ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘smir shaxsining shakllanishiga ta’sir qiladigan psixologik zo‘ravonliklar

Jo‘raqulova Dildora Ziyadullayevna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘SMIR SHAXSINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR QILADIGAN
PSIXOLOGIK ZO‘RAVONLIKLAR

PSYCHOLOGICAL VIOLENCE AFFECTING THE FORMATION OF A
TEENAGER’S PERSONALITY

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ НАСИЛИЯ, ВЛИЯЮЩИЕ НА
ФОРМИРОВАНИЕ ЛИЧНОСТИ ПОДРОСТКА

Jo‘raqulova Dildora Ziyadullayevna
TDPU, Umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti

Tel.: +998 94 673-32-02
e-mail: dildorazurakulova178@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada o‘smirlarning rivojlanish jarayoni haqida umumiy
ma’lumot berilgan bo‘lib, uning hayotida yuzaga keladigan ijobiy va salbiy holatlar
haqida fikr yuritiladi. Uning shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan emotsional
holatlar - zo‘ravonlikning yuzaga kelishi bola hayotini tubdan o‘zgartirib yuborishi
mumkin. Bolani doimiy yoki davriy ravishda og‘zaki haqorat qilish, ota-ona
tomonidan tahdid qilish, uning insoniy qadr-qimmatini kamsitish, uni aybi yo‘q
narsada ayblash, bolani yoqtirmaslik, unga nisbatan dushmanlik, doimiy yolg‘on
gapirish undagi psixologik zo‘ravonlikni yuzaga kelishida asos bo‘lib xizmat
qiladi.Bunaqa munosabatdan keyin bola kattalarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi,
shuningdek, bolaga nisbatan uning yoshiga mos kelmaydigan talablar qo‘yiladi.
Zo‘ravonlikning bu turi, eng keng tarqalgan jarayon bo‘lib, ammo u jamoat e'tiboridan
chetda bo‘ladi. Bu holatlar haqidagi tasavvurni hosil qilish uchun manbalarga murojaat
etilgan holda ilmiy ish natijalari maqolada taqdim etilgan. Ma’lumotlarni to‘plashda
asosan adabiyotlar, jurnaldagi maqolalarga murojaat etildi.

Kalit so‘zlar: zo‘ravonlik, o‘smir, ota-ona, gazlayting, bezorilik, izolyatsiya,
haqorat, kamsitish, mehr-muhabbat, ta’lim, tarbiya.

Annotation. The article provides general information about the development
process of teenagers, and also reflects on positive and negative situations that occur in
their lives. Emotional situations that affect their formation as a person - the emergence
of violence can radically change the life of a child. Constant or periodic verbal abuse
of a child, threats from parents, humiliation of his human dignity, accusations of
something that he is not guilty of, hostility towards the child, hostility towards him,
constant lies serve as the basis for the emergence of psychological violence against
him. This type of violence is the most common process, but it is often ignored by the
public. The results of the scientific work are presented in the article with reference to

sources that allow you to get an idea of these cases. Literature and journal articles were
used when collecting data.

Keywords: violence, teenager, parent, gaslighting, bullying, isolation, insult,
discrimination, love, education, upbringing.

Аннотация. В статье даются общие сведения о процессе развития
подростков, а также размышляются о положительных и отрицательных
ситуациях, происходящих в их жизни. Эмоциональные ситуации, влияющие на
его формирование как личности – возникновение насилия могут в корне
изменить жизнь ребенка. Постоянное или периодическое словесное оскорбление
ребенка, угрозы со стороны родителей, унижение его человеческого
достоинства, обвинение его в чем-то, в чем он не виноват, неприязнь к ребенку,
вражда к нему, постоянное вранье служат основой возникновения над ним
психологического насилия. Этот тип насилия является наиболее
распространенным процессом, но он часто игнорируется общественностью.
Результаты научной работы представлены в статье со ссылкой на источники,
позволяющие составить представление об этих случаях. При сборе данных
использовалась литература и журнальные статьи.

Ключевые слова: насилие, подросток, родители, газовое освещение,
буллинг, изоляция, оскорбление, дискриминация, любовь, образование,
воспитание.

