ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ekoterapiya va ekopsixologiyaning inson ruhiy salomatligidagi o‘rni

Shomurotova Nigoraxon Nabijonovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

EKOTERAPIYA VA EKOPSIXOLOGIYANING INSON RUHIY
SALOMATLIGIDAGI О‘RNI

THE ROLE OF ECOTHERAPY AND ECOPSYCHOLOGY IN HUMAN
MENTAL HEALTH

РОЛЬ ЭКОТЕРАПИИ И ЭКОПСИХОЛОГИИ В ПСИХИЧЕСКОМ
ЗДОРОВЬЕ ЧЕЛОВЕКА

Shomurotova Nigoraxon Nabijonovna
University of business and science universiteti

professori v.b., psixologiya fanlari nomzodi
Tel.: +998 97 714-06-38

e-mail: nigora_sh_n@mail.ru

Annotatsiya. Mazkur maqolada inson ruhiy salomatligini ta’minlanishida tabiat
va ekologiyaning ahamiyati, inson sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda
ekopsixologiya va ekoterapiyaning o‘rni xususidagi ilmiy to‘xtamlar va fikrlar bayon
qilingan. Ekopsixologiya sohasi orqali inson ruhiyati bilan birgalikda ekologik ongini,
ekologik madaniyatini ham shakllantirishdagi amaliy jihatlariga ham to‘xtalingan.
So‘nggi yillardagi insonlarda kuzatiladigan turli bedavo dardlarni asosida ruhiy
taranglik va tabiatdan oladigan quvvat, zavq va o‘zaro aloqadorlikni yo‘qolganligi
ta’siri turganligi qayd etilmoqda. Aslida inson ham tabiatni eng faol bir bo‘lagi sifatida
uni yashash tarzi, salomatligi, hayotiyligi, ijodkorligi tabiatdagi barcha ne’matlar bilan
uyg‘unlashgan. Inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni buzilishi esa ichki norozilik
kayfiyatini, o‘zidan qoniqmaslik va demotivatsiya holatini yuzaga keltiradi.

Kalit so‘zlar: ekoterapiya, ekopsixologiya, inson, ruhiyat, salomatlik, ruhiy
quvvat, terapiya.

Annotation. This article describes the importance of nature and ecology in the
provision of human mental health, the role of ecopsychology and ecotherapy in the
formation of a healthy human lifestyle. Through the field of ecopsychology, the
practical aspects of forming ecological consciousness and ecological culture together
with the human psyche were also discussed. It is noted that on the basis of various
unnecessary pains observed in people in recent years, there is an effect of mental
tension and the loss of energy, pleasure and reciprocity from nature. In fact, man, as
the most active part of nature, combines his lifestyle, health, vitality, and creativity
with all the blessings of nature. Disturbance of the balance between man and nature
creates a mood of internal dissatisfaction, self-satisfaction and demotivation.

Keywords: ecotherapy, ecopsychology, human, psyche, health, mental strength,
therapy.

Аннотация. В данной статье описано значение природы и экологии в
обеспечении психического здоровья человека, роль экопсихологии и экотерапии
в формировании здорового образа жизни человека. В рамках экопсихологии
обсуждались и практические аспекты формирования экологического сознания и
экологической культуры вместе с психикой человека. Отмечается, что на почве
различных ненужных болей, наблюдаемых у людей в последние годы, возникает
эффект психического напряжения и потери энергии, удовольствия и взаимности
со стороны природы. В действительности человек, как наиболее активная часть
природы, сочетает свой образ жизни, здоровье, жизненную силу и творчество со
всеми благами природы. Нарушение баланса между человеком и природой
создает настроение внутренней неудовлетворенности, недовольства собой и
демотивации.

Ключевые слова: экотерапия, экопсихология, человек, психика, здоровье,
душевные силы, терапия.

