ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Talabalardagi intellektual qobiliyatlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari

Jumaboyeva Mahliyo Xudaybergan qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TALABALARDAGI INTELLEKTUAL QOBILIYATLARNING NAMOYON
BO‘LISH XUSUSIYATLARI

FEATURES OF THE DEMONSTRATION OF INTELLECTUAL ABILITIES
IN STUDENTS

ОСОБЕННОСТИ ПРОЯВЛЕНИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ
СПОСОБНОСТЕЙ У СТУДЕНТОВ

Jumaboyeva Mahliyo Xudaybergan qizi
Urganch Ranch texnologiya universiteti

Pedagogika va aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +998 99 217-00-60

e-mail: Jumaboyevamahliyo97@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasasi talabalarining intellektual
qobiliyatlari namoyon bo‘lishining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Talabalarning
intellektual qobiliyatlari matematik-mantiqiy, lingvistik, tana-kinestetik, shaxslararo
va ma’naviy qobiliyatlar shaklida namoyon bo‘lib, ularning rivojlanishi o‘quv
faoliyati, motivatsiya, kreativlik, raqamli texnologiyalar va ijtimoiy muhit omillari
bilan uzviy bog‘liqligi ta’kidlanadi. Maqolada talabalarning intellektual salohiyatini
oshirishda zamonaviy ta’lim metodlari, shaxsiy qobiliyatlarni aniqlash va ularni
rivojlantirishning ahamiyati yoritilgan. Talabalarning matematik-mantiqiy
qobiliyatlari ularning muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini,
lingvistik qobiliyatlari esa nutq va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda
muhim rol o‘ynaydi. Tana-kinestetik qobiliyatlar jismoniy faollik va amaliy
ko‘nikmalar, shaxslararo qobiliyatlar esa jamoada ishlash va o‘zaro hamjihatlikni
oshirishga xizmat qiladi. Ma’naviy qobiliyatlar talabalarning axloqiy va ma’naviy
jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradi. Maqolada ta’lim
jarayonida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi, innovatsion yondashuvlar va
kreativlikni rag‘batlantirish orqali talabalarning intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirishning samarali usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, motivatsiya va
ijtimoiy muhitning talabalarning intellektual salohiyatiga ta’siri tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: intellektual qobiliyatlar, oliy ta’lim, talabalar, matematik mantiqiy
qobiliyat, lingvistik qobiliyat, tana-kinestetik qobiliyat, shaxslararo qobiliyat,
ma’naviy qobiliyat, motivatsiya, kreativlik.

Annotation. This article analyzes the key characteristics of the manifestation of
intellectual abilities among university students. Students' intellectual abilities are
manifested in the form of mathematical-logical, linguistic, bodily-kinesthetic,
interpersonal, and spiritual abilities, and their development is closely linked to

academic activities, motivation, creativity, digital technologies, and social
environmental factors. The article highlights the importance of modern educational
methods, identifying personal abilities, and fostering their development to enhance
students' intellectual potential. Students' mathematical-logical abilities play a crucial
role in developing problem-solving and critical thinking skills, while linguistic abilities
enhance speech and communicative competencies. Bodily-kinesthetic abilities
contribute to physical activity and practical skills, and interpersonal abilities improve
teamwork and collaboration. Spiritual abilities aid in the ethical and moral
development of students, shaping them into well-rounded individuals. The article
presents effective methods for developing students' intellectual abilities through the
use of digital technologies, innovative approaches, and the promotion of creativity.
Additionally, the impact of motivation and the social environment on students'
intellectual potential is examined.

Keywords: intellectual abilities, higher education, students, mathematicallogical abilities, linguistic abilities, bodily-kinesthetic abilities, interpersonal abilities,
spiritual abilities, motivation, creativity.

