ISTEʼMOL TOVARLARI BOZORIDA BARQARORLIKNI SAQLASH:
OMILLAR VA VOSITALAR
MAINTAINING STABILITY IN THE MARKET OF CONSUMER GOODS:
FACTORS AND MEANS
ПОДДЕРЖАНИЕ СТАБИЛЬНОСТИ НА РЫНКЕ ПОТРЕБИТЕЛЬСКИХ
ТОВАРОВ: ФАКТОРЫ И СРЕДСТВА
Abdirashidov Ashirali Abdirashidovich,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, i.f.n.
Tel.: +998 93 530-33-58
Annotatsiya: Ushbu maqolada isteʼmol tovarlari bozorining murakkabliklari
O‘zbekistonning rivojlanayotgan iqtisodiy manzarasi kontekstida ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, maqolada bozor barqarorligiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar, ichki
dinamika hamda tashqi bosim ham o‘rganilgan. Bundan tashqari, maqolada xatarlarni
kamaytirish va O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan
barqaror va farovon isteʼmol tovarlari bozorini yaratish uchun qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan potensial siyosat vositalari va strategik chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi.
Maqolada miqdoriy tahlillar isteʼmol tovarlari bozorining inflyatsiya darajasidagi
o‘zgarishlarga sezgirligi, isteʼmol narxlari indekslarida aks etgan ayrim tovar
turlarining zaifligi va daromad darajasi bo‘yicha aholi guruhlari o‘rtasidagi xarid
qobiliyatidagi nomutanosibliklar tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim sektorlarda bozor
konsentratsiyasi bilan bog‘liq ehtimoliy xavflar aniqlandi.
Kalit so‘zlar: isteʼmol tovarlari, chakana savdo, xarid qobiliyati, savdo
aylanmasi, isteʼmol tovarlar bozori, ichki taʼminot zanjirlari, raqobat, iqtisodiy
farovonlik.
Annotation: In this article the complexities of the consumer goods market in the
context of the developing economic landscape of Uzbekistan are examined. The article
also studies the main factors affecting market stability, internal dynamics and external
pressure. In addition, the article considers potential policy tools and strategic measures
that can be used to reduce risks and create a stable and prosperous consumer goods
market that contributes to the sustainable economic development of Uzbekistan.
Quantitative indicators of the sensitivity of the consumer goods market to changes in
the level of inflation, the vulnerability of certain types of goods reflected in consumer
price indices, and disparities in purchasing power between population groups by
income level were analyzed in the article. Also, possible risks related to market
concentration in some sectors were identified.
Keywords: consumer goods, retail trade, purchasing power, trade turnover,
consumer goods market, internal supply chains, competition, economic well-being.
Аннотация: В данной статье рассматриваются сложности рынка
потребительских товаров в контексте развивающегося экономического
ландшафта Узбекистана. Также в статье обсуждаются основные факторы,
влияющие на стабильность рынка, внутреннюю динамику и внешнее давление.
Кроме того, в статье изучаются потенциальные инструменты политики и
стратегические меры, которые можно использовать для снижения рисков и
создания стабильного и процветающего рынка потребительских товаров,
способствующего устойчивому экономическому развитию Узбекистана. В
статье проанализирован количественный анализ чувствительности рынка
потребительских товаров к изменению уровня инфляции, уязвимости отдельных
видов товаров, отражающихся в индексах потребительских цен, а также
различий в покупательной способности между группами населения по уровню
доходов. Также были выявлены возможные риски, связанные с концентрацией
рынка в некоторых секторах.
Ключевые слова: потребительские товары, розничная торговля,
покупательная способность, товарооборот, рынок потребительских товаров,
внутренние цепи поставок, конкуренция, экономическое благополучие.
