XOTIN-QIZLARINING JISMONIY FAOLLIGINI OSHIRISH
METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕТОДИКИ ПОВЫШЕНИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ
АКТИВНОСТИ ЖЕНЩИН
IMPROVEMENT OF THE METHODOLOGY FOR INCREASING
WOMEN’S PHYSICAL ACTIVITY
Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi
T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari
ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi
Tel.: +998 93 006-14-17
e-mail: umidaeshmanova6@gmail.com
Annotatsiya. Maqola Xotin-qizlarni jismoniy tarbiyalashni yanada
takomillashtirish yo‘llariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda talaba-qizlarni jismoniy
mashqlar va sevimli sport turlariga bo‘lgan munosabatlari o‘rganilgan hamda jismoniy
tarbiyani xotin-qizlarning ijtimoiy ehtiyojlari ekanligi ko‘rsatilgan. Shuningdek
jismoniy tarbiyani xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzini kechirishidagi va jismoniy
madaniyatidagi o‘rni masalalari turli pedagogik va psixologik shart-sharoitlar nuqtainazaridan tahlil qilingan va ular bir butun shaxs jismoniy madaniyatini shakllantirish
vositalari sifatida ta’kidlangan. Ishda basketbol o‘yini elementlari integratsiya qilingan
maxsus mashq tizimlari ishlab chiqilib, ular orqali dars samaradorligini oshirish,
mashg‘ulot vaqtini tejamkorlik bilan taqsimlash va xotin-qizlarning jismoniy tarbiyaga
bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘yin
tamoyillaridan foydalangan holda o‘quvchilar uchun o‘z-o‘zini baholash tizimi va
rag‘batlantirish mexanizmi taklif etiladi.
Kalit so‘zlar: jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, ommaviy sport, badan
tarbiya, gimnastika.
Аннотация. Статья посвящена путям дальнейшего совершенствования
физического воспитания студенток, в которой изучается отношение студенток к
физическим упражнениям и любимым видам спорта, а также показано, что
физическое воспитание является социальной потребностью студенток. Также
вопросы роли физического воспитания в здоровом образе жизни и физической
культуре студенток были проанализированы с точки зрения различных
педагогических и психологических условий и подчеркнуты как средство
формирования физической культуры целостной личности. В данной работе
разработаны специальные системы упражнений с интеграцией элементов
баскетбольной игры, направленные на повышение эффективности уроков,
рациональное распределение времени занятий и усиление интереса женщин к
физическому воспитанию. Также предлагается система самооценки и механизм
поощрения для учащихся на основе принципов геймификации.
Ключевые слова: физическая культура, социальное воспитание, спорт,
массовый спорт, физическое воспитание, гимнастика.
Annotation. The article is devoted to ways to further improve the physical
education of female students, examines the attitudes of female students to exercise and
favorite sports, and shows that physical education is a social need of female students.
The role of physical education in the healthy lifestyle and physical culture of students
is also analyzed in terms of various pedagogical and psychological conditions, and they
are emphasized as a means of shaping the physical culture of an individual. This study
develops special exercise systems integrating basketball game elements to enhance
lesson effectiveness, optimize training time, and increase women's interest in physical
education. Additionally, a self-assessment system and a reward mechanism for students
are proposed based on gamification principles.
Keywords: Physical activity, physical culture, education sports, mass sports,
physical education, gymnastics.
KIRISH
Bugungi kunda ayrim sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar muddati
xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi
sportchi o‘z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay
olsa yoki uni oshira olish “kuchi”ga ega bo‘lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik “kulib”
boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatining sifat va samaradorlik
darajasini ko‘p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus tezlik-kuch
sifatini sifatlarining turlari qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining umumiy masalalari tarkibiga kiradi va u
o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Shu o‘rinda “Jismoniy tarbiya”, “Jismoniy madaniyat” degan tushunchalarning
mazmuniga e’tibor berib o‘tish muhimdir, chunki hozirgacha mutaxassislar o‘rtalarida
jismoniy tarbiyani pedagogika fanidan ajratib qarash holati ko‘p uchraydi. Jismoniy
tarbiya pedagogika fanining ixtisoslashtirilgan muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va
quyidagi ta’rifga ega: “Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon bo‘lib, u jismoniy mashqlar
yordamida o‘sib kelayotgan yosh organizmlarning morfologik(tana tuzilishi) va
funksional (ichki hayotiy tizimlar ishi) qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan tadbirlar
majmuidir” (Пўлатов Л., 2021: 31).
