ASSESSMENT OF FINANCIAL RISKS OF INSURANCE COMPANIES:
CONCEPTUAL APPROACHES
Baymuratova Gulirayhon Tursunbayevna
Oriental University
Associate Professor of the Department of Finance and Management
Tel.: +998 94 653-61-86
e-mail: gulirahoboymuratova@gmail.com
Annotation. This article notes the relevance of the formation of conceptual
approaches to the assessment of financial risks, examines the issue of their direct or
indirect impact on the results of financial activities of subjects. In particular, it is
indicated that the main task of risk management is the assessment and analysis of
probabilistic risk, the choice of methods to minimize risk by identifying its factors. The
author presents modern methods of assessing the level of financial risk, as well as the
necessary methodological manuals for determining the level of profitability of financial
transactions on the example of insurance organizations in Uzbekistan. This approach
to the formation of the necessary level of profitability of financial transactions, taking
into account risk factors, allows for the interconnection of indicators in the process of
financial activity of insurance organizations as a whole.
Keywords: financial risk, sources of financial risk, level of financial risk,
assessment of financial risk, universalization of risk, concentration
SUG‘URTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY RISKLARINI BAHOLASH:
KONSEPTUAL YONDASHUVLAR
Baymuratova Gulirayxon Tursunbayevna
Oriental universiteti
Moliya va menejment kafedrasi dotsenti
Tel.: +998 94 653-61-86
e-mail: gulirahoboymuratova@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada moliyaviy risklarni baholashda konseptual
yondashuvlarni shakllantirish dolzarb ekanligi qayd etilgan bo‘lib, subyektlarning
moliyaviy faoliyati natijalariga bevosita yoki bilvosita taʼsiri masalasi tadqiq etilgan.
Xususan, risklarni boshqarish faoliyatining asosiy vazifasi ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan
riskni baholash va tahlil qilish, uning omillarini aniqlash orqali risklarni
minimallashtirish usullarini tanlash hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif moliyaviy
risk darajasini baholashning zamonaviy uslublari, masalan, O‘zbekiston sug‘urta
tashkilotlari misolida moliyaviy operatsiyalar daromadliligi darajasini aniqlash
yuzasidan zaruriy uslubiy vositalarni keltirilgan. Risk omillarini hisobga olgan holda
moliyaviy operatsiyalar daromadliligining zaruriy darajasini shakllantirishga bo‘lgan
bunday yondashuv umuman sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy faoliyati jarayonida
ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini taʼminlashga imkon berishini amaliy misollarda
yoritib berganligi eʼtiborga molikdir.
Kalit so‘zlar: moliyaviy risk, moliyaviy risk manbalari, moliyaviy risk darajasi,
moliyaviy riskni baholash, risklarni universallashtirish, risklar konsentratsiyasi,
maqbul risk, maqbul risk konsepsiyasi, risk-menejment, metodik instrumentariy,
baholash usullari, dispersiya, variatsiya koeffitsiyenti.
ОЦЕНКА ФИНАНСОВОГО РИСКА СТРАХОВЫХ КОМПАНИЙ:
КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ПОДХОДЫ
Баймуратова Гулирайхан Турсунбаевна
Университет Ориентал
Доцент кафедры Финансы и менеджмент
Тел.: +998 94 653-61-86
e-mail: gulirahoboymuratova@gmail.com
Аннотация. В данной статье отмечается актуальность формирования
концептуальных подходов к оценке финансовых рисков, исследуется вопрос их
прямого или косвенного влияния на результаты финансовой деятельности
субъектов. В частности, указывается, что основной задачей деятельности по
управлению рисками является оценка и анализ вероятностного риска, выбор
методов минимизации риска путем выявления его факторов. Автором
представлены современные методы оценки уровня финансового риска, а также
необходимые методические пособия по определению уровня доходности
финансовых операций на примере страховых организаций Узбекистана. Такой
подход к формированию необходимого уровня доходности финансовых
операций с учетом факторов риска позволяет обеспечить взаимосвязь
показателей в процессе финансовой деятельности страховых организаций в
целом.