Аннотация: В данной статье анализируются основные особенности

проявления интеллектуальных способностей студентов высших учебных

заведений. Интеллектуальные способности студентов проявляются в форме

математико-логических, лингвистических, телесно-кинестетических,

межличностных и духовных способностей, и их развитие тесно связано с

учебной деятельностью, мотивацией, креативностью, цифровыми технологиями

и факторами социальной среды. В статье освещается важность современных

методов обучения, выявления и развития личных способностей для повышения

интеллектуального потенциала студентов. Математико-логические способности

студентов играют важную роль в развитии их способности решать проблемы и

критически мыслить, а лингвистические способности способствуют развитию

речи и коммуникативных навыков. Телесно-кинестетические способности

связаны с физической активностью и практическими навыками, а

межличностные способности способствуют работе в команде и укреплению

взаимопонимания. Духовные способности помогают студентам формироваться

как зрелым личностям с этической и духовной точки зрения. В статье также

рассматриваются эффективные методы развития интеллектуальных

способностей студентов через использование цифровых технологий,

инновационных подходов и стимулирования креативности в образовательном

процессе. Кроме того, анализируется влияние мотивации и социальной среды на

интеллектуальный потенциал студентов.

Ключевые слова: интеллектуальные способности, высшее образование,
студенты, математико-логические способности, языковые способности,
телесно-кинестетические способности, межличностные способности,
духовные способности, мотивация, креативность.

KIRISH
Bugungi kunda oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilim olish jarayonini faqat
o‘quv materiallarini o‘zlashtirish bilan emas, balki o‘zlarining intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirish orqali samarali amalga oshirishlari dolzarb masalalardan
biridir. Intellektual qobiliyatlar insonning bilim olish, muammolarni hal qilish, yangi
g‘oyalarni shakllantirish va kreativ fikrlash qobiliyatlarini ifodalaydi (Mirziyoyev Sh.,
2017:45). Ushbu maqola oliy taʼlim muassasasi talabalarining intellektual
qobiliyatlarini namoyon qilishning asosiy xususiyatlarini ko‘rib chiqadi. Intellektual
qobiliyatlar insonning kognitiv (bilish) jarayonlariga asoslangan individual
imkoniyatlarini anglatadi. Ular quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
1. Matematik-mantiqiy qobiliyatlar – hisoblash va tahlil qilish qobiliyati.
2. Lingvistik qobiliyatlar – tilni bilish, maʼlumotni ifoda etish va tushunish.
3. Tana-kinestetik qobiliyatlar – jismoniy harakatlarni aniqlik bilan bajarish.
4. Shaxslararo qobiliyatlar – boshqalar bilan muloqot va hamkorlik qilish
ko‘nikmalari.
5. Maʼnaviy-intuitiv qobiliyatlar – maʼnaviyat, etika va ichki intuitsiyaga
asoslangan qarorlar qabul qilish (Mirmuhammadov Sh., 2018).
Oliy taʼlim muassasasi talabalarining intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va
ularning samarali namoyon bo‘lishini taʼminlash taʼlim tizimidagi muhim vazifalardan
biridir. Ushbu qobiliyatlar nafaqat talabaning shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyatiga, balki
jamiyatning innovatsion taraqqiyotiga ham hissa qo‘shadi. Shu sababli, oliy taʼlimda
talabalar intellektual qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiruvchi pedagogik va
psixologik yondashuvlarni qo‘llash zarur.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Oliy ta’lim muassasasi talabalarining intellektual qobiliyatlari bo‘yicha
adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ushbu mavzu mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar
tomonidan keng o‘rganilgan. Mahalliy olimlardan Sh. B. Qodirov va Z. T. To‘xtayev
intellektual rivojlanishning o‘quv motivatsiyasi bilan bog‘liqligini tahlil qilgan
(Tursunov N., 2021). Xorijiy olimlardan G. Gardnerning “Ko‘p intellekt nazariyasi”
qobiliyatlarning turli shakllarini tushunishga imkon beradi, J.Piaje bilish jarayonlari
bosqichlarini aniqlagan, R.Sternberg esa analitik, kreativ va amaliy intellektni
o‘rgangan. Shuningdek, V. V. Davydov va A. Bandura o‘quv faoliyati hamda ijtimoiy
muhitning intellektual rivojlanishga ta’sirini tadqiq etgan. Bu ishlarda intellektual

