TALABA-YOSHLAR IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
PEDAGOGICAL FEATURES OF DEVELOPING THE CREATIVE ABILITY
OF YOUTH STUDENTS
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩЕЙСЯ МОЛОДЁЖИ
Mirsagatova Nargiza Sayfullayevna
Oriental universiteti
Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 90 968-68-78
e-mail: mirsagatov.92@mail.ru
Erkinxoʻjayeva Mohinaxon Baxtiyor qizi
Oriental universiteti talabasi
Tel.: +998 99 834-16-08
e-mail: Hanimefendim27@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqola talaba-yoshlarni ijodkor, faol va zamonaviy
mutaxassislar sifatida tarbiyalashga qaratilgan. U, birinchi navbatda, talabalarda kasbiy
ko‘nikmalar va malakalar tizimini shakllantirishga e’tibor beradi. Maqolada ijodiy
fikrlashning ahamiyati, talabalarning ma’naviy e’tiqodlarini, dunyoqarashlarini va
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik uslublari batafsil tahlil qilingan.
Shuningdek, ta’lim jarayonida talabalarning mustaqil fikrlashlari, innovatsion g‘oyalar
ishlab chiqishlari va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
yo‘nalishlarida muhim metodik tavsiyalar keltirilgan. Tomoshabinlarning ijodiy fikr
yuritish qobiliyatini oshirish, ularni faol ishtirokchiga aylantirish va har bir talabaning
ichki salohiyatini yuzaga chiqarishga yordam berish maqsadida ijtimoiy, madaniy va
ilmiy fundamental asoslar o‘rganilgan. Maqola talaba-yoshlar tarbiyasida pedagogik
yondashuvlarning yangi usullarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Barkamol shaxs, ijod, ta’lim, tarbiya, qobiliyat, maqsad, talaba,
pedagog, yaratish.
Annotation. This article is focused on educating students as creative, active, and
modern specialists. Primarily, it emphasizes the development of a system of
professional skills and competencies among students. The article analyzes the
importance of creative thinking and explores pedagogical methods for enhancing
students' spiritual beliefs, worldview, and creative abilities. Additionally, it provides
essential methodological recommendations aimed at fostering independent thinking,
generating innovative ideas, and developing problem-solving skills during the
educational process. To enhance the students' creative thinking abilities, transform
them into active participants, and help reveal each student's inner potential, the article
examines the social, cultural, and scientific foundational aspects. Furthermore, it is
dedicated to testing new methods of pedagogical approaches in the upbringing of
students.
Keywords: Perfect personality, creativity, education, upbringing, abilities, goal,
student, teacher, creativity.
Аннотация. Данная статья направлена на воспитание творческих, активных
и современных специалистов среди студентов. Прежде всего, она уделяет
внимание формированию системы профессиональных навыков и умений у
студентов. В статье подробно анализируется важность креативного мышления, а
также развитие духовных убеждений, мировоззрения и творческих способностей
студентов с использованием педагогических методик. Кроме того, в ней
приведены важные методические рекомендации по развитию независимого
мышления студентов, генерации инновационных идей и решению проблем в
образовательном процессе. В целях повышения уровня творческого мышления,
вовлечения студентов в активное участие и раскрытия внутреннего потенциала
каждого из них исследуются социальные, культурные и научные
фундаментальные основы. Статья направлена на проверку новых подходов в
педагогическом процессе воспитания студентов.
Ключевые слова: Совершенная личность, творчество, образование,
воспитание, способности, цель, ученик, учитель, креативность.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli
Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar Strategiyasi”da
milliy kadrlarning raqobatbardosh va umumjahon talablariga mos qilib tayyorlash
lozimligi haqida to‘xtalib o‘tilgan. Demak, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash
bugungi kunda ustozlar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Jamiyatning
yuksalib rivojlanishi ilmli, bilimli insonlarning ilmiy salohiyatiga bog‘liqligi hech
birimizga sir emas. Shuni ta’kidlash joizki, eng avvalo, ijodkor, qobiliyatli talabalarni
aniqlay olishimiz kerak. Buning uchun, har bir ilmiy xodim uchun, iqtidorli talaba
uchun, qobiliyatini, mahoratini maksimum darajada namoyon etuvchi sharoitni
yaratish lozim bo‘ladi.
