ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Shaxsda altruizm motivlari namoyon bo‘lishining differensial xususiyatlari

Atabayeva Nargis Batirovna, Xatamova Ferangiz Ibodulloyevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SHAXSDA ALTRUIZM MOTIVLARI NAMOYON BO‘LISHINING
DIFFERENSIAL XUSUSIYATLARI

DIFFERENTIAL CHARACTERISTICS OF EXHIBITING ALTRUISM
MOTIVES IN A PERSON

ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ЛИЧНОСТИ
ПРОЯВЛЕНИЯ МОТИВОВ АЛЬТРУИЗМА

Atabayeva Nargis Batirovna
Oriental universiteti

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi professori,
psixologiya fanlari doktori (DSc)
Tel.: +998 97 373-25-10
e-mail: nargis_aziza@mail.ru

Xatamova Ferangiz Ibodulloyevna
Oriental universiteti

Uzluksiz ta’lim pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi,
e-mail: Ferangiz_Xatamova@mail.ru

Annotatsiya. Maqolada o‘smir, ilk o‘spirin va talabalarda altruistik motivlarni
namoyob bo‘lishining shaxs differensial xususiyatlariga, shaxsning o‘zi haqidagi
tasavvurlariga bog‘liq jihatlari yoritib berilgan. Xususan, o‘smirlardagi kommunikativ
va emotsional, ilk o‘spirinlarda intellektul, talabalarda intellektula va emotsional
xususiyatlar altruistik motivlarni xulqda kuchliroq ifodalanishiga olib kelishi
aniqlangan. Bundan tashqari, o‘smir va talabalarning real va ideal “altruistik Meni”
haqidagi tasavvurlarida yoshga oid differensial farqlarning mavjudligi kuzatilgan.
Olingan natijalar asosida altruistik shaxsning psixologik portretidagi ustuvor
xususiyatlarga bog‘liq ravishda vaziyatni refleksiv baholashning muhim jihatlari
tizimlashtirilgan mualliflik yondashuvi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar: altruizm, shaxs, kommunikativ xususiyatlar, emotsional
xususiyatlar, refleksiya, motivatsiya, iroda, real va ideal “Men”.

Annotation. The article highlights the aspects of the manifestation of altruistic
motives in teenagers, young adults and students, which are related to the individual's
differential characteristics, the person's perceptions about himself. In particular, it was
determined that communicative and emotional characteristics of adolescents,
intellectual characteristics of early adolescents, and intellectual and emotional
characteristics of students lead to stronger expression of altruistic motives in behavior.
In addition, the presence of age-related differential differences in the perception of the
real and ideal "altruistic self" of adolescents and students was observed. Based on the
obtained results, the important aspects of reflexive assessment of the situation,

depending on the priority features in the psychological portrait of the altruistic person,
are explained in a systematic author's approach.

Key words: altruism, personality, communicative characteristics, emotional
characteristics, reflection, motivation, will, real and ideal "I".

Аннотация. В статье рассмотрены аспекты проявления альтруистических
мотивов у подростков, юношей и студентов, которые связаны с
дифференциальными особенностями личности, представлениями человека о
себе. В частности, установлено, что коммуникативно-эмоциональные
особенности подростков, интеллектуальные характеристики ранних подростков
и интеллектуально-эмоциональные характеристики учащихся приводят к более
сильному выражению альтруистических мотивов в поведении. Кроме того,
наблюдалось наличие возрастных дифференциальных различий в
представлениях о реальном и идеальном «альтруистическом Я» подростков и
студентов. На основе полученных результатов выделен систематизированный
авторский подход к важным аспектам рефлексивной оценки ситуации в
зависимости от приоритетных особенностей в психологическом портрете
альтруистической личности.

Ключевые слова: альтруизм, личность, коммуникативные
характеристики, эмоциональные характеристики, рефлексия, мотивация, воля,
реальное и идеальное «Я».