KIRISH
O‘smirlar o‘rtasidagi zo‘ravonlik murakkab va ko‘p qirrali muammo bo‘lib, uning
oldini olish va salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun keng ko‘lamli yondashuv talab
etiladi. Ushbu muammoning chuqur tahlili quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi.
O‘smirlik davri inson hayotida o‘ziga xos psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar davri
hisoblanadi. Bu davrda shaxsning o‘zini o‘zi anglashi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi,
ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi kabi muhim jarayonlar sodir bo‘ladi. Afsuski,
bu davrda o‘smirlar o‘rtasida zo‘ravonlik holatlari ham tez-tez kuzatiladi.
Zo‘ravonlikning sabablari ko‘p qirrali bo‘lib, ular biologik omillar (genetika,
fiziologiya), psixologik omillar (stress, depressiya, o‘zini o‘zi hurmat qilmaslik),
ijtimoiy omillar (oilasidagi munosabatlar, tengdoshlar ta’siri, ommaviy axborot
vositalarining ta’siri) va madaniy omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ma’lumki, bola uchun eng xavfsiz joy ota-ona mehri va g‘amxo‘rligi hisoblanadi.
Eng yaqin odamlarning zo‘ravonligi, har kuni sodir bo‘ladigan va juda kamdan-kam
hollarda ommaga e'lon qilinadigan jarayondir.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning bunday turini biz psixologik zo‘ravonlik
sifatida ko‘rib chiqamiz.

Psixologik zo‘ravonlik - bolani doimiy yoki davriy ravishda og‘zaki haqorat
qilish, ota-ona tomonidan tahdid qilish, uning insoniy qadr-qimmatini kamsitish, uni
aybi yo‘q narsada ayblash, bolani yoqtirmaslik, unga nisbatan dushmanlik, doimiy
yolg‘on gapirish tushuniladi.

Bunaqa munosabatdan keyin bola kattalarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi,
shuningdek, bolaga uning yoshiga mos kelmaydigan talablar qo‘yiladi.
Zo‘ravonlikning bu turi, eng keng tarqalgan, ammo u jamoat e'tiboridan chetda bo‘ladi.
Har doim bolaga nisbatan bosim o‘tkazilsa, uni har qanday holatda ham xohishlari
inobatga olinmasa, bu holat uning rivojlanishiga ta’sir qilib, hatto doimiy e'tiborsizlik
va xo‘rlanish holatlariga olib keladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘smirlik davri shaxsiyatning shakllanishi uchun muhim bosqich bo‘lib, unda
psixologik omillar, xususan, zo‘ravonlik tajribasi katta ta’sir etadi. Adabiyotlarda
psixologik zo‘ravonlikning o‘smirlar rivojlanishiga salbiy ta’siri turli nuqtai nazardan
o‘rganilgan bo‘lib, bu mavzuni chuqurroq tushunish uchun bir qator tadqiqotlar muhim
hissa qo‘shgan. Quyida ushbu sohada e’lon qilingan asarlarning tahlili keltiriladi.
Ba’zi mualliflar (Аптикиева Л., Аптикиев А., Бурсакова М.) o‘smirlarning
zo‘ravonlik voqeasidan keyingi psixologik holati va ularga yordam berish yo‘llari
muhokama qilinadi. Mualliflar zo‘ravonlikka uchragan o‘smirlarga psixologikpedagogik yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlariga e’tibor qaratib, bu jarayonda
individual yondashuv muhimligini ta’kidlaydilar. Ushbu tadqiqot psixologik
zo‘ravonlikning o‘smir shaxsiyatiga ta’sirini yumshatish uchun amaliy choralar taklif
qiladi, ammo zo‘ravonlikning shaxsiyat shakllanishiga chuqur ta’siri mexanizmlarini
batafsil ochib bermaydi. Shu bois, bu ish mavzuni amaliy nuqtai nazardan yoritishda
foydali bo‘lsa-da, nazariy asosni kengaytirishda qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi
(Аптикиева Л., Аптикиев А., Бурсакова М., 2014).
Y. Volkova va uning hammualliflarining "Оценка распространенности
насилия в отношении детей" tadqiqoti bolalar va o‘smirlarga nisbatan
zo‘ravonlikning tarqalish darajasini baholashga qaratilgan. Mualliflar zo‘ravonlikning
turli shakllarini, shu jumladan psixologik zo‘ravonlikni o‘rganib, uning bolalar
rivojlanishiga salbiy ta’sirini statistik ma’lumotlar asosida tasdiqlaydi. Ushbu ish
psixologik zo‘ravonlikning o‘smirlar orasida keng tarqalgan muammo ekanligini
ko‘rsatadi va uning shaxsiyat shakllanishiga ta’sirining keng ko‘lamli oqibatlari
borligini ta’kidlaydi. Biroq, tadqiqot asosan zo‘ravonlikning tarqalishiga urg‘u
berganligi sababli, uning o‘smir psixikasidagi ichki jarayonlarga ta’sirini chuqur tahlil
qilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu ish mavzuni miqdoriy jihatdan asoslash uchun muhim
manba sifatida xizmat qiladi (Волкова Е., Волкова И., Исаева О., 2016).