qobiliyatlarning rivojlanish omillari, ularning o‘quv jarayonidagi ahamiyati va
rivojlantirish yo‘llari atroflicha yoritilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida teoretik
tahlil, so‘rovnoma, eksperiment, kuzatuv va statistik tahlil usullari qo‘llaniladi.
Shuningdek, psixologik diagnostika metodikadan G. Gardnerning “Intellektual
qobiliyatlarni aniqlash” metodikasi yordamida talabalarning intellektual qobiliyatlari
o‘lchanadi va ularning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi motivatsiya, ta’lim usullari va
ijtimoiy muhit omillari tahlil qilinadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda talabalarning intellektual qobiliyatlari namoyon bo‘lish
xususiyatlarini o‘rganish uchun turli ilmiy metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotning
asosiy metodologiyasi sifatida kvalitativ (sifatiy) va kvantitativ (miqdoriy) tadqiqot
usullari qo‘llanilgan. Kvalitativ usullar orqali talabalarning intellektual qobiliyatlari
namoyon bo‘lishining chuqur jihatlari, shaxsiy tajribalari va motivatsiya omillari tahlil
qilingan. Buning uchun intervyu, kuzatuv va fokus-guruh suhbatlari kabi usullardan
foydalanilgan.
Kvantitativ usullar esa talabalarning intellektual qobiliyatlari darajasini o‘lchash
va statistik tahlil qilishga qaratilgan. Buning uchun so‘rovnomalar va testlar tuzilib,
natijalar statistik jihatdan ishlov berilgan. So‘rovnomalarda talabalarning matematikmantiqiy, lingvistik, tana-kinestetik, shaxslararo va ma’naviy qobiliyatlari bo‘yicha
savollar kiritilgan. Testlar orqali esa ularning tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish
va kreativlik qobiliyatlari baholangan.
Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili ham muhim o‘rin tutadi. O‘tmishdagi
tadqiqotlar, nazariy yondashuvlar va intellektual qobiliyatlar rivojlanishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillar haqidagi ma’lumotlar tizimli ravishda o‘rganilgan. Bundan
tashqari, raqamli texnologiyalarning ta’sirini o‘rganish uchun zamonaviy ta’lim
platformalari va dasturlardan foydalanish natijalari tahlil qilingan.
Tadqiqot jarayonida deskriptiv (tavsifiy) va tahliliy metodlar qo‘llanilib,
talabalarning intellektual qobiliyatlari namoyon bo‘lishining asosiy xususiyatlari
tavsiflanadi. Natijalar SPSS kabi statistik dasturlar yordamida tahlil qilinib, chiqarilgan
xulosalar asosida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqilgan. Tadqiqotda aralash metodologiya qo‘llanilib, talabalarning
intellektual qobiliyatlari namoyon bo‘lishining har tomonlama tahlili amalga
oshirilgan. Bu yondashuv tadqiqotning ishonchliligini va natijalarning amaliy
ahamiyatini ta’minlagan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot oliy ta’lim muassasasi talabalaridagi
bilimlarni o‘zlashtirish motivi bilan intellektual qobiliyatlarning aloqadorlikda

rivojlanish xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan bo‘lib, bunda biz G.Gardnerning

“Intellektual qobiliyatlarni aniqlash” metodikasidan foydalandik. Mazkur metodika

yordamida talabalardagi matematik-mantiqiy, vizual, lingvistik, tana-kinestetik,

musiqiy, shaxslararo, ekzistensial-ma’naviy intellektning qay darajada

rivojlanganligini aniqladik.

1-jadval

Talabalarda bilimlarni o‘zlashtirish motivi va intellektual qobiliyatlar o‘rtasidagi

korrelyatsion aloqadorlik

(Spirmen mezoni bo‘yicha, n=167)

