TA’LIMNI TASHKILLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI: AMALIYOT VA
NAZARIYA
FOREIGN EXPERIENCE IN THE ORGANIZATION OF EDUCATION:
PRACTICE AND THEORY
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ В ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗОВАНИЯ: ПРАКТИКА
И ТЕОРИЯ
Xalmamatova Lola Amankulovna
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti dotsenti
Tel.: +998 95 142-35-95
e-mail: khalmamatoval@mail.ru
Alimova Nigora Sunnatullayevna
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘qituvchisi
Tel.: +998 55 508-02-49
Annotatsiya. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
mazmuni ta’lim taraqqiyotini yuqori bosqichlarda eng ilg‘or xorijiy mamlakatlar
ta’limi darajasiga ko‘tarish, jahon tajribasini o‘rganish asosida barkamol shaxs va
malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Ushbu maqola
ta’limni tashkil etishda xorijiy tajribani o‘rganishga bag‘ishlanadi, unda nazariy
yondashuvlar va amaliy yechimlar tahlil qilinadi. Maqolada ta’lim xizmatlari
bozorining rivojlanishi, oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishning xalqaro modellari va
moliyalashtirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oliy o‘quv
yurtlarini boshqarishning ilg‘or tajribalari va xalqaro ta’lim institutlarining ta’lim
sifatini oshirishdagi roli muhokama qilinadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining
xorijiy namunalariga e’tibor qaratilib, ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi
imkoniyatlari baholanadi. Maqolada ta’lim sifatini ta’minlashda moliyaviy va
boshqaruv mexanizmlarining muhimligi ta’kidlanadi hamda xorijiy tajribani mahalliy
ta’lim tizimiga integratsiyalash bo‘yicha takliflar beradi.
Kalit so‘zlar: ta’lim xizmatlari bozori, oliy ta’lim tizimini moliyalashtirish,
moliyalashtirish modellari, oliy o‘quv yurtlarini boshqarish, xalqaro ta’lim instituti,
ta’lim sohasidagi davlat siyosati, ta’lim sifati.
Annotation. The essence of state policy in the education sector of the Republic
of Uzbekistan lies in elevating the development of education to the level of the most
advanced foreign countries, fostering well-rounded individuals and highly qualified
specialists based on the study of global experiences. This article is dedicated to
exploring foreign practices in organizing education, analyzing theoretical approaches
and practical solutions. It examines the development of the education services market,
international models of financing higher education, and effective funding methods.
Additionally, it discusses advanced practices in managing higher education institutions
and the role of international educational institutes in enhancing education quality.
Attention is given to foreign models of state education policy, evaluating their
applicability in Uzbekistan’s context. The article emphasizes the importance of
financial and managerial mechanisms in ensuring education quality and offers
recommendations for integrating foreign experiences into the local education system.
Keywords: training in market services, higher education in finance, financial
model, higher education of Bashkir yurts, national educational institute, sectoral
education of public policy, quality education.
Аннотация. Сущность государственной политики в сфере образования
Республики Узбекистан заключается в поднятии уровня развития образования до
стандартов наиболее передовых зарубежных стран, воспитании всесторонне
развитых личностей и высококвалифицированных специалистов на основе
изучения мирового опыта. Данная статья посвящена исследованию зарубежного
опыта в организации образования, анализу теоретических подходов и
практических решений. В ней рассматриваются развитие рынка
образовательных услуг, международные модели финансирования высшего
образования и эффективные методы финансирования. Также обсуждаются
передовые практики управления высшими учебными заведениями и роль
международных образовательных институтов в повышении качества
образования. Особое внимание уделяется зарубежным моделям государственной
политики в сфере образования и оценке их применимости в условиях
Узбекистана. Статья подчеркивает важность финансовых и управленческих
механизмов в обеспечении качества образования и предлагает рекомендации по
интеграции зарубежного опыта в местную систему образования.
Ключевые слова: обучение на рынке услуг, финансирование высшего
образования, финансовая модель, высшее образование башкирских юрт,
национальный образовательный институт, отраслевое образование
государственной политики, качественное образование.