KIRISH
Inson va tabiat o‘zaro uyg‘unligi, bir-birini to‘ldirishi va rivojlanishidagi
aloqadorlikni uzluksiz ravishda kuzatish mumkin. Insondagi ruhiy quvvat, salomatlik,
yaratuvchanlik tabiatdagi barcha ne’matlardan olinadi. Shu bois inson psixikasidagi
muammolar, kasalliklar ham tabiat orqali hal etiladi. Bu muammo ilmiy izlanishlar,
tahliliy o‘rganishlar va tajribaviy kuzatishlarda o‘z isbotini topgan.
Ekoterapiya "eko" (tabiat) va "terapiya" (davo) so‘zlaridan olingan bo‘lib,
tabiatning mental, emotsional va biologik ta’sirini ta’minlashga qaratilgan terapevtik
yondashuvni ifodalaydi. Ekoterapiyaning maqsadi insonning tabiat bilan yaxshi
munosabatda bo‘lishini ta’minlash, mental va emotsional stressni kamaytirish va
umumiy xotirjamlikni ta’minlash. Ekopsixologiya o‘z qamroviga - ekoterapiya va
salomatlik ekologiyasini mujassamlashtirgan bo‘lib, bu - aqliy rivojlanish jarayonini,
hayotning turli bosqichlarida shaxsning tuzilishi va dinamikasini, terapiya
maqsadlarini, mezonlarini tushunishga oid uslubiy xarakterdagi fundamental
tushunchalar, bilimlarni ifodalaydi. So‘nggi yillarda psixologik va psixoterapevtik
adabiyotlarda aqliy me’yorlar, insonning atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarining
tabiati va shakllari, terapevtik munosabatlar va terapevtik muhitni yaratish masalalari
faolroq muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023-yildagi PQ-196-sonli
“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish
xizmatini takomillashtirish, ruhiy holat buzilishlarini erta aniqlash, ularga tashxis
qo‘yish, ruhiy holati buzilgan shaxslarni davolash sifatini oshirish, sohada samarali

boshqaruv tizimini joriy etish, ilm-fanni rivojlantirish, kadrlar salohiyatini yuksaltirish
masalalari ustuvor vazifalar sifatida keltirilgan.

Dunyo bo‘yicha insoniyat ruhiy salomatligini saqlash masalasi dolzarb ahamiyat
kasb etib bormoqda bu muammoni o‘rganishga qaratilgan O‘zbekistonda aholi
salomatligi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2024−2028-yillarga mo‘ljallangan Milliy
harakatlar rejasini ishlab chiqilishi fikrimiz dalilidir. Bu haqda joriy yilning 18−19-
sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan siyosiy muloqot vaqtida aytib o‘tildi. Rejani
Xalqaro sog‘liqni saqlash qoidalarini bajarishga mas’ul barcha vazirlik va idoralarning
koordinatorlaridan tuzilgan ishchi guruh ishlab chiqqan. Mazkur loyihaga Texnik
yordam Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan, moliyaviy yordam esa
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tomonidan amalga oshirildi. Demak,
so‘nggi yillarda bu masalaga dunyo hamjamiyati doirasida e’tibor qaratilayotgani
xalqaro miqyosda o‘rganilishini, amaliy yechimlarini kutayotgan muammolar sifatida
ahamiyat kasb etishini anglatadi. Salomatlikni tiklash jarayonining avvalida esa uni
ruhiy salomatligi, barqarorligi va uni himoyalash masalalari turadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Rus olimi V.A. Yasvinning ta’kidlashicha ekopsixologiya va zamonaviy
psixologiya, falsafa va antropologiyaning boshqa ba’zi yo‘nalishlari antropotsentrik
ekologik ong modelini to‘ldiradigan ekotsentrik ekologik ong modelini qurish asosida
inson munosabatlarini tabiiy dunyo bilan uyg‘unlashtirishga imkon beradigan muqobil
aqliy faoliyat tushunchalarini taklif qiladi. (Ясвин В., 2000: 86).
A. Braunning fikricha, “Ekopsixologiyaning rivojlanishi ruhiy salomatlik
haqidagi g‘oyalarni qayta ko‘rib chiqishga yordam beradi, bu esa insonning tabiiy
muhit bilan aloqasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib chiqadi. Ruhiy salomatlik
konsepsiyasini uning ekologik kontekstidan ajratilgan holda ko‘rib chiqishning davom
etayotgan amaliyoti insoniyatning o‘ziga xos o‘zini o‘zi yo‘q qiladigan ko‘rligini aks
ettiradi". Ontogenez jarayonida tabiat bilan munosabatlarning roli ba’zi rus va xorijiy
olimlar asarlarida to‘liq ko‘rib chiqilgan (Brown A., 2014: 14).
Ushbu mualliflar tabiat kategoriyasi va subyektning tabiiy dunyo bilan
munosabati tabiatga munosabatga ahamiyatsiz rol o‘ynaydigan ko‘pgina an’anaviy
psixologik tushunchalardan farqli o‘laroq, shaxs tushunchalarida markaziy o‘rinlardan
birini egallashi kerakligini tan oladilar. Insonning tabiiy dunyo bilan ijobiy hissiy
aloqalari tabiatga bo‘lgan munosabatning qiymat-semantik va xulq-atvor
komponentlari ekopsixologlar tomonidan aqliy va jismoniy salomatlikning eng muhim
sharti sifatida ko‘rib chiqiladi.