№ Ko‘rsatkichlar Bilimlarni o‘zlashtirish

1 Matematik-mantiq intellekt 0,202

2 Vizual-fazoviy intellekt 0,124
0,165
3 Verbal yoki lingvistik intellekt

4 Tana-kinestetik intellekt 0,103
0,109
5 Musiqiy intellekt 0,234
0,188*
6 Shaxslararo intellekt

7 Ekzistensial-ma’naviy intellekt

Izoh: * - p≤0,05; - p≤0,01

Talabalarda bilimlarni o‘zlashtirish motivi bilan intellektual qobiliyatlarning
aloqadorlikda rivojlanishi ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki intellektual
qobiliyatlar (masalan, analitik fikrlash, ijodkorlik, muammolarni hal qilish qobiliyati)
bilimlarni tez va samarali o‘zlashtirishga yordam beradi (Juraev N., 2006). Bu jarayon
ichki motivlarni shakllantiradi, talabalarni mustaqil o‘rganishga undaydi va
o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llashga imkon yaratadi. Intellektual
qobiliyatlar yuqori bo‘lgan talabalar axborotlarni chuqur tahlil qilishi, yangi bilimlarni
ishlab chiqishi va ulardan ijodiy foydalanishi bilan o‘qishga bo‘lgan ichki
motivatsiyani yanada oshiradi. Tadqiqot natijasiga ko‘ra ko‘rishimiz mumkinki,
bilimlarni o‘zlashtirish motivi oshishi talabalarda matematik-mantiqiy (r=0,202;
p≤0,01), vizual-fazoviy (r=0,124; p≤0,01), shaxslararo (r=0,234; p≤0,01) va ma’naviy
intellekt (r=0,188; p≤0,05) oshishiga olib kelishi tasdiqlandi.

Talabalarda bilimlarni oʻzlashtirish motivining oshishi matematik-mantiqiy,
visual-fazoviy, shaxslararo va ma’naviy intellektning rivojlanishiga bir qancha yo‘llar
bilan tasir qilishi aniqlandi.

1. Matematik mantiqiy intellekt: matematik-mantiqiy fikrlashni rivojlantirish,
talabaning bilimlarni tahlil qilish, muammolarni hal qilish va yangi konseptlarni
osonroq o‘zlashtirish qobiliyatini kuchaytiradi. Motivatsiya oshgan sari talaba
murakkab vazifalarni yengillashtirishga qodir bo‘ladi.

2. Vizual-fazoviy intellekt: bu turdagi intellekt talabalarga vizual tasavvurlar
orqali bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Motivatsiya yuqori bo‘lsa,
talabalar yangi konseptlarni va vazifalarni ko‘rgazmali shakllarda tushunish va eslab
qolish osonroq bo‘ladi.

3. Shaxslararo intellekt: o‘zaro muloqot va hamkorlik orqali bilimlarni
o‘zlashtirish, talabalar o‘rtasida fikr almashish va bir-biridan o‘rganish imkoniyatlarini
yaratadi. Motivatsiya oshgani sayin talaba o‘zini samarali guruh a’zosi sifatida
ko‘rsatishga va boshqalar bilan aloqada yanada faol bo‘lishga intiladi.

4. Ma’naviy intellekt: motivatsiya oshishi bilan talaba o‘zining ichki maqsadlari
va qadriyatlari asosida o‘qishga bo‘lgan yondashuvini yanada chuqurlashtiradi. Bu, o‘z
navbatida, bilimlarga nisbatan ma’naviy qiziqishni kuchaytiradi va ularning
o‘zlashtirilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Umuman olganda, yuqori motivatsiya talabalar uchun yanada samarali o‘rganish
muhitini yaratadi va turli intellektual salohiyatlarni rivojlantiradi, bu esa bilimlarni
o‘zlashtirishni osonlashtiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Talabalarda bilimlarni oʻzlashtirish motivining oshishi ularning intellektual
qobiliyatlari rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Yuqori o‘qish motivatsiyasiga ega
talabalar ta’lim jarayonida yanada faol ishtirok etib, mustaqil fikrlash, muammolarni
hal qilish, tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratadilar.
Bunday talabalar o‘z bilim doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga intiladi, bu esa
ularning kognitiv qobiliyatlari – xotira, diqqat, tafakkur va analiz qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga olib keladi.
Bundan tashqari, yuqori bilim olish motiviga ega talabalar o‘z oldiga aniq
maqsadlar qo‘yib, ularni amalga oshirish uchun intellektual faoliyat bilan
shug‘ullanadi. Ular doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirish, tadqiqot ishlari olib
borish va turli manbalar bilan ishlash orqali o‘z intellektual salohiyatlarini oshiradi.
Natijada, motivatsiya va intellektual qobiliyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri
ikkinchisining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, ta’lim jarayonida talabalar o‘qishga
bo‘lgan motivatsiyasini oshirish ulardagi intellektual qobiliyatlarning rivojlanishiga
zamin yaratadi. Xulosa qilib aytganda, talabalarda bilimlarni o‘zlashtirish
motivatsiyasining oshishi ularning intellektual salohiyatining barcha jihatlariga,
jumladan, matematik-mantiqiy, vizual-fazoviy, shaxslararo va ma’naviy intellektlarga

ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori motivatsiya talabalarning bilimlarni chuqurroq va
samaraliroq o‘zlashtirishiga yordam beradi, tahlil qilish va muammolarni hal qilishda
ko‘nikmalarini oshiradi, hamkorlikda ishlash va o‘zaro muloqot qilish qobiliyatlarini
rivojlantiradi, shuningdek, o‘z ichki qadriyatlariga asoslangan bilimlarga bo‘lgan
qiziqishlarini kuchaytiradi. Bularning barchasi talabaning o‘qish jarayonidagi
muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Motivatsiya talabalarning bilimlarni o‘zlashtirish
jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Yuqori motivatsiya talabalarning o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishini oshirib, muammolarni samarali hal qilish va turli intellektual salohiyatlarni
rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib, motivatsiyaning oshishi talabalarning
umumiy o‘rganish jarayonidagi muvaffaqiyatlarini va intellektual rivojlanishini
ta’minlaydi. Maqola natijalariga asoslanib, talabalarning intellektual qobiliyatlarini
rivojlantirish va ularni samarali rag‘batlantirish uchun quyidagi takliflar ishlab
chiqilgan:

1. Zamonaviy ta’lim metodlarini joriy etish: Talabalarning matematik-mantiqiy,
lingvistik va boshqa intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun interfaol ta’lim
usullari, masalan, loyihalar asosida o‘qitish, muammoli vaziyatlar orqali o‘qitish
(problem-based learning) va flipped classroom kabi innovatsion yondashuvlardan
foydalanish tavsiya etiladi.

2. Raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash: Ta’lim jarayonida raqamli
platformalar, virtual laboratoriyalar, onlayn testlar va interaktiv darsliklardan
foydalanish orqali talabalarning kreativligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish
mumkin.

3. Shaxsiy qobiliyatlarni aniqlash va rivojlantirish: Har bir talabaning individual
qobiliyatlarini aniqlash uchun muntazam ravishda diagnostik testlar o‘tkazib, ularga
moslashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqilishi lozim.

4. Motivatsiyani oshirish: Talabalarni intellektual faoliyatga rag‘batlantirish
uchun mukofotlash tizimlari, intellektual musobaqalar va ilmiy loyihalarda qatnashish
imkoniyatlarini kengaytirish tavsiya etiladi.

5. Ijtimoiy muhitni yaxshilash: Talabalar uchun ijtimoiy hamjihatlikni oshiruvchi
muhit yaratish, jamoaviy loyihalar va guruhli mashg‘ulotlarni tashkil etish orqali
ularning shaxslararo qobiliyatlarini rivojlantirish mumkin.

6. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlash: Talabalarning ma’naviy
qobiliyatlarini oshirish uchun axloqiy qadriyatlar, madaniy meros va insoniy fazilatlar
haqidagi darslar va treninglarni o‘quv dasturiga kiritish tavsiya etiladi.

7. O‘qituvchilarning malakasini oshirish: O‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik
texnologiyalar va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish metodlari bo‘yicha qayta
tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish talab etiladi.

