BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI O‘QUV-BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA
PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FEATURES OF DEVELOPING
LEARNING AND COGNITIVE ACTIVITIES OF FUTURE PRIMARY
TEACHERS
ПЕДАГОГИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ
УЧЕБНО-ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩИХ
УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Mamadiyorov Jamol Baxodirovich
Oriental universiteti
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti v.b.,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Tеl.: +998 93 005-80-99
e-mail: jamol0058099@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqola boʻlajak boshlang‘ich sinf oʻqituvchilarining
oʻquv-bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlarini
tahlil qiladi. Oliy ta’lim tizimida oʻqituvchining intellektual va ijodiy qobiliyatlarini
shakllantirish, oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasidagi samarali ijodiy muloqotni ta’minlash
zarurligi muhokama etiladi. Maqolada, oʻquv-bilish faoliyatining tushunchalari, uning
pedagogik-pedagogik-psixologik xususiyatlari, shuningdek, faoliyatni rivojlantirishda
samarali metodik yondashuvlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: oʻquv-bilish faoliyati, pedagogik xususiyatlar, psixologik
xususiyatlar, intellektual rivojlanish, ijodiy muloqot, shaxsiy-refleksiv yondashuv,
shaxsiy-motivatsion yondashuv, o‘qituvchilarning tayyorgarligi.
Annotation. This scientific article analyzes the pedagogical and psychological
characteristics of the development of educational and cognitive activity of future
primary school teachers. The need to form the intellectual and creative abilities of a
teacher in the higher education system, to ensure effective creative communication
between a student and a teacher is discussed. The article presents the concepts of
educational and cognitive activity, its pedagogical-pedagogical-psychological
characteristics, as well as effective methodological approaches to the development of
activity.
Keywords: educational and cognitive activity, pedagogical characteristics,
psychological characteristics, intellectual development, creative communication,
personal-reflexive approach, personal-motivational approach, teacher training.
Аннотация. В данной научной статье анализируются педагогикопсихологические особенности развития учебной деятельности будущих
учителей начальной школы. Обсуждается необходимость формирования
интеллектуальных и творческих способностей преподавателя в системе высшего
образования, обеспечения эффективного творческого общения студента и
преподавателя. В статье представлены понятия учебной деятельности, ее
педагогико-педагогические особенности, а также эффективные методические
подходы к развитию деятельности.
Ключевые слова: учебно-познавательная деятельность, педагогические
особенности, психологические особенности, интеллектуальное развитие,
творческое общение, личностно-рефлексивный подход, личностномотивационный подход, подготовка педагога.
KIRISH
Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv-bilish faoliyatini yanada takomillashtirish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining o‘qituvchi bilan o‘quvchining ijodiy muloqoti natijadorligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi empirik va nazariy shart-sharoitlarning iyerarxik darajasini didaktik
komponentlar bilan reproduktiv integratsiyalash masalasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ularning o‘quv-bilish faoliyatining rivojlantirishda pedagogikpsixologik xususiyatlarni hisobga olib o‘qituvchi bilan o‘quvchining ijodiy muloqoti
natijadorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlar asosida o‘qitish jarayonlarini tashkil
qilish muhim hisoblanadi.
Shu munosabat bilan «bilish faoliyati», «faoliyat», «o‘quv-bilish faoliyati» kabi
tushunchalarni va ularning pedagogik-psixologik xususiyatlarini ko‘rib chiqish zarur.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
O‘rganish metodologiyasi bo‘yicha ushbu tadqiqotda turli xil pedagogik va
psixologik metodlar qo‘llanilgan. Birinchidan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning
o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun
so‘rovnomalar o‘tkazildi. Shuningdek, nazariy tahlil usuli orqali mavjud adabiyotlar
va pedagogik tajribalar o‘rganilib, o‘qituvchilarning psixologik xususiyatlari va
ularning o‘quv jarayoniga ta’siri baholandi. Eksperiment metodidan foydalanib,
o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik usullar sinovdan
o‘tkazildi. Natijalar statistik tahlil usullari yordamida analiz qilindi va
o‘qituvchilarning ilg‘or tajribalari ko‘rib chiqildi. Bu jarayonlar orqali o‘quv-bilish
faoliyatini rivojlantirishning samarali strategiyalari ishlab chiqildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bilish faoliyat muammosi falsafaning fundamental ilmiy abstraksiyalaridan
biridir. Bu inson va jamiyat haqidagi barcha fanlarning o‘rganish predmetidir. Bu
insonning rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi uchun eng muhim asosdir.
