ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ijtimoiy identifikatsiya hasad hissi shakllanishining mexanizmi sifatida

Baykunusova Gulmira Yuldibayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IJTIMOIY IDENTIFIKATSIYA HASAD HISSI SHAKLLANISHINING
MEXANIZMI SIFATIDA

SOCIAL IDENTIFICATION AS A MECHANISM FOR THE
FORMATION OF ENVY

СОЦИАЛЬНАЯ ИДЕНТИФИКАЦИЯ КАК МЕХАНИЗМ
ФОРМИРОВАНИЯ ЗАВИСТИ

Baykunusova Gulmira Yuldibayevna
Oriental Universiteti

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi professori,
psixologiya fanlari doktori (DSc)
Tel.: +998 97 758-74-77

e-mail: g.n.baykunusova@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada shaxsda hasad hissi namoyon bo‘lishi va rivojlanish
dinamikasi haqidagi nazariy tahlillar yoritilgan. Hasad shaxs ijtimoiy hayotining
ajralmas bir bo‘lagi va shaxslararo munosabatlarning kuchli boshqaruvchisi
hisoblanadi. Shunga qaramay, zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan hasad ijtimoiypsixologik fenomenini diagnostika qilish biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Ijtimoiy
identifikatsiya hasad paydo bo‘lishining asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shaxs ijtimoiy tajriba maydoni kengaygani sari unda hasad qilish obyektlari ham
ortishi isbotlangan. Maqolada ijtimoiy identifikatsiyaning hasad shakllanishidagi roli
empirik asoslari keltirilgan. Tadqiqot mavzusi ijtimoiy psixologiyaning
muammolaridan biri bo‘lganligi sababli, bu psixologik hodisani sotsiologik jihatdan
tahlilini amalga oshiramiz. Bizga ma’lumki, shaxs ijtimoiylashuv bosqichlarini bosib
o‘tgani sari, unda turli ijtimoiy guruhlarga mansublik tajribasi va odamlar bilan
muloqot orqali munosabatlarga kirishish imkoniyati ortib boradi. Birinchidan, bu
jarayonda shaxsda o‘zini boshqalar bilan identifikatsiya qilish natijasida ijtimoiy
taqqoslash hodisasi sodir bo‘ladi. Bu hodisa ijtimoiy bilish obyekti (odamlar va
odamlar guruhlari) orasida muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Shaxs o‘zini o‘zgalar
bilan taqqoslash jarayoni turli bosqichda amalga oshirilishiga qarab shaxsda hasad
darajasi ham sodir bo‘ladi.

Kalit so‘zlar: Hasad, havas, emotsional reaksiyalar, dushmanlik, motivatsiya,
ijtimoiylashish, oila, natsizm.

Annotation. The article considers the theoretical analysis of the manifestation of
feelings of envy in a person and the dynamics of its development. Envy is an integral
part of human social life and a powerful regulator of interpersonal relationships.
Nevertheless, the diagnosis of the socio-psychological phenomenon of envy,

widespread in modern society, presents some difficulties. Social identity is considered
one of the main factors in the emergence of envy. It is proved that as the space of an
individual's social experience expands, the objects of envy also increase in it. The
article presents the empirical foundations of the role of social identity in the formation
of envy. Since the subject of the study is one of the problems of social psychology, we
will conduct a sociological analysis of this psychological phenomenon. It seems to us
that as a particular person goes through the stages of socialization, his experience of
belonging to various social groups and the opportunity to enter into relationships
through communication with people increases. Firstly, in this process, an individual
experiences the phenomenon of social comparison as a result of identifying himself
with others. This phenomenon occurs systematically among the object of social
cognition (people and groups of people). The level of envy also occurs in a person,
depending on how the process of comparing oneself with others occurs at different
stages.

Keywords: black envy, white envy, emotional reactions, hostility, motivation,
socialization, family, nazism.