Barkamol shaxsni voyaga yetkazish ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni insonning
ijtimoiy intizomi va uning ixtisosligi bo‘yicha mehnat faoliyatining ajralmas va tabiiy
belgilariga, xususiyatlariga aylantirishdan iborat bo‘lib, bo‘lajak mutaxassisning
insonparvarlik sifat va fazilatlarining ustuvor bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi.
Tarbiyaviy ishlar, rejalar va boshqa barcha o‘qitiladigan fanlarni insonparvarlik
xususiyatlaridan ham ta’lim-tarbiya jarayonlarida unumli va samarali foydalanishni
keng yo‘lga qo‘yish bilan birga, tarbiyaviy tamoyillariga, insonning ma’naviy-axloqiy,
ruhiy jihatdan takomillashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat va e’tibor qaratishni,
ularning insonparvarlik xususiyatlarini kengroq ochib, tahlil etib ko‘rsatib berishni,
talaba yoshlarni o‘qitish orqali ma’naviy-ruhiy jihatdan ham tarbiyalashni maqsad qilib
qo‘yadi. O‘quv dasturlarining, darslik va qo‘llanmalarning yangi avlodini yaratishda,
ta’limning texnik vositalaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishda, ular
uchun maxsus o‘quv dasturlari tayyorlashda ta’limni gumanitarlashtirishning mana shu
tomonlariga, ya’ni yosh mutaxassislarning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxs
sifatida takomillashuvida har bir fanning ishtirokini eng yuqori darajada ta’minlashga
katta e’tibor berilishi zarur (Ziyomuxammadov B., 2006).
Barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim va tarbiyaning muhim qismlaridan biri
sifatida talaba-yoshlar ruhiy olamining shakllanishida, hayotiy pozitsiyalarning
mustahkamlanishida, ularning ijtimoiy faolligining o‘sishi, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlanishida va ixtisoslik bilimlari hamda umumnazariy tayyorgarligining oshishida
asosiy vositalardan biri hisoblanadi (Ziyomuxammadov B., 2006).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Talaba-yoshlarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish oliy ta’lim jarayonidagi dolzarb
masala sanaladi. Talaba-yoshlarni kutilmagan pedagogik vaziyatlarda bilim va
ko‘nikmalarni qo‘llay olishga, kasbiy va kundalik masalalarni hal qilishga tayyorlash
oliy ta’lim jarayonidagi asosiy vazifalardan biridir. Talaba-yoshlarda pedagogik
vaziyatlarda eng maqbul usulni tanlay olish ko‘nikmasini shakllantirish orqali uning
ijodiy rivojlanishiga erishiladi. “Ijodkorlik” va “Ijodiy qobiliyat” tushunchalari
o‘rtasidagi munosabat, shuningdek, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
borasida qator olimlar izlanish olib borgan. Qadimgi yunon olimlari Platon, Aristotel,
Avgustin ijodiylik tushunchasini tadqiq etgan. Shuningdek, J. Bruno, B. Spinoza, I.
Kant, S. Rubinshteyn, G. Uolles va boshqalarning asarlarida ham o‘z aksini topgan.
Turli davrlarning vakillari ijodkorlikni falsafiy kategoriya sifatida ifodalagan.
