HOZIRGI KUNDA IXTISOSLASHGAN TA’LIM MUASSASALARIDA
SMART TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADOR
JIHATLARI
ADVANTAGES OF INTELLIGENT TECHNOLOGIES IN SPECIALIZED
EDUCATIONAL INSTITUTIONS TODAY
ПРЕИМУЩЕСТВА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УМНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В
СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ
СЕГОДНЯ
Qudratova Adolat Tursunovna,
Oriental universiteti, Aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +998 94 664-32-72
E-mail: adolatqudratova2802@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada ixtisoslashgan ta’lim muassasalari faoliyatida
smart texnologiyaning ahamiyati, maqsadi, mazmuni, o‘qitishdagi afzalliklari va
internet texnologiyasi yordamida tinglovchi hamda o‘qituvchilarning masofadan turib
interfaol muloqot qilish jarayoni masalalari keng yoritilgan. XXI asr axborot
texnologiyalari asri talablari va kompyuter texnologiyalarining jadal rivoji natijasida
ta’lim tizimiga “Smart texnologiyalar” tushunchasi kirib keldi. Oʻqitishning ushbu
texnologiyasi zamirida elektron ta’lim (e-learning) tajribasi va yutuqlari yotadi.
Mazkur maqolada "smart" tushunchasi, smart ta’lim konsepsiyasi va uning asosiy
elementi – smart oʻqitish muhokama qilinadi.
Kalit soʻzlar: smart ta’lim, smart auditoriya, elektron ta’lim, smart elektron
ta’lim, smart texnologiyalar.
Annotation: In this article, the importance, purpose, content, and advantages of
smart technologies in the activities of specialized educational institutions and the
process of remote interactive communication between students and teachers using
Internet technologies are widely covered. As a result of the requirements of information
technologies of the XXI century and the rapid development of computer technology,
the concept of "Smart technologies" has entered the education system. This learning
technology is based on the experience and achievements of e-learning. This article
discusses the concept of "smart", the concept of "smart education" and its main element
– "smart" learning. The factors influencing the formation and development of the
concept of smart education are analyzed.
Keywords: smart education, smart audience, e-education, smart e-education,
smart technologies.
Аннотация: В данной статье широко освещены значение, назначение,
содержание, преимущества смарт-технологий в деятельности профильных
образовательных учреждений и процесса дистанционного интерактивного
общения студентов и преподавателей с помощью Интернет-технологий. В
результате требований информационных технологий XXI века и бурного
развития компьютерных технологий в систему образования вошло понятие
«Умные технологии». Данная технология обучения основана на опыте и
достижениях электронного образования (e-learning). В данной статье
рассматривается понятие «умное» (“smart”), понятие «умное образование» и его
главный элемент – «умное» обучение. Анализируются факторы, влияющие на
формирование и развитие концепции умного образования.
Ключевые слова: смарт образование, смарт аудитория, электронное
образование, смарт электронное образование, смарт технологии.
KIRISH
Ta’lim muassasasidа insоn hayotining аjralmas qismigа аylangan аxbоrot
texnolоgiyalarining jаdаl rivоjlanishi natijasida smаrt ta’lim аsta-sekin an’anaviy
elektron ta’lim bilan oʻrin almashmoqda. Smart ta’lim konsepsiyasi hozirda bir qatоr
tushunchalar bilan bogʻliq boʻlib, ularning koʻpchiligida turlicha talqin qilinadi. Smаrt
ta’lim mavzusidagi nаshrlar bir nechа yil oldin paydo boʻlgаn va ulаr ta’lim
rivojlanishining asosiy tendeansiyalarini qаyd etib, ta’lim tizimidаgi keyingi
oʻzgarishlаr uchun futurologik prognozlаrni yaratаdi. (Abduqodirov A., Toshtemirov
D., 2019: 138) Smаrt ta’limning tashkiliy, texnologik va pedagogik kabi uchta muhim
jihati mavjud boʻlib, ular “aqlli” ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi.
SMART (qisqartma) so‘zi ingliz tilidagi bir nechta so‘zlarning bosh harflaridan
hosil qilingan bo‘lib, o‘zbek tilida aqlli, aql-idrokli, texnologik kabi ma’nolarni
bildiradi. XX asr menejment nazariyachilaridan biri P.D. Ferdinand fanga kiritgan.