KIRISH
O‘zbekiston iqtisodiyoti yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va
boshqaruv tizimini keng qamrovli isloh qilish bilan tavsiflangan muhim o‘zgarishlar
davrini boshdan kechirmoqda. Bu o‘tish, ayniqsa, mamlakat hududlarini kelajakda
rivojlantirish borasida o‘ziga xos vazifalar va imkoniyatlarni taqdim etadi. Ilgari
sezilarli kengayishni taʼminlagan iqtisodiy o‘sishning anʼanaviy omillari o‘zgaruvchan
global dinamika sharoitida tobora yetarli bo‘lmay qolmoqda (Nijkamp P., Abreu M.,
2009). Shu bois, taraqqiyotning yangi manbalarini aniqlash va rag‘batlantirish doimiy
iqtisodiy farovonlikni taʼminlashning muhim vazifasiga aylandi.
Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot merosi O‘zbekistonda mintaqaviy
iqtisodiyotlar tuzilishiga taʼsir qilishda davom etmoqda. Tarmoqli boshqaruvga va
oldindan belgilangan hududiy mehnat taqsimotiga urg‘u berish, ehtimol, avvalgi
davrda samarali bo‘lgan, dinamik bozor talablariga moslashishda qiyinchiliklarga duch
keladigan iqtisodiy tuzilmani yaratdi (Khushnud Z., Tokhir S., Zhou Q., 2020: 132-
137). Tizimga xos bo‘lgan bu inertsiya hududlarning paydo bo‘layotgan imkoniyatlar
va muammolarga samarali javob berish qobiliyatiga to‘sqinlik qiladi. O‘rnatilgan
sanoat tarmoqlariga haddan tashqari qaramlik va hududiy iqtisodiy avtonomiyaning
yo‘qligi aholi ehtiyojlari va xo‘jalik faoliyati yo‘nalishi o‘rtasidagi tafovutga olib keldi.
Zamonaviy iqtisodiy voqelik O‘zbekistonda mintaqaviy rivojlanishning strategik
yo‘nalishini tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Bu o‘sish dvigateli bo‘lib
xizmat qilmaydigan eskirgan modellardan voz kechib, iqtisodiy faoliyatning ustuvor
yo‘nalishlarini tanqidiy qayta baholashni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy rivojlanishning
yangi qutblarini aniqlash va rag‘batlantirish yanada diversifikatsiyalangan va javob
beradigan iqtisodiy modelga qatʼiy o‘tishni talab qiluvchi muhim vazifadir. Ushbu
o‘tish mintaqaviy iqtisodiyotni mahalliy kuchli tomonlardan foydalanishga va paydo
bo‘layotgan imkoniyatlardan foydalanishga qodir bo‘lgan mustaqil subyekt sifatida tan
olinishiga asoslanishi kerak (Yahya M., Muhammad F., 2020: 249-256).
Isteʼmol tovarlari bozorida barqarorlikni taʼminlash ushbu kengroq iqtisodiy
o‘zgarishlarning muhim jihatiga aylanmoqda. Iqtisodiyot va aholi ehtiyojlari
o‘rtasidagi bevosita bog‘lovchi bo‘lgan isteʼmol tovarlari bozori ijtimoiy farovonlik va
umumiy iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim o‘rin tutadi (Helble M., 2018: 56-
74). Ushbu bozor barqarorligiga taʼsir etuvchi omillarni tushunish va potensial
o‘zgaruvchanlikni boshqarish uchun samarali vositalarni aniqlash juda muhimdir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston isteʼmol tovarlari bozoridagi barqarorlikka taʼsir
etuvchi omillarni o‘rganish va uni qo‘llab-quvvatlashning potensial siyosat vositalarini
aniqlash uchun aralash usullardan foydalanildi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat bo‘ldi:
1-bosqich: Bozor dinamikasini miqdoriy tahlil qilish: Bu bosqich isteʼmol
tovarlari bozori bilan bog‘liq iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, jumladan, inflyatsiya
surʼatlari, isteʼmol narxlari ko‘rsatkichlari, xarid qobiliyati pariteti va boshqa tahlillarni
o‘z ichiga oladi.
