ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Basketbolchi qizlarda tiklanish jarayonlari samaradorligini lazer nurlari ta’sirida oshirish

Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

BASKETBOLCHI QIZLARDA TIKLANISH JARAYONLARI
SAMARADORLIGINI LAZER NURLARI TA’SIRIDA OSHIRISH

INCREASING THE EFFICIENCY OF IMPROVING RECOVERY
PROCESSES IN BASKETBALL GIRLS UNDER THE INFLUENCE OF

LASER LIGHTS

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ УЛУЧШЕНИЯ
ВОССТАНОВИТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ У БАСКЕТБОЛИСТКОВ ПОД

ВОЗДЕЙСТВИЕМ ЛАЗЕРНЫХ ИЗЛУЧЕНИЙ

Eshmanova Umidaxon Abdulla qizi,
Oriental universiteti,

Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi
Tel: +998 93 006-14-17

umidaeshmanova6@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada basketbolchi qizlarning tiklanish
jarayonlarini yaxshilash uchun lazer nurlaridan foydalanishning mumkin bo‘lgan
afzalliklari o‘rganildi. Tadqiqot obyekti yuklamali sport mashg‘ulotlaridan keyin
tanada yuzaga keladigan fiziologik reaksiyalar, shu jumladan mahalliy va global
charchoq holatidan iborat. Charchoqning asosiy sabablarini o‘rganish va uning
oqibatlarini yumshatish usullarini o‘rganish orqali tadqiqotchilar basketbolchilarning
tiklanish jarayonini optimallashtirishga intilishadi. Maxsus yordamchi mashqlar,
rivojlanish mashqlari, jismoniy mashqlar va mexanik va taktik harakatlar
kombinatsiyasi orqali mashg‘ulotlardan keyingi tiklanish samaradorligini oshirish
uchun kompleks yondashuvni taklif qilamiz. Tadqiqot, shuningdek, zamonaviy
basketbolchilarning maydondagi faoliyatini yaxshilash uchun ularning ehtiyojlariga
moslashtirilgan maxsus o‘quv dasturlari muhimligini ta’kidlaydi. Lazer nurlari
ta’sirida tiklanish jarayonlarini kuchaytirish orqali ushbu tadqiqotda basketbolchi
qizlar uchun mashg‘ulot strategiyalarini optimallashtirishga intilayotgan murabbiylar,
sportchilar va sport olimlari uchun qimmatli tushunchalarni berishga harakat qilindi.

Kalit so‘zlar: Zamonaviy basketbol, maxsus yordamchi mashqlar, maxsus
rivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy mashqlar, texnik-taktik harakatlar, malakali
basketbolchi.

Annotation: This scientific article explores the potential benefits of using laser
light to improve the recovery process of female basketball players. The object of
research is the physiological reactions that occur in the body after intense sports
training, including the state of local and global fatigue. By studying the root causes of

fatigue and ways to mitigate its effects, researchers seek to optimize the recovery
process of basketball players. Through a combination of specific support exercises,
developmental exercises, physical exercises, and mechanical and tactical movements,
we propose a comprehensive approach to improve post-training recovery performance.
The study also highlights the importance of specific training programs tailored to the
needs of today’s basketball players to improve their performance on the court. By
enhancing laser-induced recovery processes, this study attempted to provide valuable
insights for coaches, athletes, and sports scientists seeking to optimize training
strategies for female basketball players.

Key words: Modern basketball, special auxiliary exercises, special
developmental exercises, physical exercises, mechanical and tactical movements,
qualified basketball player.

Аннотация: В этой научной статье исследуются потенциальные
преимущества использования лазерного света для улучшения процесса
восстановления баскетболисток. Объектом исследования являются
физиологические реакции, возникающие в организме после интенсивных
спортивных тренировок, в том числе состояния локального и глобального
утомления. Изучая коренные причины усталости и способы смягчения ее
последствий, исследователи стремятся оптимизировать процесс восстановления
баскетболистов. Посредством сочетания специальных поддерживающих
упражнений, развивающих упражнений, физических упражнений, а также
механических и тактических движений мы предлагаем комплексный подход для
улучшения показателей восстановления после тренировки. Исследование также
подчеркивает важность специальных программ тренировок, адаптированных к
потребностям современных баскетболистов, для улучшения их результатов на
площадке. В этом исследовании была предпринята попытка предоставить
ценную информацию тренерам, спортсменам и спортивным ученым,
стремящимся оптимизировать стратегии тренировок баскетболисток за счет
улучшения процессов восстановления, индуцированных лазером.