So‘ngra 1965-yili Paul J.Meyer, keyinchalik esa 1981-yili George T. Doran o‘z ilmiy
ishlarida qo‘llaganlar. Smart ta’lim koʻp miqdordagi manbalar, multimediyaning
(audio, video, grafik) mаksimal xilma-xilligini, tinglovchilarning talab va
ehtiyojlariga tez va oson moslаshish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu mutlaqo yangi
ta’lim muhiti boʻlib, unda ta’lim faoliyati Internetda umumiy standartlar,
texnologiyalar va ta’lim muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar
asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta’limning oʻziga
xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, aholining barcha
qatlamlari uchun qulaylik, ya’ni "hamma joyda" ta’lim olish imkoniyatidir.
(Бектурова З., Вагапова Н., 2019: 86)
Smart ta’lim mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir. Butun jahon bilimlaridan
foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o‘tish uchun o‘qituvchi, mutaxassis
va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini birlashtirish demakdir. Smart
ta’lim umumiy standart, texnologiyalar va o‘quv yurtining tarmog‘i va professoro‘qituvchilar tarkibi orasidagi kelishuvlar negizida internetda ta’lim faoliyatini tashkil
etishdan iborat. (Rahimov Sh., Seytov A., Jumamuratov D., Rahimova N., 2020: 237)
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Oʻquvchilar uchun smart muhit har bir oʻquvchi uchun individual ta’lim muhiti,
amaliy yoʻnalish, bilim, koʻnikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik,
ijtimoiy muhitga muvaffаqiyatli moslashishga imkon beruvchi bаrcha omillar,
uzluksiz ta’limning smart, fanlararo, talaba-yoshlarga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimlari
(maktab, oliy oʻquv yurti, korporativ oʻqitish); moslаshtirilgan oʻquv dasturlari,
portfolio; hamkorlikda оʻqitish texnologiyalari; koʻp miqdordagi odatiy funksiyalarni
avtomatlаshtirish; amаliyotchilarni oʻquv jarayoniga jаlb qilish kabilar orqali
ifodalanishi mumkin.
Z. K. Bekturova, N. N. Vagаpovalarning fikriga koʻrа, smart ta’lim muhitini
yaratish uchun bir qator muhim faktorlar zaruriy hisoblanаdi. Ular jumlasiga: yangi
bilim va texnologiyalardan foydalangan holdа innovatsion usullаr orqali oʻrganish;
texnologiyalarning yaqinlаshuvi, ta’lim sharoitlarini optimallashtirish; individual
oʻquv maqsadlariga, mavjud bilim va koʻnikmalarga, ijtimoiy muhitga avtomatik
moslashish kabilar kiradi.
“Smart” tushunchasi paydo boʻlishi bilan smart, interaktiv doska (yozuv taxtasi),
smart ekranlar, internetga istalgan joydan kirish kabi tushunchalar ham ta’lim tizimiga
kirib keldi. Bu tushunchalarning har biri ma’lumotlar tarkibini yangicha ishlab
chiqish, yetkazib berish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonini qayta tuzishga imkon
beradi. (Seytov A., Solaeva M., Tadjibayev I., 2020)
Elektron ta’limning (e-learning) toʻplangan tajribasisiz smart ta’lim
konsepsiyasini amalga oshirish ilojsiz hisoblanadi. Smart oʻqitish jarayoni negizida
axborot texnologiyalari, elektron va masofaviy, ya’ni onlayn ta’limning yutuqlari,
yillar davomida orttirilgan qimmatli tajribalari yotadi. Smаrt ta’lim texnologiyalarining
asosiy vazifasi bu oʻquv jarayonida oʻquvchilаr va oʻqituvchilаr uchun yangi
samarаdorlikka erishish uchun sharoit yaratishdir. Ta’lim texnologiyalarining bu turini
qoʻllash kompleks yondashuvni talab qiladi.
