ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Taʼlim muassasasi rahbarlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati

Nuriddinxo‘jayeva Malikaxon Abror qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

TAʼLIM MUASSASASI RAHBARLARINING KASBIY
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY

AHAMIYATI

THE SOCIAL SIGNIFICANCE OF DEVELOPING THE PROFESSIONAL
COMPETENCIES OF EDUCATIONAL INSTITUTION LEADERS

СОЦИАЛЬНАЯ ЗНАЧИМОСТЬ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ
КОМПЕТЕНЦИЙ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
УЧРЕЖДЕНИЙ

Nuriddinxo‘jayeva Malikaxon Аbror qizi
Oriental universiteti magistranti
Tel.: +998 90 321-61-32
e-mail: marguba@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqola maktab rahbarlarining psixologik
kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarb ahamiyati va uning ta’lim jarayonidagi
o‘rnini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotga bag‘ishlangan. Psixologik kompetensiyalar
rahbarlarning o‘z hissiy holatlarini samarali boshqarish, o‘quvchilar, pedagoglar va
ota-onalar bilan sog‘lom va samarali muloqot qilish, shuningdek, turli stressli
vaziyatlarda moslashuvchanlik va chidamlilik ko‘rsatish kabi muhim qobiliyatlarini
qamrab oladi. Maqolada psixologik kompetensiyalarning ta’lim muassasasining
umumiy samaradorligi, o‘quv jarayonining sifati va maktabdagi ijtimoiy-psixologik
muhitga ta’siri tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ushbu kompetensiyalarni
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar, masalan, shaxsiy tajriba,
professional tayyorgarlik va tashqi muhit sharoitlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda
maktab rahbarlari uchun psixologik kompetensiyalarni rivojlantirishning zamonaviy
strategiyalari, jumladan, maxsus treninglar, psixologik seminarlar va doimiy o‘z-o‘zini
takomillashtirish usullari taklif etiladi.

Kalit so‘zlar: psixologik kompetensiyalar, maktab rahbari, ta’lim sifati, stressni
boshqarish, ijtimoiy-psixologik muhit, muloqot ko‘nikmalari, xalqaro tajriba.

Annotation. This article is dedicated to a study examining the critical importance
of developing the psychological competencies of school leaders and their role in the
educational process. Psychological competencies encompass essential abilities such as
effectively managing one’s emotional states, fostering healthy and productive
communication with students, teachers, and parents, and demonstrating adaptability
and resilience in various stressful situations. The article analyzes the impact of
psychological competencies on the overall effectiveness of educational institutions, the
quality of the teaching-learning process, and the socio-psychological climate within

schools. Additionally, it explores the key factors influencing the formation of these
competencies, including personal experience, professional training, and external
environmental conditions. The study proposes modern strategies for enhancing the
psychological competencies of school leaders, such as specialized training programs,
psychological workshops, and continuous self-improvement techniques.

Keywords: psychological competencies, school leader, quality of education,
stress management, socio-psychological environment, communication skills,
international experience.

Аннотация. Данная статья посвящена исследованию актуального значения
развития психологических компетенций руководителей школ и их роли в
образовательном процессе. Психологические компетенции включают в себя
такие важные способности руководителей, как эффективное управление
собственным эмоциональным состоянием, установление здорового и
продуктивного взаимодействия с учащимися, педагогами и родителями, а также
проявление гибкости и устойчивости в различных стрессовых ситуациях. В
статье анализируется влияние психологических компетенций на общую
эффективность образовательного учреждения, качество учебного процесса и
социально-психологическую среду в школе. Кроме того, рассматриваются
основные факторы, влияющие на формирование этих компетенций, такие как
личный опыт, профессиональная подготовка и условия внешней среды. В рамках
исследования предлагаются современные стратегии развития психологических
компетенций руководителей школ, включая специализированные тренинги,
психологические семинары и методы непрерывного самосовершенствования.

