IQTISODIY ISLOHOTLAR - TADBIRKORLIK RIVOJI UCHUN
MUHIM QADAM
ECONOMIC REFORMS - IMPORTANT STEP FOR BUSINESS
DEVELOPMENT
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ РЕФОРМЫ – ВАЖНЫЙ ШАГ ДЛЯ РАЗВИТИЯ
БИЗНЕСА
Gʻoyibnazarov Rahmatilla Rahimboyevich,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i,
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Tel.: +998 99 815-49-62
RahmatullaGaipnazarov@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiy islohotlarning tadbirkorlik rivojini
qo‘llab-quvvatlashdagi hal qiluvchi roli ko‘rsatilgan. Mamlakatimizda ishbilarmonlik
muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan
maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu tashabbuslar iqtisodiyotni
mustahkamlash, aholi ehtiyojlarini qondirish, daromadlar bo‘yicha nomutanosiblikni
bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bir qismidir.
Bundan tashqari, yoshlarni ijtimoiy faollikka jalb etish, ish unumdorligini oshirish
borasidagi ishlar olib borilmoqda. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, xususiy
tadbirkorlikni rag‘batlantirish, eksportga ko‘maklashish, raqobatni kuchaytirish,
to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini rivojlantirish, sarmoyalarni jalb etish asosiy
yo‘nalishlardir. Ushbu islohotlarni amalga oshirish orqali mamlakat yanada dinamik
va raqobatbardosh biznes muhitini yaratishga intiladi, bu esa pirovardida barqaror
iqtisodiy o‘sishga va fuqarolarning farovonligini oshirishga olib keladi.
Kalit so‘zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, eksport, raqobat,
to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, investitsiya, iqtisodiy islohotlar.
Annotation: This article highlights the crucial role of economic reforms in
fostering business development. In our country, there are targeted programs in place to
enhance the business environment, promote the growth of small businesses and private
entrepreneurship. These initiatives are part of larger socio-economic reforms aimed at
bolstering the economy, meeting the needs of the population, and addressing income
disparities. Additionally, efforts are being made to engage youth and increase their
social involvement. The key areas of focus include small business support, private
entrepreneurship promotion, export facilitation, competition enhancement, textiles and
sewing industry development, and attracting investments. By implementing these
reforms, the country seeks to create a more dynamic and competitive business
landscape, ultimately leading to sustainable economic growth and greater prosperity
for its citizens.
Keywords: small business, private entrepreneurship, export, competition,
textiles, sewing and knitting, investment, economic reforms.
Аннотация: В данной статье показана решающая роль экономических
реформ в поддержке развития предпринимательства. В нашей стране
реализуются целевые программы, направленные на улучшение деловой среды,
развитие малого бизнеса и частного предпринимательства. Эти инициативы
являются частью масштабных социально-экономических реформ, направленных
на укрепление экономики, удовлетворение потребностей населения и устранение
неравенства в доходах. Кроме того, предпринимаются усилия по вовлечению
молодежи в общественную деятельность и повышению производительности
труда. Основными направлениями являются поддержка малого бизнеса,
поощрение частного предпринимательства, содействие экспорту, усиление
конкуренции, развитие текстильной и швейной промышленности, привлечение
инвестиций. Реализуя эти реформы, страна будет стремиться создать более
динамичную и конкурентоспособную бизнес-среду, что в конечном итоге
приведет к устойчивому экономическому росту и повышению благосостояния
своих граждан.
