ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Kurash turlarida sportchilarning chidamliligini rivojlantirish va musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish usullari

Murodov Kamoliddin Nuritdinovich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

KURASH TURLARIDA SPORTCHILARNING CHIDAMLILIGINI
RIVOJLANTIRISH VA MUSOBAQA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI

OSHIRISH USULLARI

METHODS FOR IMPROVING STRENGTH ENDURANCE AND
INCREASING THE EFFECTIVENESS OF COMPETITIVE ACTIVITY OF

ATHLETES IN WRESTLING

МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ СИЛОВОЙ ВЫНОСЛИВОСТИ И
ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ СОРЕВНОВАТЕЛЬНОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СПОРТСМЕНОВ В БОРЬБЕ

Murodov Kamoliddin Nuritdinovich,
Oriental universiteti dotsenti v.b.,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Tel: +998 90 997-11-99

kamoliddinm506@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada kurashchilarning chidamliligi va
raqobatbardoshligini oshirish uchun qo‘llaniladigan usullar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot
maxsus sport jihozlari orqali kurashchilarning mushaklar kuchini baholashni o‘z ichiga
oladi. Kurash, yunon-rum kurashi, belbog‘li kurash, dzyudo, sambo bo‘yicha tajribali
sportchilar moslashtirilgan mashqlar va maxsus murabbiylar yordamida kuch va
chidamlilik bo‘yicha chiniqtirilmoqda. Ushbu rivojlanish usullarining samaradorligi
ish faoliyatini yaxshilash orqali namoyon bo‘ladi. Sportchilarning jismoniy
imkoniyatlarini oshirishda maxsus sport kiyimlari, maxsus yordamchi va
rivojlantiruvchi mashqlar, hamda mashg‘ulot vositalaridan foydalanish hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, kuch va chidamlilik darajasini
optimallashtirish uchun mo‘ljallangan, yanada samarali raqobatbardosh
ko‘rsatkichlarga olib keluvchi haftalik o‘quv dasturlari havola qilingan. Ushbu
tadqiqot kurash turlari bo‘yicha sportchilarning umumiy jismoniy chidamliligini
yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, maqsadli tayyorgarlik va maxsus texnikaning
muhimligini ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar: Maxsus sport kostyumlari, maxsus yordamchi mashqlar, maxsus
rivojlantiruvchi mashqlar, mashq jihozlari, jismoniy mashqlar, haftalik dasturlar,
kuch, chidamlilik.

Annotation: This article examines the methods used to enhance the strength
endurance and competitive performance of wrestlers. The study involves assessing the

muscular strength of wrestlers through specialized sports equipment. Experienced
athletes in wrestling, Greco-Roman wrestling, belt wrestling, judo, and sambo are
trained in strength and endurance using tailored exercises and specialized trainers. The
effectiveness of these developmental methods is demonstrated through improved
performance. The use of special sports suits, specific auxiliary and developmental
exercises, as well as simulators, play a crucial role in enhancing the athletes’ physical
capabilities. The article also outlines weekly training programs designed to optimize
strength and endurance levels, ultimately leading to a more effective competitive
performance. This study focuses on improving the overall physical abilities of athletes
in wrestling disciplines, highlighting the importance of targeted training and
specialized techniques.

Keywords: special sports suits, special auxiliary exercises, special
developmental exercises, simulators, physical exercises, weekly programs, strength,
endurance.

Аннотация: В данной статье рассмотрены методы повышения силовой
выносливости и соревновательных результатов борцов. Исследование
предполагает оценку мышечной силы борцов с помощью специального
спортивного инвентаря. Опытные спортсмены по борьбе, греко-римской борьбе,
борьбе на поясах, дзюдо и самбо тренируются в силе и выносливости с помощью
индивидуальных упражнений и у специализированных тренеров.
Эффективность этих методов развития демонстрируется улучшением
производительности. Важнейшую роль в повышении физических возможностей
спортсменов играет использование специальных спортивных костюмов,
специальных вспомогательных и развивающих упражнений, а также тренажеров.
В статье также описываются еженедельные программы тренировок,
предназначенные для оптимизации уровня силы и выносливости, что в конечном
итоге приводит к более эффективным соревновательным выступлениям. Данное
исследование посвящено улучшению общих физических способностей
спортсменов борцовских дисциплин, подчеркивая важность целенаправленной
подготовки и специализированных приемов.