F. Grebyonkinning "Уголовно-правовое значение психологического насилия
в преступлениях против собственности: Автореферат диссертации на соискание
ученой степени кандидата юридических наук" ishi psixologik zo‘ravonlikni
huquqiy nuqtai nazardan o‘rganadi. Muallif psixologik zo‘ravonlikning jinoyat
tarkibidagi o‘rni va uning mulkiy jinoyatlardagi ahamiyatini tahlil qilib, uning
shaxsiyatga ta’sirini bilvosita ko‘rib chiqadi. Ushbu tadqiqot psixologik
zo‘ravonlikning o‘smir shaxsiyatiga ta’sirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rganmasa-da, uning
jiddiy huquqiy oqibatlarga ega ekanligini ko‘rsatib, mavzuning ijtimoiy ahamiyatini
ta’kidlaydi. Shu sababli, bu ish psixologik zo‘ravonlikning huquqiy kontekstini
tushunishda foydali bo‘lib, shaxsiyat shakllanishiga ta’sirini kengroq ijtimoiy nuqtai
nazardan yoritadi (Гребёнкин Ф., 2004).

Umuman olganda, yuqoridagi tadqiqotlar psixologik zo‘ravonlikning o‘smir
shaxsiyatiga ta’sirini turli jihatlardan — psixologik-pedagogik, statistik va huquqiy
nuqtai nazardan yoritadi. Biroq, ushbu manbalarda zo‘ravonlikning o‘smir
psixikasidagi uzoq muddatli ta’siri va shaxsiyat shakllanishidagi o‘ziga xos
mexanizmlari yetarlicha chuqur o‘rganilmagan. Shu bois, mavzuni yanada
kengaytirish uchun psixologik zo‘ravonlikning o‘smir shaxsiyatiga ta’sirini
integratsiyalashgan yondashuv asosida o‘rganadigan qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda o‘smirlarning psixologik zo‘ravonlikka duch kelish darajasini
va uning shaxsiyat shakllanishiga ta’sirini aniqlash uchun aralash metodlardan
foydalanildi. Ma’lumotlarni yig‘ish uchun 14-18 yoshdagi o‘smirlar orasida
so‘rovnoma o‘tkazildi va psixologik zo‘ravonlik tajribasini baholashda
standartlashtirilgan "Trauma Symptom Checklist for Children" shkalasidan
foydalaniladi. Shu bilan birga, sifatli ma’lumotlar olish maqsadida zo‘ravonlikka
uchragan o‘smirlar bilan intervyular o‘tkazildi. Olingan natijalar SPSS dasturida
statistik tahlil qilinib, psixologik zo‘ravonlikning shaxsiyat rivojlanishiga ta’sir
darajasi aniqlandi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Psixologik (shuningdek, hissiy yoki axloqiy deb ham ataladi) zo‘ravonlik - bu
travma keltirib chiqaradigan manipulyatsiyalar, boshqa shaxsning ruhiy sog‘lig‘iga
zarar yetkazish harakatlari orqali boshqa birovning ruhiyatiga ta’sir qilish jarayonidir.
Psixologik zo‘ravonlik quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
 tahdid va qo‘rqitish;
 haqorat va kamsitish;
 uyat va aybdorlik tuyg‘ularini tarbiyalash;
 beparvolik va qasddan sovuqqonlik;

