VOYAGA YETMAGAN JINOYATCHILAR SHAXSINING
INDIVIDUAL - PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
INDIVIDUAL - PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF
JUVENILE CRIMINALS
ЛИЧНОСТЬ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ ПРЕСТУПНИКОВ
ИНДИВИДУАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ
Umarov Baxriddin Mengboyevich
Oriental universiteti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori,
Psixologiya fanlari doktori
Tel.: +998 97 726-60-61
e-mail: botirumarov@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada jinoyatchilik xulqiga ega voyaga yetmagan shaxslarning
individual-psixologik xususiyatlari chuqur tahlil qilingan. Muallif, jinoyatchilik xulqi
bilan ajralib turadigan bolalar va o‘smirlarda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos shaxs
xususiyatlarini o‘rganadi. Ular o‘rtasidagi ijtimoiy-psixologik omillar, hissiyemotsional holatlar va shaxslararo munosabatlar batafsil muhokama qilinadi.
Maqolaning muhim jihatlaridan biri, voyaga yetmaganlarning jinoyatchilik xulqini
tushunishning zaruriyati bo‘lib, bu ularni vaqtida tuzatish va sog‘lom shaxs sifatida
rivojlantirishga yordam beradigan psixologik yondashuvlarni ishlab chiqish uchun
asos bo‘ladi. Muallif tahlil qilayotgan psixologik xususiyatlar, jinoyatchilik xulqi
ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy muhitni va bu muhitning o‘zgarishlarini
ham e’tiborga oladi. Ushbu tadqiqot, jamoatchilik va ijtimoiy xizmatlar uchun
jinoyatchilikka qarshi kurash strategiyalarini takomillashtirishda foydali ma’lumotlar
taqdim etadi. Natijalari, ijtimoiy reabilitatsiya va profilaktik tadbirlar rejalashtirishda
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, boshqaruv va ichki ishlar tizimida samarali strategiyalar
ishlab chiqishga yordam beradi. Maqola, dastlabki tadqiqot sifatida, jinoyatchilikning
oldini olish va voyaga yetmaganlarning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash yo‘lida
dolzarb mavzuni ko‘taradi.
Kalit so‘zlar: shaxs, xulq, jinoyatchilik xulqi, individual-psixologik
xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik omillar, hissiy-emotsional holat.
Annotation. The article provides an in-depth analysis of the individual
psychological characteristics of juvenile individuals with criminal behavior. The
author examines the specific personality traits present in children and adolescents who
exhibit delinquent behavior. Social-psychological factors, emotional states, and
interpersonal relationships among these individuals are discussed in detail. One of the
key aspects of the article is the necessity of understanding the delinquent behavior of
minors, which serves as a foundation for developing psychological approaches aimed
at correcting and fostering their development as healthy individuals. The author also
considers the social environment related to the analyzed psychological characteristics
and its changes. This research provides useful information for improving strategies
against juvenile delinquency for public and social services. The findings are of
significant importance in planning social rehabilitation and preventive measures,
aiding the development of effective strategies within management and internal affairs
systems. As a preliminary study, the article addresses a relevant topic in the prevention
of delinquency and the promotion of healthy development for minors.
Keywords: Personality, behavior, criminal behavior, individual psychological
characteristics, socio-psychological factors, emotional state.
Аннотaция. В статье глубоко анализируются индивидуальнопсихологические характеристики несовершеннолетних, проявляющих
преступное поведение. Автор исследует специфические черты личности,
присущие детям и подросткам с преступным поведением. Подробно
обсуждаются социо-психологические факторы, эмоционально-эмоциональные
состояния и межличностные отношения между ними. Одним из важных аспектов
статьи является необходимость понимания преступного поведения
несовершеннолетних, что станет основой для разработки психологических
подходов, помогающих своевременно исправить их и развивать их как здоровых
личностей. Автор также учитывает социальную среду, связанную с
анализируемыми психологическими характеристиками, и изменения в этой
среде. Данное исследование предоставляет полезную информацию для
совершенствования стратегий борьбы с преступностью для общественности и
социальных служб. Полученные результаты имеют важное значение для
планирования социальной реабилитации и профилактических мероприятий,
способствуя разработке эффективных стратегий в управлении и системе
внутренних дел. Статья поднимает актуальную тему профилактики
преступности и обеспечения здорового развития несовершеннолетних в качестве
первоначального исследования.
