ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekiston ekoturizmidagi muammolar va yechimlar

Nurullayev Hoshimjon Hamidovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘ZBEKISTON EKOTURIZMIDAGI MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

PROBLEMS AND SOLUTIONS IN THE ECOTOURISM OF UZBEKISTAN

ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ ЭКОТУРИЗМА УЗБЕКИСТАНА

Nurullayev Hoshimjon Hamidovich,
Oriental universiteti

Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o‘qituvchisi,
Tel: +998 94 546-74-64

hoshimnurullaev@gmail.com

Annotatsiya: O‘zbekistonda ekoturizm ham mahalliy aholi, ham tashrif
buyuruvchilar orasida ekologik madaniyatni oshirish bilan birgalikda yuksalib
bormoqda. Zamonaviy davrda sayyohlar mahalliy jamiyatlar bilan o‘zaro aloqalar,
madaniyatlarni o‘rganishga qiziqish va noyob ekotizimlar va yovvoyi tabiatni
kuzatishni o‘z ichiga olgan yanada mazmunli sayohat usullarini qidirmoqdalar.
Tog‘lardan cho‘llarga qadar turli xil ekologiyaga ega O‘zbekiston ekoturizm uchun
ulkan salohiyatga ega mamlakatdir. Ushbu ekoturizm resurslaridan samarali
foydalanish va sayyohlik tajribasining xalqaro standartlarga mos kelishini ta’minlash
orqali O‘zbekiston katta ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy manfaatlarga erisha oladi. Bu
borada O‘zbekistonning imkoniyatlari maqolada tahlil etilgan. Mas’uliyatli turizm
amaliyotlari orqali mamlakatning tabiiy yashash joylari va yovvoyi tabiatini saqlab
qolish nafaqat ko‘proq tashrif buyuruvchilarni jalb qilishi, balki tabiatni muhofaza
qilish va mahalliy hamjamiyatlarning umumiy farovonligiga ham hissa qo‘shishi
mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ekoturizm O‘zbekistonda barqarorlikni
ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin.

Kalit so‘zlar: Turizm, ekoturizm, ekotizim, tabiat, ekologik muammolar,
infratuzilma, ekosayyohlar.

Annotation: In Uzbekistan, ecotourism is growing along with increasing
ecological culture among both local residents and visitors. In modern times, tourists
are looking for more meaningful ways to travel that include interactions with local
communities, an interest in learning about cultures, and observing unique ecosystems
and wildlife. Uzbekistan is a country with a huge potential for ecotourism, with a
variety of ecology from mountains to deserts. By effectively using these ecotourism
resources and ensuring that the tourist experience meets international standards,
Uzbekistan can achieve great social, environmental and economic benefits. The
possibilities of Uzbekistan in this regard were analyzed in the article. Preserving a
country’s natural habitats and wildlife through responsible tourism practices can not
only attract more visitors, but also contribute to conservation and the overall well-being

of local communities. Analyzes show that ecotourism can play a decisive role in
ensuring stability and environmental protection in Uzbekistan.

Key words: Tourism, ecotourism, ecosystem, nature, environmental problems,
infrastructure, ecotourists.

Аннотация: В Узбекистане экотуризм развивается вместе с повышением
экологической культуры как среди местных жителей, так и среди гостей. В наше
время туристы ищут более осмысленные способы путешествий, которые
включают взаимодействие с местными сообществами, интерес к изучению
культур и наблюдение за уникальными экосистемами и дикой природой.
Узбекистан – страна с огромным потенциалом экотуризма, с разнообразной
экологией от гор до пустынь. Эффективно используя эти ресурсы экотуризма и
обеспечивая соответствие туристического опыта международным стандартам,
Узбекистан может добиться больших социальных, экологических и
экономических выгод. В статье проанализированы возможности Узбекистана в
этом плане. Сохранение естественной среды обитания и дикой природы страны
посредством ответственной практики туризма может не только привлечь больше
посетителей, но и способствовать сохранению природы и общему благополучию
местных сообществ. Анализы показывают, что экотуризм может сыграть
решающую роль в обеспечении стабильности и защиты окружающей среды в
Узбекистане.

Ключевые слова: Туризм, экотуризм, экосистема, природа, экологические
проблемы, инфраструктура, экотуристы.

