ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

O‘zbekistonda aholi migratsiyasi va ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni ifodalovchi indikatorlar va ularni hisoblash usullari

Abdullayeva Gulhayot Shuhratovna

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

O‘ZBEKISTONDA AHOLI MIGRATSIYASI VA ULAR OʻRTASIDAGI
BOGʻLANISHLARNI IFODALOVCHI INDIKATORLAR
VA ULARNI HISOBLASH USULLARI

INDICATORS REPRESENTING POPULATION MIGRATION AND
CONNECTIONS BETWEEN THEM AND THEIR CALCULATION

METHODS IN UZBEKISTAN

ПОКАЗАТЕЛИ МИГРАЦИИ НАСЕЛЕНИЯ И СВЯЗИ МЕЖДУ НИМ И
МЕТОДЫ ИХ РАСЧЕТА В УЗБЕКИСТАНЕ

Abdullayeva Gulhayot Shuhratovna,
Oriental universiteti,

Aniq fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Tel.: +998 97 771-19-88
agulhayot@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu keng qamrovli maqolada O‘zbekistondagi aholi migratsiyasi
bo‘yicha murakkab tafsilotlar o‘rganilib, turli migratsiya omillari o‘rtasidagi
bog‘liqlikni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar va ularni hisoblash usullariga e’tibor
qaratiladi. U migratsiyaning intensivligini belgilovchi migratsiya koeffitsiyentlarini
yoritib beradi va ularning aholi harakatini tahlil qilishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
Maqolada so‘nggi besh yildagi migratsiya ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali
O‘zbekistondagi migratsiya tendensiyalari va shakllari haqida tushuncha berilgan.
Bundan tashqari, davlat duch keladigan turli migratsiya muammolarini o‘rganishga
e’tibor qaratilgan va potensial yechimlar tavsiya etilgan. Maqolada, shuningdek, tashqi
va ichki migratsiya jarayonlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar yoritilgan va migratsiya
muammolarini hal qilish bo‘yicha qimmatli fikrlar berilgan. Maqolada statistik
ma’lumotlar, iqtisodiy taqqoslash va tahlillarni ko‘rib chiqish orqali O‘zbekistondagi
migratsiya dinamikasi to‘liq ko‘rib chiqiladi. Umuman olganda, ushbu maqola
mintaqadagi migratsiya muammolarini tushunish va hal qilishdan manfaatdor
tadqiqotchilar va siyosatchilar uchun zaruriy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: Xalqaro migratsiya, migrant, migratsiya ko‘rsatkichlari,
immigrant, emigrant, migratsiya aylanmasi, mexanik o‘sish.

Annotation: This comprehensive article examines the complex details of
population migration in Uzbekistan, focusing on indicators reflecting the relationship
between various migration factors and their calculation methods. It sheds light on the
migration coefficients that determine the intensity of migration and emphasizes their
importance in the analysis of population movements. The article provides an

understanding of the trends and forms of migration in Uzbekistan by studying the
migration indicators of the last five years. In addition, it focuses on exploring the
various migration challenges facing the country and suggests potential solutions. The
article also covers scientific research on external and internal migration processes and
gives valuable ideas on solving migration problems. The article provides a
comprehensive review of the dynamics of migration in Uzbekistan by reviewing
statistical data, economic comparisons, and analysis. Overall, this article will serve as
an essential resource for researchers and policy makers interested in understanding and
addressing migration issues in the region.

Keywords: International migration, migrant, migration indicators, immigrant,
emigrant, migration turnover, mechanical growth.

Аннотация: В этой комплексной статье рассматриваются сложные детали
миграции населения в Узбекистане, уделяя особое внимание показателям,
отражающим взаимосвязь между различными факторами миграции и методами
их расчета. В статье освещены миграционные коэффициенты, определяющие
интенсивность миграции, и подчеркнута их важность при анализе движения
населения. В статье дается понимание тенденций и форм миграции в
Узбекистане путем изучения показателей миграции за последние пять лет. Кроме
того, он фокусируется на изучении различных миграционных проблем, стоящих
перед страной, и предлагает потенциальные решения. В статье также
освещаются научные исследования внешних и внутренних миграционных
процессов и приводятся ценные идеи по решению миграционных проблем. В
статье представлен комплексный обзор динамики миграции в Узбекистане путем
рассмотрения статистических данных, экономических сравнений и анализа. В
целом, эта статья послужит важным ресурсом для исследователей и политиков,
заинтересованных в понимании и решении проблем миграции в регионе.