2-bosqich: Siyosiy vositalarni sifatli o‘rganish: 1-bosqich natijalariga asoslanib,
potensial siyosiy vositalar o‘rganildi. U isteʼmol tovarlari bozoridagi
o‘zgaruvchanlikni boshqarish uchun taqqoslanadigan iqtisodlarda qo‘llaniladigan
davlat boshqaruvi bo‘yicha mavjud adabiyotlarni har tomonlama ko‘rib chiqishni o‘z
ichiga oldi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Ushbu tahlilda xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlariga asoslangan holda
isteʼmol tovarlari bozorining barqarorligiga taʼsir etuvchi omillar va bozor
o‘zgaruvchanligini boshqarish uchun qo‘llaniladigan vositalarga oid mavjud
adabiyotlar ko‘rib chiqildi.
Qator tadqiqotlarda isteʼmol tovarlari bozorlarini shakllantirishda makroiqtisodiy
omillarning roli alohida taʼkidlangan. S.Fisher, R.Sahay va C.Veg yuqori va beqaror
inflyatsiyaning isteʼmolchilar xarid qobiliyati va bozorlarning barqarorligiga
destabilizatsiyalovchi taʼsirini qayd etadilar (Fischer S., Sahay R., Végh C., 2002: 837-
880). Xuddi shunday, Blanshar va Saymon inflyatsiya kutishlarini mustahkamlash va
narx barqarorligini taʼminlash uchun oqilona pul-kredit siyosati muhimligini ko‘rsatadi
(Blanchard O., Simon J., 2001: 135-174). Makroiqtisodiyotdan tashqari, Porterning
raqobatbardoshlik ustunliklari to‘g‘risidagi asari isteʼmol tovarlarining muayyan
sektorlarida narx dinamikasi va barqarorligiga bozor tuzilishi va kompaniyalarning
xulq-atvori qanday taʼsir ko‘rsatishini alohida taʼkidlaydi (Porter M., 2008).
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni isteʼmol tovarlari bozorini
o‘rganishni rag‘batlantirdi. Pomfret O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatining
evolyutsiyasini va uning bozor dinamikasiga taʼsirini ko‘rib chiqadi, liberallashtirish
va ijtimoiy himoya o‘rtasidagi muvozanat muammolarini alohida taʼkidlaydi (Pomfret
R., 2000: 733-748). Shuningdek, Osiyo taraqqiyot bankining tadqiqotida O‘zbekiston
isteʼmol tovarlari sektori ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, infratuzilmani yaxshilash,
raqobatni kuchaytirish va global qiymat zanjirlariga kengroq integratsiyalash zarurligi
taʼkidlanadi.
Xalqaro adabiyotlar bozor dinamikasini tushunish uchun ishonchli asos yaratsada, ushbu bilimlarni O‘zbekistonning o‘ziga xos iqtisodiy tuzilishi va siyosiy muhitini
hisobga olgan holda qo‘llash talab etiladi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Hududiy isteʼmol tovarlari bozori faoliyatining maqsadi talab va taklif o‘rtasidagi
o‘zaro taʼsirning bozor mexanizmlari va samarali rivojlanishini taʼminlash orqali
tovar-pul munosabatlaridan maksimal darajada foydalanish asosida mintaqaviy takror
ishlab chiqarish jarayonining sog‘lom ishlashini taʼminlash hamda hududlar
aholisining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdan iboratdir.
