ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Intellekt va kreativlikning oʻzaro aloqasi

Nishanova Zamira Taskarayevna, Nishanbekov Talgʻat Oʻrinboy oʻgʻli

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

INTELLEKT VA KREATIVLIKNING OʻZARO ALOQASI

THE RELATIONSHIP BETWEEN INTELLECT AND CREATIVITY

ВЗАИМОСВЯЗЬ МЕЖДУ ИНТЕЛЛЕКТОМ И ТВОРЧЕСТВОМ

Nishanova Zamira Taskarayevna
TDPU professori, psixologiya fanlari doktori

Tel.: +998 90 997-33-61
E-mail: nishanovaz23x@gmail.com

Nishanbekov Talgʻat Oʻrinboy oʻgʻli
TDPU mustaqil tadqiqotchisi
Tel.: +998 33 022-22-20

E-mail: nshonbekovt@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqola intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqa va farqlarni
tahlil etadi. Avvalambor, intellekt va kreativlikning bir-biriga bog‘liq emasligini
ta’kidlaydigan tadqiqotlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada konvergent tafakkur
intellektning asosini tashkil etishi, divergent tafakkur esa kreativlikning poydevorini
belgilashi haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kreativlikning asosiy
komponentlari va intellekt turlari, ularning yanada chuqurroq o‘rganilishi taqdim
etiladi. Talabalarda kreativlikni rivojlantirish uchun bir qator tavsiyalar berilib, bu
jarayonda ta’lim muhitining va pedagogik yondashuvlarning ahamiyati ta’kidlangan.
Ushbu nazariyalar va tavsiyalar kreativ tafakkurni rag‘batlantirish va qobiliyatlarni
rivojlantirishga xizmat qiladi.

Kalit soʻzlar: intellekt, kreativlik, aql, emotsional intellekt, umumiy intellekt,
komponent.

Annotation. This article analyzes the connection and differences between
intelligence and creativity. First, studies that show that intelligence and creativity are
not related are reviewed. The article provides important information about how
convergent thinking is the foundation of intelligence, and divergent thinking is the
foundation of creativity. Also, the main components of creativity and types of
intelligence, their deeper study are presented. A number of recommendations are given
for the development of creativity in students, and the importance of the educational
environment and pedagogical approaches in this process is emphasized. These theories
and recommendations serve to stimulate creative thinking and develop skills.

Keywords: intelligence, creativity, mind, emotional intelligence, general
intelligence, component.

Аннотация. В данной статье анализируются связь и различия интеллекта и
креативности. Во-первых, рассматриваются исследования, которые показывают,

что интеллект и креативность не связаны между собой. В статье представлена
важная информация о том, что конвергентное мышление является основой
интеллекта, а дивергентное мышление — основой творчества. Также
представлены основные составляющие креативности и виды интеллекта, их
более глубокое изучение. Дан ряд рекомендаций по развитию творческих
способностей учащихся, подчеркнута важность образовательной среды и
педагогических подходов в этом процессе. Эти теории и рекомендации служат
стимулированию творческого мышления и развитию навыков.

KIRISH
Psixologiyada intellekt va kreativlikning aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya
mavjud. D. Veksler, G. Ayzenk, L. Termen, R. Stenberg va boshqalar intellekt va
kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt
kreativlikning yuqori bosqichidir. Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik
intellektning hosilasidir. Yuqori darajadagi inttellekt - yuqori darajadagi qobiliyatning
asosi hisoblanadi. Quyi intellekt - quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans
Ayzenk kreativlikni qobiliyatning oʻziga xos koʻrinishi deb hisoblagan (Айзенк Г.,
2009). Kreativlik intellektning yuqori boʻlishi bilan belgilangan.
Intellekt bu inson va hayvonlarning yangi muhitga moslashishi hisoblanadi.
V..Shterni, J. Piaje, D. Veksler va boshqalar ham intellektni insonlarni yangi hayotiy
sharoitlarga moslashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular oʻz
tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab oʻquvchilarini “longitude” metodi orqali
tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida, dastlab ularni IQ (intellekt koeffitsiyenti) aniqlab
olindi. Oʻquvchilarni IQ koeffitsiyentiga qarab guruhlarga ajratildi va 30, 40, 50, 60
yil oraligʻida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsiyenti yuqori boʻlgan
sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori koʻrsatkichlarni koʻrsatishgan. IQ
koeffitsiyenti pastroq boʻlgan sinaluvchilar ulardan farqli oʻlaroq 30 marta kam
yutuqlarga erishishgan.
Lekin intellekt va kreativlikning bir-biriga bogʻliq emasligini boshqa
tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik - bu insonni hayotga moslashishi emas, balki
uni oʻzgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni
uni atrof-olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaragan nazariyalar ham
mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonlardan
yolgʻizlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi
mavjud boʻlgan, moslasha olmagan inson oʻzidagi yolgʻizlikni yengib oʻtish uchun
ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A. Adlerning fikricha, insondagi
kreativlik oʻzida mavjud boʻlgan notoʻliqlik kompleksini toʻldirish vositasi deb bilgan
(Адлер А., 2017). Empirik tadqiqotlarda koʻrsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar

shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda
bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past
chiqqanini kuzatishimiz mumkin.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qoʻygan olimlardan yana biri J. Gilford
boʻlib, u oʻz nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. Ya’ni konvergent va
divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani yechishda mavjud barcha vositalarni
tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida
quriladi. Divergent tafakkur - masalani yechishning turli variantlarini yaratishdan
iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur - kreativlik asosida quriladi.
Demak, intellekt va kreativlik umumiy koʻrinishdagi ikki xil qobiliyatlar boʻlib,
ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bogʻlash mumkin. Kreativlik insonda
mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini
yaratishga javob beradi. Intellekt esa oʻsha ma’lumotni real amaliyotda qoʻllashga va
atrof muhitga moslashishga javob beradi.
Uchinchi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik oʻzaro uzviy bogʻlangan ikki
xil omil deb qarashadi. Shaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A..Maslou
va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga
qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik) shakllantiradi
(Maслоу А., 2019). Lekin bu faollikning namoyon boʻlishi uchun shaxsda yuqori
darajadagi intellektual qobiliyat mavjud boʻlishi kerak. Ularning fikricha, quyi
intellektga ega boʻlgan kishi hech qanday kreativlikka ega boʻlmaydi. Oʻrta intellekt
sohiblari oʻrtacha kreativlik, IQ koeffitsiyenti 120 dan ortiq boʻlgan kishilar a’lo
darajadagi kreativlikka ega boʻlishishadi.
Evolyutsiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning oʻzaro bogʻliqligini tahlil
qilib koʻraylik.
Intellektni goʻyo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan
moslashuvchi qobiliyat sifatida koʻramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir.
psixologlarning fikricha bu gʻoya notoʻg‘ridir. Sababi evolyutsion rivojlanish
nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omili intellektning
rivojlanishidadir, deb ta’kidlangan. Olovni oʻzlashtirish va qurollar yasash bunga misol
boʻla oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik, originallik kabi
sifatlarni kreativlikka moslab qoʻymoqda. Kim birinchi boʻlib buyuk kashfiyotni, oʻqyoylarni yaratgan, kim olovni oʻzlashtirish mumkinligini oʻylab koʻrgan? Intellektmi?
yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik boʻlsa, unda intellekt qayerga ketdi. Demak,

bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini
yaratishdagi oʻrnini pasaytirmoqda.

Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan, ba’zi insonlar gumanitar fanlar
yuzasidan qobiliyatga ega boʻlishadi. Yana yuqori darajadagi talantga ega boʻlgan
rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib matematikni
ozroq badiiy qobiliyatga ega boʻlishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni aqlli deb
aytishimiz mumkinmi?

Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha
insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi oʻziga xos qobiliyatlari bor. Spirmen faktorli
analiz, statistik metodlarni ishlab chiqdi1. U bogʻliq elementlarning muvaqqat
bogʻlanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy
yigʻindisi, bizning aqliy xulq-atvorimizga bogʻliqdir deb tushuntirgan. Shu kungacha
Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama baholash
nazariyasi koʻplab noroziliklarga sabab boʻlgan. Spirmendan farqli oʻlaroq Terstoun
aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi2. Terstoun
insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha
masalani muvaffaqiyatli yechsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday
muvaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni jismoniy qobiliyat bilan
taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga koʻtarish boʻyicha jahon chempioni yaxshigina
figuristik sport turi bilan ham shugʻullanishi mumkin. Chunki undagi jismoniy
tayyorgarlik shunga imkon beradi.

