ORIENTAL UNIVERSITETIQidiruvПоискSearch
Oriental universiteti nashriyotiIlmiy jurnallar platformasiПлатформа научных журналовScholarly journals platform

Toʻliq matnПолный текстFull text

Ilmiy soha xodimlari mehnati natijalarini rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish

G‘oyibnazarov Rahmatilla Rahimboyevich

Matn PDF dan avtomatik ajratilgan: ekran oʻqiydigan dasturlar, telefon va qidiruv uchun. Rasmiy nusxa — PDF.Текст извлечён из PDF автоматически — для программ чтения с экрана, телефонов и поиска. Официальная версия — PDF.Text was extracted from the PDF automatically for screen readers, phones and search. The PDF remains the version of record.

PDF ni oʻqishЧитать PDFRead the PDF → Nashr kartasiКарточка изданияRecord

IMPROVEMENT OF THE SYSTEM OF ENCOURAGING THE RESULTS
OF THE WORK OF SCIENTISTS

Gaibnazarov Rahmatilla Rahimboyevich
International Islamic Academy of Uzbekistan,
Head of the Department of Youth Work, Spirituality and Enlightenment,
Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Associate Professor

Tel.: +998 99 815-49-62
e-mail: RahmatullaGaipnazarov@gmail.com

Abstract. This article focuses on analyzing the salary payment system for
university professors and educators, as well as exploring ways to enhance its
effectiveness. The importance of valuing labor, providing incentives, and improving
productivity and quality is elucidated. Additionally, shortcomings and issues within the
existing salary system are identified, and innovative approaches are proposed to enable
educators to perform their scientific and pedagogical activities more effectively. We
hope that these findings will provide essential information for leaders and strategic
decision-makers in higher education, positively influencing scientific development.
Establishing the necessary conditions for the development of an incentive system for
professors and educators, as well as creating a robust economic foundation to activate
their creative efforts, is crucial. The article discusses topics such as higher education,
salary systems, national income, and innovative economies, along with the per capita
GDP. Improving the incentive system for the results of scientific personnel's labor will
undoubtedly become a significant factor in enhancing effective scientific and
pedagogical activities.

Keywords: higher education, labor motivation, wages, wage system, incentives,
basic salary, GDP per capita, national income, quantity and quality of work, creative
work, innovative economy.

ILMIY SOHA XODIMLARI MEHNATI NATIJALARINI
RAG‘BATLANTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

G‘oyibnazarov Rahmatilla Rahimboyevich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi,

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i,
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Tel.: +998 99 815-49-62
e-mail: RahmatullaGaipnazarov@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasalari professoro‘qituvchilarining mehnatga haq to‘lash tizimini tahlil qilish va uning samaradorligini
oshirish yo‘llariga e’tibor qaratiladi. Mehnatni qadrlash, rag‘batlantirish, hamda
mehnat unumdorligi va sifatini oshirishning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek,
amaldagi ish haqi tizimining kamchiliklari va masalalari aniqlanib, o‘qituvchilarning
ilmiy va pedagogik faoliyatini yanada samarali amalga oshirish uchun innovatsion
yondashuvlar taklif etiladi. Ushbu ishlanmalar oliy taʼlim sohasida rahbarlar va
strategik qaror qabul qiluvchilar uchun muhim ma’lumotlar taqdim etadi va ilmiy
taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb umid qilamiz. Professor-o‘qituvchilarni
rag‘batlantirish tizimi rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoitlarning yo‘lga qo‘yilishi,
shuningdek, ularning ijodiy mehnatini faollashtirish uchun kuchli iqtisodiy bazani
yaratish muhimdir. Maqolada oliy taʼlim, ish haqi tizimi, milliy daromad va
innovatsion iqtisodiyot, shuningdek, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM kabi
masalalar muhokama qilinadi. Ilmiy soha xodimlari mehnati natijalarini
rag‘batlantirish tizimni takomillashtirish, albatta, samarador ilmiy-pedagogik
faoliyatning muhim omiliga aylanadi.

Kalit so‘zlar: oliy taʼlim, mehnatni motivlashtirish, ish haqi, ish haqi tizimi,
rag‘batlantirish, bazaviy lavozim maoshi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM,
milliy daromad, mehnat miqdori va sifati, ijodiy mehnat, innovatsion iqtisodiyot.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ СТИМУЛИРОВАНИЯ
РЕЗУЛЬТАТОВ ТРУДА НАУЧНЫХ РАБОТНИКОВ

Гаибназаров Рахматилла Рахимбоевич
Международная исламская академия Узбекистана,
Начальник отдела по работе с молодежью, духовности и просвещения,

Доктор педагогических наук, доцент
Тел.: +998 99 815-49-62

e-mail: РахматуллаГайпназаров@gmail.com

Аннотация. В данной статье рассматривается анализ системы оплаты труда
профессоров и преподавателей высших учебных заведений, а также пути
повышения ее эффективности. Освещается важность оценки труда,
стимулирования, а также повышения производительности и качества работы.
Кроме того, выявлены недостатки и проблемы существующей системы оплаты
труда, предложены инновационные подходы для более эффективной реализации
научной и педагогической деятельности преподавателей. Мы надеемся, что
результаты данных разработок предоставят важную информацию для
руководителей и стратегических решающих лиц в сфере высшего образования и
положительно повлияют на научное развитие. Существенно также создать

необходимые условия для развития системы стимуляции профессорскопреподавательского состава, а также разработать мощную экономическую базу
для активизации их творческой деятельности. В статье обсуждаются вопросы
высшего образования, системы оплаты труда, национального дохода и
инновационной экономики, а также валового внутреннего продукта на душу
населения. Улучшение системы стимуляции результатов труда работников
науки, безусловно, станет важным фактором эффективной научнопедагогической деятельности.

Ключевые слова: высшее образование, мотивация труда, заработная
плата, система заработной платы, стимулирование, базовый должностной
оклад, ВВП на душу населения, национальный доход, количество и качество
труда, творческий труд, инновационная экономика.