Statistika agentligining 2024-yil boshi bo‘yicha bergan maʼlumotlariga ko‘ra
respublikamizning doimiy aholisi soni 36799,8 ming kishini tashkil etdi. Unga
O‘zbekistonda shaharda istiqomat qiluvchilar soni (18771,1 ming nafar) qishloqda
yashovchilar sonidan (18028,7 ming nafar) 742,4 ming nafarga ko‘pdir. Mazkur nisbat
2011-2024-yillar oralig‘ida o‘rtacha shaharda 50,8 foiz, qishloqda 49,2 foizni
ko‘rsatdi. Yuqoridagi maʼlumotlarga parallel ravishda isteʼmol tovarlar
ayirboshlanadigan chakana savdoga ham ushbu bo‘linishda qaralsa, quyidagi holatning
guvohi bo‘lishimiz mumkin. Tadqiq etilgan 2000-2022-yillar mobaynida chakana
savdo tovar aylanmasi shaharlarda 2000-yil 67,1 foiz ulushga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2022-
yilga kelib savdodagi ulushi 11,3 foizga ortib, 78,4 foizni tashkil etgan.3 Bu holat
quyidagilar bilan izohlanadi:
- Qishloq joylarda 49,2 foiz aholi yashasa-da, biroq ularning aksariyat qismi
savdo uchun qulayroq hisoblangan yaqin shaharlarda xaridlarini amalga oshirgan;
3 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/internal-trade-2
V.Kristallerning “Markaziy joylar nazariya”siga binoan chakana savdo tovar
aylanmasi shaharlarning o‘zida yashaydigan aholisiga (50,8 foiz) nisbatan ortiqchadir
(Узакбаев К., 2023: 233-240).
- Shaharlarda savdo do‘konlarining bir-biriga yaqin joylashganligi xaridorlarga
izlayotgan tovarlarni tez, ko‘p tanlovli, qiyoslash imkoniyati kabilarni taqdim etadi.
Hududlar bo‘yicha chakana savdo aylanmasi ulushi 2000-2022-yillar oralig‘ida
qiyoslama tahlil qilinganda Buxoro (1,3%), Jizzax (1,3%), Navoiy (1,4%) va
Surxondaryo (2,2%) viloyatlarida ortganligini, Sirdaryo (-0,2%), Toshkent (-0,6%),
Andijon (-4,2%), Farg‘ona (-5,0%) viloyatlarida kamayganligini ko‘rish mumkin. Bu
holat aholi daromadlarining sezilarli darajada ortib borayotganligi bilan izohlanadi.
Hududlar kesimida mazkur yillar mobaynida Toshkent shahri ulushi o‘rtacha 23,5 %
bilan yetakchilik qilib kelmoqda. Eng past ko‘rsatkich esa 13,7 marotaba kam
ko‘rsatkich bilan Sirdaryo (1,7%) viloyatiga tegishli bo‘lib, respublikadagi o‘rtachadan
(7,1%) ham 4,1 marotaba kamdir.
Tadqiq etilayotgan yillar davomida isteʼmol tovarlar bozorida chakana savdo
aylanmasi bevosita mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq o‘ziga xos
xususiyatlarga va muvaffaqiyat omillariga ega, hamda turli o‘sish surʼatlari, raqobat
darajasi va shartlari, taqdim etilayotgan tovarlar sifati va assortimenti bilan
tavsiflangan rivojlanish bosqichlaridan o‘tdi.
2000-2022-yillar oralig‘ida O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga, dunyo
mamlakatlarida bo‘lgani kabi, sezilarli taʼsir ko‘rsatgan ikkita zarbani boshdan
kechirdi.
Birinchisi, 2008-2009-yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi natijasida
2009-yilda chakana savdo aylanmasining qisqarishi kuzatildi. Biroq, keyingi yillarda
respublikada ham, uning hududlarida ham isteʼmol talabining bosqichma-bosqich
tiklanishi va chakana savdo aylanmasining o‘sishi iqtisodiy inqirozni yengib
o‘tganligini tasdiqladi.
Ikkinchi zarba 2020-yil boshida boshlangan pandemiya davrida chakana savdo
aylanmasining keskin tushib ketganligi aniqlandi.
Tadqiq etilayotgan yillar mobaynida umumiy hisoblaganda respublika va uning
hududlarida chakana savdo aylanmasi deyarli barqaror o‘sish tendensiyasiga ega
bo‘ldi.