Ключевые слова: финансовый риск, источники финансового риска, уровень
финансового риска, оценка финансового риска, универсализация риска,
концентрация риска, оптимальный риск, понятие оптимального риска, рискменеджмент, методический инструментарий, методы оценки, дисперсия,
коэффициент вариации.
KIRISH
Hozirgi dunyo mutlaq xavfsizlik tushunchasini rad etib, maqbul risk
kategoriyasini qo‘llamoqda. Uning mohiyati esa muayyan davriylik davomida jamiyat
qabul qiladigan xavfsizlik darajasiga erishilishini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan,
“moliyaviy risk” kategoriyasi iqtisodiy sharoitda moliyaviy faoliyatga taʼsir
ko‘rsatadigan tizimli omillar baholanishi talab etiladigan noaniqlikdir. Moliyaviy
risklarning manba va omillari shu qadar keng ko‘lamliki, ularni baholashning universal
yagona uslubiyati haqida mulohaza yuritish samarasizdir. Bu jarayonda, o‘zaro
“qarama-qarshi” bo‘lgan omillar tizimli tarzda: bir tomondan, noaniqlik darajasi
ortishiga, ikkinchi tomondan, riskni samarali boshqarish imkoniyatlari yuzaga
kelishiga ham sabab bo‘ladi (Айдинова А., Халидова А., 2019: 373-375).
Riskni boshqarish usulini tanlashda, ehtimollikka ko‘ra, ushbu hodisa yuz berishi
oqibatida maksimal yo‘qotish darajasini hisoblash, uni shu toifadagi riskka duchor
bo‘lgan kapital miqdori bilan taqqoslash, so‘ngra, jami yo‘qotishlarni o‘z moliyaviy
resurslari miqdori bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir. Shunga ko‘ra, risk
menejmentning asosiy vazifasi riskni tahlil qilish va baholash orqali uni
minimallashtirish usullarini aniqlash va tanlashdan iborat.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI:
Sug‘urta sohasida moliyaviy risklarning fundamental asoslari va uslublari ko‘plab
olimlar tomonidan o‘rganilgan.
A. Oydinova va A. Xolidova o‘zlarining maqolalarida zamonaviy tashkilotlar
faoliyatidagi moliyaviy risklar va ularni baholash usullarini tahlil qilganlar. Ular
mantiqiy va nazariy tomonlama risklarni aniqlash va baholash jarayonlarini muhokama
qilishadi (Айдинова А., Халидова А., 2019). V. Kondaurov esa ilmiy tushunchalarni
shakllantirish jarayonini ko‘rib chiqadi. U risklarni aniqlash va tasniflashda
gnoseologik va mantiqiy nuqtai nazardan yondashuvlarni yoritib bergan. Bu
tadqiqotlar sug‘urta kompaniyalarining risklarni nazorat qilish jarayonlarida yangi
yondashuvlar va tushunchalarni qo‘llash uchun zaruriy asoslarni taqdim etadi
(Кондауров В., 2008). V. Granaturov iqtisodiy risklar va ularning o‘lchov usullari,
shuningdek, risklarni kamaytirish bo‘yicha tushunchalarni taklif etadi. (Гранатуров
В., 1999). Y. Bogomolova va A. Bering investitsiya loyihalaridagi risklarni baholashda
mavjud yondashuvlar va ularning afzalliklari bilan kamchiliklarini tahlil qiladilar.