Ключевые слова: Международная миграция, мигрант, миграционные
показатели, иммигрант, эмигрант, миграционный оборот, механический рост.

KIRISH
O‘zbekiston hozirda Markaziy Osiyoda mehnat va ta’lim migratsiyasining eng
yirik eksportchisi hisoblanadi. Jahon xoʻjaligi rivojlanib, mamlakatlararo integratsion
aloqalar kuchayib borgan sayin, mehnat migrаtsiyasi ham tobora intensivlashib
bormoqda. Rivоjlangan mamlakatlar va iqtisоdiy qоlоq mamlakatlar оʻrtasidagi
farqlarning uzluksiz kengayib borayotgani ham ushbu jarayonlarni jadallashtirishga
kuchli taʼsir koʻrsatmoqda. Chunki mehnat migratsiyasi kishilik jamiyati
taraqqiyotining hozirgi bosqichida oʻziga munosib ish va yuqori daromad topish
maqsadida amalga oshirilgan alohida turi boʻlib, iqtisodiyoti ogʻir ahvolda boʻlgan

kam rivojlangan mamlakatlarda bandlik va ish haqining oʻtkir muammolarini hal
etishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Tabiiyki, siyosiy mustaqillikka erishgan,
lekin ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda oʻtmishdan qolgan merosning ogʻir
muammolarini uzil-kesil hal etish zaruratiga duch kelgan Oʻzbekiston ham XX asrning
fenomeni – mehnat migratsiyasi jarayonlaridan chetda qolish imkonini topolmadi.

Globallashuv sharoitida jahonda migratsiya jarayonlari mamlakatlar va
mintaqalarning notekis rivojlanishi tufayli ular ijtimoiy-iqtisodiy nosimmetriklik bilan
ajralib turadigan holda juda katta nisbatlarga ega bo‘lmoqda. Migratsiya
jarayonlarining nosimmetrikligi aholining hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanishiga,
ularning tarkibiy xususiyatlari o‘zgarishiga olib keladi va bu o‘z navbatida
mamlakatlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shuning
uchun migratsiya jarayonlarining mintaqaviy assimetriyasining ijtimoiy-iqtisodiy
jihatlarini o‘rganish, ularni rivojlantirish va tartibga solishning hozirgi holati va
tendensiyalarini o‘rganish iqtisodiy tadqiqotlarning alohida yo‘nalishini tashkil etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonaviy aholi migratsiyasini o‘rganishda mahalliy va xorijiy ilmiy maktablar
o‘rtasida sezilarli farqlar mavjud. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga va tarixiy
kontekstga ega. 1946-yilda “American Sociological Review” jurnalida Britaniyalik
geograf va statistik olim Ernst Georg Ravenshteyn “Odamlarning shaharlararo
harakati” maqolasini nashr etdi. U masofaning shaharlar orasidagi migratsiyaga
ta’sirini o‘rganib chiqdi. (Alayeva G., Delovarova L., Dinorshoyev A., Jampeisov D.,
2020: 2) Olim bunday migratsiyalarni eng kam harakat yoki eng kam qarshilik tamoyili
bilan tushuntirishga harakat qildi. Bu tamoyil shundan iboratki, odamlar natijalarga
erishishda doimo ulardan eng kam kuch talab qiladigan harakatlarni tanlaydilar.
Aholi migratsiyasi nazariyasini o‘rganishga amerikalik sotsiolog Everett Li katta
hissa qo‘shdi. 1966-yilda yozgan “Migratsiya nazariyasi” maqolasida u Ravenshteyn
nazariyasini itaruvchi va tortuvchi omillarga e’tibor qaratgan holda qayta ishlab chiqdi.
(Lee E., 1966: 49)
Amerikalik iqtisodchilar Jon Harris va Maykl Todaro ham migratsiya
masalalariga ustuvor ahamiyat berishgan. Ularning ishlari 1970-yilda “American
Economic Review” jurnalida chop etilgan “Migratsiya, ishsizlik va taraqqiyot va ikki
sektorli tahlil” maqolasida chop etilgan. (Harris J., Todaro M., 1970: 130)
Migratsiyani o‘rgangan yana bir olim Amerikalik sotsiolog Samuel Stofferdir,
uning fikricha, oraliq masofa va aholi ular orasidagi migratsiya oqimini belgilovchi
asosiy omil emas. (Stouffer S., 1941: 846)
Nobel mukofoti sovrindori, qishloq va shahar sektorlarini ajratishni nazarda
tutuvchi ikki sektorli iqtisodiy model muallifi Uilyam Artur Lyuisni ham alohida
ta’kidlash joiz. Ushbu modelda muallif uchinchi dunyo mamlakatlarida ishlab