KIRISH
Oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozorlarini samarali rivojlanishi oliy ta’lim
xizmatlari subyektlari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari tomonidan tayyorlanadigan yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan bog‘liq. Chunki bozor munosabatlari
sharoitida erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida innovatsiya yangiliklarini kiritish asosidagina mamlakatni
jahon xo‘jaligi bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash respublikamizni ilmiy
salohiyatidan foydalanish darajasiga bog‘liq.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi erkin raqobatga asoslanishi va ishlab
chiqarish, xizmat ko‘rsatish subyektlarini qanday mulkchilik shakllariga
asoslanishidan qat’iy nazar erkin raqobat asosida har bir mamlakatni jahon bozorida
raqobatdosh bo‘lishini ta’minlash maqsadida intellektual jarayonni rivojlantirish
ularning asosiy muammolariga aylanadi. Bu esa bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini
intellektual darajalarini oshirishni ta’minlash uchun bozor talablariga asoslangan holda
oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb hisoblanadi.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev mamlakatimizni 2021-yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2022-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Ilmiy muassasalarning moddiy-texnik
bazasini ilg‘or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli
ravishda mustahkamlash kerak” deb ta’kidlab o‘tdi (Mirziyoyev Sh., 2017: 46).
Bundan ko‘rinib turibdiki milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun javob bera
oladigan intellektual oliy malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash oliy o‘quv
yurtlarida malakali professor va o‘qituvchilar tomonidan berilgan va talabalar,
magistrlar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar respublika innovatsiya yangiliklari
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jahon xo‘jaligi bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydi.
Demak, milliy iqtisodiyotni innovatsiyalashtirish asosida mamlakatimizni ilg‘or
mamlakatlar qatoriga olib chiqish mumkin. Buni eng rivojlangan AQSh, Yaponiya,
Fransiya, Angliya, Yevropa ittifoqi davlatlari misolida ko‘rish mumkin.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Yangi industrial jamiyatni nazariyasi J. Gelbreyt o‘z vaqtida industrial tizim
sharoitida o‘qitilgan va o‘rgatilgan kadrlar ishlab chiqarishning hal qiluvchi omiliga
aylangan va u yuqori rivojlangan ta’lim tizimiga bog‘liq deb hisoblangan (Antoshkina
L., 2021: 54). S. Fisher inson kapitali tushunchasiga shunday ta’rif beradi, “Insonga
daromad olib kelishi mumkin bo‘lgan qobiliyat inson kapitalidir. Inson kapitali tug‘ma
qobiliyat, talant va shu qatorda o‘rganilgan (orttirilgan) kabi klassifikatsiyalashuvga
(tasnif) ega.” Mazkur berilgan ta’rifga hozirgi kunda inson kapitali tushunchasining tor
ma’nodagi ta’rifi sifatida qarash mumkin (Meldaxanova M., 2021: 62).
B.M. Genkin va B.G. Yudinlarning inson kapitaliga bergan ta’rifiga ko‘ra: inson
kapitali – inson qobiliyatlarini tashkil etuvchi komponentlar (jismoniy salohiyat,
yaratuvchanlik mahorati, bilim va ko‘nikmalar, mahorat, harakatchanlik) orqali
namoyon bo‘lib, uy xo‘jaligi, korxona va mamlakatning daromad manbaini
shakllantiradi (Muxtarova K., 2021: 416).
Amerikalik iqtisodchi E. Denison Amerika iqtisodiyotini tubdan o‘rganib chiqdi.
Denison fikriga ko‘ra inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan xarajatlar faktori birlamchi
omil emas, balki ularning natijaviy sifat ko‘rsatkichlari iqtisodiy o‘sishning asosiy
omillaridan biridir. Denison 1929-1982-yillar oralig‘idagi Amerika iqtisodiyotini tahlil
qiladi va iqtisodiyotda ishchi kuchi sifatini yuqori o‘ringa qo‘yadi. Denison izlanishlari
xulosasiga ko‘ra, ishchi kuchi sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy faktor bu
ta’lim tizimi hisoblanadi, ya’ni ta’lim tizimi inson kapitali shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi.
M.K. Meldaxanova inson kapitaliga mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi,
raqobatbardoshligi, innovatsion rivojlanishni ta’minlovchi bilim, malaka, ko‘nikmalar
orqali jamg‘arilgan inson resursi deb ta’rif beradi (Meldaxanova M., 2021: 49).