Ключевые слова: малый бизнес, частное предпринимательство, экспорт,
конкуренция, текстиль, шитье и трикотаж, инвестиции, экономические
реформы.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan
yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining tub mohiyati
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish,
tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutadi. Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda
tutilgan eng muhim vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, davlat budjeti
taqchilligini qisqartirish, sanoatning yetakchi tarmoqlari va iqtisodiyotni yanada
liberallashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektorga keng
yo‘l ochish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, iqtisodiy munosabatlarda
erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil
qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish va
tarkibiy islohotlarni davom ettirishdan iborat. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilari bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy
tartibga solish bilan bevosita bog‘liqdir. Bozor munosabatlariga o‘tish, iqtisodiyotda
xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar sinfini shakllantirish,
tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, bozor infratuzilmasi institutlarini
tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq
va manfaatlarini himoya qilish ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan maqsadli
dasturlar izchil amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu maqsadli davlat dasturlarining
samarasi bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning ulushi 53,9 foizga yetganligida o‘z aksini topadi. Ushbu
ko‘rsatkich 2000-yilda 31,0 foizni, 2020-yilda esa 52,5 foizni tashkil etganligini aytib
o‘tish maqsadga muvofiq. Respublikamizda hozirgi vaqtda to‘qimachilik sanoatini
yanada rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilib, sifat menejmenti tizimini joriy etish,
boshqarishda innovatsion usullarni qo‘llash borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar
qilinmoqda. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasida “...iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni
jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash hamda faol
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar...” ustuvor yo‘nalish
sifatida belgilandi.1 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish, soha korxonalarining
investitsiya va eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks choratadbirlar amalga oshirilishi natijasida respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi
va ip-kalavaning 45 foizi to‘liq qayta ishlanmoqda.
Shuningdek, sohaning eksport salohiyati 3,2 milliard dollardan oshdi.2 Kichik
biznesni rivojlantirish jamiyat tarkibida o‘rta qatlamning ulushi ortishi, shu bilan birga,
mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni taʼminlashning muhim omili
hisoblanadi. Kichik biznes AQSH, Germaniya, Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Italiya
kabi rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni barqarorlashtirishda katta ahamiyat
kasb etadi. Xalqaro kichik biznes Kengashi (ICSB) maʼlumotlariga ko‘ra, kichik
biznes subyektlari barcha korxonalarning 90% dan ortig‘ini, ish bilan band
bo‘lganlarning 60-70% ni, yalpi ichki mahsulotning 50% ni tashkil etadi. Ushbu
korxonalar dunyoning rivojlangan mamlakatlari iqtisodiyotining asosini tashkil
etadi, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishda ayollar va yosh tadbirkorlar hamda
kam taʼminlangan aholi guruhlarini ishga joylashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги «2022-2026 йилларга мўлжалланган янги
Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси» ПФ-60-сонли Фармони. Манба: https://lex.uz/docs/5841063
2 “Пахта-тўқимачилик кластерлари фаолиятини қўллаб-қувватлаш, тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатини
тубдан ислоҳ қилиш ҳамда соҳанинг экспорт салоҳиятини янада ошириш чора-тадбирлари” тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 10.01.2023 йилдаги ПФ-2-сон. Манба:
https://lex.uz/docs/6351331
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ko‘rsatkichlari bo‘yicha iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha yondashuvlar
shakllantirilgan. Dr. Jay Dewhurst “Biznesga kirish va biznesni rejalashtirish” nomli
ilmiy ishidagi fikriga ko‘ra, tadbirkor o‘zgartirishlar tashabbuskori, tadbirkorlik yangi
usullarni izlab topish jarayoni va ko‘p hollarda yangi korxona yaratuvchilar
hisoblanadi, deb o‘z fikrlarini bildirgan. (Dewhurst A., 2017) “Xususiy va kichik
biznes menejmenti” nomli o‘quv qo‘llanmada “Tadbirkor – to‘la yoki qisman moddiy
mablag‘ga ega bo‘lgan g‘ayratli inson bo‘lib, u ushbu resursni o‘z ishini (biznesini)
tashkil qilish uchun ishga soladi”, - deb o‘z fikrini bildirgan. (Sobirjonova D.,
Boymatova U., 2017) “Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari” nomli o‘quv
qo‘llanmasida esa “Tadbirkorlik subyektlarini ularning faoliyat sohasi va ularda band
bo‘lganlarning soniga qarab belgilashdir”, - deb fikr bildirganlar. (Oqilov O., Kamalov
O, Ibragimov B., 2013)
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini rivojlantirishda olimlar va soha
vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og‘zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish,
ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli
yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o‘tkazish orqali tegishli
yo‘nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi
bo‘yicha qayd etilgan ko‘rsatkichlar aksariyat bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan yuqori hisoblanadi. Jumladan, ushbu ko‘rsatkich
Italiyada 60,0 foizni, Yaponiyada 55,0 foizni, Germaniyada 54,0 foizni, Buyuk
Britaniyada 53,0 foizni tashkil etadi. MDH mamlakatlari guruhidan Qozog‘istonda
25,6 foiz, Rossiya Federatsiyasida esa 20,0 foizga teng. Bunda turli mamlakatlarda
kichik biznes sohasiga tegishli o‘rnatilgan meʼyorlar turlicha ekanligini ham inobatga
olish lozim.