Smart ta’lim koʻp miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik)
maksimal xilma-xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson
moslashish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu mutlaqo yangi ta’lim muhiti boʻlib, unda
ta’lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta’lim muassasalari
tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan
foydalaniladi. Bu turdagi ta’limning oʻziga xos xususiyati, yashash joyidan va
moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya’ni
"hamma joyda" ta’lim olish imkoniyatidir. (Bekchonova Sh., 2022: 321) Bu orqali
transport qatnovi kamayishini, umuman, talabalarning transportga ehtiyoji qolmasligi,
universitetga borish va kelish uchun vaqt sarflamasligini inobatga olsak, katta iqtisodiy
samaradorlikka erishish mumkin.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Maqsadlarni qo‘yishda smart texnologiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
S – specific – aniq: har bir maqsad uchun, aniq ifodasi shunday tavsiflanishi
kerakki, u hammaga aniq va tushunarli tarqalsin, ya’ni ovoza boʻlsin, aks holda
qo‘yilgan maqsad to‘laligicha xohish darajasiga chiqmaydi.
M – measurable – oʻlchovli: maqsad shunday ifodalanishi lozimki, unga erishish
darajasini oʻlchash mumkin boʻlsin. Aks holda maqsadni nazardan chetga
chiqarishimiz mumkin.
А – Achievable – erishiladigan: doim belgilangan maqsadga erishish imkoniyati
boʻlishi lozim. Asosiy tamoyil: e’tiroz bilan, lekin kelishuvchan boʻlsin.
R – relevant, resource – muvofiq, resurs (natijaga yo‘naltirilgan manba), maqsad
ifodasi ijobiy o‘zgarishlarga erishish uchun boshlang‘ich nuqtaga ega bo‘lishi lozim.
Maqsad ifodasiga, uni bajarishga yetarlicha xohish-istagi bo‘lmagan o‘quvchilarni
kiritish maqsadga muvofiq emas.
T – time bound – vaqt bo‘yicha chegaralar: har bir maqsad shunday aniq
vaqtinchalik chegaralarga ega bo‘lishi kerakki, belgilangan muddatlarni o‘lchash
mumkin bo‘lsin.
Smart texnologiyalarning afzalliklari:
Taraqqiyot to‘xtamaydi va televizordagi yangi aqlli funksiya iste’molchining
hayotini yengillashtirish, kerakli xizmatlarni osonroq va qulayroq qilish uchun
mo‘ljallangan. Smart texnologiyasining afzalliklari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Internetga ulanish;
katta ekranda o‘yin o‘ynash imkoniyati;
o‘tmishdagi dasturlarni, filmlarni yoki futbol o‘yinlarini ichki xotirada
ham, tashqi diskda (flesh-karta yoki diskda) yozib olish imkoniyati. Yozuvni faqat
bitta televizorda ko‘rishingiz mumkin, kompyuter yoki noutbukda yozuvni tahrir
eta olmaysiz;
ijtimoiy tarmoqlarga, YouTube kanallariga kirish;
siz Skype orqali suhbatlashishingiz mumkin. Qo‘shimcha ravishda vebkamera sotib olishingiz kerak bo‘ladi, odatda u paketga kiritilmaydi;
siz smartfon yoki noutbukni ulab, katta ekranda fayllarni tomosha
qilishingiz mumkin;
smartfon boshqaruv paneli sifatida ishlatilishi mumkin;
imo-ishoralar yoki ovozli buyruqlar yordamida boshqaruvni amalga
oshirish mumkin.