 majburiy izolyatsiya qilish;
 hokimiyat yoki nazoratni amalga oshirish.
Hech qanday zo‘ravonlikni - jismoniy yoki hissiy - oqlab bo‘lmaydi. Ammo
zo‘ravonlikning o‘z sabablari bo‘lishi mumkin. Ayblash, sharmanda qilish va laqab
qoʻyish jabrlanuvchiga hissiy jihatdan taʼsir qilishi mumkin boʻlgan bir nechta ogʻzaki
haqoratli xatti-harakatlardandir. Jabrlanuvchining oʻzini oʻzi qadrlashi va hissiy
muvozanati ogʻzaki tarzda aytilgan haqorat tufayli oʻzgaradi va hatto oʻziga nisbatan
ishonchi pasayadi, natijada hissiy zoʻravonlik qurboni boʻladi.
Zo‘ravonlikka uchragan bolalarga maslahat berishda quyidagi umumiy tavsiyalar
mavjud (Zinovieva, Mixaylova, 2003).
1. Faol tinglash orqali muammoni aniqlash. Bola bilan aloqa o‘rnatish uchun
psixolog qanday tinglashi muhimdir. Tananing erkin, bo‘shashgan holatda bo‘lishiga
ahamiyatga ega, bu bolaga gapirishni boshlashga yordam beradi. Bola muammoni
muhokama qilishga tayyor ekanligi ayon bo‘lganda uchta savolga javob berishi kerak:
hal qilinmagan muammo nima; bola bu muammoni qanday his qiladi; bola
mutaxassisdan nimani kutadi?
2. Bolaning kutuvlarini aniqlashtirish. Psixolog bolaga uning qanday kutuvlarini
qondira olishi mumkinligini aytishi kerak. Masalan, psixolog zo‘rlaganni o‘zi jazolay
olmaydi. Biroq, bolaga va uning ota-onasiga yoki vasiylariga psixolog nima qilishi
mumkinligi haqida xabardor qilinishi kerak va ularga mutaxassis bilan ishlashni davom
ettirishga tayyormi yoki yo‘qligini o‘zlari hal qilish imkoniyati berilishi kerak. Agar
oila yordam berishdan bosh tortsa, psixolog ularni bola xohlagan yordamni olishning
boshqa variantlarini muhokama qilishga taklif qilishi mumkin.
3. Muammoni hal qilish bosqichlarini aniqlashtirish. Shuni esda tutish kerakki,
ko‘proq ma’lumotni yopiq emas, balki ochiq savollar berish orqali olish mumkin. Bola
bilan birgalikda uning muammosini hal qilish uchun qilgan harakatlarining qog‘ozga
yozish tavsiya etiladi. Mutaxassis bunday usulni bolaga foydasiz yoki buzg‘unchi
harakatlardan voz kechishga yordam berish uchun qo‘llaydi.
4. Muammoni hal qilishning yangi usullarini izlash. Keyingi bosqich sessiyada
psixolog aqliy hujum usulidan foydalanib, bolani o‘z muammosini hal qilishning
yanada ko‘proq yangi usullarini topishni taklif qiladi.
5. Seansni tugatish. Mashg‘ulotni yakunida – psixolog boladan maslahatni
umumlashgan holda qanday fikrga kelganliklari, kelajak uchun qanday reja va
maqsadlar tuzganliklarini muhokama qiladilar. Qoida tariqasida umumlashtirish 2-4
daqiqa davom etadi. Bundan tashqari, har bir keyingi konsultatsiyaning boshida
boladan oldingisida nima bo‘lganini eslab qolishini so‘rash tavsiya etiladi. Bu birinchi
navbatda, bolani konsultatsiya jarayoniga e’tibor berishga o‘rgatish; ikkinchidan,
psixolog o‘z ishining samaradorligini tekshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda ruhiy zo‘ravonlik ko‘pincha psixologik zo‘ravonlik deb ataladi va
u turli shakllarda bo‘lishi mumkin.