K.S. Muxtorova va E.S. Detskovkaya tadqiqotlarida davlat siyosatining inson
kapitaliga yo‘naltirilganligining mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyat kasb etishi
yoritilgan. Inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan siyosat orqali mamlakat aholi
hayoti turmush sifati va darajasi yaxshilanadi deb hisoblanadi (Muxtarova K., 2021:
223). Tadqiqot ishini amalga oshirishda rivojlangan mamlakatlarda oliy ta’limni
tashkil etishni, moliyalashtirish modellarini tahlil qilish, statistik, solishtirma, empirik
usullaridan foydalangan holda xorij mamlakatlarda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish
tajribalaridan O‘zbekistonda foydalanish yo‘nalishlari o‘rganilgan.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot metodologiyasi sifatida ushbu maqolada xorijiy ta’lim tashkiloti
tajribasini o‘rganish uchun adabiyotlar tahlili va taqqoslash usullari qo‘llanildi. Xorijiy
mamlakatlarda ta’limni tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari
bo‘yicha mavjud ilmiy manbalar tizimli ravishda ko‘rib chiqildi. Tadqiqot jarayonida
olingan ma’lumotlar sifat jihatidan tahlil qilinib, ularning o‘zbek ta’lim tizimiga
mosligi baholandi. Natijalar xorij tajribasini mahalliy sharoitlarga integratsiyalash
imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qildi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Davlat tomonidan ta’lim xizmatlari tizimini bozor iqtisodiyoti talablari asosida
rivojlantirish bo‘yicha iqtisodchi olimlar va davlatlar tomonidan katta e’tibor
berilmoqda. Ammo aytish mumkinki hozirgi bozor munosabatlari sharoitida oliy
ta’lim xizmatlari tizimi oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozorlari talablariga moliyaviy
samaradorlik jihatdan uning ta’lim xizmatlari tizimini sifati jihatdan va undan
foydalanish oliy ta’lim olishga intiluvchilarni talablarini qondiradigan darajada
bo‘lishi kerak. Buning uchun:
milliy ta’lim tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish iqtisodiy
mintaqalardan kelib chiqqan holda amalga oshirish zarur;
bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida jahon xo‘jaligi bozori talablari
asosida uni o‘z navbatida tartibga solib turish;
oliy ta’lim tizimini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqlikda olib borishni
tashkil etishni doimiy ravishda tashkiliy-iqtisodiy va ta’lim jarayonlarini tashkil etish
doimiy ravishda oliy ta’lim tizimini tashkil etuvchi takomillashib borishini
ta’minlovchi muassasalar tomonidan amalga oshirilishi zarur.
Jahon oliy ta’lim tizimini keyingi 30-40 yillar ichida ularning rivojlanishini
moliyalashtirishni bir necha modellari tashkil topdi. Shulardan oliy ta’lim tizimini
birinchi moliyalashtirish modeli neoliberalizm modeli bo‘lib, u M. Fidlin, F. Chaba va
F. Hask tomonidan o‘rganilgan bu modelga asosan AQSh, Yaponiya, Avstraliya,
Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika mamlakatlarida qo‘llaniladi.
Misol uchun XXI asrda AQSh oliy ta’lim tizimi xarajatlarini 42,5% byudjet
mablag‘lari hisobiga, shu jumladan federal byudjet hisobiga 27,5 % mahalliy shtat
byudjeti hisobiga 2,6% qoplangan. Davlat oliy o‘quv yurtlari 50% moliyaviy
mablag‘larni shtat boshqaruvidan moliyalashtirilsa xususiy oliy o‘quv yurtlari bunday
huquqqa ega emaslar. Bu model vakillari oliy o‘quv yurtlari va shtatda joylashgan
korxonalar hamkorlikda oliy ta’lim tizimida mavjud muammolarni hal etadilar. Ammo
oliy o‘quv yurtlarini avtonom holda mustaqil bo‘lib faoliyat yuritishlari ularda shtat
byudjeti mablag‘larini ishlatishni nazorat qilishni talab etadi. Yevropaning g‘arb
mamlakatlarida bozor iqtisodiyotini transformatsiyalanishi munosabati bilan oliy
ta’lim xizmatlari o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish muammosini hal etish
oliy ta’lim inson bilimini faoliyatida asosiy vositaga aylanishi bilan bog‘liq Bolon
jarayoni umumiy muammo bo‘lib uni birgalikda hal etishni talab etadi.
MUHOKAMA
Oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishning ikkinchi modeli bo‘lib oliy ta’lim
sohasida ijtimoiy bozorni shakllanishi bo‘lib, uning nazariy asosini gumonlashgan
xalqparvar kapitalizm tashkil etadi.
Uning asoschilari J. Shumpeter, J. Giddens va H. Mayer hisoblanadi. Bu model
Kanada, g‘arbiy Yevropaning Angliya, Ispaniya va Italiyada qo‘llaniladi.
Oliy ta’lim tizimining bu model davlatning faol yordami bilan va shaxsning ta’lim
olishdagi, karyera qilishdagi javobgarligiga asoslanadi.