Mamlakat iqtisodiyoti o‘sish surʼatlarini jadallashtirishda olib borilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar orqali aholi ehtiyojlarini qondirish, ularning daromadlarini
oshirish masalalarini hal etish, farovon yashashini taʼminlash, bandlik, sog‘lom
raqobat muhitini yaratish, bozordagi talab va taklifga samarali taʼsir ko‘rsatish, ayollar
va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirishdagi institutsional o‘zgarishlarni ilmiy tahlil
etgan holda ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash kabi ilmiy-nazariy muammolar,
monopoliyaga qarshi kurashish siyosati kabi ilmiy-amaliy muammolarni hal qilish va
amaliy tatbiq etishga haqiqiy zarurat tug‘ilmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ulushini
oshirish uchun (jamiga nisbatan foizda) mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik
muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan erkinliklar tizimini
kengaytirish va ularning mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatidagi tutgan o‘rnini
mustahkamlashga qaratilgan dasturlar ham amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan,
O‘zbekiston eksportida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 2000-yilda
10,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 20,5 foizga yetdi.
Tahlil etilayotgan davrda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning importdagi ulushi
22,8 foizdan 51,8 foizga yetdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ushbu soha vakillarining mamlakatimiz tashqi
iqtisodiy faoliyatidagi tutgan roli ortib bormoqda. Jumladan, tashqi bozordan import
qilinayotgan mahsulotlarning katta hajmdagi ulushi ushbu soha vakillari hissasiga
amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, mamlakatimizda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish orqali uning
mamlakat eksporti hajmidagi ulushini ham keskin darajada oshirish imkoniyati
mavjud. 2020-yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi davrida ham
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni davlat
tomonidan aniq va manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar izchil davom
ettirildi. Xususan, joriy yilning o‘zida respublika bo‘yicha jami 70 251 ta yangi kichik
korxona va mikrofirmalar tashkil etildi. Jumladan, hududlar kesimida eng ko‘p yangi
tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida bo‘lib, ularning soni
10 786 tani yoki jamiga nisbatan 15,4 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich Samarqand
viloyatida 6 558 ta yoki 9.3 foizga, Surxondaryo viloyatida esa 6 395 ta yoki 9,1 foizga
teng bo‘ldi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinadigan bo‘lsa, joriy yilda
tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning 37,0 foizi savdo, 20,7 foizi sanoat,
16,9 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 6,7 foizi esa qurilish sohalari hissasiga
to‘g‘ri keldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlariga
ko‘ra, 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlatning faol
ijtimoiy dasturlari doirasida umumiy qiymati 6,1 trln. so‘mga teng bo‘lgan jami 214
mingdan ortiq biznes loyihalarga tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari
ajratilgan. Ajratilgan kredit mablag‘larining 41 foizi (2 trln. 479 mlrd. so‘m) yuridik
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga (YATT), 59 foiz ulushi esa (3
trln. 599 mlrd. so‘m) o‘z-o‘zini band qiluvchi jismoniy shaxslarga ajratilgan. Tahlillar
ko‘rsatishicha, koronavirus pandemiyasi sharoitida ajratilgan kredit mablag‘larining
78 foizi (4,8 trln. so‘m) davlatning “Har bir oila – tadbirkor” faol ijtimoiy himoya
dasturi doirasida amalga oshirilgan. Mazkur mablag‘larning 1,6 trln. so‘mdan ortiqroq
qismi mamlakatda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga, 1,8 trln. so‘mdan ortiq
qismi esa yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan maqsadli
islohotlar natijasida, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhiti tubdan
yaxshilandi. Jumladan:
- 2017-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan
tashqari tekshirishlarning barcha turlari, shuningdek, qarshi tekshirishlar, shu
jumladan, jinoiy ishlarda tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va
manfaatlarini cheklash bekor qilindi;
- 2018-yil yanvar oyidan boshlab koronavirus pandemiyasi inqirozi tufayli
2020-yilda uzaytirilgan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini tekshirishga ikki yillik moratoriy eʼlon qilindi;
- 2018-yil 1-iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasida 6 turdagi
litsenziyalar va ruxsatnomalar bekor qilindi. Shu jumladan 17 ta litsenziya va
38 ta ruxsatnomalarni birlashtirib, 15 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnomani berish
muddati qisqartirildi;
- Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy
tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil qilmasdan mikrokreditlar ajratish
mexanizmi soddalashtirildi;
- Tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatadigan Tadbirkorlikni
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkil etildi;
- Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish shaklida jinoiy jazoni qo‘llash
taqiqlandi;
- 2021-yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlashga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari qabul qilindi.
- Kichik biznes subyektlari uchun mezonlarni aniq belgilash, korxonalarni
tegishli biznes toifasi bo‘yicha guruhlashga qarab imtiyozlar beriladigan
bo‘ldi;
- Korxonalarning hajmi, biznes start up va texnologik innovatsiyalaridan qatʼiy
nazar, xususiy sektor korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lga
qo‘yildi;
- Xususiy mulk huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sud tizimi isloh qilindi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, keyingi yillarda
mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirishda ularning imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanish, kichik korxonalarga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirishga
qaratilgan yangi tizimning ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Bu borada
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali
makroiqtisodiy barqarorlikka erishish uchun zamin yaratiladi. Bugungi kunda
mamlakatimizda ham eksportga alohida eʼtibor qaratilib, davlat tomonidan imtiyozlar
yaratilgan bo‘lsa-da, sohada muammolar va yechimini kutayotgan masalalar mavjud.
Eksport operatsiyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi faoliyatini ko‘radigan
bo‘lsak, eksport shartnomalarini sug‘urta qilish tizimi mavjud emasligi eksport
operatsiyalarining riskini oshirmoqda va tadbirkorlar ko‘p hollarda ishonchsizlik
tufayli mahsulotini ichki bozorga sotish bilan kifoyalanmoqda. Mamlakatda eksportga
oid maʼlumotlarni olish imkoniyati O‘zbekiston tadbirkorlariga yaratilmaganligi,
hududlarda tadbirkorlarni eksportga yo‘naltiruvchi va ularga yaqindan amaliy ko‘mak
beruvchi uyushmalar, markazlar tashkil etilmaganligi yuzaga keladigan muammolar va
masalalarni tezlik bilan hal etish imkoniyatlarini kamaytirmoqda hamda risklar
yuqoriligicha qolmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha mutaxassislar
yetishmasligi eksportchi korxonalarni yangi bozorlarga kirib borishlariga qiyinchilik
tug‘dirmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги
«2022-2026 йилларга мўлжалланган янги Ўзбекистоннинг тараққиёт
стратегияси» ПФ-60-сонли Фармони. Манба: https://lex.uz/docs/5841063
2. “Пахта-тўқимачилик кластерлари фаолиятини қўллаб-қувватлаш,
тўқимачилик ва тикув-трикотаж саноатини тубдан ислоҳ қилиш ҳамда соҳанинг
экспорт салоҳиятини янада ошириш чора-тадбирлари” тўғрисида Ўзбекистон
Республикаси Президентининг Фармони, 10.01.2023 йилдаги ПФ-2-сон. Манба:
https://lex.uz/docs/6351331
3. Dr. Jay A. Dewhurst (2014) “An Introduction to Business and Business
Planning” Manba: http://repository.iuk.ac.ke:8080/xmlui/bitstream/handle/ 123456789
/531/an-introduction-to-business-and-business-planning.pdf?sequence=1&isAllowed=y
4. Kersten R., Harms S., Liket K. & Maas K. (2011) “Small Firms Large
Impact? A Systematic Review of the SME Finance Literature” World Development,
97, p. 330-348.
