ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarining o‘rni

Almardonov Muxamadi Ibragimovich, Xurramov Anvar Xudayshukurovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO MOLIYAVIY
HISOBOT STANDARTLARINING O‘RNI

THE ROLE OF INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS
IN THE DEVELOPMENT OF THE NATIONAL ECONOMY

РОЛЬ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОЙ
ОТЧЕТНОСТИ В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ

Almardonov Muxamadi Ibragimovich,
Oriental universiteti professori, i.f.d.;

Xurramov Anvar Xudayshukurovich,
Oriental universiteti,

Aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi,
mustaqil izlanuvchi,

Tel: +998 99 374-03-22
xurramovanvar907@gmail.com

Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy
hisobot standartlariga o‘tish va mamlakatning buxgalteriya siyosatida yangi sahifani
ochish maqsadga muvofiqligining ustuvor yo‘nalishlari haqida fikrlar bayon etilgan.
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotlarni tuzish ularda mavjud bo‘lgan maʼlumotlarning oshkoraligini
taʼminlaydi. Axborotning shaffofligi va xolisligi investor va banklarning korxona
faoliyatini rivojlantirishga investitsiya kiritish masalasini hal etishga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz miqyosida esa xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etishga
salmoqli hissa qo‘shadi. Buning natijasida ishlab chiqarish kengaymoqda,
modernizatsiya qilinmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, davlat byudjetiga soliq
tushumlari ko‘paymoqda, iqtisodiy o‘sish barqarorligi taʼminlanmoqda.
Respublikamizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotlarni
tuzish asosida buxgalteriya hisobini bosqichma-bosqich tashkil etish jahon
integratsiyasiga yanada kengroq kirib borish imkonini beradi. Bu respublikamizda
buxgalteriya hisobini isloh qilish va modernizatsiya qilishning yangi bosqichi bo‘ladi.

Kalit so‘zlar: Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (MHXS), iqtisodiyot,
buxgalteriya hisobi, investitsiya, modernizatsiya, iqtisodiy o‘sish, xorijiy investitsiya,
soliq tushumlari, xalqaro moliyaviy hisobot.

Annotation: The article describes the priorities of the transition to international
financial reporting standards of the Republic of Uzbekistan and the desirability of

opening a new page in the country’s accounting policy. Accounting and preparation of
financial statements based on international financial reporting standards ensures
transparency of the information contained in them. The transparency and objectivity of
information serves to solve the issue of investing in the development of the enterprise
activity of investors and banks. At the level of our country, it makes a significant
contribution to the direct attraction of foreign investments, as a result of which
production is expanded, modernized, new jobs are created, tax revenues to the state
budget increase, economic growth stability is ensured. The gradual organization of
accounting in our republic based on the international standards of financial reporting
and the preparation of financial reports will allow us to join the world integration more
widely. This will be a new stage of accounting reform and modernization in our
republic.

Key words: Financial reporting international standards, economy, accounting,
investment, modernization, economic growth, foreign investment, tax revenues,
international financial reporting.

Аннотация: В статье описаны приоритеты перехода Республики
Узбекистан на международные стандарты финансовой отчетности и
желательность открытия новой страницы в учетной политике страны. Учет и
подготовка финансовой отчетности на основе международных стандартов
финансовой отчетности обеспечивает прозрачность содержащейся в ней
информации. Прозрачность и объективность информации служит решению
вопроса инвестирования в развитие предпринимательской деятельности
инвесторов и банков. На уровне нашей страны это вносит значительный вклад в
прямое привлечение иностранных инвестиций, в результате чего расширяется,
модернизируется производство, создаются новые рабочие места, увеличиваются
налоговые поступления в государственный бюджет, и экономический рост.
Поэтапная организация бухгалтерского учета в нашей республике на основе
международных стандартов финансовой отчетности и подготовки финансовой
отчетности позволит нам шире проникнуть в мировую интеграцию. Это будет
новый этап реформы и модернизации бухгалтерского учета в нашей республике.