P..Engelmeer “ijod nazariyasi”, N. Berdyaev “erkinlik falsafasi” va “yaratilish
ma’nosi”, A. Libier “ijod falsafasi” va boshqalar. D. Elkoninning ta’kidlashicha, ijod
o‘zaro bog‘liq qobiliyatlarning bir butun tizimi elementlarni: tasavvur, assotsiativlik,
fantaziya, xayolparastlikni o‘zida mujassamlashtirgan qobiliyatdir. O‘quvchi shaxsini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida uning aqliy - intellektual, ijodiy
xususiyatlari namoyon bo‘ladi. A. Matyushkin, I. Averina, G. Chistyakovalar o‘quvchi
shaxsining ijodiy faoliyatini tashkil qilish masalalari ustida izlanish olib borib, ularning
har bir rivojlanish bosqichi bilish jarayonlarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda
qaralishi lozimligini uqtiradilar. R. Ibragimov, O. Roziqov, V. Karimova, E. G‘oziev,
G‘. Shoumarov, Z. Nishonova, B. Qodirovlar ham shaxsning ijodiy faoliyatini
rivojlantirishni uning aqliy qobiliyati, bilish faoliyati, mustaqil fikr yuritish
muammolariga bog‘lab talqin etadilar. Jumladan, V. Karimova shaxsning faolligi,
faoliyat turlari va ularni boshqarishda ijtimoiy-xulq motivatsiyasi ustida ilmiy izlanish
olib borgan. Talaba-yoshlarning ijodiy faoliyati esa aynan uning faoliyati jarayonida:
o‘z-o‘zini rivojlantirish;o‘quv faoliyatining ilg‘or texnologiyalar asosida qurilishi;
o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning qaror topishi; o‘quv
faoliyatining talabalar ichki motivga asoslangan holda izlanuvchanlik yo‘nalishini
kasb etishi orqali o‘z ifodasini topadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ijodiy faoliyatda muammoli vaziyatlar yaratish bu muammoli vaziyatlarni
yechishga talaba-yoshlarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Talaba shaxsni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi: 1. Talabayoshlar shaxsini rivojlantirish, uning qobiliyati, o‘qishga qiziqishi, xohish va istagini
shakllantirishi; 2. Axloqiy va estetik hissiyotini tarbiyalash, o‘zi va o‘z atrofini o‘rab
olgan olamga hissiy munosabatni shakllantirish. 3. Bilimlar tizimini, malaka va
ko‘nikmalar, faoliyatning turli shakllarini egallab olish. 4. Bolalarning jismoniy va
psixik salomatligini muhofaza qilish. 5. Bola shaxsining individualligini himoya qilish.
Zero, ta’lim faol, ijodiy, mahsuldor, intellektual faoliyatni o‘zaro aloqadorlikda amalga
oshiradi. Ijodkorlik boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchi faoliyatining asosiy turi bo‘lishi
zarur.
Pedagogik o‘yinlar, ayniqsa, talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim
o‘rin tutadi. Aynan shunday o‘yinlar yordamida kattalar va kichiklar o‘rtasida muloqot
o‘rnatiladi. Bu muloqotlar, shaxsiy yondashuv asosida qurilishi kerak. O‘qituvchi
talabani faqat o‘quvchi deb emas, balki bir butun shaxs, o‘ziga xos inson deb
yondashuvi lozim. O‘yinlarda bolaning shaxsiy sifatlari boyib, o‘quvchilar ijodiy
faoliyatlarini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi hamda talabalarning xulqidagi ijobiy
qirralar rivojlanadi, ijobiy tasavvur mashqlari vositasida kuzatuvchanlik, xotira,
diqqatni kuchaytirish imkoni tug‘iladi, psixologik to‘siqlar bartaraf etiladi. Ta’limtarbiyaga yangicha yondashuv, dars samaradorligini oshirish vositasi, fanlararo
aloqalarning yangi sifat darajasiga ko‘tarilgan shakli hisoblanadi. Ta’lim jarayoniga
yangicha yondashuv, hayotdagi turli xil hodisalarni bir qolipdan turib baholash emas,
balki ularni o‘zaro aloqadorlikda kompleks holda yondashishga yo‘naltiradi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir barkamol shaxs, ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishni o‘z oldiga maqsad
qilib olgan pedagoglar ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirish uchun unga
qo‘yiladigan talablarga amal qilishlari lozim bo‘ladi. Masalan: Haqiqatdan ham, ta’lim
jarayonini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan pedagogik faoliyat
samaradorligi ushbu jarayonda tarbiya tamoyillari hamda ta’lim metodlarining
uyg‘unligini ta’minlash asosida kechadi (Hamidova M., 2006).
Jumladan, o‘yinli texnologiyalar, muammoli o‘qitish texnologiyalari, talabalar
guruhlari yoki ayrim bir talaba uchun mo‘ljallangan differensial o‘qitishning farqli,
ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish va ulardan ta’lim jarayonlarida foydalanish,
ta’limning «dumaloq stol», «matbuot anjumani», «ish o‘yinlari», referat himoyasi,
bahs-munozaralar, yetakchi olimlar va mashhur kishilar bilan uchrashuv, muloqot
uyushtirish kabi shakllarini keng qo‘llashdan iborat. Ta’lim jarayonida talabalarning
ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga asos bo‘ladi. Bu esa biz intilgan barkamol avlod
tarbiyasini bir jihati hisoblanadi. Talaba-yoshlarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash
ishlarining ta’lim muhitini insonparvarlashtirish bilan chambarchas bog‘liqligi va
aloqadorligi masalasi o‘quv jarayonining butun mazmuni va mohiyatini belgilaydigan
muhim vazifadir. Ta’limda tarbiyaviy ta’sirning muhim xususiyati uning umuminsoniy
madaniyatning asosiy tamoyillari va qadriyatlari bilan aloqadorligidadir.