Ключевые слова: Современный баскетбол, специальные вспомогательные
упражнения, специальные развивающие упражнения, физические упражнения,
механико-тактические движения, квалифицированный баскетболист.

KIRISH
Butun dunyo bo‘ylab sport sohasida kechayotgan o‘ta keskin raqobat ostida
xalqaro musobaqalarda erishilayotgan natijalar yildan-yilga o‘sib bormoqda.
Zamonaviy basketbol olamida oxirgi 20 yil ichida yuklamalarning hajmi va jadalligi
2-5 marta oshdi. Bu o‘z navbatida mashg‘ulotlar hajmi va shiddatini yanada oshirishni,
ya’ni sportchilarda jismoniy imkoniyatlar zaxirasini kuchaytirish, texnik-taktik

harakatlar ko‘lamini kengaytirish talabini qo‘ymoqda. Mazkur holat sportchi qizlar
organizmiga va sport natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sabab, basketbolchi
qizlarda o‘ta toliqish belgilarini oldini olish va qayta tiklanish muddatlarini
qisqartirish, vositalar yordamida jadallashtirish, ilmiy jihatdan asoslab berish o‘ta
muhim ahamiyatga ega. Jahonda malakali basketbolchi qizlarning yuklamalarga
moslashish va organizmini qayta tiklanishi bo‘yicha murakkab sport yig‘inlaridan
so‘ng organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlar, lokal va global toliqish yoki o‘ta toliqish
alomatlarining paydo bo‘lishi sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan
ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.

Basketbol sport turi rivojlangan mamlakatlarda musobaqa va mashg‘ulot
jarayonida vositalarni tabaqalashtirish, funksional zaxira imkoniyatlarini boshqarishga
qaratilgan tiklovchi texnologiyalar ishlab chiqilgan. Sportchilar organizmi
tiklanishining tabiiy mexanizmlarini o‘rganish uchun hamda organizmning tabiiy
mexanizmlarini buzmasdan tiklash jarayonini tezlashtiradigan va asosiysi, sportchilar
salomatligiga zarar yetkazmaydigan ta’sir usullarini izlab topishda muhim ahamiyatga
ega.

Malakali basketbolchi qizlarda jismoniy ishchanlik qobiliyati tiklanishi
jarayonining samaradorligini innovatsion texnologiyalar ta’siri ostida oshirish
bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish lozim.

Malakali basketbolchi qizlarning o‘yin ampluasini va morfofunksional
ko‘rsatkichlar asosida istiqbolini bashorat qilishni hisobga olgan holda, ularning
jismoniy rivojlanishi darajasini va tana massasi tarkibini qiyosiy baholash,
basketbolchi qizlarning morfofunksional ko‘rsatkichlari bilan maxsus harakat
sifatlarini namoyon qilish o‘rtasidagi o‘zaro korrelyatsion bog‘liqliklarni ishlab
chiqish va keyinchalik o‘yin faoliyatining samaradorligini ta’minlaydigan umumiy va
maxsus jismoniy sifatlarni pedagogik ekspertiza qilish, malakali basketbolchi
qizlarning ortiqcha toliqishi va qayta tiklanish holatini bashorat qiladigan informativ
mezonlarni ishlab chiqish.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Basketbolchilarda tiklanish jarayonlarini kuchaytirish uchun lazer nurlaridan
foydalanish, xususan, ayol sportchilarga e’tibor qaratilgan. Basketbolchilarni tiklash
uchun lazer chiroqlarini qo‘llash bo‘yicha cheklangan tadqiqotlar mavjud bo‘lsa-da,
sport fani va reabilitatsiya sohasida qimmatli tushunchalarni berishi mumkin bo‘lgan
bir nechta tegishli tadqiqotlar mavjud.
B. Karimov basketbolning nazariyasi va metodologiyasini muhokama qiladi, bu
sportning jismoniy talablarini va samarali tiklanish jarayonlarining ahamiyatini
tushunish uchun asos yaratadi. (Karimov B., 2019: 112) Ignateva va Pavlov

gandbolchilarni tayyorlash haqida tushuncha beradi. Uning nazariyasi basketbol
maydonida amalda qo‘llanilishi mumkin. (Ignateva V., 2010: 35-45)

