ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Matematika fanida animatsiya va 3D grafikalardan foydalanish

G‘ofurov Jamoliddin Xusniddinovich, G‘ofurova Sabrina Farrux qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MATEMATIKA FANIDA ANIMATSIYA VA 3D GRAFIKALARDAN
FOYDALANISH

USING ANIMATION AND 3D GRAPHICS IN MATHEMATICS

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНИМАЦИИ И 3D ГРАФИКИ В МАТЕМАТИКЕ

G‘ofurov Jamoliddin Xusniddinovich
Oriental universiteti

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 820-70-19

E-mail: readme86@mail.ru

G‘ofurova Sabrina Farrux qizi
Oriental universiteti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi
e-mail: sabrinagafurova10@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada matematika ta’limida animatsiya va 3D grafik
texnologiyalaridan foydalanishning didaktik samaradorligi o‘rganiladi. Tadqiqot
zamonaviy raqamli vositalarning murakkab matematik tushunchalarni vizualizatsiya
qilish orqali o‘quvchilar tomonidan mavzularni chuqurroq anglash, fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishdagi ahamiyatini
yoritadi. Shuningdek, 3D grafik va animatsiyalar yordamida matematik obyektlarning
dinamik modellashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada ushbu
texnologiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish strategiyalari, amaliy tajribalar va
kutilgan natijalarni ta’minlashdagi qiyinchiliklar tahlil qilinib, xulosalar keltiriladi.
Tadqiqot natijalari animatsion va uch o‘lchamli vizual vositalar yordamida ta’lim
jarayonini innovatsion tashkil etish bo‘yicha ilmiy-uslubiy asoslarni rivojlantirishga
qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Animatsiya, 3D grafikalar, matematika ta’limi, vizualizatsiya,
raqamli texnologiyalar, innovatsion pedagogika, dinamik modellashtirish, interaktiv
o‘quv materiallari, STEM ta’lim, o‘quv motivatsiyasi, matematik tushunchalar tasviri,
didaktik samaradorlik.

Annotation. This article explores the didactic effectiveness of using animation
and 3D graphics technologies in mathematics education. The study highlights the
importance of modern digital tools in visualizing complex mathematical concepts,
which enhances students' deeper understanding of topics, develops their thinking skills,
and increases learning motivation. Additionally, the possibilities of dynamic modeling
of mathematical objects using 3D graphics and animations are analyzed. The article

examines strategies for integrating these technologies into the educational process,
analyzes practical experiences and challenges encountered in achieving the expected
outcomes, and presents conclusions. The results of the study are aimed at developing
scientific and methodological foundations for innovative organization of the
educational process using animation and three-dimensional visual tools.

Keywords: animation, 3D graphics, mathematics education, visualization,
digital technologies, innovative pedagogy, dynamic modeling, interactive educational
materials, STEM education, learning motivation, visualization of mathematical
concepts, didactic effectiveness.

Аннотация. В данной статье изучается дидактическая эффективность
использования анимации и технологий 3D-графики в обучении математике.
Исследование освещает значение современных цифровых инструментов в
визуализации сложных математических понятий, что способствует более
глубокому пониманию тем учащимися, развитию их навыков мышления, а также
повышению учебной мотивации. Кроме того, анализируются возможности
динамического моделирования математических объектов с помощью 3Dграфики и анимаций. В статье рассматриваются стратегии интеграции этих
технологий в образовательный процесс, анализируются практические опыты и
трудности, возникающие при достижении ожидаемых результатов, приводятся
выводы. Результаты исследования направлены на развитие научнометодических основ инновационной организации образовательного процесса с
использованием анимационных и трехмерных визуальных средств.

Ключевые слова: анимация, 3D-графика, обучение математике,
визуализация, цифровые технологии, инновационная педагогика, динамическое
моделирование, интерактивные учебные материалы, STEM-образование,
учебная мотивация, визуализация математических понятий, дидактическая
эффективность.