KIRISH
Jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari shaxs hayoti va faoliyatida
erishayotgan yutuqlari bilan bir qatorda uning xulq-atvorida yuzaga kelayotgan
xudbinlik, o‘z shaxsiy manfaatiga ustunlik berish bilan bog‘liq xulqdagi o‘zgarishlarni
ortishi, kiber texnologiyalarga asoslangan jinoyatlarning ko‘payishi, shaxs axloqiy
rivojlanishi masalalari ahamiyati darajasining pasayishi tendensiyalari kuzatilmoqda.
«Ijtimoiy, diniy, millatlararo, etnik diskriminatsiya, ekstremizm, ksenofobiyaga qarshi
kurashish uchun axloqiy ustanovka va motivlarni shakllantirish» muhim ahamiyatga
ega bo‘lib bormoqda. Bu borada axloqiy ong va uning motivlarini Ego-tuzilmaning
konstruktlari bilan integrativ namoyon bo‘lishini kuchaytirish, psixologik immunitetni
shakllantirish, shaxs qadriyatlar tizimida axloqiy tushunchalarni barqarorlashtirishni
ta’minlashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish hamda altruistik xulq
motivlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi mazmundagi amaliy dasturlarni yaratish
masalalari dolzarb muammolardan bo‘lib qolmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarga e’tibor qaratish, sharqona tamoyillarga
asoslanish jamiyatning ma’naviy ravnaqini ta’minlashi asrlar silsilasida o‘z isbotini
topgan. Biz tadqiqotimizda tanlab olgan «altruizm» fenomeni ham aynan sharqona
milliylikni o‘zida mujassamlashtirgan tushunchadir. Altruizmning bosh g‘oyasi –

o‘zgalar qiziqishlariga yo‘naltirilgan va hech qanday manfaat ko‘zlanmaydigan xulqatvordir (Кандаков И., 2007: 25). Altruizm fenomeni bir qancha fanlar doirasida
tadqiq qilingan va uning o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan bo‘lishiga qaramay,
psixologik mexanizmlarini milliy kontekstda o‘rganish masalasiga yetarlicha e’tibor
qaratilmagan. Altruizm tushunchasiga olimlar turli izohlar berishgan. Jumladan, J.
Seglouning ta’kidlashicha, altruizm – bu subyektning ixtiyoriy ravishda o‘zgalarga
yordam berishga qaratilgan erkin harakatidir (Jonathan S., 1986). V. Solovyov esa
altruizm deganda «boshqa insonlarga nisbatan axloqiy birdamlik»ni tushunishni taklif
etadi (Соловьёв В., 1988: 152). N. Grishinaning ta’kidlashicha, esa «altruizm – bu
shaxsning o‘z manfaatlariga asoslangan boshqa mustaqil motivlardan farqli ravishda
uning asosida o‘zgalarga beg‘araz g‘amxo‘rlik qilish va sevish, guruh uchun o‘zini fido
qilish, mas’uliyatni his etish ehtiyoji yotadi» (Ильин Е., 2009).

Yuqorida keltirilgan izohlarga asoslanib, shuni aytishimiz mumkinki, altruizm –
shaxsning o‘zgalarning manfaatlariga yo‘nalgan, stenik hislar asosida yuzaga
keladigan, qadriyatlar tizimida barqaror xarakterga ega bo‘lgan shaxs xususiyatidir.

