TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA OCHIQ AXBOROT-TA’LIM
MUHITINING IMKONIYATLARI
OPPORTUNITIES OF THE OPEN INFORMATION-EDUCATION
ENVIRONMENT IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION
ВОЗМОЖНОСТИ ОТКРЫТОЙ ИНФОРМАЦИОННО-
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЫ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА
ОБРАЗОВАНИЯ
Elmurodov Jamshid Asatillayevich,
ORIENTAL universiteti,
Aniq fanlar kafedrasi dotsenti
+998 97 440-01-64
mr_elmurodov@.ru
Annotatsiya: Bugungi kunda mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh
qilish va takomillashtirish orqali umumta’lim maktablarini yangi sifat bosqichiga
kо‘tarish dolzarb masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. Kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan, yangi qabul qilingan Davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishini
ta’minlashda turli xil zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish lozimligi belgilab о‘tilgan. Jumladan, har bir о‘quv fani
bо‘yicha darslik, о‘qituvchilar uchun uslubiy qо‘llanma bilan birgalikda ochiq
axborot-ta’lim muhitini ham ta’lim jarayoniga joriy etish dolzarb vazifa sifatida
qо‘yilgan. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarining ta’lim-tarbiya jarayonida ochiq
axborot-ta’lim muhitini tatbiq etish bugungi ta’lim jarayoni uchun zaruriy pedagogik
vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida ochiq axborot-ta’lim
muhitidan foydalanishning imkoniyatlari haqida sо‘z boradi.
Kalit sо‘zlar: ochiq axborot-ta’lim muhiti, kompyuter texnologiyalari, elektron
ta’lim resurslari.
Annotation: Today in our country, one of the urgent issues is to bring secondary
schools to a new qualitative level by reforming and improving the system of continuing
education. The necessity of using various modern educational technologies, as well as
information and communication technologies in ensuring compliance with the
requirements of the newly adopted state educational standards was noted. In particular,
an urgent task has been set to introduce an accessible information and educational
environment into the educational process, along with a textbook on each academic
subject, a methodological guide for teachers. The introduction of an accessible
information and educational environment into the educational process of secondary
schools is a necessary pedagogical tool of the modern educational process. This article
discusses the possibilities of using an accessible information and educational
environment in the educational process.
Keywords: open information and educational environment, computer
technologies, electronic educational resources.
Аннотация: Сегодня в нашей стране одним из актуальных вопросов
является вывод общеобразовательных школ на новый качественный уровень
путем реформирования и совершенствования системы непрерывного
образования. Отмечена необходимость использования различных современных
образовательных и информационно-коммуникационных технологий в
обеспечении выполнения требований вновь принятых государственных
образовательных стандартов. В частности, поставлена актуальная задача
внедрения в образовательный процесс доступной информационнообразовательной среды вместе с учебником по каждому учебному предмету,
методическим пособием для учителей. Внедрение доступной информационнообразовательной среды в учебно-воспитательный процесс общеобразовательных
школ является необходимым педагогическим инструментом современного
образовательного процесса. В данной статье рассматриваются возможности
использования доступной информационно-образовательной среды в учебновоспитательном процессе.
Ключевые слова: открытая информационно-образовательная среда,
компьютерные технологии, электронные образовательные ресурсы.
KIRISH
Jahonda umumiy о‘rta ta’lim maktab о‘quvchilarining fanlardan savodxonlik
darajasini baholashda PISA (The Programme for International Student Assessment)ga
yо‘naltirilgan Learning Management System (LMS), Moodle, Microsoft Teams kabi
tizimlarini yaratish, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanib о‘qitish hamda
о‘quvchilarning axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalarini
shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Fanlardan о‘quvchilarning
savodxonligi va kompetensiyasini aniqlash, о‘qitish sifatini oshirish, nazariymetodologik va uslubiy asoslarini takomillashtirishga mо‘ljallangan ochiq axborotta’lim muhitlarini yaratish alohida dastur sifatida kо‘zda tutilgan.