O. Krijanovskiy va L. Popova moliyaviy risklarni baholash bo‘yicha metodik
yondashuvlar va usullarni ishlab chiqdilar (Крыжановский О., Попова Л., 2016). Ular
risklarni qiymat jihatidan aniqlashda amaliy va nazariy yondashuvlarni
birlashtirmoqda. Shuning uchun manba sug‘urta kompaniyalarining risklarni
boshqarish strategiyalarini shakllantirishda muhim hisoblanadi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot metodologiyasi moliyaviy risklarni baholashda bir necha asosiy
prinsiplarga asoslangan. Birinchi navbatda, nazariy materiallar o‘rganilib, moliyaviy
risklarning ixcham tasnifi amalga oshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston sug‘urta
kompaniyalaridan olingan real ma’lumotlar asosida amaliy tadqiqotlar o‘tkazildi.
Statistik usullar yordamida risk darajalari aniqlanib, ularning ta’siri tahlil qilindi.
TAHLIL VA NATIJALAR
“Moliyaviy risk” kategoriyasi ko‘p qirrali bo‘lib, mohiyatan keng maʼno kasb
etadi. Bundan tashqari, moliyaviy risklar konsentratsiyasi, o‘z navbatida, risklar
universallashuvida namoyon bo‘luvchi iqtisodiy va milliy chegaralarni hisobga
olmaydigan “bumerang effekti”ni keltirib chiqaradi (Luhmann N., 1994: 149).
Bugungi kunda risklar ehtimollikka ko‘ra, inersiya va innovatsiya xususiyatlarining
uyg‘unligi, shuningdek iqtisodiy jarayonda ortib borish anʼanasini namoyon etayotgan
omillar konsentratsiyasi bo‘lib qolmoqda.
Bugungi kunda moliyaviy risklarni baholash quyidagi konseptual yondashuvlarga
asoslanadi: (1-rasm)
– vaziyatli yondashuv (u hodisalar oqibatida yo‘qotishlarni aniqlash va baholash);
– jarayonli yondashuv (ko‘p shaklli, yaʼni variativlik ko‘rsatkichlaridan
foydalanish);
– ssenariyli yondashuv (pessimistik, realistik va optimistik ssenariylar tahlilidan
foydalanish);
– kompleks yondashuv (kutilayotgan foydalilik konsepsiyasiga) asoslanganligini
keltirib o‘tish mumkin.
Ushbu yondashuvlar risk-menejment tizimini yaratish va moliyaviy risklarni
baholashda qo‘llaniladi.
Moliyaviy risklar darajasini baholash zamonaviy metodik instrumentariydan
foydalanishni talab etuvchi risk menejment tizimidagi murakkab bosqich hisoblanadi.
Taʼkidlash joizki, moliyaviy risk ehtimollikka asoslanib, noaniqlikni baholash va risk
darajasini aniqlash jarayonidagi hisob-kitoblarda qo‘llaniladi.
VAZIYATLI YONDASHUV, JARAYONLI YONDASHUV,
NOQULAY VAZIYATDAGI YO‘QOTISHLARNI ANIQLASH VARIATIVLIK KO‘RSATKICHLARIDAN FOYDALANGAN
VA BAHOLASHGA ASOSLANGAN HOLDA RISKNI BARTARAF ETISHGA ASOSLANGAN
Moliyaviy risklarni baholashga konseptual yondashuvlar
SSENARIYLI YONDASHUV, KOMPLEKS YONDASHUV,
TAʼSIRCHANLIKNI TAHLIL QILISHGA KUTILAYOTGAN FOYDALILIK
ASOSLANGAN KONSEPSIYASIGA ASOSLANGAN
1-rasm. Moliyaviy risklarni baholashga konseptual yondashuvlar
Birinchi bosqichda kutilayotgan har bir moliyaviy risk bo‘yicha yuzaga kelishi
ehtimoli bo‘lgan hodisa aniqlanadi. Xuddi shu bosqichda muayyan tashkilotning
moliyaviy risklari guruhlanadi.
Ikkinchi bosqichda risk yuz berganda hodisa oqibatida ko‘rilishi ehtimoli bo‘lgan
zarar miqdori aniqlanadi. Ushbu zarar miqdori, risk oqibatlarini bartaraf etish
choralarini hisobga olmagan holda, moliyaviy operatsiyadan yoki moliyaviy
faoliyatning muayyan turidan ko‘rilishi ehtimoli bo‘lgan maksimal yo‘qotishni
tavsiflaydi.