Shaxsning altruistik xulqi namoyon bo‘lishi qator omillar bilan
determinatsiyalashgan. Shunday omillardan biri – shaxs individual psixologik
xususiyatlaridir. Shaxs xususiyatlari strukturasida altruizmning xususiyat sifatida
tarkib topganligi, uning xulqdagi reprezentatsiyasini kuchaytiradi. Shunday ekan,
altruistik xulqning ratsional shakli ifodalanishini intensivlashtiruvchi shaxs
xususiyatlari bilan bog‘liq omillarni aniqlash hamda ularni rivojlantirish muhim
ahamiyatga egadir. Chunki, shaxs strukturasi bevosita qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq
bo‘lib, barqaror xarakterga ega bo‘ladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Shaxsdagi altruistik xulqning namoyon bo‘lishiga shaxs xususiyatlarining
ta’sirini aniqlash maqsadida R.B.Kettellning «16-faktorli shaxs so‘rovnomasi», T.Liri
tomonidan ishlab chiqilgan va R.L.Lafarje, R.F.Suchek tomonidan
modifikatsiyalangan «Interpersonal tashxis so‘rovnomasining altruizm shkalasi»ni
o‘tkazdik. Chunki, G.Ollportning fikricha, shaxs xususiyatlari uni boshqalardan
farqlab turuvchi uning xulq-atvorini «tahlil qilish birligi»dir (Ильин Е., 2009).
Shunday ekan, nafaqat altruistik xulq, balki boshqa xulq-atvor namoyon bo‘lishida
shaxs xususiyatlarining ta’sirini aniqlash ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qolaversa,
altruistik xulqning shaxs qadriyatlar tizimida barqaror shakllanishi altruizmni shaxs
sifatida namoyon bo‘lish darajasini kuchaytiradi va shaxs konstruktlarining
asosiylaridan biriga aylanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Altruistik xulqni rivojlanishiga shaxs differensial xususiyatlarining ta’siridagi
tafovutlarni aniqlash uchun shaxs sifatlari guruhi bo‘yicha olingan natijalarning
qiyosiy tahlilni amalga oshiramiz.

1-jadval

Shaxs differensial xususiyatlarining altruistik xulq bilan bog‘liqlik jihatlari (N=472)

Shkalalar O‘smirlardagi Ilk o‘spirinlardagi Talabalardagi
altruistik xulq altruistik xulq
altruistik xulq -0,04
0,09
Kommunikativ 0,31** 0,23*
xususiyatlar 0,06 0,32**
0,09 0,11
Intellektual 0,02 0,26*
xususiyatlar

Irodaviy xususiyatlar -0,05

Emotsional 0,28*
xususiyatlar

Izoh: * r≤0,05; ** r≤0,01.

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, olingan natijalarning umumiy ko‘rsatkichlarida
o‘smirlik davridagi altruizm kommunikativ (r=0,31; r≤0,01) va emotsional (r=0,28;
r≤0,05) xususiyatlar bilan ahamiyatli statistik korrelyatsiyaga ega bo‘lgan. Mazkur
holat o‘smirlarning tengdoshlari bilan muloqotning yoshga oid tarzda namoyon
bo‘lishi bilan bog‘liq. Shu boisdan ham «altruizm obyekti» sifatida aynan tengdoshlari
guruhi tanlangan va qolaversa altruistik xulq ham aynan muloqot ehtiyojini qondirish
bilan bog‘liq holatda yuzaga keladi. Agar mazkur ikki tushuncha orasida bog‘liqlikni
yoshga oid xususiyat bilan bog‘lab tahlil qilsak, bir holatga e’tibor qaratishimiz lozim:
o‘smir uchun tengdoshlari bilan shunchaki muloqot qilish emas, balki, ular orasida
«qoniqarli» darajadagi mavqega ega bo‘lish muhim. Shu nuqtai nazardan olganda,
kommunikativ xususiyatlar barcha o‘smirlarda turlicha ko‘rinishda
reprezentatsiyalanadi. Ayrimlar donishmand «qahramon», ayrimlar esa xudbin
«qahramon» obrazlarida namoyon bo‘ladilar. Har ikki holatda ham tengdoshlar bilan
altruistik ruhdagi muloqot simpatiya hissini uyg‘otishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Boshqacha aytganda, o‘smirlarda altruistik xulqning negizida affilyatsiya motivi va
sintonik muloqotda «ijtimoiy mavqe»ni tasdiqlash ehtiyoji yotadi.

