O‘QUVCHILARNING KASB TANLASHDAGI MUAMMO VA
YECHIMLARI
STUDENTS' PROBLEMS AND SOLUTIONS IN CHOOSING A
PROFESSION
ПРОБЛЕМЫ СТУДЕНТОВ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ ПРИ ВЫБОРЕ
ПРОФЕССИИ
Quyliyeva Orzigul Rajabboyevna
Oriental universiteti o‘qituvchisi,
Tel.: +998 90 994-95-82
e-mail: quyliyevaorzigul@gmail.com
Nosirova Zamira Xosil qizi
Oriental universiteti, Psixologiya yoʻnalishi
301-guruh, 2-kurs talabasi
Tel.: +998 99 810-87-46
e-mail: zamiranosirova306@gmail.com
Annotatsiya. O‘quvchilarning kasb tanlashdagi muammo va yechimlari
zamon talablariga mos ravishda o‘quvchilarning kelajakdagi hayotini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarning kasb tanlash jarayoni,
ko‘pincha, turli omillar: oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, shuningdek, ta’lim
muassasalarining imkoniyatlari va shaxsiy qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Mavzuda, aynan o‘quvchilarning kasb tanlashda duch keladigan muammolar tahlil
qilinadi. Ular orasida noto‘g‘ri kasb tanlash, kasbga bo‘lgan qiziqishning
yetishmasligi, malaka va ta’limga nisbatan qiyinchiliklar, hamda jamiyatda mavjud
stereotiplar va mehnat bozoridagi o‘zgarishlar kabilar alohida o‘rin tutadi. Ushbu
muammolarni yechishda, o‘quvchilarga kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha maslahat
berish, kasbiy ma’lumotlar va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda psixologik yordam ko‘rsatish
kabi yechimlar taklif etiladi. Natijada, o‘quvchilarning kelajakdagi kasbiy
faoliyatiga tayyorlanishi uchun zaruriy sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega
bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: kasb, kasb tanlash jarayoni, ta’lim yoʻnalishi, kasblar sohasi,
kasblar kategoriyalari.
Annotation. Problems and solutions in choosing a profession for students is
one of great importance in shaping the future life of students in accordance with
the requirements of the time. The process of choosing a profession for students
often depends on various factors: family, social, economic, as well as the
capabilities of educational institutions and personal abilities. The topic analyzes the
problems that students face in choosing a profession. Among them, the wrong
choice of profession, lack of interest in the profession, difficulties in obtaining
qualifications and education, as well as stereotypes existing in society and changes
in the labor market, occupy a special place. In solving these problems, solutions
are proposed such as advising students on professional directions, creating
opportunities for exchanging professional information and experience, using
modern technologies, and providing psychological support. As a result, it is
important to create the necessary conditions for preparing students for their future
professional activities.
Keywords: profession, career choice process, course of study, field of
professions, categories of professions.
Аннотация. Проблемы и пути решения студентов в выборе профессии
важна для формирования будущей жизни студентов в соответствии с
требованиями времени. Процесс выбора профессии студентами зачастую
зависит от различных факторов: семейных, социальных, экономических, а
также возможностей и личных способностей учебного заведения. В теме
анализируются проблемы, с которыми сталкиваются студенты при выборе
профессии. Среди них особое место занимают неправильный выбор
профессии, отсутствие интереса к профессии, трудности с получением
навыков и образования, а также существующие стереотипы в обществе и
изменения на рынке труда. Для решения этих проблем предлагаются такие
решения, как консультирование студентов по профессиональным
направлениям, создание возможностей для обмена профессиональной
информацией и опытом, использование современных технологий, оказание
психологической поддержки. В результате важно создать необходимые
условия для подготовки студентов к будущей профессиональной
деятельности.
Ключевые слова: профессия, процесс выбора профессии, курс
обучения, область профессий, категории профессий.
KIRISH
Har bir inson o‘z kasbini tanlashda o‘z qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga
olishi kerak. Kasb bu shaxsning ma’lum bir sohada, odatda professional
faoliyatida, bilim va ko‘nikmalarini qo‘llab, daromad olish maqsadida bajaradigan
ishidir. Kasblar turli sohalarda bo‘lishi mumkin va har biri o‘ziga xos talablar,
malakalar va mas’uliyatlarga ega. Ushbu maqolada bugungi o‘quvchilarni kasb
tanlash borasidagi yuzaga kelayotgan muammolariga to‘xtalib o‘tiladi.