Respublikamizda umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining о‘quv-tarbiya jarayonini
samarali tashkil etish, zamonaviy ochiq axborot-ta’lim muhitlarini yaratish hamda
о‘qitishning muqobil yondashuvlarini о‘rganishga va ilmiy asoslashga yо‘naltirilgan
amaliy tusdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirishning me’yoriy asoslari yaratilgan. Xalq
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Matematika va tabiiy
yо‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga, ya’ni, PISAga
yо‘naltirilgan umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini baholashning milliy
tizimini yaratish; barcha umumiy о‘rta ta’lim muassasalarini yagona ma’lumotlarni
uzatish tarmog‘iga birlashtirish hamda foydalanish uchun ruxsat etilgan internet
tarmog‘i resurslarini avtomatik filtrlash orqali “xavfsiz maktab interneti”
konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish” kabi ustuvor vazifalar
belgilangan (PF-5712-sonli Farmoni. 29.04.2019 ).
ADABIYOTLAR TAHLILI
Fanlarni о‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
nazariyasi va metodologiyasi, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish hamda
kompyuter texnologiyalarini qо‘llash metodikasi, о‘quv jarayonida Internet
texnologiyalaridan foydalanish usullari, masofadan о‘qitish texnologiyalarini qо‘llash
muammolariga oid olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, L.M.
Qoraxonovaning “Biologiyani о‘qitishda elektron ta’limiy resurslardan foydalanish
metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida)” nomli dissertatsiya ishi (Qaraxonova
L., 2019) doirasida “7-sinf biologiya faniga oid elektron ta’limiy resursi» nomli
qо‘llanma yaratilib (Qaraxonova L.M., 2020), maktab ta’lim jarayoniga tatbiq qilish
orqali о‘qitish samaradorligi oshganligini, U.M. Mirsanovning “Umumiy о‘rta ta’lim
maktablarida matematikani amaliy dasturlar yordamida о‘qitish samaradorligini
oshirish metodikasi (5–6-sinflar misolida)” nomli dissertatsiya ishi (Mirsanov U.,
2018) doirasida “Matematik masalalarni yechuvchi amaliy dastur” (Mirsanov U.,
2019) va “5-sinf matematika fanidan elektron trenajyor” nomli amaliy dasturiy
vositalar yaratilib, 5–6-sinf matematika ta’limi samaradorligi oshishiga hissa
qo‘shilganligi, G.S. Ergashevaning “Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy
vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish” nomli dissertatsiya ishi
doirasida “Biologiyada axborot-kommunikatsion texnologiyalar. Elektron darslik”
ishlab chiqilib, biologiya fani о‘qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalarining о‘quv
faoliyatiga joriy etilgan va samarali natijalarga erishilganligini, D.X. Turdiboyevning
“Akademik litseylarda pedagogik texnologiyani qо‘llab, geometriyani о‘qitish
metodikasi va amaliyoti” nomli dissertatsiya ishi doirasida “Geometrik teoremalarni
isbotlashga о‘rgatuvchi dastur” nomli elektron о‘quv vositasi yaratilib, akademik litsey
о‘quvchilarini geometriya fanidan isbotlashlarga oid ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga
erishilganligini, S.Q. Tursunovning “Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va
ularni joriy qilishning metodik asoslari (pedagogika oliy ta’lim muassasalari “Webdizayn” fani misolida)” (Tursunov S., 2011) nomli dissertatsiya ishi doirasida “Webdizayn” nomli elektron qо‘llanma ishlanishi natijasida pedagogika oliy ta’lim
muassasalarining “Web-dizayn” fanini о‘qitish samaradorligi oshganligi, M.X.
Allambergenovaning “Informatikadan interaktiv о‘quv majmualar yaratish va ulardan
ta’lim jarayonida foydalanish” (Allambergenova M., 2012) nomli dissertatsiya ishi
doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari. Oliy pedagogika о‘quv yurtlari
uchun interaktiv о‘quv majmua” nomli elektron о‘quv-uslubiy majmuasi yaratilib,
pedagogika oliy ta’lim yо‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga informatika fanini
о‘qitishda qо‘llash orqali ta’lim sifati oshirilganligi, I.E. Shernazarovning “Axborot-
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar integratsiyasida organik kimyo fanini
о‘qitish metodikasini takomillashtirish” nomli dissertatsiya ishi doirasida “Axborotkommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar integratsiyasida organik kimyo fanini
о‘qitish metodikasini takomillashtirish” (Shernazarov I., 2018) nomli elektron о‘quv
qо‘llanmasi yaratilib, kimyo fani chuqurlashtirib о‘qitiladigan akademik litseylarda
“Organik kimyo” fanini ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali, ushbu fanning о‘qitish
samaradorligi oshganligini kо‘rish mumkin.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ta’lim sifatini o‘rganishga qaratilgan ushbu tadqiqotda sifat va miqdoriy usullarni
o‘z ichiga olgan aralash usulli tadqiqot yondashuvi amalga oshirildi.