Аннотация. В статье рассматриваются теоретические анализы проявления
и динамики развития чувства зависти у личности. Зависть является
неотъемлемой частью социальной жизни личности и сильным управляющим
элементом межличностных отношений. Однако диагностика широко
распространённого в современном обществе социально-психологического
феномена зависти вызывает определенные трудности. Социальная
идентификация признается одним из основных факторов возникновения зависти.
Исследования показывают, что по мере расширения социальной сферы опыта у
личности также увеличивается количество объектов зависти. В статье
представлены эмпирические данные о роли социальной идентификации в
формировании зависти. Поскольку исследуемая тема является одной из проблем
социальной психологии, мы осуществим социологический анализ данного
психологического явления. Известно, что по мере прохождения индивидуумом
разных стадий социализации у него возрастает опыт принадлежности к
различным социальным группам, а также возможность взаимодействия с
людьми. В этом процессе происходит явление социальной сравнительной
оценки, когда личность идентифицирует себя с другими. В зависимости от того,
на каком этапе происходит процесс сравнения с другими, уровень зависти у
личности тоже варьируется.

Ключевые слова: Зависть, хвастовство, эмоциональные реакции,
враждебность, мотивация, социализация, семья, нацисизм.

KIRISH
Zamonaviy xorij psixologiyasida hasadning ijtimoiy-psixologik xususiyati haqida
bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. M. Silver, J. Sabini hasadni bizning o‘z-o‘zimizga
nisbatan bahoyimizni boshqaruvchi mexanizm deb tushuntiradilar. D. Cooper esa
hasadni ijtimoiy muhit bilan bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning fikricha,
hasad ijtimoiy tajribani egallash jarayonida yuzaga keladi. Shaxsning adaptatsiya
jarayoni qanchalik oson bo‘lsa, hasadning yorqin ko‘rinishi ham shunchalar sust
bo‘ladi. P. Tittellman hasadni rashk bilan uzviy bog‘liqlikda tushuntirishga harakat
qiladi. Bu ikki his shaxsdagi emotsional sohaning buzilishiga olib keladi. Subyektiv
baxtsizlik “niyati buzuq hasad”ning rivojlanishiga asos bo‘ladi, degan fikrni aytib
o‘tgan. A. Rosenblatt ta’kidlashicha, sog‘lom shaxs bo‘lish uchun insonga “psixologik
avtonomlik” kerak bo‘ladi. Agar shaxs o‘zi va atrof- muhit bilan aniq chegarani
belgilab olmasa, unda xavotirlik, hasad, shubhalanuvchanlik kuzatiladi. P. Salovey, J.
Rodin, A. Rothman hasad va verbal agressiya o‘rtasida bog‘liqlikni ko‘ra bilishgan.
W. Parrott fikricha, dushmanlik hasadning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
K. Tai, J. Narayanan, D. Mciallister hasadning ijobiy va salbiy ko‘rinishlarini
ajratdilar. R. Smith, W. Parrott, E. Diener, R. Doyle, S. Kim fikricha, hasad o‘zining
nomukammalligini og‘riqli darajada boshdan o‘tkazishga sabab bo‘luvchi ijtimoiy
taqqoslashdan boshlanadi. Befoyda taqqoslash natijasida shaxsda hasad hissi bilan
birga keluvchi qoniqmaslik hissini yuzaga keltiradi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
P. Slovey, J. Rodin hasadni uch turga bo‘lgan: 1) anglangan hasad, bunda subyekt
atrofdagilarga nisbatan o‘zining quyi holatini baholaydi va anglaydi; 2) anglanmagan
hasad – bunda ongsiz himoya mexanizmlari, komplekslar va arxetiplar sifatida
namoyon bo‘ladi; 3) yashirin hasad – bunda inson o‘zgalarning unga nisbatan hasadi
bor deb o‘ylaydi (Salovey P., Rodin J., 1989: 228).
N. Van de Ven, M. Zeelenberg hasadni shaxs uchun muhim bo‘lgan sohada
o‘zganing muvaffaqiyatliroq bo‘lgan vaziyatda namoyon bo‘luvchi hissiyot, deya
ta’riflagan. Shunga qaramay muallif hasadni konstruktiv xarakterga ega, deb
hisoblaydi. Uning fikricha, hasad turli vaziyatlarga shaxsning moslashishi va
munosabat bildirish usullarini o‘rganishiga yordam beradi (Ven N., Zeelenberg M.,
Pieters, R. 2009: 9).
R. Chambliss hasad va havasni o‘zgacha bir kechinma nomi bilan ta’riflashga
uringan. Bu ko‘ra olmaslik va freydenfroyd tushunchalaridir. Uning fikricha,
ichiqoralik – bu o‘zgalar baxtsizligi va uchragan omadsizligi ustidan quvonish hissi
bo‘lib, ko‘proq hasadni eslatadi. Freydenfroyd esa, nemis tilidan olingan bo‘lib,

o‘zgalar baxti uchun quvona olish bo‘lib, bu tushuncha ko‘proq havasga tegishlidir
(Smith R., 2008).