KIRISH
Ekoturizm bu atrof-muhitni saqlaydigan, mahalliy aholi salomatligini qo‘llabquvvatlaydigan va zamin bilan bog‘liq tasavvurlarimizni boyitadigan tabiiy
hududlarga sayohat qilish demakdir. Boshqa turizm turlariga nisbatan ekoturizm atrofmuhitga kamroq ta’sir ko‘rsatish uchun kichikroq miqyosda tashkil etiladi. Bunday
faoliyat tabiat uchun, ayniqsa tabiiy va texnogen resurslardan foydalanish nuqtayi
nazaridan ziyonsiz hisoblanadi. Eng ijobiy tomonlaridan biri shundaki, ekoturizm
hududning tabiiy go‘zalligini saqlashga yordam beradigan ma’lum miqdordagi
mablag‘ni taqdim etadi. Daromadlar mahalliy aholini turizm bilan hamkorlik qilishga
va o‘sha joyning tabiiy holatini saqlab qolishga imkoniyat yaratadi va bu turizm
sohasini rivojlantirish uchun turtki bo‘lishi mumkin. Mahalliy madaniyat va turistik
faoliyatning turlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan tabiiy joylar iqtisodiy faoliyatda
sezilarli daromad keltiradi. Ekoturizm mamlakat va uning mahalliy aholisi uchun
barqaror rivojlanish imkoniyati bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekiston o‘zining
iqlimiy va tabiiy o‘ziga xosligi tufayli ekoturizmni rivojlantirishda yuqori salohiyatga
ega. O‘zbekistonda tabiat turizmining istiqbolli yo‘nalishlarini targ‘ib qilish uchun biz
mavjud muammolarga to‘g‘ri yechim topishimiz kerak. Ushbu maqolada
O‘zbekistonning ekoturizm imkoniyatlari va ushbu sohani rivojlantirishdagi to‘siqlarni

bartaraf etish ko‘rib chiqiladi. Maqolada quyidagi savollar va muammolarga javob
qidiriladi:

– O‘zbekiston qanday tabiiy resurslarga ega?
– O‘zbekiston tabiiy resurslaridan ekoturizmni rivojlantirish uchun foydalana
oladimi?
– Bu tabiiy imkoniyatlar O‘zbekiston turizmi uchun qanchalik ijobiy natijalar
berishi mumkin?
– Ekoturizm faoliyatini tashkil etishda qanday to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin?
– Bu qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin?

ADABIYOTLAR TAHLILI
Atrof-muhitni asrash butun dunyo bo‘ylab odamlar va tashkilotlarni sayohat
paytida ekologik barqarorlikka nisbatan ko‘proq tashvishlanishni talab qiladi. 1980-
yillarda ekoturizm tushunchasi shunchaki sayyohlarning tabiatga zavqlanish uchun
chiqishi va atrof-muhitni avaylash to‘g‘risidagi ta’limga murojaat etishi sifatida qabul
qilingan. Biroq, ekoturizm tushunchasi XXI-asrda atrof-muhitni muhofaza qilish,
iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish va madaniyatni saqlash, inson huquqlari va
tegishli axloqiy masalalar uchun ijtimoiy qatlamni jalb qilishning muhim elementlarini
o‘zida mujassam etgan holda har tomonlama ishlab chiqilgan. Umuman olganda,
turizm sanoati mezbon davlatning iqtisodiy o‘sishiga katta hissa qo‘shadi. Masalan,
yangi ish o‘rinlari yoki yangi biznes korxonalarini tashkil etish, mehmonxona sanoati,
oziq-ovqat va ichimliklar sanoati, transport va yo‘l xizmatlari uchun daromad keltiradi.
Biroq, barqaror bo‘lmagan turizm muhitining oqibatlari kishini o‘ylantiradi. Aksariyat
tanqidchilar turizmni buzg‘unchi deb hisoblaydilar. Yangiliklarda tabiatni achinarli
ahvolda qoldiradigan sayyohlar haqida xabarlar berilmoqda. (Qureshi M., Khan N.,
Ahmad S., Raza H., 2020: 73) Shovqin qilinishi, yer va suvning ifloslanishi, havo
musaffoligining buzilishiga olib keladigan holatlar, turar joy qurish bilan bog‘liq
faoliyat va biologik xilma-xillikning yo‘qolishiga olib keladigan boshqa notabiiy
xususiyatlar ekoturizm uchun muammodir. (Balmford A., Bond W., 2005: 11) Shuning
uchun, ekoturizm konsepsiyasi sayyohlarga nafaqat tabiatni asrash mas’uliyatini
o‘rgatadi, balki mezbon jamoaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga yordam beradi.
(Sriarkarin S., Lee C., 2018: 119)
1992-yilda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi turizmning tabiatga tahdidi
mavjudligini e’tirof etdi. Hukumat turizmni barqaror rivojlantirishga chaqirmoqda.
(Betz C., Mihalic D., Pinto M., Raffa R., 2000: 15) Barqaror ekoturizmni rivojlantirish
uchun uchta asosiy tamoyilga ega bo‘lgan integratsiyalashgan va inklyuziv
boshqaruvni amalga oshirish kerak: madaniy jihatdan mos, iqtisodiy jihatdan foydali
va ekologik jihatdan sezgir boshqaruv. (Cater E., 1993: 123) Boshqa tomondan,
ekoturizm uchta masala doirasida bir-biriga bog‘lanishi kerakligi ta’kidlanadi: atrofmuhitni muhofaza qilish, mahalliy aholini ekspluatatsiya qilmaslik va mezbon
jamoaning ijtimoiy-madaniy an’analarini hurmat qilish. Bu borada davlat tomonidan
mahalliy tashkilotlarga imtiyozlar beriladi. Sayyohlik dunyosining barqarorligi