Psixologik zo‘ravonlikning quyidagi to‘rt turga bo‘lish mumkin:
• aslida psixologik (masalan, aybdorlik va uyat tuyg‘ularini uyg‘otish, doimiy
tanqid qilish, jazo sifatida boykot qilish);
• og‘zaki (qiyqiriq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqorat);
• ijtimoiy (xususan, bolani xonada izolyatsiya qilish va do‘stlari bilan muloqot
qilishni taqiqlash orqali jazolash);
• moliyaviy (sherik uchun qo‘shma hisoblarni to‘xtatish yoki bolaning asosiy
ehtiyojlarini ta’minlashdan bosh tortish).
Gazlayting – bu sheriklar o‘rtasida mavjud bo‘lgan kelishuvlar, so‘zlar yoki
va’dalarni rad etishdir:
• “Men aytmadim, o‘ylab topma!”
• “Siz doim yolg‘on gapirasiz, hech kim sizga ishonmaydi, lekin ha, men
ishonaman”.
• “Siz buni tasavvur qildingiz, men buni qilolmadim: men sizni juda yaxshi
ko‘raman”.
Muntazam yolg‘on va inkorlar orqali zo‘ravon (zo‘ravonlik ishlatadigan shaxs)
jabrlanuvchining o‘ziga ishonishini to‘xtatib, aldash va manipulyatsiya uchun yanada
osonroq nishonga aylanishini ta’minlaydi. Eng yomon strategiyalardan biri gaz
yoqilgan odam o‘zini aqldan ozgandek his qila boshlaydi va o‘z azobini hamma narsani
biladigan, yordam berishga tayyor bo‘lgan qutqaruvchi sifatida ko‘rsatadi.
Bezorilik - tor ma’noda bezorilik ish joyidagi jinsiy zo‘ravonlikka tenglashtirilsa,
keng ma’noda bu boshqa odamlarning chegaralarini buzadigan xatti-harakatlardir.
Har xil qo‘ng‘iroqlar va xabarlar, kuzatuv, asossiz teginish, chaqirilmagan
quchoqlash, o‘pish, silash va boshqa imo-ishoralar qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin. Bu
holatni boshidan kechirgan inson o‘z-o‘zini hurmat qilish va o‘ziga nisbatan ishonchi
kamayadi, ta’qib qurbonlari o‘zlarini zaif his qiladilar, o‘zlarining himoyasizligini
anglashdan umidsizlik va kuchsizlikni boshdan kechiradilar.
Boykot qilish, to‘xtatib qo‘yish, buzish va xalaqit berish
Bularning barchasi muloqotni buzishning taktikasi. Zo‘ravon o‘z qurbonini turli
yo‘llar bilan gapirish imkoniyatidan mahrum qiladi:
• lakonik "O‘chirish" (blokirovka);
• suhbatni davom ettirishdan bosh tortish (boykot);
• hokimiyatni buzish (“Siz nima haqida gapirayotganingizni bilmaysiz, o‘zingizni
sharmanda qilmang”);
• yoki boshqalarning huzurida qo‘pol uzilishlar.

Ba’zida tajovuzkor omma oldida birovning gaplarini tugatadi, hech narsa aytishga
imkon bermaydi, so‘zlovchining fikrini to‘xtatadi yoki qadrsizlantiradi. Bu zo‘ravonlik
qurboni o‘zini boshqalar oldida ahmoq va ahamiyatsiz odamdek his qiladi, o‘zini o‘zi
qadrlash, mustaqillik va ichki qo‘llab-quvvatlashni yo‘q qiladi.

Haqorat va kamsitish - birovning qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan ochiq
og‘zaki tajovuzdir.

Izolyatsiya - sheriklari haddan tashqari qaram bo‘lgan va ularga hasadgo‘y
bo‘lgan odamlar ba’zan o‘zlarini izolyatsiya devoriga tushib qolishganday his qiladi.
Bunday hollarda, zo‘ravonlikka uchragan shaxsga nisbatan ko‘pincha e'tiborsiz
munosabat namoyon bo‘ladi: haftalar, oylar va hatto yillar davomida ular
jabrlanuvchini uning do‘stlari va oilasi aslida yomon va noloyiq odamlar ekanligiga,
ular bilan muloqot qilish ahmoqlik, foydasiz va xavfli ekanligiga ishontiradilar. Astasekin, bunday o‘rnatilgan e'tiqodlar o‘z mevasini berishi mumkin va odam o‘zining
ehtirosli mehribon yarmidan tashqari, unga hech kim kerak emasligiga ishonadi.

Bezorilik va kiberbullying - bu jamoa tomonidan muntazam ravishda qo‘rqitish
va shaxsning qadr-qimmatini kamsitish, haqiqatda (bezorilik) yoki onlayn
(kiberbullying) tarzda bezorilikni namoyon qiladi. Bu holatda ko‘pincha maktab
o‘quvchilari zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi, lekin ba’zida psixologik toshbo‘ron
(fikrlar qarama-qarshiligi) qilish yoki katta tomonidan oila davrasida sodir bo‘ladi.