Ruhiy buzilishning eng keng tarqalgan ko‘rinishi stressdir. Amerikalik fiziolog
Valter Kannon stressni universal omon qolish reaksiyasi deb ta’riflagan, olimning
fikricha stress har doim ham inson uchun yomon va zararli emas.

Stressning uch bosqichi mavjud: mobilizatsiya, qarama-qarshilik va charchoq.
Odatda, birinchi ikki bosqich odamga jiddiy muammolarni keltirib chiqarmaydi, lekin
uchinchisi nafaqat psixikada, balki somatikada ham xavfli buzilishlarga sabab bo‘lishi
mumkin.

Psixologiya fanlari nomzodi R. Ismailovaning ta’kidlashicha ruhiy salomatlik bu
psixologik va ijtimoiy farovonlik holati bo‘lib, unda inson o‘z imkoniyatlarini anglab
etadi, hayotdagi qiyinchiliklar va stresslarga samarali qarshi turadi, samarali, ongli
faoliyat olib boradi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Insonlardagi yuzaga keladigan kasalliklarning ekobiopsixosotsiogenezi yoki
shaxsning psixologik muammolari konsepsiyasiga kо‘ra, bu patogenez va salomatlikni
saqlashda uchta asosiy omillar guruhini - ekologik, biologik, psixologik va ijtimoiy
omillarni hisobga olish muhim hisoblanadi. Bunda psixologiyaning klassik
metodlaridan ijtimoiy sо‘rovnomalar, suhbat metodi orqali kasalliklarning ruhiy
muammolar bilan aloqadorligi aniqlanib psixoterapiya dasturlari, ijtimoiy psixologik
treninglar jarayonida yechim topiladi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ekopsixologiya insonning tabiat bilan munosabatlari tizimining eng muhim
elementlaridan biri deb biladi. Bu munosabatlar, boshqa muhim munosabatlar bilan bir
qatorda, insonni aqliy rivojlanishning turli bosqichlarida tavsiflaydi va uning o‘ziga
xos imijiga, o‘ziga bo‘lgan munosabatiga sezilarli ta’sir qiladi.
Ekoterapiya amaliy psixologiyaning yangi usullaridan biridir. Bu usul
psixologiya, ekologiya, geoekologiya va ekopsixologiya chorrahasida tug‘ilgan.
Bularning barchasi inson, tabiat va ularning o‘zaro ta’siri haqidagi fanlardir.
Ekoterapiyada tabiat tanani bo‘shashtiradi, ko‘proq ochiq muloqotni rag‘batlantiradi,
tashvishlarni kamaytiradi, qon aylanishidan gormonal tizimga qadar tanadagi ko‘plab
jarayonlarni yaxshilaydi. Bu muolajada idrokning barcha darajalari ishtirok etadi.
Ekoterapiya ma’naviy va biologik sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda tabiat
bilan bog‘liqlikning pozitiv ta’sirini his qilish va qabul qilishdir. Ekoterapiyaning ta’sir
qiladigan usullari tabiat bilan birgalikda uyg‘unlashish, munosabatni yaratish va
tabiatning kuchini his qilish bilan bog‘liq. Bu usullar yoshlar, kattalar, yoki guruhlar
bilan amaliy tajriba va suhbatlar orqali ishlanadi.
Ekoterapiyaning ba’zi aspektlari:

Tabiatda harakatlanuvchi samaradorlik: tabiatda harakatlanuvchi faoliyatlar
o‘tkazish orqali jismoniy sog‘lomlashishga olib keladi (Tojiboyeva S., 2018).