Xorij olimlarining tadqiqotlarida kuchli depressiyada bo‘lgan odamlar guruhida
ichiqoralik va freydnfroyd jarayoni kechishi aniqlandi. Unga ko‘ra, depressiv
tushkunlikda bo‘lgan shaxslarda birovning baxtsizligi ustidan quvonish holati ko‘proq
uchrar ekan.

Shaxsda hasad va havas hissini kechish jarayoni, undagi emotsional holatga
bog‘liq. Ya’ni shaxsdagi hayratlanish va norozilik kayfiyatiga bog‘liq hisoblanadi.
Hayratlanish – havas hissiga yaqin bo‘lib, o‘zga shaxsning yuqorilab ketishidan
xursand bo‘lishi hisoblanadi. Shaxsdagi norozilik holati esa, bu adolatsizlik muhitida
o‘zganing yutug‘ini ko‘ra olmaslik hisoblanadi (Van de Ven N., Hoogland C., Smith
R., Van Dijk W., Breugelmans S., Zeelenberg M., 2009).

J. Hamman ham shunga o‘xshash fikrni bildirib o‘tadi. Uning talqinicha, hasad
bu biz xohlagan biron narsani o‘zgalar egallagan vaziyatda hosil bo‘luvchi g‘azab
hissidir. Uning ishlarida hasad baxt kontekstida ifodalanadi. Ya’ni, o‘zganing baxtini
ko‘rganimizda, bizda yetishmayotgan shaxsiy baxtimiz uchun kerakli narsa haqida
o‘ylay boshlaymiz. Natijada hasad o‘z baxtimiz haqidagi og‘riqli xotira bilan kurash
orqali yuzaga keladi.

Shaxsni ijtimoiylashtirish har bir shaxsning ijtimoiy tuzilishga kirish jarayoni
bo‘lib, natijada jamiyatning tuzilishi va har bir shaxsning tuzilishida o‘zgarishlar yuz
beradi. Bu har bir insonning ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq. Har birimizning jamiyatdagi
o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib
yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Bu
jarayon psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sosializatsiya deb yuritiladi.

Demak, sosializatsiya yoki ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani
egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir. Sodda
til bilan aytganda, ijtimoiylashuv - har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning
normalari, talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati va
muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida
o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishi jarayonidir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Shaxs psixologiyasi ajoyib tuzilmaga ega. Shaxs qanday bo‘lmasin, o‘z shaxsini
baholashda o‘zini boshqalar bilan taqqoslaydi. Bu jarayon ilmiy psixologiyada
L..Festingerning “Ijtimoiy taqqoslash nazariyasi” deb yuritiladi. Bu nazariyaga
muvofiq agar shaxsda o‘zining shaxsiy sifatlarini baholashga obyektiv standartlarga
ega bo‘lmasa, u o‘zini boshqalar bilan taqqoslash uchun o‘zga odamlarni qidira
boshlaydi.