Ключевые слова: Международные стандарты финансовой отчетности,
экономика, бухгалтерский учет, инвестиции, модернизация, экономический
рост, иностранные инвестиции, налоговые поступления, международная
финансовая отчетность.

KIRISH
Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ning ahamiyati butun dunyoda har
yili o‘sib bormoqda. Shu bilan birga, buxgalteriya hisobini standartlashtirish jarayoni
xalqaro darajada murakkab bo‘lib, milliy buxgalteriya standartlarining xilma-xilligi

bilan bog‘liq bir qator muammolarni hal qilishni talab qiladi. Ular buxgalteriya
obyektlarining turli baholashlarini, hisobot ko‘rsatkichlarining turli taʼriflarini
belgilaydi.

Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish uchun javobgarlik korxona
rahbariyatiga tegishli. Bundan tashqari, korxona rahbariyati moliyaviy hisobotdagi
maʼlumotlarga qiziqish bildirmoqda va uni rejalashtirish, qaror qabul qilish va nazorat
qilish, majburiyatlarni bajarish jarayonida qo‘llaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI
O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va mamlakat iqtisodiyotini
jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi sharoitida moliyaviy hisobotlarni axborot
bilan taʼminlash sifatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611
qarori yurtimizda hisob siyosatida yangi sahifa ochdi.
Qarorga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan MHXS asosida buxgalteriya hisobi
yuritilishi quyidagi faoliyat yo‘nalishlarida tashkil etildi:
- aksiyadorlik jamiyatlari;
- tijorat banklari;
- sug‘urta tashkilotlari;
- yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar.
Shu bilan birga, bu vaqt mobaynida xalqaro standartlarga o‘tish nafaqat
yuqoridagi xo‘jalik yurituvchi alohida kompaniyalarga, balki butun ichki buxgalteriya
tizimiga ham tegishli hisoblanadi. Chunki tizimlarni uyg‘unlashtirish buxgalteriya
hisobi bo‘yicha yangi nizomlarni joriy etish va mavjud qoidalarni o‘zgartirish orqali
amalga oshirildi, bu esa ko‘plab o‘zbek korxona va kompaniyalari uchun ichki hisobkitob tizimida sezilarli uzilishlarsiz bir qator MHXS qoidalarini to‘la-to‘kis qo‘llash
imkonini berdi. Mahalliy mutaxassislar tomonidan har doim ham xalqaro yangiliklarni
qabul qilish oson emas. Tarixan, O‘zbekiston buxgalteriya maktabi har doim
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot berishni afzal ko‘rgan. O‘zbekiston
buxgalterlari soliq va fuqarolik qonunchiligiga yo‘naltirib ishlab chiqilgan meʼyoriyhuquqiy baza talablariga muvofiq xo‘jalik faktlarini talqin qilish va aks ettirishga
alohida eʼtibor qaratdilar.
Biroq, bu yondashuv MHXS tizimida buxgalteriya hisobini talqin qilish
tamoyillaridan tubdan farq qiladi. Qonun chiqaruvchi tomonidan bir xil
ko‘rsatkichlarni aniqlashda kiritilgan iqtisodiy maʼno davlatdan davlatga farq qilishi
mumkin. MHXS tizimida bu nuqson ushbu hisobdan foydalanadigan barcha
mamlakatlarning hisobotlari uchun yagona, umumiy qabul qilingan taʼriflarni tartibga

solish orqali bartaraf etiladi, shu bilan hisobot maʼlumotlarining universalligi va
shaffofligi talabi taʼminlanadi.

Hozirgacha moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari rasmiy to‘rtta – fransuz,
nemis, rus va polyak tillariga tarjima qilingan. Ayni paytda esa xitoy, yapon, portugal
va ispan tillariga tarjima qilish jarayoni kechmoqda. Norasmiy tartibda esa 30 dan
ortiq tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Bu esa qaror ijrosini
taʼminlashda qo‘l keladi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish, korxona va tashkilotlarning
iqtisodiy, mulkiy va moliyaviy holatini, ularning o‘tgan davrlardagi moliyaviy
natijalarini qiyosiy o‘rganish, obyektiv baholash orqali kelgusidagi faoliyatni
kengaytirish, tashqi moliyaviy manbalarni izlab topish, xalqaro moliyaviy
institutlardan kapital jalb qilish imkonini beradi.