Talaba-yoshlarning ma’naviy madaniyatini tarkib toptirish uchun barcha ta’lim
muassasalarida tarbiyaviy ishlarni to‘g‘ri tashkil etish, tarbiyaviy soatlarni o‘tkazishni
ommalashtirish, darsdan tashqari o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarni ko‘proq tashkil
etish maqsadga muvofiqdir (Hamidova M., 2006).
Albatta, tarbiyada ustoz-o‘qituvchilarning roli beqiyosdir. Agar ustoz shaxsiy
ibrat ko‘rsatsagina, tarbiyada yaxshi natijaga erishish mumkin bo‘ladi. «Qush uyasida
ko‘rganini qiladi», degan xalq naqli bekorga aytilmagan. Talaba-yoshlar 4-8 soat
vaqtini ta’lim muassasasida o‘tkazsa, qolgan 20-16 soat vaqtini o‘z oilasida yoki
talabalar uyida o‘tkazadi. Agar ta’lim muassasalarida rahbariyat va ota-ona, guruh
murabbiylari o‘rtasidagi munosabatlar, ichki intizom nazorati, davomat, tarbiyaviy
ishlar, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, ishyoqmaslik
bekorga vaqt o‘tkazishlar bo‘lmasa, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish boshqarilsagina
tarbiya yaxshi natijalar beradi va ijodkorlik qobiliyatiga ega bo‘lgan barkamol shaxs
tarbiyalanadi. Abdulla Avloniyning ta’kidlashicha: “Tarbiya –bizlar uchun yo hayot –
yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir”. Bu fikrlarning
ahamiyati hozirgacha e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Milliy tarbiyaning asosiy
yo‘nalishlarini millatparvarlikni, xalqparvarlikni, mehnatsevarlikni, yuksak
insoniylikni rivojlantirish, meros, urf-odat va qadriyatlarni fan texnika,
texnologiyalarni o‘zlashtirishga intilishni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning mohiyatini tushunib yetish va unga amal qilish ruhiyatini shakllantirish
kabilar tashkil etadi (Salaxutdinova M., 2010).
Qadimiy boy merosimizning qimmatli manbalarini yuzaga olib chiqish, uni
hozirgi zamon ilmiy-pedagogik tafakkuri iste’moliga kiritishdan maqsad
ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, tarbiyasi, insoniyat tafakkuri tarixi,
uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy rivojlanishida tutgan o‘rni va
mavqeyini bilib olish hamda yangi davr sharoitida barkamol shaxsni shakllantirishda
foydalanishdan iborat.
Bunda talabalarga rioya etish nazarda tutiladi:
- talabalarning milliy-ma’rifiy qadriyatlarni o‘rganishda tayyorgarlik darajasini
hisobga olish;
- ta’lim-tarbiyadagi izchillikka rioya etish;
- uning ilmiyligi va milliyligiga erishish;
- milliy-ma’rifiy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlikda o‘rganishga e’tiborni
qaratish;
- milliy-ma’rifiy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish va
boshqalar.
Har bir o‘qituvchi, talabalarga beriladigan umumiy bilimlar bilan bir qatorda
san’at sirlari, muammo yechish mahorati kabilar bilan tanishtirib borishi muhimdir.
Talabalarga zehnni tarbiyalash, bilimlarni mustahkamlash, uzoq esda saqlab
qolish, tafakkur qobiliyatini rivojlantirishga ham katta e’tibor berish zarur. Bu
maqsadda chiston (topishmoq)larni yechish, adabiy asarni sharhlash va izohlash
kabilardan foydalanish kabi usullar talabani rag‘batlantiradi, uning o‘qishga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi (Salaxutdinova M., 2010).
O‘tmishda muallim va mudarrislar ko‘proq muhokama, munozaralar uyushtirib,
mavzuni yoki ma’lum bir matnni sharhli-izohli o‘rganishga e’tibor berganlar.