Mavzu doirasida amalga oshirilgan nazariy-amaliy ishlanmalar va statistik
maʼlumotlar tahlili, risk omillarini hisobga olgan holda moliyaviy operatsiyalar
daromadliligining zaruriy darajasini, xususan, sug‘urta tashkilotining faoliyati
jarayonidagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga qaratilgan mualliflik
yondashuvi moliyaviy risk darajasini baholash yuzasidan quyidagi takliflar
shakllantirilishiga asos bo‘lib xizmat qildi:
birinchidan, moliyaviy riskni baholash uchun har qanday muayyan faoliyat
(operatsiya)dan ko‘rilishining ehtimoliga ko‘ra, riskni tahlil qilish va uning oqibatlarini
kamaytirish omillarini aniqlashning samarali metodlarini tanlash va qo‘llash talab
etiladi;
ikkinchidan, riskning har bir turi bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan maksimal yo‘qotishni
hisoblash, uni mavjud resurs miqdori, o‘z mablag‘larining umumiy hajmi bilan
taqqoslash talab etiladi. Aynan ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan muayyan riskni
qabul qilishning maqbulligi yuzasidan tegishli qarorni chiqarish mumkin;
uchinchidan, O‘zbekistonning ayrim sug‘urta tashkilotlari kesimida risk
ko‘rsatkichlari hisobi va tahlili asosida amalga oshirilgan baholashning o‘zaro
farqlanishi bu jarayonda variatsiya koeffitsientini qo‘llash orqali quyidagilarni
aniqlash imkonini beradi:
– tegishli moliyaviy risk darajasi;
– moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha o‘rtacha daromad hajmi;
– o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning o‘rtacha qiymatiga nisbatan tebranish darajasi
(dispersiya);
– individual moliyaviy risk darajasining o‘rtacha kvadrat (standart) og‘ish
summasi;
– umuman, moliyaviy operatsiyalardan kutilayotgan o‘rtacha daromad
ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi;
to‘rtinchidan, amalda riskni minimallashtirish usulini tanlash ushbu siyosatni
amalga oshirish xarajatlari uni qo‘llash natijasida kelib chiqadigan foyda miqdoridan
oshib ketmasligiga asoslanganligi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Biroq amalda bu
shartni bajarish qiyinligi kuzatiladi. Shu bois, ko‘pincha riskni maqbul qiymatgacha
kamaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga minimal xarajatlar belgilanishi talab
etiladi;
beshinchidan, ekspert baholash metodini moliyaviy risk darajasini aniqlashda
qo‘llash orqali mantiqiy, matematik-statistik metodlar majmuasini, shuningdek,
ekspertlarning muvofiqlashtirilgan harakatlari zamirida baholashning ishonchliligi
kafolatlanganda muayyan qarorni qabul qilish hamda uni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan maʼlumotlarni qayta ishlash yuzasidan ekspertlar faoliyati bilan bog‘liq ishlar
tizimli bajarilishi muhim hisoblanadi;
oltinchidan, risk darajasini kamaytirishning yuqorida keltirib o‘tilgan usullari
o‘ziga xos afzallik hamda kamchiliklarga ega. Baholashning o‘ziga xos usullarini
tanlash tegishli maʼlumot bazasi va boshqa omillar mavjudligi bilan belgilanadi. O‘z
navbatida, amaliyotda muayyan subyekt uchun eng mos keladigan instrumentlar
kombinatsiyasidan foydalanish tavsiya etiladi va uning tarmoqqa tegishliligi hamda
faoliyat yo‘nalishlariga bog‘liqligini hisobga olish talab etiladi.
