TA’LIMGA QILINGAN INVESTITSIYANING BIZNES FAOLLIGIGA
TA’SIRI
IMPACT OF INVESTMENT IN EDUCATION ON BUSINESS ACTIVITY
ВЛИЯНИЕ ИНВЕСТИЦИЙ В ОБРАЗОВАНИЕ НА ДЕЛОВУЮ
АКТИВНОСТЬ
Xakimov Boburbek Akmaljon o‘g‘li,
Oriental Universiteti
Iqtisodiyot va turizm kafedrasi o‘qituvchisi
Tel.: +998 93 496-08-14
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot Osiyoning yaxshi rivojlangan 6 mamlakati uchun
oliy ta’lim qamrovi, biznes boshlash xarajatlari va biznes boshlashga kerak kunlar
sonining mamlakatda yangi bizneslar ochilishiga bo‘lgan ta’sirini 2000–2022-yillar
kesimida o‘rganadi. Munosabatlarni o‘rganish uchun STATA-14 dasturida EKKU
usulida regressiya o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra barcha regressorlar ahamiyatli bo‘lib,
biznes boshlash xarajatlari va oliy ta’lim qamrovi bizneslar soni kamayishiga sabab
bo‘lsa, biznes boshlashga kerak kunlar soni yangi bizneslar soni ortishiga sabab bo‘lar
ekan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kamchiliklar, potensial tadqiqotlar va davlat
islohotlari tahlili keltirildi. Ishbilarmonlik faolligi, oliy ta’lim qamrovi, EKKU usuli va
VIF ko‘rsatkichlari kabi tushunchalar ushbu mamlakatlarda ta’limning biznes
faolligiga ta’sirini tushunishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tadqiqot siyosatchilar va
ta’lim sarmoyalari va biznesni rivojlantirish o‘rtasidagi munosabatlarga qiziqqan
tadqiqotchilar uchun qimmatli tushunchalarni beradi.
Kalit so‘zlar: Biznes faolligi, oliy ta’lim qamrovi, davlat institutlari sifati,
hujjatbozlik darajasi, EKKU usuli, Bryush-Peygan testi, VIF ko‘rsatkichlari.
Annotation: This article highlights the effect of higher education coverage,
business start-up costs, and the number of days needed to start a business on the
opening of new businesses in the country for the period 2000–2022 for 6 welldeveloped Asian countries. In order to study relationships, regression was conducted
using the ECCU method in the STATA-14 program. According to the results, all the
regressors are significant, while the costs of starting a business and the coverage of
higher education cause the number of businesses to decrease, while the number of days
to start a business causes the number of new businesses to increase. According to the
results of the research, the analysis of shortcomings, potential studies and state reforms
was presented. Concepts such as entrepreneurial activity, higher education coverage,
the ECCU method and VIF indicators are crucial in understanding the impact of
education on business activity in these countries. The study provides valuable insights
for policy makers and researchers interested in the relationship between education
investment and business development.
Key words: Business activity, coverage of higher education, quality of state
institutions, level of documentation, ECCU method, Brusch-Pegan test, VIF indicators.
Аннотация: В этом исследовании рассматривается влияние охвата высшим
образованием, затрат на открытие бизнеса и количества дней, необходимых для
открытия бизнеса, на открытие новых предприятий в стране в период 2000–2022
годов для 6 хорошо развитых азиатских стран. Для изучения взаимосвязей была
проведена регрессия методом ECCU в программе STATA-14. Согласно
результатам, все регрессоры значимы, при этом затраты на открытие бизнеса и
охват высшим образованием приводят к уменьшению количества предприятий,
а количество дней на открытие бизнеса приводит к увеличению количества
новых предприятий. По результатам исследования был представлен анализ
недостатков, потенциальных исследований и государственных реформ. Такие
концепции, как предпринимательская деятельность, охват высшим
образованием, метод ECCU и показатели VIF, имеют решающее значение для
понимания влияния образования на деловую активность в этих странах.
Исследование предоставляет ценную информацию политикам и исследователям,
интересующимся взаимосвязью между инвестициями в образование и развитием
бизнеса.
Ключевые слова: Деловая активность, охват высшим образованием,
качество государственных учреждений, уровень документации, метод ECCU
(ЭККУ), тест Бруша-Пегана, показатели VIF.