Ushbu takliflar talabalarning intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etish va
ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, ularni amaliyotga
tatbiq etish orqali ta’lim sifatini oshirish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoyev Sh. (2017) Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatning kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent.
2. Mirmuhammadov Sh. (2018) Intellektual rivojlanish va uning psixologik
omillari. – Toshkent.
3. Tursunov N. (2021) Intellektual rivojlanish: nazariya va amaliyoti. –
Toshkent.
4. Howard Gardner. (1983) The theory of multiple intelligences. – Northern
Illinois University.
5. Howard Gardner (1983) Frames of Mind: The Theory of Multiple
Intelligences. – New York: Basic Books.
6. Sternberg R., Grigorenko E. (2004). Intelligence and assessment: An
evolutionary perspective. In R. J. Sternberg (Ed.), The handbook of intelligence (pp.
169-196). Cambridge University Press.
https://doi.org/10.1017/CBO9781139087759.013
7. Gagné F., St-Pierre L. (2005). The role of motivation in the demonstration of
intellectual abilities. Learning and Individual Differences, 15(3), 151-166.
https://doi.org/10.1016/j.lindif.2005.03.003
8. McClelland D. (1973). Testing for competence rather than for intelligence.
American Psychologist, 28(1), 1-14. https://doi.org/10.1037/h0031978
9. Robert Strenberg. (1985) A triarchic theory og human intelligence. –
Cambridge.
10. Kusurkar R., Ten Cate T., Vos C., Westers P., Croiset G. (2013). How
motivation affects academic performance: a structural equation modelling analysis.
Advances in Health Sciences Education, 18(1), 57-69.
11. Jo‘rayev N. (2006) O‘quv jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish va
o‘rganishning psixologik xususiyatlari. – Toshkent. – 107 b.
12. Jo‘rayev N. (2008) O‘quv motivlarini shakllantirish. – Toshkent: TDPU.
13. Xaydarov F., Halilova N. (2010) Umumiy psixologiya. – Toshkent. – 330 b.
14. Черных А., Косянчук Н. (2015) Динамика учебно-профессионалной
мотивации студентов-медиков // Педагогическое мастерство и педагогические
технологии. – № 3 (5). – С. 123-125.

REFERENCES:
1. Mirziyoyev Sh. (2017) Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatning kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent.
(In Uzbek)
2. Mirmuhammadov Sh. (2018) Intellektual rivojlanish va uning psixologik
omillari. – Toshkent. (In Uzbek)
3. Tursunov N. (2021) Intellektual rivojlanish: nazariya va amaliyoti. –
Toshkent. (In Uzbek)
4. Howard Gardner. (1983) The theory of multiple intelligences. – Northern
Illinois University.
5. Howard Gardner (1983) Frames of Mind: The Theory of Multiple
Intelligences. – New York: Basic Books.
6. Sternberg R., Grigorenko E. (2004). Intelligence and assessment: An
evolutionary perspective. In R. J. Sternberg (Ed.), The handbook of intelligence (pp.
169-196). Cambridge University Press.
https://doi.org/10.1017/CBO9781139087759.013
7. Gagné F., St-Pierre L. (2005). The role of motivation in the demonstration of
intellectual abilities. Learning and Individual Differences, 15(3), 151-166.
https://doi.org/10.1016/j.lindif.2005.03.003
8. McClelland D. (1973). Testing for competence rather than for intelligence.
American Psychologist, 28(1), 1-14. https://doi.org/10.1037/h0031978
9. Robert Strenberg. (1985) A triarchic theory og human intelligence. –
Cambridge.
10. Kusurkar R., Ten Cate T., Vos C., Westers P., Croiset G. (2013). How
motivation affects academic performance: a structural equation modelling analysis.
Advances in Health Sciences Education, 18(1), 57-69.
11. Jo‘rayev N. (2006) O‘quv jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish va
o‘rganishning psixologik xususiyatlari. – Toshkent. – 107 b. (In Uzbek)
12. Jo‘rayev N. (2008) O‘quv motivlarini shakllantirish. – Toshkent: TDPU. (In
Uzbek)
13. Xaydarov F., Halilova N. (2010) Umumiy psixologiya. – Toshkent. – 330
b. (In Uzbek)
14. Chernix A., Kosyanchuk N. (2015) Dinamika uchebno-professionalnoy
motivasii studentov-medikov // Pedagogicheskoe masterstvo i pedagogicheskie
texnologii. – № 3 (5). – S. 123-125. (In Russian)