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekiston Respublikasining yetakchi mutaxassislari, xorijiy tajribali
pedagoglar, ko‘pchilik olimlar tomonidan sport o‘yinlarida texnik taktik elementlarni
rivojlantirish muammolari ko‘pdan-ko‘p ilmiy-uslubiy adabiyotlarda o‘z yechimini
topgan. L.R. Ayrapetyans (2006), A.A. Pulatov (2012), Sh.X. Isroilov (2014), Z.B.
Boltaev (2019), jumladan chet el olimlaridan V.M. Zatsiorskiy (1995), L.P. Matveyev
(1997), V.N. Sokolov (1999), David Lavallee, John Kremer (2004), Edmunds J,
Ntoumani N (2006), V.Y. Ignateva, A.V. Ignatev A.A. Ignatev (2015), Y.D. Jeleznyak
(2018) ilmiy izlanishlar olib borganlar. Voleybol musobaqalarida barcha turdagi kuch
sifatlari (umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, statik va dinamik, tezkor-portlovchi,
kuch chidamliligi) hal qiluvchi ahamiyatiga ega bo‘lishi isbotini talab qilmaydi.
Shuning uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonida kuch va kuchlanish turlarini
rivojlantirishga e’tibor qaratish malakali voleybolchilar tayyorlashning muhim
shartlaridan biridir ( Eshmanova U., 2024: 11).
Voleybol sport turida taktik tayyorlash shartlari avvalo jismoniy holat va jismoniy
holatda metodologik uslublarni to‘g‘ri qo‘llash va uni shakllantirish bilan aniqlanadi.
Jumladan yosh orasida uni belgilasak avvalo jismoniy holatlar 12-14 yosh oraliqda
kuch holati gavda chidamliligi bilan aniqlansa uning vazni va chidamlilik potensiali
ham muhim ahamiyatga egadir.
Ma’lumki, malakali voleybolchilarni tayyorlashda bel, qorin, qo‘l va oyoq
mushaklariga xos tezlik-kuch sifati nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu
borada portlovchi kuch (tezlik-kuch) hal qiluvchi xususiyatga egadir. Bizning
tadqiqotimizda ishtirok etgan yosh voleybolchilarda eguvchi va yozuvchi mushaklar
kuchining sezilarli farq, asosida kam rivojlanganligi shu bolalarning bog‘cha yoshidan
boshlab tezlik-kuch mashqlari bilan juda kam shug‘ullanganligidan dalolat beradi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Bunda UOM (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va
uning koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham
samarali turish holati shunday bo‘lishi kerakki, bunda UOM tezda tayanch
chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera
olsin.Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‘llanilish xususiyatiga qarab statik
(o‘yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga
o‘tkazish bilan to‘pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to‘siq qo‘yishni
kutishda) holatlarda bo‘ladi. Bu turish holatlarida qo‘llar bel barobarida, barmoqlar
kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo‘ladi. Gavda erkin holatda
bo‘lishi kerak.
TAHLIL VA NATIJALAR
Voleybol sport turida eng avvalo sportchining umumiy jismoniy va tana holatiga
e’tibor berish lozim.