Respublikada chakana savdo aylanmasi 2016-yil 20,1 foiz bilan o‘zining eng
yuqori qo‘shimcha o‘sish surʼatiga ega bo‘ldi. Hududlar kesimida esa bu
ko‘rsatkichning yuqori nuqtasiga Surxondaryo (24,2 foiz) va Xorazm (27 foiz) 2006-
yil, Navoiy (31,9 foiz) va Sirdaryo (28 foiz) 2007-yil, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
(27,5 foiz) va Toshkent (28,3 foiz) 2008-yil, Andijon (25,5 foiz), Buxoro (35,5 foiz)
va Jizzax (28,7 foiz) 2009-yil, Samarqand (22,3 foiz) 2010-yil, Qashqadaryo (27,2
foiz) 2011-yil, Namangan (22,6 foiz) va Farg‘ona (21,3 foiz) 2016-yil hamda Toshkent
shahri (20,6 foiz) 2021-yilda erishdi.
60.0 12.5 12.3 14.0 11.7 13.4 12.4 12.2 13.6 10.4 11.7 11.7
50.0 11.0 8.8
40.0 8.8 10.5
30.0
20.0 20.1 27.5 25.5 35.5 28.7 27.2 31.9 22.6 22.3 24.2 28.0 28.3 21.3 27.0 20.6
10.0 -0.2 -2.0 -2.2
0.0 0.7 1.0 -8.9 -6.6 -3.0 -3.7
-10.0 0.2
-20.0 0.0 -10.1
-4.1 -8.2 -7.5
Minimum Maksimum O'rtacha o'sish
3.1-rasm. Hududlar kesimida chakana savdo aylanmasining 2000-2022-yillarda
qo‘shimcha o‘sish surʼatlari (% hisobida)4
2000-2022-yillar mobaynida respublika bo‘yicha 2018-yil qo‘shimcha o‘sish
surʼatining 0 foizi bilan eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Biroq, bu ko‘rsatkich ayrim
hududlarda, yaʼni:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2005-yil -4,1 foiz), Xorazm (2003-yil -3,7 foiz),
Qashqadaryo viloyatlari (2017-yil -0,2 foiz) va Toshkent shahrida (2002-yil -10,1 foiz)
1 yildan;
- Navoiy (2017-yil -1,8 foiz, 2018-yil -2 foiz) va Toshkent viloyatlarida (2018-yil
-6,6 foiz, 2020-yil -2,9 foiz) 2 yildan;
- Andijon (surunkasiga 2003-yil -3,6 foiz, 2004-yil -8,2 foiz, 2005-yil -5 foiz),
Jizzax (2005-yil -4,9 foiz, 2017-yil -0,7 foiz, 2018-yil -7,5 foiz), Namangan (2003-yil
-2,1 foiz, 2004-yil -0,1 foiz, 2018-yil -2,2 foiz), Sirdaryo (2002-yil -8,9 foiz, 2003-yil
-3,5 foiz, 2018-yil -0,9 foiz), Farg‘ona (surunkasiga 2003-yil -1,6 foiz, 2004-yil -3 foiz,
2005-yil -0,3 foiz) 3 yildan salbiy qo‘shimcha o‘sish surʼatlarini aks ettirdi.
Biroq tadqiq etilayotgan yillar oralig‘ida respublikaning o‘rtacha qo‘shimcha
o‘sish surʼati 11 foizni tashkil etib, ijobiy natijaga erishdi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha
Buxoro viloyati 14 foiz bilan birinchi, 8,8 foiz bilan Andijon va Farg‘ona viloyatlari
4 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/internal-trade-2
so‘nggi o‘rinlarni band etib, ular o‘rtasidagi farq unchalik katta hisoblanmaydigan 1,6
martani tashkil qildi.