Ключевые слова: психологические компетенции, руководитель школы,
качество образования, управление стрессом, социально-психологическая среда,
коммуникативные навыки, международный опыт.

KIRISH
Zamonaviy ta’lim tizimida maktab rahbarlarining kasbiy kompetensiyalari,
xususan, psixologik kompetensiyalari muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasasi
rahbari nafaqat ma’muriy vazifalarni bajaradi, balki o‘quvchilar, pedagoglar va otaonalar o‘rtasida samarali muloqot ko‘prigini quradi, shuningdek, maktabdagi ijtimoiypsixologik muhitni shakllantiradi. Ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish ta’lim
sifatini oshirish, stressli vaziyatlarni boshqarish va jamoada ijobiy muhit yaratishda
muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida bu masalaga e’tibor tobora ortib
bormoqda, chunki rahbarlarning psixologik tayyorgarligi zamonaviy talablar va global
tendentsiyalarga mos kelishi zarur. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan
mamlakatlarda maktab rahbarlarining psixologik bilim va ko‘nikmalari ta’lim

muvaffaqiyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Mazkur tadqiqot ushbu masalani
O‘zbekiston kontekstida o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, maktab rahbarlarining kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyatini yoritishni maqsad qiladi.
Ishda mavzuning dolzarbligi, nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi.

Psixologik kompetensiyalar insonning o‘zini o‘zi tanishi, emotsiyalarini
boshqarishi, muammolarni hal qilishi va shaxslararo munosabatlarni qurish qobiliyati
hisoblanadi (Fullan M., 2007).

Psixologik kompetensiyalar ta’lim jarayonining ajralmas qismidir. Ular
talabalarning motivatsiyasi, samaradorligi, muammoli vaziyatlarni hal qilish
qobiliyati, ijtimoiy-emotsional rivojlanishi va umumiy salomatligini yaxshilaydi. Shu
bois, ta’lim muassasalarida talabalarning psixologik kompetensiyalari rivojlanishiga
katta e’tibor berilishi lozim (Каримова Н., 2021).

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI
Maktab rahbarlarining kasbiy kompetensiyalari, xususan psixologik jihatlari
bo‘yicha tadqiqotlar ta’lim sohasida dolzarb yo‘nalishlardan biridir. N. Karimova
o‘zining “Духовно-нравственное воспитание школьников в условиях
цифровизации” asarida zamonaviy sharoitlarda o‘quvchilarning axloqiy
rivojlanishida rahbarlarning psixologik tayyorgarligi va raqamli muhitga
moslashuvchanligini ta’kidlaydi (Каримова Н., 2021). Muallif raqamlashtirish
jarayonida muloqot ko‘nikmalari va hissiy barqarorlikning muhimligini urg‘ulab, bu
omillar maktab muhitida ijobiy psixologik muhit yaratishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, О. Mirzayev “Роль национальных ценностей в нравственном
воспитании учащихся” asarida milliy qadimiyatlarning tarbiyaviy jarayondagi o‘rni
haqida to‘xtalib, rahbarlarning psixologik kompetensiyalari orqali bu qadimiyatlarni
o‘quvchilarga yetkazishdagi mas’uliyatini tahlil qiladi (Мирзаев О., 2020). Muallif
muloqot va stressni boshqarish kabi ko‘nikmalarni milliy tarbiya bilan bog‘laydi.
Ushbu manbalar mavzuning nazariy asoslarini mustahkamlab, O‘zbekiston ta’lim
tizimida psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqot maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalarini o‘rganish
uchun sifatli va miqdoriy yondashuvlarni birlashtirgan holda olib borildi. Ma’lumotlar
O‘zbekiston maktablaridagi rahbarlar va pedagoglar o‘rtasida so‘rovnoma va intervyu
usullari orqali yig‘ildi. Tadqiqotda xalqaro tajribani solishtirish maqsadida adabiyot
tahlili va statistik ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Natijalar psixologik
kompetensiyalarning ta’lim sifatiga ta’sirini aniqlash uchun tahlil qilindi va
strategiyalar ishlab chiqildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Umumiy o‘rta ta’lim tizimi har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur tizimda
rahbarlar o‘z faoliyatlari bilan nafaqat ta’lim sifati, balki o‘quvchilar va
pedagoglarning ruhiy salomatligi hamda shaxsiy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Shu boisdan, maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalari bugungi kunda ta’lim
jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Psixologik kompetensiyalar deganda rahbarning o‘z hissiy holatlarini boshqarish,
atrofdagilarni tushunish, ularga moslashish, hamda muloqot va muammolarni hal
qilishda psixologik yondashuvlarni qo‘llash qobiliyatlari tushuniladi.
Hozirgi globallashuv va tezkor o‘zgarishlar davrida o‘quvchilarning individual
ehtiyojlarini qondirish, ularning intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashish
maktab rahbarlaridan yuqori darajada psixologik madaniyat va mas’uliyatni talab
qiladi. Xususan, o‘quvchilar va pedagoglarning turli ijtimoiy va psixologik
muammolari o‘z vaqtida aniqlanib, samarali hal qilinishi uchun rahbarlar psixologik
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. Bu jarayon nafaqat ta’lim tizimi sifatini
oshirishga, balki jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga ham
xizmat qiladi. Maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyasiga quyidagilar kiradi
(1-rasmga qarang).