Muhokamada, avval ma’lum bo‘lgan voqea-hodisalardan hukm chiqarib, so‘ngra,
ma’lum voqea va hodisalarni muhokama etish nazarda tutilgan. Muhokamada
talabalarga to‘g‘ri ma’lumotlar berilib, keyin to‘g‘ri voqea va hodisalarni
noto‘g‘rilardan ajratib olish qobiliyatini tarkib toptirganlar.
IX-X asrlarda madrasalarda dars berish uchun yirik olimlarni taklif etish an’anasi
bo‘lgan. Bunday tajribadan foydalanish o‘quvchilarning to‘liq va mustahkam bilim
olishlariga zamin yaratadi, har bir talabaning qobiliyati aniq namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda ham bunday usullar ba’zi yangi maktab turlari-litseylar,
gimnaziyalar, kollejlarda qo‘llanilmoqda. Lekin, umumiy ta’lim maktablarida
o‘qitishga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek,
dasturlar bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirgan talabani sinfdan-sinfga, kursdan-kursga
muddatidan oldin ko‘chirish kabi tashkiliy masalalarni hal etish ham talabalarni
rag‘batlantiradi.
Ma’rifiy tajribalar respublikamizda jahon taraqqiyoti darajasiga qodir bilimdon,
ham aqliy, ham axloqiy jihatdan barkamol, sog‘lom insonni shakllantirish
muammosini hal etishga yordam beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Ta’lim-tarbiya tarixidan ma’lum bo‘ldiki, har bir shaxsning aqliy tarbiyasida fikr
tarbiyasi, tafakkurini rivojlantirish, zehnni tarbiyalashga katta e’tibor berilgan.
Zukkolik, fahm tezligi, zehn o‘tkirligi, bilimni tez egallash qobiliyati, muammolarni
tez anglab olish, yodlash qobiliyatini rivojlantirishga, xotirani mustahkamlashga oid
metod va usullari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Buning uchun, o‘qitishga mos uslublar
ham tanlangan. Ilmiy munozara, sharhli o‘rganish, muammolarni hal etish, sinovtajriba kabi uslublar qo‘llanilib, ta’lim uslublari har bir talabaning qobiliyatini
namoyon etishga, zehnini o‘tkir qilishga, tafakkurini rivojlantirishga yordam bergan.
Natijada, a’lo, yaxshi, o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchilar ajralib, ular bilan
mashg‘ulotlar ham o‘ziga xos, individual xususiyatlarini hisobga olgan tarzda olib
borilgan. Guruhlarda iqtidorli bolalarga beriladigan bilim hajmi orttirilib, ular ma’lum
sinovdan o‘tgach, maktab yoki madrasani, hatto muddatidan oldin bitirish
imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Barkamol shaxsga xos ikkinchi mezon yuksak axloqiylik sanalgan.
Axloqiylikning asosiy belgilari saxovat, muruvvat, qanoat, kamtarlik, ehson, sabr, afv,
saodat, yordam, oliyjanoblik, himmatlardan iborat bo‘lib, havoyi nafsdan saqlanish,
kibr va havoga berilmaslik, badgumonlik, xiyonat, bo‘hton, chaqimchilik, badfe’llik,
yolg‘onchilik, josuslik, g‘iybat, zino, g‘azab, hasad kabilardan o‘zini tozalash targ‘ib
etilgan.
Ma’rifiy merosimizda insonda ijtimoiy hayotda, mehnatda, turmushda go‘zallikni
his etishni tarkib toptirish ham yuksak axloqiy xislat hisoblangan.
Ta’limiy-axloqiy asarlarning barchasida axloqiy xislatlarga ta’rif berilgan, uni
tarkib toptirish yo‘llari, usullari ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, biz hozirgi davrda har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirish andozasi (modeli)ni ishlab chiqdik. Zero, komil inson
tarbiyasi respublikamizni jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari darajasida
ko‘rsatishga xizmat qiluvchi salohiyati, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor shaxsni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va qat’iy qaror toptirish,
nihoyatda murakkab tarixiy va ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Fuqarolar ongi va dunyoqarashini, ruhiyatini eskicha qarashlardan, boqimondalik,
tashabbussizlik, mutelik, qaramlik kabi illatlardan soqit etish, tozalash, yana ham
murakkab ijtimoiy muammodir. Bu darajada ulkan va keng miqyosli tadbirlarni
jamiyat hayotining barcha jabhalarida bosqichma-bosqich, bir tekisda uyg‘un va izchil
amalga oshira borish uchun yangi zamon talablariga javob bera oladigan, yangicha ong
va dunyoqarashga ega bo‘lgan, erkin, ijodiy va mustaqil fikrlaydigan yoshlarni
tarbiyalab yetishtirish eng muhim vazifalarimizdan biridir.