KIRISH
Bugungi kunda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, O‘zbekistonda
istiqbolli taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi sifatida qaralayotgan fan va taʼlim
sohasida band bo‘lgan ishchi-xodimlarning ish haqini jamiyat nuqtai nazaridan
oqilona miqdorini belgilash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi,
raqobatbardosh innovatsion iqtisodiyotning yangi sifatiga o‘tish birinchi galda
ushbu soha xodimlarining mehnatiga va ularning innovatsion taraqqiyotga erishish
nuqtai nazaridan yuqori mehnat natijalarini ko‘rsatishga bo‘lgan qiziqishlari
darajasiga bog‘liq. Yuqori malakali mutaxasislar, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar
uchun motivlashtirishning samarali tizimini qo‘llamay, ularni yuqori unumli va
sifatli mehnatga rag‘batlantirmay turib, mamlakatda iqtisodiyotni innovatsion
asosda rivojlantirish muammosini yechib bo‘lmaydi. Bu rivojlangan mamlakatlar
amaliyotida ishonchli sinovlardan allaqachon o‘tgan, isbot talab etmaydigan
aksiomadir.
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda taʼlim sohasi ishchi-xodimlari va ilmiy
tadqiqotchilar ish haqi tizimini takomillashtirish masalasi hukumatning diqqat
markazida turibdi va bu borada diqqatga sazovor bir qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, professor-o‘qituvchilar va pedagoglarning ish haqini oshirish va mehnat
natijalarini rag‘batlantirishga oid ketma-ket chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Masalan, 2020-yildan boshlab ilmiy tadqiqot ishlarida yuqori natijalarga erishgan
fan doktorlari (Doctor of Science) oylik maoshiga 60 foizgacha ustama o‘rnatish,
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) (yoki xorijiy mamlakatlarda ularga
tenglashtirilgan darajalar) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun lavozim maoshining
30 foizigacha ustama o‘rnatish tizimi joriy etildi, ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat
tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom

tasdiqlandi.1
Statistik raqamlarga tayangan holda ishonch bilan aytish mumkinki,

mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar doirasida
professor-o‘qituvchilarning va ilmiy xodimlarning ish haqi maoshlari, agar uni
mustaqillikning oldingi davrlariga taqqoslaydigan bo‘lsak, keyingi yillarda sezilarli
darajada o‘sdi. Lekin, O‘zbekiston ilmiy soha xodimlarining o‘rtacha ish haqi
daromadlarini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda peshqadamlik qilayotgan va
innovatsion faoliyat ustuvor rivojlangan xorij davlatlarining ilmiy xodimlari ish
haqi daromadlari bilan taqqoslasak, ahvol maqtanarli darajada yaxshi emasligiga
amin bo‘lamiz.

Shu sababli, ilmiy sohasida band bo‘lgan xodimlar mehnatlari natijalarini
rag‘batlantirish tizimini har bir olimning mehnat salohiyatini to‘la ishga solish
tamoyiliga moslashtirish va oliy taʼlim muassasalari ishchi-xodimlari mehnatiga
haq to‘lash tizimini takomillashtirish muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Maqolaning maqsadi oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarining
mehnatiga haq to‘lashning amaldagi tizimi samaradorligini tadqiq etishdan iborat
bo‘lib, uning vazifasi oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mehnat
faolligini rag‘batlantiruvchi va pirovard natijada ilmiy-pedagogik faoliyati
natijaviyligini oshiruvchi tizimni yaratish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqishdir.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Zamonaviy adabiyotlarda oliy o‘quv yurtlari professor–o‘qituvchilari
tarkibining kasbiy faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirishga bag‘ishlangan
turlicha nuqtai nazarlarga asoslanuvchi bir qator tadqiqotlar mavjud, ular orasida
Ivlev A.V., Shmidt Y.D., Kupera A.V., Kupriyanova L.M., Raxmanbayeva R.A.,
Aynabek K.S. va boshqalarning ishlari eʼtiborga molik. Jumladan, A.V. Ivlev oliy
taʼlim muassasalari xodimlarini rag‘batlantirish tizimining mexanizmlari va
vositalarini yaxlit komponent sifatida qarashni taklif etgan (Ивлев А., 2011). Y.D.
Shmidt va A.V. Kupera ishlarida oliy taʼlim muassasasi xodimlari uchun byudjetdan
tashqari rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha to‘lov miqdorlarini hisoblash usuli kontrakt
asosida o‘qiyotgan talabalar sonini, yuklama miqdorini va har bir xodimning
muassasa faoliyati natijalariga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda belgilash
taklif etiladi (Шмидт Ю., 2006).
L.M. Kupriyanova o‘z ishlarida oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatini
rag‘batlantirishni samarali kontraktlar tizimini shakllantirishdan boshlash lozim,

1 Vazirlar Mahkamasining “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qarori. 2019-yil 25-
dekabr. https://kun.uz/news/2019/12/25 .

deb hisoblaydi va bunda xalqaro tajribadan foydalanishni taklif etadi (Куприянова
Л., 2015).

L.M. Raxmanbayeva innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida oliy
taʼlim muassasalarining intellektual salohiyatini boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqqan (Рахманбаева Р., 2012). Oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari
mehnatini rag‘batlantirish masalalari professor K.S. Aynabek ishlarida ham o‘z aksini
topgan (Айнабек К., 2012).

Ammo yuqorida keltirilgan ilmiy ishlarda oliy o‘quv yurtlari professoro‘qituvchilari mehnatining sohaga xos xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi
rag‘batlantirish tizimini shakllantirish muammolari alohida tadqiq etilmagan.
Ushbu tadqiqotlarda oliy o‘quv yurtlari ishchi-xodimlari mehnatining jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan pirovard natijalarini
rag‘batlantirish tizimini shakllantirish muammolari hal etilmagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqotimiz mavzusi oliy taʼlim muassasalari ishchi-xodimlari daromadlarini
oshirish masalalariga bag‘ishlanganligi sababli, avvalo, mavzu doirasidagi mamlakat
Prezidentining qaror va farmonlari, hukumat qarorlari bilan belgilangan vazifalar
hamda mavzu doirasida tadqiqot olib borgan iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari
o‘rganilib, mavzuni o‘rganilganlik darajasi tadqiq etilgan. Tadqiqot metodologiyasi
sifatida statistik tadqiqot, adabiyotlar qiyosiy tahlili va farazni asoslash usullaridan
foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR
Hozirgi kunda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish mamlakat ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotida yuqori surʼatlarni taʼminlashning va uning tobora globallashib
borayotgan jahon xo‘jaligidagi mavqeini mustahkamlashning bosh mezoniga aylandi.
Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishni olimlar, professor-o‘qituvchilar, boshqa
barcha toifadagi ilmiy tadqiqotchilarning faol va yuqori natijali mehnatisiz amalga
oshirishning imkoni mavjud emas. Ushbu hayotiy haqiqatni o‘z vaqtida anglab yetgan
va munosib tarzda baholagan g‘arb davlatlari ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi
aholi qatlamlari mehnatini motivlashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratdilar.
Moddiy rag‘batlantirishning turli xil motivatsion mexanizmlarini yaratish va
amaliyotda undan o‘rinli foydalanish orqali ular ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan
shug‘ullanayotganlarni sifatli, samarali mehnat qilishga rag‘batlantirdilar. Natijada
ilmiy-ijodiy salohiyatning iqtisodiy o‘sishga kuchli taʼsir ko‘rsatish tizimini
shakllantirdilar.
Uzoqni o‘ylab, katta aql bilan boshlangan ish o‘zining amaliy samaralarini berdi:
bugungi kunda g‘arb mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning juda katta
natijalariga erishdilar. Innovatsion jarayonlarni intensiv rivojlantirish hisobidan ular

olayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraning ko‘lami juda keng. Masalan, AQSH
innovatsion rivojlanish darajasi bo‘yicha dunyoning birinchi iqtisodiyoti hisoblanadi.
AQSH aholisi yer kurrasi aholisining atigi 5 foizini tashkil etgan ayni bir paytda, jahon
YAIMning 20-25 foizi uning ulushiga to‘g‘ri keladi. 40 foiz Nobel mukofoti
sovrindorlari AQSHda istiqomat qiladi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu
mamlakatda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish hisobidan bir yilda 27,1 mln. yangi
o‘rinlari yaratilgan (jami ish o‘rinlaridagi ulushi 18,8%), innovatsion tarmoqlar
mamlakat YAIMga 5,06 trln. AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha daromad keltirgan
(jami YAIMning 34,8 %). Mamlakatda XX asr davomida aholining umr ko‘rish
uzoqligi deyarli ikki martaga uzaydi, aholi daromadlari va turmush farovonligi tez
surʼatlar bilan o‘sdi (Перепечко Л., 2015). Ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning bunday
darajalarga erishishida olimlarning, ilmiy tadqiqotchilarning mashaqqatli va samarali
mehnati yotganligi o‘z-o‘zidan ayon.

Bizningcha, iqtisodiyotning innovatsiyalarga asoslangan yangi sifatiga o‘tish
birinchi galda ushbu soha xodimlarining mehnatiga va ularning innovatsion
taraqqiyotga erishish nuqtai nazaridan yuqori mehnat natijalarini ko‘rsatishga moyillik
va moddiy qiziqishlari darajasiga bog‘liq.

Tadqiqotlarimiz davlatning oxirgi yillarda oliy taʼlim muassasalari professoro‘qituvchilarining va ilmiy xodimlarning mehnatiga haq to‘lash tizimini
takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlariga qaramasdan, ularning
mehnatiga haq to‘lashning amal qilayotgan tizimining motivatsion roli hali juda
pastligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar mamlakatda milliy iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi ilmiy muammolarni hal etishda olimlarning imkoniyatlari va
salohiyatini to‘la safarbar etish, ularni taʼlim-tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlarida yuqori
natijalarga erishishga rag‘batlantirish talablariga javob bermayotganligidan dalolat
beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning oliy taʼlim
tizimidagi muammolarga alohida urg‘u berib, “Iqtisodiyot shiddat bilan
rivojlanayotgan bir paytda oliy taʼlim tizimi taraqqiyotning lokomotivi bo‘lish o‘rniga,
zamon bilan hamqadam bo‘lmayotgani achinarlidir”, deb taʼkidlagani bejiz emas.
Bizning nazarimizda, mamlakat Prezidenti taʼkidlagan muammoni hal etishning
muhim yo‘nalishlaridan biri oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining samarali
mehnatini rag‘batlantirishning zamonaviy tizimini shakllantirishdan iborat.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlarda oliy taʼlim tizimiga
sarflangan bir AQSH dollaridan pirovard natijada davlat olti AQSH dollari miqdorida
foyda oladi. Lekin, afsuski, O‘zbekistonda bugungi kunda soha xodimlari ilmiy
salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishni rag‘batlantiruvchi yuqori samarali motivatsion

mexanizmi yaratilmaganligi oqibatida jamiyat xazinasiga kelib tushadigan foydani
ko‘paytirishning ushbu omilidan unumli foydalanilmayapti.

Taʼlim xizmatlarining o‘ziga xos jihatlaridan biri shundan iboratki, ushbu sohada
band bo‘lganlarning mehnati natijalari, uning sifati va miqdori iqtisodiy o‘sish
surʼatlariga, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga bevosita va kuchli taʼsir
ko‘rsatadi. Maʼlumki, O‘zbekistonda bugungi kunda iqtisodiy taraqqiyotning
innovatsiyalarga asoslangan modelini shakllantirish vazifasi qo‘yilgan. Ushbu dolzarb
muammoning hal etilishi mamlakatda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarida
mujassamlangan ilmiy salohiyatdan unumli foydalanish bilan chambarchas bog‘liq.

Oliy o‘quv yurtlarining ilmiy va taʼlim faoliyatini takomillashtirish, ularning
innovatsion salohiyatini oshirish uchun professor-o‘qituvchilarni moddiy
rag‘batlantirish tizimining samaradorligini oshirish zarur. Chunki, oliy o‘quv yurtlari
professor-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lashning amal qilayotgan mexanizmlarining
motivatsion samarasi juda past, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ilmiy
muammolarni hal etishda olimlarning imkoniyatlari va harakatlarini to‘la safarbar
etish, taʼlim-tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlarida yuqori natijalarga erishishni samarali
rag‘batlantirish, kelajakda O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar safidan munosib
o‘rin olishiga salmoqli hissa qo‘shishlariga erishish g‘oyalariga mos kelmaydi.

Taʼlim faoliyatining zamonaviy sharoitlarida oliy o‘quv yurtlari professoro‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish tizimi bajariladigan ishning murakkabligi,
sarflangan mehnatning miqdori va sifatini hisobga oluvchi mehnatga haq to‘lash
tizimini ishlab chiqish asosida tashkil etish lozim. Bizningcha, oliy o‘quv yurtlari
professor-o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish tizimi o‘quv yurtlari faoliyati
samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lishi lozim.