Mazkur islohotlar, birinchi navbatda, yirik biznes subyektlarining MHXSga
o‘tishlariga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” bo‘lib, ularda anʼanaviy tarzda amalga oshirib
kelingan hisob tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutadi. Xususan, ushbu
“Yo‘l xaritasi”da mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlari,
tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan
yuridik shaxslar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi
yuritilishini tashkil etishlari, 2021-yil yakunidan boshlab, moliyaviy hisobotni MHXS
asosida tayyorlashlari belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, qarorda, 2021-yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro
sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli
topshirganligi to‘g‘risida hujjatga, yoxud CIPA – Sertifikatlangan xalqaro professional
buxgalter, ASSA – Buyuk Britaniyaning malakali buxgalterlar uyushmasi, SRA –
Tarmoq orqali o‘zaro foydali hamkorlik dasturi va DipIFR – Xalqaro moliyaviy
hisobot bo‘yicha diplom kabi sertifikatlaridan biriga ega bo‘lgan kamida uch nafar
buxgalteriya xizmati xodimi bilan taʼminlashlari lozimligi alohida qayd etilgan.

Mazkur qarorda, akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari orqali va sohaga oid
OTM o‘quv dasturlari asosida kadrlarni tayyorlash masalasi yuzasidan aniq
topshiriqlar berilganligini ham ko‘rish mumkin.

Qaror, albatta, yillar davomida shakllanib kelgan buxgalterlar, auditorlarning
hisob xizmatlarini yo‘lga qo‘yishdagi anʼanaviy yondashuvlaridan to‘liq voz kechishni
talab qilmaydi. Aksincha, buxgalterlar, auditorlarning professional tajribalariga
ko‘proq tayanishga, erkin bo‘lishga, yaʼni yagona qolipdan chiqishga ham undaydi.
Shu bilan birga, biznes subyektlarining katta qismini tashkil etadigan kichik biznes
subyektlarida buxgalteriya hisobining milliy standartlari amal qilishini inkor etmaydi.
Yaʼni, ular to‘liq xo‘jalik operatsiyalarini, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni xalqaro

standartlarga yaqinlashtirilgan, muvofiqlashtirilgan amaldagi normalar asosida
yuritishni yo‘lga qo‘yadilar.

Albatta, o‘zlarining moliyaviy hisobotlarini MHXSga muvofiq tayyorlaydigan
biznes subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy
hisobot taqdim etishdan ozod etiladilar. Qarorda, shuningdek, MHXSni joriy etish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatli organ etib belgilanishi
bilan bir qatorda, hisob siyosatining ayrim jihatlarini Respublika buxgalterlar va
auditorlarining jamoat birlashmalari bilan birgalikda hal qilish zarurligi qayd etildi.