Satosi Kanadzava (2004) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida
koʻradi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammolarni hal qilishda
yordam beradi (Kanazawa, S., 2004).

TADQIQOT METODOLOGIYASI
1980-yillarga kelib Spirmenning yagona intellekt nazariyasini va Terstounning
akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha,
shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan boʻlsa, demak u boshqa
sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy
omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt oʻtib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir
eta boshlaydi. H. Gardner intellektni bir necha qobiliyatlar yigʻindisi deb qaragan. U
oʻz tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda oʻtkazgan. Miyaning shikastlanishi bir
qobiliyatni soʻndirishi mumkin, lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb
hisoblagan.

1 https://vikent.ru/enc/2109/
2 https://studwood.net/2149474/psihologiya/model_intellekta_terstouna

Gardner oʻz tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan
shikastlangan sinaluvchilarda oʻtkazgan. Ular koʻpincha intellekt testlaridan quyi
ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin
qoʻshib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega
boʻlishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bogʻliq sanalarni yoddan bilishgan.
Bunday sindrom egalari hattoki badiiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan.
Yuqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil
ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil koʻrinishdagi
qobiliyat borligini aytib oʻtadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak
u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deb aytib oʻtgan3.

R. Stenbegr, R. Vagner Gardnerning gʻoyasiga qoʻshilishgan. Lekin shaxsda aqlni
3 xil faktori mavjudligini tahlil qilishgan. Masalani yechishda akademik malakaning
mavjudligi aqliy testlardagi yagona toʻgʻri javobni belgilash bilan baholanadi.

Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun
muammolarning koʻplab yechimidan qulayini tanlashga yordam beradi.

Ijodiy aql. Bu tip vakillari notanish vaziyatlarda oʻzining reaksiyasini koʻrsatishi
bilan ajralib turadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli boʻlishiga
olib kelishi mumkin.
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ testlar esa
divergent tafakkurni talab etadi. Kreativlik - bu bir vaqtning oʻzida yangi va qadrli
gʻoyalarni yaratuvchi ijodkorlik qobiliyatidir (Стенберг Р., 2015).
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab chiqishgan.
1. Shaxsdagi bilimning koʻp qirraligi. Qoʻlga kiritgan bilimlarimiz
gʻoyalarimizning koʻp boʻlishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimlarimiz qanchalik
koʻp boʻlsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik koʻp boʻladi. Hayotda
muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik koʻp boʻlsa, uni hal qilish shunchalik
oson boʻladi.
2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan koʻrishga, ularni qayta
yaratishga va bogʻlashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib
uni oʻzlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib oʻtamiz.
3. Tavakkalchilik - yangi taassurotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda koʻrish
mumkin. Ya’ni birinchisi tavakkal va muammoni yengib oʻtishdagi qat’iylikda deb
koʻrish mumkin. Bunday xususiyatga ega boʻlgan shaxslar orqaga qaytishdan koʻra,
yangi tajribaga ega boʻlishni afzal deb bilishadi.

3 https://studfile.net/preview/2493976/page:3/

4. Ichki motivatsiya majburlikdan koʻra shaxsda murakkab masalani yechishda
qiziqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini,
uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida oʻylamaydi. Butun e’tibori maslani
yechishdagi qoniqish hissi va stimuliga qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz bunday
murakkab masalalarni qanday qilib hal qilgansiz?” - deb soʻrashganda, u shunday
javob bergan “Men bu muammo haqida tun-u kun oʻylab yurganman” deb javob bergan
(Стенберг Р., 2015).

5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlashga yordam beradi.
Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni koʻmagi shaxsdagi gʻoyalarni kamol
topishiga turtki boʻladi. Lekin shuni ta’kidlab oʻtish kerakki, ba’zi tadqiqotlarda
ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik
talabalarga insho yozish topshirigʻi berilgan. Ular yozgan inshoni uning kursdoshlari
tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho
yozishni aytishgan. Natijalar shuni koʻrsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari
yomon yozilgani ma’lum boʻlgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka
salbiy ta’sirini yaqqol koʻrishimiz mumkin.