Ключевые слова: специальные спортивные костюмы, специальные
вспомогательные упражнения, специальные развивающие упражнения,
тренажеры, физические упражнения, еженедельные программы, сила,
выносливость.

KIRISH
Sportning kurash turida yuqori va doimiy natijalarga erishish uchun, avvalo,
kurashchining jismoniy tayyorgarlik darajasi birinchi raqamli ahamiyatga ega. Shu

bilan birga, uning kuch, tezlik, chidamlilik, epchillik va egiluvchanlik kabi harakat
sifatlarini rivojlantirish (buning zamirida inson harakat imkoniyatlarining alohida
tomonlari) nazarda tutiladi. Ushbu izoh 30 yil oldin ham turli shakllarda aytilgan edi.
O‘sha davrdan beri tadqiqotchilar tasavvurlarida hech qanday tubdan o‘zgarish ro‘y
bergan emas. Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sog‘lomlashtiruvchi jismoniy
madaniyat, hamda kurashning texnikasi va taktikasini o‘rganish bilan birgalikda
o‘tkaziladi. Shug‘ullanish jarayonining ushbu tomonlari uyg‘unlikda moslashadi va
biri ikkinchisini ta’minlaydi. (Мadkarimov R., 2020: 35)

Har bir sport turida harakatlanishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ular ushbu
sport turining maqsadga yo‘naltirilganligi, tashqi shartlar va musobaqalar qoidalari
bilan belgilanadi. Shuning uchun, aniq sport harakati qanday tuzilganligi va amalga
oshirishini tushunib, uning takomillashtirilishi haqida to‘g‘ri qaror qabul qilish
mumkin. Shu qatorda jismoniy tayyorgarlik vositalari yordamida ham buning imkoni
mavjud. Hammaga ma’lumki, jismoniy xususiyatlar tabiiy tarzda o‘zaro bog‘liq -
birining takomillashtirilishi ikkinchisining namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Biror
bir jismoniy xususiyatni kurashchi uchun yetakchi deb ajratish qiyin masaladir. Ammo
sport kurashining zamonaviy tendensiyalarini inobatga olgan holda ta’kidlash
mumkinki, hozirgi vaqtda sportchining chidamligiga eng yuqori talablar qo‘yilmoqda.
(Kerimov F., 2001: 141)

Umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari kurashchilarning har tomonlama
rivojlanishiga yordam beradigan va uning uchun zarur bo‘lgan maxsus sifatlarni
takomillashtirishga ta’sir etuvchi, shuningdek, sportchining boshqa faoliyat turiga
o‘tishiga hamda hayotiy muhim ko‘nikma va malakalarni egallashida asosiy vosita
bo‘lib xizmat qiladigan sifatlar kompleksini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Kurashchilar uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalarini tanlashda quyidagi
muhim qoidalarni hisobga olish zarur:

• Mashqlar kurashchi uchun asab tolalari va mushaklarining bardoshlilik
darajasiga va organizmdagi barcha sistemalarning ish rejimiga yaqin bo‘lishi kerak.

• Mashqlar maxsus sifatlarni rivojlantirishga yordam berishi lozim. Masalan,
yakkama-yakka kurash elementlari bo‘lgan ba’zi bir akrobatik mashqlar, sherigi bilan
qarshilik ko‘rsatilgan holda juft-juft bo‘lib bajariladigan mashqlar va hokazo.

• Mashqlar harakat koordinatsiyasini rivojlantirishi hamda sportchi faoliyatini
o‘zgaruvchan vaziyatlardagi xilma-xil harakat shakllari bilan boyitishi kerak. Masalan,
sport o‘yinlari: basketbol, kichraytirilgan maydonda o‘ynaladigan futbol, gimnastika
va boshqalar shular jumlasidadir.