O‘z navbatida, qaror ijrosida Oliy taʼlim vazirligi bilan ham hamkorlikda hal
qilinishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar belgilanadi. Tajriba-sinov tariqasida olingan
OTM (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand
iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika instituti)larida “Buxgalteriya
hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarni akkreditatsiyadan o‘tgan
o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha tezlashtirilgan tarzda o‘qitish jadvalini
tasdiqlashlari lozim.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo‘mitasi (IASC) – butun dunyodagi
buxgalteriya hisobi sohasi faoliyatidagi vakillardan iborat aʼzolarni birlashtirgan,
hukumatga oid bo‘lmagan xalqaro buxgalteriya hisobi tashkiloti bo‘lib, uning asosiy
maqsadi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun buxgalteriya hisobining xalqaro
standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va doimiy takomillashtirib borish hisoblanadi.
Xalqaro buxgalteriya tizimiga o‘tish mahalliy mutaxassislar tomonidan buxgalteriya
tizimidagi iqtisodiy hayot faktlarini aks ettirish uchun qarordan yanada faol
foydalanishni talab qiladi. Bundan tashqari, xalqaro buxgalteriya tizimida keng
qo‘llaniladigan baholash usullarini qo‘llashda sezilarli qiyinchiliklar mavjud. Xalqaro
tizimdagi hisobot maqolalarining aksariyati manfaatdor foydalanuvchilarga
maʼlumotni yanada yetarli darajada taqdim etish uchun baholash ko‘rsatkichlarini
majburiy qo‘llashni talab qiladi.
Shuni taʼkidlash kerakki, rejaga ko‘ra xalqaro qoidalar bo‘yicha hisobot kelajak
haqida maʼlumotni o‘z ichiga olishi lozim. MHXS tizimida kelajakka oid maʼlumotlar
bilan ishlash, buxgalter foydalanuvchilarga adolatli miqdorni taqdim etish uchun eng
munosib baholash usullarining keng analitik vositalaridan biri tanlanishi zarur. Bu
sohadagi o‘zbek mutaxassislarida hali yetarli tajriba yo‘q. O‘z navbatida, ayrim
hollarda amaldagi normativ hujjatlar hisob-kitob obyektlariga nisbatan baholashni
muntazam ravishda tartibga solishga majbur emas. Misol uchun, buxgalteriya
siyosatiga muvofiq asosiy vositalarni qayta baholash mexanizmini qo‘llamaydigan
tashkilot, foydalanuvchilarga ushbu obyektlarning kam xarajatlariga ega bo‘lish
xavfini tug‘diradi. Hisobotlarda aks ettirilgan bunday baholash xavflidir, chunki u

foydalanuvchini yo‘ldan ozdirishi, moliyaviy holatning haqiqiy ko‘rsatkichlarini
buzishi va noto‘g‘ri boshqaruv qarorini qabul qilishga olib kelishi mumkin.

Bundan tashqari, MHXS talablariga muvofiq taqdim etilgan maʼlumotlar hisobga
olingan obyektlarning adolatli qiymatini aks ettiradi. Mahalliy buxgalteriya vakillari
uchun eng muammoli masala bu aktivlar va majburiyatlarni adolatli baholashda aks
ettirishdir. Chunki bu amaliyot mahalliy buxgalteriya tizimi uchun yangi hisoblanadi.

Hisobotning ishonchliligini taʼminlash bir qator tamoyillarga muvofiq amalga
oshirilishi mumkin: shaffoflik, muvofiqlik, ishonchlilik, hamda taqqoslash.

Buxgalteriya tizimlarini hisobga olgan holda, Germaniya, AQSH, Rossiya,
Fransiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya singari sanoati rivojlangan mamlakatlarda
buxgalteriya hisobi qanday tashkil etilishini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. (Tohirovich
Q., 2021: 25) Chunki, birinchi navbatda, ushbu mamlakatlardagi buxgalteriya tizimlari
bir-biridan farq qiladi. Ikkinchidan, xalqaro buxgalteriya va hisobot standartlari
asoslari yaratildi va MHXS rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatdi. Uchinchidan, ushbu
mamlakatlarning tajribasi respublikamizda buxgalteriya hisobi shakllanishi va
rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda. MHXSning afzalliklari: moliyaviy
tahlilchilar va investorlar uchun moliyaviy hisobotlarning aniqligi, taqqoslanish,
maʼlumotlarning oshkoraligi, kam tahlil xarajatlari va boshqalar.