chiqarish va bandlik o‘sishi fonida qishloqlardan shaharlar tomon migratsiyasiga
alohida e’tibor bergan. (Lewis W., 1959)

Amerikalik sotsiolog Saskia Sassen globallashuv, urbanizm va xalqaro
migratsiyaning taniqli tadqiqotchisi hisoblanib, “global shahar” atamasi va bir qancha
kitoblar muallifidir. Sassen o‘zining "Mehnat va kapitalning harakatchanligi" kitobida
rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy investitsiyalar faqat emigratsiyaning
ko‘payishiga yordam beradi, deb ta’kidlaydi. (Sassen S., 1988: 240)

Globallashuv jarayonining migratsiyaga ta’siri esa nazariyotchilar Stefan Kasls
va Mark Millerning “Migratsiya davri” kitobida batafsil bayon etilgan. (Castles S.,
Miller M., 1993)

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tashqi va ichki migratsiya jarayonlari va ularning muammolarini hal qilish
haqidagi ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish, statistik maʼlumotlar asosida migratsiya
ko‘rsatkichlarini hisoblash va iqtisodiy jihatdan taqqoslash, tahlil qilish, mantiqiy
fikrlash, ilmiy abstraksiyalash, maʼlumotlarni guruhlash, analiz va sintez usullaridan
keng foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Aholining harakat ko‘rsatkichlari mazmunan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruh
ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Birinchi guruhga aholining tabiiy harakatini,
tug‘ilishi va vafotini, nikohdan o‘tganlar va ajrashganlar sonini, ikkinchi guruhga
mexanik harakatini, ya’ni aholining migratsiyasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi.
Aholi soni faqat tabiiy harakat natijasida o‘zgarmasdan, balki mexanik harakat
natijasida ham o‘zgaradi. Aholining mexanik harakati migratsiya ko‘rsatkichi nomi
bilan yuritiladi. Migratsiya oqimlarining hajmi, tarkibi va yo‘nalishi ma’lum davrdagi
asosiy ma’lumot manbai bo‘lib, migratsiyaning joriy hisobi va aholi ro‘yxati
ma’lumotlari hisoblanadi.
Aholi joriy migratsiyasiga talablar:
1. Hisob shunday tashkil etilishi kerakki, unda har qanday paytda aholining tabiiy
harakatini ham hisobga olgan holda aholi soni haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish
lozim;
2. Bu hisob migratsiyaning aholi va tuman mehnat resurslari tarkibiga ta’sirini,
migratsiya jarayonlari tezligini aniqlash demografik prognozlar uchun asos bo‘la olishi
lozim.
Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi statistik va idoraviy ma’lumotlar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida
pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-
4262-sonli Farmoni hamda Ichki ishlar idoralari tomonidan o‘rnatilgan tartibda

rasmiylashtiriladigan “Kelganlik” va “Ketganlik” to‘g‘risidagi statistik hisobga olish

varaqlari asosida shakllantiriladi. (Abdurahmonov Q., 2019)