Taqqoslash jarayonining avvalida shaxs atrofida o‘zini taqqoslash obyektlarining
ko‘pligi muammosiga duch keladi. Sababi, unda o‘zini kim bilan taqqoslash haqida
tasavvur mavjud bo‘lmaydi. Bu jarayonda shaxs yana boshqa odamlarga qarab, “ular
o‘zlarini kimlar bilan solishtiryaptilar”, degan fikrga tayanib ish ko‘radi. Misol uchun
shaxs o‘zining tashqi ko‘rinishini taqqoslash jarayoni ham shu tartibda kechadi. Agar
shaxsda obyektiv standartlar mavjud bo‘lmasa, unda atrofdigilarning bizning tashqi
ko‘rinishimiz haqidagi fikrlariga tayanamiz. Demak, L. Festingerning nazariyasiga
asosan shaxs o‘zini tashqi ko‘rinishi, qobiliyati, hislari haqida fikr yuritmoqchi bo‘lsa,
albatta atrofdagi o‘zga odamlarning fikrlariga tayanadi. L. Festingerning “Ijtimoiy
taqqoslash nazariyasi”ga, J. Vud katta baho beradi. U shaxsni ijtimoiy taqqoslashga
undaydigan uchta motivni keltirgan.

1) O‘z-o‘zini baholashga bo‘lgan ehtiyoj;
2) O‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj;
3) O‘z-o‘ziga bahoni oshirishga bo‘lgan ehtiyoj.
J. Vudning fikricha, shaxs ijtimoiy taqqoslashining maqsadi o‘z-o‘ziga baho
asosida bo‘lsa, unda u o‘zi haqida ko‘proq ma’lumot olishga urinadi. Agar taqqoslash
obyekti sifatida o‘zimizning darajamizdagi insonni to‘g‘ri tanlab olsak, maqsad
muvofiq bo‘ladi. Masalan, shaxs o‘zidagi matematik qobiliyatni obyektiv
solishtirmoqchi bo‘lsa, bu sohada zo‘r yutuqlarga erishgan buyuk matematik bilan yoki
hech nima bilmaydigan inson bilan solishtirmaydi. Aniqrog‘i, shaxs o‘zini o‘z
qobiliyat darajasidan biroz yuqori bo‘lgan o‘zga shaxs bilan solishtiradi (Silver M.,
Sabini J., 1986).
Shaxs taqqoslash obyektini tanlash jarayonida, uning yutuqlarga yetisha olishiga
ko‘zi yetadigan odamlarni tanlaydi. Keyin ulardagi o‘z darajaning ortishi taqqoslash
standartining ham ortishiga olib keladi. Shaxs o‘zini o‘zga insonlar bilan taqqoslashni
boshlaganda, o‘ziga muhim xususiyatlari bilan o‘xshash insonlarni namuna sifatida
tanlab oladi. Bu xususiyatlardan biri jinsiy mansublik hisoblanadi.
Taqqoslashning ikkinchi maqsadi — o‘z-o‘zini rivojlantirish va takomillashtirish
bo‘lsa, raqobat qilish xususiyati kuchli bo‘lgan shaxs o‘zini bir sohada rivojlantira
olgan o‘zga insonlar bilan taqqoslashni ma’qul ko‘radi. Masalan, intellektual, sport va
boshqalar. Boshqa sohalarda ularning darajalari bir xil bo‘lishi kerak. Bunday
tushuncha, shaxsda o‘ziga o‘xshash boshqa inson muvaffaqiyatga erishdimi, demak
men ham erisha olaman degan o‘ziga ishonch asosida ishlaydi.
J. Vudning klassifikatsiyasi bo‘yicha, ijtimoiy taqqoslashning uchinchi maqsadi
– o‘z-o‘ziga bahoni oshirishga qaratilgan bo‘lsa, shaxs o‘zi haqidagi tasavvurdan ancha
yaxshi ekanligini isbotlashga qaratilgan bo‘ladi. Bunday vaziyatda shaxs o‘zidan ancha
past pog‘onadagi o‘zga insonni tanlaydi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, shaxs
o‘zini undan quyi pog‘onada bo‘lgan inson bilan solishtiradi. Eng qiziq holat, agar

shaxs atrofida bunday insonlar bo‘lmasa, u o‘zining mavhum xulosalari bilan bunday
insonlarni yaratib oladi.

L. Festingerning “ijtimoiy taqqoslash” nazariyasi ko‘pgina tadqiqotlarning
gipotezasini ochib berishda xizmat qilgan. Xorijlik tadqiqotlarda bu nazariya orqali
qiziqarli tadqiqotlar olib borilganligi aniqlandi (Wise K., Alhabash S., Park H., 2010).