O‘quvchilar, ota- Muammolarni hal O‘z emotsiyalari O‘zlarini va Faoliyatdagi o‘qish
onalar va qilish va qiyin va stresslarini boshqalarni jarayoniga ta’sir
qarorlar qabul rag'batlantira etuvchi kuchli va
o‘qituvchilar bilan boshqarishga qodir olishlari kerak zaif tomonlarini
samarali qilish qobiliyatiga bo'lishlari kerak bilishlari kerak
ega bo'lishlari
munosabatlar kerak
o'rnata olishlari

kerak

1-rasm. Maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalari

Maktab rahbarlari uchun muhim bo‘lgan asosiy psixologik kompetensiyalar:
 O‘zini o‘zi anglash: o‘z emotsiyalari, qadriyatlari va motivlarini tushunish.
 Emotsiyalarni boshqarish: o‘z emotsiyalari va stresslarini boshqarish.
 Muammolarni hal qilish: muammolarni tan olish, ularni tahlil qilish va ijodiy
yechimlar topish qobiliyati.
 Shaxslararo munosabatlarga kirisha olish: boshqalar bilan sog‘lom
munosabatlar qurish va ularni boshqarish qobiliyati.
 Motivatsiya: o‘zini va boshqalarni rag‘batlantirish qobiliyati.
 O‘z-o‘zini tartibga solish: o‘z xatti-harakatlarini boshqarish qobiliyati.
Maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalari quyidagilar asosida qanday
rivojlantiriladi (2-rasmga qarang).

til o'rganish, O‘qituvchi tayyorlash o‘qish va rivojlantirish
kommunikativlikni dasturlari imkoniyatlari

rivojlantirish Maktab rahbarlarining mushohada va
psixologik kompetensiyalarini baholash

rivojlantirish yo'llari

xalqaro tajriba almashish kouching va maslahat

2-rasm. Maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalari rivojlantirish yo‘llari