Ключевые слова: личность, поведение, криминальное поведение,
индивидуально-психологические особенности, социально-психологические
факторы, эмоционально-эмоциональное состояние.
KIRISH
Ma’lumki, shaxsning, jumladan, voyaga yetmaganlar shaxsining u yoki bu xislati
ijtimoiy muhitda, ya’ni oilada, jamoada, maktabda, mahalladagi ijtimoiy-psixologik
munosabatlarda shakllanadi. Kichik ijtimoiy guruhlar sharoitida shaxsning ijtimoiy
sifatlari, maqsad va yo‘nalishlari, xarakteri, qiziqishlari, ehtiyojlari shakllanadi va
tarkib topadi (Алемаскин М., 2009). Shuning uchun ham voyaga yetmagan jinoyatchi
shaxsini o‘rganishning muhim metodologik prinsiplaridan biri o‘smirni konkret shaxs
sifatida oilada, jamoa sharoitida shakllanishini tadqiq etish bo‘lib hisoblanadi.
Shaxsni o‘rganishdagi bu xildagi yondashuv umummetodologik prinsiplar, o‘ziga
xos usullar, yo‘llar va tartiblar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, o‘smirning
ruhiyati, u yashayotgan va faoliyat yuritayotgan hududning xususiyatlari,
etnopsixologiyasi ham o‘smir shaxsini o‘rganishda e’tiborga olinishi lozim bo‘ladi.
Voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsini o‘rganishning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri
uning individual va yosh xususiyatlarini, aqliy taraqqiyot va onglilik darajasini
e’tiborga olgan holda yondashuvdir. Bu xulq og‘ishiga ega bo‘lgan o‘smir haqida
yanada aniqroq, to‘laroq ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Ma’lumki, insoniyat psixologiyasi va uning ma’naviy dunyosi shakllanishida
ijtimoiy muhitning o‘rni beqiyosdir. Demak, aytish mumkinki, jinoyatchilik xulqiga
ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar shaxsining psixologik xususiyatlari u o‘sib ulg‘aygan
muhitga, tengdoshlari psixologiyasiga mos ravishda shakllanadi. Shuning uchun ham
jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shaxsini sog‘lom xulqli bolalar
va o‘smirlar shaxsidan alohida holda o‘rganish yaxshi natija bermaydi. Biroq,
unutmaslik kerakki, jinoyatchi shaxsi bilan sog‘lom xulq-atvorli voyaga yetmaganlar
psixologiyasi o‘ziga xos tafovutlar ham kuzatiladi. Bu farqlanishlar jinoyatchi shaxsiga
xos bo‘lgan tartib va qoidalar, ijtimoiy axloq me’yorlariga nisbatan qaramaqarshilikda, kishilarni hurmat qilmaslikda, o‘z manfaatlarini ustun qo‘yishda va
boshqalarda namoyon bo‘ladi. Bunday xislatlarning shakllanishi tabiiyki, jinoyatchi
o‘sib ulg‘aygan ijtimoiy muhitga, oilaga, mahalla va jamoaga bog‘liq bo‘ladi. Shuning
uchun jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsining ijobiy va salbiy
xislatlarini o‘rganishni ijtimoiy muhitdan, u o‘sib ulg‘aygan oilaviy muhitdan alohida
ajratib olgan holda o‘rganib bo‘lmaydi. Ushbu qarashlardan kelib chiqib, biz
jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar psixologiyasini, ularning shaxs
va individual-psixologik xususiyatlarini, ularning oilaviy muhiti, o‘rtoqlari davrasi va
qo‘ni-qo‘shnilari haqidagi ma’lumotlarni aniqlash va ularni tadqiqotimizdan olingan
natijalar bilan taqqoslash orqali o‘rganishga harakat qilindi.