• Mashqlar sportchining harakat tizimi faoliyatining tezroq tiklanishiga xizmat
qilishi kerak. Bularga sayrlar, krosslar, harakatli o‘yinlar, bamaylixotir suzib yurish va
ochiq havoda o‘zgacha sharoitda o‘tkaziladigan boshqa o‘yinlar kiradi. Uzluksiz yakka

kurashning besh yoki sakkiz daqiqasi davomida yuqori faollikni namoyish qilishga
intilib, raqibning kuchli qarshiligini yengib, kurashchi o‘sib borayotgan charchoq
holatida turli texnik-taktik harakatlarni samarali bajara olishi zarur. (Аbdiyev А., 2004:
122)

Shuning uchun murabbiy doimiy tarzda kurashchining turli jismoniy
xususiyatlarini takomillashtirib borishi lozim. Ular esa sportchiga kurashning samarali
texnik va taktik tomonlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
2022-yil yanvar oyidan boshlab tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish
uchun 5 oy davomida pedagogik tajriba tashkil etildi. Tajriba ishlari Toshkent shahar
Bektemir tumani sport maktabining malakali erkin kurashchilar guruhida, turli
tayyorgarlikdagi sportchilar mashg‘ulotlarida olib borildi. Besh oylik tajriba bosqichi
oxirida nazorat musobaqalari va sportchilar jismoniy tayyorgarligi o‘zgarishlarini
bilish maqsadida nazorat mashqlari o‘tkazildi. Haftalik sikldan iborat 5 ta mashg‘ulot
rejalashtirildi.
Maxsus pedagogik tajriba uchun malakali erkin kurashchilar tanlab olindi va har
bir jamoadan 12 nafardan tajriba guruhiga va 12 nafardan nazorat guruhga ajratildi.
Tadqiqot jarayonida klassik mashqlarni bajarishda yo‘l qo‘yiladigan
kamchiliklarni yo‘q qilish hamda mashqlarni bajarish texnikasini bexato o‘zlashtirish
uchun uskunada bajariladigan mashqlar texnikasini takomillashtirishga qaratilgan
mashqlar orqali mashg‘ulot yuklamalarini amalga oshirish rejalashtirildi. Biz
tomonimizdan maxsus sport uskunasida bajariladigan mashqlar texnikasini to‘g‘ri
o‘zlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan maxsus yordamchi va rivojlantiruvchi
mashqlar guruhlari ishlab chiqildi. (1-rasmga qarang)

1-Rasm. Erkin
kurashchilarning
mashg‘ulotini “Zanjir”
uslubida tashkil etish
jarayoni

Ushbu suratda aks etganidek, erkin kurashchilarning mashg‘ulotlarini “Zanjir”
uslubida tashkil etish jarayonida murabbiy pedagogik kuzatishlar va maxsus test
mashqlar natijalarini tahlil qilish yo‘li bilan shug‘ullanuvchilarning qobiliyati haqida
kerakli ma’lumot oladi. Agar maqsad erkin kurashchilarning jismoniy sifatlarini
aniqlashdan iborat bo‘lsa, keyinchalik bundan-da muhim vazifa qo‘yiladi:
mashg‘ulotlarning metodlari va vositalaridan foydalangan holda kurashchilarni
viloyat, respublika, mamlakat terma jamoalariga tayyorlashga kirishiladi.

1-jadval

“Zanjir” uslubida tayyorgarlik harakatlari:
1. Sport uskunasida qo‘lni tirsak qismidan bukish.

Sherikni belidan ushlab ko‘tarish va aylantirish.

2. Sport uskunasida qo‘lni tirsak qismidan bukish.

Sherikni belidan ushlab o‘ng va chap tomonga egish.

3. Yuqoridan qo‘llar bilan tortib yelka qismidan bukish.

Ko‘prik holatida chap va o‘ng tomonga aylana yugurish.

4. Sport uskunasining dastagini aylantirish.

Asosiy holatdan ko‘prik holatiga o‘tish.

5. Pastdan ikki qo‘l bilan tortish.

Parter holatidan ko‘prik holatiga egilib o‘tish.

6. Oyoqni tizza qismidan bukish.

Sherik bilan o‘tirib turish.

7. Chalqancha yotib shtanga ko‘tarish.

Maxsus mashqni sherik bilan ko‘prik holatida bajarish.

8. Yelkadan oshirib tashlash usulini bajarish.

Sherikni belidan ushlab oldinga egish.

Erkin kurashchilar uchun kuch chidamliligini rivojlantirishga qaratilgan
“Zanjir” uslubini qo‘llash sxemasi 1-jadvalda ko‘rsatilgan va bu mashqlar majmuasi
kurashchilarning kuch chidamliligini rivojlantirishga mo‘ljallangan. “Zanjir”
uslubining o‘ziga xos xususiyati shundaki, mashqlar birgalikda va uzluksiz, birinketin, soniga qarab uzilishlarsiz yoki qisqa dam olish oralig‘ida amalga oshiriladi.
Mashg‘ulotning umumiy vaqti 2 soat bo‘lib, umumiy mashqlar soni 16 tani tashkil
etadi.