Emotsional xususiyatlar esa o‘smirning emotsional ta’sirchanligi bilan hamda
ularda emotsional qadriyatlar tizimini rivojlanayotganligi bilan uzviy bog‘liq. Bundan
tashqari o‘smir qizlardagi emotsional ta’sirchanlik, o‘z-o‘zini boshqarishga intilish
altruistik hislarni faollashtirsa, o‘g‘il bolalardagi emotsional interiorizatsiya ularni
qahramonona altruizmni amalga oshirish darajasini kuchaytiradi. Mazkur holat
altruistik xulqni emotsional kontekstda reprezentatsiyalanishini isbotlab beradi.

Ilk o‘spirinlik davrida altruistik xulqning intellektual xususiyatlar (r=0,23;
r≤0,05) bilan statistik ahamiyatli ravishda ifodalanayotganligi kuzatilgan. Mazkur
holat eruditsiyaning, altruistik kechinmalarni faollashtirgan vaziyatga nisbatan kreativ
yondashuvning ustunligidan dalolat beradi. Qolaversa, intellektual xususiyatlar ilk
o‘spirinlarni o‘rinli va ratsional qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllanishiga
xizmat qiladi. Natijada ilk o‘spirin kimgadir yordam berishi kerakligi haqidagi qarorni

ongli ravishda amalga oshira boshlaydi. Buning negizida bolada altruistik ustanovkalar

va yo‘nalganlik barqarorlashib boradi.

Talabalardagi altruistik xulqning intellektual (r=0,32; r≤0,01) va emotsional

xususiyatlar (r=0,26; r≤0,05) bilan ahamiyatli statistik bog‘liq ekanligi kuzatilgan.

Mazkur holatni talabalardagi dunyoqarashning kengligi, ijtimoiy mas’uliyatning

yuqoriligi, yordam berish usullari borasidagi eruditsiyaning yuqoriligi, tafakkurdagi

moslashuvchanlikning dominant ekanligi bilan bog‘lash mumkin. Chunki, talaba

intellektual hislar ta’sirida aqliy qobiliyatlarini namoyon qiladi va bu holat altruistik

xulqning oliy hislar negizida namoyon bo‘lishi bilan uzviy bog‘liq ekanligini

isbotlaydi. Qolaversa, talabalardagi intuitiv tafakkur altruistik xulq algoritmini tuzish

imkonini beradi.

Talabalik davrida emotsional turg‘unlik va emotsional tolerantlik, kasbiy

ta’sirchanlik, refleksiv empatiya hislarini yuqoriligi ham kasbiy shakllanishning

muhim omili hamda altruistik xulqni reprezentatsiyalashning ichki faktori vazifasini

bajaradi. Emotsional xususiyatlar altruistik xulqning irratsional tabiatini yoritib

berishda muhim o‘ringa ega. Chunki, har qanday altruistik xulq negizida altruistik

kechinmalar yotadi. Bu esa shaxsda altruistik xususiyatlarni barqaror shakllanishiga

xizmat qiladi. Shu boisdan ham ikki mezon orasida ahamiyatli bog‘liqlik kuzatilgan.

Yuqorida keltirilgan tahlillarimizga asoslanib shuni aytish mumkinki, altruistik

xulqning namoyon bo‘lishi genezisi, rivojlanishi yoki shakllanishida shaxs differensial

xususiyatlari tizimi ham o‘ziga xos ta’sirga ega. Xususan, intellektual va emotsional

xususiyatlar guruhi altruistik xulq bilan to‘g‘ri proporsional rivojlanish, namoyon

bo‘lish tendensiyasiga ega ekanligi dalillangan.