Umumiy o‘rta ta’lim maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalari
rivojlantirish yo‘llari mohiyatini quyidagicha talqin etamiz:

 o‘qituvchi tayyorlash dasturlari: psixologik kompetensiyalarni o‘qituvchi
tayyorlash dasturlariga kiritish;

 o‘qish va rivojlantirish imkoniyatlari: maktab rahbarlari uchun psixologik
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘qish va rivojlantirish imkoniyatlarini
taqdim etish;

 mushohada va baholash: maktab rahbarlari o‘zlarining psixologik
kompetensiyalari ustida ishlayotganlarini ta’minlash uchun muntazam ravishda
kuzatiladi va baholanadi;

 kouching va maslahat: maktab rahbarlari uchun shaxsiylashtirilgan kouching
va maslahat xizmatlarini taqdim etish;

 xalqaro tajribalarni o‘rganish va o‘z ustida muntazam ishlash;
 til bilish: ikkinchi xorijiy tilni o‘rganish va kommunikativlikni rivojlantirish.
Yuqori darajadagi psixologik kompetensiyalarga ega bo‘lgan maktab rahbarlari
o‘zlarining maktablarida ijobiy yutuqlarga erishishlari juda ko‘p tajribalarda o‘z
isbotini topgan. Bunday maktab rahbarlari ta’lim muassasasida samarali o‘quv
muhitini yaratishga, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni rag‘batlantirishga va maktab
jamoasida sog‘lom, ijodiy munosabatlarni rivojlantirishga qodir bo‘ladilar.
Maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi
ilmiy-tadqiqotlar va amaliyotda dolzarb bo‘lib, uning ijtimoiy ahamiyati bir necha
omillar bilan izohlanadi. Birinchidan, bu rahbarlarning samarali boshqaruv faoliyatini
olib borishiga yordam beradi. Maktab muhitidagi stress holatlari, muammoli
vaziyatlarni hal qilish, shuningdek, o‘quvchilar va xodimlar bilan muloqotni to‘g‘ri
tashkil etish kabi vazifalar rahbarlardan yuqori darajada psixologik tayyorgarlikni talab
qiladi. Ikkinchidan, maktab jamoasidagi psixologik iqlimni yaxshilash orqali
o‘quvchilar va pedagoglarning ruhiy salomatligi va motivatsiyasini oshirish imkoniyati

yaratiladi. Bundan tashqari, rahbarlarning psixologik kompetensiyalari ta’limdagi
innovatsion yondashuvlarni joriy etishda ham muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy ta’lim
jarayonlarida liderlik qobiliyatlari, muloqot madaniyati va muammoli vaziyatlarni
konstruktiv hal qilish qobiliyatlari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maktab rahbari
sifatida psixologik bilimlarni samarali qo‘llay olish nafaqat ta’lim muassasasining
samaradorligini oshiradi, balki kelajak avlodning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ham
bevosita ta’sir ko‘rsatadi (Каримова Н., 2021).

Tadqiqot davomida umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining psixologik
kompetensiyalarini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinib, bu
kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
usullar, xalqaro tajribalar va tavsiyalarni o‘rganildi. Ushbu masala bo‘yicha tadqiqot
olib borish natijalari maktab rahbarlarining professional faoliyatini optimallashtirish,
ta’lim sifatini yaxshilash hamda maktab muhitidagi ijtimoiy-psixologik jarayonlarni
samarali boshqarishga ko‘maklashishi kutilmoqda (Мирзаев О., 2020).

Psixologik kompetensiyalar ta’lim muassasasi rahbarlarining o‘z faoliyatlarini
samarali tashkil qilish va boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Bu kompetensiyalar
rahbarning hissiy holatlarni boshqarish, atrofdagilarni tushunish, ularga ta’sir qilish va
konstruktiv muloqot olib borish qobiliyatlarini o‘z ichiga oladi. Psixologik
kompetensiyalar maktab rahbarlarining liderlik qobiliyatlarini rivojlantiradi, ularning
qaror qabul qilish jarayonida ko‘proq oqilona va ilmiy asoslangan yondashuvlarni
qo‘llashiga imkon yaratadi. Shu bilan birga, bu kompetensiyalar maktab jamoasida
ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilar va pedagoglarning
motivatsiyasini oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilashda asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi (Мирзаев О., 2020).

Psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish omillari. Psixologik
kompetensiyalarni rivojlantirish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, bir necha
muhim omillarga asoslanadi (3-rasmga qarang).