TAHLIL VA NATIJALAR
Shuni taʼkidlash lozimki, hozirgi paytda nashr qilingan MHXSlar bir-biriga
bog‘liqdir va birgalikda yagona tizimni tashkil etadi. Ya’ni, bitta standartning
qo‘llanilishi shu uzluksiz tizimning boshqa qismlarini qo‘llashni talab qiladi.
Aniqrog‘i, bitta standartni boshqa standartlardan ajratib olgan holda qo‘llash mumkin
bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasida MHXSlarga o‘tishda o‘ziga xos va milliy
iqtisodiyotimizga mos yo‘l tanlandi. Bu xalqaro standartlarga muvofiq keladigan
buxgalteriya hisobi bo‘yicha milliy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy
qilish yo‘li bo‘ldi. Hozirgi kunda ishlab chiqilgan milliy standartlarimiz xalqaro
standartlarga muvofiq keladi. Ayni davrda korporativ boshqaruvga asoslangan
aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotni tuzishga
o‘tilmoqda. Bunga esa bevosita xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotni tuzish
yoki milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni xalqaro standartlarga
transformatsiya qilish orqali erishilishi mumkin. Birinchi yo‘l xalqaro standartlar
asosida to‘g‘ri va sifatli moliyaviy hisobot tuzishga erishishni taʼminlaydi. Ikkinchi
yo‘lda esa transformatsiya jarayonida ko‘plab muammo va to‘siqlarga duch kelish
mumkin. Lekin ikkita yo‘lning yechimida ham xalqaro standartlarning mazmun va
mohiyatini chuqur o‘rganish, uning metodologik masalalarini qo‘llay olish, milliy
standartlarimizni imkon qadar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, dunyo
universitetlarida o‘qitilayotgan “Moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti” fanini

o‘rganishimiz, ingliz tilidagi adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishimiz,
buxgalteriya hisobi sohasida xalqaro atamalarni qabul qilishimiz, amaliyotchi xodimlar
va ilmiy tadqiqotchilarning xorijiy mamlakatlarda tajriba almashinishini tashkil
etishimiz, amaliyotchi buxgalterlarni sertifikatlash ishlarini yo‘lga qo‘yishimiz kerak
bo‘ladi. Respublikamizda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil
etish va yuritish uchun tezda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud. Bizning
fikrimizcha, ular quyidagilardir:

1. MHXS asosida buxgalteriya hisobi uchun huquqiy asos yaratish maqsadida
buxgalteriya hisobi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish;

2. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini o‘zbek tiliga rasmiy ravishda tarjima
qilish;

3. Faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar va buxgalterlarni qayta
tayyorlash;

4. Moliyaviy hisobning xalqaro standartlariga muvofiq o‘quv qo‘llanmalar,
darsliklar, elektron darsliklar tayyorlash va chop etish.

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotlarni tuzish ularda mavjud bo‘lgan maʼlumotlarning oshkoraligini
taʼminlaydi. Axborotning shaffofligi va xolisligi investor va banklarning korxona
faoliyatini rivojlantirishga investitsiya kiritish masalasini hal etishga xizmat qiladi.
Mamlakatimiz miqyosida esa xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etishga
salmoqli hissa qo‘shmoqda, buning natijasida ishlab chiqarish kengaymoqda,
modernizatsiya qilinmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, davlat byudjetiga soliq
tushumlari ko‘paymoqda, iqtisodiy o‘sish barqarorligi taʼminlanmoqda.

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarini fundamental asoslar, moliyaviy
hisobotni tuzish va taqdim qilish hamda aniq obyektlarni hisobga olishga
mo‘ljallanganligiga qarab quyidagi oltita guruhga ajratish mumkin:

I. Moliyaviy buxgalteriya hisobining fundamental asoslarini ifodalovchi standart.
Ushbu guruhga 1 ta standart kiritilgan.

II. Moliyaviy hisobotni taqdim qilish va undagi axborotlar tavsifini ifodalovchi
standartlar. Ushbu guruh o‘z ichiga 10 ta standartni oladi.

III. Aktivlar, majburiyatlar va investitsiyalarga doir standartlar. Ushbu guruhga
9 ta standart kiritilgan.

IV. Daromad va xarajatlarga doir standartlar. Bu guruhga 5 ta standart kiritilgan.
V. Moliyaviy instrumentlarga doir standartlar. Mazkur guruhga 2 ta standart
kiritilgan.
VI. Biznes birlashmalari va qo‘shma korxonalarning moliyaviy hisobotiga doir
standartlar. Ushbu guruh o‘z ichiga 2 ta standartni oladi.