Soʻnggi yillarda, xususan, davom etayotgan pandemiya sharoitida dunyo
miqyosida elektron va smart ta’lim texnоlоgiyalaridan foydalanishga talab keskin
ortdi. Deyarli barcha mamlakatlar ta’lim jarayonini asosan axborot texnologiyalari
orqali amalga oshirishi natijasida, Coviddan keyin Oʻzbekistonda internet tezligi
keskin oshdi. Ta’lim oluvchilarning аksariyat qismini tashkil qiluvchi maktab
оʻquvchilari, talabalar ham elektron oʻqitish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Ta’lim texnоlоgiyasining ushbu turi dunyoning istalgan nuqtasidan turib masofаviy
ishlаy оlish imkoniyаti bilаn boshqalaridan yaqqol ustunlik qilmoqdа. Bunda
oʻquvchi qayerda boʻlishidan qat’iy nazаr, kompyuter va internet ta’minoti bilan
ta’lim jarayоnida ishtirоk eta оladi. Oʻrgаnish nafаqat sinfda, bаlki boshqa har qanday
joyda: saylgoh yoki kafe kabi jamoat joylarida ham mumkin boʻladi. Ta’lim
jarayonini bogʻlaydigan asosiy element bu faol ta’lim mаzmuni, uning asоsida vaqt
va makon rаmkalarini оlib tashlash imkonini beradigan yagona omborlar yaratish
hisoblanadi. (Rahimov Sh., Seytov A., Jumamuratov D., Rahimova N., 2020: 238)
Talabalarning masofadan turib o‘qishi yotoqxona ijarasi, transport xarajatlari kabi bir
qancha chiqimlardan xalos bo‘lishlariga olib keladi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Smart texnologiyalarning ta’limga integratsiyalashuvi ta’lim metodologiyalari
samaradorligini sezilarli darajada oshirib, tub o‘zgarishlarga olib keldi. Asosiy
afzalliklardan biri shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasi sohasi hisoblanadi. Aqlli tizimlar
o‘quvchilarning individual faoliyatini tahlil qilish va shunga mos ravishda ta’lim
mazmunini moslashtirish uchun sun’iy intellekt algoritmlarini qo‘llaydi. Bunday
moslashuvchanlik o‘quvchi va talabalarning oʻziga xos ta’lim uslublariga
moslashtirilgan darslar bilan tez sur’atda ma’lumotlar bo‘yicha oʻtishini ta’minlaydi.
Moslashtirishning bu darajasi nafaqat mavzularni chuqurroq tushunishga yordam
beradi, balki oʻquvchilar oʻrtasida o‘ziga bo‘lgan faollik hissini rivojlantiradi.
«Smart»ning tayanch xossasi atrof-muhit bilan oʻzaro uyg‘unlashish va unga
moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu xususiyati mustaqil qiymatga ega va shahar,
universitet, ta’lim, texnologiya, jamiyat va koʻpgina boshqa kategoriyalarga qoʻllanishi
mumkin. Nima uchun ushbu maxsus xususiyatlar «smart» soʻzi bilan belgilanadi?
Soʻzma-soʻz tarjimasi: “smart” – “aqlli” degan ma’noni anglatishini yuqorida koʻrdik.
Lekin ingliz tilida, kamida ikkita boshqa ma’nodosh so‘z – clever va intelligent kabi
umumiy foydalaniladigan soʻz mavjud. Aqlni ifodalaydigan barcha uchta soʻzdan, eng
chuqur ma’no beradigani - intelligentdir. Xuddi shu soʻz chuqur xulosa qilish,
shuningdek, ratsional fikrlash va sifatlanishiga qandaydir boshlangʻich qobiliyat egasi
ekanligi haqida tushuncha beradi. Bu yerda smart nafaqat intellektual harakatlarni
amalga oshirish qobiliyatini, balki tashqi goʻzallikni ham belgilaydi. Ana shuning
uchun ham turli gadjetlarga nisbatan smart tushunchasi yaxshi ishlaydi: u estetika,
ergonomika va intellektual funksiyalar orasida aloqa haqidagi tasavvurni ifodalaydi.
Shu paytning oʻzida, aqlli deb qabul qilinadigan smart texnologiyalardan oqilona
xulqning imitatsiyasi kutiladi. Mos holda smart texnologiyadan foydalanish qulayligi
bilan birga ba’zi intellektual funksiyalarga qobiliyati mavjudligini kutamiz. Shuning
uchun, sun’iy intellekt va smart texnologiyani tenglashtirish mumkin emas. Smart
texnologiya tushunchasi yaqindagina ommalashdi. Undagi smart soʻzi 40 yil
muqaddam ma’lum boʻlgan. Dastlab atama aerokosmik tadqiqotlarda paydo boʻlib,
boshqa fan sohasidan olingan. Smart texnologiyalar – oʻzaro ta’sir va tajriba almashish
negizida jarayonlarga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga asoslangan
texnologiyalardir. “Smart ta’lim” esa bizni oʻrab turgan atrof-muhitda oʻzgarishlarga
obyekt yoki jarayonni bir onda moslashtirishga imkoniyat beradigan xususiyat sifatida,
zamonaviy ijtimoiy rivojlanishda, ayniqsa, ta’limda eng talabli boʻlmoqda. Smart
ta’limning yangi konsepsiyasi ta’lim tizimida yangi iqtisodiy va ijtimoiy samaralarga
erishish va yangi samaradorlik olishga imkoniyat beradigan va kommunikatsiya
texnologiyalarining yutuqlariga asoslanadi.