TAHLIL VA NATIJALAR
“Shaxsni psixodiagnostik baholash” testidan olingan natijalarning ko‘rsatishicha,
jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda eng yuqori ko‘rsatgichni
asotsiallik shkalasi tashkil qildi (14,60 %). Psixik beqarorlik shkalasi ko‘rsatgichi ham
boshqa shaxs xususiyatlar ko‘rsatgichiga qaraganda ancha yuqoriligi kuzatildi
(13,61%). Shuningdek, tadqiqotimizda nevrotizm (11,13%), psixotizm (11,02%),
depressivlik (ruhiy tanglik) (9,50%), tobelik (6,55%), xususiyatlari ham yuqori
darajalarni ifodalaydi.
Jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda shaxs xususiyatlarining
namoyon bo‘lishi yosh xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha ifodalandi: asotsiallik 12-13
yoshli bolalar va o‘smirlarda 13,71% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 14-15 yoshda bu
ko‘rsatgich 14,32% ga teng bo‘ldi.
Olingan natijalardan ma’lum bo‘ldiki, asotsiallik, psixik beqarorlik, psixotizm,
nevrotizm holatlari darajasi yosh ortib borishi bilan ko‘tarilib borganligi kuzatildi. Bu
asotsial xulqning shakllanishi va namoyon bo‘lishi o‘smirlik va ilk o‘spirinlik yoshi
davriga kelib yuqori darajaga ko‘tarilib boradi degan xulosani beradi. Boshqacha qilib
aytganda, yuqori yoshga kelib, o‘smir xulq-atvorida jinoyatchilik xulqi barqaror,
turg‘un ko‘rinish ola boshlaydi. Bu ularning yoshi ortib borishi bilan delinkvent xulq -
qat’iy, turg‘un tus ola boshlashi holati esa voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini
olish tadbirlarini imkon qadar yoshroq davrdan boshlash yaxshi natija berishiga sabab
bo‘ladi.
Jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar shaxsidagi asotsiallik,
psixik beqarorlik, psixotizm, nevrotizm va depressiya holatlari darajasining yuqoriligi
birinchidan, jinoyatchi o‘smir voyaga yetgan ijtimoiy muhitdagi nosog‘lom va
krimenogen muhitning bolalar va o‘smirlarga asta-sekinlik bilan ta’sir etib borishi
natijasida ularda ruhiy zo‘riqishning, ijtimoiy voqeliklarga, ijtimoiy me’yorlarga
nisbatan norozilik hissining paydo bo‘lishiga hamda shaxs va muhit o‘rtasidagi
mutanosiblikning buzilishiga olib kelsa, ikkinchidan, o‘smir voyaga yetgan nosog‘lom
muhitning ta’siri o‘smir shaxsining nerv-fiziologik tizimida inertlik,
qo‘zg‘aluvchanlik, ruhiy taranglik xususiyatlarining paydo bo‘lishiga va natijada bu
ikki omil, ya’ni shaxs va muhit o‘rtasida deformatsiyalashuvning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi va voyaga yetmaganlarda ijtimoiy tartib va qoidalar hamda axloqiy
me’yorlarga nisbatan hurmatsizlik, ularni tan olmaslik hissining yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi. Shuningdek, jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan voyaga yetmaganlar
shaxsidagi psixik beqarorlik, psixotizm va nevrotizm xususiyatlari darajasining
yuqoriligi o‘smirlarning ijtimoiy muhit va ijtimoiy me’yorlarga nisbatan moslasha
olmasliklariga, ya’ni dezadaptatsiyalanishi sabab bo‘ldi. O‘smirning ijtimoiy muhitga
nisbatan moslasha olmasligi esa ota-onasi, o‘qituvchilari va atrofdagilardan ko‘ngil
qolishiga olib keladi va ayrim holatlarda bu ularning turli xil g‘ayriqonuniy guruhlarga
qo‘shilib ketishiga va jinoyatchilik xulqining shakllanishiga turtki bo‘ladi.