Qarordagi jadallikni buxgalteriya hisobi, audit, shuningdek, boshqaruv sohasi
bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi keskin o‘zgarishlarsiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Negaki, o‘quv markazlari va OTMlarning amaldagi holati, ularning
moddiy-texnik taʼminoti, o‘qitishning intensivligini ta’minlashdagi salohiyat
imkoniyatlari sohadagi qiyinchiliklarni yumshatishi birmuncha og‘ir kechadi.

Shu jihatdan qatʼiy belgilab qo‘yildiki, 2021-yildan boshlab akkreditatsiyadan
o‘tgan o‘quv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha
qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya
olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan
litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadirlar.

2021–2022-o‘quv yilidan boshlab, barcha tajriba-sinov oliy taʼlim muassasalarida
buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida
“MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqiyatli
topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan
o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilishi belgilab berildi.

Kadrlar tayyorlash borasida yana bir muhim jihatga to‘g‘ri yondashilgan. U ham
bo‘lsa, xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarni oliy taʼlim
muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga
kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqining
berilganligidir. Bu kadrlar tayyorlashning uzviyligini taʼminlaydi.

Professional, amaliyotchi buxgalterlar uchun eng muhim va og‘riqli masalalardan
bittasi biznes subyektlarini soliqqa tortish bilan bog‘liq bo‘lgan masaladir. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda
2020-yil 1-oktyabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqdi va uning MHXS
bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini tayyorladi.

Shu o‘rinda aytish kerakki, o‘tgan vaqt mobaynida Toshkent moliya institutida
buxgalteriya hisobi va audit sohasi bo‘yicha 15 ming nafardan ortiq mutaxassislar
tayyorlandi. Ular bugungi kunda, iqtisodiyotning turli sohalarida o‘z ixtisosliklari
bo‘yicha faoliyat olib borishmoqda. 2019 – 2020 - o‘quv yilida Toshkent moliya
instituti bilan Malayziya va Belarus Respublikasining yetakchi OTMlari hamkorligida
qo‘shma fakultetlar tashkil etilib, “3+1” va “1+1” dasturlari doirasida “Buxgalteriya
hisobi va audit” taʼlim yo‘nalishi va muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha
kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligi ham eʼtiborga molik.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish masalasida oliy taʼlim
muassasasi sifatida belgilangan sobiq Toshkent moliya institutida qaror ijrosi
yuzasidan belgilangan muhim vazifalar va ularning natijadorligini taʼminlash borasida
ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatib o‘tilgan qator chora-tadbirlarning
bosqichma-bosqich ijrosi taʼminlanmoqda. Masalan, “Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlari”,“Auditning xalqaro standartlari”, “Tijorat banklarida moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlari”, “Byudjet hisobining xalqaro standartlari” kabi fanlar
bo‘yicha o‘quv va ishchi o‘quv dasturlari (sillabus) ishlab chiqilib, amaldagi o‘quv
rejalari tarkibiga kiritilib, o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Shunga monand ravishda
institutda “Xalqaro buxgalteriya hisobi”, “Auditning xalqaro standartlari”, “Byudjet
hisobining xalqaro standartlari”, va “Tijorat banklarida moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari” kabi fanlardan o‘quv adabiyotlari yaratildi. Buxgalteriya hisobi, audit
sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda to‘liq xalqaro tajriba atroflicha
o‘zlashtirildi. Qarorning keng ko‘lamli va sifatli ijrosida kadrlar muammosi asosiy
masala hisoblanadi. Shunday ekan, biznes subyektlarining xalqaro biznes muloqotida
o‘z nomidan axborotlar oqimini barcha uchun tushunarli hamda aniq shakllarda ochib
berishga qodir bo‘lgan buxgalteriya hisobi, audit sohasining professional, mahoratli,
shaxsiy tajribalar va intuitsiyalarda aldanmaydigan kadrlarni tayyorlash ustuvor
vazifamiz bo‘lmog‘i kerak.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlari va moliyaviy hisobotlarni tuzish asosida buxgalteriya hisobini bosqichmabosqich tashkil etish jahon integratsiyasiga yanada ko‘proq kirib borish imkonini
beradi. Bu respublikamizda buxgalteriya hisobini isloh qilish va modernizatsiya
qilishning yangi bosqichi bo‘ladi. Yuqorida bildirilgan taklif va xulosalarda keltirilgan
ishlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda moliyaviy hisobotni xalqaro
standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Toshkent sh., 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 sonli.
2. Tohirovich, Q. N. (2021). International financial accounting standards in
Uzbekistan.
3. Нурматов, О. Т. (2018). Вопросы соответствия международным
стандартам национального стандарта бухгалтерского учёта Республики
Узбекистан. Вопросы науки и образования, № 11 (23).
4. Ro‘ziyev, A., & Xurramov, A. (2022). Iqtisodiyotda raqamli transformatsiya
masalalari //Академические исследования в современной науке, № 1(13). 213-219.
5. Ro‘ziyev, A., & Xurramov, A. (2022). Raqamli transformatsiya va ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishdagi munosabatlar. Development and innovations in
science, 1(13), 29-35.
6. Xurramov, A. X. (2019). Umumtaʼlim maktablarida kasb-hunarga
yo‘naltirishda profilli sinflarning o‘rni.