Tabiatdan loyihalar yaratish: tabiat obyektlaridan, uning imkoniyatlaridan
bahramand bo‘lgan holda aqliy rivojlanishni oshirish va yangi g‘oyalarga ega bo‘lish.

Tabiatda ishlash va meditatsiya: Tabiatda ishlash, toza havoning sofligi va tabiat
manzaralari orasida meditatsiya va ruhiy quvvatlanish.

Tabiatning sifatli mahsulotlari bilan ishlash: oilada sog‘lom ovqatlanish va tabiat
ne’matlaridan bahramand bo‘lish (Tojiboyeva S., 2018).

Tabiat bilan yashovchanlikni tarbiyalash: tabiatdagi muloqot va birgalikdagi
faoliyatlar orqali yashovchanlikni tarbiyalash va motivatsion faollikni oshirish.

Atrof-muhit psixologiyasi - bu bir qancha psixologiya maktablarining
yondashuvlariga asoslangan va atrof-muhitning psixologik xususiyatlarini, uning inson
xatti-harakati va idrokiga ta’sirini, inson va tabiat muhitining sayyoramizning ekologik
holatiga ta’sirini o‘rganadigan fan bo‘lib, unda tabiiy muhitning shaxsning ekologik
ongiga ta’siri tushuntiriladi. Atrof-muhit psixologiyasi ijtimoiy fanlardan ko‘ra
ko‘proq tabiiy fan hisoblanadi. Ushbu yondashuv dunyoning barqaror rivojlanish
konsepsiyasini yaratishga qaratilgan.

Ekoterapiya - bu tabiat yordamida psixoterapiya yoki tabiat terapiyasi. Klassik
terapiyadan farqli o‘laroq, bunday ish qoida tariqasida, ochiq havoda amalga oshiriladi:
o‘rmonda, tog‘larda, dalalarda yoki ko‘llar va daryolar qirg‘og‘ida bu erda odam
hayratlanarli manzara va ko‘plab tabiiy imkoniyatlar orqali ruhiy energiyani qo‘lga
kiritadi. Bu tabiatga tematik sayohatlar ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin: psixolog
bilan individual yoki guruhda birgalikda. Masalan, "O‘z kuchingizni izlashda" -
yurishning vazifasi mazmunini topish va ichki kuchingiz tajribasi bilan bog‘lanish
terapiyasi shular jumlasidandir.

Psixolog tabiatning yordami bilan mijozga har qanday qiyin hayotiy muammo
yoki vazifani hal qilishda yordam berishi mumkin. Bunday holda, odam ramziy
ma’noda "o‘rmondan va tabiat kuchlaridan yordam so‘rashi" mumkin - daraxtlarning
shovqini va suvning chayqalishini, qushlarning qo‘shiqlarini tinglashi va shu
tovushlarda o‘z savoliga javob olishi mumkin.

Bunda tasavvuf yo‘q, shunchaki tabiat bilan aloqa o‘zimiz bilan, ruhiyatimiz va
ruhimizning chuqur darajalari bilan bog‘lanishimizga va natijada bizni qiziqtirgan
savolga javob topishga yordam beradi.

Ekoterapiyaning imkoniyatlari haqiqatan ham juda katta. U og‘ir hayot sharoitida
sog‘lom odamlarga ham, turli xil psixiatrik va tibbiy tashxislarga ega bo‘lgan
odamlarga ham yordam berishi mumkin. Yevropa va Amerikada ekoterapiya oddiy
psixologik markazlarda ham, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida ham ellik

yildan ortiq vaqt davomida faol qo‘llanilmoqda, chunki tabiat juda kuchli, u har qanday
odamga yordam bera oladi.

Ekoterapiya samaradorligining siri shundaki, u tanaga o‘zining tabiiy ritmini
tiklashga va miyaga hissiy stressdan xalos bo‘lishga imkon beradi; toza havoda atigi
besh daqiqa va miyamiz faktlarni xotirada va o‘zini o‘zi boshqarishda yaxshiroq saqlay
boshlashi ortadi. Natijada, psixo-emotsional soha tiklanadi, shaxslararo muloqot va
ijobiy kayfiyat kuchayadi.