Bu oliy ta’lim tizimi modeli qisman bozor munosabatlariga asoslangan bo‘lib,
davlat tomonidan moliyalashtirish darajasini kamayib borishiga va xususiy
moliyalashtirishni o‘sib borishiga asoslanadi (Antoshkina L., 2021: 45).
Bu usulga asoslangan holda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishdagi moliyalashtirish
manbalarini o‘zgarishini Angliya oliy o‘quv yurtlari misolida ko‘rish mumkin.
Hozirgi davrda moliyalashtirishning 33 % davlat byudjeti hisobiga bo‘lsa qolgan
67 % xususiy manbalar hisobiga (fuqarolardan oliy ta’lim olish uchun tushgan
tushumlardan, xususiy firmalar o‘z xodimlarini o‘qitish uchun to‘lagan to‘lovlaridan
tashkil topmoqda). Oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishning uchinchi modeli bozor
iqtisodiyotiga, oliy ta’lim tizimida bozor munosabatlariga qarshi model bo‘lib uni
nazariy jihatdan Yevropa (Brussel) va Germaniya (Frankfurt) ta’lim xodimlari ilmiy
tadqiqot kasaba markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
Bu ta’lim modeli g‘arbiy Yevropaning Germaniya, Norvegiya, Daniya, Fransiya,
Shvetsiya, Finlandiya va boshqa mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Ushbu ta’lim tizimi
modeli oliy o‘quv yurtlarini xususiylashtirishga qarshidir. Shuning uchun ham
Germaniyada ko‘pchilik oliy o‘quv yurtlari davlatniki bo‘lib o‘qitish va stipendiya
to‘lash davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalarning 30 % yordam puli oladilar yoki federal byudjetdan u 33 % ni, yer
byudjetidan 44,6 % ni va jamoadan 22,4 foizni tashkil etadi.
Xorijiy rivojlangan mamlakatlarda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish ikki
xususiyatga markaziy boshqaruvga va oliy o‘quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashni
bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib ularni diversifikatsiyalashtirishga
asoslanadi. Markazlashtirilgan holda oliy o‘quv yurtlarini boshqarishni amalga
oshirilishining sababi oliy ta’limni har bir mamlakat milliy iqtisodiyotini
raqobatbardoshligini jahon bozorida ta’minlashdan iborat. Shu bilan birga oliy ta’lim
tizimini bozor munosabatlari sharoitida markazdan boshqarish zarurligi shundan
iboratki ularda asosan oliy ta’lim davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilganligi
sababli bu mablag‘lardan foydalanishni nazorat qilishni zarurligidir.
Oliy ta’limni markazlashtirilgan holda boshqaruvi xorijiy mamlakatlarning
umummilliy siyosatlaridan kelib chiqqan holda oliy o‘quv yurtlarining strategiyalar
ishlab chiqiladi va zarur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash
zarurligidan kelib chiqqan holda ularni qo‘shimcha ravishda moliyalashtiriladi.
Mintaqaviy boshqaruv tashkilotlari oliy ta’lim tizimini rivojlantirish rejalarini shu
mintaqa rivojlanish rejalariga qo‘shadilar. Har bir mamlakat oliy ta’lim tizimini
rivojlantirish siyosati shu mamlakat siyosatiga bog‘liq. Jumladan Angliya davlatining
oliy ta’lim tizimini rivojlantirish siyosati asosan universitet va oliy o‘quv yurtlarida
davlat tomonidan moliyalashtirish kamaytirib borishga va boshqa nodavlat
subyektlaridan pul tushumini oshirishga qaratilgan bo‘lib, universitet va oliy o‘quv
yurtlari professor-o‘qituvchilarini mehnatlariga haq to‘lashda ularning ilmiy
faoliyatlariga qarab farqlanishiga asoslanadi.
Ularning mehnat haqlari belgilanishi talabalar sonidan va o‘qitish darajasiga
qarab, ilmiy-tashkiliy ishlardan band bo‘lganlarni moliyalashtirish faqat universitet
darajasida amalga oshirilishiga asoslanadi. Fransiya davlat universitetlari mustaqil
bo‘lib, ular bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlar kelishilgan bitim (kontrakt) asosida
tartibga solib boriladi. Bu kelishuv bitimida universitet tomonidan oliy ta’limni
rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha davlat oldidagi
majburiyatlarini bajarish davlat tomonidan esa moliyalashtirish va professoro‘qituvchilar personalni kengaytirish majburiyatlari olinganligi qayd etiladi.