Ochiq axborot-ta’lim muhitining hozirgi holati, shuningdek, kompyuter
texnologiyalari va elektron ta’lim resurslarining ta’lim sifatiga ta’sirini tushunish
uchun adabiyotlar o‘rganildi. Ulardan olingan ma’lumotlar tadqiqot uchun nazariy asos
yaratdi. Bundan tashqari, ta’lim sohasidagi asosiy ishtirokchilar, jumladan,
o‘qituvchilar, ekspertlar va sohaga mas’ul shaxslar bilan suhbatlar orqali mavjud
vaziyat haqidagi axborot to‘plandi.
Sifat va miqdoriy usullarning uyg‘unligi kompyuter texnologiyalari va elektron
ta’lim resurslarini ta’lim amaliyotiga integratsiya qilishning murakkabligi va
imkoniyatlarini chuqur tushunish imkonini berdi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bugungi kunda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda axborot-ta’lim
muhitining imkoniyatlari kengayib, о‘quv jarayoni uchun samarali vosita sifatida
xizmat qilmoqda. Ushbu resurslardan biri ochiq axborot-ta’lim muhiti bо‘lib, u
umumiy о‘rta ta’lim muassasalari uchun alohida xususiyatga ega.
Ayni paytda, umumiy о‘rta ta’lim maktablarining о‘quv jarayoniga kompyuter
texnologiyalarini joriy etishda, uning pedagogik vazifalarining uch xil yо‘nalishi
mavjud:
о‘rganilayotgan fanlarni о‘qitish samaradorligini oshirish;
ma’lum bir uslubni shakllantirish;
о‘quvchilarning fikrlashini va bilimga bо‘lgan qiziqishini faollashtirish.
Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishda ochiq axborot-ta’lim muhiti muhim
pedagogik vosita bо‘lib xizmat qiladi.
Bu borada, I.G. Zaxarovaning fikriga kо‘ra, ta’lim va tarbiya jarayonini samarali
tashkil etishda axborot-ta’lim muhitlarining imkoniyatlari yuqori hisoblanib, ular
asosida deyarli faol, jonli, kо‘p sensorli interfaol о‘quv muhitini yaratish, ya’ni,
mustaqil ravishda bilim olish va intellektual qobiliyatni rivojlantirishda muhim tizim
sifatida xizmat qiladi. Bu fikrlarning barchasi bevosita о‘quvchilarning bilimini
oshirishga va qiziqishini uyg‘otishga qaratilgan bо‘lib, ta’limning turli darajalarida
kompyuterga yо‘naltirilgan uslubiy tizimlardan foydalanishni nazarda tutadi.
(Мусатаева И., 2008: 227)
L.A. Bachurina, V.K. Vinnik, Y.L. Gavrilova, A.X. Gilmutdinovlarning fikriga
kо‘ra, axborot-ta’lim muhiti va unga joylashtirilgan elektron ta’lim resurslaridan
oqilona foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi. (Захарова И., 2003: 399)
о‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi;
о‘qitishni individuallashtiradi;
о‘quvchilarni faol о‘qishga jalb etadi;
kognitiv faoliyat uchun yangi о‘quv vositasi sifatida xizmat qiladi;
Bizning fikrimizcha, ochiq axborot-ta’lim muhiti audio-vizual axborotning
zamonaviy usullarini qо‘llash va jadallashtirish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, bizga
quyidagi imkoniyatlarni beradi:
kompyuter ekranida fanga oid vizual axborotni taqdim etish orqali
о‘quvchilarning motivlarini oshiradi;
animatsion effektlar yordamida kreativ fikrlashni oshiradi;
vizual ma’lumotlarning deformatsiyasi;
audio-vizual ma’lumotlarni diskret taqdim etish;
vizual ma’lumotlarning tanlangan qismini kattalashtirish orqali sifatli
ma’lumotlarni taqdim etish;
real vaqtdagi voqealarni namoyish etish.