KIRISH
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilgan bir qator islohotlar iqtisodiy
o‘zgarishlar va rivojlanishlar borasida muhokamalarga olib kelishi tabiiy hol.
O‘zbekistonda oliy ta’limning qamrovi ko‘p yillardan buyon qizg‘in bahslarga sabab
bo‘lib kelyapti. Bu ko‘rsatkichlarni oshirish mamlakatdagi ishsizlik darajasini
pasaytirish, jon boshiga o‘rtacha daromadni oshirish, inson kapitalini oshirish, yalpi
ichki mahsulot o‘sishini ta’minlashga muqobil vosita sifatida ko‘rilmoqda.
Abituriyent.uz saytining xabar berishicha, davlat rahbari “Yaqin kelgusida ushbu
ko‘rsatkichni 50-60 foizga yetkazish mo‘ljallanmoqda” deb ta’kidlagan.
Bu borada O‘zbekistonda jadal rivojlanish ketmoqda. Oliygoh.uz sayti
ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari soni
2023-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra 72 taga yetgan. Bu mamlakatda oliy ta’lim olish
imkoniyatlarini oshirish, sifatli kadrlar yetishtirishga bozordagi raqobatni oshirish
orqali erishish imkonini beradi. O‘z navbatida, bunday o‘zgarishlar bir qator qiziqarli
iqtisodiy munosabatlarga bo‘lgan e’tiborni kuchaytiradi. Shunday e’tiborga molik
munosabatlardan biri mamlakatdagi biznes faolligi va inson kapitali o‘rtasidagi
munosabatdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Bu boradagi muhokamalarning avvali avstriyalik olim Shumpeter asarlarida
muhokama qilindi. 1934-yilda yozilgan Shumpeterning “Iqtisodiy rivojlanish
nazariyasi” asarida u kapital eski bizneslardan yangi bizneslarga ko‘chib o‘tishining
asosiy sababi sifatida yangi bizneslarda ishlab chiqarishning yangi uslubi mavjud
ekanligini ko‘rsatgan. (Schumpeter J., 2021: 234) Ushbu g‘oya vositasida Shumpeter
o‘zining qarashlari Avstriya iqtisodiy qarashlar maktabidan biroz farqli ekanini
ko‘rsatadi. U iqtisodiy rivojlanishning asosi kapital shakllanishi emas, balki ilmiy
kapital rivojlanishi, yangi texnologiyalar va innovatsiyalar ekanini, bu esa aslida ilmiy
mehnatning natijasi ekanini asoslab ko‘rsatadi. Shu kabi qarashlar Solouning iqtisodiy
o‘sish modellari ustidagi ishlarida ham ifoda etilgan. Uning fikrlariga ko‘ra,
innovatsion maqsadlar uchun amalga oshirilgan investitsiyalar iqtisodiy
rivojlanishning tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi. (Solow R., 1956: 65-94) Inson kapitali
bu maqsadlarda innovatsiyani amalga oshirishdagi eng asosiy omildir. Natijada
iqtisodiy rivojlanishga inson kapitalining ta’siri ijobiy deb baholanishi to‘g‘ri bo‘ladi.
Solou modelini mukammallashtirish orqali Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish
tashkiloti mamlakatlari ustida o‘tkazilgan tadqiqotda ham inson kapitali mahsuloti
iqtisodiy rivojlanishning 5% ini tashkil qilishi aniqlangan. (Vanhoudt P., 2011: 943-
953)
Oliy ta’lim va biznes faolligining o‘zaro bog‘liqligini o‘rgangan empirik ishlarni
ham tahlil qilish o‘rinlidir. Shunday ishlarning biri Acs va Szerb tomonidan amalga
oshirilgan bo‘lib, Jahon tadbirkorlik monitori (Global Entrepreneurship Monitor)
statistik bazasidan foydalanilgan tartibda ilmiy tadqiqot o‘tkazilgan. (Acs Z., Szerb L.,
2007: 109-127)
Maqolada ta’lim tizimi ham innovatsiyalarni keltirib chiqaruvchi omil, ham
ularning kutilgan ijobiy natijalarni taqdim qilishini ta’minlovchi omil sifatida
ta’kidlanadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari oxirgi yarim asrda erishgan
muvaffaqiyatlarning asosi sifatida ham mamlakatda mukammal yetkazib berilgan xalq
ta’limi va kasb ta’limi ekanligi ko‘rsatilgan.