Avvalambor, chigal yozdi mashqlari 15 daqiqa bajarilgandan so‘ng, mashqlarni
rasmda keltirilgan sonlarga qarab takrorlashlar soni hamda vazn og‘irligi har
haftada ko‘paytirib boriladi. Har bir mashq oralig‘idagi dam olish vaqti 3 daqiqani,
har bir bajarishlar oralig‘idagi dam olish vaqti esa 2 daqiqani tashkil etadi. Masalan,

erkin kurashchilarning kuch-chidamliligini rivojlantirish uchun mashqlar
kompleksida quyidagi mashqlar keltirilgan: (Karelin А., 2002: 342)

1- Qo‘lni tirsak qismidan uskuna yordamida bukish (tik turgan holatda)
2- Raqibni belidan ushlab ko‘tarish

1- Qo‘lni tirsak qismidan uskuna yordamida bukish (o‘rindiqqa o‘tirgan
holatda)

2- Raqibni beli va qo‘lidan ushlab ko‘tarish

1- Yuqoridan qo‘llar bilan tortib yelka qismidan bukish
2- Ko‘prik holatida chap va o‘ng tomonga aylana yugurish

1- Old tomondan qo‘llar bilan tortib yelka qismidan bukish
2- Asosiy holatdan ko‘prik holatiga o‘tish

1- Pastdan qo‘llar bilan tortish
2- Ko‘prik holatida depsinib o‘tish

1- Oyoqni tizza qismidan bukish
2- Raqibni yelkaga mindirib o‘tirib turish

1- Gavdani oldinga ko‘tarib bel qismidan bukish
2- Raqib bilan ko‘prik holatida kurashchilarning maxsus mashqini bajarish

1- Yelkadan oshirib tashlash
2- Raqibni qo‘lda ko‘tarib o‘tirib turish

TAHLIL VA NATIJALAR

Sportchilarda kuch chidamliligini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan
qiyosiy tahlilda kurashchilar va boshqa malakali sportchilar ishtirok etdilar.
Tayyorgarlik davrining haftalik mikrodavr qismi uchun quyidagicha reja ishlab
chiqildi. Mikrodavrning olti kunida texnik-taktik mashqlar qo‘llandi.

Bunda birinchi va oltinchi kundagi mashg‘ulotda oddiy murakkablikdagi
mashqlardan foydalanildi. Ikkinchi va beshinchi kunlari kuchni rivojlantirishga
mo‘ljallangan mashqlar qo‘llanildi. Olti kunlik mashg‘ulotdan ikkinchi kundagisi
katta yuklamali, uchinchi kundagisi o‘rtacha va birinchi kundagisi kichik yuklamali
bo‘ldi. Uslubiy ko‘rsatmalarga asosan maxsus tayyorgarlik bosqichi yanvar
boshidan taqvim musobaqalari boshlanishining birinchi kuniga qadar davom etdi.
Haftalik mikrodavrlar o‘rtacha tartib va mazmunga asoslangan mashg‘ulotlardan
iborat bo‘ldi. Mikrodavrning to‘rt kunida tezkorlik sifatlarini rivojlantirishga
qaratilgan mashqlar bajarildi. O‘ziga xos bo‘lmagan mashqlar haftalik
mikrodavrning birinchi va uchinchi kunlari amalga oshirildi. E’tiborli tomoni
shundaki, mashqlarning katta qismi oddiy va o‘rtacha koordinatsion murakkablikka
ega. Bu mashqlarning aksariyati kurashchilarni musobaqa sharoitiga tayyorlaydigan

texnik-taktik harakatlarni yechishda yuqori aniqlikni talab qilmaydi. Bu davrda
maxsus yuklamalarning turli variantlari ularning eng yuqori bosqichda
jadallashuvining oshib borishi bilan ta’riflanadi. Musobaqalar oldidan o‘zaro
o‘yinlar orasida bo‘ladigan tanaffuslarda bajariladigan mashg‘ulotlar rejasi tuziladi.
Maxsus tayyorgarlikning bu bosqichida kurashchilar maxsus harakatlarining sifat
jihatdan oshganlik darajasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Haftalik mikrodavrlarda
kuchni rivojlantirish uchun qo‘llanilgan mashqlarning tahlil natijalari quyidagilarni
ko‘rsatadi:

- kurashchilarning o‘quv mashg‘ulotlari davomida bir vaqtning o‘zida ham
kuchni o‘stirish, ham texnik-taktik mahoratni takomillashtiradigan mashqlardan
yetarli miqdorda foydalanilmayapti. Qo‘llanilayotgan mashqlar zamonaviy kurash
talablariga to‘laqonli javob bermaydi: bu muammolar vaqtdan unumli foydalanish,
raqib qarshiligini sindirish, hamda murakkab vazifalarni bajara olishdan iborat;

- kurash jarayonida olib borilgan pedagogik kuzatishlar natijasida
kurashchilarning ekstremal kurash vaziyatida texnik-taktik harakatlarni amalga
oshirishda katta kamchilikka yo‘l qo‘yayotgani tasdiqlandi.

Vazifaning to‘g‘ri yechimi ma’lum miqdorda vaziyatni tez baholash, to‘xtovsiz
o‘zgaruvchan vaziyatni tahlil qilish qobiliyati, unga mos ravishda o‘z harakatlarini
qayta qurish hamda texnik usullarni aniq bajarish bilan bog‘liq.

Quyiroqda asosiy tarkib kurashchilarining test natijalari o‘sishi taqqoslab
ko‘rsatiladi. Bu testni bajarishda kurashchilarga dastlab vazifalar bilan tanishib
chiqish, keyin esa trenajyorlardan foydalanish taklif qilindi.

Murakkab harakatlardagi katta o‘sish bir tomondan qiyin bo‘lgan harakatlarda
kuchning yaxshi darajada ko‘tarilganligini, ikkinchi tomondan, uni rivojlantirish
uchun biz tomonimizdan taklif etilgan mashqlar hamda mashg‘ulotlarda kuch
sifatini rivojlantirish uchun trenajyorlardan foydalanish natijasi ekanligini ko‘rsatdi.
Statistik ma’lumotlarda esa bu natija uncha katta bo‘lmagan holda ko‘rsatilgan.
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, kuch belgilari ko‘p hollarda yaqqol farq bilan
namoyon bo‘ladi. Tajriba va nazorat guruhiga sinaluvchilarni test natijalariga ko‘ra
o‘tkazildi. Tajriba yakunida ularning ko‘rsatkichlari orasidagi tafovut 7 ta
ko‘rsatkichda farqlandi (P<0,05). Jadvaldagi ma’lumotlardan xulosa qilib, tadqiqot
natijalarini havola etamiz. (2-jadval)

O‘ng qo‘lning tirsak qismini uskuna yordamida bukish (tik turgan holatda)
tadqiqot boshidagi natijalar mos ravishda TGda 32,34 va NGda esa 33,08 bo‘ldi.
Tadqiqot yakunida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda TGda 40,58 va NGda 36,77
bo‘ldi. Farq statistik jihatdan ishonchlidir (P<0,05).

Chap qo‘lni tirsak qismidan uskuna yordamida bukish (tik turgan holatda)
mashqida tadqiqot boshidagi natijalar mos ravishda TGda 29,95 va NGda 30,99

bo‘ldi. Tadqiqot yakunida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda TGda 37,99 va NGda
34,41 o‘lchovini tashkil qildi, farq statistik jihatdan ishonchlidir (P<0,05).

2-jadval

Pedagogik tajriba va nazorat guruhi kurashchilarining “Zanjir” usulida olingan kuch
chidamlilik sifati ko‘rsatkichlari (n=24)

№ Nazorat mashqlari Assimmetriya Mod TG (n=12) NG (n=12) tst P
el
1  V% 2  V%

1 Qo‘lni tirsak O‘ng 45 40,58 4,15 10,23 36,77 3,81 10,36 2,24 P<0,05
qismidan uskuna

yordamida bukish Chap 45 37,99 3,99 10,50 34,41 3,62 10,52 2,20 P<0,05
(kg)

(tik turib)

2 Qo‘lni tirsak O‘ng 40 35,99 3,95 10,98 32,44 3,59 11,07 2,20 P<0,05
qismidan uskuna

yordamida bukish Chap 40 32,56 3,61 11,09 29,21 3,29 11,26 2,27 P<0,05
(kg)

(o‘tirib)