Yosh voleybolchilarda tezlik-kuch sifatining darajasi (18 kishi)
Kuch turlari Kuch ko‘rsatkichlari XL
Gavda kuchi, kg 54,2±2,7
Turnikda tortilish 5,3±1,2
Brusyada qo‘llarni bukish-yozish 4,5±1,7
Gorizontal holatdan qo‘llarni bukish-yozish (30 s) 8,1±1,3
№ Talaba F.I.O Gavda kuchi Turnikda Brusyada Gorizontal
(kg) tortilish qo‘llarni holatdan
1 Toshpo‘latov D bukish-yozish qo‘llarni
2 Mahmudov L 53.5 ± 2.8 5.1 ± 1.3 bukish-yozish
3 Karimov M 54.8 ± 2.6 5.4 ± 1.1 4.3 ± 1.6
4 Tashkentov A 55.1 ± 2.7 5.6 ± 1.2 4.6 ± 1.8 (30 s)
5 Nurmatov R 54.0 ± 2.5 5.2 ± 1.2 4.8 ± 1.7 8.0 ± 1.4
6 Sharipov B 54.5 ± 2.7 5.5 ± 1.3 4.4 ± 1.6 8.2 ± 1.2
7 Salimov E 54.3 ± 2.8 5.3 ± 1.2 4.7 ± 1.8 8.3 ± 1.3
8 Ganiyev Z 53.9 ± 2.6 5.2 ± 1.1 4.5 ± 1.7 8.1 ± 1.3
9 Djamalov F 55.2 ± 2.9 5.7 ± 1.3 4.3 ± 1.6 8.0 ± 1.4
10 Oripov K 54.7 ± 2.5 5.4 ± 1.2 4.9 ± 1.8 8.1 ± 1.3
11 Fozilov N 54.1 ± 2.8 5.3 ± 1.2 4.6 ± 1.7 8.2 ± 1.2
12 Makhmudov J 53.8 ± 2.7 5.1 ± 1.1 4.4 ± 1.7 8.4 ± 1.4
55.0 ± 2.6 5.6 ± 1.3 4.2 ± 1.6 8.1 ± 1.3
4.8 ± 1.8 8.0 ± 1.3
8.1 ± 1.2
8.3 ± 1.4
Yosh voleybolchilarning tezlik-kuch sifatining darajasini o‘rganishda, ushbu
ma’lumotlar ularning jismoniy tayyorgarligi haqida muhim tasavvur beradi. Jadvaldagi
ko‘rsatkichlar, har bir talabaning jismoniy kuchi, turnikda tortilish, brusyada qo‘llarni
bukish-yozish va gorizontal holatda qo‘llarni bukish-yozish bo‘yicha o‘tkazilgan
testlardan olingan natijalarni aks ettiradi. Bu o‘lchovlar, sportchi organizmida mavjud
bo‘lgan tezlik-kuch sifatlarini aniqlashda, mashg‘ulotlarni individual tarzda
optimallashtirishga yordam beradi.
Gavda kuchi: Gavda kuchi ko‘rsatkichi, voleybolchilarning umumiy kuch
sifatini bildiradi va yuksak jismoniy tayyorgarlik darajasini anglatadi. Ushbu
ko‘rsatkich, sportchilarning to‘g‘ri jismoniy tayyorgarlikni olish uchun zarur bo‘lgan
asosiy omil hisoblanadi. Talabalarning gavda kuchi qiymatlari 53.5 kg dan 55.2 kg
gacha bo‘lib, bu o‘rtacha darajada o‘zgarmas natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu holat
sportchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasining barqarorligini tasdiqlaydi.
Turnikda tortilish: Turnikda tortilish sportchilarning yuqori tana qismini
rivojlantirishdagi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Bu mashq, qorin, bel, va qo‘l
mushaklarining kuchini baholashda muhim rol o‘ynaydi. Jadvalga qaraganda,
talabalarning turnikda tortilish ko‘rsatkichlari 5.1 dan 5.7 gacha o‘zgarib turadi, bu o‘z
navbatida talabalarning yuqori tana mushaklarini yaxshi rivojlantirganini ko‘rsatadi.
Bu natijalar sportchilarning mushak kuchining ta’sirli darajada ekanligini bildiradi.
Brusyada qo‘llarni bukish-yozish: Ushbu mashq, qo‘l va yelka mushaklarini
rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, sportchilarni qo‘l va yelka mushaklarining
mustahkamligi nuqtai nazaridan o‘lchaydi. Natijalar 4.2 dan 4.9 gacha o‘zgarib turibdi,
bu esa yosh voleybolchilarning qo‘l va yelka mushaklarini kuchaytirishga yaxshi
darajada erishganligini ko‘rsatadi.