Salovey va Rodinlarning tadqiqotlarida aniqlanishicha, shaxsning noadekvat
taqqoslashi undagi shaxsiy farovonlikni kamayishiga va aksincha, adekvat taqqoslash
esa uning ortishiga olib kelishi aniqlangan (Salovey P., Rodin J., 1989).

Xagertning tadqiqotlari ijtimoiy taqqoslash nazariyasini iqtisodiy sohalardagi
muammolarni tadqiq etishda foydalanilgan. U jamiyatning maksimal daromadga ega
odamlar guruhi va yuqori daromadga ega odamlar guruhini tadqiq etganida, yuqori
daromadga ega odamlar kamroq pulga ega bo‘lganliklari uchun o‘zlarini baxtsiz his
qilishlarini tajribalar orqali aniqlagan (Tai K., Narayanan J., McAllister D., 2012).

Tadqiqotimizda Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari,
talabalari va magistrlari jalb etildi.

Psixologiya fanida shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashda bir
qancha metod va metodikalardan foydalaniladi. Shaxsning aqliy faoliyatini, hissiyemotsional sohasini, xarakter xususiyatlarini, kasbiy qiziqish, layoqatlar va boshqa
sifatlar turli xil ilmiy-amaliy metodikalar orqali tadqiq etiladi. Psixologik ilmiy
tadqiqotlarni mana shunday metodikalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Psixologik ilmiy
metodikalarni to‘g‘ri tanlay olish ilmiy tadqiqotni samarali o‘tkazishni kafolatlaydi.

Hasad shaxs ijtimoiy hayotining ajralmas bir bo‘lagi va shaxslararo
munosabatlarning kuchli boshqaruvchisi hisoblanadi. Shunga qaramay, zamonaviy
jamiyatda keng tarqalgan hasad ijtimoiy-psixologik fenomenini diagnostika qilish
biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Buni bir nechta sabablar bilan izohlash mumkin.
Shularning asosiy uchtasi quyida berilgan:

Birinchidan, hasad ijtimoiy-psixologik fenomeniga yagona yondoshuvning
yetishmasligi. Ba’zi tadqiqotchilar hasadning destruktiv xarakterini asosiy deb
ta’kidlab, lekin uning konstruktiv jihatlarini ham aniqlashi (V. Gusova, S. Zubarev, A.
Prokofyev, Y. Sokolova); Ba’zi tadqiqotchilar ishlarida, hasadning undovchi
funksiyasi inkor etilib, uni nafaqat shaxs balki o‘zgalar hayotini buzuvchi va o‘zinio‘zi rivojlantirishga xalaqit beruvchi to‘siq, deya izohlashi (Y. Zoltuxina-Abolits, V.
Labunskaya, K. Muzdibayev, R. Shampionov) fikrimizga isbot bo‘la oladi;

Ikkinchidan, har bir shaxs umri davomida albatta hasad hissini tuyganlik ehtimoli
yuqori bo‘lsa-da, buni o‘zlarida mavjud ekanligini tan olishga uyalish (odob-axloq
me’yorlari nuqtai nazaridan hasadgo‘ylik yomon illat); Diniy ta’limot asoslarida ham
hasadni salbiy oqibatlarga olib keluvchi gunoh deb qaralishi, insoniyat ongida buni

yoqimsiz his, deb qabul qilinishiga asos bo‘ladi. Bu shaxsda o‘z- o‘zidan hasad
mavjudligini inkor etishga, yashirishga sabab bo‘ladi (Ильин Е., 2014).

Uchinchidan, hozirgi kunda shaxsning hasadga moyilligini aniqlashga xizmat
qiluvchi metodik usullarning chegaralanganligi.