Migratsiya jarayonlari u yoki bu mintaqa aholisi sonini o‘zgartiribgina qоlmay,
uning jinsi, yоshi, ma’lumоt darajasi, kasbi, millati va boshqa ko‘rsatkichlar bо‘yicha
tarkibini ham o‘zgartiradi. Migratsiya jarayоnlarining ushbu jihatlarini o‘rganish
uchun sanab o‘tilgan tavsiflar bо‘yicha kо‘chib kelganlar va kо‘chib ketganlar tarkibi
kо‘rsatkichlari qо‘llaniladi. Migrantlarni jalb qilish markazlari sanalgan mintaqalarda
aholi umumiy soni kо‘payishdan tashqari ahоlining qarish jarayоni sekinlashadi,
chunki migrantlar оrasida yоshlar va mehnatga layоqatli shaxslar kо‘pchilikni tashkil

qiladi. Ahоlining chiqib ketuvchi оqimi kuchli bо‘lgan mintaqalarda migratsiya teskari
samara beradi. Qоchqinlar va majburiy kо‘chib ketganlar uchun о‘ziga xоs demоgrafik
va ijtimоiy tarkib xоsdir. Global tadqiqotlarga ko‘ra, migrantlar asosan mehnat
unumdorligi va ta’limi yuqori bo‘lgan yosh mehnatkash aholidir. Shu bois, tashqi va
ichki migratsiya natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotish va daromadlarni
baholash va uni monitoring qilish, o‘lchash va tartibga solishning sifatli

mexanizmlarini ishlab chiqish eng muhim vazifalardan biridir.
Migratsiya intensivligi migratsiya kоeffitsiyentlari bilan о‘lchanib, ulardan

tahlilda fоydalanish ahоli tabiiy harakati kоeffitsiyentlaridan jiddiy farq qiladi.
Tug‘ilish, о‘lim, nikоh va ajralish kabi demоgrafik hodisalar bitta belgilangan ahоli
yig‘indisi dоirasida rо‘y beradi. Migratsiya esa dоimo bir vaqtning o‘zida ikki xil
hududiy ahоli jamiyati bilan bоg‘liq bо‘ladi. Aholi migratsiyasi mutlaq va nisbiy
ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi:
Migratsiyaning mutlaq ko‘rsatkichi. Migratsiya mutlaq ko‘rsatkichi - migratsiya

saldosi ham deyiladi va quyidagicha hisoblanadi.
SM = Akel − Aket (1)

bu yerda Akel– ko‘chib kelgan aholi soni, Aket − ko‘chib ketgan aholi soni.
Migratsiyaning intensivlik ko‘rsatkichlari har 1000 kishiga hisoblanadigan va yillik
o‘rtacha aholiga nisbatan olinadigan ko‘rsatkichlardir.
- Ko‘chib kelish koeffitsiyenti (𝐊𝐤𝐞𝐥):

Kkel= ̅ Akel ∙ 1000 (2)

A

- Ko‘chib ketish koeffitsiyenti (𝐊𝐤𝐞𝐭):
Kket = ̅ Aket ∙ 1000 (3)

A

- Migratsiya aylanmasi koeffitsiyenti (𝐊𝐌𝐀):
KMA = ̅ Akel+Aket ∙ 1000 (4)

A

- Mexanik o‘sish koeffitsiyenti (𝐊𝐌𝐎′):
KMO′ = ̅ Akel−Aket ∙ 1000 (5)

A

- Migratsiya samaradorligi (𝐊𝐒):

KS = Akel−Aket A ∙ 1000= SM ∙ 1000 (6) kel+Aket MA
Bu yerda, A̅ - o‘rtacha aholi soni,
MA- migratsiya aylanmasi (ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar yig‘indisi)
Migratsiyaning berilgan tavsiflari migratsiya jarayonlarini tahlil qilish maqsadida

davlat statistikasida qo‘llaniladigan umumiy qabul qilingan standart ko‘rsatkichlar
tizimini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichlar bir qator maxsus hisob-kitoblarni amalga
oshirishda, modellashtirish va demografik prognozlashda ham qo‘llaniladi.
(Rahmatullayeva F., Abdulloyev A., Giyazova N., Narzullayeva G., 2021)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ochiq
ma’lumotlaridan foydalangan holda, 2018–2022-yillar uchun ushbu ko‘rsatkichlarni
hisoblaymiz va olingan natijalarni 1- jadvalga joylaymiz.