O‘quvchilarning kasb tanlash jarayoni, turli omillar: oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy,
shuningdek, ta’lim muassasalarining imkoniyatlari va shaxsiy qobiliyatlariga
bog‘liqligi yoritiladi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
So‘nggi yillarda ushbu mavzuga oid ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislarimiz tomonidan kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish borasida anchagina
izlanishlar olib borilmoqda. Bu jarayonni amalga oshirishda bir qator muammolar va
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Kasb tanlashdagi muammolarni tahlil qilish va
ularning qanday yechimlar topilishi haqida adabiyotlar ko‘plab tadqiqotlarda
o‘rganilgan. S. O. Frolov (1995) o‘zining "Kasb tanlash psixologiyasi" asarida shuni
ta’kidlaydiki, kasb tanlashda shaxsiy qobiliyatlar, qiziqishlar, iqtisodiy va ijtimoiy
sharoitlar, shuningdek, ijtimoiy bosim kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy omillar
ham kasb tanlashda katta rol o‘ynaydi. A. Makarenko o‘zining tadqiqotlarida, kasb
tanlashda iqtisodiy jihatlarning, jumladan, mehnat bozoridagi talab va taklifning
muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan (Makarenko A., 2004). Yoshlarning kasb
tanlashidagi iqtisodiy muammolar orasida yuqori maosh va ish o‘rinlarining
mavjudligi, ishlash shartlari va hayot darajasini ta’minlashdagi qiyinchiliklar bor. Kasb
tanlashda ijtimoiy omillar, xususan, oilaning roli juda katta. Ba’zi tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, yoshlarning kasb tanlashida ota-ona va oilaning ta’siri sezilarli (Dovlatov
M., 1997). Oilaning iqtisodiy holati, ijtimoiy mavqei, va ota-onalarning kasbga bo‘lgan
munosabati yoshlarga kasb tanlashda qaror qabul qilish jarayonida ko‘p holatlarda
katta ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsiy xususiyatlar va motivatsiya ham kasb tanlashda muhim
rol o‘ynaydi. B. Antonov (2000) o‘zining “Kasb tanlashda psixologik aspektlar”
asarida yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, shaxsiy xususiyatlari, va kasbga bo‘lgan
qiziqishlari muhimligini ta’kidladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kasbga bo‘lgan
qiziqish va ehtiros, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatga olib kelishi mumkin, lekin ko‘p
hollarda yoshlar bu omillarni hisobga olmaydi va faqat tashqi ko‘rinishga qarab tanlov
qilishadi. Bundan tashqari, psixologik testlar, shaxsiy o‘zgarishlar va kasbiy
qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan metodlar qo‘llaniladi. M. D. Leontyev (1981) kasb
tanlashda psixologik testlarning samaradorligini o‘rganib, yoshlarning kasbga bo‘lgan
qiziqishlarini va ularning psixologik holatini tahlil qilishda metodlarni ishlab chiqqan.
Kasb bu odamning ma’lum bir sohaga oid malaka va bilimlarga ega bo‘lib, undan
foyda olish yoki daromad topish maqsadida amalga oshiradigan faoliyati. Kasb,
odatda, ixtisoslashgan bilimlar, ko‘nikmalar va tajriba talab qiladi. U, o‘z navbatida,
jamiyatda o‘z o‘rnini topish, shaxsning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi, hayotini
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi (Avazov Sh., 2003).