5. Toxirov, Rustamjon. (2022) “Kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat
iqtisodiyotiga ta’siri hamda ularning imkoniyatlari” Yosh tadqiqotchi jurnali, Vol. 1,
№ 6, ISSN: 2181-3132 scientific journal impact factor 4.7
https://doi.org/10.5281/zenodo.6834954
6. Оқилов О., Камалов О., Ибрагимов Б. (2013) “Кичик бизнес ва
тадбиркорлик субъектлари” Ўқув қўлланма, Ўзбекистон Республикаси ИИВ
Академияси. – Тошкент.
7. Собиржонова Д., Бойматова У. (2017) Хусусий ва кичик бизнес
менежменти. Ўқув қўлланма. – Тошкент: «Иқтисод-Молия».
8. Berdiyev J. (2022) “Mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish imkoniyatlari” Евразийский журнал академических исследований,
2(11), 832–835. Manba: https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/5193
9. Tadjibayeva, Dildora (2019) “Small and medium-sized enterprise finance in
Uzbekistan: Challenges and opportunities” ADBI Working Paper Series, № 997, Asian
Development Bank Institute (ADBI), Tokyo.
REFERENCES:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» PF-60-sonli
Farmoni. Manba: https://lex.uz/docs/5841063 (In Uzbek)
2. “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik
va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini
yana-da oshirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni, 10.01.2023 yildagi PF-2-son. Manba:
https://lex.uz/docs/6351331 (In Uzbek)
3. Dr. Jay A. Dewhurst (2014) “An Introduction to Business and Business
Planning” Manba: http://repository.iuk.ac.ke:8080/xmlui/bitstream/handle/123456789/
531/an-introduction-to-business-and-business-planning.pdf?sequence=1&isAllowed=y
4. Kersten R., Harms S., Liket K. & Maas K. (2011) “Small Firms Large
Impact? A Systematic Review of the SME Finance Literature” World Development,
97, p. 330-348.
5. Toxirov, Rustamjon. (2022) “Kichik biznes va tadbirkorlikning mamlakat
iqtisodiyotiga ta’siri hamda ularning imkoniyatlari” Yosh tadqiqotchi jurnali, Vol. 1,
№ 6, ISSN: 2181-3132 scientific journal impact factor 4.7
https://doi.org/10.5281/zenodo.6834954 (In Uzbek)
6. Oqilov O., Kamalov O., Ibragimov B. (2013) “Kichik biznes va
tadbirkorlik subyektlari” O‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi. – Toshkent. (In Uzbek)
7. Sobirjonova D., Boymatova U. (2017) Xususiy va kichik biznes menejmenti.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “Iqtisod-Moliya”. (In Uzbek)
8. Berdiyev J. (2022) “Mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish imkoniyatlari” Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy, 2(11),
832–835. Manba: https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/5193 (In Uzbek)
9. Tadjibayeva, Dildora (2019) “Small and medium-sized enterprise finance in
Uzbekistan: Challenges and opportunities” ADBI Working Paper Series, № 997, Asian
Development Bank Institute (ADBI), Tokyo. (In Uzbek)