Ketganlar koeffitsiyenti (𝐊𝐤𝐞𝐭)

2018 yil:Kket = ̅ Aket ∙ 1000= 174,8 ∙ 1000 = 5,4 ‰A
32656,7

2019 yil: Kket = ̅ Aket ∙ 1000 = 169,5 ∙ 1000 = 5,1‰A
33255,5

Keyingi yillar ham xuddi shu tartibda hisoblanadi.

Kelganlar koeffitsiyenti (𝐊𝐤𝐞𝐥) 2018 yil: Kkel= ̅ Akel ∙ 1000= 160,1 ∙ 1000 = 4,9 ‰A
32656,7

2019 yil: Kkel= ̅ Akel ∙ 1000= 158,9 ∙ 1000 = 4,8 ‰A
33255,5

Keyingi yillar ham xuddi shu tartibda hisoblanadi.

Mexanik o‘sish koeffitsiyenti (KMO′)

2018 yil: KMO′ = ̅ Akel−Aket ∙ 1000 = 160,1−174,8 ∙ 1000 = −0,4‰
A 32656,7

2019 yil: KMO′ = ̅ Akel−Aket ∙ 1000 = 158,9−169,5 ∙ 1000 = −0,3‰A
33255,5

O‘zbekiston Respublikasi aholisining mexanik harakati ko‘rsatkichlari

dinamikasi 2018–2022-yillar uchun (ming kishi)

1-jadval

Yillar 2018 2019 2020 2021 2022

Aholining o‘rtacha soni 32656,7 33255,5 33905,2 34558,9 35271,3

Ko‘chib kelganlar soni 160,1 158,9 191,1 256,8 214,8

Ko‘chib ketganlar soni 174,8 169,5 203,6 275,1 221,3

Migratsiya saldosi -14,7 -10,6 -12,5 -18,3 -6,5

Ko‘chib kelganlar koeffitsiyenti 4,9 4,8 5,6 7,4 6,1

‰

Ko‘chib ketganlar koeffitsiyenti ‰ 5,4 5,1 6 7,9 6,3

Mexanik o‘sish koeffitsiyenti ‰ -0,4 -0,3 -0,37 -0,5 -0,18

Jadvaldagi ma’lumotni tuzish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
statistika agentligi ochiq ma’lumotlari va muallif tomonidan hisoblangan
ko‘rsatkichlar asosida amalga oshirildi. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki,
2018-yilda ko‘chib kelganlar soni 160,1 ming kishi va ko‘chib ketganlar soni 174,8
ming kishi bo‘lib, migratsiya saldosi -14,7 ga teng bo‘lgan. 2022-yilga kelib esa,
ko‘chib kelganlar soni 214,8 ming kishi va ko‘chib ketganlar soni 221,3 ming kishi
bo‘lib, migratsiya saldosi -6,5 ga teng bo‘lgan. 2022-yildagi ma’lumotlarga e’tibor
qaratsak, ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar soni tenglashayotganini ko‘rish
mumkin.

Makroiqtisodiyotning bo‘lajak istiqbolini oldindan rejalashtirish, eng avvalo,
aholining kelgusidagi o‘zgarishi istiqbolini aniqlashdan boshlanadi. Aholining
kelajakdagi ko‘payishini belgilash kelgusida shakllanadigan demografik tarkibiy
o‘zgarishlarni aniqlash, hududiy miqyosda aholining tabiiy ko‘payishi va migratsiya
ko‘lamini taxmin qilish, hamda mehnat tarkibiy o‘zgarishini oldindan tahlil qilishdan
iboratdir. Hisoblab chiqilgan ko‘rsatkichlar orasida aholining mexanik o‘sishi
koeffitsiyenti eng ko‘p axborot beradigan ko‘rsatkich hisoblanadi. Zamonaviy
vaziyatni baholash uchun bu ko‘rsatkich qiymatini dinamikada taqqoslash qulay
bo‘ladi:

2018-yil, -0,4;
2019-yil, -0,3;
2020- yil, -0,37;
2021-yil, -0,5;
2022-yil, -0,18.
O‘zbekistonda migratsiya jarayonlari holati bir qator sabablar bilan bog‘liq.
Tashqi migratsiya uchun ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarning, respublika ichidagi
ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillar ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatdagi migratsiya
jarayonlarining, ayniqsa, tashqi migratsiyaning keskin o‘zgarishiga immigrantlar
salmog‘ining muhojirlarga qaraganda past tendensiyasiga ega ekanligiga sabab
bo‘luvchi eng katta omil – bu siyosiy mustaqillikka erishishdir. Inflyatsiya darajasining
o‘sishi, ishsizlikning oshishi, aholi turmush darajasining pasayishi kabi bir qator
muammolarga olib keldi. Boshqa MDH mamlakatlari singari O‘zbekistonda aholining
ma’lum bir qismi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida mehnat migranti sifatida
boshqa mamlakatlarga ketishga majbur bo‘lmoqda. Bu ayniqsa, qishloq joylarda
yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Qishloq xo‘jaligi bandlik uchun yetarlicha imkoniyatlarni
ta’minlashga qodir emas, bu qishloq ayollari va erkaklarini, ayniqsa yoshlarni
migratsiyaga majbur qiladi. Yoshlarning ketishi esa, mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan demografik vakuumni keltirib chiqarmoqda.
(Alayeva G., Delovarova L., Dinorshoyev A., Jampeisov D., 2020: 10)

XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekistondagi migratsiya muammolari yechimlari turli sohalar uchun
qo‘llaniladigan har xil usullar orqali topilishi mumkin: Ishsizlikni qisqartirish,
yoshlarni ta’lim va kasb-hunar boshqarmalari orqali kasb olish va ish topishlarida
qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalar
orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotni rivojlantirish, migratsiya va fuqarolik
sohasidagi qonunlar va tartibotlarni yangilash, qisqa vaqt ichida masalani hal etish
uchun qo‘llash, Xalqaro tashkilotlar, masalan, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM)
bilan hamkorlik qilish va ularning takliflaridan va tajribalaridan foydalanish,
O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolar bilan muloqot olib borish va ularni o‘zaro
integratsiya qilish uchun dasturlar tashkil etish, madaniy aloqalarni rivojlantirish zarur
hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abdurahmonov, Q. (2019) Mehnat iqtisodiyoti. Nazariya va amaliyot. Darslik.
– Toshkent: Fan.
2. Statistika bo‘yicha praktikum: O‘quv qo‘llanma. Shodiev X., Xabibullaev I.
tahriri ostida. – Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2015.
3. Raxmatullayeva, F., Abdullayev, A., Giyazova, N., Narzullayeva, G. (2021)
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti. O‘quv qo‘llanma, I qism. – Buxoro:
“Durdona” nashriyoti.
4. Alayeva, G., Delovarova, L., Dinorshoyev, A., Jampeisov, D., va boshqalar.
(2020) Qaytish migratsiyasi, xalqaro yondashuvlar va Markaziy Osiyoning mintaqaviy
o‘ziga xos xususiyatlari. O‘quv qo‘llanma. – Almati.
5. Abdullayeva, G. (2024) O‘zbekiston Respublikasi sharoitida migratsiya
jarayonlarining tahlili.
6. Abashin, S., (2015) Returning home: Family and migration scenarios in
Uzbekistan. Ab Imperio, vol. 2015, no. 3. – pp. 125–165.
7. Evchenko, N. (2018) MDH davlatlaridan Rossiyaga xalqaro immigratsiya:
dinamika va Mintaqaviy farqlash // Universitetlar yangiliklari. Shimoliy Kavkaz
mintaqasi. Seriya: Ijtimoiy fanlar. 2018 yil 2-son (198). 127–135-betlar.
8. Zipf G. (1946) The (P1,P2 / D) hypothesis: on the intercity movement of
persons // American Sociological Review. № 11. – pp. 677–686.
9. Lee, E. (1966) Theory of Migration // Demography. № 3. – pp. 47–57
10. Harris J., Todaro M. (1970) Migration, Unemployment, and Development: A
Two-Sector Analysis // The American Economic Review. № 60. – pp. 126–142.
11. Stouffer S. (1940) Intervening Opportunities: A Theory Relating Mobility and
Distance // American Sociological Review. № 5. – pp. 845–867
12. Lewis W. (1959) The Theory of Economic Growth. – N.Y.