Nensi Kantor, Djon Kilgpstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy
intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt - bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni
tushunib yetish va uni yengib oʻtish deganidir. S. Epstayn, P. Mayerlar ham bu fikrga
qoʻshilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda oʻz oʻrnini topishga,
oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda muvaffaqiyatsizliklarga duch
keladi? S. Epstayn, P. Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy intellektning muhim boʻlaginbu emotsional intellektdir. Ya’ni, oʻz emotsiyasini qabul qilish, ifodalash, tushunish va
boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional yetuk shaxslar oʻz-oʻzini yaxshi anglagan
shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar yengib boʻlmaydigan depressiya,
hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar hisoblanishadi.

Emotsional intellektni E. Torndayk, Golgpman va boshqa olimlar ham tadqiq
etgan. J. Mayer, P. Solovey, D. Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional
intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular
quyidagilar:

 Emotsiyani qabul qilish (inson yuzidan uni aniqlash);
 Emotsiyani tushunish (ularni oʻzgarishini aytib berish);
 Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan foydalanishni
bila olish);
 Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qoʻllay olish.
Agar shaxs yuqori intellekt koeffitsiyentiga ega boʻlsa, ammo bosh miyasining
biror joyidan jarohat olsa, uning emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog
Antonio Damasio oʻz tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni misol qilib

keltirgan. U oʻz bemoridagi oʻsmani jarrohlik yoʻli bilan olib tashlagan. U bemor
sogʻaygandan keyin u bilan boʻlgan soatlab suhbatda uning yuzida emotsiyaning hech
qanday koʻrinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiyona va turli tabiiy ofatlar
orqali insonlarda yuz bergan talafotlar aks etgan rasmlarni koʻrsatishgan. Elliot oʻzida
hech qanday his yoʻqligini bilgan va uni ifodalay olmagan. U endilikda hech nima his
eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada Elliot oʻz ishi va oilasini yoʻqotdi. Uning
qayta turmushi ham oʻxshamagan. Elliot jamiyatda oʻz oʻrnini yoʻqotib,
muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Lekin ba’zi olimlarning fikricha, emotsional intellekt – intellektdan yiroq
tushuncha. Lekin shuni ham aytib oʻtish kerakki, emotsional intellekt bizdagi bor
xohish va qiziqishni faollashtiradi. Muammoning ma’nosini kamroq oʻylashga majbur
qiladi. Bu jarayon kreativlik uchun muhim hisoblanadi.

Intellektning yuqori boʻlishi miya yarim sharlariga bogʻliqmi? Bu masalani tadqiq
etishganda shu narsa ma’lum boʻldiki, Bayron, Betxovenlar miyasining ogʻirligi
normal odamning miyasidan anchagina ogʻirligini aniqlashgan. Miyasi ogʻir boʻlgan
shaxslar yuqori intellektga ega boʻlishadi degan qarashlar ham mavjud boʻlgan. Lekin
afsus ba’zi bir olim daholarning miyasi normal insonlarnikidan ancha pastligini ham
aniqlashgan. Aksincha, ba’zi bir jinoyatchilar miyasining ogʻirligi xuddi
Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asab bilan miyani tahlil
qilishda intellekt bilan miyani bogʻliqligi koʻrsatiladi. Intellektning yuqori boʻlishi
nafaqat uning ogʻirligiga, balki miyaning frontal va parietal manglay boʻlagidagi
aktivlik jarayoniga bogʻliqligini aniqlashgan.

Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning ogʻirligi
oʻrtasida deyarli hech qanday farq yoʻqligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyn miyasining
quyi qismi kanadalikning miyasidan 15 foizga kattaligi namoyon boʻlgan. Aynan
miyaning quyi qismi matematik va fazoviy ma’lumotlarga javob beradi. Aksincha,
Eynshteyn miyasining faollikka javob beruvchi qismlari pastroq joylashganini
aniqlashgan. Shuning uchun ham Eynshteyn va boshqa fiziklarning gapirish va
oʻrganishida sekinlikni koʻrishimiz mumkin boʻlgan.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Shunday qilib, talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun oʻqituvchi bilan
talabalar o‘rtasida munosabatlar o‘zgarishi, bilim oluvchi esa ta’lim jarayonining faol
subyektiga aylantirilishi lozim. Buni tatbiq etishning psixologik shartlari, omillari va
mezonlari mavjud bo‘lib, ularga:
- ta’lim beruvchi kattalar talabani qanday bo‘lsa, shundayligicha iqtidorli,
layoqatli deb tasavvur qilishga, tan olishga o‘rganmoqlari kerak;

- maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda differensial yondashuvni
amalga oshirish zarur, kerak bo‘lsa, ta’lim oluvchining layoqati, qobiliyati,
yo‘nalishini hisobga olgan holda bilim, ko‘nikma va malakalariga binoan talablar
ishlab chiqish maqsadga muvofiq;

- yangi ta’lim maskanlarida yangi o‘quv texnologiyasi joriy etilishi maqsadga
muvofiq, bunda o‘quvchilarga hurmat, ularning fikri va yuksalishiga e’tibor bilan
qarash zarur;

- guruh faoliyatini mazmunli tashkil etish, ya’ni munozara, dialog, o‘yin, trening
metodlaridan keng va o‘rinli foydalanish o‘quvchilarga ko‘proq ijodiy fikrlarni
vujudga keltirish uchun sharoitni yaratish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Айзенк Г. (2009) Парадоксы психологии. – Москва: Эксмо.
2. Адлер А. (2017) Индивидуальная психология. – Санкт-Петербург.
3. Maслоу А. (2019) Мотивация и личность. – Москва.
4. Kanazawa, Satoshi. (2012) The Intelligence Paradox. – New Jersey: Hoboken.
5. Стенберг Р. (2015) Интеллект успеха. – Минск.
6. Sternberg, R. J., & Lubart, T. I. (1995). Defining and measuring creativity.
The Journal of Creative Behavior, 29(3), 135-143.
7. Runco, M. A., & Jaeger, G. J. (2012). The creativity renaissance. Psychology
of Aesthetics, Creativity, and the Arts, 6(4), 268-281.
https://doi.org/10.1037/a0029716
8. Chan, D. W. (2010). Creativity and academic achievement: An exploratory
study of the relationship between creativity, intelligence, and academic performance.
International Journal of Educational Research, 49(3), 159-172.
https://doi.org/10.1016/j.ijer.2010.02.002
9. Plucker, J. A., & Stock, K. (2011). Intelligence and creativity: A study of the
relationship between intelligence and creativity among students. Journal of Creative
Behavior, 45(4), 264-277. https://doi.org/10.1002/jocb.37
10. https://vikent.ru/enc/2109/
11. https://studwood.net/2149474/psihologiya/model_intellekta_terstouna
12. https://studfile.net/preview/2493976/page:3/

REFERENCES:
1. Ayzenk G. (2009) Paradoksi psixologii. – Moskva: Eksmo. (In Russian)
2. Adler A. (2017) Individualnaya psixologiya. – Sankt-Peterburg. (In Russian)
3. Maslou A. (2019) Motivasiya i lichnost. – Moskva. (In Russian)
4. Kanazawa, Satoshi. (2012) The Intelligence Paradox. – New Jersey: Hoboken.
5. Stenberg R. (2015) Intellekt uspexa. – Minsk. (In Russian)

6. Sternberg, R. J., & Lubart, T. I. (1995). Defining and measuring creativity.
The Journal of Creative Behavior, 29(3), 135-143.

7. Runco, M. A., & Jaeger, G. J. (2012). The creativity renaissance. Psychology
of Aesthetics, Creativity, and the Arts, 6(4), 268-281.
https://doi.org/10.1037/a0029716

8. Chan, D. W. (2010). Creativity and academic achievement: An exploratory
study of the relationship between creativity, intelligence, and academic performance.
International Journal of Educational Research, 49(3), 159-172.
https://doi.org/10.1016/j.ijer.2010.02.002

9. Plucker, J. A., & Stock, K. (2011). Intelligence and creativity: A study of the
relationship between intelligence and creativity among students. Journal of Creative
Behavior, 45(4), 264-277. https://doi.org/10.1002/jocb.37

10. https://vikent.ru/enc/2109/
11. https://studwood.net/2149474/psihologiya/model_intellekta_terstouna
12. https://studfile.net/preview/2493976/page:3/