Biznes faolligi va oliy ta’lim qamrovi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda
makroiqtisodiy izlanishlardan tashqari, mikro bosqichdagi ilmiy izlanishlar ham
yetarlicha ahamiyatli hisoblanadi. Shu masalani muhokama qiladigan bir qator
adabiyotlar ham biznes faolligi va oliy ta’lim qamrovi o‘rtasida kuchli to‘g‘ri
munosabat borligini ta’kidlaydi. Shunday adabiyotlarning biri Kastro va boshqalar
tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, unda Austindagi Texas Universiteti tomonidan
Meksikada taqdim etilgan Texnologiya tijorati magistraturasi darajasining Meksika
iqtisodiyotiga ta’siri mikroiqtisodiy bosqichda o‘rganilgan. Ilmiy darajaga erishgan
109 meksikalik bitiruvchilar so‘rovnomada ishtirok etganlar va to‘plangan
ma’lumotlar ustida olib borilgan kategorik analizlar natijasida oliy ta’lim talabalar
karyerasida tadbirkorlik qobiliyatlari rivojlanishi va o‘z bizneslarini boshlashlarida
muhim o‘rin egallagani ko‘rsatib berilgan. (Portuguez Castro, Ross Scheede, Gómez
Zermeño, 2019)
Shunga qaramasdan, ba’zi ta’lim va psixologiya iqtisodiyoti manbalari oliy ta’lim
qamrovi kengayishi va iqtisodiy rivojlanish orasida teskari munosabat kelib chiqishi
mumkinligini ta’kidlaydi. Nabi va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot
aynan oliy ta’limdagi biznes dasturlarining talabalarning birinchi bosqichdan keyingi
tadbirkorlik ishtiyoqlariga ta’sirini o‘rganadi. (Nabi G., Walmsley A., Liñán F., Akhtar
I., Neame C., 2018: 452-467) Ular 49 kuzatmadan iborat tanlanmani “Ishtiyoqlar
o‘sishi” va “Ishtiyoqlar tushishi” ssenariylari bo‘yicha ajratib oladilar va ushbu
tanlanma ustida raqamli va kategorik analitik testlarni o‘tkazadilar. Natijada, ta’lim
jarayonida talabalar nazariy va amaliy bilimlari ortishi sababli biznes boshlashga
potensiallari oshganini anglashlari bilan bir qatorda, jarayonning murakkabligi va
muvaffaqiyatsizlik riski sababli biznes boshlashga ishtiyoqlari pasayganini
kuzatadilar.
Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy yondashuv oliy ta’lim qamrovi biznes faolligiga
ijobiy ta’sir qilishini ko‘rsatsa, ijtimoiy-psixologik yondashuv oliy ta’limning yangi
bizneslar paydo bo‘lishidagi o‘rni salbiy ekanini ta’kidlamoqda. Ushbu qarama-qarshi
qarashlarning O‘zbekiston misolidagi natijasini prognozlash, xo‘jaliklar va davlat
uchun buning bildiradigan ma’nosini tahlil qilish, xo‘jaliklar va davlat prognozlangan
vaziyatda qilishi ko‘zda tutilgan amaliyotlarga takliflar berish ushbu ishning asosiy
maqsadidir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Yuqorida ta’kidlangan maqsadlarni amalga oshirish uchun mos ekonometrik
model shakllantirish va mos statistik ma’lumotlar to‘plamini yig‘ish asosiy topshiriq
bo‘ladi. Ekonometrik modelni shakllantirish ko‘rib chiqilgan adabiyotlar tomonidan
ta’kidlangan iqtisodiy-ijtimoiy statistik ko‘rsatkichlardan foydalanish ehtiyojini
tug‘diradi. Ushbu xususiyatlar modelga kiritilgan o‘zgaruvchilar manbalari, mazmuni
va qaysi adabiyotlar tomonidan ilgari surilgani quyida taqdim etiladi:
𝐵𝑖𝑧𝑛𝑒𝑠𝑖𝑡 = 𝛽0 + 𝛽1 × 𝐷𝐼𝑆𝑖𝑡 + 𝛽2 × 𝐷𝑇𝑋𝑖𝑡 + 𝛽3 × 𝐵𝑦𝑢𝑟𝑜𝑘𝑟𝑎𝑡𝑖𝑦𝑎𝑖𝑡
+ 𝑢𝑖𝑡 (1.1)
Ushbu modelga kiritilgan ko‘rsatkichlar va ularning mazmunlari bilan tanishsak,
avvalambor, mamlakat biznes faolligini ifoda etuvchi ko‘rsatkich sifatida Jahon banki
ma’lumotlari omborida, mamlakatlar taqdim etgan hisobotga ko‘ra, yil davomida yangi
ochilgan bizneslar soni keltirilgan. Ko‘rsatkich sanoqda taqdim qilingan bo‘lib, uning
tasviriy statistik ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchilar tanishtirilgandan so‘ng taqdim etiladi.