Zamonaviy inson muhitining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan axborot
texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida smart ta’lim asta-sekin an’anaviy
elektron ta’lim bilan oʻrin almashmoqda. Smart ta’lim konsepsiyasi hozirda bir qator
tushunchalar bilan bogʻliq boʻlib, ularning koʻpchiligida bir xil talqin qilinmaydi.
Smart ta’limning tashkiliy, texnologik va pedagogik kabi uchta muhim jihati mavjud
boʻlib, ular “aqlli” ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu albatta mutlaqo yangi
ta’lim muhiti boʻlib, unda ta’lim faoliyati Internetda umumiy standartlar,
texnologiyalar va ta’lim muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida
olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta’limning oʻziga xos
xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy-iqtisodiy ahvolidan qat’i nazar, aholining
barcha qatlamlari uchun qulayligi, ya’ni "hamma joyda" ta’lim olish imkoniyatidir.
Aqlli texnologiyalarning interfaol tabiati hamkorlik va ishtirok muhitini rivojlantiradi.
Bu yerda o‘quvchilar, talabalar ta’lim mazmuni bilan faol shug‘ullanadi, natijada bilim
yanada chuqurroq egallanadi. Shunga qaramay, ta’limda smart texnologiyalarni keng
joriy etish muammolardan xoli emas. Muhim kamchiliklardan biri raqamli tafovutning
paydo bo‘lishidir. Iqtisodiy ahvoli og‘ir bo‘lgan talabalar zarur qurilmalarga yoki
ishonchli internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lmasliklari mumkin. Bu esa
ta’limdagi tengsizliklarni kuchaytiradi. Ushbu bo‘shliqni bartaraf etish uchun aqlli
texnologiyalarning barcha talabalarga teng ravishda yetib borishini ta’minlash juda
muhimdir. Bundan tashqari, ma’lumotlarning maxfiyligi va xavfsizligi bilan bog‘liq
xavotirlar, ta’lim muassasalari o‘quvchilarning nozik ma’lumotlarini tobora ko‘proq
to‘plashi va saqlashi sababli yuzaga keldi. Raqamli asrda inklyuziv va samarali ta’lim
sifatini yaratish uchun aqlli texnologiyalarning afzalliklaridan foydalanish va ushbu
muammolarni hal qilish o‘rtasida nozik muvozanatni saqlash juda muhimdir.
XULOSA
Shu oʻrinda aytish joizki, AKT sohasi amaliyotida mutaxassislik fanlarini
oʻqitishdа interaktiv oʻquv materiallaridan foydalanish oʻquvchilarning mustaqilligi,
ijodkоrligi, fanga qiziquvchanligi, yangiliklarga intiluvchanligi, kreativligini
shakllantirishga yordam beradi. Oʻqitishning yangi turi – smart texnologiyalari
zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi boʻlib qoladi. U insoniyatga katta
imkoniyatlarni hadya etib, zamon va makon chegaralarini olib tashladi. Smart
texnologiyalardan unumli fоydalanish nafaqat mаktab oʻquvchilari, talabalar, katta
yoshli oʻrganuvchilar, balki kasbiy malaka oshiruvchilarni ham yangi bilimlarga
boʻlgan qiziqishini kuchaytirishi kerak, shunda ular jahon hamjamiyatida
muvaffaqiyatli muloqot qila oladilar.