7. Хуррамов, А. Х. (2022). Informаtikа dаrslаridа o‘yin texnologiyаlаridаn
foydаlаnishning sаmаrаlаri. Finland International Scientific Journal of Education,
Social Science & Humanities, 10 (11), 175-178.

8. Хуррамов, А. Х. (2022). ОБЩИЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ
ЭЛЕКТРИЧЕСКИХ СИСТЕМ. Uzbek Scholar Journal, 10, 248-253.

9. Умирзоқов, Ж. А. (2022) Махсус иқтисодий зоналарда инвестицион
фаолликни ошириш истиқболлари. И.ф.ф.д.(PhD) дисс.автореф. – Тошкент.

10. Гулбаев, Н. А., & Хуррамов, А. Х. (2022). Общие характеристики
электрических систем. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar
jurnali, 2(13), 100-105.

REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro
standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Toshkent sh., 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 sonli. (In Uzbek)
2. Tohirovich, Q. N. (2021). International financial accounting standards in
Uzbekistan.
3. Nurmatov, O. T. (2018). Voprosi sootvetstviya mejdunarodnim standartam
natsionalnogo standarta buxgalterskogo uchyota Respubliki Uzbekistan. Voprosi nauki
i obrazovaniya, № 11 (23). (In Russian)
4. Ro‘ziyev, A., & Xurramov, A. (2022). Iqtisodiyotda raqamli transformatsiya
masalalari //Akademicheskiye issledovaniya v sovremennoy nauke, № 1(13). 213-219.
(In Uzbek)
5. Ro‘ziyev, A., & Xurramov, A. (2022). Raqamli transformatsiya va ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishdagi munosabatlar. Development and innovations in science,
1(13), 29-35. (In Uzbek)
6. Xurramov, A. X. (2019). Umumtaʼlim maktablarida kasb-hunarga
yo‘naltirishda profilli sinflarning o‘rni. (In Uzbek)
7. Xurramov, A. X. (2022). Informatika darslarida o‘yin texnologiyalaridan
foydalanishning samaralari. Finland International Scientific Journal of Education,
Social Science & Humanities, 10 (11), 175-178. (In Uzbek)
8. Xurramov, A. X. (2022). Obshie xarakteristiki elektricheskix sistem. Uzbek
Scholar Journal, 10, 248-253. (In Russian)
9. Umirzoqov, J. A. (2022) Maxsus iqtisodiy zonalarda investitsion faollikni
oshirish istiqbollari. I.f.f.d.(PhD) diss.avtoref. – Toshkent. (In Uzbek)
10. Gulbayev, N. A., & Xurramov, A. X. (2022). Obshiye xarakteristiki
elektricheskix sistem. O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar
jurnali, 2(13), 100-105. (In Russian)