadi. Diqqat-e’tiborni
boshqarish birmuncha boshqa narsalarga asoslanadi. Ixtiyoriy bo‘lmagan diqqate’tiborni boshqarish ular bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, ya’ni organizmning
psixofiziologik holatlarini boshqarish orqali bevosita amalga oshirish mumkin.
Charchoq oqibatida ixtiyoriy bo‘lmagan diqqat-e’tibor yomon boshqariladigan bo‘lib
qoladi. Xuddi shunday holat kasallik davrida, haddan tashqari emotsional junbishga
kelgan holatda, affekt yoki stress holatlarida ro‘y beradi. Birmuncha ta’sir qiladigan
vositalar — dam olish, davolash, psixofizik autotrening bu tarzdagi diqqatni
boshqarishda yaxshi samara beradi. Ixtiyoriy diqqatni qiziqish uyg‘otadigan so‘z
yordamida yoki qo‘llab-quvvatlash orqali boshqarish mumkin. Odamning diqqatini
biror narsaga qaratish uchun uning qiziqishini qo‘llab-quvvatlash kifoya qiladi. So‘z
orqali o‘z-o‘zini yo‘naltirish yoki verbal o‘zi-o‘zini boshqarish har doim to‘g‘ridan
to‘g‘ri yoki bevosita qiziqishga asoslanadi. Ayrim hollarda o‘zini majbur qilib
qandaydir obyekt, holat yoki voqelikning qiziqarli tomonlariga e’tiborni qaratish,
diqqatni uzoq bo‘lmagan vaqt oralig‘ida jalb qilish uchun yetarli bo‘ladi. Qabul qilish
orqali ham ularni ma’lum darajada boshqarish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Кузнецова Н.П. (2003) Профессиональная компетентность педагога как
условие реализации ДТС студентов. – Москва.
2. Хуторской А.В. (2013) Компетентностный подход в обучении. Научнометодическое пособие. – Москва: Издательство «Эйдос».
3. Shamshetova A., Melibayeva R., Usmanova X., Xaydarov I. (2018) Umumiy
psixologiya. – Toshkent.
4. Ivanov P., Zufarova M. (2008) Umumiy psixologiya. O‘z. FMJ.
5. Sodiqova Sh. (2013) Maktabgacha Pedagogika. – Toshkent.
6. Atayeva N., Rasulova F., Salayeva M., Hasanov S. (2011) Umumiy
Pedagogika. –Toshkent.
7. Xasanboeva O., Avezova R., Shamaribxodjaeva G., Aliqulova H. (2015)
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent.
8. Xaydarov F., Xalilova N. (2009) Umumiy psixologiya. – Toshkent.
9. Voxidov M. (1992) Umumiy psixologiya. – Toshkent.
10. Huitt, W. (2011). Educational Psychology Interactive. – Valdosta, GA:
Valdosta State University. Retrieved from http://www.edpsycinteractive.org/
11. Woolfolk, A. (2016). Educational Psychology (13th ed.). – Boston, MA.
REFERENCES:
1. Kuznesova N.P. (2003) Professionalnaya kompetentnost pedagoga kak uslovie
realizasii DTS studentov. – Moskva. (In Russian)
2. Xutorskoy A.V. (2013) Kompetentnostniy podxod v obuchenii. Nauchnometodicheskoe posobie. – Moskva: Izdatelstvo «Eydos». (In Russian)
3. Shamshetova A., Melibayeva R., Usmanova X., Xaydarov I. (2018) Umumiy
psixologiya. – Toshkent. (In Uzbek)
4. Ivanov P., Zufarova M. (2008) Umumiy psixologiya. O‘z. FMJ. (In Uzbek)
5. Sodiqova Sh. (2013) Maktabgacha Pedagogika. – Toshkent. (In Uzbek)
6. Atayeva N., Rasulova F., Salayeva M., Hasanov S. (2011) Umumiy Pedagogika.
– Toshkent. (In Uzbek)
7. Xasanboeva O., Avezova R., Shamaribxodjaeva G., Aliqulova H. (2015)
Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent. (In Uzbek)
8. Xaydarov F., Xalilova N. (2009) Umumiy psixologiya. – Toshkent. (In Uzbek)
9. Voxidov M. (1992) Umumiy psixologiya. – Toshkent. (In Uzbek)
10. Huitt, W. (2011). Educational Psychology Interactive. – Valdosta, GA:
Valdosta State University. Retrieved from http://www.edpsycinteractive.org/
11. Woolfolk, A. (2016). Educational Psychology (13th ed.). – Boston, MA.