Ilm berishga yo‘naltirilgan oliy ta’lim va ixtisoslashgan maktablarda smart
texnologiyalari vositalari keng ko‘lamda qo‘llanilishi zarur. Ya’ni, smart auditoriyada
aniq fanlarni o‘qitish talaba-o‘quvchilarning fikrlashini kengaytirib, tasavvurini
oshiradi. Ta’lim tizimining har bir bosqichida o‘z natijasini beradi va bu yetuk
mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi globallashuv jarayonida xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda
masofali smart ta’limni yo‘lga qo‘yish ham talabalar uchun ulkan iqtisodiy
yengilliklar taqdim etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abduqodirov, A.A., Toshtemirov, D.E. (2019) Ta’lim muassasalarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
Monografiya. – Guliston: "Universitet". – 232 b.
2. Бектурова, З.К., Вагапова, Н.Н. (2019) Структура базы данных и
прогрaммные модули для мoделирования управления водными ресурсами
каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация,
3(89) – С. 85-91.
3. Seytov, Aybek Jumayevich; Solayeva, Mehribon Norimonovna,
Tadjibayev, Ikram Uralbayevich. (2020) The product of a function and its place in
physics. Solid State Technology. Vol. 63 No. 4.
4. Bekchonova, Sh.B. Fanlar boʻyicha raqamli koʻnikmalarni targ‘ib qilish –
raqamli dunyoda oʻqitish uchun aralash ta’lim. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy
ta’limning transformatsiyasi” nomli respublika ilmiy amaliy anjumanining ilmiy
maqolalar va ma’ruza tezislari toʻplami (2022-yil 18-noyabr). – Toshkent: “Imzo
Print Media Group”, 2022. – B. 320-322.
5. Rahimov, Sh. Kh., Seytov, A. J., Jumamuratov, D. K. & Rahimova, N.
K. Optimal control of water distribution in a typical element of a cascade of
structures of a machine canal pump station, hydraulic structure and pump station.
India. International Journal of Mechanical and Production Engineering Research
and Development (IJMPERD) ISSN (P): 2249–6890; ISSN (E): 2249–8001 Vol.
10, Issue 3, Jun 2020, pp. 237-245.
6. Yusupov, M., Ahmedov, B. A., & Karpova, O. V. (2020). Numerical
Simulation of Nonlinear Vibrations of Discrete Mass with Harmonic Force
Perturbation. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 10 (4), 71-75.
REFERENCES:
1. Abduqodirov, A.A., Toshtemirov, D.E. (2019) Ta’lim muassasalarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Monografiya. –
Guliston: "Universitet". – 232 b. (In Uzbek)
2. Bekturova, Z.K., Vagapova, N.N. (2019) Struktura bazi dannix i
programmniye moduli dlya modelirovaniya upravleniya vodnimi resursami kaskada
nasosnix stansiy karshinskogo magistralnogo kanala. Melioratsiya, 3(89) – S. 85-91.
(№5, web of science IF=0.144) (In Russian)
3. Seytov, Aybek Jumayevich, Solaeva, Mehribon Norimonovna,
Tadjibayev Ikram Uralbaevich. (2020) The product of a function and its place in
physics. Solid State Technology. Vol. 63 No. 4. (№5 scopus IF=0.3)
4. Bekchonova, Sh.B. Fanlar boʻyicha raqamli koʻnikmalarni targ‘ib qilish –
raqamli dunyoda oʻqitish uchun aralash ta’lim. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy
ta’limning transformatsiyasi”. Respublika ilmiy amaliy anjumanining ilmiy
maqolalar va ma’ruza tezislari toʻplami (2022 yil 18 noyabr). – Toshkent: “Imzo
Print Media Group”, 2022. – B. 320-322. (In Uzbek)
5. Rahimov, Sh. Kh., Seytov, A. J., Jumamuratov, D. K. & Rahimova, N.K.
Optimal control of water distribution in a typical element of a cascade of structures
of a machine canal pump station, hydraulic structure and pump station. India.
International Journal of Mechanical and Production Engineering Research and
Development (IJMPERD) ISSN (P): 2249–6890; ISSN (E): 2249–8001 Vol. 10,
Issue 3, Jun 2020, pp. 237-245. (№5 Scopus IF = 9.6246)
6. Yusupov, M., Ahmedov, B. A., & Karpova, O. V. (2020). Numerical
Simulation of Nonlinear Vibrations of Discrete Mass with Harmonic Force
Perturbation. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 10 (4), 71-75.