ijtimoiy asosga ega ekoturizmga asoslanadi. U ekologik, ijtimoiy va madaniy
barqarorlikka e’tibor qaratadi, muammolarni yechishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
(Scarpaci C., Parsons E., 2014: 32) Mahalliy hamjamiyat tabiiy muhit va resurslar,
hududlarning himoyachisi bo‘lib, ular madaniy faoliyat, atrof-muhit va turmush tarzi
bo‘yicha ham mutaxassislar hisoblanadilar.

Institutsional yordamlar ham ekoturizmni rivojlantirishda muvaffaqiyatga
erishish uchun muhim sanaladi. Dunyoda ekoturizm haqida turli xil qarashlar va fikrlar
mavjud. (Khan N., Qureshi M., Mustafa I., Irum S., Arshad R., 2020: 75)
Tadqiqotchilar ekoturizmni mahalliy hamjamiyatning imkoniyatlarini
kengaytirmasdan, yashash uchun imkoniyatlar hozirlamasdan va turizm haqida
ma’lumot bermasdan rivojlantirish mumkin emas, deb hisoblaydilar. (Khan N.,
Qureshi M., Mustafa I., Irum S., Arshad R., 2020: 78) Vaqt o‘tgan sayin aholi sonining
ko‘payishi va tabiiy resurslarning kamayishi kuzatilmoqda. Bu esa ekoturizmning yana
bir muammosidir. Ekoturizm siyosatini amalga oshirish tamoyillari bunday vaziyatda
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ekoturizmning rivojlanishi yangi ish o‘rinlarini
yaratish, mehmonxona sanoati va transport xizmatlari uchun yangi biznes
imkoniyatlarini taqdim etadi. Diversifikatsiya va ba’zi iqtisodiy imtiyozlar ham
ekoturizm bilan ortadi. (Khan N., Qureshi M., Mustafa I., Irum S., Arshad R., 2020:
79) Sayyohlar mahalliy hududdagi hunarmandchilik mahsulotlari va mahalliy taomlar
bilan tanishadilar. Bu mahalliy aholi uchun moddiy tomondan foydalidir. Sohilbo‘yi
hududlar va orollar misolida dengiz turizmi ko‘proq iqtisodiy o‘sishni keltirib
chiqarmoqda. Tog‘li hududlarda esa gidlik xizmati odatda mahalliy sayyohlar uchun
ko‘proq bo‘ladi. Ba’zi hollarda ekoturizmning rivojlanishi sayyohlarning ko‘plab
iste’mollarini qondirib berayotgan mahalliy hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari va oshxona xizmatlari kabi xo‘jalik tizimining o‘sishiga ham sabab
bo‘ladi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqola ushbu sektor bo‘yicha O‘zbekistonning turli ekoturizm obyektlarida
mahalliy hokimiyat organlarining muvaffaqiyatli ekoturistik faoliyatida ishtirok etishi
haqidagi fikrlari va tushunchalarini yoritishga qaratilgan. Ma’lumotlar nashr etilgan
manbalar va kitoblardan to‘plangan. Ekoturizmga oid so‘nggi maqolalar turizm
sohasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. O‘zbekistonda ekoturizm to‘siqlarini
aniqlash uchun turli statistik ma’lumotlar to‘plandi.
Tadqiqot materiallari asosan kitoblar, maqolalar va internet resurslariga
asoslangan. Yakuniy tahlil uchun O‘zbekistonning ko‘plab joylariga tashrif buyurish
yordam berdi. Ekoturizm uchun sharoit yaxshi tashkil etilgan joylarni qiyosiy
o‘rganish orqali mavjud muammolarga yechim topish osonroq bo‘ldi.