Chakana savdo aylanmasi hududlar aholisining isteʼmol tovarlariga bo‘lgan talab
va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilishidan tashqari, iqtisodiy rivojlanish, aholi
turmushi farovonligini taʼminlash hamda ijtimoiy masalalar yechimini ham hal etishda
asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Savdo sohasi mamlakat iqtisodiy rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
Respublika hududlarining yalpi qo‘shilgan qiymatida savdoning ulushi ham chorak
atrofidagi qiymatni tashkil etdi. Savdoda yaratilgan ish o‘rinlari soni bo‘yicha ham
mazkur soha o‘z o‘rniga ega. Iqtisodiyotda umumiy band aholining 2000-yilda 10,6
foizi, 2022-yilda mos ravishda 11,1 foizi savdo sohasida ish bilan taʼminlangan.
3.1-jadval
Hududlar kesimida aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi nisbati (indekslarda)
Hududlar 2000 2005 2010 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
O‘zbekiston 1,000 1,000 1,000 1,000 1,000 1,000 1,000 1,000 1,000
Respublikasi 1,000 1,000
Qoraqalpog‘iston 0,468 0,561 0,586 0,597 0,598 0,623 0,623 0,619 0,631
Respublikasi 0,476 0,641
Andijon 0,989 0,852 0,870 0,857 0,854 0,873 0,828 0,838 0,769
Buxoro 1,255 0,922 1,022 1,097 1,101 1,091 1,089 1,053 1,063 1,047 0,763
Jizzax 0,760 0,565 0,720 0,814 0,817 0,806 0,737 0,706 0,736 0,731 1,026
Qashqadaryo 0,423 0,715 0,648 0,764 0,750 0,728 0,727 0,750 0,741 0,688 0,721
Navoiy 0,665 0,976 1,288 1,474 1,460 1,425 1,382 1,322 1,301 1,274 0,694
Namangan 0,738 0,725 0,730 0,727 0,747 0,750 0,728 0,743 0,738 0,753 1,273
Samarqand 0,699 0,688 0,688 0,761 0,772 0,766 0,768 0,758 0,792 0,803 0,767
Surxondaryo 0,785 0,759 0,812 0,913 0,906 0,912 0,927 0,899 0,865 0,816 0,819
Sirdaryo 0,600 0,611 0,745 0,687 0,715 0,710 0,709 0,695 0,711 0,704 0,827
Toshkent 0,695 1,132 1,152 1,182 1,170 1,157 1,085 1,153 1,073 1,127 0,661
Farg‘ona 1,032 0,976 0,792 0,765 0,777 0,779 0,788 0,770 0,781 0,787 1,121
Xorazm 1,219 0,704 0,831 0,682 0,690 0,686 0,707 0,721 0,762 0,749 0,751
Toshkent sh. 0,673 3,110 3,127 2,807 2,799 2,879 2,957 3,016 2,991 3,024 0,768
2,832 3,023
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan materiallarga asoslanib,
2000-2022-yillarda respublika hududlari isteʼmol tovarlari bozorida chakana savdo
tovar aylanmasining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan holatini ko‘rib chiqamiz.
Jadvaldagi maʼlumotlar tahlili 2000-2022-yillar mobaynida respublika hududlari
aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasida quyidagi tendensiyalar ro‘y berganligini
bildiradi:
1. Respublikada o‘rtachadan yuqori ulushga ega bo‘lish. Unda Toshkent shahri
va viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
2. Tadqiq etilayotgan davr boshida respublikada o‘rtachasidan yuqoridagi o‘rin
va keyinchalik 2004-2005-yillardan boshlab o‘rtachadan past ko‘rsatkich qayd etilgan
holat: 2000-2022-yillar Andijon (1,255-0,763) va Farg‘ona (1,219-0,751) viloyatlari.
3. Eng past ko‘rsatkichga egalik va unda turg‘un qolish: 2000-yil Jizzax viloyati
(0,423) va 2001-2022-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,493-0,641).
4. Respublikaga nisbatan ulushning kengayib borishi: Buxoro (0,760-1,026),
Navoiy (0,738-1,273), Jizzax (0,423-0,721), Surxondaryo (0,600-0,827), Xorazm
(0,673-0,768) viloyatlari.
5. Nisbatan barqaror ulushning saqlanib qolishi. Qashqadaryo (0,665-0,694),
Namangan (0,699-0,767), Samarqand (0,785-0,819), Sirdaryo (0,695-0,661).