Psixologik bilimlar

Amaliy ko‘nikmalar

Shaxsiy fazilatlar

O‘quv-tashkiliy faoliyat

3-rasm. Psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish omillari

Umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbarlarining psixologik kompetensiyalarini
rivojlantirish omillarining mazmun – mohiyati quyidagicha izohlanadi:

1. Psixologik bilimlar: Rahbarlarning psixologik bilimlarga ega bo‘lishi ularning
hissiy holatlarni boshqarish va atrofdagilarni tushunish qobiliyatini oshiradi.
Psixologik bilimlar o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar bilan samarali muloqot
qilishda katta ahamiyatga ega.

2. Amaliy ko‘nikmalar: Psixologik bilimlarni amalda qo‘llash qobiliyati muhim
ahamiyat kasb etadi. Rahbarlar konfliktlarni boshqarish, stress holatlarini bartaraf etish
va pedagogik jamoani motivatsiya qilish borasida tegishli amaliy ko‘nikmalarga ega
bo‘lishlari lozim.

3. Shaxsiy fazilatlar: Sabrlilik, empatiya, muloqotga ochiqlik kabi shaxsiy
fazilatlar rahbarning psixologik kompetensiyalarini shakllantirishda muhim o‘rin
tutadi. Bunday fazilatlar rahbarning boshqaruv faoliyatini samarali olib borishga
imkon beradi.

4. O‘quv-tashkiliy faoliyat: Ta’lim muassasasida rahbarlarning psixologik
kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun maxsus treninglar va
dasturlar tashkil etilishi zarur. Ushbu treninglar rahbarlarning o‘zini rivojlantirishiga
hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini o‘zlashtirishiga yordam beradi.

Psixologik kompetensiyalarning ta’lim jarayoniga ta’siri. Psixologik
kompetensiyalar maktab rahbarlari uchun o‘quv-tarbiya jarayonini samarali
boshqarishda bir qator afzalliklar yaratadi. Avvalo, rahbarlar psixologik bilimlarni
qo‘llash orqali o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlashga yordam beradi.
O‘quvchilar turli ijtimoiy, psixologik yoki oilaviy muammolar bilan duch kelishi
mumkin, va bu holatlarda rahbarning psixologik kompetensiyalari muhim rol o‘ynaydi.
Ikkinchidan, rahbarlarning psixologik qobiliyatlari pedagoglarning ish faoliyatiga ham
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maktabdagi ijobiy psixologik muhit pedagoglar uchun qulay
sharoit yaratib, ularning mehnat samaradorligini oshirishga yordam beradi. Shu bilan
birga, rahbarlarning hissiy barqarorligi va muammolarni hal qilishdagi konstruktiv
yondashuvi jamoada ishonch va hamkorlik muhiti yaratadi. Bundan tashqari,
psixologik kompetensiyalar o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va akademik
yutuqlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktab rahbarlari o‘quvchilarni
ruhlantiruvchi, ularni o‘z maqsadlariga erishishga undovchi sharoit yaratishi lozim.
Psixologik kompetensiyalarni to‘g‘ri qo‘llash orqali rahbarlar o‘quvchilar bilan
yaqindan muloqot o‘rnatib, ularning qiyinchiliklarini yengishga yordam beradi.

Umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbarlarining psixologik kompetensiyalari
darajasi ta’lim jarayoniga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi (1-jadvalga qarang).

1-jadval.