TAHLIL VA NATIJALAR
O‘zbekiston qulay geografik joylashuvi tufayli ajoyib tabiiy xususiyatlarga ega.
Mamlakat to‘rt xil iqlim zonasini birlashtiradi. Oʻzbekiston sharq va gʻarb kesishgan

qismda joylashgan boʻlib, oʻziga xos iqlim xususiyatini namoyon etadi.
Sayohatchilarni uning g‘ayritabiiyligi bilan hayratda qoldirish mumkin: keng cho‘llar,
o‘simlik va hayvonot olamining ko‘plab noyob turlari joylashgan tabiat qo‘riqxonalari,
ajoyib tog‘ tizmalari va turli daryo va ko‘llar mavjud. O‘zbekiston dengizdan olisda
joylashgan bo‘lsa-da, turli xil ulkan sun’iy ko‘llar mamlakat tabiatiga o‘zgacha
go‘zallik baxsh etadi. Oʻzbekistonning katta qismini tekisliklar qoplagan. Ularning eng
yiriklaridan biri Turon tekisligidir. Ikki yirik cho‘l – Qizilqum va Qoraqum butun
mamlakat bo‘ylab Tyan-Shan etaklarigacha bir necha yuz kilometr uzunlikda
cho‘zilgan. O‘zbekistonning ulug‘vor tog‘lari har yili baland tog‘ cho‘qqilarini zabt
etadigan ko‘plab sayyohlar va alpinistlarni o‘ziga maftun etadi. Chiroyli sharsharalar,
o‘tloqlar, qo‘riqxonalar, o‘rmon zonalari, g‘orlar va qadimiy sivilizatsiya joylari – bu
mamlakatning go‘zal tog‘li hududlari haqida hali hammasi emas.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida Orol dengizi joylashgan boʻlib, u Oʻrta
Osiyodagi yopiq koʻl hisoblanadi. XX asr oʻrtalarida Orol dengizi maydoni 68 ming
km² boʻlgan dunyodagi toʻrtinchi eng katta koʻl edi. Kengligi 284 km, uzunligi 426 km
ga yetgan edi. 1970-yillarda Orol dengizida 34 turdagi baliq yashagan.

XX asrning 30-yillarida irrigatsiya kanallari qurila boshlandi. Suv mintaqa
qishloq xo‘jaligini yuksaltirishga qaratilgan edi. Bu ikkinchi yirik paxta plantatsiyasini
yaratish imkonini berdi. Natijada Orol dengizining nozik muvozanati buzildi. Dengiz
tezda sayoz bo‘lib qoldi. Bir necha o‘n yillar o‘tgach, Orol dengizi ikki qismga
bo‘lindi.

Jahon sayyohlik tashkilotining tadqiqotiga ko‘ra, 2014-yilda O‘zbekistonda
sayyohlarning eng ko‘p shikoyati noqulayliklar haqida bo‘lgan. O‘zbekistonda
turizmning salbiy ko‘rinishlariga barham berish uchun turizmning barcha turlarini
isloh qilish zarur hisoblanadi. Mamlakatda ekoturizmni rivojlantirishdan oldin
quyidagi bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim:

 Rivojlangan mamlakatlarning ekoturizm sohasidagi tajribasi va ilg‘or
texnologiyalarini chuqur o‘rganish;

Rivojlangan mamlakatlarning tabiatga asoslangan turizmi uchun, ekoturizmga
tizimli yondashuvlar va murakkab yechimlarni ishlab chiqishga tayyor bo‘lgan har
qanday davlat uchun bu juda muhimdir. To‘g‘ri, qaror qabul qilish uchun xalqaro
tavsiyalar zarur. Ularning tajribasi, albatta, har qanday rivojlanayotgan davlatga
foydali bo‘ladi.