Keyingi yillarda chakana savdo aylanmasida anʼanaviy kiyim-kechak, aralash va
oziq-ovqat bozorlari ulushining maʼlum bir darajada pasayish tendensiyasi
kuzatilmoqda. Yashash sharoiti va darajasining ritmik surʼati aholini vaqtni tejashga,
o‘zlari isteʼmol qiladigan tovarlarning sifati hamda o‘z sog‘lig‘i haqida ko‘proq
eʼtiborli bo‘lishga undamoqda va bu, o‘z navbatida, aholini tovarlar bilan taʼminlashda
mazkur turdagi bozorlarning ahamiyati yil sayin pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
3.2-rasm. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo aylanmasining respublikaga
nisbatan hisoblangan 2000-2022-yillardagi o‘rtacha koeffitsiyenti
Chakana savdo aylanmasi aholi jon boshiga mamlakat o‘rtachasiga qiyoslama
indeks orqali taqqoslanganda Respublika hududlarining katta qismi 78,6 foizi 2000-
2022-yillar davomida 1,000 koeffitsiyentdan past ekanligi maʼlum bo‘ldi. Bu holatda
Toshkent va Navoiy viloyatlari mazkur koeffitsiyentdan yuqori o‘rinni egallagan.
Toshkent shahri esa deyarli 3 barobar yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Shuni taʼkidlash
kerakki, > 0,500 bu oraliqda biror hududning yo‘qligi quvonarli holat. Biroq, 0,501-
0,750 oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax,
Samarqand, Xorazm, Sirdaryo viloyatlari kabi 7 ta hudud, 0,751-0,999 oraliqda
Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari kabi 4 ta hudud joy olgan.
Navoiy, Toshkent viloyatlari 1,000-1,500 oraliqda joy olgan bo‘lsa, 1,501-1,999
bunda biror viloyat yo‘q. Toshkent sh. 2,000 dan katta bo‘lgan koeffitsiyentda bo‘lib,
2,950 ni tashkil etmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekistonning aniq iqtisodiy voqelikni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan
faol pul-kredit va soliq-byudjet siyosati inflyatsiyani boshqarish, tovarlar va
xizmatlarning mavjudligini taʼminlash va taklif tomonidan kelib chiqadigan shoklarni
yumshatish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, tadqiqotda ichki taʼminot
zanjirlarini mustahkamlash, raqobatni rivojlantirish va ishonchli himoya mexanizmlari
orqali isteʼmolchilarning imkoniyatlarini kengaytirish zaruriyati ochib berilgan.
Natijada, isteʼmol tovarlari bozorining barqarorligini saqlash nafaqat iqtisodiy,
balki ijtimoiy majburiyat hamdir. Bu barcha fuqarolar uchun asosiy tovarlar va
xizmatlarga kirish imkoniyatini taʼminlash, biznesning rivojlanishi uchun barqaror va
ishonchli bozor muhitini yaratish hamda umumiy ijtimoiy farovonlikka
ko‘maklashishni o‘z ichiga oladi. Ushbu tadqiqot siyosatchilar va manfaatdor
tomonlarga O‘zbekistonda barqaror va rivojlanayotgan isteʼmol tovarlari bozorini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yechimlarni amalga oshirish uchun zarur
maʼlumotlarga asoslangan muloqotni olib borishda, buning ortidan esa barqaror va
inklyuziv iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi. Yuqoridagi tahlillar natijasida
quyidagi xulosalarga kelindi:
- isteʼmol tovarlar bozorida chakana savdo aylanmasi aholining daromad topishi
yuqori bo‘lgan hududlarda respublikaga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni qayd etilishiga
sabab bo‘lgan;
- hududlar o‘rtasidagi chakana savdo aylanmasidagi notekisliklar ularning boshqa
iqtisodiy soha va tarmoqlarida ham tadqiq etilishi va tuzatilishi kerak bo‘lgan
muammolar borligidan dalolat beradi;
- istiqbolda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yirik shaharlarga migratsiyaning
kuchayishini bartaraf qilish uchun ulardagi salohiyatni respublikaning boshqa
hududlariga ham yoyish chora-tadbirlarini amalga oshirish darkor.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Blanchard O., Simon J. (2001) The long and large decline in US output
volatility // Brookings papers on economic activity. – №. 1. – pp. 135-174.