Bazaviy lavozim maoshlarining joriy etilishi undan oldin qo‘llanilgan yagona
tarif tizimiga xos bo‘lgan bir qator kamchiliklarni bartaraf etish imkonini berdi.
Professor-o‘qituvchilarning mehnat natijalari bilan ularning ish haqi shaklidagi
daromadlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik muayyan darajada kuchaydi. Lekin bazaviy
lavozim maoshlarining joriy etilishi professor-o‘qituvchilarning ish haqi daromadlarini
shakllantirish mexanizmi orqali taʼlim xizmatlari sifatini keskin oshirish, ilmiy
tadqiqot faoliyatining samaradorligini taʼminlash muammolarini uzil-kesil yechish
imkonini bermadi. Tahlil jarayonida ushbu amaliyotga joriy etilgan bazaviy lavozim
maoshlariga xos bir qator kamchiliklarni aniqladik (1-jadval).

Fikrimizcha, ushbu tizimning eng jiddiy kamchiliklaridan yana biri shundaki,
uning joriy etilishi soha ishchi-xodimlari ish haqi daromadlarining milliy
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida band bo‘lganlar ish haqi daromadlaridan
ustunligini taʼminlab bermadi.

1-jadval
Oliy taʼlim muassasalarida joriy etilgan ish haqi to‘lashning yangi tizimining asosiy

kamchiliklari

Ish haqining tarkibiy elementi Aniqlangan kamchilik

Bazaviy lavozim maoshi 1. OAK tomonidan taqdim etilgan dotsent va professor ilmiy
unvonlari hisobga olinmagan;
Ustamalar 2. Lavozim maoshlarida ish staji hisobga olinmagan.
Rag‘batlantiruvchi to‘lovlar Hamma xodimlarga bir vaqtda va ish sifatini eʼtiborga
olmagan holda bir xil ustamalar to‘lash amaliyoti mavjudligi.
1. Professor-o‘qituvchi faoliyatining natijaviyligi va intensivligini
o‘lchashning obyektiv mexanizmi yaratilmaganligi;
2. Professor-o‘qituvchi faoliyati sifatini obyektiv baholash
mexanizmining mavjud emasligi;
3. Bajarilgan ishlar darajasini baholash mexanizmi samaradorligi
pastligi;
4. Samarali mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar va samarasiz
mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning ish haqi o‘rtasida farqning
yo‘qligi;
5. Rahbariyatda professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirishning
iqtisodiy asoslangan mexanizmining mavjud emasligi;
6. Professor-o‘qituvchi faoliyatini reyting baholashning ishlab
chiqilmaganligi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy
taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarori. O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008, 31-32-son

Bizning fikrimizga ko‘ra, fan va taʼlim sohasi xodimlarining ish haqi daromadlari
milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoq va sohalaridan kam bo‘lmasligi, iloji topilganda
ulardan ham yuqoriroq bo‘lmog‘i lozim. Shundagina u iqtisodiy o‘sishning bosh
drayveri, mamlakat iqtisodiy yuksalishining ravon yo‘liga olib chiqishning yetakchi
kuchiga aylanadi. Lekin empirik tahlil natijalari bu borada O‘zbekistonda ahvol uncha
yaxshi emasligini ko‘rsatdi (2-jadval).

2- jadval maʼlumotlaridan ko‘rish mumkinki, taʼlim sohasi ishchi-xodimlarining
o‘rtacha ish haqi daromadlari milliy iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari
ko‘rsatkichlariga qaraganda xiyla past. Hattoki so‘nggi yillarda davlat tomonidan ilmiy
tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar, maktab pedagoglari ish haqi maoshlarini
oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan qator chora-tadbirlardan keyin ham ahvol
o‘zgargani yo‘q. 2020-yilda taʼlim sohasi ishchi-xodimlarining o‘rtacha ish haqi savdo
tarmog‘i ishchi-xodimlari o‘rtacha ish haqining 72,0 foizini, aloqa va axborot

sohasining 45,1 foizini, moliya va sug‘urta faoliyatining esa atigi 31,8 foizini tashkil
etdi, xolos. Bizningcha, ushbu holat taʼlimni milliy iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy
drayveriga aylantirish g‘oyasiga batamom mos kelmaydi.

2-jadval

2017-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha
o‘rtacha nominal ish haqi

Respublika bo‘yicha 2017 Yillar 2019 2020
Sanoat 1457,8 2018 2324,5 2667,6
Qurilish 2090,7 1822,2 3310,2 3682,9
1777,9 2731,1 2761,2 3212,3
2297,3

Savdo ijtimoiy 1676,5 1990,3 2469,8 2748,1
Tashish va saqlash 2028,6 2507,4 2965,5 3405,3
Axborot va aloqa 2502,2 3347,5 3971,8 4368,8
Moliya va sug‘urta 2694,7 3500,5 4798,4 6230,6
Ta’lim 1160,2 1396,4 1841,2 1979,7
Sog‘liqni saqlash va 979,4 1173,1 1534,3 1808,5
xizmatlar ko‘rsatish
Boshqalar 1261,8 1711,2 2309,1 2672,4

Manba: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. O‘zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining axborotnomasi va rasmiy sayti: www.stat.uz

2- jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, taʼlim sohasi ishchi-xodimlarining
o‘rtacha ish haqi daromadlari milliy iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari
ko‘rsatkichlariga qaraganda xiyla past. Hattoki so‘nggi yillarda davlat tomonidan ilmiy
tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar, maktab pedagoglari ish haqi maoshlarini
oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan qator chora-tadbirlardan keyin ham ahvol
o‘zgargani yo‘q. 2020-yilda taʼlim sohasi ishchi-xodimlarining o‘rtacha ish haqi savdo
tarmog‘i ishchi-xodimlari o‘rtacha ish haqining 72,0 foizini, aloqa va axborot
sohasining 45,1 foizini, moliya va sug‘urta faoliyatining esa atigi 31,8 foizini tashkil
etdi, xolos. Bizningcha, ushbu holat taʼlimni milliy iqtisodiyot taraqqiyotining asosiy
drayveriga aylantirish g‘oyasiga batamom mos kelmaydi.

Masalaga aniqlik kiritish maqsadida biz O‘zbekistonda taʼlim sohasi ishchixodimlarining ish haqi ko‘rsatkichlarini bir qator xorijiy mamlakatlar ko‘rsatkichlari
bilan taqqosladik (3-jadval).