 Ham mahalliy, ham xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Ekoturizmni rivojlantirish uchun ko‘proq investitsiyalar talab etiladi. Bu
ko‘pincha barqarorlik darajasini oshirishga qaratilgan loyihalar uchun kerakli
hisoblanadi. Hamkorlik ekoturizmni rivojlantirish tashabbuslarini boshqarish uchun
zarurdir.
 Infratuzilmani yaxshilash; (transport infratuzilmasi, shu jumladan, transport
xizmati sifati, yo‘l sharoitlari, temir yo‘l va aeroport)

Turistik yo‘nalishlar qulay bo‘lishi kerak. Bu, o‘z navbatida, yo‘l va transport
sharoitlarini yaxshilashni talab qiladi. Aloqa tarmoqlarini o‘rnatish ham juda muhim.

 Davlat investitsiyasi;

 Mahalliy aholi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; (mahalliy aholi bu joyning
ekologik holatini yaxshiroq biladi va ularda ajoyib g‘oyalar bo‘lishi mumkin)

 Hududlarda dam olish maskanlarini yaratish; (velosiped yo‘llari, konkilar,
yurish yo‘llari kabi)

 Soha bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash; (ular ushbu sohada malakaga ega
bo‘lishi kerak. Ayrim korxonalar xodimlarni o‘qitishga pul sarflamaydilar)

 Birlashtirilgan sayyohlik xizmatlarini yaratish; (sayyohlar o‘zlari ko‘p
yo‘nalishlarni bilmaganliklari uchun ularga qulaylik yaratish lozim)

Bunday paketlar ko‘proq qulayliklarga ega bo‘lishga va sayyohlarning bu yerga
qayta-qayta kelishiga imkon yaratadi. Misol uchun, odamlar qushlarni tomosha
qilishlari, an’anaviy ovqat tayyorlashlari va birgalikda kechki ovqat qilishlari hamda
qishloqlarga tashrif buyurishlari mumkin.

 Zamonaviy kommunikatsiyalarni yaratish; (aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish
imkonini beradigan sohalarni targ‘ib qilish uchun zamonaviy texnologiyalardan
muvaffaqiyatli foydalanish)

Xususiy sektorlarni O‘zbekiston hukumati tomonidan ko‘proq qo‘llabquvvatlash, ayniqsa, yetarli tajribaga ega xorijiy hamkorlar bilan ishlash kerak. Xorijiy
mutaxassislar bilan ishlash turizmning barcha sohalari uchun kelajak istiqbollarini
kafolatlaydi. Rivojlangan mamlakatlarning ekoturizmdagi muvaffaqiyat
strategiyalarini o‘rganish, albatta, foydali bo‘ladi. O‘quv dasturlari yordamida odamlar
atrof-muhit haqida to‘liq xabardor bo‘lib, ularning harakatlari barqarorlikka qanday
ta’sir qilishi mumkinligini tushunadi.

Odamlarni mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalash ham davr talabidir. Bu orqali bir
xillikka asoslangan sayyohlik turini har tomonlama taraqqiy etgan sayyohlik
faoliyatlariga aylantirish imkonini beradi. O‘zbekiston ekoturizmni, jumladan, tog‘
turizmini, cho‘l turizmini va boshqa ko‘plab turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun
katta salohiyatga ega. Aniq strategiyalar bilan mamlakat o‘zining ajoyib ekoturizm
yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.

XULOSA
Hozirgi vaqtda ekoturizm tushunchasi faqat tabiiy hududlarda bo‘lganligi uchun
qabul qilinmaydi. Unga nisbatan talab bundan ham ko‘proq – butun sayyorani himoya
qilishdir. Bu dunyo mamlakatlar iqtisodiyoti va biologik xilma-xillikni himoya qilish
afzalliklarini o‘zida mujassam etuvchi tabiatni muhofaza qilish subyekti bo‘lib
qolmoqda. Bu turizmning keng rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Bugungi kunda
talabning 10% qismi turizmning ushbu turiga qaratilgan. Zamonaviy sayyohlar nafaqat
tanlangan joy tabiatini o‘rganishga tayyor, balki ular bundan yangi narsalarni topishni