Gorizontal holatdan qo‘llarni bukish-yozish (30 s): Bu ko‘rsatkich,
sportchilarning tana tuzilishi va kuchni qabul qilish qobiliyatini o‘lchaydi. Test 30
soniya davomida amalga oshirilgan bo‘lib, natijalar 8.0 dan 8.4 ga qadar o‘zgarib
turadi. Bu, o‘z navbatida, talabalarning jismoniy tayyorgarliklarining yuqori darajada
ekanligini tasdiqlaydi.
Sport amaliyotida dastlabki o‘rgatish jarayoni ko‘p yillik sport trenirovkasining
fundamental bosqichi bo‘lib, ushbu bosqichda o‘rgatish uslublari va vositalaridan
to‘g‘ri foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakllanishiga
imkon yaratadi. Dastlabki o‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda
bolaning ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e’tiborga olinishi zarur.
(Eshmanova U., 2024:13)
Boshqacha aytganda, dastlabki o‘rgatish jarayonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
yuklamalari shug‘ullanuvchi bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab
me’yorlanishi va qo‘llanilishi lozim. (Ma’murbekova G., 2024: 35).
Ma’lumki, harakat (yuklama) hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy
va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari,
jumladan sport to‘garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi
hamda shiddati o‘yin texnikasi hujumda himoyada to‘p uzatish hujum zarbasi to‘pni
o‘yinga kiritish to‘pni qabul qilish to‘siq qo‘yish shug‘ullanuvchining funksional
imkoniyatlariga mos kelishi yoki yuqoriroq bo‘lishi lozim. (Miradilov B., 2018: 118)
Chunki, biologiya fanida azaldan o‘z isbotini topgan qonuniyatlarga ko‘ra,
ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy
yuklamaning yalpi ta’sir «kuchi» organizmning funksional imkoniyatlaridan doimo
yuqori bo‘lsa, shu organizmda (organlar, mushaklar, tomirlar, hujayralar, to‘qimalar,
yurak, o‘pka, taloq, jigar va h.k.) zo‘riqish yoki tez toliqish alomatlari paydo bo‘ladi.
(Xursanova R., 2023: 72). Bunday salbiy “izlar” odamning, ayniqsa bolaning odatiy
funksional faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatni tushiradi, uyquni buzadi, pirovardida
ish qobiliyatini susaytiradi va uni to‘liq tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar shunday
yuklamalar ustunligi bola faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, organizmning nafaqat
normal o‘sishiga ta’sir etishi mumkin, balki ushbu yuklamalar ustunligi turli funksional
“obyekt” larda lokal yoki global patologik asoratlar paydo bo‘lishiga olib kelishi
ehtimoldan holi emas.
Voleybolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi nafaqat kuch va tezlik
ko‘rsatkichlariga, balki chidamlilik va moslashuvchanlik kabi omillarga ham
bog‘liqdir. Shu sababli, yosh sportchilarning tayyorgarlik jarayonida muvozanatli
yondashuv muhim sanaladi (G‘ulomov A., 2005: 20).
Maxsus mashqlar orqali ular mushaklarning harakat muvofiqligini oshirib,
jarohatlarning oldini olishlari mumkin.
Bundan tashqari, voleybolchilar uchun reflekslarning tezkorligi ham juda muhim.
Hujum va himoya harakatlarida sportchining reaksiyasi qanchalik tez bo‘lsa, uning
natijalari shunchalik samarali bo‘ladi. Shuning uchun reaksiya tezligini oshirish
bo‘yicha maxsus mashqlar va o‘yin simulyatsiyalarini joriy qilish tavsiya etiladi.
O‘rganilgan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
Yosh voleybolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda yuklamalar
individual yondashuv asosida rejalashtirilishi kerak.
- Mushaklarning moslashuvchanligi va harakat muvofiqligini rivojlantirish,
jarohatlarning oldini olishga yordam beradi.
- Reaksiya tezligini oshirish bo‘yicha mashqlar tizimli ravishda amalga oshirilishi
kerak.
- Sportchilar uchun muntazam tahlil va monitoring joriy etish, ularning o‘sish
dinamikasini baholash va moslashtirish imkonini beradi.
