ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq nazoratini amalga oshirish amaliyoti

Almardonov Muxamadi Ibragimovich, Ergasheva Barno Nuriddin qizi

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

SOLIQ TEKSHIRUVLARINI O‘TKAZISHDA SOLIQ NAZORATINI
AMALGA OSHIRISH AMALIYOTI

PRACTICE OF IMPLEMENTATION OF TAX CONTROL WHILE
CONDUCTING TAX AUDITS

ПРАКТИКА ОСУЩЕСТВЛЕНИЯ НАЛОГОВОГО КОНТРОЛЯ ПРИ
ПРОВЕДЕНИИ НАЛОГОВЫХ ПРОВЕРОК

Almardanov Muxamadi Ibragimovich,
Oriental universiteti professori, i.f.d.

Ergasheva Barno Nuriddin qizi,
Oriental universiteti,

Iqtisodiyot va turizm kafedrasi stajor-o‘qituvchisi,

Annotatsiya: Maqolada soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish va rivojlanayotgan
“raqamli iqtisodiyot” sharoitida davlat soliq xizmati organlari faoliyatini
takomillashtirish va samaradorligini oshirish muhimligi haqida so‘z boradi. Asosiy
eʼtibor soliq toʻlovlari va ular bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita soliqlar,
resurs yigʻimlari, davlat budjeti majburiyatlari kabi majburiy toʻlovlarning bajarilishi
va shaffofligini taʼminlash maqsadida soliq nazorati jarayonlariga xalqaro norma va
standartlarni joriy etishni jadallashtirishga qaratilmoqda. Investitsion muhit, soliq
nazorati tamoyillari, soliq monitoringi, ichki soliq tekshiruvi, mobil soliq tekshiruvi va
soliq ma’muriyatchiligi kabi asosiy tushunchalar mustahkam soliq nazorati tizimini
qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlaydi. Umuman olganda, maqolada
o‘zgaruvchan iqtisodiy landshaftlarga moslashish va fiskal javobgarlikni saqlash
uchun soliq nazorati jarayonlarini modernizatsiya qilish muhimligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar: Soliq nazorati, soliqlar, majburiy to‘lovlar, bevosita soliqlar,
bilvosita soliqlar, resurs to‘lovlari, davlat budjeti, davlat soliq xizmati organlari,
investitsion iqlim, soliq nazorati tamoyillari, soliq ma’muriyatchiligi, soliq
monitoringi, kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi, soliq auditi.

Annotation: The article discusses the reform of tax administration and the
importance of improving the activities of the state tax service in order to enhance
efficiency and development in the context of the evolving "digital economy". The focus
is attached to accelerate the implementation of international norms and standards in tax
control processes to ensure compliance and transparency in tax payments and related
mandatory contributions such as direct and indirect taxes, resource fees, and other state
budget obligations. Key concepts such as investment climate, principles of tax control,

tax monitoring, internal tax audit, mobile tax audit, and tax administration are
highlighted to emphasize the significance of maintaining a robust tax control system.
Overall, the article underscores the importance of modernizing tax control processes to
adapt to changing economic landscapes and uphold fiscal responsibility.

Key words: Tax control, taxes, mandatory payments, direct taxes, indirect taxes,
resource fees, state budget, state tax authorities, investment climate, principles of tax
control, tax administration, tax monitoring, internal tax audit, mobile tax audit, tax
audit.

Аннотация: В статье рассматривается реформа налогового
администрирования и важность совершенствования деятельности
государственной налоговой службы в целях повышения эффективности и
развития в условиях развивающейся «цифровой экономики». Основное
внимание уделяется ускорению внедрения международных норм и стандартов в
процессы налогового контроля для обеспечения соблюдения и прозрачности
налоговых платежей и связанных с ними обязательных взносов, таких как
прямые и косвенные налоги, сборы за ресурсы и другие обязательства
государственного бюджета. Ключевые понятия, такие как инвестиционный
климат, принципы налогового контроля, налоговый мониторинг, внутренний
налоговый аудит, выездная налоговая проверка и налоговое администрирование
выделены с целью подчеркнуть важность поддержания надежной системы
налогового контроля. В целом, в статье подчеркивается важность модернизации
процессов налогового контроля для адаптации к меняющимся экономическим
условиям и поддержания финансовой ответственности.