Kasb tanlash — har bir inson hayotidagi eng muhim qarorlardan biridir. Kasb
tanlash jarayoni — bu odamning qiziqishlari, imkoniyatlari, ijtimoiy va iqtisodiy
sharoitlar, shuningdek, o‘zining qobiliyatlariga mos keladigan faoliyat turini tanlash
jarayoni. Kasb tanlashda, o‘quvchilar uchun eng muhim omillar o‘quv ta’limoti,
shaxsiy qiziqishlar, jamoa talab va bozor ehtiyojlari hisobga olinadi. Kasb tanlashdagi
xatoliklar shaxsning kelajakdagi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning
uchun bu jarayonni ehtiyotkorlik bilan va ma’lumotli ravishda amalga oshirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi va Vazirlar Mahkamasi qarori xizmatchilarning asosiy
lavozimlari va ishchilar kasb yangilangan tasniflagichini tasdiqlash to‘g‘risida
(O‘zbekiston Respublikasi, 2015-yil, 25-son, 326-modda) Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv
uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 24-aprel PF-4720-son
Farmonini bajarish yoʻnalishlari hamda kasblar va lavozimlarni tasniflashning
normativ-huquqiy bazasini yanada kengroq xalqqa taʼminlash, uni bozor iqtisodiga
o‘tkazishni muvofiqlashtirish. Yangicha fikrlaydigan professional kadrlar
tayyorlanishini ta’minlashda xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari
tasniflovchi rolini ishlab chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kasb va lavozimlarga
qo‘yiladigan malaka darajalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish
milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 2020-yil 15-maydagi 287-
son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida kasb va lavozimlarga
qo‘yiladigan malaka darajalarini milliy malaka tizimi asosida takomillashtirish,
xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq malaka
toifalarini (razryadlarini) belgilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2022—2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini
“insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi
to‘g‘risida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qarorlariga ko‘ra:
- korxonalar, shaxsiy kasblar va tashkilotlarning davlat jadvallarini va davlat
jadvallarini, xodimlarning me’yoriy daftarchalarini, yozuvlarni, mehnat
kompaniyalarini va boshqalarni rasmiylashtirishda, pensiya ta’minotini
rivojlantirishda standartlashtirish va birxillashtirish;
- ta’limning darajasi va yo‘nalishini hamda xodimlarning malakasini olgan
hisobga holda kadrlarni samarali ravishdagi joy-joyiga qo‘yish;
- ishlab chiqarish va boshqaruvning istiqbollaridan kelib chiqib, zamonaviy bozor
iqtisodiyoti harakatsiz javob beradi, yangicha fikrlaydigan kadrlarni aniq maqsadni
ko‘zlab tayyorlash;
- turli tashkiliy-huquqiy shaklardagi tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini tuzish;
- mehnatni hisobga olish, tahlil qilish va uning statistikasini yuritish;
- xodimlar bilan islashni tashkil etish axborotni qayta ishlash; uchun
- band aholini faoliyat (mashg‘ulot) turlari bo‘yicha taqsimlash;
- xalqaro darajada ijtimoiy-mehnat ma’lumotlarini taqqoslash
foydalaniladi.
- mutaxassislar - ishlab chiqarish va qayta ishlash, rejalashtirish va nazorat qilish,
murakkab texnikaga xizmat ko‘rsatuvchi, xodimlarni boshqaruvchi, tashkilotlarini, shu
jumladan ularga farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi,
ta’lim beruvchi va soha xodimlar va ilmiy faoliyatini, shu jumladan boshqa o‘ziga xos
funksionalni amalga oshiruvchi hodisalar. Mutaxassislar boshqaruv va ishlab chiqarish
xodimlariga tegishli bo‘lishi, farmoyish berish va ijro etish funksiyalarini bajarishlari
mumkin (Avazov Sh., 2003).
Ta’lim yoʻnalishi - taʼlim muassasasida bitiruvchi taʼlim boʻyicha tegishli
darajada egallangan va oʻz kasbiy yoʻnalishi boʻyicha faoliyat dasturining asosiy turi
boʻyicha faoliyatni taʼminlash va fundamental bilimlar, oʻquv va koʻnikmalar
yig‘indisidan iborat.
"Har bir o‘quvchi o‘z kasbini tanlashda o‘z qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga
olishi kerak bo‘ladi. Kasblar quyidagi kategoriyalarga bo‘linishi mumkin:
1. Ijtimoiy kasblar: Muallim, doktor, psixolog, ijtimoiy ishchi.
2. Texnik kasblar: Muhandis, dasturchi, texnik mutaxassis.
3. Ijodiy kasblar: San'atkor, dizayner, yozuvchi, musiqa ijrochisi.
4. Biznes va iqtisod: Tadbirkor, moliyachi, marketing mutaxassisi.
5. Qurilish va ishlab chiqarish: Quruvchi, mexanik, elektrchi.
Har bir kasb o‘zining o‘rganilishi va rivojlanishi uchun talab qilinadigan
malakalar va tajribaga ega. Kasb tanlashda shaxsning qiziqishlari, qobiliyatlari va
bozor talablarini hisobga olish muhimdir. Kasb sohalari va turlari ko‘plab
kategoriyalarga bo‘linadi. Quyida ba’zi asosiy kasb sohalari va ularga tegishli kasb
turlari keltirilgan:
1. Ijtimoiy soha
- Tibbiyot: Shifokor, hamshira, farmatsevt, psixolog.