Kundalik yoki yalpi mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddati funksional
imkoniyatdan past bo‘lsa, jismoniy sifatlarning shakllanishi susayadi, ish qobiliyati
kuchaymaydi. Binobarin, kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu jumladan jismoniy
tarbiya darslari va trenirovka mashg‘ulotlariga oid yuklamalarni bolalarning yoshi,
jinsi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab “to‘lqinsimon” prinsipda oshira
borish darkor.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Demak respublikamizda so‘nggi paytlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
ayniqsa ommalashib bormoqda ularni xotin-qiz uchun qulay joyda va qulay vaqtda
bajarish oson. Ammo eng katta muvaffaqiyatga erishish uchun ushbu sohadagi asosiy
nazariy bilimlarni o‘quv jarayonida shikastlanmaslik uchun puxta o‘rganishingiz
kerak. Shunday qilib, qizlarni hayotga tayyorlashda sog‘lom turmush tarziga amal
qilish va sport bilan shug‘ullanish xotin-qizlarning sog‘lig‘ini yaxshilash, shaxsning
o‘zini o‘zi anglashi, o‘zini namoyon qilishi va rivojlanishining ko‘p funksional
mexanizmi hisoblanadi. Shu sababli, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportning insoniy
qadriyatlar va zamonaviy madaniyat tizimidagi o‘rni sezilarli darajada oshdi. Bolalar
sportiga oid mashg‘ulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish
sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. G‘ulomov A., Tixonova Y., Gulyamova G. (2004) Talaba-qizlarni sportga jalb
qilish masalalari. – Samarqand.
2. Пўлатов Л. (2021) Ёш таэквондочиларнинг техник-тактик тайёргарлигини
ривожлантиришда мусобақалар беллашуви таҳлилининг аҳамияти // Спорт
машғулотлари: техника, тактика, усулият. № 4.
3. Eshmanova U. (2024) Development of agility in female students through
basketball game elements // The multidisciplinary journal of science and technology,
volume-4, issue-11.
4. Eshmanova U. (2024) Oliy ta’lim talaba qizlarining jismoniy faolligini
oshirish metodikasi. Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
5. Xursanova R. (2023) Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati // Sport
ilm-fanining dolzarb muammolari. Jild 1, № 3.
6. Ma’murbekova G. (2024) Improving the speed and agility of national wrestlers
// The multidisciplinary journal of science and technology. Volume-4, issue-12, 34-37.
7. Miradilov B. (2018) Sport pedagogik mahoratini oshirish (Basketbol). –
Toshkent.
8. Karimova N. (2022) Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi. – Toshkent.
9. Qodirov B. (2021) Talabalarning jismoniy faolligini oshirish usullari. –
Samarqand.
10. Ismoilov A. (2023) Talaba qizlarning harakat faolligini oshirish. – Toshkent.
REFERENCES:
1. G‘ulomov A., Tixonova Y., Gulyamova G. (2004) Talaba-qizlarni sportga jalb
qilish masalalari. – Samarqand. (In Uzbek)
2. Poʻlatov L. (2021) Yosh taekvondochilarning texnik-taktik tayyorgarligini
rivojlantirishda musobaqalar bellashuvi tahlilining ahamiyati // Sport mashgʻulotlari:
texnika, taktika, usuliyat. № 4. (In Uzbek)
3. Eshmanova U. (2024) Development of agility in female students through
basketball game elements // The multidisciplinary journal of science and technology,
volume-4, issue-11.
4. Eshmanova U. (2024) Oliy ta’lim talaba qizlarining jismoniy faolligini
oshirish metodikasi. Qo‘qon davlat pedagogika instituti. (In Uzbek)
5. Xursanova R. (2023) Adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati // Sport
ilm-fanining dolzarb muammolari. Jild 1, № 3. (In Uzbek)
6. Ma’murbekova G. (2024) Improving the speed and agility of national wrestlers
// The multidisciplinary journal of science and technology. Volume-4, issue-12, 34-37.
7. Miradilov B. (2018) Sport pedagogik mahoratini oshirish (Basketbol). –
Toshkent. (In Uzbek)
8. Karimova N. (2022) Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi. – Toshkent. (In
Uzbek)
9. Qodirov B. (2021) Talabalarning jismoniy faolligini oshirish usullari. –
Samarqand. (In Uzbek)
10. Ismoilov A. (2023) Talaba qizlarning harakat faolligini oshirish. – Toshkent.
(In Uzbek)