Tadqiqotimizning navbatdagi bosqichida shaxsning altruistik o‘zini-o‘zi baholash

xususiyatini aniqlash maqsadida T.Liri tomonidan ishlab chiqilgan va R.L.Lafarje,

R.F.Suchek tomonidan modifikatsiyalangan «Interpersonal tashxis so‘rovnomasining

altruizm shkalasi»ni o‘tkazib oldik. Olingan natijalar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, olingan tadqiqot natijalarimizdan ko‘rinib

turibdiki, real «altruistik Men» bilan ideal «altruistik Men» orasida o‘smirlarda

(t=3,37; r≤0,01) va talabalarning (t=2,42; r≤0,05) natijalarida ahamiyatli statistik

farqlar aniqlangan. Ilk o‘spirinlarning natijalarida ahamiyatli farq aniqlanmagan.

2-jadval

Shaxsdagi «altruistik Men»ning real va ideal «Men»da ifodalanishidagi differensial farqlar

(N=472)

Shkalalar Real «altruistik Ideal «altruistik t-Student mezoni

Men» Men»

O‘smirlar 9,4 12,6 3,37**

Ilk o‘spirinlar 5,1 6,8 1,24

Talabalar 6,5 8,2 2,42*

Izoh: * r≤0,05; ** r≤0,01.

O‘smirlarning natijalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, real «altruistik Men» ning o‘zi
yuqori baholangan. Mazkur holatni o‘smirlik davrida o‘ziga beradigan bahoning
yuqoriligi bilan belgilash mumkin. O‘smirlik davrida o‘zini xushmuomala, dalda
beruvchi, yordam haqidagi murojaatlarni e’tibordan chetda qoldirmaydi, beg‘araz,
mehribon, ishonch uyg‘otuvchi, muloyim va yumshoq ko‘ngil, o‘zgalarga g‘amxo‘rlik
qilishni yoqtiradi, saxiy, hamma narsani kechiradi, haddan ortiq dardkash, oliyhimmat
va kamchiliklarga chidamli, hammaga yordam berishga intiladi, atrofdagilarga o‘ta
muruvvatli, hammani tinchlantirishga urinadi, boshqalarga o‘z manfaatlariga zid
ravishda g‘amxo‘rlik qiladi deb o‘zlarini baholaydilar. Bu holat o‘smirlarning
shaxslararo munosabatlarda o‘z-o‘zini faollashtirish ehtiyoji bilan bog‘liq holda
namoyon bo‘ladi. Real va ideal «Men» orasidagi farqlar ahamiyatli darajada bo‘lib,
shaxsning ayni damdagi o‘zining altruistik xulq tendensiyalaridan qoniqish
darajasining biroz pastligidan, lekin ideal obrazda altruistik inson qiyofasining
mavjudligidan dalolat beradi. Ideal altruistik «Men»ning natijalarini juda yuqori
ko‘rsatkichlar mezonida yotganligi o‘smirda kelajak bilan bog‘liq refleksiyaning,
o‘zini kelajakka intilishi bilan bog‘liq holatlarning mavjudligini anglatadi.

Ilk o‘spirinlarning natijalari orasida ahamiyatli statistik farqlar aniqlanmadi.
Mazkur holat ilk o‘spirinlarning real va ideal «Men»ida o‘ziga adekvat baho berishi
hamda altruistik xulq egasi sifatida o‘zini refleksiv tahlil qilayotganligidan dalolat
beradi. Ilk o‘spirinlarda ideal obrazni baholashda qadriyatlar tizimidagi altruistik xulq
mezonlari ko‘rsatib o‘tilganligi, ularning o‘ziga berayotgan bahosining adekvatligini
anglatadi. Ayniqsa, o‘zlarini beg‘araz, mehribon, ishonch uyg‘otuvchi, o‘zgalarga
g‘amxo‘rlik qilishni yoqtiradigan inson deb baholashlari emotsional qadriyatlar
tizimining o‘ziga xos tarzda real va ideal menda identifikatsiyalanayotganligidan
dalolat beradi.