O‘zgaruvchining STATA buyruqlarida yuritiladigan nomi “busnum” (“business
numbers”) bo‘lib, ushbu belgilash buyruqlar bilan ishlash qulayligi va STATA
natijalarini taqdim etish qulayligi tufayli amalga oshirilgan. Bizneslar soni modelning
asosiy nomustaqil o‘zgaruvchisidir.
Biznes faolligiga ta’sir ko‘rsatishi nazarda tutilgan birinchi o‘zgaruvchi sifatida
davlat institutlari xizmat sifati (DIS) olindi. O‘zgaruvchini ifoda etish uchun Jahon
banki ma’lumotlar omboridan mamlakatda biznes boshlash uchun davlat boshqarma
va agentliklariga to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlar miqdorlari keltirilgan. Ushbu
ko‘rsatkichning STATA buyruqlarida ifodalanishi “startcost” (“start-up costs”) bo‘lib,
o‘zgaruvchi biznes boshlash xarajatlarining yalpi milliy mahsulotga nisbatan foizdagi
ulushi miqdorida ifodalangan. Ushbu ko‘rsatkich Acs va Szerb ilmiy tadqiqotlarida
ma’qullangan bo‘lib, uning biznes faolligiga ta’siri salbiy bo‘lishi kutiladi.
Biznes faolligiga ta’siri o‘rganilayotgan asosiy ko‘rsatkich Oliy ta’lim
qamrovining kengayishi bo‘lib, ushbu xususiyatni ifoda etish uchun Jahon banki
ma’lumotlar omboridan Oliy ta’limga qilinayotgan davlat xarajatlari ko‘rsatkichlari
olindi. Ushbu ko‘rsatkich Oliy ta’limga davlat xarajatlarining umumiy budjet
xarajatlaridan ulushi miqdorida o‘lchangan. Oliy ta’limga davlat xarajatlarining ortishi
Oliy ta’limni rivojlantirishga davlat e’tiborining ko‘rsatkichi sifatida qabul qilinadi.
Ushbu ko‘rsatkich xalqaro makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ichida Oliy ta’lim qamrovi
ortishining eng yaqin ifodasi bo‘lgani uchun tanlab olindi. Ko‘rsatkichning biznes
faolligiga ta’siri ijobiy bo‘lishi kutiladi. O‘zgaruvchining STATA buyruqlari uchun
qisqartirilgan nomi “edugovex” (“education government expenditure”) deb tanlab
olindi.
Muhokama qilinayotgan eng oxirgi statistik o‘zgaruvchan hisobotlarda biznes
boshlash uchun sarflanadigan kunlar soni ko‘rsatkichlar bilan ifodalangan bo‘lib,
o‘zgaruvchi ma’lumotlar Jahon banki ma’lumotlar bazasidan olingan. Bu statistik
ko‘rsatkich mamlakat boshqarmalari va agentliklari faoliyatidagi qog‘ozbozlik
darajasini ifoda etish uchun modelga kiritilgan. O‘zgaruvchining modelga kiritilishi
Acs va Szerb hamda Nabi va boshqalar tomonidan taklif qilingan. O‘zgaruvchining
biznes faolligiga ta’siri salbiy bo‘lishi kutiladi. Uning STATA dasturidagi nomi
“startdays” (“starting days”) birikmasidir.