istashadi. O‘zbekistonning cho‘llaridan tortib muzliklarigacha, tog‘laridan
vodiylarigacha bo‘lgan rang-barang ekologiyasi katta ekoturizm salohiyatiga ega
mamlakatga aylanish imkonini taqdim etadi. Bunday imkoniyatlar juda ko‘p,
jumladan, yovvoyi tabiatni kengaytirish markazi, milliy bog‘lar va davlat
qo‘riqxonalari mavjud. O‘zbekiston eng yaxshi ekoturizm markazlaridan biri bo‘lish
salohiyatiga ega bo‘lsa-da, bu borada hali ham ko‘p to‘siqlar mavjud. Ularga ko‘proq
e’tibor qaratish lozim.

Hozirgi sayyohlik tashkilotlari ko‘plab to‘siqlarni yengib, mamlakatda
ekoturizmni mustaqil targ‘ib qila olmaydilar. O‘zbekistonda ekoturizm infratuzilmasi
har tomonlama o‘zgartirilishi va xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarilishi kerak.
Tabiiy resurslarning bunday ko‘pligi bilan na iqlim, na boshqa muammolar mamlakat
ekoturizmi uchun to‘siq bo‘lmasligi kerak. Buning o‘rniga O‘zbekistonda yozgi
quyoshli kunlardan ham o‘ziga xos imkoniyat sifatida foydalanish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Qureshi, M., Khan, N., Ahmad Hassan Gillani, and Raza, H. (2020) A
systematic review of past decade of mobile learning: What we learned and where to
go. Int. J. Interact. Mob. Technol., vol. 14, no. 6. – pp. 67–81.
2. Balmford, A., Bond, W. (2005) Trends in the state of nature and their
implications for human well-being. Ecology Letters, vol. 8, no. 11. – pp. 1218–1234.
3. Sriarkarin, S., Lee, C. (2018) Integrating multiple attributes for sustainable
development in a national park. Tour. Manag. Perspect., vol. 28. – pp. 113–125.
4. Betz, C., Mihalic, D., Pinto, M., Raffa. R. (2000) Could a common biochemical
mechanism underlie addictions? Journal of Clinical Pharmacy and Therapeutics, vol.
25, no. 1. – pp. 11–20.
5. Sharpley R. (2000) Tourism and sustainable development: Exploring the
theoretical divide. J. Sustain. Tour., vol. 8, no. 1. – pp. 1–19.
6. Riasi, A., Pourmiri, S. (2016) Examples of Unsustainable Tourism in Middle
East. Environ. Manag. Sustain. Dev., vol. 5, no. 1.
7. Cater, E. (1993) Ecotourism in the third world: problems for sustainable
tourism development. Tourism Management, vol. 14, no. 2. – pp. 85–90.
8. Cosgrove, D. (1997) Assembly and enlargement of the primary cell wall in
plants. // Annu. Rev. Cell Dev. Biol., vol. 13, no. 1. – pp. 171–201.
9. Chalker, S. (1994) Pedagogical grammar: Principles and problems.
10. Epa, U. (2011) Memorandum of Understanding between United Nations
Environment Programme and EPA.
11. Higgins-Desbiolles F. (2009) Indigenous ecotourism’s role in transforming
ecological consciousness. // Ecotourism, vol. 8, no. 2. – pp. 144–160.
12. Khan, N., Qureshi, M. (2020) A systematic literature review on online medical
services in Malaysia. // Int. J. online Biomed. Eng., vol. 16, no. 6. – pp. 107–118.
13. Bhatti, M., Qureshi, M., Zaman, K. Future of air travel industry: relation of
growth and consumer satisfaction.

14. Scarpaci, C., Parsons, E. (2014) Recent Advances in Whale-Watching
Research: 2012–2013. Tour. Mar. Environ., vol. 10, no. 1. – pp. 121–140.

15. Reimer, J., Walter, P. (2013) How do you know it when you see it?
Community-based ecotourism in the Cardamom Mountains of southwestern
Cambodia. Tour. Manag., vol. 34. – pp. 122–132.

16. Khan, N., Qureshi, M., Mustapha, I., Irum, S., Arshad, R. (2020) A systematic
literature review paper on online medical mobile applications in Malaysia. // Int. J.
online Biomed. Eng., vol. 16, no. 1. – pp. 63–82.