Pavlov, Abduraxmanov va boshqalar gandbolchilar uchun maxsus o‘quv
dasturlarini qo‘llashni o‘rganib chiqishgan. Ularning tadqiqotlarida jismoniy holatni
yaxshilash uchun tiklanish muhimligi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, Abduraxmanov
gandbolchilarning tayyorgarligini muhokama qilib, sport faoliyatini
optimallashtirishda tiklanish usullarining ahamiyatini ta’kidlaydi. (Pavlov SH.,
Abduraxmanov F., Akramov J., 2005: 80-91)

Umuman olganda, basketbolchilarni tiklash uchun lazer nurlaridan foydalanish
bo‘yicha cheklangan maxsus adabiyotlar mavjud bo‘lsa-da, sport fanlari va
reabilitatsiya sohasidagi tegishli tadqiqotlar sport samaradorligini oshirishda samarali
tiklanish jarayonlarining ahamiyati haqida qimmatli tushunchalarni beradi. Ushbu
sohadagi keyingi tadqiqotlar basketbolchilarda, xususan, ayol sportchilarda tiklanishni
optimallashtirish uchun innovatsion strategiyalarni ishlab chiqishga hissa qo‘shishi
mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tananing to‘liq va qisman kattaliklari ko‘rsatkichlari basketbolga ixtisoslashgan
sportchi qizlarning jismoniy rivojlanishi darajasini, ularning tana tuzilishi
xususiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zgaruvchanlikning o‘rtacha
darajasini tana sonlarining aylanasi (𝜎-5.04), qorin aylanasi (𝜎-5.66), yelka kengligi
(σ-5.55), ko‘ndalang kattaliklaridan – yelkaning distal qismi (𝜎-4.49) va sonning distal
qismi (𝜎-5.85) namoyon qildi. Qisman kattaliklari ko‘rsatkichlari maqolada keltirilgan.
Basketbolchi qizlar tanasi yuzasidagi teri osti yog‘ qatlamining taqsimlanishi tahlil
qilinganida markaziy, hujumchi va himoya ampluasidagi o‘yinchilarda ushbu
ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatilgan. Basketbolchi qizlarning o‘yin ampluasi Y.
Mateyka tomonidan taklif qilingan formula bo‘yicha tana massasi komponentlarining
foizli nisbatlari 1-jadvalda berilgan. (Pavlov SH., Abduraxmanov F., 2006: 230)
Yog‘ komponentining miqdori birmuncha yuqori ekanligini aytish lozim, chunki
malakali basketbolchilarda yog‘ning miqdori o‘rtacha 14% ni tashkil qilishi kerak
(Chtetsov V., Nikityuk B., 1990: 130), lekin tadqiq qilingan basketbolchi qizlarning
ushbu ko‘rsatkichlari, o‘yin ampluasiga bog‘liq ravishda 17,2±3,45% dan to
20,2±3,4% gacha farq qilishi aniqlangan basketbolchi qizlarda yog‘ to‘qimalarining
ortiqchaligi bir qator omillarga, avvalambor, iste’mol qilinadigan ozuqa kaloriyalariga
bog‘liq bo‘lib, buni muhitli omillarning ta’siri samarasi sifatida baholash mumkin.

1-jadval
Basketbolga ixtisoslashgan sportchilarning o‘yin amplualarini hisobga
olgan holdagi tana massasining komponentli tarkib ko‘rsatkichlari (n=30)

Тuri, Tana Tana Mushak Yog‘ Suyak
ampluasi uzunligi sm massasi kg
massasi % massasi % massasi %
Markaziy
o‘yinchi 179,3±1,91 73,2±1,62 35,88±2,76 20,2±3,4 13,90±1,30
(n=10) 34,10±2,80 18,0±3,3 14,40±1,3
Hujumchi 175,8±0,87 70,5±1,03 32,1±2,87 17,2±3,45 14,20±1,2
(n=10) 172,1±1,81 66,8±1,47
Himoyachi
(n=10)