Tadqiqot davomida havas va hasadga moyillikni aniqlashga yordam beruvchi
Y..Ilinning “Hasad so‘rovnomasi” dan foydalandik. Bu metodikaning hasadni
aniqlovchi boshqa metodikalardan farqli jihati shundan iboratki, bunda respondentlar
orasida faqatgina hasad hissining ko‘rsatkichini aniqlab beradi. Y. Ilin metodikani asl
variantidan 24 savolga qisqargan shaklga olib kelgan. Tadqiqot davomida Y. Ilin
tomonidan taklif etilgan variantdan foydalandik. Respondentlar savollarga “ha” yoki
“yo‘q” ko‘rinishida javob beradilar. Respondentlar tomonidan yig‘ilgan ballar
umumlashtirilib, hisoblanadi. 0-6 ballarni qo‘lga kiritgan respondentlarda hasadning
quyi darajasi mavjud. 7-12 ballarni yig‘gan respondentlar o‘rta darajadagi hasadga
moyillik ko‘rsatkichiga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. 13-18 ball to‘plagan respondentlar
yuqori darajadagi hasad sohiblaridir. 19-24 ballni to‘plagan respondentlarda hasadning
juda yuqori darajasi mavjud ekanligi aniqlandi. Tadqiqot davomida bu metodikadan
foydalanishdagi afzalliklarni e’tirof etish joiz. Sababi, metodika savollari qulay,
tushunarli, aniq tuzilganligi respondentlar orasida uni belgilashda hech qanday
qiyinchilik tug‘dirmadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Hasad va havas yonma-yon yuruvchi, konstruktiv va destruktiv hislardan biri
hisoblanadi. Bu his odamzodni azaldan o‘ylantirib kelgan. Buni muammo sifatida
tadqiq etish zamonaviy psixologiyada ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Xorijlik
tadqiqotchilarning izlanishlarida hasad muammosiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni
uchratishimiz mumkin. Aslida ko‘pgina psixologik-diagnostik metodikalar ham aynan
hasad hissini tadqiq etishga mo‘ljallangan. Bu hasad hissi havasdan ko‘ra, odamlarga
og‘riqli va qiziqarlidir, degan xulosani beradi. Biz eksperimental tadqiqot davomida
nafaqat hasad hissining ichki strukturasini ochib berishga harakat qildik, balki havas
hissini ham sifat tahlilini amalga oshirdik.
Hasad hissini dinamik xususiyatga ega ekanligini ilgarigi tadqiqotlarimizda
eksperimental yo‘l bilan aniqlaganmiz. Ilgarigi izlanishlarimizda o‘spirinlik, ilk
o‘spirinlik va ilk yetuklik davrlari orasida hasad hissini namoyon bo‘lishidagi yosh
farqlarini “Hasad so‘rovnomalari” metodikasi orqali aniqladik.
Bu tadqiqotimizda xuddi shu metodikani keyingi davrlarda namoyon bo‘lishini
aniqlashni o‘z oldimizga vazifa etib belgiladik. Lekin guruhlarga ajratishda yosh nuqtai
nazari bilan emas, aksincha ijtimoiylashuv davrlari yuzasidan belgiladik. Tadqiqot
davomida respondentlarni ijtimoiylashuv davrlari yuzasidan talabalik davri

sinaluvchilari, magistrlik davri sinaluvchilari, yosh pedagoglar (10 yilgacha), tajribali
pedagoglar (10 yildan ortiq) ishlagan shaxslar guruhiga ajratdik. Tadqiqot davomida
ularda Y. Ilinning “Hasad so‘rovnomasi” metodikasini o‘tkazdik. Tadqiqotni Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari va professoro‘qituvchilarida olib bordik.

1 -jadval
Turli ijtimoiylashuv davrlarida hasadning namoyon bo‘lishidagi tafovut ko‘rsatkichlari

(student t-mezoni bo‘yicha)

Sinaluvchilar guruhlari

Statistik
Kórsatkichlar
Talabalik davri
sinaluvchilari
(n = 360)
Magistrlik davri
sinaluvchilari
(n = 50)
Magistrlik davri
sinaluvchilari
(n = 50)
Yosh pedagoglar
(10 yilgacha)
(n = 65)
Yosh pedagoglar
(10 yilgacha)
(n = 65)
Tajribali pedagoglar
(10 yildan ortiq)
(n = 45)