Kuzatishlarimizdan ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy muhitga nisbatan moslasha
olmaydigan voyaga yetmaganlarda agressivlik, (tajovuzkorlik) qo‘zg‘aluvchanlik,
asabiylik holatlari boshqa shaxs xususiyatlariga qaraganda ancha yuqoriligi kuzatiladi.
Shuning uchun ular o‘zlarining bunday xususiyatlari tufayli tez-tez nizoli va janjalli
vaziyatlarga tushib turadilar (Васильев В., 2000). Bu holatlar bolalar va o‘smirlarda
jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Qolaversa,
bunday o‘smirlardagi kayfiyatlar o‘zgaruvchanligi, doimo nimadandir ko‘ngli
to‘lmasligi va qo‘zg‘aluvchanligi ko‘pincha ularning maktabdagi sinfdoshlari, oilaning
boshqa a’zolari bilan kirishib keta olmasliklariga sabab bo‘ladi. Natijada ular maktabga
bormaslik, tez-tez uyga kelmay qolish, ota-onasining gap-so‘zlari va pand-nasihatlarini
tan olmaslik kabi salbiy xislatlarni odat qilib oladilar.
Tadqiqotimizda o‘rganilgan delinkvent xulqli bolalar va o‘smirlarda nevrotiklik
darajasi ham ancha yuqori darajani ko‘rsatdi (11,13%). Buning sababini o‘smirning
nerv-fiziologik xususiyatida o‘zgarishlarning paydo bo‘lishi, shaxs va ijtimoiy muhit
o‘rtasida dezadaptatsiyalanishning vujudga kelishi va buning natijasida o‘smirda
emotsional beqarorlik, kayfiyat o‘zgaruvchanligi, qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarining
paydo bo‘lishi holati bilan izohlash mumkin.
Delinkvent xulqli bolalar va o‘smirlarda psixotizm va nevrotizm
xususiyatlarining yuqoriligi bizning nazarimizda ular tarbiya olgan oiladagi nosog‘lom
muhitga, ya’ni ota-onalar o‘rtasida nizoli vaziyatlarning tez-tez bo‘lib turishiga, otaonalar yoki oilaning boshqa a’zolarining bir-biriga nisbatan qo‘pol, bemehr
munosabatda bo‘lishliklari, oilaviy tarbiyadagi nuqsonlar hamda o‘smirning maktab
jamoasida o‘z o‘rniga, mavqeiga ega emasligi, fanlarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklarga
duch kelishi va boshqalarga bog‘liqdir.
Delinkvent xulqli bolalar va o‘smirlardagi autizm, ya’ni ijtimoiy tartib va
me’yorlarni qabul qila olmaslik, o‘z o‘y tashvishlari atrofida uymalashib qolish, tashqi
muhit voqea-hodisalarining ijobiy jihatlarini ko‘ra olmaslik, o‘z istak, mayl, qiziqish
va qarashlari atrofida fikr-mulohaza yurituvchanlik xususiyatlarining ustunligi,
muammoli vaziyatlarga, qiyinchiliklarga o‘z ichki, ya’ni endogen kechinmalari orqali
yondashuvlari tufayli jinoyatchilik xulqining paydo bo‘lishiga ta’sir etishi mumkinligi
kuzatiladi. Shuningdek, ulardagi bunday xususiyatlar ko‘pincha, shaxsning o‘z xattiharakatlari motivatsion asosini anglab yetmaslikka olib keladi va o‘zlari tomonidan
amalga oshirilayotgan harakatlari mazmun va oqibatini anglab yetmagan holda
g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotimiz natijalariga qaraganda, psixotizm va nevrotizm xususiyatlari
darajasi yuqori bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda g‘ayritabiiylik, gormonal
rivojlanishning nomutanosibligi, ayrim holatlarda aqliy rivojlanishning ortda qolishi
holatlari ham kuzatiladi. Shuningdek, ularda nutqning betartibligi, so‘zlarni
ifodalashdagi nuqsonlar, pala-partish so‘zamollik kabi sifatlar ham yorqin
ifodalanganligi kuzatiladi.
Tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, voyaga yetmaganlarning jinoiy xattiharakatlarni amalga oshirishlariga ular shaxsidagi deformatsiyalanganlik holati, ya’ni
dunyoqarash va tushunchalarning torligi, ijtimoiy aloqalar darajasining pastligi,
faoliyatlar mazmuni va uning ko‘rinishlari oddiyligi hamda bo‘sh vaqtlarini unumsiz
va mazmunsiz o‘tkazishlari holati sabab bo‘ladi.
Voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsidagi o‘ziga xos xususiyatlardan yana biri
ulardagi axloqiy tushunchalar, huquqiy ong hamda ustanovkalarning
deformatsiyalanganligidir. Bu ularda axloqiy, ma’naviy va huquqiy tushunchalarning
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik xulqining
kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi.
Delinkvent xulqli voyaga yetmaganlarning emotsional irodaviy xususiyatlariga
ko‘ra, ularda o‘zi tomonidan amalga oshirilgan qonunbuzarlikdan uyalish hissining
yo‘qligi, boshqalarning aziyat chekishlariga nisbatan beparvolik, yolg‘onchilik,
qizg‘anchiqlik va hatto qo‘pollik, o‘z-o‘ziga va o‘z xatti-harakatlariga nisbatan
tanqidiy ko‘z bilan qarashning yo‘qligi va shu kabilar kuzatildi. Shuningdek,
jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning emotsional irodaviy
sifatlarini o‘rganish natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilik xulqining kelib
chiqishi irodasizlik holatiga emas, balki irodaviy sifatlarning salbiy yo‘naltirilganligiga
bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Emotsional beqarorlik, qaysarlik, o‘zgalar azobi, g‘am-tashvishlariga nisbatan
beparvolik va agressivlik xususiyatlari ham delinkvent xulqli bolalar va o‘smirlarga
xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlardan biri sifatida namoyon bo‘ldi. Shuningdek,
jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning deyarli ko‘pchiligida
nevropatologik anomaliya xususiyatlari kuzatilganligining ham guvohi bo‘lamiz.
Tadqiqotimizda o‘rganilgan respondentlarda depressivlik xususiyati ham ancha
yuqori darajani ko‘rsatdi (9,50%). Yosh davrlariga ko‘ra esa 12-13 yoshda bu
xususiyat 8,74 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, 14 -15 yoshda 9,49 foiz, 16-17 yoshda esa
bu ko‘rsatgich 10,06 foizni tashkil qiladi. Ushbulardan ko‘rinadiki, depressivlik
xususiyati 14-15 yoshda boshqa yosh davrlariga qaraganda yuqori darajaga egadir.
Buning sababi bizningcha, aynan ushbu yosh davrida pubertat, ya’ni jinsiy va
psixofiziologik rivojlanishlar jarayonining jadal sur’atda kechishiga bog‘liq bo‘lsa
kerak.
Umumiy faollik xususiyati tajriba guruhidagi sinaluvchilarda 4,41 foizni
ko‘rsatgan bo‘lsa, nazorat guruhida esa bu ko‘rsatgich ancha yuqori, ya’ni 13,20 foizni
tashkil qiladi. Ushbu holatdan ma’lum bo‘ladiki, umumiy faollik darajasining
pasayishi o‘smirda egotsentrizm, jur’atsizlik, tormozlanuvchanlik, sustlik, emotsional
beqarorlik va qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Bunday sifatlar kishida ruhiy zo‘riqishni, depressivlik hamda norozilik hissini keltirib
chiqaradi va o‘smirning ijtimoiy muhit tartib-qoidalariga, voqea-hodisalarga nisbatan
dezadaptatsiyalashuviga olib keladi. Vijdonlilik, estetik taassurotchanlik
xususiyatlarining sustligi ham ularda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir
etuvchi omillardan biri sifatida namoyon bo‘ldi. (vijdonlilik - 6,22% ni, estetik
ta’sirchanlik - 2,10% ni tashkil qildi. Nazorat guruhida esa vijdonlilik 11,03 %, estetik
taassurotchanlik 11,04 % ga teng bo‘ldi) (Umarov B., 2014).