Talablarga mos kelmaydigan mashg‘ulot yuklamalarining qo‘llanilishi, yog‘
to‘qimalarining ortishiga olib keladi, deb taxmin qildik. Markaziy o‘yinchilar tana
massasi tarkibidagi mushak komponentining miqdori hujumchilarnikiga nisbatan 4,7%
va himoyachilarnikiga nisbatan 3,6% yuqori, suyak komponentining miqdori bo‘yicha
esa, hujumchilar va himoyachilarning ko‘rsatkichlari markaziy ampluadagi
o‘yinchilarnikidan biroz yuqori. Malakali basketbolchi qizlarning jismoniy
tayyorgarligi, funksional holati va tana tuzilishining morfologik parametrlari
ko‘rsatkichlari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash maqsadida juftlik korrelyatsiya
koeffitsiyentlarining matematik usuli qo‘llanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Ma’lumotlarni tahlil qilish, 30 m yugurish natijalarini qo‘llar va oyoqlar uzunligi
bilan r=0,82, sonining aylanasi bilan – r=0,72 kuchli 15 korrelyatsion aloqaga ega
ekanligini ko‘rsatdi. 100 m va 800 m yugurish va tana uzunligi ko‘rsatkichlari o‘rtasida
(mos ravishda r=0,77 va r=0,91), joyidan turib uzunlikka sakrash va tana uzunligi,
qo‘llari va oyoqlari uzunligi o‘rtasida ham (mos ravishda r=0,84, r=0,79 va r=0,86)
yuqori korrelyatsion bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi.
Tana massasi va PWC170 (r=0,89), sonining aylanasi va PWC170 (r=0,87)
o‘rtasida aniqlangan yuqori korrelyatsion bog‘liqliklar, ushbu parametrlar o‘zaro
bog‘liq ekanligi va malakali basketbolchi qizlarning jismoniy ishchanlik qobiliyatlari
darajasi nafaqat uzunlik kattaliklari kabi somatik parametrlar bilan, balki tana massasi
va sonining aylanasi bilan ham belgilanishi to‘g‘risida dalolat beradi. Shunday qilib,
eng yuqori korrelyatsion koeffitsiyentlar tana kattaliklari, xususan, tananing oyoqqo‘llari uzunliklari ko‘rsatkichlarida aniq namoyon bo‘ladi. Yuqori korrelyatsion
koeffitsiyentlar aylana kattaliklari uchun xosdir. Xususan, sonning aylanasi bilan 800
m va 30 m yugurish o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan (mos ravishda r=0,75 va r=0,72).

2-jadval
Mashg‘ulot davrining musobaqa oldi bosqichida TG basketbolchi qizlarning

jismoniy ishchanlik qobiliyati va mashq qilganligi darajasi ko‘rsatkichlari
(n=15)

№ Ism- Rаz- Jismo- Jismoniy O‘TS GSTI KMI KMI
sharifi ryad niy ishchanlik (litr) (birligi) (abs.) (nisbiy)
qobiliyati
1 M. V. SU rivojla- (kg/m/min)
nishi
PWC PWC
VBI (kg/m (vatt)
(g/sm) / min)

369,9 2170,3 399 3,9 115,8 5,844 91,4

2 A. X.. SU 404,6 1817,3 302,8 3,8 102,7 5,068 73,4

3 A. D. SU 336,8 984,2 164 3,2 102,71 3,235 49,7

4 Sh. I. 1 razr 335,9 1127,2 187,7 3,2 102,71 3,549 56,3
353,9 1419 236,5 3,8 122,4 4,191 62,5
yad 306,8 1657,2 276,2 4,4 137,6 4,715 87,3