2. Fischer S., Sahay R., Végh C. A. (2002) Modern hyper and high inflations //
Journal of Economic literature. – V. 40. – №. 3. – pp. 837-880.
3. Helble, M. (2018) Toward a Consumer-Centered Economy and Its Implications
for International Trade and Asia's Development. Asian Economic Papers, 17(3), 56-
74.
4. Khushnud Z., Tokhir S., Zhou Q. (2020) Analyzing Characteristics and Trends
of Economic Growth in the Sectors of National Economy of Uzbekistan. In 4th
International Symposium on Business Corporation and Development in South-East and
South Asia under B&R Initiative (ISBCD 2019) Atlantis Press. – pp. 132-137.
5. Nijkamp P., Abreu M. A. (2009) Regional development theory. Amsterdam,
The Netherlands: Vrije Universiteit, Faculty of Economics and Business
Administration.
6. Pomfret R. (2000) The Uzbek model of economic development, 1991–91
//Economics of Transition. – V. 8. – №. 3. – pp. 733-748.
7. Porter M. E. (2008) Competitive advantage: Creating and sustaining superior
performance. – Simon and Schuster.
8. Yahya M., Muhammad F. (2020) The Transformation of Economic Structure
in Gowa Regency. In 4th Padang International Conference on Education, Economics,
Business and Accounting (Piceeba-2 2019) Atlantis Press. – pp. 249-256.
9. Узакбаев К.К. (2023) Аҳолига хизмат кўрсатиш соҳаларини ҳудудий
ташкиллаштириш. Educational Research in Universal Sciences. ISSN: 2181-3515.
Volume 2, special issue 14. – pp. 233-240
10. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2
11. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/internal-trade-2
REFERENCES:
1. Blanchard O., Simon J. (2001) The long and large decline in US output
volatility // Brookings papers on economic activity. – №. 1. – pp. 135-174.
2. Fischer S., Sahay R., Végh C. A. (2002) Modern hyper and high inflations //
Journal of Economic literature. – V. 40. – №. 3. – pp. 837-880.
3. Helble, M. (2018) Toward a Consumer-Centered Economy and Its Implications
for International Trade and Asia's Development. Asian Economic Papers, 17(3), 56-
74.
4. Khushnud Z., Tokhir S., Zhou Q. (2020) Analyzing Characteristics and Trends
of Economic Growth in the Sectors of National Economy of Uzbekistan. In 4th
International Symposium on Business Corporation and Development in South-East and
South Asia under B&R Initiative (ISBCD 2019) Atlantis Press. – pp. 132-137.
5. Nijkamp P., Abreu M. A. (2009) Regional development theory. Amsterdam,
The Netherlands: Vrije Universiteit, Faculty of Economics and Business
Administration.
6. Pomfret R. (2000) The Uzbek model of economic development, 1991–91
//Economics of Transition. – V. 8. – №. 3. – pp. 733-748.
7. Porter M. E. (2008) Competitive advantage: Creating and sustaining superior
performance. – Simon and Schuster.
8. Yahya M., Muhammad F. (2020) The Transformation of Economic Structure
in Gowa Regency. In 4th Padang International Conference on Education, Economics,
Business and Accounting (Piceeba-2 2019) Atlantis Press. – pp. 249-256.
9. Uzakbayev K.K. (2023) Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarini hududiy
tashkillashtirish. Educational Research in Universal Sciences. ISSN: 2181-3515.
Volume 2, special issue 14. – pp. 233-240. (In Uzbek)
10. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2
11. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/internal-trade-2