Statistik ma’lumotlar Jahon banki ma’lumotlar omboridan va Jahon rivojlanish
indikatorlari bazasidan olindi. Ma’lumotlar Osiyodagi iqtisodiy faol 6 mamlakat –
Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya va Singapur mamlakatlari
uchun 2000–2022-yillar kesimida olindi hamda ular to‘liqsiz panelga yig‘ildi.
O‘zgaruvchilarning tasviriy statistik ko‘rsatkichlari 1-jadvalda taqdim qilingan.
Unga ko‘ra, yil davomida tanlangan mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan yangi bizneslar
soni o‘rtacha 73 623 ni tashkil qilgan. Davlatlar tomonidan oliy ta’lim tizimiga qilingan
xarajatlar davlat xarajatlarining o‘rtacha 17% ini tashkil qilgan. Yangi biznes boshlash
YaIM ning 11% ini tashkil qilgan bo‘lsa, jarayon o‘tacha 17 kun vaqt talab qilgan.
Jadval 1. O‘zgaruvchilarning tasviriy statistik ko‘rsatkichlari
Variable Obs Mean Std. Dev. Min Max
245321
busnum 78 73623.141 54026.518 19575 41.5
31.372
startcost 72 11.204 9.199 0.4 76.9
edugovex 101 17.162 4.683 8.42
startdays 72 17.306 14.27 1.5
Asosiy ko‘rsatkichlarimizning tasviriy statistikasiga ko‘proq urg‘u bersak,
ma’lumotlar to‘plamlarining taqsimot qatori, normal taqsimotga yaqinligi
ko‘rsatkichlarini tekshirish muhim. Buni amalga oshirish uchun STATA dasturi
vositasida o‘zgaruvchilarning gistogrammalari tuzilib, grafik normal taqsimot chizig‘i
bilan solishtirilishi maqsadga muvofiqdir.
1.5e-05 .1
.08
1.0e-05 .06
Density Density
5.0e-06 .04
.02
0 0
0 50000 100000 150000 200000 250000 10 15 20 25 30
busnum edugovex
Diagramma 1. Biznes faolligi ko‘rsatkichi taqsimoti Diagramma 2.
Oliy ta’limga davlat xarajatlarining taqsimoti
1-diagramma biznes faolligi ko‘rsatkichining taqsimot qatorini va uning o‘rta
arifmetik va kvadratik o‘rtacha tafovut ko‘rsatkichlariga nisbatan shakllantirilgan
normal taqsimot chizig‘ini ifoda etadi. Shakldan ko‘rish mumkinki, biznes faolligi
ko‘rsatkichlari normal taqsimotga nisbatan o‘ngga og‘gan.
2-diagrammada esa taqsimot qatori va mos normal chiziq oliy ta’limga qilingan
davlat xarajatlari uchun ifoda etilgan. Birinchi diagrammadan farqli o‘laroq, asosiy
mustaqil o‘zgaruvchi uchun normallik darajasi ancha yuqori ifoda etildi.
Ikki asosiy iqtisodiy ko‘rsatkich o‘rtasidagi munosabatning yo‘nalishi va kuchi
to‘g‘risida boshlang‘ich tasavvurlarga ega bo‘lish uchun 3-diagramma shakllantirildi.
Diagramma skattergramma shaklida hosil qilingan. Ushbu skattergramma biznes
faolligi va oliy ta’lim qamrovi orasidagi munosabat teskari ekanini ifoda etadi.
Nuqtalarning umumiy bog‘lanishi kamayuvchi xususiyatni ifoda etayotgani buning
asosidir.
Lekin, bunday salbiy munosabat ko‘rinishiga sabab boshqa omillar bo‘lishi ham
mumkinligi hisobiga bu ikki ko‘rsatkich munosabatini yanada chuqurroq tahlil qilish
o‘rinlidir. Bu ishni amalga oshirish uchun o‘zgaruvchilar orasidagi korrelyatsiya
koeffitsiyentlari hisoblanishi maqsadga muvofiqdir. 2-jadval korrelyatsiya
koeffitsiyentlari jadvalini taqdim qiladi.