Elektron ta’lim muhitida rasmlarning yangi turlari paydo bо‘lishi an’anaviy
darsliklarga qо‘llanilgan yondashuvlarni tо‘liq rad etish degani emas. An’anaviy
darsliklarning dizaynini tasvirlash sohasida katta tajriba tо‘plangan bо‘lib, unda
rasmlar о‘zining jozibadorligi, psixologik va psixofiziologik nuqtayi nazardan
tanlangan hamda nashr elementlarining fazoviy guruhlanish xususiyatlari, alohida
elementlarning ranglari, hamda idrokning fiziologik jihatlariga (bosib chiqarish
aniqligi, shrift xususiyatlari va boshqalar) e’tibor qaratilgani bilan farqlanadi.
Tasviriy atamaning har ikkala talqini oddiy qog‘oz darsliklari va о‘quv
qо‘llanmalariga, shuningdek, zamonaviy ochiq axborot-ta’lim muhitiga teng darajada
tegishli ekanligini tushunish muhimdir. Bundan tashqari, tasvirlashga ehtiyoj shundan
kelib chiqadiki, hozirgi paytda о‘quv jarayonini axborotlashtirishning barcha
vositalaridan о‘quv-ma’lumotlarining asosiy fundamental yoki kо‘rish murakkab
bо‘lgan tasvirlarni ishonchli va tushunarli ravishda tushuntirish uchun foydalanish
kerak.
Ochiq axborot-ta’lim muhitidagi о‘quv-ma’lumotlar ikki о‘lchovli va uch
о‘lchovli grafik tasvirlar (rasmlar, fotosuratlar, diagrammalar, grafikalar, sxemalar),
ovozli lavhalar, animatsiyali va video roliklar shaklida taqdim etiladi. Ushbu vositalar
yordamida taqdim etiladigan kо‘plab о‘quv fanlariga oid ochiq axborot-ta’lim muhiti
yaratilgan. Ulardan о‘quv jarayonida interfaol о‘qitish vositasi sifatida keng kо‘lamda
foydalanib kelinmoqda.
Shu bilan birga, ochiq axborot-ta’lim muhiti interfaollik va har xil turdagi
ma’lumotlarga moslashuvchanlikning о‘ziga xos ijobiyligi bilan о‘quvchilarning
individual xususiyatlarini hisobga olish, ularning motivatsiyasini oshirishga yordam
beradigan samarali interaktiv ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.
Interfaollikni ta’minlash multimedia vositalarining eng muhim afzalliklaridan
biridir. Interfaollik ma’lum chegaralar doirasida ma’lumotlarning taqdim etilishini
boshqarish imkoniyatini beradi, masalan, о‘quvchilar tomonidan egallanilishi lozim
bо‘lgan о‘quv-ma’lumotlarni individual ravishda о‘zgartirish.
Ochiq axborot-ta’lim muhiti kо‘plab ma’lumot turlarini mazmunli va uyg‘un
ta’minlashga hamda kompyuter texnologiyalari yordamida о‘quv-ma’lumotlarni turli
shakllarda taqdim etishga imkon beradi: rasmlar, shu jumladan, skaner qilingan
fotosuratlar, xaritalar va taqdimotlar; ovozli yozuvlar; video effektlar; animatsiyalar va
animatsion simulyatorlar.
Qoida tariqasida, jozibador rasmlar yoki animatsiyalar bilan birga taqdimotlar
statik matnga qaraganda vizual jihatdan yanada jozibali bо‘lib, taqdim etilgan о‘quvma’lumotlarni tо‘ldirishda kerakli hissiyot darajasini saqlab, mashg‘ulot
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ochiq axborot-ta’lim muhitidan foydalanish о‘quvchilarga turli fanlarga oid
jarayon, hodisa va geometrik shakllarni namoyish etish imkonini beradi. Ya’ni, turli
xil о‘quv uslublari kontekstida ishlatilishi mumkin. Misol uchun, о‘qish, tinglash va
ma’rifiy video mahsulotlarni kо‘rish orqali. Bu esa umumiy о‘rta ta’lim maktablarining
ta’lim va tarbiya jarayonida ochiq axborot-ta’lim muhitidan foydalanish orqali
о‘quvchilarga turli xil tartibda ta’lim olishga imkon beradi – о‘quv-ma’lumotlarni
qanday tartibda о‘zlashtirishni, axborot vositalarining interfaol imkoniyatlaridan
foydalanishni va о‘z tengdoshlari bilan qо‘shma topshiriqlarni qanday tartibda amalga
oshirishni hal qiladi. Natijada, о‘quvchilar о‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga
aylanadi.