Talabalar auditoriyasida real «altruistik Men» bilan ideal «altruistik Men» orasida
ahamiyatli farq aniqlanganligi, talabaning o‘z «real Men»ida altruistik xulq
tendensiyalari bog‘liq xususiyatlar muloyimlik, beg‘arazlik, yordamga tayyorlikning
o‘ziga xos psixoemotsional holatini ifodalashda adekvat pozitsiyaning ustunligi
aniqlangan. Ideal altruistik «Men» obrazida mazkur baholash biroq yuqoriroq
baholangan. Mazkur holatda talaba ideal obrazdagi altruistik xulqqa saxiy, haddan
ortiq dardkash, hammaga yordam berishga intilish kabi sifatlarni ko‘proq
belgilaganlari ularda altruistik xulqning shaxslararo munosabatlardagi affektiv
komponentini ustuvor etib belgilayotganligidan dalolat beradi. Umuman olganda,
talabalarning altruistik o‘z-o‘zini baholashlari ko‘proq qadriyatlar tizimidagi kasbiy
yo‘nalganlik kontekstida namoyon bo‘lganligi bilan determinantlashgan.

Altruistik xulqning refleksiv komponentini tahlil qilinganidan
respondentlarimizning o‘zini-o‘zi altruistik shaxs obrazidan baholashidagi real hamda
ideal «Men» orasidagi farqlar o‘smir va talabalar guruhida aniqlandi. Mazkur farqlar
o‘smirlar auditoriyada shaxslararo munosabatlardagi altruistik sifatlar, talabalar

guruhida kasbiy-axloqiy sifatlar bilan integrativ namoyon bo‘layotganligida
kuzatilgan.

MUHOKAMA
Tadqiqotimiz natijasida olingan empirik tahlillar asosida altruistik shaxsning
psixologik portretini tizimlashtirishni joiz deb bildik. Chunki, aniqlangan empirik
ma’lumotlar shaxs profilini yaratish imkonini berdi. Unga ko‘ra, alturistik xulq egasi
bo‘lgan shaxsning psixologik portreti kommunikativ, intellektual, emotsional,
irodaviy, refleksiv sifatlardagi dominant xususiyatlar kontekstida tizimlashtirildi.
Psixologik xususiyatlar kompleksini shaxs real va ideal mening o‘zaro integratsiyasini
asosida tahlil qilib chiqdik. Mazkur xususiyatlar biz uchun bevosita altruistik
shaxsning psixologik portretini yaratish, uni amalga tatbiq etish imkoniyatini yaratib
berdi. Mualliflik yondashuvining o‘ziga xos jihatlariga quyidagi sxemada
tizimlashtirib berilgan va ularning izohi bilan alohida to‘xtalib o‘tamiz:

Kognitiv Emotsional Irodaviy xususiyatlar Kommunikativ
xususiyatlar xususiyatlar xususiyatlar

vaziyatga kognitiv empatiya, ijtimoiy dadillik, xushmuomala,
baho berish, mehribonlik, ijtimoiy ijtimoiy faol,
axloqiy ijtimoiy persepsiya beg‘araz, samimiy,
tushunchalarni hissi, emotsional mas’uliyatli, muloqotdagi
xulqqa anglangan xulq, refleksiya, dalda
proyeksiyalash intellekt refleksiyaning
beruvchi.
ko'nikmasi, axloqiy kuchliligi
dunyoqarash va ong

Vaziyatni refleksiv tahlil qilish

1-rasm. Altruist shaxsning psixologik portreti (mualliflik yondashuvi)

Yuqoridagi psixologik portretni tahlil qilib, altruistik xulq shaxsning altruist shaxs
haqidagi obrazini yaratish bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi (Atabayeva N., 2022).
Har bir mezonni tahlil qiladigan bo‘lsak, altruist shaxsda ushbu xususiyatlar
quyidagicha izohlanadi:

Kognitiv xususiyatlar - vaziyatga kognitiv baho berish, axloqiy tushunchalarni
xulqqa identifikatsiyalash ko‘nikmasi, axloqiy dunyoqarash va ong. Umuman olganda,
shaxsning altruistik mayllari ratsional shaklda vaziyatga kognitiv baho berish
natijasida yuzaga chiqadi. Vaziyatni kognitiv baholash esa shaxsning axloqiy

tushunchalar tizimining shakllanganligi, xulqni anglanganligi hamda anglangan
axloqiy tushunchalarni real xulqda identikligi bilan belgilanadi.