1000b0u0snu15m0000 200000 250000
50000
0
10 15 20 25 30
edugovex
Diagramma 3. Biznes faolligi va oliy ta’lim qamrovi o‘rtasidagi munosabat
Jadval natijalariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, eng kuchli iqtisodiy munosabat
aynan ikki asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar orasida ekani ma’lum bo‘lib, korrelyatsiya
koeffitsiyenti (-0.703) skattergramma tasvirini tasdiqlaydi. Korrelyatsiya
koeffitsiyentlariga ko‘ra kuchli iqtisodiy munosabat yana biznes boshlash xarajatlari
va biznes boshlash uchun talab qilinadigan kunlar orasida ekan (0.592). Bu modelda
ko‘p tarmoqli kollinearlik muammosi paydo bo‘lib qolishi ehtimolini anglatadi.
Qolgan munosabatlar uchun hisoblangan korrelyatsiya koeffitsiyentlari statistik
nuqtayi nazardan kichik hisoblanadi.
Jadval 2. Korrelyatsiya koeffitsiyentlari matritsasi
Variables (1) (2) (3) (4)
(1) busnum 1.000 1.000
(2) startcost -0.156 1.000 1.000
(3) edugovex -0.703 -0.257 -0.392
(4) startdays 0.240 0.592
Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holatda tadqiq qilinayotgan iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini regression model orqali aniqlash ushbu ishning
bosh maqsadidir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun eng kichik kvadratlar usulidan
foydalanib, STATA-14 dasturida hisob-kitoblar amalga oshirildi. Ularning natijalari
muhokamasi keyingi qismda taqdim etilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Olib borilgan regression tahlil natijalari muhokama qilinsa, avvalo, boshlang‘ich
regressiya natijalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshlang‘ich regressiya
natijalari 3-jadvalda taqdim etilgan. Unga ko‘ra, ko‘rsatkichlarning xususiy va umumiy
statistik ahamiyat darajalari juda yuqori. Hujjatbozlik muammosi sifatida modelga
kiritilgan biznes boshlash uchun sarflanadigan kunlar ko‘rsatkichi eng katta pqiymatga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, 0.05 ahamiyat darajasida ahamiyatliligini saqlab
qolgan (0.042).
Regressiya natijalariga ko‘ra biznes boshlash xarajatlari va oliy ta’lim qamrovi
yangi tashkil topgan bizneslar soniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu adabiyotlarda
keltirilgan g‘oyalarni tasdiqlaydi. Biznes boshlash kunlari esa bizneslar ko‘payishida
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Jadval 3. Boshlang‘ich regressiya natijalari
busnum Coef. St.Err. t- p- [95% Interval] Sig
value value Conf
startcost -3215.131 721.695 -4.45 0 -4668.699 -1761.564 ***
edugovex -9388.175 1224.937 -7.66 0 -11855.325 -6921.026 ***
startdays 924.15 441.015 2.10 0.42 35.9 1812.399 **
Constant 262718.96 26553.42 9.89 0 209237.62 316200.29 ***
Mean dependent var 75008.020 SD dependent var 60557.995
Number of obs 49
R-squared 0.651 Prob > F
Bayesian crit. (BIC) 0.000
F-test 27.919 1181.214
Akaike crit. (AIC) 1173.646
*** p<.01, ** p<.05, * p<.1
Model sifatining belgilanishida ko‘p tarmoqli kollinearlik va geteroskedastlik
muammolari bor bo‘lmasligining ahamiyati juda katta. Shu sababli, ushbu muammolar
VIF ko‘rsatkichlari va Bryush-Peygan geteroskedastlik testlari o‘tkazildi. Natijalar 4-
va 5-jadvallarda ifoda etilgan.
Jadval-4. Model VIF ko‘rsatkichlari
Variables VIF 1/VIF
startdays 1.700 0.589
startcost 1.540 0.649
Edugovex 1.180 0.846
Mean VIF 1.470
Model VIF ko‘rsatkichlarini 10 dan yuqoriga chiqqanda model ko‘p tarmoqli
kollinearlik xavfini keltirib chiqaradi. Vaholanki, 4-jadval natijalariga ko‘ra, VIF
ko‘rsatkichlarining barchasi 2 dan kichkina. Mos ravishda, Bryush-Peygan testi ham
modelda gomoskedast xatolik ko‘rsatkichlari gipotezasini rad etolmadi. Ushbu testlar
natijalaridan kelib chiqib, model kollinearlik va geteroskedastlik kamchiliklaridan holi
deb ayta olamiz. Demak, modeldagi standart xatoliklar va p-qiymatlar qabul qilinadi.