Tahlil natijalari O‘zbekistonda taʼlim sohasi ishchi-xodimlarining o‘rtacha ish
haqi daromadlari xizmatlar sohasida band bo‘lgan jami ishchi-xodimlar o‘rtacha ish
haqiga nisbatan 22,8 foizga, savdo va ovqatlanish tarmog‘i ko‘rsatkichlariga nisbatan
40,0 foizga, aloqa va axborot xizmatlariga nisbatan 50,8 foizga, moliya xizmatlari

sohasi ko‘rsatkichlariga nisbatan esa qariyb 2,4 martaga pastligini ko‘rsatdi. Ayni
paytda Germaniyada ushbu soha xodimlarining o‘rtacha ish haqi daromadlari savdo va
ovqatlanish sohasi ko‘rsatkichlariga nisbatan 17,4 foizga, davlat xizmatlari sohasi
ko‘rsatkichlariga nisbatan 12,0 foizga, jami iqtisodiyotda band aholi o‘rtacha ish
haqiga nisbatan 9,0 foizga ko‘p.

3-jadval

Dunyo mamlakatlarida 2019-yilda xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarida o‘rtacha
oylik ish haqi (AQSH dollarida)1

O‘rtacha oylik ish haqi

Xizmat ko‘rsatish AQSh Germaniya Rossiya O‘zbekiston
soha tarmoqlari (1160,0) (1678,0) (174,0) (25,0)
4760 4234 453 281
Savdo va umumiy
ovqatlanish 3550 4970 442 169
Ta’lim 149
Sog‘liqni saqlash 6093 462

Transport

Aloqa va axborot 3760 6292

xizmatlari 5670 6216 572 343

Moliya xizmatlari 5540 6290 1145 405

Davlat xizmatlari 3263 4438 - -

Boshqa xizmatlar 3080 - - -

Soha bo‘yicha 4580 4576 560 219

Hozirgi kunda O‘zbekistonlik professor-o‘qituvchilar ish haqi bilan rivojlangan
mamlakatlar professor-o‘qituvchilari ish haqi o‘rtasida juda keskin tafovutlar mavjud.
Masalan, AQSHda 50% fan doktorlari yiliga o‘rtacha 70600 AQSH dollari miqdorida
ish haqi oladi. Tadqiqotchilik universitetining laboranti yiliga 40 ming AQSH dollari,
yaʼni oyda o‘rtacha 3,3 ming AQSH dollari miqdorida maosh oladi. Olmoniyada ilmiy
muassasaning tajribali professori yilida 41,5 ming Yevro, fan sohasidagi yosh
mutaxassislar 34 ming Yevro va undan yuqori miqdorda maosh oladilar. Hattoki,
Janubiy Afrika, Malayziya, Argentina va Kolumbiyada olimlarga juda yuqori ish haqi
belgilangan. Hozirgi kunda o‘zbekistonlik fan doktori va boshqa ilmiy xodimlarning
real oladigan oylik maoshini ilm-fanni yuqori qadrlaydigan mamlakatlar
ko‘rsatkichlari bilan qanday taqqoslash mumkin?

Bizning fikrimizga ko‘ra, yuqorida qayd etilganlar O‘zbekistonda fan va taʼlim
sohasida mehnat qilayotgan xodimlar ish haqi miqdorini jahon andozalariga

yaqinlashtirish asosida takomillashtirishni o‘tkir zaruratga aylantiradi. Chunki zamon
talablariga javob bera oladigan va rivojlangan mamlakatlarda yaratilgan mahsulot bilan
bemalol bellasha oladigan innovatsion tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va jahon
bozorlariga taklif etish uchun mamlakatimiz ilm-fani sohasi namoyandalaridan
raqobatbardosh, yaʼni jahon andozalari darajasidagi innovatsion g‘oyalarni yaratish va
amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Modomiki shunday ekan, sotsial adolat nuqtai
nazaridan ularning oladigan mehnat haqi ham xorijlik ilmiy xodimlar ish haqi
miqdoriga imkon qadar yaqin bo‘lishi kerak. Aynan ish haqi darajasining pastligi
sababli O‘zbekistonning anchagina olimlari va yetakchi mutaxassislari Rossiya va
dunyoning boshqa mamlakatlarida ishlab yurganlari bejiz emas. Vaholanki,
innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida iqtisodiyotni yuksaltirishga o‘z
hissasini real qo‘sha oladigan yuqori malakali, innovatsion g‘oyalarning potensial
ixtirochilariga ehtiyoj behad katta. Ushbu kadrlarni mamlakat milliy iqtisodiyotiga
ishga jalb qilish uchun ularga hozir xorijda olayotgan ish haqi maoshidan kam
bo‘lmagan miqdorda maosh to‘lash lozim bo‘ladi. Bizningcha, mamlakat uchun
shunday og‘ir shartlar bilan bo‘lsa ham ularning O‘zbekistonga qaytarish va ular
imkoniyatlaridan iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida foydalanish kerak. Ayni paytda iqtidorli,
innovatsion salohiyati yuqori tadqiqotchi olimlarning xorijga chiqib ketish
jarayonlarining oldi olinadi. O‘ylaymizki, ushbu tadbir albatta o‘zining ijobiy
samarasini beradi.

Bizning nazarimizda, O‘zbekiston hamda ilm ahli mehnatining qadri ancha
baland mamlakatlar professor-o‘qituvchilari va olimlari ish haqi o‘rtasidagi tafovutni
qisqartirish, bir tomondan, hozir xorijda ishlayotgan yurtdoshlarimizni mamlakatga
qaytarish g‘oyasini hayotga tatbiq etishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, u nisbatan
yuqori ish haqiga qiziqib, xorijga ketayotgan iqtidorli yoshlar sonini kamaytiradi.
Muammo shundaki, keyingi paytlarda ilm ahli o‘rtasida xorijiy tillarni chuqur
o‘rganishga qaratilgan siyosatning amalga oshirilishi natijasida yosh iqtidorli olimlar
va tadqiqotchilar o‘rtasida ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni mukammal biladigan
yuqori malakali mutaxassislar ulushi tobora ko‘payib bormoqda. Tabiiyki,
mamlakatimizdagi ish haqidan bir necha barobar yuqori ish haqi iqtidori yuqori
yoshlarimizni xorijda ishlashga rag‘batlantiradi. Buning natijasida O‘zbekiston o‘zi
uchun benihoya qimmatli bo‘lgan va kelajakda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga layoqatli noyob ilmiy salohiyatning muayyan
bir qismini yo‘qotishi mumkin.