M 5,3 5,7 5,7 8,02 8,02 8,5

t 2,22 -2,43 2,12

p 0,05 0,05 0,05

Tadqiqot jarayonida bizda ahamiyatli va ahamiyatsiz natijalar hosil bo‘ldi.
Quyidagi jadvalda ularning natijalari berilgan. Tadqiqot mobaynida “Hasad”
so‘rovnomasidan foydalandik. Olingan natijalarni yuqoridagi jadvalda
umumlashtirildi. “Hasad” so‘rovnomasi bo‘yicha talabalarning o‘rta arifmetik qiymati
5,3 ga teng ekanligi ko‘rinib turibdi. Magistratura bosqichi talabalarida bu ko‘rsatkich
5,7 ga teng (t= 2,22; r≤0,05). 10 yilgacha ishlagan professor-o‘qituvchilarda esa, 8,02
ga teng (t= -2,43; (r≤0,05). 10 yildan ortiq ishlagan professor-o‘qituvchilarda esa, 8,05
ga teng (t= 2,12 (r≤0,05).

Quyidagi jadvalda ko‘rinib turganidek, hasad dinamik xususiyatga ega. Aslida,
avvalgi tadqiqotlarimizda ham hasad hissining dinamik xususiyatini o‘smirlik davridan
boshlab, to yetuklik davrigacha kechish jarayonini aniqlagan edik. Bu safargi
tadqiqotimizda ana shu boshlagan ishimiz qolgan yosh davrlarida davom etib,
hasadning dinamik xususiyati haqida umumiy xulosaga keldik. Tadqiqot davomida biz
metodikani to‘rtta davr respondentlarida olib bordik. Ularning yosh xususiyatlaridagi

farqlari, bu davrda o‘ziga xos qadriyatlar tizimi, orzu va armon tushunchasiga
yondoshuvning turliligi buning sababi bo‘ladi. Yoshning kattarishi va quvvatning
kamayishi shaxsni atrofdagi orzu qilgan narsalarga yetishish istagi va imkoniyatni ham
chegaralanishiga olib keladi.

Bundan tashqari, respondentlarni guruhlarga ajratishda ularning ijtimoiylashuv
davrlari yuzasidan ajratib oldik. Tadqiqot mavzuyimiz ijtimoiy psixologiyaning
muammolaridan biri bo‘lganligi sababli, bu psixologik hodisani sotsiologik jihatdan
tahlilini amalga oshiramiz. Bizga ma’lum shaxs ijtimoiylashuv bosqichlarini bosib
o‘tgani sari, unda turli ijtimoiy guruhlarga mansublik tajribasi va odamlar bilan
muloqot orqali munosabatlarga kirishish imkoniyati ortib boradi. Birinchidan, bu
jarayonda shaxsda o‘zini boshqalar bilan identifikatsiya qilish natijasida ijtimoiy
taqqoslash hodisasi sodir bo‘ladi. Bu hodisa ijtimoiy bilish obyekti (odamlar va
odamlar guruhlari) orasida muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Shaxs o‘zini o‘zgalar
bilan taqqoslash jarayoni turli bosqichda amalga oshirilishiga qarab shaxsda hasad va
havas darajasi ham sodir bo‘ladi. Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida
qadriyatlar tizimidagi qayta tuzilish bosqichidagi o‘zgarishlar ham shaxsda hasadning
ortishiga olib keladi.