5 B-P. D. 1 razr

yad

6 Z. I. SU

7 X. Y. SU 395,4 1056,1 176 4,3 114,5 3,394 48,4

8 J. K. SUN 331,3 1483,3 247,2 3,7 112,2 4,333 80,2

9 Sh. A. SU 309,1 876,6 146 3,8 113,2 2,998 58,8

10 S. A. SU 371,1 2233,3 372,2 5 97,7 5,983 83,1

11 D. G. SU 365,8 1225,1 204 4 104,6 3,765 62,7

12 A. I. SU 494,5 1557,7 259,6 4,4 136,3 4,496 49,9

13 Z. L. SU 390,6 915,3 152,5 4,6 119 3,083 41,1

14 S. A. SUN 323,5 680,3 113,4 3 91,7 2,56 51,3

15 S. D 1 razr 353,9 1419,1 236,5 3,8 122,41 4,19 62,5
yad

Jismoniy ishchanlik qobiliyati ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijaviylikdagi
farqlarning mavjud bo‘lishiga qaramasdan, basketbolchi qizlarning mazkur guruhini
milliy terma jamoa a’zoligiga zaxira sifatida ko‘rib chiqish zarur. Ular mos ravishdagi
jismoniy va texnik tayyorgarlikdan o‘tkazilganida, muhim xalqaro musobaqalarda
mamlakatimiz sha’nini himoya qilishlari mumkin (2-jadvalga qarang).

Basketbolchi qizlarning funksional imkoniyatlarini baholash paytida, ularning
istiqbolliligini bashorat qilish kardirespirator tizimining informativ ko‘rsatkichlarini
qo‘llash bilan amalga oshirildi. Ya’ni: gemodinamika ko‘rsatkichlari – SH (sistolik
hajm), QADH (qon aylanishining daqiqalik hajmi), YQCh, jismoniy ishchanlik
qobiliyati ko‘rsatkichlari – PWC170, KDI (kislorodning daqiqalik iste’moli), GSTI
(Garvard step-testi indeksi).

Qonda neytrofillarning funksional-metabolik faolligini (NFMF) immunologik
usullar nitroko‘k tetrazoliy (NST-test) tiklovchi testini yoki NST-testni
spektrofotometrik usulda o‘tkazish bilan aniqladik. Endogen intoksikatsiyani qon
plazmasida o‘rta molekulyar peptidlarning miqdori bo‘yicha aniqladik.

3-Jadval

Basketbolchi qizlarning harakat faolligini oshirishda sport o‘yinlarining
ta’siri diagrammasi

Valeybol o‘yini, 9.8 Basketbol o‘yini, 39.1
Gandbol o‘yini, 10.3

Stol tennisi o‘yini ,
11.2

Tennis o‘yini, 14.4

Futbol o‘yini, 15.2

1. Basketbol o‘yini 39,1 %
2. Futbol o‘yini 15,2 %
3. Tennis o‘yini 14,4 %
4. Stol tennisi o‘yini 11,2 %
5. Gandbol o‘yini 10,3 %
6. Voleybol o‘yini 9,8 %

Taqqoslash maqsadida malakali basketbolchi qizlarning nafaqat jismoniy
rivojlanishini, balki tana massasining komponentli tarkibini baholash, keyinchalik
antropometrik o‘lchash usullarini va Xit-Karter (1989) usuli bo‘yicha somatotiplashni
qo‘llash bilan ularning qaddi-qomati tuzilishini tashxis qilish amalga oshirildi. Biz
maqolamizning dolzarbligiga asoslangan holda basketbol o‘yini orqali talaba
qizlarning harakat faolligini oshirishda sport o‘yinlari ichida aynan basketbol o‘yini
qizlarning harakat faolligini oshirib berishini isbotlab bermoqchimiz.