Bizning fikrimizcha, taʼlim sohasining innovatsion taraqqiyotdagi rolini oshirish
uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim: birinchidan, zamonaviy
sharoitlarda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan bajariladigan
ishning murakkabligidan kelib chiqqan holda moddiy rag‘batlantirish tizimini tubdan

takomillashtirish, sarflangan mehnatning miqdori va sifatini hisobga oluvchi mehnatga
haq to‘lash tizimini ishlab chiqish va joriy etish; ikkinchidan, taʼlim sohasidagi barcha
ishchi-xodimlar ish haqining obyektiv yuqori chegarasiga asoslanuvchi motivatsion
mexanizmni amaliyotga tatbiq etish; uchinchidan, xalqaro standartlar asosida
professor-o‘qituvchilar mehnatini meʼyorlashtirish; to‘rtinchidan, taʼlim sohasi
xodimlarini moddiy rag‘batlantirishning samarali usullari va yo‘llarini ishlab chiqish
va amaliyotga izchil joriy etish.

Nazarimizda, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari mehnatiga haq
to‘lash tizimini takomillashtirish quyidagi mezonlar va tamoyillar asosida amalga
oshirilishi lozim:

- lavozim maoshlarini ilmiy darajaga qarab tabaqalashtirish;
- har bir lavozim uchun belgilangan bazaviy lavozim maoshlarini ish stajiga
bog‘lash;
- professor-o‘qituvchilar ishining intensivligi va natijaviyligini obyektiv
baholash orqali rag‘batlantirish;
- kompensatsion to‘lovlar mexanizmini joriy etish;
- ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari professoro‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini uch tarkibiy qism asosida
shakllantirish tavsiya etiladi: bazaviy lavozim maoshlari, ustamalar va yil yakunlari
bo‘yicha rag‘batlantiruvchi to‘lovlar.
O‘tkazilgan tadqiqotlar jahon amaliyotida, yaʼni dunyoning ko‘pchilik
mamlakatlarida olimlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, oliy o‘quv yurtlari va
tadqiqotchilik institutlari xodimlarining ish haqi, ularning yalpi ichki mahsulot
(YAIM) va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIMga qo‘shgan hissasi bilan
uyg‘unlashtirilganligini ko‘rsatdi (Айнабек К., 2012). Rag‘batlantirishning ushbu
progressiv mexanizmini qo‘llash orqali mamlakatda iqtisodiy o‘sish surʼatlari
yuqori darajada olimlar va tadqiqotchilarning mehnati natijalariga bog‘liqligi
aniqlangan.
Binobarin, oliy o‘quv yurtlari xodimlari bir tomondan ishlab chiqarish
kuchlarini mukammallikning yangi darajalariga olib chiqishga qodir innovatsion
g‘oyalarni ixtiro qilishga, ikkinchi tomondan esa malakali kadrlarni tayyorlash
orqali iqtisodiy o‘sish surʼatlariga, YAIM hajmiga ijobiy taʼsir ko‘rsatadilar. Shu
sababli O‘zbekistonda soha xodimlari ish haqi fondini YAIM hajmi va uning
surʼatlari bilan bog‘liq holda shakllantirish mexanizmini qo‘llash maqsadga
muvofiq, deb hisoblaymiz.
Ayni paytda, hisob-kitob jarayonida YAIM(Q) tarkibidagi investitsiyalarni(I)
hamda egri soliqlarni(S) chiqarish, yaʼni baza shaklida faqat sof milliy daromad(Q1)

hajmini olish taklif etiladi. Bizning ushbu yondashuvimizning mohiyati shundan
iboratki, ko‘chirilgan qiymatni o‘zida ifodalovchi investitsiyalar (amortizatsiya
fondi) va egri soliqlar mazkur soha xodimlari mehnat natijalari o‘rtasida o‘zaro
uzviy bog‘liqlik yo‘q. Shunga asoslanib, oliy o‘quv yurtlari professoro‘qituvchilarining bazaviy oylik ish haqining yuqori chegarasi mezoni sifatida aholi
jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad miqdorini baza sifatida asos qilib olish
kerak, degan taklifni kiritmoqchimiz.

Taklifimizni konkret raqamlar asosidagi hisob-kitoblar yordamida hisoblab
berdik.

Buning uchun avvalo respublikada 2019-2020-yillar davomida ishlab
chiqarilgan milliy daromad miqdorini aniqladik (4-jadval). Milliy daromad quyidagi
formula asosida hisoblandi:

Q1= Q-(I+ S)
4-jadval

O‘zbekiston Respublikasi milliy daromadining tarkibi va tuzilishi dinamikasi tahlili

Ko‘rsatkich nomi Yillar 2020 2020-yil 2019-
YAIM (daromadga ko‘ra), mlrd. so‘m – Q 2019 yilga nisbatan, %
Investitsiya, mlrd. so‘m – I 580203,2
Biznesga egri soliqlar, mlrd. so‘m – S 510117,2 217362,2 113,7
Milliy daromad, mlrd. so‘m – Q1 230469,5 44372,2 94,3
45262,7 318468,8 98,0
234385,0 135,9

Aholi jon boshiga milliy daromad, mln. 7048,0 9392,9 133,3
so‘m

Manba: O‘zbekiston Respublikasi yillik statistik to‘plamlari asosida hisoblangan.

Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar mamlakat farovonligi yo‘lidagi
samarali mehnatlari uchun mamlakatda yil davomida yaratilgan milliy daromad
miqdoriga mos tarzda ish haqi daromadlari olishlari kerak. Buni quyidagi
ko‘rinishda iqtisodiy-matematik modelda ifodalash mumkin:

IH= D*k
Bunda,
IH – oylik ish haqi miqdori
D – aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad miqdori
k – koeffitsiyent
Koeffitsiyent professor-o‘qituvchining lavozimi, malaka darajasi hisobga
olinishidan kelib chiqqan holda ish haqining yakuniy kattaligini belgilashga imkon
beradi, bunda yuqori chegara – 2 va quyi chegara – 0,5 bilan chegaralangan va oliy
taʼlim professor-o‘qituvchilarining kategoriyalari (toifalari) uchun yetti toifa

bo‘yicha tabaqalashtirish maqsadga muvofiq (5-jadval).
5-jadval

OTM xodimlariga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari miqdori, ming
so‘mda

Lavozimlar nomi Aholi jon boshiga Koeffit- Bazaviy
to‘g‘ri keladigan milliy siyent lavozim
daromad miqdori maoshlari
miqdori

1. Fan doktori, professor 9392,9 2 18785,8
2. Fan doktori, dotsent 9392,9
3. Fan nomzodi, dotsent 9392,9 1,75 16436,4
4. Fan nomzodi, katta o‘qituvchi 9392,9
5. Ilmiy unvonga ega bo‘lmagan 9392,9 1,5 14088,3

katta o‘qituvchi 9392,9 1,25 11740,3
6. O‘qituvchi 9392,9
7. O‘qituvchi-stajyor 1,0 9392,9

0,75 7044,2

0,5 4696,1

Manba: Mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.