XULOSA
Xulosa tarzida taʼkidlash mumkinki, risklarni baholash metodlari tizimli qo‘llash,
baʼzi metodlarni boshqalari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish zamirida moliyaviy risk
darajasini baholashning zamonaviy uslublari, xususan, O‘zbekiston sug‘urta
tashkilotlari misolida faoliyat (moliyaviy operatsiyalar)ni boshqarishda konseptual
yondashuv shakllanishiga omil bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Айдинова А. Т., Халидова А. Ш. (2019) Финансовые риски и методы их
оценки в деятельности современных предприятий. // Молодой ученый. - №12. –
С. 373-375.
2. Кондауров В.И. (2008) Процесс формирования научного понятия (логикогносеологический аспект определения и деления понятий). – Москва: ГУУ.
3. Бек У. (1994) От индустриального общества к обществу риска. // THESIS.
№ 5.
4. Luhmann N. (1991) Soziologie des Risikos. – Berlin; New York: Walter de
Gruyter.
5. Гранатуров В.М. (1994) Экономический риск: сущность, методы
измерения, пути снижения. – Москва.
6. Миэринь Л.А. (1998) Основы рискологии.
7. Risk Metrics - Technical Document. URL: http://www.jpmorgan.com/Risk
Management/ Risk Metrics/ Risk Metrics.htm
8. Богомолова Е.А. Беринг А.О. (2016) Существующие подходы к оценке
рисков проектов реального инвестирования: их достоинства и недостатки //
Экономика: проблемы, решения и перспективы. Вестник университета. -№ 10, –
С. 47-52.
9. Крыжановский О., Попова Л. (2016) Методические подходы и способы
оценки финансовых рисков на предприятии // Вопросы экономики и управления.
- №5. – С. 162-165.
10. Шевчук А.О. Концептуальные подходы к управлению рисками в
страховых компаниях // Материалы IX международная научно-практическая
конференция «Устойчивое развитие экономики: состояние, проблемы,
перспективы» - Пинск, 22 мая 2015 г. – С. 234-236.
REFERENCES:
1. Aydinova A. T., Xalidova A. Sh. (2019) Finansoviye riski i metodi ix otsenki
v deyatelnosti sovremennix predpriyatiy. // Molodoy ucheniy. - №12. – S. 373-375. (In
Russian)
2. Kondaurov V.I. (2008) Protsess formirovaniya nauchnogo ponyatiya (logikognoseologicheskiy aspekt opredeleniya i deleniya ponyatiy). – Moskva: GUU. (In
Russian)
3. Bek U. (1994) Ot industrialnogo obshestva k obshestvu riska. // THESIS. №
5. (In Russian)
4. Luhmann N. (1991) Soziologie des Risikos. – Berlin; New York: Walter de
Gruyter.
5. Granaturov V.M. (1994) Ekonomicheskiy risk: sushnost, metodi izmereniya,
puti snijeniya. – Moskva. (In Russian)
6. Mierin L.A. (1998) Osnovi riskologii. (In Russian)
7. Risk Metrics - Technical Document. URL: http://www.jpmorgan.com/Risk
Management/ Risk Metrics/ Risk Metrics.htm
8. Bogomolova E.A. Bering A.O. (2016) Sushestvuyushiye podxodi k otsenke
riskov proyektov realnogo investirovaniya: ix dostoinstva i nedostatki // Ekonomika:
problemi, resheniya i perspektivi. Vestnik universiteta. -№ 10, –S. 47-52. (In Russian)
9. Krijanovskiy O., Popova L. (2016) Metodicheskiye podxodi i sposobi otsenki
finansovix riskov na predpriyatii // Voprosi ekonomiki i upravleniya. - №5. – S. 162-
165. (In Russian)
10. Shevchuk A.O. Konseptualniye podxodi k upravleniyu riskami v straxovix
kompaniyax // Materiali IX mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya
«Ustoychivoye razvitiye ekonomiki: sostoyaniye, problemi, perspektivi» - Pinsk, 22
maya 2015 g. – S. 234-236. (In Russian)