О‘quvchilar turli fanlarga oid ochiq axborot-ta’lim muhitida bo‘lganda ularning
shaxsiy qobiliyatlari va xohishlari о‘quv jarayoniga ta’sir kо‘rsatadi. Bunda, ular
о‘zlarini qiziqtiradigan о‘quv-ma’lumotni о‘rganishi, turli topshiriqlar, misol va
masalalarni yechish usullarini video lavhalar orqali takrorlab mustahkamlaydi. Bu esa
о‘quvchilarning turli vazifalarni bajarish, misol va masalalar yechish uchun tо‘g‘ri
idrok qilish hissini uyg‘otadi.
Shuningdek, о‘quv jarayonida о‘quvchilarning individual uslubi va о‘qish
sur’atini, qiziqishini oshirishga, hamda fikrlash jarayonini rivojlantirish uchun
samarali hisoblanib, u quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: faoliyat bilan bog‘liq ijobiy
hissiyot, bilganidan xursand bo‘lish va hokazo. Bunda о‘quvchilarning fanlarga oid
bilish qobiliyati ixtiyoriy harakatlar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Ya’ni, kognitiv
vazifalar, bilimlarni mustaqil о‘zlashtirish, hamda uning subyektiv pozitsion
(ajablanish hissi, intellektual tuyg‘u, quvonch, umid qilish, muvaffaqiyat hissi)
tashabbuskorligini kuchaytiradigan ijobiy his-tuyg‘ularni yodda tutish о‘rinlidir.
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida fanlarni о‘qitishda ochiq axborot-ta’lim
muhitining imkoniyatlaridan foydalanish bir qator didaktik tamoyillarga asoslangan
bо‘lib, ularni zamonaviy ta’lim jarayonida har bir о‘quvchining imkoniyatlarini
hisobga olgan holda samarali tashkil etish uchun kо‘rib chiqish mumkin. Bu о‘quv
jarayonini individuallashtirib, о‘quvchilarni jalb qilish orqali mustaqil bilim olish
imkoniyatini yaratadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun yaratiladigan ochiq axborot-ta’lim muhiti
o‘quv-uslubiy maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi illyustrativ elementlarni o‘z
ichiga olishi, ya’ni, unda kompyuterning multimediali imkoniyatlaridan mumkin qadar
maksimal darajada foydalanish zarur. Bundan navbatdagi boblarga giper bog‘lanish
hosil qilish hamda zarur bo‘lganda tashqi veb-resurslarga ham murojaat qilish lozim.