Bilish faoliyati bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot olish hamda
undan foydalanish ko‘nikmalarini o‘rganish va ularga o‘rgatish motivlarini, ya’ni
intellektual faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lib, ular produktiv o‘quv-bilish
faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini belgilaydi. Faoliyatning samaradorligi ijobiy
his-tuyg‘ularga olib keladi va shu bilan o‘quv-bilish qiziqishlarni saqlab qolish hamda
mustahkamlashga yordam beradi, keyingi o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantiradi.
Reproduktiv va imitatsion faoliyat ideal va subyektiv harakatlarning ijodiy
muloqoti natijadorligi davomida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarni ularni olish yo‘llarini tushunishga yo‘naltirishni nazarda tutadi
(Kuranova M., 2021).
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining intellektual rivojlanishi o‘quvbilish faoliyat sifat va samaradorligini ikki yo‘nalishini shartli ravishda faol, o‘quv
ko‘nikmalarni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan shaxsiy-refleksiv va shaxsiymotivatsion yo‘nalganlik trayektoriyasi imkoniyatlarini shakllantirishga ajratish
mumkin. O‘quv-bilish faoliyati, bir tomondan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarning o‘z-o‘zini tashkil etish va o‘z-o‘zini anglash shakli bo‘lsa, ikkinchi
tomondan, o‘qituvchining o‘quv faoliyatini tashkil etish va ularni o‘quvchi bilan ijodiy
muloqoti natijadorligi sifatida shakllanishidagi reproduktiv integratsiyalash asosida
takomillashtirilganligidir (Normurodova N., 2019).
Oliy ta’limda o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirish mexanizmi tajriba to‘plash,
o‘z xatti-harakatlarini obyektiv baholash, o‘zini o‘zi anglash, xulq-atvor shakllarini
tahlil qilish, aloqa taktikasidan mohirona foydalanish, kommunikativ vaziyatlarda,
muhitda, ijtimoiy guruhlardagi rolini baholash, og‘zaki va yozma tanlovlarni tanlashga
qaratilgan vositalardan iborat.
Pedagogik amaliyotda o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning o‘zaro ta’sir
subyektlari munosabatlarning konseptual jihatlariga ustuvorlik berish asosida, ular
orasida asosiylari o‘qitishning xilma-xil shakllari, usullari, vositalari bo‘lib, ularning
kombinatsiyalarini tanlash, yuzaga kelgan vaziyatlarda bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchining faolligi va mustaqilligini rag‘batlantiradi.
Darsdagi ijodiy muloqoti natijadorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi empirik va nazariy
shart-sharoitlari o‘z fikrini himoya qilishi; bahs va munozaralarda ishtiroki; savol
berishi; javoblarni ko‘rib chiqish; natijalarni baholash; topshiriqlar bilan shug‘ullanish;
o‘quv vazifalarga yechishda boshqa yo‘llarini qidirish; o‘z o‘zini tekshirish, bilim va
harakatlarni tahlil qilish; o‘quv-bilish vazifalarni natijalarni bilgan holda o‘z-o‘zini
baholay olish vaziyatlar orqali beriladi.
B.S. Abdullayeva ilmiy ishlarida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
yuqori irodaviy fazilatlari, maqsadga erishishda qat’iyatlilik, keng va qat’iy o‘quvbilish qiziqishlari namoyon bo‘ladi. Bu faollik darajasi yuqori darajadagi tafakkurining
shakllanishi orqali ta’minlanadi, bilish faoliyati avvalo ularda mantiqiy tafakkurni
rivojlantirish asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning mustaqil ishlash
shartidir deb hisoblaydi. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
yuqori irodaviy fazilatlari, maqsadga erishishda qat’iyatlilik, keng va qat’iy o‘quvbilish qiziqishlarning namoyon bo‘ladi. Bu faollik darajasi u bilgan, tajribasida
avvaldan ma’lum va yangi axborot, yangi hodisa o‘rtasidagi yuqori darajadagi
nomuvofiqlikning qo‘zg‘alishi orqali ta’minlanadi deb ta’kidlab o‘tgan (Абдуллаева
Б., 2018: 6).