Ключевые слова: Налоговый контроль, налоги, обязательные платежи,
прямые налоги, косвенные налоги, ресурсные сборы, государственный бюджет,
государственные налоговые органы, инвестиционный климат, принципы
налогового контроля, налоговое администрирование, налоговый мониторинг,
внутренняя налоговая проверка, выездная налоговая проверка, налоговая
проверка.

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida soliq va tashqi savdo siyosati sohalarida tadbirkorlik
faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiya muhitini
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar vositasida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Tajribali ekspertlarning baholashlari va tadbirkorlik subyektlari
o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovlar iqtisodiyotdagi yashirin aylanmaning yuqori
darajada saqlanib qolayotganligidan dalolat beradi. Bu esa soliq qonunchiligiga to‘liq
rioya etayotgan tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazmoqda, ular

uchun teng bo‘lmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda. Soliq
ma’muriyatchiligini isloh etish, davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada
takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish va rivojlanishda bo‘lgan “raqamli
iqtisodiyot”ni shakllantirish, shuningdek, soliq nazorati sohasidagi umume’tirof
etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni
jadallashtirish lozim. Mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish,
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun, shu jumladan tartibga solish va soliq yukini
kamaytirish hisobiga teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq qonunchiligi talablariga
rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirishni
taqozo etadi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat
berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. Soliq kodeksi normalarini har
bir soliq xodimi, tadbirkorlar va soliq to‘lovchilar puxta o‘zlashtirishi lozim. Buning
uchun ularni muntazam ravishda o‘qitish zarur. Soliq xizmati xodimlari
dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida Davlat
soliq qo‘mitasi qoshida fiskal instituti tashkil etishni taklif qilaman. Bu jarayonga katta
tajribaga ega bo‘lgan nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb etish zarur. (Yahyoyev Q.,
2003:185) Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-
dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlat korxonalariga va 500 mingdan
ziyod tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so‘mlik
soliq imtiyozlari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy yordamlar berilgani
ta’kidlandi: “Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat
tomonidan jami 82 trillion so‘mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, Inqirozga qarshi jamg‘arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish,
aholi va korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlarga budjetdan 16 trillion
so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Shuningdek, davlat korxonalariga va 500 mingdan
ziyod tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so‘mlik
soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha amaliy yordamlar berildi” (Vahobov A., Jo‘raev A., 2009: 309) Hozirgi
kunda mamlakat iqtisodiyotining yetakchi soha va tarmoqlari zamon bilan hamnafas
faoliyat yuritishiga barcha zarur sharoit yaratib berilmoqda. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilayotgani, ilg‘or axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llagan holda soliq nazoratini hayotimizga izchillik bilan joriy
etilayotgani erishilayotgan samarali yutuqlarimizning mustahkam poydevorini tashkil
etmoqda. Soliq sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida
mamlakatimiz iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, ishbilarmonlik
muhitining yanada yaxshilanishiga zamin yaratmoqda.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Professor Q.A. Yahyoyevning fikricha, “Soliq xizmati idoralari tizimi bu soliqlar
va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblash va to‘liq budjetga (budjetdan tashqari fondlarga)
tushishini nazorat qiluvchi davlat soliq xizmati idoralari yig‘indisidir.
Soliq nazorati turlari haqida ham to‘xtalib o‘tamiz. Soliq nazoratining turlari uch
guruhga bo‘linadi:
1. Dastlabki nazorat (reja, prognozlar tuzish, ma’lumotlar yig‘ish va boshqalar);
2. Joriy nazorat (moliyaviy ishlar, soliq hisobotlari, hisobotlarni qabul qilish,
tekshirish, rejalar bajarilishini tahlil qilish va boshqalar);
3. So‘nggi nazorat (joylarga borib tekshirishlar o‘tkazish, audit, inventarizatsiya
va har xil reviziyalar o‘tkazish) Davlat soliq xizmati idoralari hamma turdagi
nazoratlarni amalga oshiradilar” - deb ta’rif berilgan. (Normatov B., 2020)
Professor A.V. Vahobov, A. Jo‘rayevlar soliq nazoratiga to‘xtalib, “Soliqqa oid
qonun buzilishlarini oldini olish va ularga barham berish amaldagi tadbirlarni va
usullarni doimiy ravishda takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliqqa oid
jinoyatlarning o‘sishi davlatning moliyaviy resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va buning oqibatida davlat soliqsiz tushumlarni
qidirishga majbur bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida davlatning ichki va tashqi qarzlari
o‘sishiga olib keladi”, - deb fikr bildirishgan. (Мишустин M., 2003)
B.A. Normatov tomonidan soliq tekshiruvi bo‘yicha jahon modellari, xususan,
Anglo-sakson modeli (Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya), Roman-german
modeli (Germaniya, Fransiya) Yaponiya modeli, Aralash model (AQSh, Kanada) va
MDH davlatlari modeli tahlil qilingan holda “soliq tekshiruvi” tushunchasi xorijiy
davlatlarda “tax audit” tushunchasi bilan ifodalanishi qayd etilgan. Shuningdek, jahon
tajribasiga ko‘ra, soliq tekshiruvlari tipik ikki turga – kameral soliq tekshiruvi (desk
audit) va sayyor soliq tekshiruviga (field audit) bo‘linishi, risk boshqaruv tizimi xorijiy
davlatlarda turlicha, xususan “Risk management system”, “Tax compliance
management system”, “Compliance Strategy” kabi nomlanishi qayd etiladi.
Shuningdek, risk boshqaruv tizimini ishlab chiqishdan maqsad soliqlarni undirish
jarayonida soliq organi xodimlari va soliq to‘lovchilarning qasddan yoki ehtiyotsiz
harakati (harakatsizligi) natijasida soliq tushumlari kamayishi yoki to‘lanmasligini
istisno etish holatlari uchrashi hamda mazkur tizim nafaqat soliq sohasida, balki
moliya, bank, bojxona va ma’muriy sohalarda ham qo‘llanilishi to‘g‘risida xulosaga
kelingan. (Куняев Н., 2009)
Xorijlik olimlarning ilmiy ishlarida bugungi kunda davlat soliq ma’murchiligi
mexanizmi sifatidagi muammosi tadqiq etilgan, soliq ma’murchiligining shakllari va
turlari tasniflangan. Davlat soliq ma’murchiligi mexanizmining alohida yo‘nalishlari
bo‘yicha: M.V. Mishustin tomonidan davlat soliq ma’murchiligi mexanizmi