1. Table 5. Bryush-Peygan geteroskedastlik testi
Breusch-Pagan / Cook-Weisberg test for heteroskedasticity
Ho: Constant variance
Variables: fitted values of busnum
chi2(1) = 1.61
Prob > chi2 = 0.2039
XULOSA
Ushbu tadqiqotda Osiyoning yaxshi rivojlangan 6 mamlakati uchun oliy ta’lim
qamrovi, biznes boshlash xarajatlari va biznes boshlashga kerak kunlar sonining
mamlakatda yangi bizneslar ochilishiga bo‘lgan ta’siri 2000–2022-yillar kesimida
o‘rganib chiqildi. Munosabatlarni o‘rganish uchun STATA-14 dasturida EKKU
usulida regressiya o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, barcha regressorlar ahamiyatli bo‘lib,
biznes boshlash xarajatlari va oliy ta’lim qamrovi bizneslar soni kamayishiga sabab
bo‘lsa, biznes boshlashga kerak kunlar soni yangi bizneslar soni ortishiga sabab bo‘lar
ekan.
Ushbu natijalar orasida faqatgina biznes boshlashga talab qilingan kunlarning
yangi ochilgan bizneslar soniga ta’siri adabiyotlarga mos kelmadi. Oliy ta’limga urg‘u
berishda, O‘zbekiston hukumati bu islohot yoshlar orasida tadbirkorlikka bo‘lgan
intilishni pasaytirishi mumkinligini hisobga olishi zarur. O‘z navbatida, oliy ta’lim
bitiruvchilari muntazam ish o‘rniga intilishi odati ham O‘zbekiston holatida bu
ta’sirning kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu jihatni yanada chuqurroq
o‘rganish, iqtisodiyot va psixologiya sohalari elementlarini o‘ziga jamlagan tadqiqot
o‘tkazish ehtiyoji mavjud. Lekin, davlatimiz tomonidan yuritilayotgan o‘rta-maxsus
ta’lim yoki oliy ta’lim bitiruvchilariga o‘z sohalarida biznes boshlashga imtiyozli
moliyalashtirish sharoitlari yaratilishi islohotlari yoshlarda biznes ochishga
qo‘shimcha ishtiyoq yaratish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. J. Schumpeter. (2021) “The theory of economic development,” Theory Econ.
Dev., pp. 1–234, doi: 10.4324/9781003146766.
2. R. M. Solow. (1956) “A Contribution to the Theory of Economic Growth
Author (s): Robert M. Solow Stable URL: https://www.jstor.org/stable/1884513,” Q.
J. Econ., vol. 70, no. 1, pp. 65–94.
3. W. N. and P. Vanhoudt. (2011) “A Further Augmentation of the Solow Model
and the Empirics of Economic Growth for OECD Countries Author(s): Walter
Nonneman and Patrick Vanhoudt Source: The Quarterly Journal of Economics, Vol.
111, No. 3, pp. 943-953 (Aug, 1996) Published by,” Q. J. Econ., vol. 111, no. 3, pp.
943–953.
4. Z. J. Acs and L. Szerb. (2007) “Entrepreneurship, economic growth and public
policy,” Small Bus. Econ., vol. 28, no. 2–3, pp. 109–122. doi: 10.1007/s11187-006-
9012-3.
5. M. Portuguez Castro, C. R. Ross Scheede, and M. G. Gómez Zermeño. (2019)
“The impact of higher education on entrepreneurship and the innovation ecosystem: A
case study in Mexico,” Sustain., vol. 11, no. 20.
doi:10.3390/su11205597.
6. G. Nabi, A. Walmsley, F. Liñán, I. Akhtar, and C. Neame. (2018) “Does
entrepreneurship education in the first year of higher education develop entrepreneurial
intentions? The role of learning and inspiration,” Stud. High. Educ., vol. 43, no. 3, pp.
452–467. doi: 10.1080/03075079.2016.1177716.