3 Yuqoridan qo‘llar Ikki qo‘l bilan

bilan tortib yelka keng ushlab 130 110,91 12,21 11,01 99,55 11,11 11,16 2,28 P<0,05

qismidan bukish (kg)

4 Old tomondan

qo‘llar bilan tortib, Ikki qo‘l bilan 130 108,87 11,81 10,85 97,64 11,79 12,07 2,23 P<0,05
yelka qismidan ushlab

bukish (kg)

5 Sport uskunasining Ikki qo‘lni

dastagini aylantirish o‘ziga qaratib 130 107,92 11,71 10,85 96,81 11,01 11,37 2,29 P<0,05

(kg) ushlash

6 Pastdan qo‘llar bilan Ikki qo‘l bilan 130 102,76 12,77 12,43 99,67 11,41 11,45 0,59 P>0,05
tortish (kg)

7 Oyoqni tizza Ikki oyoq bilan 100 76,88 7,92 10,30 74,79 7,89 10,55 0,62 P>0,05

qismidan bukish (kg)

8 Gavdani oldinga

ko‘tarib bel qismidan Ikki qo‘l bilan 30 11,51 1,51 13,12 11,23 1,22 10,86 0,47 P>0,05

bukilish (kg)

Tajriba guruhini (TG) 12 kishi tashkil etdi. Nazorat guruhi (NG) ham 12 nafar
ishtirokchidan iborat bo‘ldi. TGda mashg‘ulotlar bellashuv olib borishning
individual uslubidan kelib chiqib, aniq ifodalangan o‘ziga xos yo‘nalishi bilan
ajralib turdi. Mashg‘ulotning vosita va usullari har bir vazn toifasining yetakchi
omillariga ko‘ra tanlanganligida aks etdi. NGda mashg‘ulotlar an’anaviy dastur
bo‘yicha o‘tkazildi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Chidamlilikni oshirishga qaratilgan ilmiy ishning xulosasi quyidagilardan iborat:
1. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahliliy o‘rganish asosida, hozirgi kunda
malakali erkin kurashchilarning tayyorgarlik bosqichida zamonaviy texnologiyalar
asosida chidamlilik qobiliyatlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish
bo‘yicha asoslangan ilmiy izlanishlar yetarli emasligi aniqlandi.
2. Erkin kurash sport turida sportchilarning chidamlilik qobiliyatlarini
rivojlantirish va samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan “ZK” sport uskunasi
ishlab chiqildi. (“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual
mulk agentligi qoshidagi Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar
korxonasining 2021-yil 6-avgustdagi 003727-raqamli guvohnomasi) Natijada erkin
kurashchilarning kuch bilan bog‘liq chidamlilik qobiliyatlari rivojlanishi va
jismoniy tayyorgarlik darajasi 15%ga yaxshilangani aniqlandi;
3. Tadqiqot yakunida erkin kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik
ko‘rsatkichlari o‘sishiga oid qiyosiy tahlil bo‘yicha TG va NG ko‘rsatkichlarining
o‘rtacha arifmetik statistik ishonchli o‘sishi (P<0,05). (10 ko‘rsatkichdan 8 tasida
ishonchli) kuzatildi.
4. Erkin kurashchilarning chidamlilik qobiliyatlarini rivojlantirish va
samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan “ZK” sport uskunasida va kurash
gilamida bajariladigan maxsus mashqlar majmualari ishlab chiqildi. Natijada erkin
kurashchilarning chidamlilik qobiliyatlari rivojlanish darajasi 16%ga yaxshilangani
aniqlandi;
5. Malakali erkin kurashchilar tomonidan “ZK” sport uskunasining erkin
kurashchilar chidamliligini rivojlantirish samaradorligiga ijobiy ta’siri e’tirof etildi.
Tadqiqot yakunida TG va NG chidamlilik qobiliyatlari ko‘rsatkichlarida, jumladan,
8 ta ko‘rsatkichda ishonchlilik darajasi namoyon bo‘ldi. (P<0,05).
6. Kurashchilarning turgan holatda qo‘l kuchi samaradorligi 6,48%, kurash
davomida kurashchilarning o‘tirgan holatda qo‘l kuchi samaradorligi 2,28%,
kurashchilarning tepadan tortish mashqida bel kuchining samaradorligi 3,64%
ko‘rsatkichlarida yaxshilanish dinamikasini ifoda etdi.
7. Malakali erkin kurashchilarning chidamliligini oshirish samaradorligiga
yo‘naltirilgan texnologiya musobaqa faoliyatida yutuqlarni belgilaydigan vosita
sifatida o‘z isbotini topdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Karelin, А.А. (2002) Спортивная подготовка борцов высокой
квалификации. – Новосибирск.
2. Kerimov, F.А. (2001) Спорт кураши назарияси ва усулияти. – Тошкент.
3. Аbdiyev, А.N. (2004) Научно-педагогические основы формирования

профессиональных умений тренера у студентов, спесиализирующихся в видах
спортивных единоборств: Автореф. дис. д-ра. пед. наук. – Ташкент.