Emotsional xususiyatlar - empatiya, mehribonlik, ijtimoiy persepsiya hissi,
emotsional intellekt. Shaxs vaziyatni kognitiv baholashi natijasida empatiya bilan
bog‘liq altruistik kechinmalar faollashadi va shaxs ijtimoiy persepsiya hissi orqali
qarshisida turgan «altruizm obyekti»ning holatini idrok etadi. Natijada altruistik xulq
mehribonlik, emotsional intellekt negizida xulqda namoyon bo‘ladi.

Irodaviy xususiyatlar - ijtimoiy dadil, ijtimoiy mas’uliyatli, anglangan xulq,
refleksiyaning kuchliligi. Olib borgan tadqiqotimizdagi tahliliy ma’lumotlar asosida
aytishimiz mumkinki, altruistik xulq shaxsdan ijtimoiy dadillikni talab etadi. Ijtimoiy
dadil shaxs atrofdagilarga yordam berish bilan bog‘liq qarorlarni spontan vaziyatlarda
ham qabul qila oladi va o‘z xatti-harakatlarining natijasiga ijtimoiy javobgarlikni oladi.
Bu holatning barchasi shaxsdagi refleksiyaning kuchliligidan dalolat beradi.

Kommunikativ xususiyatlar - xushmuomala, ijtimoiy faol, beg‘araz, samimiy,
muloqotdagi refleksiya, dalda beruvchi. Altruistik xulq egasi muloqotda muloyimligi,
ijtimoiy faolligi, dardkashligi bilan ajralib turadi.

Altruist shaxsning psixologik portretida vaziyatni refleksiv baholash muhim
ahamiyatga ega. Chunki, aynan vaziyatni refleksiv tahlil qilish asosida inson ratsional
altruistik xulqni reprezentatsiyalashi isbotlangan.

Demak, shaxsning altruistik xulq mezonlariga asoslangan psixologik portretida
refleksiya, shaxsning o‘zini anglaganligi, o‘z-o‘ziga beradigan bahosi muhim o‘ringa
ega bo‘lib, ular bevosita kommunikativ, emotsional, irodaviy, kognitiv xususiyatlarda
integrativ namoyon bo‘ladi. Qolaversa, shaxs differensial xususiyatlari ham altruistik
xulqning shaxs strukturasidagi o‘rnini belgilashga xizmat qiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Biz yuqorida keltirib o‘tilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda quyidagilarni
xulosa qilish mumkin:
1. Shaxsdagi altruistik xulqning namoyon bo‘lishi genezisi, rivojlanishi,
shakllanishida inson differensial xususiyatlari tizimi ham o‘ziga xos ta’sirga ega bo‘lib,
intellektual va emotsional xususiyatlar guruhi altruistik xulq bilan to‘g‘ri proporsional
rivojlanish, namoyon bo‘lish tendensiyasiga ega ekanligi dalillangan;
2. O‘smirlik davrida kommunikativ, emotsional, ilk o‘spirinlarda intellektual,
talabalik davrida intellektual, emotsional xususiyatlarning altruistik xulq bilan
korrelyatsiyaga ega ekanligi asoslangan;
3. Altruizmning yoshga oid xususiyatlari aniqlanganligi, uning jins tafovutlariga
xos jihatlarini ham aniqlash zaruratini tug‘dirdi;
4. Altruistik xulqning refleksiv komponentini tahlil qilib, respondentlarimizning
o‘zini-o‘zi altruistik shaxs obrazidan baholashidagi real hamda ideal «Men» orasidagi
farqlar o‘smir va talabalar guruhida aniqlandi. Mazkur farqlar o‘smirlar auditoriyasida

shaxslararo munosabatlardagi altruistik sifatlar, talabalar guruhida kasbiy-axloqiy
sifatlar bilan integrativ namoyon bo‘layotganligida kuzatilgan;