KIRISH
Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim jarayonida
yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Ayniqsa, matematika fanida zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish o‘quvchilar uchun murakkab mavzularni tushunishni
ancha osonlashtiradi. Matematika – abstrakt tushunchalar va murakkab algoritmlarga
boy fan bo‘lib, ko‘pincha ularni tushunish qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli,
animatsiya va 3D grafiklardan foydalanish bu qiyinchiliklarni bartaraf etishning
samarali vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Animatsiyalar yordamida matematik
jarayonlarni dinamik ko‘rinishda namoyish etish mumkin. Masalan, hosilalar va
integral funksiyalarining o‘zgarishini real vaqt rejimida tasvirlash, geometriya

shakllarining fazoviy o‘zgarishlarini ko‘rsatish yoki statistik jarayonlarni
vizualizatsiya qilish orqali mavzularni yanada qiziqarli va tushunarli qilish mumkin.
3D grafiklar esa uch o‘lchamli tasavvurlarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Masalan, geometrik shakllar, ularning kesimlari va fazoviy o‘zgarishlari kabi
mavzularni aniq tasvirlash imkonini beradi. Ushbu maqolada matematika fanida
animatsiya va 3D grafiklardan foydalanishning afzalliklari, ularni o‘quv jarayonida
qo‘llashning imkoniyatlari va o‘quvchilarning bilim olish samaradorligiga ta’siri keng
yoritiladi. Bundan tashqari, animatsiya va 3D grafiklarning qaysi mavzularda ko‘proq
qo‘llanishi mumkinligi haqida ham tavsiyalar beriladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Mayerning multimedia o‘rganish nazariyasi ta’limda animatsiya va grafiklardan
foydalanishning kognitiv jarayonlarga ta’sirini chuqur yoritadi. Muallifning
tadqiqotlari animatsiya yordamida o‘quvchilarning axborotni o‘zlashtirish
samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Becker maqolasida STEM ta’limidagi integratsiya yondashuvi yoritilib,
matematika ta’limida raqamli texnologiyalar, jumladan, 3D grafiklardan
foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib berilgan. Mualliflar 3D modellar orqali
o‘quvchilarning matematik obyektlarni real kontekstda tasavvur qilish ko‘nikmasini
rivojlantirishini ta’kidlaydi. L. Jonson, Adams Becker, V. Estrada kabi olimlar
ta’limda innovatsion texnologiyalarning rivojlanishiga tadqiqotlarini bag‘ishlagan.
Unda 3D grafikalar va animatsiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish
strategiyalari va ularning o‘quv motivatsiyasiga ijobiy ta’siri haqida fikr yuritiladi.
Clark va Mayer esa Elektron ta’limning ilmiy asoslari bo‘yicha manba o‘qitishda
interaktiv grafik vositalarning o‘quv natijalariga ta’sirini o‘rganadi. Mualliflar,
animatsiyalar va 3D grafiklar yordamida o‘quvchilarning mavzuni o‘zlashtirish
samaradorligini oshirishga oid qimmatli tavsiyalarni beradi.
M. Hohenwarter hamda J. Preiner GeoGebra ishlarida dasturidan foydalanish
orqali matematik modellarni dinamik tasvirlashning afzalliklari yoritiladi. Ushbu
manba o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun animatsiyalar va interaktiv grafik vositalar
orqali matematik tushunchalarni o‘rgatishda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Yuqoridagi adabiyotlar matematika ta’limida zamonaviy texnologiyalardan samarali
foydalanish uchun mustahkam ilmiy asoslarni taqdim etadi. Ular texnologik
vositalarning matematik bilimlarni o‘zlashtirishga ta’siri bo‘yicha dolzarb
muammolarni tahlil qilishga xizmat qiladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – matematika fanida animatsiya va 3D
grafiklardan foydalanishning didaktik imkoniyatlarini o‘rganish, ularni qo‘llash orqali

o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq
anglashiga yordam berishdir. Tadqiqot quyidagi savollarga javob berishga qaratilgan:

1. Animatsiya va 3D grafiklardan foydalanish o‘quvchilarning matematik
bilimlarni o‘zlashtirishga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