MUHOKAMA
Psixologik zo‘ravonlik nimaga o‘xshaydi?
Zo‘ravonlik odatda nomutanosiblik asosida qurilgan aloqalarda tug‘iladi: biri
kuchga ega, ikkinchisiga esa bo‘ysunish roli beriladi.
Zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari:
 Psixologik muammolar: Depressiya, tashvish, o‘zini o‘zi hurmat qilmaslik,
PTSD (PostTravmatic Stress Disorder).
 Ijtimoiy izolyatsiya: Do‘stlar bilan munosabatlarning buzilishi, ijtimoiy
faoliyatdan chetlanish.
 O‘quv faoliyatiga ta’siri: O‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi, o‘qish
natijalarining yomonlashishi.
 Jinoyatchilikka moyillik: Zo‘ravonlikka moyil bo‘lish, jinoyat sodir etish
ehtimoli.
 O‘z joniga qasd qilish xavfi: Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘smirlar o‘z
joniga qasd qilishga urinish xavfi yuqori bo‘ladi.
Zo‘ravonlikning oldini olish:
 Oilaviy ta’lim: Ota-onalarning bolalar bilan o‘zaro munosabatlarini
yaxshilash, bolalarga hurmat va mehr-muhabbatni o‘rgatish.

 Maktabda profilaktika dasturlari: Zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha
ta’lim dasturlari, psixologik yordam, tengdoshlar bilan munosabatlarni yaxshilashga
yo‘naltirilgan tadbirlar.

 Ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish: Qashshoqlikni kamaytirish,
ishsizlikni pasaytirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash.

 Ommaviy axborot vositalarining nazorati: Zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi
kontentni cheklash, ijobiy va konstruktiv kontentni ko‘paytirish.

 Psixologik yordam: Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘smirlarga psixologik
yordam ko‘rsatish.

 Qonun chiqarish va huquqiy himoya: Zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va
jazolash uchun qonunlarni kuchaytirish, qurbonlarni himoya qilish.

 Jamoatchilikni xabardor qilish: Zo‘ravonlik muammosini jamoatchilikka
tushuntirish, profilaktika tadbirlari haqida ma’lumot berish. Psixologlar
zo‘ravonlikdan aziyat chekayotgan o‘smirga katta yordam ko‘rsatishi mumkin

L. Berkovetsning fikricha, oiladagi tajovuzkorlik va psixologik zo‘ravonlikning
namoyon bo‘lishiga ijtimoiy omillarning, ayniqsa, ijtimoiy me’yor va qadriyatlarning
ta’siri katta. Er-xotinning oilada yetakchi o‘rinni egallashi va o‘z vazifasini to‘g‘ri
bajara olishi ham muhim jarayon hisoblanadi. Bunday holatda ko‘pincha bolalar xavf
ostida qoladi.Masalan, bolalar ko‘pincha ota-onasining o‘zlarini shafqatsiz tutishini
tushunmaydilar va ular tajovuzkorlikni har qanday oiladagi tarbiyaning bir qismi deb
hisoblaydilar. Mehribonlik, qulaylik va sog‘lom sevgi ifodalari o‘rniga, bolalarga
nisbatan qo‘pollik va rad etishni qabul qilishga odatlanib qolishadi. Albatta, bu holatda
bola o‘zini ezilgan, baxtsiz va yolg‘iz his qiladi, lekin ular ota-onalarini so‘zsiz
sevadilar va bunday munosabatlarni me'yor va g‘amxo‘rlik shakli sifatida qabul
qiladilar. Ba’zida ota-onalarning o‘zlari ham shunday deb o‘ylashadi.

O‘smirlarda zo‘ravonlik ro‘y berganda, ular uydan qochib, odatda o‘qish
ko‘rsatkichlari past bo‘ladi. Voyaga yetganidan so‘ng, bolaligida zo‘ravonlikka
uchragan odamlar ko‘pincha o‘z farzandlarining tajovuzkoriga aylanishadi. Psixologik
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, psixologik jazolangan bolaning ongida har xil
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Shu tarzda ruhiy azoblangan yoki
izolyatsiyalangan bolalar, normal sharoitda yashagan, zo‘ravonlikka duch
kelmaydigan bolalar bilan taqqoslaganda IQ darajasi past bo‘lishi mumkin, chunki
ularda miyaning prefrontal sohasidagi kulrang moddalar kamroq bo‘ladi. Sababi bular
ko‘proq asabiy va xavotirga moyil bo‘lib shakllanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ba’zan biz kattalar tarbiya jarayonini shakllantirayotganimizda haddan ortiq
qo‘pol munosabatlarni amalga oshiramiz. Bolalarimizga nisbatan tarbiyalashning bu