- Ta’lim: Muallim, o‘qituvchi, ta’lim muassasasi rahbari.
- Ijtimoiy xizmatlar: Ijtimoiy ishchi, reabilitatsiya mutaxassisi.
2. Texnika va muhandislik
- Muhandislik: Mexanik muhandisi, elektr muhandisi, qurilish muhandisi.
- Dasturlash: Dasturchi, tizim analitikasi, veb-ishlab chiqaruvchi.
- Texnik xizmat: Texnik mutaxassis, xizmat ko‘rsatish muhandisi.
3. Ijodiy soha
- San’at: Rassom, haykaltarosh, fotograf.
- Dizayn: Grafik dizayner, moda dizayneri, interyer dizayneri.
- Musiqa: Musiqa ijrochisi, kompozitor, ovoz rejissyori.
4. Biznes va iqtisod
- Marketing: Marketing mutaxassisi, brend menejeri, reklama agenti.
- Moliyaviy xizmatlar: Moliyachi, auditor, investitsiya analitigi.
- Tadbirkorlik: Tadbirkor, start up asoschisi, biznes maslahatchisi.
5. Qurilish va ishlab chiqarish
- Qurilish: Quruvchi, arxitektor, loyiha boshqaruvchisi.
- Ishlab chiqarish: Ishlab chiqarish muhandisi, sifat nazoratchisi.
- Transport va logistika: Haydovchi, logistika menejeri.
6. Axborot texnologiyalari
- IT mutaxassislari: Tizim administratorlari, kiber xavfsizlik mutaxassislari.
- Ma’lumotlar analitikasi: Ma’lumotlar analitigi, biznes analitigi.
7. Qishloq xo‘jaligi
- Agronomiya: Agronom, qishloq xo‘jaligi muhandisi.
- Chorvachilik: Veterinar, hayvonlarni boqish mutaxassisi.
8. Xizmat ko‘rsatish sektori
- Restoran va mehmonxona: Ofitsiant, oshpaz, mehmonxona menejeri.
- Savdo-sotuv vakili, do‘kon menejeri.
Yuqorida keltirib o‘tilgan kasb sohalari bo‘yicha mutaxassislikka yo‘naltirish
lozim. Bugungi kundagi eng ehtiyoj baland bo‘lgan soha sifatida yo‘naltirish mumkin.
Maktab o‘quvchilarida kasb bilan bog‘liq muammolar talaygina. Yo‘naltirishdagi
kamchiliklar, sohalar haqidagi tushunchalarning yetishmasligi, kasbga to‘g‘ri
yo‘nalish olishda muammolarni yuzaga keltiradi. Bugungi kunda o‘quvchilarning kasb
tanlashdagi muammolari va yechimlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Muammolar:
1. Ma’lumot yetishmasligi: O‘quvchilar kasblar haqida yetarlicha ma’lumotga
ega emaslar.
2. Ota-onalar bosimi: Ba’zi oila a’zolari o‘z xohishlariga ko‘ra kasb tanlashni
talab qilishlari mumkin.
3. Shaxsiy qiziqishlar: O‘quvchilar o‘z qiziqishlarini aniqlashda qiynalishlari
mumkin.
4. Ijtimoiy ta’sir: Do‘stlar va jamiyatning fikri o‘quvchilarning tanloviga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
5. O‘qituvchilarning yordami: O‘qituvchilarning kasb tanlash jarayonida yetarli
yordam bermasligi.