2. Ushbu texnologiyalarni qaysi matematik mavzularda qo‘llash samaraliroq?
3. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning
qiziqishini oshirishga va murakkab tushunchalarni osonroq tushunishga qanday
yordam beradi?
4. Animatsiya va 3D grafiklarni ta’lim jarayoniga joriy etish uchun qanday
pedagogik yondashuvlar eng samaralidir?
Tadqiqotning asosiy maqsadi nafaqat nazariy asoslarni o‘rganish, balki amaliy
tajribalar orqali animatsiya va 3D grafiklarning o‘quv jarayonidagi o‘rnini baholash va
ularni kengroq qo‘llashga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadlar
asosida matematikani o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va ta’lim
jarayonini optimallashtirishga erishiladi.
Tadqiqotda foydalanilgan usul va yondashuvlar aniqlik, komplekslik va amaliy
samara prinsiplari asosida tanlangan bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Nazariy tahlil: Mazkur yondashuvda animatsiya va 3D grafiklardan ta’limda
foydalanish bo‘yicha mavjud ilmiy va metodik adabiyotlar o‘rganildi. Dunyoda va
mamlakatimizda ushbu texnologiyalarni qo‘llash tajribasi tahlil qilindi. Bu jarayonda
ushbu metodik vositalarning o‘quv jarayoniga kiritilishining afzalliklari va cheklovlari
aniqlanadi.
Eksperimental tajriba: O‘quvchilarga matematik mavzularni animatsiya va 3D
grafiklardan foydalanib tushuntirish amalda sinovdan o‘tkazildi. Bu jarayonda
o‘quvchilarning mavzuni qanchalik tez va sifatli o‘zlashtirgani kuzatildi. Sinov darslari
yakunida olingan natijalar aniqlanib, statistik tahlil qilinadi.
So‘rovnoma va intervyu: Animatsiya va 3D grafiklardan foydalanish natijasida
o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar va intervyular orqali
ular ushbu texnologiyalarning samaradorligi haqida fikr-mulohazalar bildirdi. Bu
ma’lumotlar keyinchalik metodik tavsiyalar ishlab chiqishda asos sifatida qo‘llandi.
Vizualizatsiya vositalarining tahlili: Matematik mavzularni animatsiya va 3D
grafik yordamida o‘qitish uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minotlar (masalan,
GeoGebra, MATLAB, Blender) o‘rganildi va ularning o‘quv jarayoniga mosligi
baholandi.
Qiyosiy tahlil: Animatsiya va 3D grafiklardan foydalangan holda o‘tkazilgan
darslarning natijalari an’anaviy o‘quv usullari bilan solishtirildi. Bu yondashuv
animatsion metodikalar va 3D vizualizatsiyaning o‘quv samaradorligiga ta’sirini
batafsil baholash imkonini beradi.

Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar asosida animatsiya va 3D grafiklarning
ta’lim jarayonidagi samaradorligi haqida xulosalar chiqarildi va ushbu
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Animatsiya va 3D grafiklarning afzalliklari
Animatsiya va 3D grafiklarning ta’lim jarayonidagi afzalliklari ko‘plab
aspektlarda namoyon bo‘ladi. Quyida ushbu texnologiyalarning asosiy afzalliklari
keltirildi:
Abstrakt tushunchalarni vizualizatsiya qilish: Matematika fanida abstrakt
tushunchalarni, masalan, cheksizlik, vektorlar yoki nisbiy harakatlarni tushunish
ko‘pincha qiyinchilik tug‘diradi. Animatsiyalar va 3D grafiklar ushbu tushunchalarni
vizual ko‘rinishda taqdim etib, ularni tushunishni osonlashtiradi.
O‘quvchilar qiziqishini oshirish: Raqamli texnologiyalardan foydalanish
o‘quvchilar uchun darslarni qiziqarli qiladi. Dinamik animatsiyalar va uch o‘lchamli
grafiklar o‘quvchilarning e’tiborini tortadi va ularda mavzuni o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishni oshiradi.
Murakkab mavzularni osonlashtirish: Masalan, uchburchaklar trigonometriyasi,
hosila va integralni hisoblash yoki fazoviy geometriyani tushuntirishda animatsiya va
3D grafiklar o‘quvchilarga murakkab jarayonlarni sodda va tushunarli tarzda
tushuntirish imkonini beradi. Amaliy tajriba yaratish: 3D grafiklar yordamida
o‘quvchilar turli matematik obektlar bilan tajriba o‘tkazishi mumkin. Masalan, fazoviy
jismlarni aylantirish, ularning yuzasi yoki hajmini o‘lchash yoki harakatlanuvchi
grafiklarni kuzatish orqali mavzuni amaliy tushunishga erishiladi. O‘quv
samaradorligini oshirish: Animatsiya va 3D grafiklardan foydalanish mavzuni yanada
tushunarli qiladi, bu esa o‘quvchilarning bilim olish darajasini oshirishga olib keladi.
O‘quvchilarning murakkab tushunchalarni tezroq anglashiga yordam beradi.
Moslashuvchanlik va interaktivlik: Ushbu texnologiyalar yordamida o‘quvchilar
dars davomida o‘zlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan interaktiv mashg‘ulotlarni tashkil
etish mumkin. Bu o‘quvchilarning mavzuga faol jalb qilinishini ta’minlaydi.
Zamonaviy ta’limga moslik: XXI asr ta’lim jarayoni zamonaviy texnologiyalarga
asoslangan bo‘lib, animatsiya va 3D grafiklardan foydalanish ushbu talablarga mos
keladi va o‘qituvchilarning o‘z darslarini innovatsion shaklda tashkil etishiga yordam
beradi. Yuqoridagi afzalliklar animatsiya va 3D grafiklarning ta’lim jarayonidagi o‘rni
naqadar muhim ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu texnologiyalarni to‘g‘ri va samarali
qo‘llash orqali matematika ta’limini yangi bosqichga olib chiqish mumkin.
Animatsiya va 3D grafiklardan foydalanish nafaqat matematika, balki ta’limning
boshqa sohalarida ham keng qo‘llaniladi. Quyida ularning asosiy qo‘llash sohalari
keltiriladi:

Geometriya va trigonometriya: Fazoviy jismlarni uch o‘lchamli ko‘rinishda
tasvirlash, ularning kesimlarini ko‘rsatish va yuzalarining o‘zgarishini animatsiya
yordamida tushuntirishda juda samarali. Masalan, Piramida va konus shakllarini
kesimlar bilan tasvirlash yoki aylanish jismlarining hosil bo‘lishini ko‘rsatish mumkin.

Funksiyalar va grafiklar: Matematik funksiyalarning o‘zgarishi va ularning
grafigini dinamik tarzda ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Masalan, sinus, kosinus
funksiyalari yoki parabola grafigining o‘zgarishlarini real vaqt rejimida namoyish
qilish orqali mavzularni tushuntirish ancha osonlashadi.

Statistika va ehtimollar nazariyasi: Animatsiyalar yordamida statistik
ma’lumotlarning o‘zgarishini dinamik ravishda namoyish etish, diagrammalar va
grafiklar orqali tahlillarni amalga oshirish samaradorlikni oshiradi. Bu yo‘nalishda 3D
grafiklar statistik to‘plamlarni fazoviy tasvirlash imkonini beradi.

Fizika va muhandislik: Matematika va fizika fanlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ko‘plab
muhandislik tushunchalarini 3D grafik va animatsiyalar yordamida tushuntirish
mumkin. Masalan, kuchlar momentini ko‘rsatish, dinamik harakatlarni modellash yoki
mexanik jarayonlarni tasvirlashda qo‘llaniladi.

Arxitektura va dizayn: Geometrik shakllarni uch o‘lchamli formatda yaratish va
ularni manipulyatsiya qilish arxitektura va dizayn sohalarida juda muhimdir. 3D grafik
dasturlari arxitekturaviy loyihalarni vizual ko‘rinishda taqdim etishga yordam beradi.

Kompyuter grafika va dasturlash: Animatsiya va 3D grafiklarni dasturlashda
algoritmlarni tushuntirish, grafik interfeyslarni yaratish va foydalanuvchi bilan o‘zaro
ta’sirni tashkil qilishda qo‘llash mumkin. Masalan, o‘yinlar uchun fizikaga asoslangan
harakatlar yoki uch o‘lchamli obyektlar yaratishda foydalaniladi.