Maktablari rahbarlaridagi psixologik kompetensiyalar darajasining ta’lim jarayoniga ta’siri

№ Psixologik Vazifasi

kompetensiyalar

1 O‘quv Ta’lim jarayoni subyektlarining kuchli va zaif tomonlarini

motivatsiyasini bilishadi va o‘zlariga ishonishadi. Bu ularning o‘qishga bo‘lgan

oshiradi motivatsiyasini oshiradi va muvaffaqiyatga erishish ehtimolini

oshiradi

2 O‘quv Ta’lim jarayoni subyektlarining emotsiyalarini boshqarish,

samaradorligini chalg‘ituvchi omillarni bartaraf etish va samarali o‘qish

yaxshilaydi strategiyasini ishlab chiqish qobiliyatiga ega. Bu ularning o‘quv

samaradorligini yaxshilaydi

3 Muammoli Ta’lim jarayoni subyektlarining muammolarni tan olish, ularni

vaziyatlarni hal tahlil qilish va ijodiy yechimlar topish qobiliyatiga ega. Bu ularga

qilishni ta’lim jarayonida qarshiliklarga duch kelganda moslashishga

osonlashtiradi yordam beradi

4 Ijtimoiy-emotsional Ta’lim jarayoni subyektlarining boshqalar bilan sog‘lom

rivojlanishni munosabatlar qurish va empatiya bilan ishlov berish qobiliyatiga

qo‘llab-quvvatlaydi ega. Bu ularning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga yordam beradi

5 Umumiy salomatlik Ta’lim jarayoni subyektlarining o‘zlarini yaxshi his qilishadi,

va farovonlikni stressni boshqarishadi va qiyinchiliklarga bardosh bera olishadi.

yaxshilaydi Bu ularning umumiy salomatligi va farovonligiga ijobiy ta’sir

qiladi

Umumiy o‘rta taʼlim maktablari rahbarlarining psixologik kompetentligidan
foydalanib, bilim olish samaradorligini oshirishda:

- o‘qituvchilar o‘quvchilarning psixologik kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan faoliyatlar va muhokamalarni o‘tkazishi;

- maktablar o‘quvchilar uchun psixologik maslahat va qo‘llab-quvvatlash
xizmatlarini taqdim etishi;

- ota-onalar o‘quvchilarning psixologik kompetensiyalarini o‘yinlar,
muhokamalar va kundalik voqealarga asoslangan suhbatlar orqali rivojlantirishga
yordam berishlarini ta’minlash mumkin.

Psixologik kompetensiyalarni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni o‘rganish
nafaqat ta’lim tizimi, balki butun jamiyat uchun ahamiyatlidir. Chunki ta’lim kelajak
avlodni tayyorlash jarayoni bo‘lib, uning samaradorligi bevosita rahbarlar tomonidan
qabul qilingan qarorlar va ularning psixologik bilimlarga asoslangan yondashuvlariga
bog‘liq. Shu sababli, mazkur maqola orqali ushbu muhim masalaning nazariy va
amaliy jihatlarini yoritish, shuningdek, psixologik kompetensiyalarni rivojlantirish
bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish maqsad qilib qo‘yilgan.

O‘zbekiston maktablarida mavjud bo‘lgan dolzarb muammolar, masalan,
rahbarlarning psixologik tayyorgarligining yetarli emasligi, resurslarning
cheklanganligi va zamonaviy psixologik bilimlarga ehtiyojning ortib borayotgani
alohida e’tibor markazida turadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktab rahbarlarining
psixologik kompetensiyalarini rivojlantirish nafaqat ta’lim sifatini oshirishga, balki
maktab jamoasidagi ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlashga, o‘quvchilarning
o‘ziga bo‘lgan ishonchini va pedagoglarning motivatsiyasini yuksaltirishga ham
xizmat qiladi. Ushbu ish ta’lim sohasidagi rahbarlar uchun psixologik bilim va
ko‘nikmalarni rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyatini yana bir bor ta’kidlaydi va
kelgusida bu yo‘nalishda qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi.