Aynan yuqoridagi muammolardan kelib chiqib, quyidagi yechimlarni taklif etgan
bo‘lar edik. O‘qituvchilarning kasb tanlashdagi muammolariga quyidagi yechimlarini
ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Yechimlar:
1. Ma’lumot berish: Kasblar haqida ma’lumot beruvchi seminarlar, taqdimotlar
va ekskursiyalar tashkil etish
2. Ota-onalar bilan ishlash: Ota-onalar uchun seminarlar o‘tkazib, ularni o‘z
farzandlarining qiziqishlariga hurmat bilan qarashga undash.
3. Qiziqishlarni aniqlash: O‘quvchilarga qiziqish va qobiliyatlarini aniqlashga
yordam beruvchi testlar va mashg‘ulotlar o‘tkazish.
4. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: O‘quvchilar o‘rtasida muhokama va tajriba
almashish uchun guruhlar tashkil etish.
5. O‘qituvchilarning roli: O‘qituvchilarni kasb tanlash jarayonida qo‘llabquvvatlash va maslahat berishga tayyorlash.
TAHLIL VA NATIJALAR
Kasb tanlash jarayoni bu faqatgina shaxsning qiziqishlari va istaklariga
asoslanadigan masala emas. Bu jarayonning murakkabligi va ko‘p o‘zgaruvchan
omillarni hisobga olgan holda, yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish uchun keng
qamrovli va ko‘p bosqichli yondashuv zarur. Shaxsiy qiziqishlarni va ijtimoiy
ta’sirlarni hisobga olgan holda, kasb tanlashda o‘zini anglash, amaliy ko‘nikmalarni
rivojlantirish va ish bozorining talablari tahlil qilinishi kerak. Shu tarzda, yoshlar
nafaqat o‘zlariga mos kasbni tanlashadi, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlariga asos
soladilar (Avazov Sh., 2003).
Kasb tanlashdagi asosiy yechim bu yoshlarning qiziqishlari, salohiyatlari va
jamiyat ehtiyojlarini uyg‘unlashtirgan holda, ularni kasbga tayyorlash tizimini
kuchaytirish va psixologik, ma’naviy yordam bilan qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kasb sohalari va turlari faqatgina asosiy
misollar bo‘lib, har bir sohada ko‘plab maxsus kasblar mavjud. Kasb tanlashda
shaxsning qiziqishlari, qobiliyatlari va bozor talablarini hisobga olish muhimdir.
Kasb tanlashdagi muammolarni hal qilish orqali o‘quvchilar kasb tanlash
jarayonida yanada ishonchli va ma’lumotli qarorlar qabul qilishlari mumkin.
“O‘quvchilarning kasb tanlashdagi muammo va yechimlari” mavzusi
o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatini shakllantirishda
muhim ahamiyatga ega. Kasb tanlash jarayonida o‘quvchilar ko‘plab
muammolarga duch keladilar, jumladan, noto‘g‘ri kasb tanlash, qiziqishlarning va
malakalarining yetishmasligi, ijtimoiy va iqtisodiy omillar, hamda mehnat
bozoridagi o‘zgarishlarga moslashish kabi qiyinchiliklar mavjud.
Bu muammolarni hal qilish uchun, o‘quvchilarga kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha
ma’lumot berish, psixologik maslahatlar va kasbiy yo‘llanmalarga ega bo‘lish
imkoniyatlarini yaratish muhimdir. Shuningdek, kasb tanlashda ota-onalar,
o‘qituvchilar va psixologlar o‘rtasida yaqin hamkorlik, zamonaviy texnologiyalar
va ta’lim tizimlaridan samarali foydalanish zarur (Avazov Sh., 2003).
Bundan tashqari, mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga moslashgan va
o‘quvchilarning qiziqishlari va imkoniyatlarini inobatga olgan kasb-hunarlar
yo‘nalishlarini belgilash, ularni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash muhim
ahamiyatga ega. Shunday qilib, o‘quvchilarning kasb tanlashdagi muammolarini
samarali yechish, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashga yordam
beradi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shadi.
Demak, kasblar haqida ma’lumot beruvchi ekskursiyalar tashkil etish, otaonalar o‘z farzandlarining qiziqishlariga hurmat bilan qarashga undash, qiziqish va
qobiliyatlarini aniqlashga yordam beruvchi testlar va mashg‘ulotlar o‘tkazish
o‘qituvchilarni kasb tanlash jarayonida qo‘llab-quvvatlash va maslahat berishga
tayyorlashni tavsiya sifatida bera olamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Barkamol
avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: «Sharq», 1998.
2. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni // Barkamol avlod
- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: «Sharq», 1998.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori /
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlangan
nutq. 1997-yil 29-avgust // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
– Toshkent: «Sharq», 1998.
4. Karimov I.A. Zamonaviy kadrlar tayyorlash – islohotlar muvaffaqiyatining
asosi. / «Xalq so‘zi» gazetasi, 1998-yil 24-yanvar.
5. Avliyoqulov N.X. (2004) Kasbiy fanlarni modulli o‘qitish texnologiyasi. –
Toshkent: «Yangi asr avlodi». – 106 b.
6. Avazov Sh. (2003) Amaliy kasbiy ta’lim metodikasi. I qism / Kasb-hunar
kollejlarining amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchilari (ishlab chiqarish ta’limi ustalari)
uchun chizmalar va jadvallar ko‘rinishidagi o‘quv-metodik qo‘llanma). – Toshkent:
O‘MKHTRM. – 72 b.
7. Avazov Sh. (2003) Amaliy kasbiy ta’lim metodikasi. II qism / Kasb-hunar
kollejlarining amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchilari (ishlab chiqarish ta’limi ustalari)
uchun chizmalar va jadvallar ko‘rinishidagi o‘quv-metodik qo‘llanma). – Toshkent:
O‘MKHTRM. – 73 b.
8. Abduraxmonov F, Abduraxmonova Z. (2018) Kasb psixologiyasi. – Тoshkent:
“Barkamol fayz media” nashriyoti. – 352 bet.
9. Xodjayeva, L. (2022). Yoshlar orasida kasb tanlash muammolari va ularni
bartaraf etish yo‘llari // Ijtimoiy Fanlar Jurnali, 15(3), 89-97.
10. Abdullayeva, N. (2020). Yoshlarning kasb tanlashida oila va muhitning ta’siri.
O‘zbekiston Pedagogika Universiteti Ilmiy Axborotnomasi, 45(3), 78-85.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Barkamol
avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: «Sharq», 1998. (In Uzbek)
2. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni // Barkamol avlod
- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: «Sharq», 1998. (In Uzbek)
3. Karimov I.A. Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori /
Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlangan
nutq. 1997-yil 29-avgust // Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
– Toshkent: «Sharq», 1998. (In Uzbek)
4. Karimov I.A. Zamonaviy kadrlar tayyorlash – islohotlar muvaffaqiyatining
asosi. / «Xalq so‘zi» gazetasi, 1998-yil 24-yanvar. (In Uzbek)
5. Avliyoqulov N.X. (2004) Kasbiy fanlarni modulli o‘qitish texnologiyasi. –
Toshkent: «Yangi asr avlodi». – 106 b. (In Uzbek)
6. Avazov Sh. (2003) Amaliy kasbiy ta’lim metodikasi. I qism / Kasb-hunar
kollejlarining amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchilari (ishlab chiqarish ta’limi ustalari)
uchun chizmalar va jadvallar ko‘rinishidagi o‘quv-metodik qo‘llanma). – Toshkent:
O‘MKHTRM. – 72 b. (In Uzbek)
7. Avazov Sh. (2003) Amaliy kasbiy ta’lim metodikasi. II qism / Kasb-hunar
kollejlarining amaliy kasbiy ta’lim o‘qituvchilari (ishlab chiqarish ta’limi ustalari)
uchun chizmalar va jadvallar ko‘rinishidagi o‘quv-metodik qo‘llanma). – Toshkent:
O‘MKHTRM. – 73 b. (In Uzbek)
8. Abduraxmonov F, Abduraxmonova Z. (2018) Kasb psixologiyasi. – Toshkent:
“Barkamol fayz media” nashriyoti. – 352 bet. (In Uzbek)
9. Xodjayeva, L. (2022). Yoshlar orasida kasb tanlash muammolari va ularni
bartaraf etish yo‘llari // Ijtimoiy Fanlar Jurnali, 15(3), 89-97. (In Uzbek)
10. Abdullayeva, N. (2020). Yoshlarning kasb tanlashida oila va muhitning ta’siri.
O‘zbekiston Pedagogika Universiteti Ilmiy Axborotnomasi, 45(3), 78-85. (In Uzbek)