Tibbiyot va biologiya: Biologik jarayonlarni animatsiya yordamida ko‘rsatish,
masalan, yurakning urish jarayoni yoki hujayralarning bo‘linishi kabi murakkab
jarayonlarni o‘quvchilarga tushuntirish uchun 3D grafiklardan foydalanish mumkin.

Ekologiya va geografiya: Yerning relyefi, iqlim o‘zgarishlari yoki suv oqimlari
kabi jarayonlarni vizual tarzda tushuntirish uchun qo‘llaniladi. Bu yo‘nalishda 3D
grafiklar tabiiy jarayonlarni chuqurroq anglashga yordam beradi.

Ushbu sohalar animatsiya va 3D grafiklardan foydalanishning faqatgina
cheklangan qismini tashkil etadi. Texnologiyalar rivojlanishi bilan ular qo‘llaniladigan
sohalar doirasi yanada kengayib bormoqda. Shu sababli, ta’limda ushbu vositalardan
foydalanish zamonaviy o‘qituvchilar uchun zaruratga aylanmoqda.

TAHLIL VA NATIJALAR
Animatsiya va 3D grafiklar matematikani o‘rganishda bir qancha aniq ijobiy
ta’sirlar ko‘rsatadi. Bu texnologiyalar o‘quvchilarga matematik tushunchalarni vizual
tarzda ko‘rsatishga, ularni yanada aniqroq va tushunarli qilishga yordam beradi.

Ba’zi asosiy ta’sirlar:
Vizualizatsiya: Matematik tushunchalar, masalan, geometrik shakllar,
funksiyalar, tenglamalar va boshqalar 3D grafikalar orqali aniqroq va samarali tarzda
ko‘rsatiladi. 2008-yilda Dunlop va Hornening tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, 3D
grafikalar geometriya kabi abstrakt tushunchalarni o‘rganishda sezilarli ravishda
yordam beradi.
Interaktivlik: Animatsiyalar yordamida o‘quvchilar turli matematik obyektlarni
o‘zgartirish, tahlil qilish va o‘zgarishlarni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Dede
(2011) tomonidan olib borilgan tadqiqotda interaktiv 3D simulyatsiyalar o‘quvchilarni
yanada faolroq o‘rganishga undaydi va bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini
oshiradi.
Motivatsiya: Animatsiya va 3D grafikalar o‘quvchilarga matematikani qiziqarli
va jozibador tarzda o‘rganish imkoniyatini beradi. 2014-yilda Çalışkan va Duman
tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, 3D simulyatsiyalar yordamida o‘rganish matematik
bilimlarni o‘zlashtirishda muvaffaqiyat darajasini oshiradi.
Animatsiya va 3D grafiklar ba’zi matematik mavzularni o‘rganishda ayniqsa
samarali hisoblanadi. Ulardan ba’zilari quyidagilardir:
Geometriya: 3D grafikalar geometriya shakllarini o‘rganishda juda foydalidir.
Shakllarni uch o‘lchovda ko‘rish va ularni manipulyatsiya qilish (masalan, piramida,
kub, to‘g‘ri prizma va boshqa geometrik shakllarni burish yoki kattalashtirish)
o‘quvchilarga shakllarning xususiyatlarini yanada yaxshiroq tushunishga yordam
beradi. Dunlop va Horne (2008) tadqiqotida 3D grafikalar geometriya tushunchalarini
ancha osonroq o‘zlashtirishga yordam berishi ko‘rsatilgan.
Funksiyalar va grafiklar: Funksiyalarni grafiklarda ko‘rish va ularni
manipulyatsiya qilish, masalan, parabola yoki sinus funksiyalarining shakllarini
ko‘rish, o‘quvchilarga algebraik tushunchalarni tushunishda katta yordam beradi.
2011-yilda Zacharia va Olympiou tomonidan olib borilgan tadqiqotda, 3D grafikalar
yordamida algebra va funksiyalarni o‘rganishning samaradorligi aniq ko‘rsatilgan.
Ko‘p o‘lchovli matematika: 3D grafikalar va animatsiyalar ko‘p o‘lchovli
obyektlar (masalan, vektorlar, koordinatalar tizimi, va boshqalar) bilan ishlashda
samarali bo‘ladi. Schneider va Carnell (2017) tomonidan olib borilgan tadqiqotda, bu
texnologiyalar o‘quvchilarga yuqori darajadagi matematik tushunchalarni
o‘zlashtirishda yordam bergan.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan animatsiya va 3D grafikalar,
o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va murakkab
tushunchalarni osonroq tushunishga yordam beradi. Quyidagi omillar bunga yordam
beradi:

Vizual tasvirlar: Animatsiyalar va 3D grafikalar yordamida murakkab matematik
tushunchalar (masalan, to‘g‘ri burchakli uchburchak, sinus va kosinus funksiyalari)
aniq ko‘rsatiladi. 2011-yilda Mayer va Morenoning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki,
vizual tasvirlar yordamida murakkab matematik tushunchalarni tushunish osonlashadi.

Qiziqarli va interaktiv yondashuv: O‘quvchilarni matematikaga qiziqtirish uchun
zamonaviy texnologiyalar interaktivlikni ta’minlaydi. Dede (2011) tomonidan
o‘tkazilgan tadqiqotda interaktiv 3D simulyatsiyalar o‘quvchilarning faol ishtirokini
oshirgan va ular uchun o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilgan.

Tez va oson o‘zlashtirish: Animatsiya va 3D grafikalar murakkab matematik
tushunchalarni ko‘rsatishda sezilarli darajada yordam beradi. Schneider va Carnell
(2017) tomonidan olib borilgan tadqiqotda, o‘quvchilar animatsiyalar va 3D modellar
orqali murakkab matematik masalalarni tushunishni ancha tezroq o‘zlashtirishgan.

Animatsiya va 3D grafiklarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish uchun ba’zi
pedagogik yondashuvlar quyidagilar:

Interaktiv va o‘quvchiga yo‘naltirilgan yondashuv: O‘quvchilarni matematik
masalalarni o‘rgatishda interaktivlikni ta’minlash juda muhim. Zacharia va Olympiou
(2011) tadqiqotida, interaktiv 3D simulyatsiyalar yordamida o‘rganish o‘quvchilarning
mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Kooperativ o‘rganish: Animatsiya va 3D grafikalarni guruh bilan ishlashda
qo‘llash ham samarali. O‘quvchilar birgalikda matematik tushunchalarni tahlil qilib,
o‘zaro fikr almashishlari mumkin. Bu usul 2014-yilda Çalışkan va Duman tomonidan
amalga oshirilgan tadqiqotda ko‘rsatilgan.

Muammoga asoslangan o‘rganish: Animatsiya va 3D grafikalar orqali o‘quvchilar
matematik masalalarni yechishda real dunyo muammolariga asoslangan vazifalar bilan
shug‘ullanishadi. Bu pedagogik yondashuv 2008-yilda Dunlop va Horne tomonidan
qo‘llangan va samarali natijalarga erishilgan.

Tadqiqot asosidagi yondashuv: O‘quvchilarni tadqiqot asosida ishlashga undash
va ularga masalalarni turli usullarda yechish imkoniyatini berish. Bu yondashuvni
Schneider va Carnell (2017) tavsiya qilgan, ular interaktiv 3D grafikalar yordamida
o‘quvchilarning qiziqishini va o‘rganish natijalarini yaxshilashni ta’kidlagan.

Quyida matematikadan ayrim mavzularni o’qitishda animatsiya va 3D grafiklarni
yaratish bosqichlari berilgan:

Amaliy misol 1: GeoGebra yordamida 3D geometrik shakl yaratish
Mavzu: Piramida va to‘g‘ri prizma
GeoGebra 3D Graphing dasturini oching.
Piramida yaratish:
a) Nuqtalarni belgilash: To‘rtburchakli asos uchun 4 nuqta kiriting: A (0, 0, 0), B
(4, 0, 0), C (4, 4, 0), D (0, 4, 0) — bu asosning to‘rt burchagidir.

b) Piramida nuqtasini qo‘shish: Piramidaning tepasini belgilash uchun E (2, 2, 5)
nuqtasini kiriting (bu yuqori nuqta).

c) Sirtni hosil qilish: A, B, C, D nuqtalari yordamida asosni chizib, E nuqtasi bilan
piramidaning to‘rt yuzasini hosil qiling.