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘quv-bilish faoliyatida qidiruv,
analitik, refleksiv, funksional bo‘lib, ta’lim va tarbiya tushunchalari o‘zaro ta’sir
subyektlari munosabatlarning konseptual jihatlariga ustuvor hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, har bir faoliyatni rivojlantirish o‘ziga xos xususiyatlari
ta’siri ostida didaktik komponentlar funksional yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni umumiy
tuzilishda, shuning uchun faoliyatni o‘rganishda asosiy masalalardan biri uning
didaktik komponentlarining o‘zaro va xususiyatlarga bog‘liq. O‘quv-bilish
faoliyatining tartib jihatdan tubdan farq qiladigan xususiyati shundaki, u yangi
g‘oyalarga olib keladi, turli funksional yo‘nalishlarga ega.
Shuningdek, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishni operatsiyalari
ko‘nikmalarida bilishga qiziqishni rivojlantirish uchun bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchi shaxsining shaxsiy-refleksiv va shaxsiy-motivatsion harakati o‘quv-bilish
faoliyatiga kompleks ta’sir ko‘rsatadi.
O. Dirivyankina o‘quv-bilish faoliyatni rivojlanishining asosiy xususiyatlaridan
biri faqat unga xos bo‘lgan maqsadli intellektual faoliyat bo‘lib, uning yordamida
atrofdagi voqelik obyektlari bilan faol aloqada bo‘ladi. Ular o‘z harakatlarini
shakllangan sabab va maqsadlar ta’siri ostida rejalashtiradilar, qaror qabul qiladilar va
rejalarni intellektual faoliyat qoida va me’yorlarga rioya qilgan holda real harakatlarga
aylantiradilar deb ta’kidlaydi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv-bilish faoliyatini
ta’minlashda muhim bosqichlar ularning umumiy va bilish faoliyati bilan birga,
pedagogik ko‘nikmalar bilan qurollantirish metodlari, ijodkorona uyushtirilgan
mashg‘ulotlarda nazariy va amaliy bilimlarning uyg‘unligi, ularda o‘quv-bilish
faoliyatini yaratuvchi mezonlar aniqlashtirishga imkon beradi (Диривянкина О., 2016).
Buning uchun ushbu o‘quv-bilish faoliyati komponentlari pedagogning shaxsiyrefleksiv va shaxsiy-motivatsion yo‘nalganlik trayektoriyasini ta’lim maqsadlarining
vektorli funksiyalariga integrativ muvofiqlashtirish asosida matematikani o‘qitishda
evristik yondashuv yordamida ijodiy muloqotni muvaffaqiyatli shakllanishi mumkin.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar asosiy malakalarni - mustaqil faoliyat va
shaxsiy javobgarlik bilimlari, ko‘nikmalari va tajribalarining universal yaxlit tizimi
rivojlantiradi.
Yuqorida adabiyotlar tahliliga ko‘ra bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
intellektual rivojlanishi o‘quv-bilish faoliyat sifat va samaradorligini oshirishga
qaratilgan o‘quvchilarni axborot almashinish faoliyatiga bosqichma-bosqich
tayyorlash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1-bosqich tayyorgarlik bosqichi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning
ilmiy-tadqiqot faoliyati ehtiyojlarini oshirishga, boshlang‘ich taranglikni yengishga
qaratilgan protsessual faoliyat.
2-bosqich: g‘oyaning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilar uchun o‘zini o‘zi
anglashning axborot qidiruv xarakterini egallashi bilan tavsiflanadi.
3-bosqich dars va darsdan tashqari ishlar doirasida axborotlarni tahlil qila olish,
diagnostika texnikasini tahlil qilish, o‘z o‘zini nazorat qilish va tarbiyalash ishlarini
davom etish (Maxmudova D., 2018: 6).
Shunday qilib, o‘quv-bilish faoliyatini zamonaviy tushunish tahlili shuni
ko‘rsatadiki, ular ko‘p aspektli o‘rganish, modellashtirish obyekti bo‘lib, ta’lim-tarbiya
tushunchasining zamonaviy faoliyati ustuvor hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, har
bir faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari ta’siri ostida ayrim tarkibiy qismlar funksional
yo‘nalishini biroz o‘zgartiradi. Shuning uchun faoliyatni o‘rganishda asosiy
masalalardan biri uning tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi va xususiyatlaridir.
XULOSA
Ushbu ilmiy maqolada boʻlajak boshlang‘ich sinf oʻqituvchilarining oʻquv-bilish
faoliyatini rivojlantirishning pedagogik va psixologik xususiyatlari chuqur tahlil
qilindi. Maqolada, oʻquv-bilish faoliyatining samarali tashkil etilishida o‘qituvchi va
oʻquvchi o‘rtasidagi ijodiy muloqotning ahamiyati va uni ta’minlashda metodik
yondashuvlarning o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, shaxsiy-refleksiv va shaxsiymotivatsion yondashuvlar orqali oʻqituvchilarning intellektual rivojlanishini
rag‘batlantirish, mustaqil fikrlash va oʻquvchilar bilan samarali muloqot oʻrnatishning
zaruriyati ko‘rsatildi.