Masalan, fan doktori, professorning bazaviy lavozim maoshi 18785,8 ming
so‘mni tashkil etadi, bu 2020-yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy
daromadni 2 koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Egallagan lavozimi
bo‘yicha keyingi o‘rindagilarning bazaviy lavozim maoshi belgilangan koeffitsiyentga
asosan aniqlanadi. Hisob-kitoblarga asosan eng pastki o‘rinda bo‘lgan o‘qituvchistajyor 4696,1 ming so‘m oladi.

Mehnatga haq to‘lashning biz taklif etayotgan tizimning joriy etilishi oliy taʼlim
muassasalarida mehnatni motivlashtirishni tubdan o‘zgartiradi, jamiyatning professoro‘qituvchilarga, yuqori malakali mutaxassislarga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojlarini
to‘laroq qondirishga imkoniyat yaratadi, ularning ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliy
ahamiyatliligiga jiddiy eʼtibor qaratishga, mamlakatda milliy daromad hajmini
ko‘paytirish yo‘llarini izlashga, resurslarni tejovchi, mehnat unumdorligining o‘sishini
taʼminlovchi innovatsion g‘oyalarni yaratishga rag‘batlantiradi. Shu bilan bir qatorda,
professor-o‘qituvchilarning o‘z karyerasini bosqichma bosqich o‘qituvchi stajyordan
tortib fan doktori, professor darajasiga erishgunga qadar uzluksiz ishlashga bo‘lgan
moddiy qiziqishini kuchaytiradi, uning o‘z malakasini oshirishdan manfaatdorligini
oshiradi. O‘zbekistonda oliy taʼlim tizimida biz taklif qilgan yondashuvni qo‘llash
natijasida professor-o‘qituvchilar ulushiga to‘g‘ri keladigan milliy daromadning
ko‘payishi hisobidan ulardagi oylik ish haqining o‘sishi yana bir o‘ta muhim
muammoni yechishga ko‘maklashadi. Bu ham bo‘lsa, taqsimotda sotsial adolat
o‘rnatish, yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlaridagi ish o‘rinlarining jozibadorligini

oshirish, professor-o‘qituvchilar tarkibini salohiyatli kadrlar hisobidan
shakllantirishdir. Mamlakat oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarning mehnatini
rag‘batlantirishda taklif etilgan usulni qo‘llash ularning ish haqi miqdori bilan xorijiy
mamlakatlar professor-o‘qituvchilari ish haqi miqdori o‘rtasida mavjud keskin
tafovutni muayyan darajada qisqartirish imkonini beradi.

AQSHda fan doktorlari 8000–15000 dollar, Qozog‘istonda 1000–2300 dollar,
Yaponiyada 2800–4600 dollar, Fransiyada 1900–4700 dollar, Malayziyada 2800–7800
dollar, Turkiyada 2100–3800 dollar miqdorida ish haqi oladilar. Shunga mos tarzda
ularning jamiyatdagi nufuzi ham yuqori. Shuni ham taʼkidlash lozimki, AQSH
universitetlari rektorlarining ish haqi, masalan, shu mamlakat mudofaa vazirinikidan
yuqoriroq darajada. Biroq bizning olimlarimizning bunday maoshlarni olishlari uchun
milliy iqtisodiyot rivojlanishi darajasining AQSHdagi mavjud o‘lchamlarga
yaqinlashtirish lozim.

Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, ishchi xodimlarga soatiga 3
AQSH dollaridan kam ish haqi to‘lash taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoniga binoan 2020-yil 30-yanvaridan boshlab fan doktori,
professorga 7185585 so‘m miqdorida ish haqi belgilandi. Agar shu oylik ish haqini
professorning bir oylik yuklamasiga bo‘lsak, uning bir soatlik ish haqi 4,5 AQSH
dollarini tashkil etadi. AQSH professorining bir soatlik ish haqi esa 52 AQSH dollarini
(u 154 soatlik yuklamani bajarib, 8000 dollar oylik olgan taqdirda) tashkil etadi. Ayni
paytda bizning professor-o‘qituvchilarimiz bajaradigan yuklama xorijiy
davlatlarnikidan 3-5 barobar ko‘p (800-1000 soat). Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki,
professorning bazaviy maoshini taklif etayotgan usul asosida belgilangandan keyin,
uning bir soatlik ish haqi 12 dollardan oshishi mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilariga nisbatan
amalda qo‘llanilayotgan moddiy rag‘batlantirish tizimi bugungi kunning talablariga
javob bermaydi. Chunki O‘zbekistonda o‘qitishning ko‘p bosqichli shakli –
bakalavriat, magistratura, doktorantura joriy qilindi, hamda hozirgi kunda o‘qitishning
kredit texnologiyasini joriy qilish choralari ko‘rilmoqda. Lekin ularning oylik ish haqi
miqdori o‘tgan asr darajasida qolib ketmoqda, yaʼni oliy o‘quv yurti professoro‘qituvchilariga belgilangan oylik ish haqi hali juda past va bugungi kun talablariga
javob bermaydi.
Hozirgi kunda davlat professor-o‘qituvchilarning mehnatini samarali
rag‘batlantirish maqsadida ularga ish haqini taklif etilayotgan miqdorlarda to‘lash
imkoniga ega. Bugungi kunda respublikamizda mavjud fan doktorlarining soni 1181
kishini, fan nomzodlari soni 6181 kishini, falsafa doktorlari esa 1081 kishini tashkil
etishidan kelib chiqadigan bo‘lsak, taklif etilgan usulni joriy qilish natijasida ularning

2020-yilda jami ish haqi fondi 121,9 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Bu esa eski usulda
shakllantirilgan yillik ish haqi fondiga (2020-yilda 52,2 mlrd. so‘m) nisbatan 69,8
mlrd. so‘mga, yoki 2,3 barobarga ko‘p. Lekin ushbu tadbirdan olinishi mumkin bo‘lgan
iqtisodiy samaraning miqdori behisob. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotning innovatsion
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va ozchilikni tashkil etadigan olimlar va
professor-o‘qituvchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini taʼminlab berishga qodir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Вазирлар Маҳкамасининг “Илм-фан ва таълим соҳасидаги давлат

ташкилотларида илмий, илмий-педагогик ва меҳнат фаолияти билан

шуғулланувчи илмий даражага эга ходимларга қўшимча ҳақ тўлаш тартиби

тўғрисида”ги қарори. 2019 йил 25 декабр. https://kun.uz/news/2019/12/25 .