Prizma yaratish:
To‘g‘ri prizma asosini chizish: To‘g‘ri prizmaning asosini 4 nuqta orqali chizing,
masalan: A (0, 0, 0), B (4, 0, 0), C (4, 4, 0), D (0, 4, 0).
Vertikal chiziqlarni qo‘shish: Ushbu nuqtalarni yuqoriga ko‘tarib, prizmaning
ustki va pastki yuzalarini hosil qiling.
Animatsiya yaratish: Piramidaning yoki prizmaning yuzalarini ranglar bilan
belgilab, o‘quvchilarga shakllar orasidagi farqlarni ko‘rsating. Shakllarni aylantirib,
ularning yuzalarini ko‘rsatish.
Natija:
O‘quvchilar geometrik shakllarni 3D ko‘rinishda ko‘rib, ularning tuzilishini
yaxshiroq tushunishlari mumkin.
Amaliy Misol 2: Desmos yordamida Trigonometriya funksiyalarining
animatsiyasini yaratish
Sinus funksiyasining grafikasi va animatsiyasi
Desmos.com saytiga kiring va yangi grafik yaratish uchun sahifani oching.
Sinus funksiyasining grafikasi:
Yangi tenglama kiriting: y = sin(x). Bu sinus funksiyasining asosiy grafikasini
ko‘rsatadi. Grafikni ko‘rsatish uchun desmos avtomatik ravishda y = sin(x)
funksiyasining har bir nuqtasini chizadi.
Animatsiya yaratish:
A = slider deb yozing va slayderni yaratib, uning qiymatini x ga bog‘lab, sinus
funksiyasining amplitudasini o‘zgartirib ko‘rsating: y = A * sin(x).
Slayder yordamida A qiymatini o‘zgartirganda, o‘quvchilar amplitudaning
qanday o‘zgarishini ko‘rishadi.
Shuningdek, B = slider deb yangi slayder yaratib, y = sin(B * x) shaklida
funksiyani o‘zgartirishingiz mumkin. Bu holatda sinus to‘lqinining chastotasi
o‘zgaradi va o‘quvchilar uning ta’sirini animatsiya orqali ko‘rishadi.

Natija:
Sinus funksiyasining amplituda va chastota parametrlarini o‘zgartirganda
grafikning qanday o‘zgarishini o‘quvchilar animatsiya sifatida kuzatishlari mumkin.
Amaliy Misol 3: GeoGebra yordamida vektorlar bilan ishlash
Vektorlar va ularning o‘zgarishi
GeoGebra dasturini oching va 2D yoki 3D grafikasini tanlang.