Maktab rahbarlarining psixologik kompetensiyalari ta’lim jarayonini samarali
boshqarish va o‘quvchilar, pedagoglar hamda ota-onalar bilan samarali muloqot
o‘rnatishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish
maktabdagi ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish va
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu sababli, psixologik
kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalasi ta’lim tizimining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Fullan, M. (2007). The new meaning of educational change (4th ed.). Teachers
College Press.
2. Leithwood, K., & Jantzi, D. (2006). Transformational school leadership for
large-scale reform: Effects on students, teachers, and their classroom practices. School
Effectiveness and School Improvement, 17(2), 201–227.
https://doi.org/10.1080/09243450600565829
3. Salovey, P., & Mayer, J. D. (1990). Emotional intelligence. Imagination,
Cognition and Personality, 9(3), 185–211. https://doi.org/10.2190/DUGG-P24E-
52WK-6CDG
4. Bush, T. (2020). Theories of educational leadership and management (5th ed.).
SAGE Publications.
5. Leithwood, K., Harris, A., & Hopkins, D. (2020). Seven strong claims about
successful school leadership revisited. School Leadership & Management, 40(1), 5-22.
https://doi.org/10.1080/13632434.2019.1596077
6. Darling-Hammond, L., Hyler, M. E., & Gardner, M. (2017). Effective teacher
professional development. Learning Policy Institute.
https://learningpolicyinstitute.org/product/effective-teacher-professionaldevelopment-report

7. Robinson, V. M. J., Lloyd, C. A., & Rowe, K. J. (2008). The impact of
leadership on student outcomes: An analysis of the differential effects of leadership
types. Educational Administration Quarterly, 44(5), 635-674.
https://doi.org/10.1177/0013161X08321509

8. Fullan, M. (2014). The principal: Three keys to maximizing impact. Jossey-
Bass.

9. Каримова, Н. А. (2021) Духовно-нравственное воспитание школьников
в условиях цифровизации / Н. А. Каримова // Образование и наука. № 5. – С. 56–
62.

10. Мирзаев, О. (2020) Роль национальных ценностей в нравственном
воспитании учащихся / О. К. Мирзаев // Молодой ученый. № 15. – С. 245–248.

REFERENCES:
1. Fullan, M. (2007). The new meaning of educational change (4th ed.). Teachers
College Press.
2. Leithwood, K., & Jantzi, D. (2006). Transformational school leadership for
large-scale reform: Effects on students, teachers, and their classroom practices. School
Effectiveness and School Improvement, 17(2), 201–227.
https://doi.org/10.1080/09243450600565829
3. Salovey, P., & Mayer, J. D. (1990). Emotional intelligence. Imagination,
Cognition and Personality, 9(3), 185–211. https://doi.org/10.2190/DUGG-P24E-
52WK-6CDG
4. Bush, T. (2020). Theories of educational leadership and management (5th ed.).
SAGE Publications.
5. Leithwood, K., Harris, A., & Hopkins, D. (2020). Seven strong claims about
successful school leadership revisited. School Leadership & Management, 40(1), 5-22.
https://doi.org/10.1080/13632434.2019.1596077
6. Darling-Hammond, L., Hyler, M. E., & Gardner, M. (2017). Effective teacher
professional development. Learning Policy Institute.
https://learningpolicyinstitute.org/product/effective-teacher-professionaldevelopment-report
7. Robinson, V. M. J., Lloyd, C. A., & Rowe, K. J. (2008). The impact of
leadership on student outcomes: An analysis of the differential effects of leadership
types. Educational Administration Quarterly, 44(5), 635-674.
https://doi.org/10.1177/0013161X08321509
8. Fullan, M. (2014). The principal: Three keys to maximizing impact. Jossey-
Bass.

9. Karimova, N. A. (2021) Duxovno-nravstvennoe vospitanie shkolnikov v
usloviyax sifrovizasii / N. A. Karimova // Obrazovanie i nauka. № 5. – S. 56–62. (In
Russian)

10. Mirzaev, O. (2020) Rol nasionalnix sennostey v nravstvennom vospitanii
uchashixsya / O. K. Mirzaev // Molodoy ucheniy. № 15. – S. 245–248. (In Russian)