turi psixologik zo‘ravonlik ekanligini vaqtida to‘g‘ri anglashimiz zarur. Maktabda
tahsil olayotgan farzandlarimizni ta’limga nisbatan to‘g‘ri yo‘naltirib, o‘qishga
qiziqtirish va albatta ota-onalardagi mas’uliyat hissini oshirish orqali zo‘ravonlikning
oldini olish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Аптикиева Л.Р., Аптикиев А.Х., Бурсакова М.С. Организация психологопедагогической работы с подростками, пережившими насилие // Вестник
Оренбургского государственного университета № 9 (170), 2014.
2. Волкова Е.Н., Волкова И.В., Исаева О.М. Оценка распространенности
насилия в отношении детей // Социальная психология и общество. 2016. Том 7.
№ 2. – C. 19-34.
3. Гребёнкин Ф.Б. (2004) Уголовно-правовое значение психологического
насилия в преступлениях против собсвенности: Автореферат диссертации на
соискание ученой степени кандидата юридических наук. – Москва.
4. Парыгина Н. (2009) “Женщина — жертва насилия” Власть и управление
на Востоке России.
5. Пузанкова И. Е., Дическул О. М. Психологическое насилие в семье: что
это такое и как с ним бороться // Вестник Прикамского социального института.
№ 1 (85) 2020 г. 134–139 с.
6. Малкина-Пых И. Г. (2005) Психологическая помощь в кризисных
ситуациях – Москва: Изд-во Эксмо. – 960 с.
7. Каrimova V. (2007) Оila himoyasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi //
Huquq va burch. – №5. – Тoshkent.
8. Джуракулова Д.З. Влияние психологического насилия в семье на
формирование деструктивного поведения подростков // Вестник Интегративной
Психологии, 2024, Выпуск 33, часть 2.
9. Джуракулова Д.З. Роль психологического насилия в формировании
личности ребенка //Multidisciplinary Journal of Science and Technology Vol. 4 No.
11 (2024). – C. 467-470.
10. Фурманов И. (2001) Психологические последствия насилия над детьми
// Педагогика. Психология. Социология. Философия. – Мн.: БГУ. – C. 183-190.

REFERENCES:
1. Aptikieva L.R., Aptikiev A.X., Bursakova M.S. Organizasiya psixologopedagogicheskoy raboti s podrostkami, perejivshimi nasilie // Vestnik Orenburgskogo
gosudarstvennogo universiteta № 9 (170), 2014. (In Russian)

2. Volkova E.N., Volkova I.V., Isaeva O.M. Otsenka rasprostranennosti nasiliya
v otnoshenii detey // Sosialnaya psixologiya i obshestvo. 2016. Tom 7. № 2. – S. 19-
34. (In Russian)

3. Grebyonkin F.B. (2004) Ugolovno-pravovoe znachenie psixologicheskogo
nasiliya v prestupleniyax protiv sobsvennosti: Avtoreferat dissertasii na soiskanie
uchenoy stepeni kandidata yuridicheskix nauk. – Moskva. (In Russian)

4. Parigina N. (2009) “Jenshina — jertva nasiliya” Vlast i upravlenie na Vostoke
Rossii. (In Russian)

5. Puzankova I. E., Dicheskul O. M. Psixologicheskoe nasilie v semye: chto eto
takoe i kak s nim borotsya // Vestnik Prikamskogo sosialnogo instituta. № 1 (85) 2020
g. 134–139 s. (In Russian)

6. Malkina-Pix I. G. (2005) Psixologicheskaya pomosh v krizisnix situatsiyax –
Moskva: Izd-vo Eksmo. – 960 s. (In Russian)

7. Karimova V. (2007) Oila himoyasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi //
Huquq va burch. – №5. – Toshkent. (In Uzbek)

8. Djurakulova D.Z. Vliyanie psixologicheskogo nasiliya v semye na
formirovanie destruktivnogo povedeniya podrostkov // Vestnik Integrativnoy
Psixologii, 2024, Vipusk 33, chast 2. (In Russian)

9. Djurakulova D.Z. Rol psixologicheskogo nasiliya v formirovanii lichnosti
rebenka //Multidisciplinary Journal of Science and Technology Vol. 4 No. 11 (2024) –
S. 467-470. (In Russian)

10. Furmanov I. (2001) Psixologicheskie posledstviya nasiliya nad detmi //
Pedagogika. Psixologiya. Sosiologiya. Filosofiya. – Mn.: BGU. – C. 183-190. (In
Russian)