Ochiq axborot-ta’lim muhitining bunday ko‘p tarmoqli va murakkab tuzilmasini
yaratishning alohida uslubiy va didaktik asoslarini ishlab chiqish vazifasini keltirib
chiqaradi. (Элмуродов Ж., 2021: 245-251)
Shuning uchun ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratishda har bir bosqichda u
tajribadan o‘tkazilib baholanadi (1-rasmga qarang) (mualliflar yoki buyurtmachilar
tomonidan). Agar mavjud kamchiliklar aniqlansa, uni bartaraf etib, navbatdagi
bosqichga o‘tiladi. Tayyorlangan ochiq axborot-ta’lim muhitini baholash va sozlash
jarayoniga e’tibor qaratish lozim. Bu butun rivojlanishni ta’minlaydi. Keyinchalik
ma’lum bir xatolik aniqlansa, tuzilmani va dasturiy vositani o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
Masalan, ishning dastlabki bosqichlarida aniqlangan o‘quv natijalarini tavsiflashdagi
kamchiliklarni ochiq axborot-ta’lim muhiti uchun ssenariy tayyorlash paytida
(natijalarga qarab) kam mehnat sarflash orqali tuzatish mumkin. Ammo, agar sinov va
materiallarni yakuniy baholash paytida shunga o‘xshash muammolar aniqlansa, unda
rivojlanish maqsadlarini qayta o‘zgartirish, mavjud versiyaga o‘zgartirishlar kiritishni
sinov jarayonidan so‘ng qayta bajarishga to‘g‘ri keladi. Bu esa takroriy mehnatni va
vaqtni talab etadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha talablariga mos ochiq axborot-ta’lim
muhitini yaratishda, asosan, jamoaviy mutaxassislarning ijodi orqali samarali
natijalarga erishish mumkin. Unda matematik, informatik, pedagog, psixolog, hamda
dizayner mutaxassislari bo‘lishi lozim. Ushbu jamoa birgalikda ta’lim oluvchiga
zamonaviy integratsiyalashgan bilimlarni beradigan va kreativ fikrlashini oshiradigan
elektron ta’lim resurslarni taqdim etib, ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun esa ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratuvchi
algoritmni takomillashtirish lozim. (Элмуродов Ж., 2021: 245-251)
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish va
joriy etishda quyidagi bosqichlarni amalga oshirish lozim:
o‘quv maqsadini aniqlash;
ssenariyni tayyorlash;
beta versiyasini tayyorlash;
sinash va baholash;
rivojlantirish;
ta’lim tizimiga joriy etish.
Ushbu bosqichlarning amalga oshirish algoritmi 1-rasmda keltirilgan.
Boshlash
Salbiy Ijobiy
О‘quv maqsadini aniqlash Agar, о‘quv
maqsadi
ўқув
Baholash va korreksiyalash Salbiy Agar, Ijobiy
ssenariy
Ssenariyni tayyorlash
Salbiy
Agar, beta Ijobiy
versiyasi
Beta vyersiyasini tayyorlash
Salbiy Ijobiy
Sinash va baholash Agar,
Rivojlantirish natijalar
Ta’lim tizimiga joriy etish
1-rasm. Ochiq axborot-ta’lim muhitini yaratish va ta’lim tizimiga joriy etish
algoritmi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, umumiy о‘rta ta’lim maktablarining ta’lim-tarbiya
jarayonida ochiq axborot-ta’lim muhitini tatbiq etish bugungi ta’lim jarayoni uchun
zaruriy pedagogik vosita hisoblanadi. Shuning uchun undan foydalanishga oid о‘quv
maqsadlari, vazifalari, mazmuni va tashkiliy shakllari qat’iy kо‘rib chiqilishi lozim.
Bu borada o‘quv rejasiga zamonaviy ta’lim va kommunikatsiya texnologiyalarini
kiritish orqali talabalar mavzuni tushunishi va faolligini oshiradigan ko‘plab resurslar
va interfaol ta’lim vositalaridan foydalanishlari mumkin. Elektron ta’lim resurslari va
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish davlat ta’lim standartlarini joriy etishni
qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki o‘qitishga va o‘quvchiga yo‘naltirilgan
yondashuvni ham ta’minlaydi. Ochiq axborot-ta’lim muhitining afzalliklarini hisobga
olgan holda, o‘qituvchilar va mutasaddilarga ushbu vositalar va resurslarni ta’lim
tizimiga integratsiyalashuviga ustuvor ahamiyat berishni davom ettirish tavsiya etiladi.
Maktablar zarur infratuzilma va o‘qituvchilarni o‘z sinflarida ushbu texnologiyalardan
samarali foydalanishlari uchun o‘qitishga sarmoya kiritishlari kerak. Bundan tashqari,
mavjud resurslarni doimiy ravishda takomillashtirish va kengaytirish uchun
o‘qituvchilar, mutasaddilar va kontent yaratuvchilar o‘rtasidagi hamkorlik zarur.
Ochiq axborot va ta’lim muhiti imkoniyatlaridan foydalanish orqali biz
o‘quvchilarni raqamli asrda muvaffaqiyatli hayotga tayyorlaydigan yanada inklyuziv,
innovatsion va samarali ta’lim tizimini yaratishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-sonli Farmoni. – Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 06/19/5712/3034-son, 29.04.2019 y.