Psixologik tomondan, ekoterapiya quyidagi maktablarga asoslanadi: Yung tahlili,
art terapiya, ertak terapiyasi, protsessual va transpersonal psixologiya. Bundan
tashqari, ekoterapiya Gestalt va psixodramaga yaqin. Bundan tashqari, ekoterapiya
ko‘pincha urf-odatlar, metaforalar va jarayonlarni zamonaviy insonga qaraganda
tabiatga yaqinroq bo‘lgan mahalliy xalqlardan oladi.

Ekoterapiya usullari:
- bog‘ terapiyasi - tabiat bilan o‘zaro ta’sir qilish orqali terapiya (yovvoyi terapiya,
landshaft terapiyasi, bog‘dorchilik ekoterapiyasi - o‘simliklar, yer, o‘sadigan
materiallar);
- hayvonlar terapiyasi - hayvonlar bilan o‘zaro terapiya (kanistoterapiya -
reabilitatsiya va itlar bilan davolash; ippoterapiya - otlar ishtirokida; delfin terapiyasi -
delfinlar ishtirokida; mushuk terapiyasi - mushuklardan foydalanish; ornitoterapiya -
qushlardan foydalanish); baliq va boshqa hayvonlardan foydalanish);
- tabiiy izoterapiya - tabiiy obyektlardan foydalangan holda vizual faoliyat;
- moddiy terapiya - turli xil tabiiy materiallardan foydalanish (qum, loy, somon,
yog‘och va boshqalar - qayta ishlash, modellashtirish, to‘qish, qurish, tabiiy
materiallardan ishlab chiqarish).
Ekoterapiya darslari seanslari quyidagi holatlarda samarali yordam beradi:
- depressiyani boshdan kechirish;
- stressni kamaytirish;
- charchoqni yengish va dam olishni o‘rganish;
- aqliy muvozanatni tiklash;
- hayotda o‘z o‘rningizni toping va uning ranglarini qaytaring;
- tabiiy muhitga murojaat qilish va tabiiy energiyani rag‘batlantirish orqali kuchli
tomonlaringiz haqida ko‘proq bilib oling;
- tabiiy faoliyat va hayotingiz o‘rtasidagi munosabatni aks ettirgan holda,
o‘zingizga, boshqalarga va hayotingizga munosabatingizni tushunishingizni
chuqurlashtirish;
- tinch, xavfsiz va hurmatli muhitda fikr almashish orqali yangi tushuncha va
ko‘nikmalarni o‘rganish;
- yangi tajriba va resurslarni kundalik hayotda mavjud bo‘lishi uchun ulang.