5. Altruist shaxsning psixologik portretida refleksiya, shaxsning o‘zini
anglaganligi, o‘z-o‘ziga beradigan bahosi muhim o‘ringa ega bo‘lib, ular bevosita
kommunikativ, emotsional, irodaviy, kognitiv xususiyatlarda integrativ namoyon
bo‘lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Atabayeva N.B. (2022) Shaxsda altruistik xulqni rivojlantirishning psixologik
asoslari. – Toshkent: TDPU. – 275 b.
2. Ильин Е.П. (2009) Психология общения и межличностных отношений. –
СПб.: Питер. – 576 с.
3. Кандаков И.М. (2007) Психология иллюстрированный словарь. - СПб.:
Прайм-Еврознак.
4. Соловьёв В.В. (1988) Оправдание добра // В.В.Соловьёв Соч в 2 тт Т.1 –
Москва: Мысль. – С. 152-169.
5. Allport G.W. (1958) Nature of Prejudice. – New York. – 496 p.
6. Jonathan Seglow. (1986) The Ethics of Altruism. Routledge chapman & Hall.
London. – 225 p.
7. Batson, C. D. (2011). Altruism in humans. Oxford University Press.
8. Hubbard, J., Harbaugh, W. T., Srivastava, S., Degras, D., & Mayr, U. (2016).
A general benevolence dimension that links neural, psychological, economic, and lifespan data on altruistic tendencies. Journal of Experimental Psychology: General,
145(10), 1351–1358.
https://doi.org/10.1037/xge0000202
9. Pavey, L., Greitemeyer, T., & Sparks, P. (2012). "I help because I want to, not
because you tell me to": Empathy increases autonomously motivated helping.
Personality and Social Psychology Bulletin, 38(5), 681–689.
https://doi.org/10.1177/0146167211435940
10. Internet sayti:
https://rg.ru/documents/2015/06/08/vospitanie-dok.html (murojaat holati 2021-yil 15-
dekabr).

REFERENCES:
1. Atabayeva N.B. (2022) Shaxsda altruistik xulqni rivojlantirishning psixologik
asoslari. – Toshkent: TDPU. – 275 b. (In Uzbek)
2. Ilin E.P. (2009) Psixologiya obsheniya i mejlichnostnix otnosheniy. – SPb.:
Piter. – 576 s. (In Russian)

3. Kandakov I.M. (2007) Psixologiya illyustrirovanniy slovar. - SPb.: Praym-
Evroznak. (In Russian)

4. Solovyov V.V. (1988) Opravdanie dobra // V.V.Solovyov Soch v 2 tt T.1 –
Moskva: Misl. – S. 152-169. (In Russian)

5. Allport G.W. (1958) Nature of Prejudice. – New York. – 496 p.
6. Jonathan Seglow. (1986) The Ethics of Altruism. Routledge chapman & Hall.
London. – 225 p.
7. Batson, C. D. (2011). Altruism in humans. Oxford University Press.
8. Hubbard, J., Harbaugh, W. T., Srivastava, S., Degras, D., & Mayr, U. (2016).
A general benevolence dimension that links neural, psychological, economic, and lifespan data on altruistic tendencies. Journal of Experimental Psychology: General,
145(10), 1351–1358.
https://doi.org/10.1037/xge0000202
9. Pavey, L., Greitemeyer, T., & Sparks, P. (2012). "I help because I want to, not
because you tell me to": Empathy increases autonomously motivated helping.
Personality and Social Psychology Bulletin, 38(5), 681–689.
https://doi.org/10.1177/0146167211435940
10. Internet sayti:
https://rg.ru/documents/2015/06/08/vospitanie-dok.html (murojaat holati 2021-yil 15-
dekabr). (In Uzbek)