Davlat ta’lim tizimi markazlashtirilgan va qabul qilingan qonun va turli yuqori
tashkilotlar tomonidan berilgan instruksiyalar asosida boshqariladi. O‘quv rejalari oliy
ta’lim vazirligi va oliy o‘quv yurtlari direksiyasi tomonidan boshqariladi. Avstriya
mamlakatida esa amalga oshiriladigan vazifalar ta’lim vazirligi bilan universitet
rahbariyati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Avstriya oliy ta’lim vazirligi oliy
ta’lim xizmatlari bozorida mutaxassislarga bo‘lgan talabni mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lgan
mutaxassislarga bo‘lgan talabni o‘rganish asosida universitetlarga shu yo‘nalishlar
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga buyurtma beradi va uni moliyalashtiradi.
Avstriyada universitetlar bozor talablari asosida oliy malakali mutaxassislarni
tayyorlash uchun zarur bo‘lgan innovatsiya yutuqlarini qamrab olgan zarur bo‘lgan
o‘qitish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etadilar va ular bunga javobgar
hisoblanadilar. Fikrimizcha, respublika oliy ta’lim tizimining universitet va
institutlarini Xalqaro ta’lim instituti bilan o‘quv-uslubiy, ilmiy, amaliy va ularni
malakalarini oshirish bo‘yicha aloqalarini kuchaytirish zarur.
Xalqaro ta’lim instituti 1919-yilda tashkil topgan bo‘lib uning asosiy vazifasi oliy
ta’lim yo‘nalishida mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik munosabatlarini
o‘rnatish ularga akademik erkinlikni tashkil etish, xalqaro ta’lim yo‘nalishida
mutaxassislar tayyorlash o‘qituvchilarni malakalarini oshirish, xalqaro darajada ilmiy
ishlarni chop etish vazifalarini oshiradi. Shu bilan birga xalqaro konferensiyalarni,
axborot markazlarini va oliy ta’lim yo‘nalishida maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.
Xalqaro ta’lim institutining asosiy vazifasi yuqori darajada professor-o‘qituvchilarni 250
ta’lim dasturlari asosida malakalarini oshirishni ta’minlamoqda. Hozirgi kungacha 175
mamlakatlardan 18000 kishi o‘z malakalarini oshirishga erishdilar. Xalqaro ta’lim
instituti Amerika agentligi va boshqa davlatlarning agentligi hamda korporatsiyalar
xalqaro tashkilotlar, xalqaro rivojlanish va banklar agentligi, universitetlar, nodavlat
tashkilotlari, diniy institutlari va tashkilotlardan tushgan moliya mablag‘lari va
xayriyalar hisobiga o‘z faoliyatini olib boradi (1-rasm).
Xalqaro ta’lim institutlarining 2015-yildagi umumiy daromadlari 840 mln. AQSh
dollarini tashkil etadi, shundan 52 foiz xalqaro tashkilotlar va davlatlardan tushumlar,
36 foiz AQSh hukumat agentliklari, 7 foizi jamg‘armalar va ilmiy tadqiqot institutlari,
3 foizi korporatsiyalardan, 2 foizi investitsiyalardan olingan daromadlar va boshqalar.
Xalqaro ta’lim institutlarining 2015-yilda umumiy xarajati 832,7 mln AQSh
dollarini tashkil etib, uning 87 foizi xalqaro talablar va aspirantlar almashuvi dasturiga
sarf etilgan, 5 foizi yuqori ta’lim xizmatlarini rivojlantirish uchun, 5 foizi boshqaruvga
va umumiy xarajatlarga, 2 foizi oliy ta’lim institutsional rivojlantirishga, 1 foizi kam
ta’minlangan studentlarga va olimlarga yordam uchun, 0,2 foizi tadqiqot va nashriyot
xarajatlariga va 0,1 foizi boshqa xarajatlar uchun sarflangan.
Xalqaro ta’lim institutining 6 qit’ada 19 filiali 1400 hamkorlari va a’zo
tashkilotlari, 42500 ta ishtirokchilari, 200 ta dasturi 183 mamlakatda mavjud. Umuman
dunyoda institutning 19 ofisi bo‘lib Gonkong, Vengriya, Meksika, Rossiya, Tayland,
Vetnam, Ukraina, Misr, Xitoy, Indoneziya va Efiopiyada va boshqa mamlakatlarda
joylashgan. Xalqaro ta’lim institutining yillik byudjeti unga qarashli bo‘lgan hamma
tashkilotlari bo‘yicha 1 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.