17. Adnan Akin. (2016) Ekoturizm Alanlarının Değerlendirilmesi ve Ekoturizmin
Uygulanabilirliğinin Araştırılması (Gaziantep Örneği). International Journal of Social
and Economic Sciences 6 (2). – pp. 25-31

18. Ecotourism local infrastructure items. http://ecogo.org
19. Ecotourism in Uzbekistan. http://ca.araarour.com
20. Ecotourism in Uzbekistan: Prospects and Opportunities. http://uzbekistan.lv
21. Ecological Tours in Uzbekistan. http://centralasia-adventures.com
22. Ecotourism in Uzbekistan: All the Beauty of Uzbekistan Nature.
http://advantour.com

REFERENCES:
1. Qureshi, M., Khan, N., Ahmad Hassan Gillani, and Raza, H. (2020) A
systematic review of past decade of mobile learning: What we learned and where to
go. Int. J. Interact. Mob. Technol., vol. 14, no. 6. – pp. 67–81.
2. Balmford, A., Bond, W. (2005) Trends in the state of nature and their
implications for human well-being. Ecology Letters, vol. 8, no. 11. – pp. 1218–1234.
3. Sriarkarin, S., Lee, C. (2018) Integrating multiple attributes for sustainable
development in a national park. Tour. Manag. Perspect., vol. 28. – pp. 113–125.
4. Betz, C., Mihalic, D., Pinto, M., Raffa. R. (2000) Could a common biochemical
mechanism underlie addictions? Journal of Clinical Pharmacy and Therapeutics, vol.
25, no. 1. – pp. 11–20.
5. Sharpley R. (2000) Tourism and sustainable development: Exploring the
theoretical divide. J. Sustain. Tour., vol. 8, no. 1. – pp. 1–19.
6. Riasi, A., Pourmiri, S. (2016) Examples of Unsustainable Tourism in Middle
East. Environ. Manag. Sustain. Dev., vol. 5, no. 1.
7. Cater, E. (1993) Ecotourism in the third world: problems for sustainable
tourism development. Tourism Management, vol. 14, no. 2. – pp. 85–90.
8. Cosgrove, D. (1997) Assembly and enlargement of the primary cell wall in
plants. // Annu. Rev. Cell Dev. Biol., vol. 13, no. 1. – pp. 171–201.
9. Chalker, S. (1994) Pedagogical grammar: Principles and problems.
10. Epa, U. (2011) Memorandum of Understanding between United Nations
Environment Programme and EPA.
11. Higgins-Desbiolles F. (2009) Indigenous ecotourism’s role in transforming
ecological consciousness. // Ecotourism, vol. 8, no. 2. – pp. 144–160.

12. Khan, N., Qureshi, M. (2020) A systematic literature review on online medical
services in Malaysia. // Int. J. online Biomed. Eng., vol. 16, no. 6. – pp. 107–118.

13. Bhatti, M., Qureshi, M., Zaman, K. Future of air travel industry: relation of
growth and consumer satisfaction.

14. Scarpaci, C., Parsons, E. (2014) Recent Advances in Whale-Watching
Research: 2012–2013. Tour. Mar. Environ., vol. 10, no. 1. – pp. 121–140.

15. Reimer, J., Walter, P. (2013) How do you know it when you see it?
Community-based ecotourism in the Cardamom Mountains of southwestern
Cambodia. Tour. Manag., vol. 34. – pp. 122–132.

16. Khan, N., Qureshi, M., Mustapha, I., Irum, S., Arshad, R. (2020) A systematic
literature review paper on online medical mobile applications in Malaysia. // Int. J.
online Biomed. Eng., vol. 16, no. 1. – pp. 63–82.

17. Adnan Akin. (2016) Ekoturizm Alanlarının Değerlendirilmesi ve Ekoturizmin
Uygulanabilirliğinin Araştırılması (Gaziantep Örneği). International Journal of Social
and Economic Sciences 6 (2). – pp. 25-31 (In Turkish)

18. Ecotourism local infrastructure items. http://ecogo.org
19. Ecotourism in Uzbekistan. http://ca.araarour.com
20. Ecotourism in Uzbekistan: Prospects and Opportunities. http://uzbekistan.lv
21. Ecological Tours in Uzbekistan. http://centralasia-adventures.com
22. Ecotourism in Uzbekistan: All the Beauty of Uzbekistan Nature.
http://advantour.com