Maqolada ta’kidlanganidek, oʻquv-bilish faoliyatining rivojlanishida pedagogik
tayyorgarlik, o‘zini-o‘zi anglash va o‘z faoliyatini tahlil qilish kabi psixologik
ko‘nikmalar katta rol o‘ynaydi. Bu jarayonlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
oʻqituvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek,
ta’lim jarayonida samarali kommunikatsiya va motivatsiyani oshirish zarur.
O‘qituvchilarning yuqori malakali pedagogik tayyorgarligi va intellektual
rivojlanishini ta’minlash, o‘quvchilar bilan ijodiy va samarali o‘zaro aloqalarni
rivojlantirishga xizmat qiladigan ilmiy va amaliy tavsiyalar maqolaning asosiy
xulosasini tashkil etadi. Bu, oʻz navbatida, o‘qituvchilarning oʻquv-bilish faoliyatining
sifatini yaxshilash va zamonaviy ta’lim tizimining samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Kuranova M.M. (2021) Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy
kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi.
2. Normurodova N.A. (2019) Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
savod o‘rgatishga kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish.
3. Абдуллаева Б.С. (2018) Формирование информационной
компетентности школьника. Formation of information competence of students //
Eastern European Scientific Journal. AURIS Communications - und
Verlagsgesellschaft mbH Dusseldorf. Germany: Ausgabe 3. – P. 183-187.
4. Maxmudova D.M. (2018) Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda mustaqil
o‘quv-bilish faoliyatni rivojlantirish jarayonlarida muammoli masalalardan
foydalanish. Dis. ... ped. fan. falsafa dokt. – Toshkent. – 154 b.
5. Диривянкина О.В. (2016) Психологические характеристики и
педагогические условия реализации эвристически организованной учебнопознавательной деятельности // Современные проблемы науки и образования. –
№ 5.
6. Abdullayeva B.S. (2002) Akademik lisey bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining matematik tafakkurlarini rivojlantirish (umumlashtiruvchi darslar
misolida). Dis....ped. fan. nom. – Toshkent: TDPU. – 146 b.
7. Виноградова, И. В. (2020). Психология образования: теории и практики.
– Москва: Просвещение.
8. Гусев, А. П. (2019). Педагогика: от теории к практике. – Санкт-
Петербург: РЖД.
9. Dewey, J. (1938). Experience and education. – New York: Kappa Delta Pi.
10. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher
psychological processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press.
REFERENCES:
1. Kuranova M.M. (2021) Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ijtimoiy
kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi. (In Uzbek)
2. Normurodova N.A. (2019) Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining savod
o‘rgatishga kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish. (In Uzbek)
3. Abdullaeva B.S. (2018) Formirovanie informasionnoy kompetentnosti
shkolnika. Formation of information competence of students // Eastern European
Scientific Journal. AURIS Communications - und Verlagsgesellschaft mbH
Dusseldorf. Germany: Ausgabe 3. – P. 183-187. (In Russian)
4. Maxmudova D.M. (2018) Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarda mustaqil
o‘quv-bilish faoliyatni rivojlantirish jarayonlarida muammoli masalalardan
foydalanish. Dis. ... ped. fan. falsafa dokt. – Toshkent. – 154 b. (In Uzbek)
5. Dirivyankina O.V. (2016) Psixologicheskie xarakteristiki i pedagogicheskie
usloviya realizasii evristicheski organizovannoy uchebno-poznavatelnoy deyatelnosti
// Sovremennie problemi nauki i obrazovaniya. – № 5. (In Russian)
6. Abdullayeva B.S. (2002) Akademik lisey bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining matematik tafakkurlarini rivojlantirish (umumlashtiruvchi darslar
misolida). Dis....ped. fan. nom. – Toshkent: TDPU. – 146 b. (In Uzbek)
7. Vinogradova, I. V. (2020). Psixologiya obrazovaniya: teorii i praktiki. –
Moskva: Prosveshenie. (In Russian)
8. Gusev, A. P. (2019). Pedagogika: ot teorii k praktike. – Sankt-Peterburg: RJD.
(In Russian)
9. Dewey, J. (1938). Experience and education. – New York: Kappa Delta Pi.
10. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher
psychological processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press.