4. Мadkarimov, R.М. (2020) Ommaviy razryadli og‘ir atletikachilar
mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddatining optimal nisbatlari samaradorligini
aniqlash // FAN – SPORTGA ilmiy-nazariy jurnali. - №2.

5. Bakiyev, Z.А. (2009) Индивидуализация технико-тактической
подготовки борсов на основе автоматизированного анализа соревновательной
деятельности / дис. канд. пед. наук.

6. Хоlmuxammedov, R.D. (2009) Технология подготовки единаборцев на
этапах годичнога цикла: Автореф. дис. д-ра пед. наук. – Тoshkent.

7. Bayazitov, К.F. (2009) Оптимизация тренировочного процесса
тяжелоатлетов высокой квалификации в годичном цикле / дис. канд. пед. наук.

8. Ibrakhimov, S. (2014) Bases of three-stage sports competitions. Journal of
Physical education and coaching, April. DOI: 10.15550/ASJ.2014.05.040

9. Abdulaxatov, A.R., Xudoyberganov, J.S. (2020) Scientific and pedagogical
ways to instill in students the national and universal values through “kurash”. Asian
Journal of Multidimensional Research (AJMR), Volume : 9, Issue : 1. – pp. 44- 47.
DOI : 10.5958/2278-4853.2020.00007.5

10. Nurullayev, Abduhamid (2021) Use of national activity games in physical
training of students. Pedagogika Jurnali (buxdu.uz), № 3.

REFERENCES:
1. Karelin, A.A. (2002) Sportivnaya podgotovka borsov visokoy
kvalifikatsii. – Novosibirsk. (In Russian)
2. Kerimov, F.A. (2001) Sport kurashi nazariyasi va usuliyati. – Toshkent. (In
Uzbek)
3. Abdiyev, A.N. (2004) Nauchno-pedagogicheskiye osnovi formirovaniya
professionalnix umeniy trenera u studentov, spesializiruyuщixsya v vidax
sportivnix yedinoborstv: Avtoref. dis. d-ra. ped. nauk. – Tashkent. (In Russian)
4. Madkarimov, R.M. (2020) Ommaviy razryadli og‘ir atletikachilar
mashg‘ulot yuklamalari hajmi va shiddatining optimal nisbatlari samaradorligini
aniqlash // FAN – SPORTGA ilmiy-nazariy jurnali. - №2. (In Uzbek)
5. Bakiyev, Z.A. (2009) Individualizatsiya texniko-takticheskoy podgotovki
borsov na osnove avtomatizirovannogo analiza sorevnovatelnoy deyatelnosti / dis.
kand. ped. nauk. (In Russian)
6. Xolmuxammedov, R.D. (2009) Texnologiya podgotovki yedinaborsev na
etapax godichnoga sikla: Avtoref. dis. d-ra ped. nauk. – Toshkent. (In Russian)
7. Bayazitov, K.F. (2009) Optimizatsiya trenirovochnogo protsessa
tyajeloatletov visokoy kvalifikatsii v godichnom sikle / dis. kand. ped. nauk. (In

Russian)
8. Ibrakhimov, S. (2014) Bases of three-stage sports competitions. Journal of

Physical education and coaching, April. DOI: 10.15550/ASJ.2014.05.040
9. Abdulaxatov, A.R., Xudoyberganov, J.S. (2020) Scientific and pedagogical

ways to instill in students the national and universal values through “kurash”. Asian
Journal of Multidimensional Research (AJMR), Volume : 9, Issue : 1. – pp. 44- 47.
DOI : 10.5958/2278-4853.2020.00007.5

10. Nurullayev, Abduhamid (2021) Use of national activity games in physical
training of students. Pedagogika Jurnali (buxdu.uz), № 3.