Ekoterapiyaga tez-tez murojaat qilib turadigan ruhiy muammolar:
- xavotirni kamaytirish;
- yolg‘izlikni kamaytirish;
- kayfiyatni yaxshilash;
- hayotiylik darajasini oshirish;
- asabiylashishga qarshi kurashda yordam berish;
- o‘ziga, boshqa odamlarga va tabiatga ishonch, ishonch va hurmatni
rivojlantirish; mustaqillik va ijodkorlik; muloqot qobiliyatlarini takomillashtirish;
psixologik, axloqiy va ma’naviy salomatlik.
Ekoterapiya quyidagi odamlar uchun javob beradi:
- ochiq havoda bo‘lishni yaxshi ko‘radi;
- tabiatga qiziqish;
- o‘zini yanada xotirjam, ishonchli va aniq his qilishni o‘rganishni xohlaydi;
- o‘ziga yoki boshqalarga ishonch va ishonchni rivojlantirish kerak;
- o‘zining tabiiy intuitsiyasini rivojlantirishni, qalbini va instinktlarini tinglashni
xohlaydi;
- amalda o‘rganishni afzal ko‘radi;
- atrof-muhit masalalariga qiziqish.
Tabiat haqida mulohaza yuritish, tabiat, landshaft, o‘simlik va hayvonot
dunyosiga intilish muhim ahamiyatga ega. Yurish paytida odam o‘zini tabiatga
butunlay "ko‘mishi", kundalik muammolardan mahrum bo‘lishi va o‘z his-tuyg‘ulariga
e’tiborini qaratishi, o‘rmonning go‘zalligi va kuchini ko‘rishi, qushlarning
qo‘shiqlarini eshitishi, qarag‘ay ignalari yoki chirigan barglarning hididan chuqur
nafas olishi, qo‘llarini tegizishi kerak. Shunda u tabiat energiyasi bilan ruhiyatini
to‘ldiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Demak, ekoterapiya amaliy psixologiyaning eng yosh va rivojlanayotgan
usullaridan biridir. Bu usul psixologiya, ekologiya, geoekologiya va
ekopsixologiyaning kesishgan joyida tug‘ilgan. Bularning barchasi inson, tabiat va
ularning о‘zaro ta’siri haqidagi fanlardir. Shu bilan birgalikda insonlarni dard va
og‘riqlardan, ruhiy azoblanish, hayotiy maqsadlarni, yashovchanlikni yо‘qotib
qо‘yish, о‘z-о‘zini tinglay olmaslik kabi ruhiy-ijtimoiy muammolardan samarali xalos
qiluvchi eng kuchli muolaja, davo qiluvchi vositadir. Uni qо‘llay olishda ilm, tajriba
о‘z hayotini о‘zgartirish xohishini muntazam rivojlantirib borilishi, ekologik ong,
tafakkurni rivojlantirish muhim sanaladi. Ruhiy salomatlikka erishish uchun ratsional
fikrlang va hayotingizni psixologik tartibga solish texnologiyalarini о‘zlashtiring.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023-yil
PQ-196-sonli qarori.
2. Abu Ali ibn Sino. (1996) Tib qonunlari. I jildlik saylanma. / Tuzuvchilar: U.
Karimov, X. Xikmatullayev. – Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot
nashriyoti. – 542 b.
3. Brown A. (2014) Art and ecology now. – London: Thames & Hudson.
4. Tojiboyeva S. X. (2018) Biologiya darslarida Abu Ali ibn Sinoning tabiat va
inson salomatligiga oid qarashlaridan foydalanish usullari // Zamonaviy ta’lim, 12. –
B. 42-47.
5. Ясвин В.А. (2000) Психология отношения к природе. – Москва: Смысл.
6. Kristina Ševčuk. (2017) Nature therapy as health improving technology in the
educational process of primary school. Studia Gdańskie. Wizje i rzeczywistość, t. XIV
(ISSN 1731-8440, e-ISSN 2544-1426)
7. Jordan, M. (2019). Ecotherapy: Healing with nature in mind. – New York:
Grove Press.
8. Buzzell, L., & Chalquist, C. (Eds.). (2009). Ecotherapy: Healing ourselves,
healing the planet. – San Francisco: Sierra Club Books.
9. Roszak, T., Gomes, M. E., & Kanner, A. D. (1995). Ecopsychology: Restoring
the earth, healing the mind. – San Francisco: Sierra Club Books.
10. Myers, N. (2011). The nature principle: Reconnecting with life in a virtual
age. – New York: Theseus Press.

REFERENCES:
1. “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2023-yil
PQ-196-sonli qarori. (In Uzbek)
2. Abu Ali ibn Sino. (1996) Tib qonunlari. I jildlik saylanma. / Tuzuvchilar: U.
Karimov, X. Xikmatullayev. – Toshkent: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot
nashriyoti. – 542 b. (In Uzbek)
3. Brown A. (2014) Art and ecology now. – London: Thames & Hudson.
4. Tojiboyeva S. X. (2018) Biologiya darslarida Abu Ali ibn Sinoning tabiat va
inson salomatligiga oid qarashlaridan foydalanish usullari // Zamonaviy ta’lim, 12. –
B. 42-47. (In Uzbek)
5. Yasvin V.A. (2000) Psixologiya otnosheniya k prirode. – Moskva: Smisl. (In
Uzbek)

6. Kristina Ševčuk. (2017) Nature therapy as health improving technology in the
educational process of primary school. Studia Gdańskie. Wizje i rzeczywistość, t. XIV
(ISSN 1731-8440, e-ISSN 2544-1426)

7. Jordan, M. (2019). Ecotherapy: Healing with nature in mind. – New York:
Grove Press.

8. Buzzell, L., & Chalquist, C. (Eds.). (2009). Ecotherapy: Healing ourselves,
healing the planet. – San Francisco: Sierra Club Books.

9. Roszak, T., Gomes, M. E., & Kanner, A. D. (1995). Ecopsychology: Restoring
the earth, healing the mind. – San Francisco: Sierra Club Books.

10. Myers, N. (2011). The nature principle: Reconnecting with life in a virtual
age. – New York: Theseus Press.