Ushbu holatni tahlil qilib ko‘radigan bo‘lsak, bolalar va o‘smirlardagi vijdonlilik
va estetik zavqlanish xislatlarining sust rivojlanganligi ularda mehr-oqibat, o‘zaro
tushunish, tabiat manzaralaridan va voqea-hodisalardan zavqlanish, undan bahra olish
hissining sust rivojlanishiga olib keladi (Клейберг Ю., 2011). Kishining ma’naviy,
ruhiy yetukligi zavqlanish, xursand bo‘lish, bahra olish hissiyotini tarkib toptiradi.
Ma’naviy-ruhiy qashshoqlik esa kishida zavqlanish, orom olish hissining
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, aytish mumkinki, jinoyatchilik
xulqining kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri, ma’naviy-ma’rifiy,
axloqiy, ruhiy va estetik xislatlarning sust rivojlanganligidir.
Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va
o‘smirlar shaxsiga xos bo‘lgan xususiyatlardan yana biri ularda nazokatlilik
(feminizm) xususiyatlarining yorqin namoyon bo‘lmaganligidir (2,01 %). Nazorat
guruhida esa bu xususiyat 10,20 % ga tengdir. Nazokatlilikning sust rivojlanishi bolalar
va o‘smirlarda darg‘azablik, bemehrlik, mehr-oqibatsizlik, agressivlik, (tajovuzkorlik)
va qo‘zg‘aluvchanlik sifatlarining shakllanishiga olib keladi. Bunday sifatlar
bosqinchilik, talonchilik, zo‘ravonlik, odam o‘ldirish va unga urinish, nomusga tegish
kabi jinoyat turlarini sodir etgan bolalar va o‘smirlarda yanada yorqin namoyon
bo‘lganligi kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, nazokatlilik sifatlari o‘smirlarda
mehribonlik, shirin so‘zlik, bag‘rikenglik, ko‘ngilchanlik kabi xislatlarning
shakllanishiga sabab bo‘ladi. Mehribon, shirin so‘z, bolajon o‘smir esa tajovuzkorlik,
zo‘rlash, kishining qadr-qimmatini toptaydigan noqonuniy xatti-harakatlarni amalga
oshirishdan o‘zini tiya oladi.
Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan voyaga
yetmaganlar shaxsiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri introvertlik va ekstravertlik
xususiyatlarining turlicha namoyon bo‘lishidir. Bu xususiyatni tahlil qiladigan bo‘lsak,
xarakterning bu xislati yosh ortib borishi bilan pasayib borganligi kuzatildi. Bu
shundan dalolat beradiki, yosh davrida delinkventlik xulqiga xos bo‘lgan xarakter
xislatlari hali shakllanib ulgurmaganligi tufayli introversiya darajasi yuqori
ko‘rsatgichni ko‘rsatmoqda. Yosh ortib borishi bilan esa delinkvent xulqqa xos bo‘lgan
xarakter xususiyatlari yorqin namoyon bo‘la boshlaydi va introversiya darajasining
pasayishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi ehtimolligi
darajasi yuqori bo‘lgan ekstraversiya ko‘rsatkichi introversiya darajasiga nisbatan
yaqqol ifodalanganligining guvohi bo‘lamiz. Aynan shu xildagi qarashni tadqiqotchi
F. Gobichiya tadqiqotlarida ham kuzatishimiz mumkin.
Introvertlik xususiyatlarini namoyon qilgan delinkvent xulqli bolalar va o‘smirlar
ko‘pincha kamgap, tortinchoq, xotirjam va o‘z mustaqil fikriga ega emasliklari bilan
boshqalardan ajralib turadilar. Shuning uchun ham introvert xususiyatli bolalar va
o‘smirlar ko‘pchilik holatlarda jinoyatchilik ko‘chasiga boshqalarning qistovi,
zo‘rlashi orqali kirib qolganliklari kuzatildi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan
voyaga yetmaganlarda ko‘pincha asotsiallik, psixik beqarorlik, depressiya, tobelik
xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ularda psixotizm, nevrotizm xususiyatlari
ham jinoyatchilik xulqining kelib chiqishida ishtirok etishi kuzatildi. Ushbulardan
kelib chiqib, qayd etish mumkinki, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik
xulqining oldini olishda ularning shaxsiga xos bo‘lgan individual-psixologik
xususiyatlarni inobatga olish muhimdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Алемаскин М. А. (2009) О структуре личности несовершеннолетних
правонарушителей // Вопросы изучения и предупреждения правонарушений
несовершеннолетних. – Сб. науч. трудов. Часть 1. – Москва. – С. 92-94.