2. Qaraxonova, L.M. (2020) Biologiyani o‘qitishda elektron ta’limiy
resurslardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida). Pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. – Toshkent.
3. Qaraxonova, L.M. (2019) 7-sinf biologiya faniga oid elektron ta’limiy
resursi. –Toshkent.
4. Mirsanov, U.M. (2018) Matematik masalalarni yechuvchi amaliy dastur
(umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun). – Toshkent.
5. Mirsanov, U., Toxirov, F. (2018) 5-sinf matematika fanidan elektron
trenajyor. –Toshkent.
6. Tursunov, S.Q. (2011) Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va
ularni joriy qilishning metodik asoslari. Pedagogika fanlari nomzodi dissertatsiyasi
avtoreferati. – Toshkent.
7. Мусатаева, И. С. (2008) Методика разработки и использования средств
информационно-коммуникационных технологий для формирования
геометрической компетентности учащихся основной школы. Диссертация. –
Алма-Ати.
8. Захарова, И. Г. (2003) Формирование информационной образовательной
среди высшего учебного заведения: дис. ... д-ра пед. наук: 13.00.01 / И. Г.
Захарова. – Тюмень.
9. Elmurodov, J.A. (2019) Multimedia ilovalarining umumta’lim maktablarida
ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni // О‘zbekistonda pedagogika fani va uning istiqbollari:
Respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Toshkent.
10. Обрубова А. В. (2015) Формирование структурно-функциональной
модели электронно-образовательного ресурса по искусствознании в условиях
вузовской подготовки педагога-художника // Дисс... на соиск. учен. степ, канд.
пед. наук. – Санкт-Петербург.
11. Элмуродов Ж.А. (2021) Умумий ўрта таълим муассасалари учун очиқ
ахборот-таълим муҳитини яратиш методикаси // TDPU I.A. – Тошкент.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-sonli Farmoni. – Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 06/19/5712/3034-son, 29.04.2019 y. (In Uzbek)
2. Qaraxonova, L.M. (2020) Biologiyani o‘qitishda elektron ta’limiy resurslardan
foydalanish metodikasini takomillashtirish (7-sinf misolida). Pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi avtoreferati. – Toshkent. (In Uzbek)
3. Qaraxonova, L.M. (2019) 7-sinf biologiya faniga oid elektron ta’limiy resursi.
–Toshkent. (In Uzbek)
4. Mirsanov, U.M. (2018) Matematik masalalarni yechuvchi amaliy dastur
(umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun). – Toshkent. (In Uzbek)
5. Mirsanov, U., Toxirov, F. (2018) 5-sinf matematika fanidan elektron trenajyor.
–Toshkent. (In Uzbek)
6. Tursunov, S.Q. (2011) Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni
joriy qilishning metodik asoslari. Pedagogika fanlari nomzodi dissertatsiyasi
avtoreferati. – Toshkent. (In Uzbek)
7. Musatayeva, I. S. (2008) Metodika razrabotki i ispolzovaniya sredstv
informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy dlya formirovaniya geometricheskoy
kompetentnosti uchaщixsya osnovnoy shkoli. Dissertatsiya. – Alma-Ati. (In Russian)
8. Zaxarova, I. G. (2003) Formirovaniye informatsionnoy obrazovatelnoy sredi
visshego uchebnogo zavedeniya: dis. ... d-ra ped. nauk: 13.00.01 / I. G. Zaxarova. –
Tyumen. (In Russian)
9. Elmurodov, J.A. (2019) Multimedia ilovalarining umumta’lim maktablarida
ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni // O‘zbekistonda pedagogika fani va uning istiqbollari:
Respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Toshkent. (In Uzbek)
10. Obrubova A. V. (2015) Formirovaniye strukturno-funksionalnoy modeli
elektronno-obrazovatelnogo resursa po iskusstvoznanii v usloviyax vuzovskoy
podgotovki pedagoga-xudojnika // Diss... na soisk. uchen. step, kand. ped. nauk. –
Sankt-Peterburg. (In Russian)
11. Elmurodov J.A. (2021) Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari uchun ochiq
axborot-taʼlim muhitini yaratish metodikasi // TDPU I.A. – Toshkent. (In Uzbek)