2. Ивлев А.В. Разработка системы оплаты труда работников вуза в

современных экономических условиях. Автореферат диссертации на соискание

ученой степени кандидата экономических наук. – Екатерингбург, 2011.

3. Шмидт Ю.Д., Купера А.В. Стимулирование труда профессорско-

преподавательского и учебно-вспомагательного персонала вуза. Журнал

“Университетское управление: практика и анализ”, 2006, № 6.

4. Куприянова Л.М. Система формирования эффективного контракта

зарубежных стран // “Современный юрист”, 2015, № 4.

5. Рахманбаева Р.А. Управление интеллектуальным потенциалом вузов в

условиях интеграции образования и производства. Автореферат диссертации на

соискание ученой степени доктора экономических наук. – Ташкент, 2012.

6. Айнабек К.С. Инновационный потенциал вузовской системы и пути

совершенствования научно-образовательной деятельности // Экономика

образования, № 2, 2012.

7. Перепечко Л.Н., Кравченко Н.А. Аналитический обзор экономических

исследований в области интеллектуальной собственности. // Современные

проблемы науки и образования. – 2015. – № 1-1.

8. Мирзиёев Ш.М. “Олий таълим соҳасини янада ривожлантириш, кадрлар

тайёрлаш сифатини ошириш, илм-фан ва ишлаб чиқариш интеграциясини

кенгайтириш масалалари”га бағишланган йиғилишдаги нутқи. 2018 йил 24

октябрь.

9. Щетинин В.П., Хроменков Н.А, Рябушкин Б.С. Экономика образования.

- Москва: Рос. Агентство, 1998. – С. 88-89.

10. Чем привлекательна Америка для ученых. [Интернет-ресурс]

https://almavest.ru/ru/node/1106.

11. Зарплаты российских учёных. [Интернет-ресурс]

https://visasam.ru/russia/rabotavrf/zarplata-uchenyx.html.

12. Сколько стоит профессор. [Интернет-ресурс]

https://www.pravmir.ru/skolko- stoit-professor/

13. Трудовые ресурсы мира и структура занятости. [Интернет-ресурс]

https://studme.org/50485/ekonomika/trudovye_resursy_mira_struktura_zanyatosti_na

seleniya

14. Ўзбекистонда илм-фан ва инновацион фаолият. Ўзбекистон

Республикаси давлат статистика қўмитаси тўплами. – Тошкент, 2020. – 130 б.

REFERENCES:
1. Vazirlar Mahkamasining “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida
ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega
xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qarori. 2019 yil 25 dekabr.
https://kun.uz/news/2019/12/25. (In Uzbek)
2. Ivlev A.V. Razrabotka sistemi oplati truda rabotnikov vuza v sovremennix
ekonomicheskix usloviyax. Avtoreferat dissertatsii na soiskaniye uchenoy stepeni
kandidata ekonomicheskix nauk. – Yekateringburg, 2011. (In Russian)
3. Shmidt Yu.D., Kupera A.V. Stimulirovaniye truda professorskoprepodavatelskogo i uchebno-vspomagatelnogo personala vuza. Jurnal
“Universitetskoye upravleniye: praktika i analiz”, 2006, № 6. (In Russian)
4. Kupriyanova L.M. Sistema formirovaniya effektivnogo kontrakta zarubejnix
stran // “Sovremenniy yurist”, 2015, № 4. (In Russian)
5. Raxmanbayeva R.A. Upravleniye intellektualnim potensialom vuzov v
usloviyax integratsii obrazovaniya i proizvodstva. Avtoreferat dissertatsii na
soiskaniye uchenoy stepeni doktora ekonomicheskix nauk. – Tashkent, 2012. (In
Russian)
6. Aynabek K.S. Innovatsionniy potensial vuzovskoy sistemi i puti
sovershenstvovaniya nauchno-obrazovatelnoy deyatelnosti // Ekonomika
obrazovaniya, № 2, 2012. (In Russian)
7. Perepechko L.N., Kravchenko N.A. Analiticheskiy obzor ekonomicheskix
issledovaniy v oblasti intellektualnoy sobstvennosti. // Sovremenniye problemi nauki i
obrazovaniya. – 2015. – № 1-1. (In Russian)
8. Mirziyoyev Sh.M. “Oliy taʼlim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar
tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish
masalalari”ga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqi. 2018 yil 24 oktyabr. (In Uzbek)
9. Shyetinin V.P., Xromenkov N.A, Ryabushkin B.S. Ekonomika obrazovaniya.
- Moskva: Ros. Agentstvo, 1998. – S. 88-89. (In Russian)
10. Chem privlekatelna Amerika dlya uchenix. [Internet-resurs]
https://almavest.ru/ru/node/1106. (In Russian)
11. Zarplati rossiyskix uchyonix. [Internet-resurs]

https://visasam.ru/russia/rabotavrf/zarplata-uchenyx.html. (In Russian)
12. Skolko stoit professor. [Internet-resurs] https://www.pravmir.ru/skolko- stoit-

professor/ (In Russian)
13. Trudoviye resursi mira i struktura zanyatosti. [Internet-resurs]

https://studme.org/50485/ekonomika/trudovye_resursy_mira_struktura_zanyatosti_na
seleniya (In Russian)

14. O‘zbekistonda ilm-fan va innovatsion faoliyat. O‘zbekiston Respublikasi
davlat statistika qo‘mitasi to‘plami. – Toshkent, 2020. – 130 b. (In Uzbek)