(Мишустин M., 2003), N.N. Kunyaev, O.Y. Sherbakova tomonidan davlat soliq
organlari boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida hujjatlar
aylanishini ta’minlash (Щербакова O, 2001), V.A. Krasniskiy tomonidan soliq
tushumlari salmog‘ini prognozlashning iqtisodiy-matematik modellari (Красниский
В., 2000), I.A.Peronko tomonidan soliq nazoratini tashkil etish va soliq nazoratini
takomillashtirish muammolari (Перонко И., 2001), D.G. Korovyakovskiy tomonidan
davlat soliq xizmati organlarining axborot xavfsizligini ta’minlashda soliq
nazoratining huquqiy asoslari (Коровяковский, Д., 2013), I.Y. Timofeeva tomonidan
davlat soliq tizimining xavfsizligi, soliq tizimida soliq nazoratini samarali
shakllantirishning konsepsiyasi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq
majburiyatlari bajarilishini ta’minlashda soliq nazorati metodologiyasi (Тимофеева
И., 2011) bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada xorijiy va mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining soliq
ma’muriyatchiligi, soliq nazorati, soliq nazorati shakllari, soliq tekshiruvlari, soliq
monitoringi, soliq nazorati metodologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy asarlari o‘rganilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlarining tahlilida statistik
ma’lumotlarni guruhlash, solishtirma tahlil, tanlama kuzatuv usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlarning qiyosiy tahlili, mantiqiy va tarkibiy
tahlil qilish, guruhlashtirish va qiyosiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik tahlil va
solishtirma tahlil, tanlama kuzatuv usullaridan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatda ilg‘or xorijiy tajriba asosida soliq siyosati va soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda soliq to‘lovchilarning soliq organlari
bilan o‘zaro munosabatlarida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha kompleks choratadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, soliq maslahati davlatning yangi soliq
siyosatini samarali amalga oshirishning professional instituti va soliqlarni hisoblash va
to‘lash masalalarida soliq to‘lovchilarning ishonchli yordamchisi sifatida yetarlicha
shakllanmagan. Davlatning samarali soliq sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda
soliq tizimini rivojlantirish dasturlari ijrosi amaliyotining jahondagi ilg‘or tajribalari
hamda bu borada O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlarning tadqiqi asosida soliq
nazoratini ta’minlashda mamlakatda va uning hududlarida, iqtisodiyot tarmoqlarida,
yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda soliq nazorati metodologiyasining
samarali vositalarini shakllantirish lozim.
Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan
bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.

Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni, soliq
solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni, budjetga va davlat
maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari
vositasida hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
shakllarda amalga oshiriladi.

Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati
soliq nazoratidir. Soliq organlari soliq nazoratini soliq tekshiruvlari hamda soliq
monitoringi shaklida amalga oshiradi. Soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilar,
yig‘imlarni to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o‘tkaziladi.

Soliq tekshiruvi soliq to‘lovchi to‘g‘risida soliq organlarida mavjud bo‘lgan
ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini o‘tkazadi:
1. Kameral soliq tekshiruvi;
2. Sayyor soliq tekshiruvi;
3. Soliq auditi.
Quyidagilar soliq monitoringining predmetidir: soliq to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etish, o‘ziga nisbatan soliq monitoringi o‘tkazilayotgan yuridik shaxs
tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblashning to‘g‘riligi, to‘liq va o‘z vaqtida
to‘langanligi haqidadir.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni ortiqcha undirganlik uchun davlat
soliq xizmati organlarining javobgarligi kuchaytirildi, zamonaviy usullarni qo‘llagan
holda xorijiy amaliyotda sinalgan soliq nazorati shakllari joriy etildi, shuningdek,
soliqlarni hisoblash va to‘lash tartiblari soddalashtirildi.

1-jadval. Soliq tekshiruvlarining turlari va o‘tkazish muddatlari

Soliq xavfini boshqarish xavfni oldini olish, bartaraf etish yoki imkon qadar
kamaytirish, ularning qo‘llanilish samaradorligini baholash, shuningdek, soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bajarilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha choratadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, soliq organlarida mavjud axborot
uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutuvchi
tizimdir.

Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni
qayta ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Soliq xavfi bu budjet tizimiga soliq va yig‘imlar qisman to‘lanmasligi yoki to‘liq
to‘lanmasligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan
soliq majburiyatlarini qisman bajarmaslik yoki to‘liq bajarmaslik ehtimoli hisoblanadi.

Soliq xavfi darajasi xavfning yuzaga kelish ehtimoliga va uning bo‘lishi mumkin
bo‘lgan oqibatlariga bog‘liq tarzda aniqlanadigan xavfning holatini ifodalaydi.

Soliq xavfi darajasi mezonlari soliq majburiyatlarini bajarmaslik yoki to‘liq
bajarmaslik xavfini baholash va keyinchalik soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) xavf
darajasiga qarab toifalarga ajratish imkonini beruvchi mezonlar majmuidan iborat.

Soliq xavfi tahlili soliq organlarida mavjud bo‘lgan axborotdan xavfning yuzaga
kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimolda tutilgan oqibatlarini
baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanishdir.

Soliq xavfini baholash xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda
aniqlab borishdan iborat.

2-jadval. Soliq xavfini boshqarish
(Manba muallif tomonidan tadqiqotlar asosida ishlab chiqildi)

Soliq xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash dasturiy mahsulotni qo‘llash
orqali amalga oshiriladi.

Soliq to‘lovchilar soliq xavfi darajasiga qarab past, o‘rta va yuqori xavfli
toifalarga ajratiladi.

Soliq xavfi darajasiga qarab soliq to‘lovchilar dastur orqali soliq xavfi darajasini
aniqlash mezoniga belgilangan ballar va potensial soliq xavfi asosida baholanadi
hamda toifalarga ajratiladi.