Angliyada xorijiy davlatlardan talabalarni jalb etishda Buyuk Britaniya ta’lim
Kengashi amalga oshiradi. Buyuk Britaniya Kengashiga bir yilda 8,5 mln. kishi
qatnashishi kasbiy va akademik yo‘nalishlarida 1,3 mln. kishi imtihon topshiradilar.
Buyuk Britaniya kengashi davlat tomonidan xorijiy mamlakatlardan o‘qish uchun jalb
qilish bilan shug‘ullanadilar. Agarda 2001-yili 100,0 ming xorijiy talabalar jalb etilgan
bo‘lsa 2006-2007-o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 356080 kishini tashkil etdi. Bu
ko‘rsatkich rejalashtirilgan ko‘rsatkichga nisbatan 10000 kishi ko‘pdir.
1. AQSh Davlat departamenti 8. General electric 9. Braziliya, Chili,
fondi Yaponiya hukumatlari va
2. AQSh Xalqaro rivojlanish Ispaniya Levi Shtraus
agentligi fondi
3. AQSh Energetika Xalqaro 10. Goldman Saks fondi
departamenti ta’lim
instituti 11. Lucent fondi
4. Jahon banki (Lucent Technologies
5. Cisco instituti Foundation);
6. Ford fondi 12. MackArtur fondi
7. Friman fondi 13. Pakkarda fondi 14. AIG fondi va
boshqalar
1-rasm. Xalqaro ta’lim institutining homiylari tarkibi
Britaniya Kengashiga 2015-2016-o‘quv yilida jami 973 mln. f.st. (2015-2016
o‘quv yilida 952 f.st.) daromad olgan. Jumladan 568 mln f.st. (58 %) mablag‘ asosan
ingliz tilini o‘qitish va imtihonlar o‘tkazish bo‘yicha kelib tushgan, tashkiliy ishlar va
hamkorlik vazirligi grantlardan 162 mln. f.st. (17 %), ta’lim hamkorligini qo‘llabquvvatlash va ta’limni rivojlantirishdan 157 mln. f.st. (16 %), boshqa manbalardan 93
mln. f.st. (9%) daromad olgan. Xarajatlari jami 982 mln f.st.ni tashkil etib, shu
jumladan ingliz tilini o‘rgatishni targ‘ib qilishgan 541 mln. f.st. (55 %), ta’lim
hamkorligini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish va ta’limni rivojlantirish uchun 222
mln. f.st. (22 %), texnologik hamkorlik va madaniyatni rivojlantirish uchun 74 mln.
f.st. (8 %) va boshqa xarajatlarga 145 mln. f.st. (15 %) xarajat qilingan.
Buyuk Britaniyada xalqaro ta’lim Kengashi ham faoliyat ko‘rsatadi. Unga 523
tashkilot a’zo bo‘lib, u Buyuk Britaniyadagi barcha universitetlarning o‘ziga qamrab
olgan. Kengash diplomdan keyingi davr bo‘yicha 217 o‘quv yurtlarini, 174 oliy o‘quv
yurtlarini 65 talabalar kengashini va 61 boshqa tashkilotlarni qamrab olgan.
Fransiya davlati xorijiy talabalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda bo‘lib
Kampusfrans (Campusfrance) deb ataladi. Bu tashkilot 1998-yilda tashkil topgan
bo‘lib, u Ta’lim va tadqiqot vazirligi, Tashqi va Yevropa ishlar vazirligi nazorati ostida
quyidagi vazifalarni bajaradi.
Fransiya oliy ta’lim tizimini chet ellarda targ‘ib etish;
o‘qishga borayotganda zarur bo‘lgan rahbariyat hujjatlarini tayyorlashni
yengillashtirish, sifatli dasturlar asosida o‘qishni xorijiy mamlakatlarda kafolatlash
ishlarini olib boradi. Fransiyada o‘qishni istagan xorijiy mamlakatlar yoshlarini yagona
sifatli dastur asosida o‘qishni kafolatlanishi bo‘yicha yagona umumiy axborotlarni
ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 2008-yilda bu tashkilot a’zolari bo‘lib 220 ta
Fransiya institutlari hisoblangan. Uning 2015-yilda 114 xorijiy mamlakatlarida 200
dan ortiq ofislari mavjud. Uning asosiy vazifasi xorijiy mamlakatlar fuqarolarini zarur
bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi.
YUNESKO ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya dunyo bo‘yicha xorijiy talabalarni
qabul qilish bo‘yicha 3 o‘rinda turadi: dunyo bo‘yicha umumiy xorijiy studentlarning
7 foizini tashkil etadi. 2013-2014-o‘quv yillarda bu yerda 295 ming xorijiy talabalar
tahsil olgan, shu jumladan 218 ming (74 foizi) nafari universitet talabalari hisoblanadi.