13. Sassen S. (1988) The Mobility of Labor and Capital: A Study in International
Investment and Labor Flow. – New York: Cambridge University Press.

14. Castles S. (1993) Miller M. The age of migration: International population
movements in the modern world. – London: Macmillan.

15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti.
https://stat.uz/uz/
16. MDHning Davlatlararo statistika qo‘mitasi rasmiy sayti. www.cisstat.com
17. BMTning taraqqiyot dasturi sayti. www.undp.org
18. Rossiya Davlat statistika federal hizmati rasmiy sayti. www.gks.ru
19. Jahon banki rasmiy sayti. www.wordbank.org
20. Xalqaro valyuta fondi rasmiy sayti. www.inf.org

REFERENCES:
1. Abdurahmonov, Q. (2019) Mehnat iqtisodiyoti. Nazariya va amaliyot. Darslik.
– Toshkent: Fan. (In Uzbek)
2. Statistika bo‘yicha praktikum: O‘quv qo‘llanma. Shodiev X., Xabibullaev I.
tahriri ostida. – Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2015. (In Uzbek)
3. Raxmatullayeva, F., Abdullayev, A., Giyazova, N., Narzullayeva, G. (2021)
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti. O‘quv qo‘llanma, I qism. – Buxoro:
“Durdona” nashriyoti. (In Uzbek)
4. Alayeva, G., Delovarova, L., Dinorshoyev, A., Jampeisov, D., va boshqalar.
(2020) Qaytish migratsiyasi, xalqaro yondashuvlar va Markaziy Osiyoning mintaqaviy
o‘ziga xos xususiyatlari. O‘quv qo‘llanma. – Almati. (In Uzbek)
5. Abdullayeva, G. (2024) O‘zbekiston Respublikasi sharoitida migratsiya
jarayonlarining tahlili. (In Uzbek)
6. Abashin, S., (2015) Returning home: Family and migration scenarios in
Uzbekistan. Ab Imperio, vol. 2015, no. 3. – pp. 125–165.
7. Evchenko, N. (2018) MDH davlatlaridan Rossiyaga xalqaro immigratsiya:
dinamika va Mintaqaviy farqlash // Universitetlar yangiliklari. Shimoliy Kavkaz
mintaqasi. Seriya: Ijtimoiy fanlar. 2018 yil 2-son (198). 127–135-betlar. (In Uzbek)
8. Zipf G. (1946) The (P1P2 / D) hypothesis: on the intercity movement of persons
// American Sociological Review. № 11. – pp. 677–686.
9. Lee, E. (1966) Theory of Migration // Demography. № 3. – pp. 47–57
10. Harris J., Todaro M. (1970) Migration, Unemployment, and Development: A
Two-Sector Analysis // The American Economic Review. № 60. – pp. 126–142.
11. Stouffer S. (1940) Intervening Opportunities: A Theory Relating Mobility and
Distance // American Sociological Review. № 5. – pp. 845–867
12. Lewis W. (1959) The Theory of Economic Growth. – N.Y.

13. Sassen S. (1988) The Mobility of Labor and Capital: A Study in International
Investment and Labor Flow. – New York: Cambridge University Press.

14. Castles S. (1993) Miller M. The age of migration: International population
movements in the modern world. – London: Macmillan.

15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy sayti.
https://stat.uz/uz/
16. MDHning Davlatlararo statistika qo‘mitasi rasmiy sayti. www.cisstat.com
17. BMTning taraqqiyot dasturi sayti. www.undp.org
18. Rossiya Davlat statistika federal hizmati rasmiy sayti. www.gks.ru
19. Jahon banki rasmiy sayti. www.wordbank.org
20. Xalqaro valyuta fondi rasmiy sayti. www.inf.org