Hasad odamzodga xos umuminsoniy kategoriya, faqat uni kimdir oshkora tan
oladi, kimdir uni yashirishga harakat qiladi. Qadimda hasadgo‘ylik o‘lim jazosi
tayinlanadigan yettita gunohning biri sifatida belgilangan. Diniy manbalarda, jumladan
Qur’on va hadislarda, Sharq va Gʻarb mutafakkirlari asarlarida hasad salbiy illat
sifatida qoralangan, havas shaxs faoliyatini harakatga keltiruvchi kuch sifatida e’tirof
etilgan. Shunday qilib, hasadni uch darajada namoyon bo‘ladigan fenomen sifatida
ko‘rib chiqish mumkin: ong darajasida – o‘zining quyi holatdagi darajasini anglash,
hissiy kechinma darajasida bunday holatdan darg‘azab bo‘lish va alam qilish, real xulqatvor darajasida hasad predmetini yo‘qotish, buzishda namoyon bo‘ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Hasad insoniyat paydo bo‘lgan davrlardan to hozirgi kungacha mavjud bo‘lgan
illat hisoblanadi. Hasad hissini umrida bir marotaba his qilmagan inson yo‘q. Shuning
uchun ham olimlar bu muammoni o‘rganishga doim qiziqish bildirgan. Biz tadqiqot
yordamida hasadgo‘ylik xususiyatni milliy muhitda shakllanishini kuzatdik. Haqiqatda
ham xorij olimlarining tadqiqotlarida farq qiluvchi natijalarni qabul qildik. Bizning
tadqiqotimizda respondentlarimizda hasad-dushmanlik turidan hasad-ma’yuslik turi
ko‘proq rivojlanganligini aniqladik. Bu mental xususiyatga, tarbiyaga bog‘liq degan
xulosaga keldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ильин, Е. (2014) Психoлoгия зависти, враждебнoсти и тщеславия. – СПб.:
Питер.
2. Hamman, J. (2015) The Memory of Feeling: Envy and Happiness // Pastoral
Psychology. № 64. - P. 437–452.
3. Salovey, P., Rodin, J. (1989) Envy and jealousy in close relationships Review
of Person-ally and Social Psychology. V. 10. - Р. 228-246.
4. Silver, M., Sabini, J. (1986) The social construction of envy // Journal of the
Theory of Social Behavior. N. 8, - Р. 45-59.
5. Smith, R. (2008) Envy: Theory and research. – New York: Oxford University
Press.
6. Tai, K., Narayanan, J., McAllister, D. (2012) Envy as Pain: Rethinking the
Nature of Envy and its Implications for Employees and Organizations. // The Academy
of Management Review (AMR), - Р. 114-123.
7. Ven N. van de. Zeelenberg M., Pieters, R. (2009) Leveling up and down: the
experiences of benign and malicious envy Emotion. V. 9 (3).
8. Van de Ven N., Hoogland C.E., Smith R. H., Van Dijk W.W., Breugelmans
S.M., Zeelenberg M. (2009) When envy leads to schadenfreude // Cognition and
Emotion. № 29 (6). - P. 1007-1025.
9. Wise K., Alhabash S., Park H. (2010) Emotional responses during social
information seeking on Facebook // Cyberpsychology, Behavior, and Social
Networking.
10. Jumabekov Ziyovuddin. (2024) Turli yoshdagi farzandlarda hasad hissi
namoyon bo‘lishi: diniy va falsafiy qarashlar. Journal of Science-Innovative Research
in Uzbekistan, 2(11), 356–363.

REFERENCES:
1. Ilin, E. (2014) Psixologiya zavisti, vrajdebnosti i tsheslaviya. – SPb.: Piter. (In
Russian)
2. Hamman, J. (2015) The Memory of Feeling: Envy and Happiness // Pastoral
Psychology. № 64. - P. 437–452.
3. Salovey, P., Rodin, J. (1989) Envy and jealousy in close relationships Review
of Person-ally and Social Psychology. V. 10. - R. 228-246.
4. Silver, M., Sabini, J. (1986) The social construction of envy // Journal of the
Theory of Social Behavior. N. 8, - R. 45-59.
5. Smith, R. (2008) Envy: Theory and research. ¬– New York: Oxford University
Press.

6. Tai, K., Narayanan, J., McAllister, D. (2012) Envy as Pain: Rethinking the
Nature of Envy and its Implications for Employees and Organizations. // The Academy
of Management Review (AMR), - R. 114-123.

7. Ven N. van de. Zeelenberg M., Pieters, R. (2009) Leveling up and down: the
experiences of benign and malicious envy Emotion. V. 9 (3).

8. Van de Ven N., Hoogland C.E., Smith R. H., Van Dijk W.W., Breugelmans
S.M., Zeelenberg M. (2009) When envy leads to schadenfreude // Cognition and
Emotion. № 29 (6). - P. 1007-1025.

9. Wise K., Alhabash S., Park H. (2010) Emotional responses during social
information seeking on Facebook // Cyberpsychology, Behavior, and Social
Networking.

10. Jumabekov Ziyovuddin. (2024) Turli yoshdagi farzandlarda hasad hissi
namoyon bo‘lishi: diniy va falsafiy qarashlar. Journal of Science-Innovative Research
in Uzbekistan, 2(11), 356–363. (In Uzbek)