Fransiya tashqi ishlar, ta’lim va tadqiqot vazirligi tashabbusi bilan 1998-yilda
EduFranse (Agene EduFranse) agentligi tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi Fransiya
davlatini xalqaro ta’limda faol qatnashuvini ta’minlash hisoblanadi. U Fransiya ta’lim
tizimi mohiyatini xorijiy mamlakatlarga yoyish, xorijiy talaba va tadqiqotchilarga
yaqindan yordam berish, konsalting faoliyatini ayniqsa ta’limda axborotlar
texnologiyasini xizmatlarini rivojlantirishdan iborat.
Fransiyada 1960-yilda EGIDE akademik dasturi tuzilgan bo‘lib u 2007-yildan
boshlab KampusFrans a’zosidir. Uning asosiy vazifasi xorijiy talabalarga, stajyor va
tadqiqotchilarga akademiyaning dasturini o‘zlashtirishga yordam berish hisoblanadi.
Uning akademik dasturini Fransiya tashqi ishlar vazirligi moliyalashtiradi.
Germaniyada xorijiy mamlakatlar talabalarini jalb etishda Germaniyaning
akademik almashuv agentligi va Gets DAAD instituti amalga oshiradi. Germaniyaning
akademik almashuv xizmati 1925-yilda tashkil topib Germaniya oliy o‘quv yurtlarini
o‘zini-o‘zi boshqaruvini tashkil etadi. Bu tashkilot xorijiy studentlarga va o‘zining
studentlariga stipendiya berish Germaniya oliy o‘quv yurtlarini
internatsionalizatsiyalashishiga yordam berish, germanlashgan va nemis tilini qo‘llabquvvatlash va ta’lim tizimida rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlik qilishdan
iborat. Bu tashkilot o‘zining maqsadini amalga oshirishda turli 200 dastur asosida
amalga oshiradi. Ushbu tashkilotni yillik byudjeti 440 mln. yevroni tashkil etib, u
o‘ziga 2015-yilda 238 nemis oliy o‘quv yurtlarini va 107 dan ortiq talabalar va tashqi
madaniyat siyosatini olib borishda hamda Germaniyada ta’lim va ilmni rivojlantirish
siyosatini olib boradi. Shu tashkilotning 15 xorijiy vakolatxonasi va 56 axborotlar
markazi faoliyat olib boradi hamda yiliga 100,0 ming stipendiya beriladi.
Bu tashkilotni Germaniya tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiy aloqa va rivojlanish
federal vazirligi, ta’lim ilm vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Iqtisod va texnologiya federal
vazirligi moliyalashtiradi. Shu bilan birga uni moliyaviy jihatdan texnika aloqali
jamiyati NATOning ilm bo‘yicha kengash, nemis ilmini qo‘llab-quvvatlash fondi va
boshqa ko‘p tashkilotlar moliyaviy yordam ko‘rsatadilar. Germaniyaning Gyote
instituti ham 1951-yildan buyon madaniy xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Oliy ta’lim tizimini respublikamizda hal etishning asosiy muammolaridan biri bu
ichki oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim tizimi bilan bog‘liqlikda olib borishni
ta’minlash uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur deb hisoblaymiz.
- oliy ta’limni rivojlantirish shakllarini bozor talablari asosida tashkil etish va
xalqaro oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashuvida milliy an’analaridan kelib
chiqish;
- oliy ta’limni jahon andozalari asosida rivojlantirishning yangi
integratsiyalashuvi andozalariga asoslanish;
- oliy ta’lim oliygohlarida olingan bilim diplom sifatida emas balki talabalarning
olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga qarab baho berish zarur.
- Jahon oliy ta’lim tizimini o‘rganish asosida quyidagilarni taklif etish mumkin.