Soliq xavfi darajasi quyidagi formula asosida hisoblanadi:

R = Sr / Sp x 100%
Bunda:
R — xavf darajasi (foizda);
Sr — soliq to‘lovchiga berilgan xavf ballari yig‘indisi;
Sp — xavf darajasini aniqlashda qo‘llangan potensial soliq xavfi ballari yig‘indisi.
Bunda soliq xavfi darajalarini baholash natijalari yuqoridan kamayish tartibida,
baholash natijalari teng bo‘lganda esa to‘lanmagan soliq summasi ehtimoli asosida
quyidagicha toifalanadi:
81 foizdan 100 foizgacha — yuqori xavf;
30 foizdan 80 foizgacha — o‘rta xavf;
1 foizdan 29 foizgacha — past xavf.

3-jadval. Soliq xavfi darajasi
(Manba muallif tomonidan tadqiqotlar asosida ishlab chiqildi)

Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi
tayinlanadi.

Soliq to‘lovchining soliq xavfi darajasi soliq xavfini boshqarish tizimi asosida olti
oyda bir marta aniqlanadi.

Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan o‘ttiz kalendar
kundan ortiq soliq qarzdorligi to‘lanmagan taqdirda soliq xavfi darajasi har chorakda
bir marta aniqlanishi shart.

Davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq nazorati metodologiyasini amaliy
tahlil qilish va nazariy tadqiq etish quyidagi kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi:

- soliq nazorati sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar
milliy qonunchilikka to‘liq implementatsiya qilinmagan.

- davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlari,
elektron soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublari to‘liq
rivojlantirilmagan.

- insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga
qaratilgan soliq nazorati faoliyatini amalga oshirish zamonaviy shakl va uslublari
yetarlicha tatbiq etilmagan.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini
shakllantirishga, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur
darajasini ta’minlashda soliq nazorati metodologiyasini takomillashtirish muhim
ahamiyatga ega.
Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalaridan biri davlat soliq siyosatini
amalga oshirish hamda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning
to‘g‘ri hisoblab chiqilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni ta’minlash,
soliqlarning soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida
tushishini ta’minlashdan iborat.
Bayon etilganlaridan ko‘rinib turibdiki, hozirgi paytda soliq nazorati
samaradorligini oshirishning yagona metodikasi mavjud emas. Biroq soliq nazoratidan
samarali foydalanishning zamonaviy metodlari va mexanizmlarini joriy etish, soliq
tizimi xavfsizligini ta’minlash, davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq nazoratida
ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda modernizatsiya
qilish, soliq nazoratini tashkil etishning zamonaviy shakl va metodlaridan zarur
darajada samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.
Davlat soliq xizmati organlari tizimida soliq nazorati samaradorligini oshirishda
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirishda “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish, shuningdek, soliq
nazorati sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy
qonunchilikka implementatsiya qilishni jadallashtirish;
- soliq nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, tekshiruvdan oldingi tahlil
va masofaviy nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlarni to‘liq
yig‘ish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy, ilg‘or axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish choralarini yanada kuchaytirish;

- davlat soliq xizmati organlari xodimlarida korporativ etikani rivojlantirish va
soliq nazorati samaradorligini oshirishda soliq qonunchiligi hujjatlarini ishlab chiqish
metodologiyasini takomillashtirish;

- soliq nazorati jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
va tahlilning ilg‘or avtomatlashtirilgan uslublarini tatbiq etish;

- davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlarining,
elektron soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarini rivojlantirish;

- insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga
qaratilgan soliq nazorati faoliyatini amalga oshirish shakl va uslubini tatbiq etish;

- soliq xavfini tahlil qilish va natijalarini baholash bo‘yicha dasturiy mahsulotni
qo‘llashni yanada takomillashtirish.

Soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy qilish, soliq ma’muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida soliq
nazorati samaradorligini oshirish, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish
imkoniyatini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarining ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqotsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan “soliq to‘lovchining shaxsiy
kabineti”dan foydalanish manfaatdorligini oshirish va tashkil etishni takomillashtirish
yo‘llarini ishlab chiqish, soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish
obyektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek
soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‘ish uchun mavjud resurslarni
safarbar qilish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1 Yahyoyev, Q.A. (2003) Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent:
Fan va texnologiyalar markazi.
2 Vahobov, A.V., Jo‘raev, A.S. (2009) Soliqlar va soliqqa tortish. – Toshkent:
Sharq.
3 Normatov, B.A. (2020) O‘zbekiston Respublikasida soliq tekshiruvlarini
huquqiy tartibga solishni takomillashtirish. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.
4 Мишустин, M.В. (2003) Механизм государственного налогового
администрирования: Автореферат диссертации. – Москва.
5 Куняев, Н. Н. (2009) История развития системы документационного
обеспечения управления в налоговых органах на основе информационнокоммуникационных технологий: Монография. – Москва: МФА.
6 Щербакова, O.Ю. (2001) Экономико-математические модели для
прогнозирования объемов налоговых поступлений. Автореферат диссертации. –
Ростов.

7 Красниский, В.A. (2000) Организация налогового администрирования.
Автореферат диссертации. – Краснодар.

8 Перонко, И.A. (2001) Проблемы совершенствования налогообложения и
пути их решения. Автореферат диссертации. – Москва.

9 Коровяковский, Д.Г. (2013) Правовое обеспечение информационной
безопасности в налоговых органах. Автореферат диссертации. – Москва.

10 Тимофеева, И. Ю. (2011) Налоговая безопасность государства, бизнеса
и общества: концепция и методология. Автореферат диссертации. – Москва.

11 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-sentyabrdagi “Soliq
maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4846-son
qarori.

12 O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. (yangi tahriri). Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019.

13 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi
O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat
budjeti to‘g‘risidagi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-
son qarori.

14 O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati
to‘g‘risida”gi qonuni. 474-I-son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

REFERENCES:
1. Yahyoyev, Q.A. (2003) Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent:
Fan va texnologiyalar markazi. (In Uzbek)
2. Vahobov, A.V., Jo‘raev, A.S. (2009) Soliqlar va soliqqa tortish. – Toshkent:
Sharq. (In Uzbek)
3. Normatov, B.A. (2020) O‘zbekiston Respublikasida soliq tekshiruvlarini
huquqiy tartibga solishni takomillashtirish. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. (In Uzbek)
4. Mishustin, M.V. (2003) Mexanizm gosudarstvennogo nalogovogo
administrirovaniya: Avtoreferat dissertatsii. – Moskva. (In Russian)
5. Kunyaev, N. N. (2009) Istoriya razvitiya sistemy dokumentatsionnogo
obespecheniya upravleniya v nalogovyx organax na osnove informatsionnokommunikatsionnyx texnologiy: Monografiya. – Moskva: MFA. (In Russian)
6. Sherbakova, O.Yu. (2001) Ekonomiko-matematicheskie modeli dlya
prognozirovaniya obyomov nalogovyx postupleniy. Avtoreferat dissertatsii. – Rostov.
(In Russian)
7. Krasniskiy, V.A. (2000) Organizatsiya nalogovogo administrirovaniya.
Avtoreferat dissertatsii. – Krasnodar. (In Russian)

8. Peronko, I.A. (2001) Problemy sovershenstvovaniya nalogooblojeniya i puti
ix resheniya. Avtoreferat dissertatsii. – Moskva. (In Russian)

9. Korovyakovskiy, D.G. (2013) Pravovoe obespechenie informatsionnoy
bezopasnosti v nalogovyx organax. Avtoreferat dissertatsii. – Moskva. (In Russian)

10. Timofeeva, I. Yu. (2011) Nalogovaya bezopasnost gosudarstva, biznesa i
obshestva: konsepsiya i metodologiya. Avtoreferat dissertatsii. – Moskva. (In Russian)

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-sentyabrdagi “Soliq
maslahati sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4846-son
qarori. (In Uzbek)

12. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. (yangi tahriri). Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019. (In Uzbek)

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi
O‘zbekiston Respublikasining «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat
budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-
4555-son qarori. (In Uzbek)

14. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi “Davlat soliq xizmati
to‘g‘risida”gi qonuni. 474-I-son. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. (In
Uzbek)