Basketbolchi qizlarda tiklanish jarayonlarini lazer nurlari ta’sirida yaxshilash
samaradorligini oshirishda harakat faolligi ortadi va musobaqadan keyingi holatni
yaxshilash va eski holatiga qaytish uchun lazer nurlaridan foydalanishni afzal deb
bildik.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili, amaliy tajribani umumlashtirish, shaxsiy
tadqiqotlarning materiallari hozirgi vaqtda sportning o‘yin turlarida, xususan,
basketbolda to‘laqonli va majmuaviy tadqiqotlar o‘ta kam o‘tkazilganligini va
basketbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini faqatgina alohida masalalariga
bag‘ishlanganligini ko‘rsatdi.
1. O‘yin ampluasini hisobga olgan holda basketbolchi qizlar organizmini
funksional, adaptatsion va tiklanish imkoniyatlariga e’tibor qaratilmagan.
2. Respublikamiz ayollar basketbolini rivojlanishda ortda qolishining asosiy
sababi sport-texnik natijaviylik darajasi past ekanligi hisoblanadi. Bu musobaqa
faoliyati davridagi natijalar bilan tasdiqlanadi. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonlik
basketbolchi qizlar uzoq muddatdan beri xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok
etishmayapti.
3. Eng yuqori korrelyatsion koeffitsiyentlar tana kattaliklari, xususan, tananing
oyoq-qo‘llari uzunliklari ko‘rsatkichlarida aniq namoyon bo‘ladi. Yuqori korrelyatsion
koeffitsiyentlar aylana kattaliklari uchun xarakterlidir, xususan, sonning aylanasi bilan
800 m va 30 m yugurish o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan (mos ravishda r=0,75 va
r=0,72).
4. Qonda neytrofillarning funksional metabolik faolligini (NFMF) immunologik
usullar nitroko‘k tetrazoliy (NST-test) tiklovchi testini yoki NST-testni
spektrofotometrik usulda o‘tkazish bilan aniqladik. Endogen intoksikatsiyani qon
plazmasidagi o‘rta molekulyar peptidlarning miqdori bo‘yicha aniqladik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Pulatov, A., Ganiyeva, F., Miradilov, B., Xusanova, D., Pulatov, F. (2017)
Basketbol nazariyasi va uslubiyati. – Toshkent.
2. G‘aniyeva, F., Xusanova, D., Madaminov, T. (2015) Basketbolda to‘pni urib
yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati. –
Toshkent.

3. Umarov, D., Xolmurodov, T. (2018) Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya. –
Toshkent.

4. Pulatov, A., Umarov, A. (2020) Sport va harakatli o‘yinlar (Basketbol) –
Toshkent.

5. Miradilov, B., Karimov, B., Umbetova, M. (2018) Sport pedagogik mahoratini
oshirish (Basketbol). – Toshkent.

6. Каримов, Б. (2019) Теория и методика баскетбола. – Чирчик.
7. Akramov, J. (2008) Gandbol. – Toshkent.
8. Игнатева, В. (1982) Гандбол: Учебник для ИФК. – Москва.
9. Pavlov, Sh., Azizova, R. (2009) Gandbol – BO‘SMlar uchun dastur. –
Toshkent.
10. Pavlov, Sh., Abduraxmanov, F., Akramov, J. (2005) Gandbol: JTI uchun
darslik. – Toshkent.
11. Никитюк, Б., Чтецов, В. (1990) Морфология человека 2-е изд. – Москва.

REFERENCES:
1. Pulatov, A., Ganiyeva, F., Miradilov, B., Xusanova, D., Pulatov, F. (2017)
Basketbol nazariyasi va uslubiyati. – Toshkent. (In Uzbek)
2. G‘aniyeva, F., Xusanova, D., Madaminov, T. (2015) Basketbolda to‘pni urib
yugurish texnikasi va tezligini vaziyatli mashqlar asosida shakllantirish uslubiyati. –
Toshkent. (In Uzbek)
3. Umarov, D., Xolmurodov, T. (2018) Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya. –
Toshkent. (In Uzbek)
4. Pulatov, A., Umarov, A. (2020) Sport va harakatli o‘yinlar (Basketbol) –
Toshkent. (In Uzbek)
5. Miradilov, B., Каримов, B., Umbetova, M. (2018) Sport pedagogik mahoratini
oshirish (Basketbol). – Toshkent. (In Uzbek)
6. Karimov, B. (2019) Teoriya i metodika basketbola. – Chirchik. (In Russian)
7. Akramov, J. (2008) Gandbol. – Toshkent. (In Uzbek)
8. Ignateva, V. (1982) Gandbol: Uchebnik dlya IFK. – Moskva. (In Russian)
9. Pavlov, Sh., Azizova, R. (2009) Gandbol – BO‘SMlar uchun dastur. –
Toshkent. (In Uzbek)
10. Pavlov, Sh., Abduraxmanov, F., Akramov, J. (2005) Gandbol: JTI uchun
darslik. – Toshkent. (In Uzbek)
11. Nikityuk, B., Chtetsov, V. (1990) Morfologiya cheloveka 2-ye izd. – Moskva.
(In Russian)