Bu vazifalar, o‘z navbatida, nafaqat iqtisodiy, siyosiy sohalarda, balki, shu bilan
birgalikda, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ham, xususan, uning tarkibiy qismi bo‘lgan
ta’lim-tarbiya tizimida ham chuqur islohotlar o‘tkazilishini taqozo etmoqda.
Har bir o‘quvchi, o‘qishda o‘z imkoniyatlarini aniqlash va o‘qituvchi tomonidan
taklif etilgan materialni o‘rganish darajalariga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyatini rejalashtirish tamoyilini qo‘llash katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Talabalarni topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga o‘rgatish
ularni mas’uliyat bilan o‘rganishga o‘rgatish demakdir. Rejalashtirish g‘oyasi o‘qitish
maqsadlari miqyosida va modulli dasturlar, modullar va o‘quv elementlarini o‘quv
materiali mazmuni darajasida amalga oshiriladi. Har bir o‘quv kursi har bir o‘quv
dasturida mavjud bo‘lgan, nazariy o‘quv materiali mazmunining modullari – bloklar
va o‘quv malakalari va ko‘nikmalari algoritmik ko‘rsatmalari bloklaridan iborat
o‘quv modullari (mavzulari)ni o‘z ichiga oladi.
Demak, talabalar ijodini, mahoratini oshirishda ularga qulay imkoniyat va
shart-sharoitlar yaratib berishimiz lozim. Kredit-modul ta’lim texnologiyasida
talabalar mustaqil ta’lim jarayonida ko‘proq o‘z ustlarida ishlaydi va ijodkorligini
oshirishda yanada faol ishtirokchiga aylanadi, deb hisoblash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi 637-sonli “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2020 yildagi “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi PF-5953-sonli farmoni;
3. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. Tuzuvchi-mualliflar: Komiljon Hoshimov,
Safo Ochil. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999. - 480 b.
4. Ziyomuxammadov B. (2006) Komillikka eltuvchi kitob. – Toshkent: “Turoniqbol nashriyoti”. – B. 189-262.
5. Hamidova M. (2006) Monografiya. ToshDPU.
6. Salaxutdinova M. (2010) Ijod psixologiyasi. – Samarqand.
7. Brennan, R. T. (2014). The artist’s guide to creating and publishing a children’s
book. Watson-Guptill Publications.
8. Gravett, P. (2013). Drawing from observation: A complete guide to drawing
from life. Laurence King Publishing.
9. Lloyd, J. (2011). Graphic novel writing for dummies. John Wiley & Sons.
10. McCloud, S. (1993). Understanding comics: The invisible art. Harper
Perennial.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi 637-sonli “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuni. www.lex.uz. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2020 yildagi “2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi PF-5953-sonli farmoni; (In
Uzbek)
3. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. Tuzuvchi-mualliflar: Komiljon Hoshimov,
Safo Ochil. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999. - 480 b. (In Uzbek)
4. Ziyomuxammadov B. (2006) Komillikka eltuvchi kitob. – Toshkent: “Turoniqbol nashriyoti”. – B. 189-262. (In Uzbek)
5. Hamidova M. (2006) Monografiya. ToshDPU. (In Uzbek)
6. Salaxutdinova M. (2010) Ijod psixologiyasi. – Samarqand. (In Uzbek)
7. Brennan, R. T. (2014). The artist’s guide to creating and publishing a children’s
book. Watson-Guptill Publications.
8. Gravett, P. (2013). Drawing from observation: A complete guide to drawing
from life. Laurence King Publishing.
9. Lloyd, J. (2011). Graphic novel writing for dummies. John Wiley & Sons.
10. McCloud, S. (1993). Understanding comics: The invisible art. Harper
Perennial.