- AQShda joylashgan oliy o‘quv yurtlarida 50 foizgacha moliyaviy mablag‘larni
shtat boshqaruvi hisobiga qolgan mablag‘larni esa universitetlar bilan hamkorlikda
ishlovchi korxonalar hisobiga qoplash tajribalaridan;
- oliy ta’lim tizimining ikkinchi modelida asosan davlat tomonidan darajasini
kamayib borishiga moliyalashtirish asoslangan bo‘lib shaxsni ta’lim olishi va
kelajakda karyera qilishni kafolatlanishi;
- oliy ta’lim tizimini rivojlantirishni nafaqat ichki balki tashqi jahon bozori
talablaridan kelib chiqqan holda zaruriy yo‘nalishlarda rivojlanishini ta’minlash;
- ilm-fan taraqqiyotini oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini oshirish
maqsadida ularni bog‘liqlikda olib borish uchun oliy o‘quv yurtlari kafedralarida ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borish;
- respublika oliy ta’lim tizimini jahon darajasida rivojlangan oliy ta’lim tizimlari
bilan o‘zaro rivojlantirish;
- oliy ta’lim tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashda ularning
eksporti va importini oshirish;
- oliy ma’lumotli mutaxassislarni o‘z ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tekshirish
institutlarida ilmiy laboratoriyalarida va yirik ishlab chiqarish korxonalarida tashkil
etish;
- oliy ta’lim o‘quv yurtlarini ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda
mutaxassislar tayyorlashga e’tibor berish zarur deb hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev Sh. M. (2017) Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent:
O‘zbekiston.
2. Антошкина Л.И. (2021) Высшее образование в системе общественных
интересов: монография. – Донецк: ООО «Юго-Восток». – С. 54.
3. Мелдаханова М.К. (2021) Современная концепция человеческого
капитала в экономической теории // Формирование и развитие
конкурентоспособного человеческого капитала в Казахстане: сборник
материалов Международной научно-практической конференции. – Алматы:
Институт экономики КН МОН РК. – С. 49–53.
4. Мухтарова К.С. (2021) Распределение доходов и бедность в переходной
экономике. – Алматы. – 223 с.
5. Другов А. (2020) Проблемы и направления модернизации высшего
образования в Украине / А. Другов // Вестник КНЭТУ. – № 5. – С. 127–134.
6. L’essentiel des chiffres clés № 9, Septembre 2021. CampusFrance.
ressources.campusfrance.org
7. Ржепишевский В.В. Проблемы и перспективы функционирования
высших учебных заведений в региональной инновационной системе / В.В.
Ржепишевский – [электронный ресурс] – режим доступа: www/old.niss.govvua/
monitor/mat2wa/r/htm.
8. Ding, A., & Bruce, I. (2017). The English for Academic Purposes practitioner:
Operating on the edge of academia. Palgrave Macmillan.
9. Gruenewald, D. A. (2003). The best of both worlds: A critical pedagogy of
place. Educational Researcher, 32(4), 3–12.
https://doi.org/10.3102/0013189X032004003
10. Kendeou, P. (2021). Editorial: Advancing educational theory and practice.
Journal of Educational Psychology, 113(1), 1–3.
https://doi.org/10.1037/edu0000649
REFERENCES:
1. Mirziyoyev Sh. M. (2017) Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent:
O‘zbekiston. (In Uzbek)
2. Antoshkina L.I. (2021) Visshee obrazovanie v sisteme obshestvennix
interesov: monografiya. – Donesk: OOO «Yugo-Vostok». – S. 54. (In Russian)
3. Meldaxanova M.K. (2021) Sovremennaya konsepsiya chelovecheskogo
kapitala v ekonomicheskoy teorii // Formirovanie i razvitie konkurentosposobnogo
chelovecheskogo kapitala v Kazaxstane: sbornik materialov Mejdunarodnoy nauchnoprakticheskoy konferensii. – Almati: Institut ekonomiki KN MON RK. (In Russian)
4. Muxtarova K.S. (2021) Raspredelenie doxodov i bednost v perexodnoy
ekonomike. – Almati. – 223 s. (In Russian)
5. Drugov A. (2020) Problemi i napravleniya modernizasii visshego obrazovaniya
v Ukraine / A. Drugov // Vestnik KNETU. – № 5. – S. 127–134. (In Russian)
6. L’essentiel des chiffres clés № 9, Septembre 2021. CampusFrance.
ressources.campusfrance.org (In French)
7. Rjepishevskiy V.V. Problemi i perspektivi funksionirovaniya visshix uchebnix
zavedeniy v regionalnoy innovasionnoy sisteme / V.V. Rjepishevskiy – [elektronniy
resurs] – rejim dostupa: www/old.niss.govvua/ monitor/mat2wa/r/htm. (In Russian)
8. Ding, A., & Bruce, I. (2017). The English for Academic Purposes practitioner:
Operating on the edge of academia. Palgrave Macmillan.
9. Gruenewald, D. A. (2003). The best of both worlds: A critical pedagogy of
place. Educational Researcher, 32(4), 3–12.
https://doi.org/10.3102/0013189X032004003
10. Kendeou, P. (2021). Editorial: Advancing educational theory and practice.
Journal of Educational Psychology, 113(1), 1–3.
https://doi.org/10.1037/edu0000649