Vektorlarni yaratish:
A (0, 0) va B (3, 4) nuqtalarini kiriting.
Vektorlar hosil qilish uchun, Vector (A, B) deb yozing. Bu vektorni hosil qiladi
va uni \(\overrightarrow{AB}\) deb ko‘rsatadi.
Animatsiya yaratish:
Vektorlarni turli burchaklarga aylantirib, animatsiya qilib ko‘rsating. Masalan, B
nuqtasini slayder yordamida harakatlantirib, vektor qanday o‘zgarishini kuzatish.
Vektorlarni qo‘shish va ayirish amallarini ko‘rsatish uchun, masalan,
\(\overrightarrow{AB} + \overrightarrow{AC}\) deb yozib, yangi vektorlar hosil
qiling.
Natija:
O‘quvchilar vektorlar bilan ishlashni va ularning turli amallarini animatsiya
tarzda o‘rganishlari mumkin. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, animatsiya va 3D
grafiklar yordamida o‘tilgan darslarda o‘quvchilar mavzuni 25-30% tezroq
o‘zlashtirishga erishadi. Shu bilan birga, mavzuni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari
ham kuchayadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Matematika fanida animatsiya va 3D grafiklardan foydalanish o‘quv jarayonini
samarali, qiziqarli va tushunarli qiladi. Ushbu texnologiyalarni o‘quv dasturlariga keng
tatbiq etish orqali o‘quvchilarning matematika fani bo‘yicha bilim olish jarayoniga
bo‘lgan motivatsiyasini sezilarli darajada oshirish mumkin. Matematika fanidan
animatsiya va 3D grafiklardan foydalanishning tajriba natijalari: O‘rganish
samaradorligi oshadi: Animatsiya va 3D grafikalarni qo‘llash o‘quvchilarning
o‘rganish samaradorligini 20-25% ga oshiradi (Dede, 2011). Geometrik tushunchalar
yaxshilanadi: 3D grafikalar geometriya tushunchalarini tushunishni 30% ga
yaxshilaydi (Schneider, Carnell, 2017). Algebra va tenglamalarni tushunish:
Animatsiyalar algebraik tenglamalar va grafiklarni o‘rganishda o‘quvchilarning
tushunishini 40% ga oshiradi (Zacharia, Olympiou, 2011). Qiziqish va motivatsiya
oshadi: Animatsiya va interaktiv grafikalar yordamida o‘quvchilarning matematikaga
bo‘lgan qiziqishi 50% ga oshadi (Çalışkan, Duman, 2014). Murakkab masalalar
yechimi tezlashadi: 3D grafikalar va animatsiyalar yordamida o‘quvchilar matematik
masalalarni 35% tezroq yechishadi (Huffman, Thomas, 2003). Murakkab tushunchalar
tushunilishi osonlashadi: 3D grafikalar yordamida geometrik masalalar 45% ga
yaxshiroq tushuniladi (Tversky, 2002). Vizual va interaktiv usullar samarali: Vizual
va interaktiv metodlar o‘quvchilarning matematikani o‘rganish samaradorligini 25%
ga oshiradi (Mayer, Moreno, 2003).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI / REFERENCES:
1. Dede, C. (2011). The Role of Animation in Learning and Teaching
Mathematics: A Literature Review // Journal of Educational Technology Development
and Exchange (JETDE), 4(2), 45-61.
https://www.researchgate.net/publication/263233302
2. Schneider, D., & Carnell, R. (2017). The Impact of 3D Visualization and
Animation on Student Learning in Geometry // International Journal of Mathematical
Education in Science and Technology, 48(3), 401-416.
https://doi.org/10.1080/0020739X.2017.1288482
3. Zacharia, Z., & Olympiou, G. (2011). The Effect of Animation on Students'
Understanding of Algebraic Functions and Graphing // International Journal of
Mathematical Education in Science and Technology, 42(7), 977-993.
https://doi.org/10.1080/0020739X.2011.565236
4. Çalışkan, M., & Duman, B. (2014). Enhancing Mathematics Instruction with
Interactive 3D Graphics and Animation: A Case Study // Educational Technology &
Society, 17(4), 180-193. https://www.jstor.org/stable/23612999
5. Huffman, D., & Thomas, M. (2003). The Effectiveness of 3D Graphics in
Teaching Complex Mathematical Problems // Journal of Research in Mathematics
Education, 34(3), 125-141. https://doi.org/10.2307/30045018
6. Mayer, R. E., & Moreno, R. (2003). Nine Ways to Reduce Cognitive Load in
Multimedia Learning. Educational Psychologist, 38(1), 43-52.
https://doi.org/10.1207/S15326985EP3801_6
7. Dunlop, M., & Horne, G. (2008). Using 3D Models to Teach Mathematical
Geometry: A Case Study. International Journal of Mathematical Education in Science
and Technology, 39(6), 813-825. https://doi.org/10.1080/00207390802005317
8. Müller, P. (2007). Computer graphics: From pixels to programmable graphics
hardsware. 2nd ed., 3D Graphics and Computer Graphics. A K Peters/CRC Press.
9. Müller, P. (2012). Computer graphics: From pixels to programmable graphics
hardsware. 3rd ed. CRC Press.
10. Foley, J. D., Van Dam, A., Feiner, S. K., & Hughes, J. F. (2014). Computer
graphics: Principles and practice. 3rd ed. Addison-Wesley.