2. Васильев В. Л. (2000) Юридическая психология. Санкт-Петербург.
«Питер». – 50 с.
3. Гобечия Ф. (2018) Девиантное поведение дети и подростков. 2-издание.
– Москва: Издательство: «Гавдеамус». – 346 с.
4. Клейберг Ю. А. (2011) Психология девиантного поведения: Учеб. Пос. –
Москва: ТЦ «Сфера», при участии «Юрайт - М». – С. 7-40.
5. Umarov B. M. (2014) O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligining
ijtimoiy-psixologik muammolari. Monografiya. – Toshkent.
6. Ганишина И.С. (2006) Неблагополучная семья и девиантное поведение
несовершеннолетних: Учебное пособие. – Москва: Издательство МПСИ.
7. Змановская Е.В. (2007) Девиантология (психология отклоняющегося
поведения) – Москва. – 285 с.
8. Менделевич В.Д. (2008) Психология девиантного поведения. Учебное
пособие для вузов. – Москва: Издательство «Речь». – 346 с.
9. Umarov B.M. (2001) O‘smirlarda jinoyatchilik xulqining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari. // “Pedagogik ta’lim”. – Toshkent. № 2.
10. Умаров Б.М. (2006) Семейные факторы социального риска и отклонения
поведения несовершеннолетних. // УзГМУЯ, сборник материалов научнопрактической конференции. Молодой ученый. – Ташкент. – С. 193-197.
REFERENCES:
1. Alemaskin M. A. (2009) O strukture lichnosti nesovershennoletnix
pravonarushiteley // Voprosi izucheniya i preduprejdeniya pravonarusheniy
nesovershennoletnix. – Sb. nauch. trudov. Chast 1. – Moskva. – S. 92-94. (In Russian)
2. Vasilev V. L. (2000) Yuridicheskaya psixologiya. Sankt-Peterburg. «Piter». –
50 s. (In Russian)
3. Gobechiya F. (2018) Deviantnoe povedenie deti i podrostkov. 2-izdanie. –
Moskva: Izdatelstvo: «Gavdeamus». – 346 s. (In Russian)
4. Kleyberg Yu. A. (2011) Psixologiya deviantnogo povedeniya: Ucheb. Pos. –
Moskva: TS «Sfera», pri uchastii «Yurayt - M». – S. 7-40. (In Russian)
5. Umarov B. M. (2014) O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoiyatchiligining
ijtimoiy-psixologik muammolari. Monografiya. – Toshkent. (In Uzbek)
6. Ganishina I.S. (2006) Neblagopoluchnaya semya i deviantnoe povedenie
nesovershennoletnix: Uchebnoe posobie. – Moskva: Izdatelstvo MPSI. (In Russian)
7. Zmanovskaya E.V. (2007) Deviantologiya (psixologiya otklonyayushegosya
povedeniya) – Moskva. – 285 s. (In Russian)
8. Mendelevich V.D. (2008) Psixologiya deviantnogo povedeniya. Uchebnoe
posobie dlya vuzov. – Moskva: Izdatelstvo «Rech». – 346 s. (In Russian)
9. Umarov B.M. (2001) O‘smirlarda jinoyatchilik xulqining ijtimoiy-psixologik
xususiyatlari. // “Pedagogik ta’lim”. – Toshkent. № 2. (In Uzbek)
10. Umarov B.M. (2006) Semeynie faktori sosialnogo riska i otkloneniya
povedeniya nesovershennoletnix. // UzGMUYa, sbornik materialov nauchnoprakticheskoy konferensii. Molodoy ucheniy. – Tashkent. – S. 193-197. (In Russian)